Научная статья на тему 'MIGRATSIYA SIYOSATINI TARTIBGA SOLISHDA XALQARO HUQUQIY MANBALARNING O‘RNI VA ROLI'

MIGRATSIYA SIYOSATINI TARTIBGA SOLISHDA XALQARO HUQUQIY MANBALARNING O‘RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
19
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Migratsiya / konvensiya / deklaratsiya / BMT / qochoqlar / BMT QIOKB / Emigratsiya immigratsiya / Globalizatsiya / Ijtimoiy integratsiya / Migration / Convention / Declaration / UN / Refugees / UNHCR / Emigration / immigration / Globalization / Social integration

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Saydullayev, Sirojiddin Asatullayevich

Ushbu maqola migratsiya jarayonlarining insoniyat tarixidagi ahamiyatini va ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalardagi rolini tahlil qiladi. Xalqaro huquqiy tizim va inson huquqlari deklaratsiyalari asosida migrantlarning huquqlari va manfaatlari, shuningdek, odam savdosi va qochoqlar muammolari haqida ham ma'lumotlar taqdim etiladi. Odam savdosi global muammo sifatida ko'rib chiqilib, ayollar va bolalar eng ko'p jabrlangan guruhlar sifatida ta'kidlanadi. Maqola, shuningdek, qochoqlarga nisbatan xalqaro huquqiy hujjatlar va ularning ahamiyatini, shuningdek, BMTning Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE AND ROLE OF INTERNATIONAL LEGAL SOURCES IN REGULATING MIGRATION POLICY

This article analyzes the significance of migration processes in human history and their role in socio-economic, political and cultural relations. It also provides information on the rights and interests of migrants, as well as on human trafficking and refugee issues, based on the international legal system and human rights declarations. Human trafficking is considered a global problem, with women and children considered the most affected groups. The article also provides international legal documents and their significance for refugees, as well as statistical data provided by the Office of the United Nations High Commissioner for Refugees.

Текст научной работы на тему «MIGRATSIYA SIYOSATINI TARTIBGA SOLISHDA XALQARO HUQUQIY MANBALARNING O‘RNI VA ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(11), Dec., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

MIGRATSIYA SIYOSATINI TARTIBGA SOLISHDA XALQARO HUQUQIY MANBALARNING O'RNI VA ROLI

Saydullayev Sirojiddin Asatullayevich

Alfraganus univesiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Xalqaro munosabatlar va tarix" kafedrasi o'qituvchi siroiiddin.asatullayevich@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola migratsiya jarayonlarining insoniyat tarixidagi ahamiyatini va ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalardagi rolini tahlil qiladi. Xalqaro huquqiy tizim va inson huquqlari deklaratsiyalari asosida migrantlarning huquqlari va manfaatlari, shuningdek, odam savdosi va qochoqlar muammolari haqida ham ma'lumotlar taqdim etiladi. Odam savdosi global muammo sifatida ko'rib chiqilib, ayollar va bolalar eng ko'p jabrlangan guruhlar sifatida ta'kidlanadi. Maqola, shuningdek, qochoqlarga nisbatan xalqaro huquqiy hujjatlar va ularning ahamiyatini, shuningdek, BMTning Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari tomonidan taqdim etilgan statistikma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: Migratsiya, konvensiya, deklaratsiya, BMT, qochoqlar, BMT QIOKB, Emigratsiya immigratsiya, Globalizatsiya, Ijtimoiy integratsiya

ABSTRACT

This article analyzes the significance of migration processes in human history and their role in socio-economic, political and cultural relations. It also provides information on the rights and interests of migrants, as well as on human trafficking and refugee issues, based on the international legal system and human rights declarations. Human trafficking is considered a global problem, with women and children considered the most affected groups. The article also provides international legal documents and their significance for refugees, as well as statistical data provided by the Office of the United Nations High Commissioner for Refugees.

