UDK 323
Sayfiddinova X.A.
Navoiy davlat pedagogika instituti
ODAM SAVDOSI-MILLATGA XIYONAT
Annotatsiya: Maqola bugungi kunda zamonamiz va yoshlarimizni farovonligiga ziyon yetkazib kelayotgan dolzarb muammolardan biri- odam savdosi va unga qarshi chora-takliflar haqida so'zlaydi. Bu jinoyatga qarshi kurashishda yoshlarning roli, fikrlarining ahamiyatliligi davrimiz uchun muhim vositadir.
Kalit so'zlar: O'zbekiston avlodlari, sog'lom fikrlilik, odam savdosi, yoshlar, jinoyat
Zamonamiz ancha yuksalgani, ong-u tafakkurimiz kengaygani, innovatsion g'oyalar bizni qurshab olgani barchamizga ma'lum. Imkoniyatlar kengligi, davrimizning maksimal darajada rivojlanib borayotganiga qaramay, fikrimizni ozdiruvchi, biz yoshlarni yo'ldan chalg'ituvchi, turli jinoyat va aldovga yo'llovchi ko'chalar ham afsuski yo'q emas.
Yosh O'zbekiston avlodlaridan biri sifatida shuni tushuna olamanki, biz , men ya'ni yoshlar har qanday kichik fikrni kattasigacha tahlil qila olamiz, agarki, tafakkurimizda ma'naviy ozuqalilik, sog'lom fikrlilik yetilgan bo'lsa. Hayotimizning yorug' kunlari ko'p bo'lgani kabi, unga xavf solib, xavotirga qo'yadigan inson hayotini jaholatga yetaklab boradigan muammolar ham bizni chetlab o'tmaydi.
Tinchligimizga raxna solib turgan "Odam savdosi, giyohvandlik va shu kabi razilliklar xoh o'zimizda xoh dunyoning bir chetida sodir bo'lsa-da, qalbimizni tahlikaga solib keladi.
Bugungi davrda qullikning yangi ko'rinishi bo'lgan odam savdosi jahon hamjamiyatiga tahdid solayotgan jinoyat deb baholanmoqda .Tarix kitoblarda qolib ketgan "qullik" tushunchasi hozirga kelib majburiy mehnat shakliga o'tib olgan. Odam savdosi bilan shug'ullanuvchi jinoiy guruhlar insonlarni nafaqat jinsiy shuningdek, majburiy mehnat uchun yoki ularning ichki organlarini transplantatsiya qilish, narkotik moddalarni tarqatish, boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etish uchun ham yollab majburlamoqdalar. Bu jinoyatning asosiy qurbonlari esa ayollar va bolalar bo'lishadi. Ma'lumotlarga qaraganda, dunyo miqyosida har yili 600 mingdan 800 ming nafargacha ayollar va bolalar aldov yo'li bilan sotib yuboriladi.
Asosan chet el orzusida yurgan , omadsizlikka uchragan, o'z yo'lini yo'qotib depressiyaga tushgan insonlar bu jinoyatning qurbonlari ekani bizga ma'lum. Odam savdosidan jabrlanganlarning 72%i ayol va qizlardan tashkil topayotgani bu juda ayanchli holat. Ijtimoiy tarmoqlarda BMT narkotik va jinoyatlar bo'limining "2018 yili Global Odam Savdosi hisoboti" e'tiborimni jalb
etdi. Ushbu hisobot 142 mamlakatdan olingan hisobot doirasida tayyorlangan. Unga ko'ra , 2016 yili 97 davlatdan taxminan 24 mingdan ziyod ki shi odam savdosidan jabr ko'rgan. Eng yomoni, " jinsiy ekspluatatsiya" 59% bilan birinchi o'rinda bo'lishda davom etyapti. Bir qaraganda , bu raqamlar bizga e'tiborsizday tuyulishi mumkin biroq, shuncha ayol va qizning taqdiri hayotdan uzilib ketyapti...Axir bu millatga xiyonatku, nafaqat millatga oilasiga , yurtdoshlariga qilingan jaholat emasmi?
