о
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
ODAM SAVDOSI YOXUD "ZAMONAVIY QULLIK"KA QARSHI
KURASHISH MUAMMOLARI
Dadaboyeva Jumagul Anvarovna
Farg'ona davlat universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi. Muazzamxon Mamadaliyeva Farg'ona davlat universiteti talabasi
Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, ular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo 'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qiladi. Achinarlisi, XX asr oxirlariga kelib, odam savdosi butun insoniyatga qarshi asosiy tahdidlardan biri bo 'lib qoldi. Hozirgi kunda global xarakter kasb etib borayotgan ushbu muammoga qarshi nafaqat yurtimizda balki, butun dunyo mamlakatlarida odam savdosiga qarshi kurashishning samarali choralari izlanmoqda.
Kalit so'zlar: Odam savdosi, transmilliy jinoyatlar, huquqiy madaniyat, inson huquq va erkinliklari, jinoyatchilikka qarshi kurash, xalqaro hamkorlik, davlat organlari.
ПРОБЛЕМЫ БОРЬБЫ С ТОРГОВЛЕЙ ЛЮДЬМИ ИЛИ «СОВРЕМЕННЫМ РАБСТВОМ»
Дадабоева Жумагул Анваровна,
кандидат юридических наук, доцент, Ферганский государственный университет Мамадалиева Муаззамхон, , Студентка Ферганский государственный университет
АННОТАЦИЯ
На нашей планете существует ряд глобальных проблем, в том числе транснациональная преступность, такая как торговля людьми. Год от года увеличивается число людей, страдающих этим заболеванием и становящихся его жертвами. Каждое из этих преступлений, не знающих границ и границ, представляет серьезную угрозу для развития общества и развития стран. Такое серьезное преступление, как торговля людьми, посягает на жизнь, свободу и права человека, его волю, судьбу и будущее. К сожалению, к концу XX
ANNOTATSIYA
О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023
века торговля людьми стала одной из главных угроз человечеству. Изыскиваются действенные меры по борьбе с торговлей людьми не только в нашей стране, но и в странах мира, против этой проблемы, приобретающей глобальный характер.
Ключевые слова: Торговля людьми, транснациональная преступность, правовая культура, права и свободы человека, борьба с преступностью, международное сотрудничество, государственные органы.
PROBLEMS OF COMBATING HUMAN TRAFFICKING OR "MODERN
SLAVERY"
Dadaboeva Jumagul Anvarovna,
Candidate of law, associate professor, Fergana state university Mamadalieva Muazzamkhan, Student of Fergana state university
ABSTRACT
There are a number of global problems on our planet, including transnational crimes, such as human trafficking. Year by year, the number ofpeople suffering from this disease and becoming its victims is increasing. Each of these crimes, which knows no boundaries and borders, poses a serious threat to the development of society and the development of countries. A crime as serious as human trafficking violates a person's life, freedom and rights, his will, destiny and future. Unfortunately, by the end of the XX th century, human trafficking has become one of the main threats to humanity. Effective measures to fight against human trafficking are being sought not only in our country, but also in the countries of the world, against this problem, which is gaining global character.
Key words: Human trafficking, transnational crimes, legal culture, human rights and freedoms, fight against crime, international cooperation, state bodies.
KIRISH
Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, ular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Odam savdosi kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o'g'irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste'mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to'lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og'dirib olish yo'li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy Xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qiladi. Achinarlisi, XX asr oxirlariga kelib, odam savdosi butun insoniyatga qarshi asosiy tahdidlardan biri bo'lib qoldi.
Odam savdosi - insonning o'z huquqlari va erkinliklarini lozim darajada bilmasligi, kishilarning loqaydlik va befarqliklari sabab, jinoyatchi kimsalarning mo'may daromad topishi uchun vositasiga aylanib qolishidir. Ushbu illatga umuminsoniy qarash bilan baho beradigan bo'lsak, inson insonni sotishi naqadar ayanchli ekanligini, ming afsuski oramizda shunday nobakor insonlar borligiga guvoh bo'lamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirda inson omilini asrash-avaylash uchun, uning qiladigan harakatlarini yengillashtirish, lozim darajada kamaytirish uchun robotlar, hayot tarziga qulaylik olib keltiruvchi vositalar yaratilayotgan bir davrda insonni inson tomonidan pullanishi, majburiy mehnat, qullik qurboni bo'lishi achinarlidir.