Keywords: Migration, Convention, Declaration, UN, Refugees, UNHCR, Emigration, immigration, Globalization, Social integration

KIRISH

Migratsiya jarayonlari insoniyat tarixining barcha bosqichlarida olamshumul ahamiyatga ega hodisa sifatida qarab kelinadi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, insoniyat ibtidoiy davrdan bir joydan boshqa joyga ko'chib yurgan kezlaridan to bugungi kunga qadar migratsiya jarayonini o'z boshidan o'tkazib keldi va kelajakda ham bu jarayonlar nihoyatda muhim o'rin egallashini ta'kidlash joiz.

Research BIB / Index Copernicus

O'tmish va bugungi zamon nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, har bir davrda davlatlar o'zaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishda migratsiya masalasiga alohida urg'u berib kelishadi. Ammo migratsiya jarayonlari faqatgina ushbu munosabatlar bilan cheklanib qolmay, fuqarolar urushining avj olishi, davlatlar o'rtasidagi nizolar, shuningdek, iqtisodiy nochorlik natijasida ishsizlik, qochoqlar muammosi va shunga o'xshash bir qator masalalarni ham o'z ichiga qamrab oladi. Globalizatsiya jarayonida davlatlarning rivojlanish darajasi turli xil va bir-biridan tubdan farq qiladi. Sanoat va ishlab chiqarishning turli davlatlarda har xil rivojlanganligi, ya'ni iqtisodiy rivojlanishning keskin farq qilishi, aholining demografik o'sishi juda yuqori darajada ekanligi (masalan, Xitoy va Hindiston) yoki aksincha, aholining o'sish ko'rsatkichi past darajada bo'lishi (asosan G'arbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari) migratsiya jarayonlarining tezlashuvi va shakllanishining asosiy sabablari hisoblanadi.

Ma'lumki, migratsiya (lot. migration - ko'chaman, joyimni o'zgartiraman) -aholining bir joydan ikkinchi joyga ko'chishidir. Bu ta'rif asosan, aholi migratsiyasi deb nomlanadi 1 . Migratsiya o'z ichiga iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy, madaniy, demografik, etnik jihatlarni qamrab oladi. Bundan tashqari migratsion oqimlar nafaqat miqdor jihatidan, balki sifat jihatidan ham o'zaro farqlanadi2 . V.I. Perevedensivning fikriga ko'ra, aholi migratsiyasi zamonaviy jamiyatlarning o'ziga xos ajralmas, muhim xususiyatli belgilaridan biri bo'lib qoldi. U jamiyatning bir qancha ulkan ijtimoiy muhim funksiyasini bajaradi: nafaqat mehnat resurslarining qaytadan taqsimlanishi, balki madaniyatlar translatsiyasi, shahar va qishloqlar o'rtasidagi mavjud farqlarni bartaraf etish, xalqlarning o'zaro yaqinlashuvi va hokazolar3. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri bo'lib, unga kishilarning oddiy mexanik ko'chish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ko'p tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Yo'nalishiga ko'ra, tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki aholi migratsiyasi esa, mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining o'zgarishi. Migratsiya jarayonida ishtirok etuvchilar - migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud - migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud -migrantlar o'rnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining ko'chib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron-bir boshqa mamlakatdan ma'lum mamlakatga aholining ko'chib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar

1 Migratsiya https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Migratsiya

2 Миграция и безопасность в России / Под ред. Г. Витковской, С. Панарина. М., 2000. - С. 6.

3 Переведенцев В. И. Методы изучения миграции населения. М.: Наука, 1975. - С. 227.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

immigrantlar (muhojirlar) deyiladi. Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil o'zgartirish), vaqtincha (shartnoma asosida ma'lum muddatga ishga, o'qishga va boshqa sabablar bilan mamlaktdagi bir ma'muriy hududiy birlikdan boshqasiga borish yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoqlari - qishloq xo'jaligi, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga ko'ra ko'chish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, o'qishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migratsiya turlari bo'ladi. Ba'zan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek kasb taqozisi bilan tez-tez qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni o'zgartirmagani uchun ularni aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas4.

