Научная статья на тему '15-16 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA MUSOBAQA NATIJAVIYLIGINI TA’MINLASHDA TAFAKKURNI AHAMIYATI'

15-16 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA MUSOBAQA NATIJAVIYLIGINI TA’MINLASHDA TAFAKKURNI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
209
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Voleybol / texnik taktik elementlar / tafakkurni axamiyati / musobaqa natijaviyligini jismoniy sifat. / volleyball / technical tactical elements / physical quality of thinking / tournament inefficiency.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nozimjon Soyibjon Ogli Gulomov

Ushbu maqola 15-16 yoshli voleybolchilarda musobaqa natijaviyligini taminlashda tafakkurni axamiyati va samaradorligini oʻrganishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is aimed at studying the mentality and effectiveness of competition performance in 15-16-year-old volleyball players.

Текст научной работы на тему «15-16 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA MUSOBAQA NATIJAVIYLIGINI TA’MINLASHDA TAFAKKURNI AHAMIYATI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-475-482

15-16 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA MUSOBAQA NATIJAVIYLIGINI TA'MINLASHDA TAFAKKURNI AHAMIYATI

Nozimjon Soyibjon o'g'li G'ulomov

O'zDJTSU, Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola 15-16 yoshli voleybolchilarda musobaqa natijaviyligini taminlashda tafakkurni axamiyati va samaradorligini o'rganishga qaratilgan.

Kalit so'z: Voleybol, texnik taktik elementlar, tafakkurni axamiyati, musobaqa natijaviyligini jismoniy sifat.

ABSTRACT

This article is aimed at studying the mentality and effectiveness of competition performance in 15-16-year-old volleyball players.

Keywords: volleyball, technical tactical elements, physical quality of thinking, tournament inefficiency.

KIRISH

Sportchi insonning yutuqlarni belgilaydigan asosiy xarakteristikasi (omili) bu sport - motivatsiya. Sport faoliyati davomida organizmda yuzaga keladigan barcha jarayonlarning xarakteriga ta'sir qiladi va shu bilan uning samaradorligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Qattiq raqobatdosh qarama-qarshilik sharoitida siz to'liq fidoyilik va g'alaba qozonish istagini faqat g'ayratli sportchiga ega bo'lishingiz mumkin maksimal turtki.

Ayrim sport turlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o'z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi»ga ega bo'lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasini ko'p yoki kam vaqt davomida saqlanishi sportdagi taktik taffakkurning psixologik xususiyatlari muhim axamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLARLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasining yetakchi mutaxassislari, xorijiy tajribali

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-475-482

pedagoglar, ko'pchilik olimlar tomonidan sport o'yinlarida texnik taktik elementlarni rivojlantirish muammolari ko'pdan-ko'p ilmiy-uslubiy adabiyotlarda o'z yechimini topgan. L.R. Ayrapetyans (2006), G.Z.Gapparov(2009-2011), A.A.Pulatov (2012), Sh.X.Isroilov (2014) ,Z.B.Boltaev (2019), V.Ya.Ignateva, A.V. Ignatev A.A.Ignatev (2015), YU.D.Jeleznyak (2018) yillarda ilmiy izlanishlar olib borganlar.

Sportdagi taktik taffakkurning psixologik xususiyatlari. Taktik harakatlarni oidindan rejalashtirish hamisha ehtimollik xarakterida bo'ladi. Chunki sportchi ham, sport murabbiysi ham hech qachon musobaqa sharoitlart haqida, raqiblar va ularning niyatlari haqida oldindan to'la-to'kis ma'lumotga ega bo'lmaydilar. Buning ustiga, musobaqada kurashlar jarayoni juda tezkor va o'zgaruvchandir. Shuning uchun ham dastlabki ehtimol taktik rejani amalga oshirish musobaqa davomida to'xtovsiz ravishda o'z mazmuniga ko'ra bir biridan farq qiluvchi ko'plab vazifalarni hal etish bilan bog'liqdir.

Sportchi oldida ko'ngalang bo'ladigan vazifalarning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat: musobaqalardagi doimiy o'zgarib turuvchi shart-sharoitlar, bunda, odatda raqiblarning xatti-harakatlari va qanday usulni qo'llashini hech qachon oldindan bilib bo'lmaydi.

