ODAM SAVDOSI - DAVR MUAMMOSI J. Xidirov
Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti kichik ilmiy xodimi
ANNOTATSIYA
Tadqiqotlarga ko'ra, butun dunyo hamjamiyati odam savdosi muammosiga duch kelgan. U turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Uning maqsadi inson erkinliklari va huquqlarini kamsitgan holda foyda ko'rish hisoblanadi. Aynan ushbu maqolada odam savdosiga qarshi kurashning bugungi holati tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Odam savdosi, globallashuv, axloq, majburiy mehnat, uyushgan jinoyatchilik.
KIRISH
Globallashuv jarayoni bugungi kunda butun dunyoni qamrab oldi. U dunyo mamlakatlari o'rtasidagi texnologik, iqtisodiy, madaniy, siyosiy, ilmiy va shu kabi sohalarda ulkan o'zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Globallashuv bir tomondan, turli mamlakatlar o'rtasidagi ko'plab sohalarda yangilik va foyda keltirayotgan bo'lsa, boshqa tomondan esa, uzoq muddatli va keskin oqibatlarga olib keladigan xavf-xatarlarni ham yaratib bermoqda. Globallashuvning rivojlanishi bilan dunyo davlatlari uchun muammolar ko'payib, ularga qarshi turish tobora qiyinlashib bormoqda. Aynan, globallashuv natijasida yuzaga kelgan eng katta muammolardan biri - odam savdosining kuchayishidir.
Odam savdosi xalqaro uyushgan jinoyatchilikning tarkibiy qismi, global jinoiy hodisa bo'lib, u, tobora kengayib borayotganligi sababli, bugungi kunda ko'plab mamlakatlarni jiddiy tashvishga solayotgan muammo hisoblanadi[1].
Demak, odam savdosi keng tarqalgan global muammoga aylanib borar ekan, har yili millionlab kishilar uning qurboniga aylanmoqda. Odam savdosi muammosi dunyoning ko'plab mamlakatlari uchun yetarlicha tashvishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammoni boshdan kechirayotgan mamlakatlar barqarorlikka erishish va uni saqlab qolish uchun ko'p mehnat qilishi talab etiladi. Odam savdosi yashirin va dinamik hodisa bo'lib, unga iqtisodiy, madaniy va huquqiy omillar ta'sir ko'rsatadi.
NATIJA
So'nggi statistik ma'lumotlarga ko'ra, har yili dunyo bo'ylab taxminan 50 millionga yaqin kishi odam savdosi tuzog'iga ilinadi, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Bu har qanday jamiyatda sodir bo'lishi va qurbonlar har qanday yosh, irq, jins yoki millat bo'lishi mumkin. Uning qurbonlari ham ichki, ham xalqaro miqyosda bo'ladi. Ushbu daromadli jinoiy
December, 2024
https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal
faoliyat har yili u bilan shug'ullanuvchilarga 150 milliard dollardan ortiq foyda keltiradi va bu uni dunyodagi eng daromadli noqonuniy savdolardan biriga aylantiradi. Odam savdosi qurbonlari turli maqsadlarda, jumladan, majburiy mehnat, jinsiy aloqa va odam tanasi organlarini yig'ish uchun ekspluatatsiya qilinadi.
"Majburiy mehnat" atamasi xalqaro huquqiy hujjatda belgilangan bo'lib, inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi "majburiy mehnat" tushunchasini jismoniy yoki ruhiy majburlashni qo'llash, har qanday jazo tahdidi ostida bajariladigan mehnat sifatida belgilaydi[2].
MUHOKAMA
Bu borada e'lon qilinayotgan ma'lumotlardan kelib chiqib tahlil qiladigan bo'lsak, unga ko'ra:
• Har 3 ta immigrantdan 2 tasi xalqaro sayohat qilish orqali odam savdosi qurboniga aylanadi.
• Dunyo bo'ylab har 1000 kishining 4-5 nafari odam savdosi qurboniga to'g'ri
keladi.
• Hozirgi kunda dunyo bo'ylab 50 milliondan ortiq kishi zamonaviy qullikda bo'lib, 35% bolalar tashkil etadi. Shundan 28 millioni majburiy mehnatga va 22 millioni majburiy nikohga jalb etilgan. Mazkur muammoning aniq ko'lamini bilish juda mushkul, chunki jinoiy faoliyat yashirin olib boriladi.
• Asosan ayollar va bolalar odam savdosidan eng katta jabr ko'radilar, barcha savdo qurbonlarining taxminan 75 % xotin-qizlar vakillaridir.
• Odam savdosining eng keng tarqalgan shakli jinsiy ekspluatatsiya maqsadidagi odam savdosi bo'lsa (80%), ikkinchi o'rinda majburiy mehnat turadi (18%), inson tana a'zolarini sotish 1 % atrofida va boshqalar.
