Научная статья на тему 'TALABALARDA TA’LIMIY QADRIYATLARNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI O’RNI VA QADRIYATLARGA YO'NALGANLIGI'

TALABALARDA TA’LIMIY QADRIYATLARNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI O’RNI VA QADRIYATLARGA YO'NALGANLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3708
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / qadriyatlar / ijtimoiy omil / yo’nalganlik / xususiyat / Ijtimoiy qadriyatlar / ta’limiy qadriyatlar / qadr-qimmat / pedagog / ta’lim-tarbiya jarayonlari / subyekt / ta’minlash / mustaqil fikrlash / Воспитание / ценности / социальный фактор / направленность / особенность / Социальные ценности / воспитательные ценности / достоинство / педагог / воспитательные процессы / субъект / обеспечение / самостоятельное мышление.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. S. Abdusamatova, L. A. Gulmatova

Ta’lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo’nalganlik xususiyatini ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta’limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta’lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta’minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko’nikmalarini shaklantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ ЦЕННОСТЕЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ И ЦЕННОСТНАЯНАПРАВЛЕННОСТЬ У УЧАЩИХСЯ

Объясняется ориентация образовательных ценностей на социальные и личностные факторы. Социальные ценности, в том числе и воспитательные, служат формированию личности, повышению ее достоинства, обеспечивают признание воспитателями индивидуального фактора как ведущего субъекта образовательного процесса, в котором желательно свободное и самостоятельное мышление, а также социальный. помогают формировать активные навыки.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA TA’LIMIY QADRIYATLARNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI O’RNI VA QADRIYATLARGA YO'NALGANLIGI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-18-23

TALABALARDA TA'LIMIY QADRIYATLARNING TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI O'RNI VA QADRIYATLARGA YO'NALGANLIGI

Sh. S. Abdusamatova

ChDPI, Psixologiya kafedrasi, katta o'qituvchisi

L. A. Gulmatova

ChDPI magistranti

ANNOTATSIYA

Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shaklantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir.

Kalit so'zlar: Ta'lim, qadriyatlar, ijtimoiy omil, yo'nalganlik, xususiyat, Ijtimoiy qadriyatlar, ta'limiy qadriyatlar, qadr-qimmat, pedagog, ta'lim-tarbiya jarayonlari, subyekt, ta'minlash, mustaqil fikrlash

РОЛЬ ЦЕННОСТЕЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ И ЦЕННОСТНАЯНАПРАВЛЕННОСТЬ У УЧАЩИХСЯ

АННОТАЦИЯ

Объясняется ориентация образовательных ценностей на социальные и личностные факторы. Социальные ценности, в том числе и воспитательные, служат формированию личности, повышению ее достоинства, обеспечивают признание воспитателями индивидуального фактора как ведущего субъекта образовательного процесса, в котором желательно свободное и самостоятельное мышление, а также социальный. помогают формировать активные навыки.

Ключевые слова: Воспитание, ценности, социальный фактор, направленность, особенность, Социальные ценности, воспитательные ценности, достоинство, педагог, воспитательные процессы, субъект, обеспечение, самостоятельное мышление.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-18-23

KIRISH

Xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan-kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini tashkil qiladi. Demak, ma'naviyat qay darajada shakllangan bo'lsa, u shunchalik taraqqiyotga xizmat qilgan. Milliy uyg'onish, milliy g'urur, milliy tuyg'uning tiklanishi-bu milliy rivojlanish bilan uzviy bog'liq bo'lgan tabiiy qonuniy jarayondir.

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o'tkazilayotgan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma'naviy barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo'lini sharaf bilan o'ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o'rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy yetuk, fidoyi kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda dolzarb muammolardan hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazishga bo'lgan ehtiyoj rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan mavjud sharoitda yanada dolzarb ma'no va mohiyat kasb yetadi. "O'z xaq-xuquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofidagi sodir bo'layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak". Bu esa ta'limiy qadriyatlarga bog'liq. Shuning uchun ham yoshlarga ta'limiy qadriyatlarni o'rgatib tanlangan mavzuning dolzarbligini ta'kidlaydi.