Migratsiya sabablarini birinchi marta nazariy jihatdan o'rganish ingliz olimi E. Ravenshtyen nomi bilan bog'liq. U XIX asrning boshlarida "migratsiya qonunlari" nazariyasini yaratgan. Ana shu qonunlarga muvofiq, migrantlar bir hududni cheklangan imkoniyatlar bilan tark etib, boshqa mintaqalarga katta imkoniyatlar bilan joylashib oladilar. Yangi joylarni tanlashda masofa katta rol o'ynaydi, chunki migrantlar yaqinroq masofaga joylashishni istashadi. Qishloq-shahar migratsiyasining har bir oqimi qishloq joylariga qarama-qarshi migratsiya oqimini vujudga keltiradi.

Asosiy qism

Xalqaro migratsiya siyosatini tartibga solish va u bilan bog'liq bir qator muammolarni bartaraf etishda xalqaro huquqiy tizim amal qiladi. Ushbu xalqaro huquqiy tizim insonning migratsiyaga oid huquq va manfaatlarini xalqaro jihatdan o'zida aks ettiradi. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 13-moddasida quyidagicha ta'kidlanadi:

1. Har bir inson har bir davlat hududida erkin yurish va o'ziga istiqomat joyi tanlash huquqiga egadir.

2. Har bir inson har qanday mamlakatdan, shu jumladan o'z mamlakatidan chiqib ketishi va o'z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga egadir5.

Deklaratsiyaning ushbu moddasidan ko'rinib turibdiki, har bir insonning u yoki bu hududga erkin ravishda ko'chishi yoki o'z mamlakatidan chiqib ketishi va o'z mamlakatiga qaytib kelish huquqi inson huquqlarining ajralmas qismi hisoblanadi.

Aytish lozimki, bugungacha migratsiya siyosatini tartibga soluvchi bir qator xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Xalqaro Mehnat Tashkiloti 1939-yildayoq ishchi-migrantlar to'g'risidagi konvensiya, 1975-yilda esa yana bir konvensiyani qabul qildi. Ko'p o'tmay, 1977-yilda Yevropa Kengashi ishchi-migrantlarning

4 http:wiki.arxiv.uz/Aholi migratsiyasi

5 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi http://constitution.uz/oz/pages/human Rights

Research BIB / Index Copernicus

huquqiy holati to'g'risidagi Yevropa konvensiyasini qabul qilgan bo'lsa, 1990-yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi barcha ishchi-migrantlar va ular oila a'zolaring huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi xalqaro konvensiyani qabul qildi. Konvensiyaning asosiy mazmun-mohiyati umume'tirof etilgan inson huquqlarining migrantlarga ham taalluqli ekanini tan olishdan iboratdir. Konvensiyadagi bir qator qoidalarda migrantlar maqomining o'ziga xos jihatlari aks etgan. Ular orasida "nasl-nasabi daxldor davlatlar" talabi bo'yicha kiritilgan qoidaning e'tiborli jihati shundak i, davlatlar migrantlarning madaniy o'ziga xosligi hurmat qilinishi ta'minlaydi va ularning nasl-nasabi daxldor davlat bilan madaniy aloqalarni amalga oshirishiga to'sqinlik qilmaydi6. Shu bilan birgalikda quyidagi xalqaro hujjatlar migratsiya siyosatini tartibga soluvchi asosiy manbalar hisoblanadi:

- BMTning inson huquqlariga oid universal hujjatlari - 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yilda qabul qilingan ikkita

- Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi hamda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktlar;

- BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2014-yilda qabul qilingan rezolutsiyalar

- 2014-yil 19-dekabrda qabul qilingan Xalqaro migratsiya va rivojlanish7, 2014-yil 18-dekabrda qabul qilingan Migrant bolalar va o'smirlar8, 2014-yil 18-dekabrda qabul qilingan Migrantlarni himoya qilish9, 2014-yil 18-dekabrda qabul qilingan Afrikada boshpanasiz shaxslar, qaytuvchilar va qochoqlarga yordam ko'rsatish10, 2014-yil 18-dekabrda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochoqlar masalalari bo'yicha Oliy Komissari Boshqarmasi11, 2014-yil 18-dekabrda qabul qilingan Ayollar va qiz bolalar savdosi12 va boshqalar.

- Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyalari - "Migrant mehnatkashlar to'g'risida"gi, "Ijtimoiy ta'minot sohasida mamlakat fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo'q shaxslarning tengligi to'g'risida"gi, "Migratsiya sohasidagi suiste'molchilik va migrant mehnatkashlarga teng imkoniyat hamda murojat qilish huquqlarini berish to'g'risida"gi, "Xalqaro mehnat normalarini qo'llashga

6 Lukashuk I.I. Saidov A. X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - B. 135.

7 International migration and development. Resolution adopted by the General Assembly on 19 December 2014 (on the

report of the Second Committee (A/69/470/Add.1)

8 Migrant children and adolescents. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report

of the Third Committee (A/69/488/Add.2 and Corr.1)

9 Protection of migrants. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/488/Add.2 and Corr.1)

10 Assistance to refugees, returnees and displaced persons in Africa. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/482)

11 Office of the United Nations High Commissioner for Refugees. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/482)

12 Trafficking in women and girls. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/481)

Research BIB / Index Copernicus

ko'maklashish maqsadida uch tomonlama maslahatlashuvlar to'g'risida"gi, "Ijtimoiy ta'minot sohasida huquqlarning saqlanishiga qaratilgan xalqaro tizimlarni o'rnatish to'g'risida"gi konvensiyalar 13 . Jumladan, "Mehnat migrantlarining huquqlari to'g'risida'gi 97-sonli Konvensiyada,uni ratifikatsiya qilgan har bir mamlakat hududida mehnat migrantlariga to'liq va ishonchli ma'lumotni taqdim etuvchi bepul xizmat ko'rsatish muassasalari bo'lishi lozimligi,emigratsiya va immigratsiya sohasida chalkashliklar va noaniq ma'lumotlarga yetaklovchi targ'ibot va tashviqot ishlariga qarshi chora-tadbirlar qo'llanilishi, mehnat migrantlarining mamlakatga kirib kelishi, yashashi va uni tark etishi jarayonlarini yengillashtirishi, mehant migrantlariga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatilishi va yaxshi gigiyenik sharoitlar yaratilishi, mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari mamlakatga kirib kelgan yoki uni tark etgan vaqtda ularning sog'ligi qoniqarli ahvolda ekanligini tasdiqlanishi, mamlakatga qonuniy ravishda kirib kelgan mehnat migrantlariga ularning dini, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, jinsidan qat'iy nazar mamlakat fuqarolari bilan teng darajada ishlash sharoitlari va ish haqi hamda ijtimoiy himoya bilan ta'minlanishi lozimligi kabi masalalar yoritilgan14.

- MDHning 1995-yil 26-mayida qabul qilingan Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to'g'risida konvensiya15;

- Bundan tashqari, genotsid jinoyatining oldini olish va uni sodir etganlarni jazolash to'g'risidagi konvensiya (1948-yil), irqiy kamsitishning barcha shakllarini bekor qilish to'g'risidagi xalqaro konvensiya (1965), urush qurbonlarini himoya qilish to'g'risidagi Jeneva konvensiyasi (1949)16 va boshqa manbalar migratsiya jarayonlarini xalqaro miqyosda tartibga solishda asosiy ustuvor vositalar hisoblanadi.