Tarbiyaning qayerida xato qilyapmizki, tengdoshlarimiz jinoiy, aldamchi yo'llarni boshini tutib ketyapti. Aql-zakovatimizni qayeri oqsab qolyaptiki, shunchalik tez aldanib qolyapmiz. Ba'zan televizorda xalqidan uzr so'rab, ko'z-yoshi qilib , afsus chekayotgan shu jinoyatning qurboni bo'lib qolayotgan zamondoshimga savol bergim keladi: "Siz mustaqilmisiz? Fikrlaringizni erkin ifodalaydigan, aniq va to'g'ri qaror qabul qiloladigan, hayotni mukammal tushuna oladigan darajada mustaqilmisiz? Ota-ona , yor-u birodar so'zini tinglamay oxiri noma'lum ishni boshini tutib, ozgina qiyinchilikdan stressga tushib begonaga ishonib ketadigan darajada erkin va mulohazali deb hisoblaysizmi o'zingizni?". To'g'ri , xatolar doim bo'laveradi biroq miyamizni puch havaslarga to'ldiradiganlarga osongina aldanib qolish halokatidan o'zimizni qutqarib qolishimiz kerak!
Izlangan manbalarimdan bilishimcha, odam savdosining katta bo'limi Sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlari fuqarolari bo'lgani aytib o'tiladi. Bu hududlarda ushbu jinoyat uchun javobgarlik ham qoniqarsiz ekani ma'lum. Zamonaviy qulchilikka qarshi olib borilgan choralarning asosan so'nggi 10 yilda kuchayganini ma'lum qilgan UNODC rahbari Federov "Davomli rivojlanish maqsadlariga yetish uchun barcha davlatlarni texnik jihatdan dastaklash va hamkorlikni rivojlantirishning zaruratini ko'rsatmoqda" deb mulohaza bildirdi.
Har yerda sodir bo'layotgan bu kabi jaholatni oldini qanday olishimiz mumkin? Qachonki, har bir inson o'z-o'zini , o'zidagi yomon illatlarni isloh qilishni boshlasa, atrofimizga, bir-birimizga befarq bo'lishni bas qilishni boshlaganimizdagina bu zalolatning hech bo'lmaganda yarmini sodir bo'lishidan asrab qolamiz. Bizning osoyishtaligimizni ta'minlashga faqatgina davlatimizning milliy xavfsizlik organlari javobgar emas. Yon-atrofimizdagi do'stimizni, yaqinlarimizni shuningdek, o'zimizni doimiy to'g'ri yo'lga solib turishga birdek barchamiz mas'ulmiz deb yashamog'imiz kerak . Odam savdosi, kontrabanda shu singari oxiri yomonlik bilan tugaydigan barcha razilliklarga qarshi ongimizni o'zimiz tarbiyalab, muhofaza qilmog'imiz zarur. Prezidentim aytganlaridek, "Tinchlik-osoyishtalik har bir insonga daxldor bo'lgan hayotiy zaruratki, uni saqlash shu yurtda yashaydigan har bir fuqaroning muqaddas burchi bo'lmog'i kerak".
Yosh ongim bilan shuni aytishim mumkinki, siz, men, bizlar-barchamiz har nafasda yonib yashasak, yangicha fikrlash, yangicha g'oyalar bilan jamiyatga kirib borsak, hayotimizni tahlikaga qo'yayotgan har qanday to'siqni ijobiy salohiyatimiz bilan yenga olamiz!
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Fledu.uz sayti
2. Adu.uz sayti...
3. Shavkat Mirnyoyev "Buyuk kelajagimizni mará va oliyjanob xalqimiz bilan quraylik." asaгi
4. Ma'naviyat asoslaгi dareligi
"Экономика и социум" №11(78) 2G2G
www.iupr.ru
342