Tashqi tomondan qaraganda musobaqalashayotgan sportchilar shunchaki harakat qilayotgandek, va ular bir-biridan faqatgina o'zlarining tezkor harakatlari bilangina ustunroq bo'lishlari mumkindek tuyuladi. Biroq aslida harakat bu o'ta murakkab bo'lgan taktik tafakkurning bajarish bo'g'inidir.

Konkret taktik vazifani hal etilishiga asos bo'luvchi sportchining tafakkuri, masalan nazariyotchi olimning keng yoyilgan, diskursiv tafakkuridan farqli o'laroq, "doimiy ravishda amaliyot tomonidan sinab ko'rilishga mahkumdir". (B.M.Teplov) 1-jadvalga qarang.

1-jadval. Sportchi taktik tafakkurining xususiyatlari

t/r Taktik tafakkurning xususiyatlari Tavsifnomalar

1 Tafakkurning ko'rgazma - timsoli xarakterga egali Taktik vazifalarni hal qilishda sportchning tafakkurini ko'rgazmali his etilgan timsollari va hodisalarga asoslanadl. Bu tafakkur tarzi, konkret xarakterga ega bo'hb, raqiblar va sherikllarining harakatlarining, shuningdek butun sport kurashdagi vaziyatini, idrok etish bilan bog'iqdir

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-475-482

Sportchining tafakkuri uning faoliyatiga

bog'langan hamda uning motor harakatlari

2 Tafakkurning ta'sirchan bilan bog'liq ravishda kechadi. Sportchi

xarakterga egali aksariyat hollarda oldindan o'ylab topish evaziga emas, balki harakat jarayonda qarorlar qabul qilishga erishadi

Sportichining tafakkuri tarzi doimiy o'zgarib

Vaziyatga xos tafakkur tarzlar turuvchi vaziyatlar fonida kechadi va munosib

3 xati-harakatlar, qaror qabul qilihsni taqozo etadi. Zero, bunda yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish imkoniyati bo'lmaydi

4 Tafakkur tezligi Taktik harakatlarni amalga oshirishda vaqtnig nihoyatda cheklanganligi bilan izohlanadi

Sportchi belgilangan taktik harakatlarni

Tafakkur moslashuvchanligi rejasini qayta qurish qobiliyatiga ega bo'lishi

5 kerak. Xususan yuzaga kelgan vaziyatdagi o'zganshlardan kelib chiqib qabul qilingan qarorlarga tuzalishlar kiritib bolish lozim

Sportchining chalg'imasdan yangi qaror qabul

6 Tafakkurning maqsadga qilishdagi izlanishlarda diqqatini qaratishni

yo'naltirilganligi anglatadi. Maqsadga intilish irodaviy rivojlanish bilan chambarchas bog'liq.

Sportchi mustaqilligi ravishda taktik vazifalari

7 Tafakkurning mustaqilligi hal eta bilish shart qaror qabul qilish va vujudga kelgan vaziyatga muvofiq harakatlanish, tashqi ta'siriga berilmasligi lozim

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Konseptual modellarning taktik vazifalarni hal etishdagi roli.

Konseptual modellar sportchilaming taktik tafakkurida muhim ahamiyatga ega. Masalan, R.S.Abelskaya tennischilarda taktik vazifalarni hal etish jarayonidagi tafakkur tarzini o'rganib, o'yinchi yuzaga kelgan konkret vaziyatlar sharoitini nafaqat tushunib olishi, balki ushbu sharoitlar bo'ysunadigan qonuniyatlarni, hamda o'yinning namunaviy lahzalarini belgilab beruvchi qonuniyatlarni ham yaxshi bilishlari

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-475-482

kerakligi haqida yozadi. Aynan "namunaviy lahzalari"ga o'xshash elementlarning mavjudligi o'yin vaziyatlarida avvaldan tayyorgarliksiz mos harakatlarni tez va o'z vaqtida bajarish imkoniyatini keltirib chiqaradi .