Shu o'rinda takidlash joizki, bugungi kunda davlatlar migratsiya siyosatini xalqaro-huquqiy jihatdan tartibga solishda bir qator muammolarga duch kelmoqda. Bular qatorida odam savdosiga qarshi kurash masalasi global ahamiyat kasb etadi. Butun dunyoda avj olib borayotgan va jahon hamjamiyatini birdek tashvishga solayotgan odam savdosi allaqachonlar "qora biznes"ning serdaromad turiga aylanib ulgurgan. Eng achinarli jihati shundaki, ushbu jinoyatning asosiy nishoni va qurboni ayollar va bolalar bo'lib, ular jabrlanganlarning 80%ini tashkil etadi. BMT va Qochoqlar bo'yicha xalqaro tashkilotlar ekspertlarining xulosasiga ko'ra, so'nggi

13 http://old.mvd.uz/uz/press/actualthemes/item342- Migrantlarning xalqaro huquqiy maqomi va O'zbekiston mehnat qonunchiligini takomillashtirishning ayrim masalalari. html

14 Кодирова З. А. Ишчи кучини экспорт килувчи мамлакатларда ме^нат миграциясининг халкаро микёсда тартибга солиниши // "Иктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 3, май-июн, 2015 йил. - Б.2-3.

15 Lukashuk I.I. Saidov A. X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - B. 224.

16 Xalqaro huquq: Ma'ruzalar kursi / Mas'ul muharrir yuridik fanlar doktori, professor A. X. Saidov. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. - B. 156.

Research BIB / Index Copernicus

yillarda odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlar shiddat bilan o'sib bormoqda. Odam savdosi bozori narkotik va qurol savdosidan keyingi uchinchi o'rinni egallaydi. BMTning tahliliy ma'lumotlari yer yuzida har yili 2 million 800 ming nafardan ortiq kishi odam savdosi qurboniga aylanayotganini ko'rsatmoqda17. Shu bilan birgalikda 600 mingdan 800 minggacha ayol va bolalar aldov yo'llari bilan chet elllarga olib ketilib, sotilib yuborilmoqda. Xalqaro ekspertlarning ma'lumotlariga qaraganda, bu jinoyat tufayli dunyo bo'yicha 7 milliard AQSh dollari miqdorida pul noqonuniy aylanadi18. Shu boisdan ushbu migratsiya bilan bog'liq jinoyatni oldini olishda xalqaro hamjamiyat xalqaro huquq mexanizmlaridan amalda foydalanishi zarur. Odam savdosiga qarshi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan Insonlarni sotish va uchinchi shaxslar tomonidan fohishalarni ekspluatatsiya qilishga qarshi kurashish to'g'risidagi konvensiya, shuningdek, 1956-yil Qulchilikni, qullarni sotish va qulchilikka o'xshash odatlar va institutlarni tugatish to'g'risidagi konvensiya bu boradagi muhim xalqaro hujjatlar hisoblanadi19.

Migratsiya siyosatini amalga oshirish bilan bog'liq yana bir muammo qochoqlar va ularni boshpana bilan ta'minlash masalasi hisoblanadi. Qochoqlarga taalluqli dastlabki hujjatlar Birinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan. Ayni paytda bu boradagi asosiy xalqaro-huquqiy hujjat 1951-yildagi Qochoqlar maqomi to'g'risidagi konvensiyadir. Tinchlik-osoyishtalikka qarshi jinoyat, harbiy jinoyat yoki insoniyatga qarshi jinoyat sodir etgan, shuningdek, muqaddam siyosiy mazmun kasb etmagan og'ir jinoyat sodir etgan shaxs qochoqlik maqomini da'vo qilishi mumkin emas. Aslida, davlat qochoqlarga, odatda chet elliklarga beriladigan maqomni berishga majbur. Hukumat yordamidan foydalanish borasida esa ular mahalliy fuqarolarga tenglashtiriladi. Qochoqlar ularning hayoti yoki erkinligi uchun xavf-xatar mavjud bo'lgan mamlakatlarga ko'chirilishi mumkin emasligi haqidagi qoida ham katta ahamiyatga ega. Qochoqlar huquqiga amal qilinishini BMTning Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari Boshqarmasi nazorat qiladi. Uning nizomini 1950-yilda BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagan20.