Insoniyat tarixida odam savdosiga qarshi kurashish XIX asr oxiri XX asr boshlarida xotin-qizlarning Yevropadan Amerika va Shimoliy Afrika qit'alariga keng ko'lamli migratsiya hamda ayollarni Yevropaga sotish hodisasi kuzatilgan. Bu hodisaga barham berish maqsadida Parijda 1902 va 1910-yillarda konferentsiya o'tkazilib "Oq gullar savdosiga qarshi kurash" nomli butunjahon konventsiyasi qabul qilingan. Keyinroq ushbu Konvensiya "ayollar va bolalar savdosini yo'qotish" va voyaga yetgan ayollar savdosini yo'qotish "nomli butunjahon Konventsiyalari bilan to'ldirilgan. Odam savdosi muammosiga qarshi kurashishning keyingi tarixiy jarayonlari sekin-asta rivojlanib 1948-yilda "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan.
2013-yilda BMT tomonidan 30-iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb e'lon qilingan. Ayni paytda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo'lgan bu turdagi jinoyat dunyo miqiyosida keng tarqalmoqda.
Hozirgi kunda global xarakter kasb etib borayotgan ushbu muammoga qarshi nafaqat yurtimizda balki, butun dunyo mamlakatlarida odam savdosiga qarshi kurashishning samarali choralari izlanmoqda.
Jinoyatchilikning bu mudhish turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida BMT ning bir qator tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega bo'lgan hujjatlari qabul qilindi. Xususan, Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfrushlikdan foydalanishga qarshi kurashish tog'risidagi Konvensiya, Qullik va
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
qul savdosini, qullikka o'xshash institutlar va odatlarni bekor qilish to'g'risidagi qo'shimcha Konvensiya va bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Odam savdosini oldini olishga, unga qarshi kurashishga, unga chek qo'yishga, uning oqibatlarini kamaytirishga, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko'rsatishga doir faoliyatni davlatimiz bir qancha qonunlar, qarorlar qabul qilish asosida olib bormoqda. Xususan, "O'zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi yangi tahrirda qabul qilingan qonunida odam savdosiga qarshi kurashishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari keltirilgan. Davlat ushbu illatlarga qarshi kurashishda olib boradigan faoliyatining asosiy yo'nalishlari sifatida, odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, profilaktika chora-tadbirlarini, axborotga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi asosiy yo'nalishlar sifatida belgilab qo'yilgan. Har qanday holatda ham odam savdosini o'z vaqtida aniqlash va unga chek qo'yish, uning oqibatlarini bartaraf etish shunday harakat bilan shug'ullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi prinspini ta'minlash, shu bilan birga jabrlangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish eng asosiysi, odam savdosiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish davlat olib boradigan faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Kishilarda o'z huquqlarini bilish bo'yicha ongli munosabatni, huquqiy madaniyatni shakllantirish, davlat tomonidan targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish asosida amalga oshiriladi. Aynan shunday tashviqot harakati AQSH da ushbu illat qurbonlari bo'lgan insonlarning acchiq qismati aks eettirilgan foto suratlar ko'rgazmasini o'tkazish bilan amalga oshirildi. Ko'plab insonlarda ko'z yosh, achinish tuyg'ulari vujudga keldi. Unga qarshi kurashishda o'z fikrlarini tasavvurlarini bayon etishdi. Ushbu ko'rgazma barchaning nigohiga tushdi. Chunki hech qaysi inson jabrlangan, qullik qurboni bo'lgan o'zi kabi insonlarning holatiga o'z munosabatini bildirmay befarq keta olmasdi. Shu o'rinda ajablanarli holat yuzaga keladi, nega birgina jonivorga ozor yetsa unga achinamiz, qalbimiz ozor chekadi, lekin insonni inson tomonidan pullash, mehnatga majburlash, qiynash harakatlarini amalga oshiradigan shaxslarda bunday tug'ular nahotki vujudga kelmasa.
Hozirgi kunda yurtimizda odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organ va tashkilotlar mavjudmi? degan savolga majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha milliy kommisiya faoliyatini aytib o'tishimiz joiz albatta. U davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari sifatida, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O'zbeksiton Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi, O'zbeksiton Respublikasi xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligini keltirishimiz mumkin. Davlat ushbu sohadagi faoliyati davomida odam savdosiga qarshi kurashish, jabrlanganlarni ijtimoiy reablitatsiya va moslashuvi masalalari bo'yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishi lozim. Xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yar ekan, bu bilan jinoyatni oldini olish, aniqlash, chek qo'yish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda chet davlatlarning ixtisoslashgan vakolatli organlari bilan kelishuvlarni maqsadli aloqalarni o'rnatadi.