Konseptual model taktik tafakkur tarkibida sportchining o'yin tajribasi va bilimlarini o'ziga xos shaklda integratsiyalashuvi, ya'ni birlashuvi deb tushuniladi. Unda hamisha sensor-perseptiv, mnemik va nutqiy-mantiqiy komponentlar mavjud bo'ladi. Bilishning bunday modeli sportchi tomonidan o'yin vaziyatlarini o'rganish va anglash jarayonida yagona tarkibiy tuzilma,ya'ni yaxlit birlik sifatida amal qiladi. U muvofiqlik, aniqlik va tezlik kabi mezonlar bo'yicha taktik vazifalarni hal etishning samaradorligi ko'p jihatdan bog'liq bo'luvchi determinant bo'lib xizmat qiladi.

Bugungi sport musobaqalarida g'alabaga erishish omillari tarkibida ham, shuningdek sportchining muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishiga sabab bo'ladigan omillar tarkibida ham psixologik tayyorgarlikning o'rni tobora yaqqolroq ko'zga tashlanmoqda yuz tutishiga sabab bo'ladigan omillar tarkibida ham psixologik tayyorgarlikning o'rni tobora yaqqolroq ko'zga tashlanmoqda.

Musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holati o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. U har bir musobaqaga alohida yo'naltirilgan psixik tayyorgarlik jarayonida shakllanadi. Musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holatini maxsus shakllantirish - bu oldinda turgan musobaqalarning shart-sharoitidan kelib chiqqan holda sportchi ongi va hatti-harakatini yo'naltirilgan holda tashkil etish jarayonidir.

Sportning jamoaviy turlarida psixik tayyorlik birinchi navbatda, yagona g'oya,yagona maqsad va yuqori darajadagi ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi yagona motiv bilan birikkan o'yinchilarning jamoaviy ongi shakllanishi tarzida namoyon bo'ladi.

Voleybol musobaqalarida barcha turdagi kuch sifatlari (umumiy va maxsus, mutloq va nisbiy, statik va dinamik, tezkor-portlovchi, kuch chidamliligi) hal qiluvchi ahamiyatiga ega bo'lishi isbotini talab qilmaydi. Shuning uchun o'quv-mashg'ulot jarayonida kuch va kuchlanish turlarini rivojlantirishga e4ibor qaratish malakali voleybolchilar tayyorlashning muhim shartlaridan biridir.

Yosh voleybolchilarda har xil turdagi kuch sifatlarini o'rganish qayd etilgan ko'rsatkichlar malakali yosh sportchilar nisbatan sezilarli darajada sayoz ekanligini ko'rsatdi (1-jadval). Jumladan, ikki guruhdagi bolalarni qo'shib hisoblaganda ham ularning ko'rsatkichlari tadqiqot boshlanmasdan avval deyarli farq qilmadi.

Chunonchi, qo'l-qorin-bel mushaklari kuchi tekshiriluvchi bokschilarda 54,2±2,7 kg ni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkichni taqqoslash maqsadida shu narsa

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-475-482

ravshan bo'ldiki, 15-16 yoshdagi dzyudochilarda bu ko'rsatkich 142-182 kg oralig'ida bo'lishi mumkin. 11-12 yoshga to'lgan malakali voleybolchilarda bu ko'rsatkich ancha yuqori darajada qayd etilgan

Turnikda tortilish testi bo'yicha baholanadigan - qo'llarni bukuvchi mushaklar kuchi 5,3±1,2 martaga teng bo'ldi. Qo'llarni yozuvchi mushaklar kuchi (brusyada qo'llarni bukish-yozish) tekshiruvdan o'tgan ko'rashchilarda 4,5±1,7 martani tashkil etdi.

Qo'llarga tayanib gorizontal holatda qo'llarni 30 soniya davomida bukish-yozish o'rtacha 8,1±1,3 martaga teng bo'lib, tekshiruvdan o'tkazilgan voleybolchilarda kuch chidamliligini etarli darajada shakllanmagan deb baholashga asos bo'ldi.

Rejalashtirilgan pedagogik tadqiqot samarasini baholash maqsadida kuzatuv va tadqiqot guruhlariga mansub voleybolchilar ko'rsatkichlari alohida statistik tahlil qilindi.