Talabalarga ta'limiy qadriyatlar ta'lim tarbiya jarayonlari muhim o'rin egallashini ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan holda quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:

- ta'lim va tarbiya jarayonlarida talabalarga ta'limiy qadriyatlar haqida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-18-23

ma'lumotlar berib borish;

-boshlang'ich ta'limda ta'limiy qadriyatlarni o'quvchilar ongiga singdirish metodikasini asoslab berish;

- ta'limiy qadriyatlarini ta'lim jarayonida qo'llashda zamonaviy pedagogik texnologiyasidan unumli foydalanish zarur.

Milliy qadriyatlarni o'rganishda talabalarda milliy g'oya, milliy ong, milliy g'urur tushunchalari ketma-ketligini shakllantirish lozim. Chunki milliy g'ururi bo'lmagan inson hech qachon Vatan boyliklari qadriga yetmaydi, uni asrashni xayoliga ham keltirmaydi, ya'ni vatanparvar, fidoyi inson bo'lib yetisha olmaydi.

Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Jumladan inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biron narsaning qadr - qimmati haqida so'zlash be'manilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog'lig'ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil yetadi. Jamiyatimizda yuz berayotgan tub o'zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi, o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini taminlashga qaratilgandir.

Shundan kelib chiqqan holda qadriyatlarga kompleks yondashuv asosida, fikr bildirishga harakat qilamiz. Qadr - kishining jamiyatda tutgan o'rni, obro' - e'tibori, hurmati, nufuzi. Qadriyat - tevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko'rsatuvchi tushuncha bo'lib, axloqiy tamoyildir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qadriyatga umuminsoniy qadriyatlar - ma'lum bir axloq me'yorlari, ilg'or, taraqqiyparvar madaniy me'roslar kiradi. Qadriyatlar moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy qadriyatlarga hamda ijobiy va salbiy qadriyatlarga bo'linadi. Qadriyatlar faqat o'tmish uchun qadrli bo'lmasdan, balki hozirda ham kelajak taraqqiyotida ham qadrli bo'lib, ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qiladi hamda kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma'naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va h.k.lar majmui tushuniladi.

Qadriyat turlari quyidagilar:

• tabiiy qadriyatlar;

• moddiy qadriyatlar;

• ma'naviy qadriyatlar;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-18-23

• estetik qadriyatlar;

• milliy qadriyatlar;

• umuminsoniy qadriyatlar.

Bular o'z navbatida shajaraviy xususiyatga ega.

Tabiiy qadriyatlar - insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan resurslar, ya'ni yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o'rmonlar, o'simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar.

Moddiy qadriyatlar - insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishda qadrli bo'lgan narsa (predmet, buyum)lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va qurollari, mehnat predmetlari, moddiy ne'matlar, kishi faoliyati jarayonini amalga oshirishdagi buyumlar.

Ma'naviy qadriyatlar - siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, estetik, falsafiy, axloqiy, ma'rifiy, madaniy qadriyatlar majmuasidir.

Estetik qadriyatlar - barcha ham shaklan, ham mazmunan go'zalliklardir (barcha tabiiy va ijtimoiy go'zalliklar).

Milliy qadriyatlar - muayyan xalq va millatlarning uzoq tarixiy davrlar asosida rivojlanib kelgan va ma'lum shakl va mazmunga ega bo'lgan moddiy va ma'naviy boyliklar majmuasidir.

Umuminsoniy qadriyatlar - umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan va uning sivilizatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan moddiy va ma'naviy qadriyatlar majmuasidir.

Umuminsoniy qadriyatlarning asosini kurrai zamindagi ilm-fanni taraqqiy ettirish, dunyo bo'yicha tinchlik va barqarorlikni saqlash, ekologik muammolar yechimini izlash, yadroviy qurollar poygasini to'xtatish, turli xalqaro xavflarni oldini olish, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalarini yaxshilash, koinot va jahon okeani resurslarini o'zlashtirish va shu kabilar bilan bog'liq bo'lgan muammolar tashkil etadi. Bizning oldimizda turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy muommolarni hal etishga to'sqinlik qiladigan hodisalar reaktsion qadriyatlarga kiradi.

Progressiv qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon hayot kechirishini, erkin yashashi, ma'naviy- axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni avaylab asrash, yuksaltirish inson shaxsiy hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Tushunchaning tub ma'nosi borasida bildirilgan fikrlarni umumlashtirish asosida, ta'limiy qadriyatlar tushunchasini shunday sharqlashimiz mumkin: ta'limiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-18-23

qadriyatlar shaxsga ilmiy-nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma'naviy—axloqiy sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo'lib voyaga yetishida muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo'lgan, shuningdek, o'ziga hos ahamiyat kasb etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar majmuasidir.