BMTning Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari Antoniu Guttereshning ta'kidlashicha, 2014-yilgi hisob-kitoblarga ko'ra, dunyo bo'yicha o'z uyini tashlab ketishga majbur bo'lganlar soni misli ko'rilmagan darajada o'sgan. BMTning qochoqlar muammosi bilan shug'ullanuvchi Oliy Komissari hisobotida 2014-yil davomida dunyo bo'yicha 46,3 million kishi qochqinga aylanganini ma'lum qildi.

17 Odam savdosi - davr muammosi http:// uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php?ELEMENT_ID=27578

18 Dunyo qullika qarshi, lekin bu jinoyat hamon davom etmoqda. http:/ www.ht.gov.uz/uz/news/205/

19 Lukashuk I.I. Saidov A. X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - B. 275-276.

20 O'sha manba: - B. 135.

Research BIB / Index Copernicus

Shuningdek, BMT ma'lumotida 2015-yilda bu qochoqlarga yordam uchun 16 milliard talab qilinishi qayd qilingan21. BMTning Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari Flippo Grandi o'zining 2015-yilgi hisobotida mojarolar va quvg'inlar aholining global majburiy ko'chishiga sabab bo'lmoqda22, - deb ta'kidladi. 2015-yilda bu o'zining maksimal darajasiga yetdi va insoniyatning ulkan yo'qotishiga olib keldi. BMTning Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari Boshqarmasining (BMT QIOKB) ma'lumotlari guvohlik berishicha, 2015-yil oxiriga kelib dunyoda ko'chirilgan shaxslar 65,3 million nafarga yetdi. BMT QIOKB ma'lumotlariga ko'ra, 2015-yilda qochoqlarning 51 %ini bolalar tashkil etadi. Bu ko'rsatkich BMT QIOKB tarixida umuman kuzatilmagan. Yer yuzidagi milliard aholining soni jihatdan taqqoslaganda, yer yuzidagi har 113 odamdan bittasi qochoq hisoblanadi. BMT QIOKB ma'lumotlariga ko'ra, 2005-yilda har minutda 6 kishi ko'chib yurgan, bugunga kelib ushbu ko'rsatkich har minutda 24 kishini tashkil etadi. BMTning Qochoqlar ishi bo'yicha Oliy Komissari Flippo Grandining ta'kidlashicha, "har yili dengiz orqali ko'chayotgan qochoqlar va migrantlar dahshatli ko'rinishda halok bo'lishmoqda; urushdan qochgan odamlar yopiq chegaralardan haydab yuborilmoqda. Bir qator davlatlarning siyosati quvg'in qochqinlarni rad etishga qaratilmoqda. Bugungi kunda turli mamlakatlarning nafaqat qochoqlar manfaatiga, balki kollektiv jamiyat manfaatlari yo'lida birgalikda ish olib borish tayyorgarligi imtihondan o'tkazilmoqda va albatta birlik ruhiyati g'alaba qilishi kerak"23. Shu jihatdan migratsiya siyosatida qochoqlar masalasini xalqaro huquqiy jihatdan tartibga solish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Migratsiya jarayonlari insoniyat tarixida muhim o'rin egallagan hodisalardan biri bo'lib, u iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. O'tmishdan kelajakgacha davom etadigan migratsiya jarayonlari, shuningdek, urushlar, nizolar va iqtisodiy qiyinchiliklar kabi omillar bilan bog'liq holda, aholi hayotining ko'plab jihatlarini ta'sir qiladi.

Har qanday davlat migratsiya siyosatini tartibga solishning ichki va xalqaro-huquqiy normalaridan foydalanadi. Migratsiya siyosatida ichki huquqiy normalardan tashqari, xalqaro-huquqiy normalarga amal qilish ushbu munosabatlarni tartibga solishning g'oyat muhim jihati sanaladi. Zeroki, hozirgi davrda noqonuniy muhojirl ik, odam savdosi, qochoqlar va ularni boshpana bilan ta'minlash muammosi migratsiya siyosatining dolzarb mavzulari bo'lib, ular bir davlatning ichki huquqiy me'yorlari

21 2014-yilda dunyodagi qochoqlar soni 46,3 million kishiga yetdi https://daryo.uz/2015/01/07/

22 http:// unhcr.ru/index.php?id=10&tx_ttnews{ttnews}=584&cHash=2866954b240cec0cdb5752a97130e

23 O'sha manba.

XULOSA

Research BIB / Index Copernicus

bilan bilan birgalikda, xalqaro huquqiy ahamiyat kasb etuvchi normalar orqali tartibga solinishi samarali hisoblanadi.