XULOSA

Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko'rishning murakkabi jarayoni bir-biriga o'zaro bog'langan alohida bo'g'inlarning o'ziga xos shunday bir tizimi bo'lib, bu tizim musobaqa boshlangunga qadar sportchilar imkoniyatida bo'ladigan vaqt oralig'ida amalga oshiriladi. Ushbu jarayon bir necha oylar, yoki ikki-uch kun davom etishi mumkin. U doimo murabbiyning va sportchining hamkorlikdagi ijodiy izlanishini taqozo etadi.

Aytish mumkinki, bu hamkorlik davomida sportchi ancha yetakchiroq maqomda bo'ladi, zero musobaqada murabbiy emas, sportchi mustaqil ravishda jang olib borib, yuqori natijani qo'lga kiritishi kerak. Shuning uchun ham musobaqaga psixologik tayyorgarlik jarayonida murabbiy sportchi uchun eng yaqin va uni yo'naltiruvchi sherik bo'lishi lozim, biroq hech qachon, sportchi uchun o'ylaydigan sherik bo'lishi kerak emas.

Sportchilarning turli holatlari, shuningdek xatti-harakatlari, yurish - turishini boshqarish nafaqat ularning o'z qo'llarida, balki bu boshqaruvni sport murabbiysi ham amalga oshiradi. Shuni ham alohida ta'kidlash kerak-ki, sportchining o'z-o'zini tartiblash bilan,uning sport murabbiysi tomonidan boshqarilishi shakllarini uyg'un ravishda olib borish nihoyatda muhimdir.

Agar ana shunday uyg'unlik mavjud bo'lmasa sportchi va murabbiy o'rtasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelishi, murabbiyning ta'siri ijobiy emas, balki salbiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-475-482

xarakter kasb etishi oqibatida sportchining o'z-o'zini tartiblashi va uning murabbiy tomonidan boshqarilishi o'rtasida muvozanat buzilishi mumkin. Buning natijasida sportda muvaffaqiyatga erishish o'rniga sportchi noxush vaziyatlarga tushib qoladi.

REFERENCES

1. Гаппаров, Захид Гаппарович Спортивная психология Учебник для студ. ин-та физкультуры / З.Г.Гаппаров; Т.: ООО «Мехридарё«, 2009, - 312 betlar.

2. Pulatov A.A. Yosh voleybolchilar tezkorlik-kuch sifatlarini shakllantirish uslubiyati. Uslubiy qo'llanma. -T., 2008.

3. Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati // Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -T.: "Fan va texnologiya",2012.

4. Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati // Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -T.: "Fan va texnologiya",2012.

5. Артиков, Ф. Б. (2021). ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ УМУМИЙ ВА МАХСУС ЖИСМЛНИЙ ТАЙЁРГАРЛИГИНИ ОШИРИШ УСУЛЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 111-118.

6. Юлдашева, Н. Н. (2021). СОБИК СОВЕТ ИТТИФОКИНИНГ КАТАГОНЛИК СИЁСАТИНИ ЮРИТИШИДА "ГУЛАГ" НИНГ УРНИ. Scientific progress, 2(4), 507-512.

7. КАРИМОВ, А. А. (2022). РЕЗУЛЬТАТЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАБЛЮДЕНИЙ ОЦЕНКИ ФИЗИЧЕСКОЙ И ОБЩЕЙ ХАРАКТЕРИСТИКИ ТРЕНИРОВОЧНЫХ НАГРУЗОК ХОККЕИСТОВ 13-14 ЛЕТ. Фан-спортга, 2830.

8. Kutlimuratov, I. K. (2021). Effectiveness of methods for improving the speed endurance of chief referees in football. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 6165.

9. Igamberdiev, O. R. O. (2021). Organization of football clubs in schools and improving the physical fitness of those involved in them (on the example of 4-5 graders). Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 177-184.

10. Kanganovich, D. I. (2021). The compositional structure of the body of young football players 13-14 years old. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 98-102.

11. Пулатов, С. Н. (2021). ФУТБОЛЧИ АЁЛЛАРНИ МУСОБАКА ФАОЛИЯТИНИ ТАХДИЛ КИЛИШ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 179-184.

12. Adilovich, M. I. (2021). CONTROL OF SPECIAL AGILITY OF FOOTBALL

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-475-482

PLAYERS OF CHILDREN'S YOUNG TEAMS USING EXPERT ESTIMATES. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 7(1.5 Pedagogical sciences).