• Odam savdosining eng keng tarqalgan shakli jinsiy ekspluatatsiya maqsadidagi savdolar bo'lib, global narkotik savdolardan ko'ra ko'proq daromad keltiradi.
Odam savdosidan jabr
ko'rish
(jins bo'yich)
[nPOU ■ Ayol jinsi
EHT] vakillari
■ [nPOuP Erkak jinsi
MT vakillari
Ma'lumotlarga ko'ra, odam savdosining u yoki bu shakli eng ko'p tarqalgan davlatlar Liviya, Eritreya, Mavritaniya, Sudan, Efiopeya, Birlashgan arab amirliklari, Suriya, Turkiya kabilar.
December, 2024
https://t.me/ares uz
Multidisciplinary Scientific Journal
120
AcademjcResearcMnEdUCäiiBBäiBiiiBiiMMBBSi^
Nima uchun odam savdosi o'sib bormoqda? Sir emas odam savdosi bilan shug'ullanuvchi jinoyatchilar, xuddi boshqalar singari, odatda aholining zaif qatlamini nishonga olishadi. Bunga quyidagi sabablarni keltirishimiz mumkin:
• Insonlarning loqaydligi. Ya'ni kishilarning soddaligi, yaqinlarining taqdiri va kelajagiga befarqligi bunday illat to'riga ilinishga asosiy sabablardan biridir.
• Iqtisodiy qiyinchilik tufayli oson mehnat evaziga ko'p pul topish ilinjida ijtimoiy media platformalari orqali onlayn yollanish va tuzoqqa tushish;
• Psixologik yoki hissiy zaiflik;
• Huquqiy va siyosiy bilimlarning yetishmasligi;
• Ijtimoiy himoya tizimining yo'lga qo'yilmaganligi yoki umuman mavjud emasligi;
• Turli xil tabiiy va texnogen ofatlar;
• Siyosiy beqarorlik.
XULOSA
E'tibor qaratadigan bo'lsak, transmilliy jinoyatlar turkumiga kiruvchi, migratsiyaning noqonuniy shakli bo'lgan odam savdosi global darajada inson huquqlarining qo'pol buzilishiga olib kelmoqda. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin.
-birinchidan, aholida siyosiy va huquqiy bilimini oshirish. Odam savdosiga qarshi kurashni kuchaytirish va bunday savdogarlarni jinoiy javobgarlikka tortishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirib borish;
-ikkinchidan, ijtimoiy himoya tizimini yaratish va uni dinamik ravishda takomillashtirib borish;
-uchinchidan, odam savdosidan jabrlanganlar va ularning jamiyatga to'laqonli qo'shilib ketishlarida tizimli ravishda har tomonlama yordam va xizmatlar ko'rsatishni yo'lga qo'yish;
-to'rtinchidan, odam savdosiga qarshi kurashishni davlat va nodavlat tashkilotlar hamda idoralarni jalb qilgan holda doimiy ravishda kengaytirib borish;
-beshinchidan, aholining zaif qatlamlariga qaratilgan profilaktik dasturlarni takomillashtirib borish, odam savdosi va uning oqibatlari haqida aholini xabardor qilib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, odam savdosi bugun dunyoda borgan sari keng tarqalmoqda va global tahdidlar qatoridan joy olmoqda. Dunyo davlatlari, xalqlari taraqqiyotda yo'qorilagan sari inson ma'naviyatining tanazzulga uchrashi tezlashmoqda. Ta'limdan chekinish, salomatlikka befarqlik, turmush tarzida bemaqsadlik, mehr-oqibatsizlik, mulk va obro' talashuvlari avj olmoqda. Bularning barchasi oxir-oqibatda inson ma'naviyatini targ'ib etishni yanada kuchaytirish zaruratini keltirib chiqaradi. Aslida ham ma'naviy
December, 2024
https://t.me/ares uz
Multidisciplinary Scientific Journal
121
qadriyatlarning qadrsizlanishi yuqorida qayd etilgan illatlar rivojlanishining asosi hisoblanadi.
REFERENCES
1. Рустамбаев М.Х. Одам савдоси. -Т.: ТДЮИ нашриёти, 2009. 3b
2. Сальвиа М. Д. Прецеденты Европейского суда по правам человека. Руководящие принципы судебной практики, относящейся к Европейской конвенции о защите прав человека и основных свобод / М. Д. Сальвиа // Судебная практика с 1960 по 2002 г. - СПб., 2004
3. Trafficking In Persons Report June 2023. https://www.state.gov/reports/2023-trafficking-in-persons-report/
©
© ® ©
https://t.me/ares uz
December, 20241 Multidisciplinary Scientific Journal
122