Xalqaro migratsiya siyosatini tartibga solish uchun ko'plab xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bu hujjatlar migrantlarning huquqlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy ta'minot bilan ta'minlash va ularning madaniyatini hurmat qilishga qaratilgan. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar migratsiya masalalariga e'tibor qaratib, odam savdosiga qarshi kurash va qochoqlarga yordam berish masalalarida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Biroq, bugungi kunda migratsiya siyosati ko'plab muammolarga duch kelmoqda. Odam savdosi, qochoqlarni himoya qilish va migratsiya jarayonlarining tartibga solinishi kabi masalalar global ahamiyatga ega. Shuningdek, qochoqlar va migrantlar uchun xavfsiz muhit yaratish, ularning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy integratsiyasini ta'minlash zarur. Shu sababli, xalqaro hamjamiyat migratsiya jarayonlarini yanada samarali tartibga solish va migrantlarning huquqlarini himoya qilish uchun birgalikda harakat qilishga chaqiriladi. Bu nafaqat migratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish, balki insoniyatning umumiy taraqqiyotiga hissa qo'shadi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Migratsiya https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Migratsiya

2. Миграция и безопасность в России / Под ред. Г. Витковской, С. Панарина. М., 2000. - С. 6.

3. Переведенцев В. И. Методы изучения миграции населения. М.: Наука, 1975. - С. 227.

4. http : wiki .arxiv.uz/Aholi migratsiyasi

5. Inson huquqlari umumj ahon deklaratsiyasi http : //constitution. uz/oz/pages/human Rights

6. Lukashuk I.I. Saidov A. X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - B. 135.

7. International migration and development. Resolution adopted by the General Assembly on 19 December 2014 (on the report of the Second Committee (A/69/470/Add1)

8. Migrant children and adolescents. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/488/Add.2 and

9. Protection of migrants. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/488/Add.2 and Corr.1)

Corr.1)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

10. Assistance to refugees, returnees and displaced persons in Africa. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/482)

11. Office of the United Nations High Commissioner for Refugees. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/482)

12. Trafficking in women and girls. Resolution adopted by the General Assembly on 18 December 2014 (on the report of the Third Committee (A/69/481)

13. http://old.mvd.uz/uz/press/actualthemes/item342- Migrantlarning xalqaro huquqiy maqomi va O'zbekiston mehnat qonunchiligini takomillashtirishning ayrim masalalari. html

14. ^одирова З. А. Ишчи кучини экспорт килувчи мамлакатларда мехнат миграциясининг халкдро микёсда тартибга солиниши // "Идтисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 3, май-июн, 2015 йил. - Б.2-3.

15. Lukashuk I.I. Saidov A. X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - B. 224.

16. Xalqaro huquq: Ma'ruzalar kursi / Mas'ul muharrir yuridik fanlar doktori, professor A. X. Saidov. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. - B. 156.

17. Odam savdosi - davr muammosi http:// uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php?ELEMENT_ID=27578

18. Dunyo qullika qarshi, lekin bu jinoyat hamon davom etmoqda. http:/ www.ht.gov.uz/uz/news/205/

19. Lukashuk I.I. Saidov A. X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - B. 275-276.

20. 2014-yilda dunyodagi qochoqlar soni 46,3 million kishiga yetdi https://daryo.uz/2015/01/07/

21. http://unhcr.ru/index.php?id=10&tx_ttnews{ttnews}=584&cHash=2866954b24 0cec0cdb5752a97130e

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.