Yangilangan jamiyat, ma'naviy, intellektual qadriyatlar, xalqning boy an'analari, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlar, fan, texnika, texnologiyalar yutuqlariga tayangan holda, shuningdek, ma'naviy — axloqiy an'analarini qayta tiklash va rivojlantirish asosida rivojlanadi.

XULOSA

Qadriyatlar va ulardan ijtimoiy hamda pedagogik munosabatlarni tashkil etish jarayonida foydalanish borasidagi vazifalar — ta'lim mazmuni, uning jarayoni va «pedagog - o'quvchi» tizimidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etish asosiga kiritilishi lozim. Pedagogik munosabatlar muammolarini hal etish ham talab etiladi. Bo'lajak boshlang'ich o'qituvchisini tayyorlash bilan bog'liq pedagogik hodisani ham e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Bu murakkab va ko'p qirrali ijtimoiylashish jarayoni - bugungi kunda muhim ijodiy yo'nalganlik, ijtimoiy-pedagogik qadriyat sifatida alohida e'tiborni talab qiladi. Ta'limdagi yangi qadriyatlar shaxsning "ta'lim va mutaxassislik yo'nalishlarini" tanlab va pedagogik faoliyatida ijodiy imkoniyatlarini faollashtiruvchi, "Men" kontseptsiyasi negizida qadrlash munosabatida bo'lishi bilan rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan innovatsion o'qitishni talab etadi:

• o'quvchilarning xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularning ichki imkoniyatlarini ochib berishga qaratilganlik;

• milliy va umuminsoniy qadriyatlarni pedagoglar ongiga singdirish;

• shaxs, jamiyat va atrof- muhitning munosabatlarini uyg'unlashtirish;

• munosabatlardagi qadriyatni an'analar asosida o'qituvchi va o'quvchining bir -birini hurmat qilishi;

• o'quvchilarda estetik boy dunyo qarashni, yuqori ma'naviylikni, madaniyatlilik va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

• ijodiy fikrlash, bashorat qila olish, muqobil fikrlanga imkon beruvchi shakl, metod va vositalaridan foydalanib, ijtimoiy ahamiyatli qarorlar qabul qilishga o'rgatish.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-18-23

REFERENCES

1. Abdurahmonov A. Qadriyat - ma'naviy merosdir // «Ma'rift gulshani» g. - 12 (77) 2007y. - 7-bet

2. Asqar Zununov. Pedagogika nazariyasi T.: «Aloqachi» 2001 y. 163 bet.

3. Asqar Zununov. Ulfat Maxkamov Didaktika (Ta'lim nazariyasi) Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma. T.: «Sharq» nashriyot - matbaa aksiyadorlik komponiyasi bosh tahririyati. T.: 2006 y. 125 bet

4. Barkamol avlod - Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. Tosh. 1998, 7-bet

5. Zaripov M.Z.Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning rivojlanishi «Pedagogik ta'lim»,-T.: 2000.- №2.-6-9 betlar.

6. Yo'ldoshev J.G'. Usmonov S.A. Pedagogik texnolgiya asoslari. T:«O'qituvchi», 2004, - 95 bet.

7. Isomiddinova M. O'quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda pedagogning faoliyati va o'rni. Samarqand davlat chet tililar instituti.

8. Jo'rayev N., Fayzullayev T. Istiqlol va tarixiy jarayon. - T.: 2000. -G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 34-bet

9. Kushvaktov N. Milliy- ma'naviy qadriyatlarni o'rgatishning hayotga tadbiq yetilishi. «Boshlang'ich ta'limda innovasion texnologiyalar: muammolar, yechimlar» mavzusidagi respublika ilmiy - amaliy anjuman materiallari. Jizzax. 2006 yil - III -qism. 63-65 betlar.

10. Tulenov J.T. Qadriyatlar falsafasi.-T.: «O'zbekiston», 1993. -319 bet.

11. Falsafa. Qomusiy lug'at. -T:«Sharq», 2004.467 b. O'zME. T.: 2002, 2-4-tom.

12. HasanboyevJ., To'raqulovX.A.,Haydarov M. Hasanboyeva O., Usmonov N. "Pedagogika fanidan izohli lug'at" T.: "Fan va texnologiya". 2009 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.