Har yili turli hisob-kitoblarga ko'ra 20-40 million kishi quldorlikning zamonaviy shakli qurboniga aylanmoqda. Mazkur muammoning aniq ko'lamini bilish juda mushkul, chunki jinoiy faoliyat yashirin olib boriladi. Xalqaro darajada odam savdosi qurbonlarining 0,04 % gina aniqlangan. Afsuski davlat tomonidan shu o'rinda butun dunyo bo'ylab keng harakatlar amalga oshirilsada "zamonaviy qullik"ning qurbonlari soni kamayishida o'zgarishlar yo'q.
Shu o'rinda, har qanday tashviqot, har qanday yomon illatga qarshi kurashish vositasi-insoninning o'zi va uning ongidir. Inson xatarni qanchalik darajada ekanligini, bunday illat qurboni bo'lmaslik uchun ogoh bo'lish lozimligi haqida fikrga o'z qarashlariga ega bo'lsagina unga qarshi kurasha oladi.
Dunyoda odam savdosini uchta keng tarqalgan turi mavjud bo'lib, bular: jinsiy ekspluatatsiya, majburiy mehnat va odam a'zolarini sotish.
Jinsiy ekpluatatsiya uchun asosan ayollar sotiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, ayollarning 72% shu maqsadda sotilar ekan. Majburiy mehnatga jalb qilinganlarning asosiy qismini esa erkaklar tashkil etadi. Bu ko'rsatgich 85,7% ni tashkil etadi.
Odam a'zolarini sotish jinoyati esa juda kam ko'zga tashlanadigan odam savdosi turi bo'lib, odam savdosi "tovarlar" umumiy sonining 1% dan ko'p bo'lmagan qismini tashkil etadi. Bu turdagi "tovarlar"ning yillik savdosi 1 mlrd dollardan ortiq miqdorni tashkil qilishi jinoyatning mazkur toifasi ham jiddiy muammo ekanligini tasdiqlaydi. Odam savdosi jinoyati uchun qanday javobgarlik belgilangan?
O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi, odamni olish-otish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish,
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
topshirish, yashirish yoki qabul qilish uch yildan besh yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek ushbu moddada belgilangan harakatlarni amalga oshirganiga ko'ra, belgilangan muddatlarda ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikdan cheklash bilan jazolanadi.
Odam savdosi qurboni bo'lish sababi insonlarining loqaydligi ekanligini ham aytishimiz lozim. Zero, "Dushmanlardan qo'rqma nari borsa, ular seni o'ldirishi mumkin. Do'stlardan qo'rqma nari borsa ular senga hiyonat qilishi mumkin. Loqayd odamlardan qo'rq ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi. Odam savdosi qurboniga aylanayotganlar sonini aniqlash qanchalik qiyin bo'lsa, insonning loqaydligiga qarshi kurash ham shunchalar mushkildir. Kishilarning soddaligi, yaqinlarining taqdiri va kelajagiga befarqligi bunday illat to'riga ilinishga asosiy sabablardan biridir. Shu o'rinda insonlarni eng oliy ne'mat hisoblanmish erkin hayot tushunchasiga befarq bo'lganliklari, qadriga yetmaganliklari o'z nafslarini jilovlay olmaganliklari bois ham ayrim jinoyatchi shaxslar uchun mo'may daromad vositasiga aylanib qolmoqdalar.
O'z huquq va erkinliklarimizga loqayd bo'lar ekanmiz, jinoyatchi kimsalar o'z huquq va erkimizni qo'llarimizga zanjir qilib taqadida, bizni qullik qurboniga aylantiradi. Bunday illatlarning o'ljasiga aylangach afsuslanib nadomad tortgandan ko'ra, doimo ogohlik va hushyorlikni oshirganimiz ma'quldir.
REFERENCES
1. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi.-T.,1948
2. Yunesko Xalqaro me'yoriy hujjatlar to'plami.-T., "Adolat", 2004
3. O'bekiston Respublikasi Oliy sudi axborotnomasi -T.,1992
4. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro bitim -T.,1992
5. "Xalq so'zi" gazetasi 1997-yil 30-avgust
6. "Hayot va qonun" jurnali, 1995-yil, 1-son
7. Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi konvensiya -T.,2007
8. Dadaboeva, J. (2022). THE BASICS OF CIVIL LEGAL REGULATION OF SEPARATION FROM MARRIAGE. Research Focus, 7(4), 253-261.
9. Dadaboeva, D. A. (2021). Civil-legal regulation of educational services. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(8),
XULOSA
448-453.