13. Кутлимуратов, И. Х. (2021). ФУТБОЛ БУЙИЧА БОШ ХАКАМЛАРНИНГ ТЕЗКОР ЧИДАМКОРЛИГИНИ ОШИРИШ УСУЛЛАРИ САМАРАДОРЛИГИ. Academic research in educational sciences, 2(4), 1743-1751.

14. Исмагилов, Д. К. (2017). О методах оптимизации физического совершенствования студентов на базе спортивно-ориентированного физического воспитания. Ученые записки университета им. ПФ Лесгафта, (2 (144)), 89-92.

15. Исмагилов, Д. К. (2018). Инновационные системы физического воспитания учащейся молодежи. In Педагогика сегодня: проблемы и решения (pp. 1-3).

16. Шаймарданов, Д. Б. (2021). Ёш футболчиларда анъанавий ва оптималлаштирилган техник тайёргарликка хос юкламалар хажмини махсус харакат сифатларига таъсир этиш динамикаси. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 141-145.

17. Абидов, Ш. У. (2020). ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ ТЕХНИК-ТАКТИК ХДРАКАТЛАРИНИ МУСОБАКА ШАРОИТИДА БАХ,ОЛАШ ВА САМАЛАДОРЛИГИНИ АНЩЛАШ. Фан^портга, (6), 17-19.

18. Кутлимуратов, И. Х. (2021). Футболчиларнинг турли йуналишлардаги тупни ошириб бериш харакатларини урганиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 146-151.

19. Кошбахтиев, И. А., Дадабаев, О. Ж., & Ибрагимов, Б. Б. (2020, September). Эффективность оптимизации планирования подготовки юных спортсменов по спортивным единоборствам. In Актуальные проблемы совершенствования системы непрерывного физкультурного образования: Материалы IV международной научно-практической конференции. Грозный, 24 сентября 2020 года (p. 236).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

20. Чориев, Д. (2021). Планирование подготовки футболистов и организация тренировочной работы. Общество и инновации, 2(6/S), 126-131.

21. Чориев, Д. (2021). Yosh futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini xajm va sifat ko'rsatkichlari dinamikasini tahlili. Общество и инновации, 2(3/S), 216-225.

22. Бекназаров, Ш. К. (2021). Футболчиларнинг жамоадаги хужум хдракатларини тадки; килиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 136-140.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-475-482

23. Ismoiljonovich, B. F. (2019). MORPHOLOGICAL STATE OF WRESTLERS WITH EVALUATION OF SPORTS SPECIALIZATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(6).

24. Tajibayev, S. (2020). Improvement Of Technical And Tactical Movements Of Wrestlers On The Basis Of Differential Approach, Taking Into Account The Morphological Characteristics. Scienceweb academic papers collection.

25. Эштаев, С. А., Мусаев, Б. Б., Мусаева, А. Р., & Пахрудинова, Н. Ю. (2021). СТЕПЕНЬ ВЛИЯНИЯ ВАРИАНТОВ ЧЕРЕДОВАНИЕ ВИДОВ ГИМНАСТИЧЕСКОГО МНОГОБОРЬЯ НА ОРГАНИЗМ ЮНЫХ ГИМНАСТОВ. Фан-спортга, 18-20.

26. Сулейманов, М. А. Э. У. (2022). МЕТОДЫ И СРЕДСТВА УПРАВЛЕНИЯ ПРОЦЕССОМ ОБУЧЕНИЯ ГИМНАСТИЧЕСКИМ УПРАЖНЕНИЯМ НА КОЛЬЦАХ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 3(1), 28-36.

27. Давурбаева, М. Ж. (2020). 1-4 СИНФ У^УВЧИЛАРИНИНГ ЖИСМОНИЙ ТАЙЁРГАРЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА АСОСИЙ ГИМНАСТИКА ВОСИТАЛАРИНИНГ САМАРАДОРЛИГИ. FANva JAMIYAT, 48-51.

28. Эргашев, Б. Д., & Захритдинов, А. Т. (2020). Общие педагогические методы физического воспитания. Наука, образование и культура, (1 (45)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.