Научная статья на тему 'ОБУЧЕНИЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ РАЦИОНАЛЬНОМУ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ'

ОБУЧЕНИЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ РАЦИОНАЛЬНОМУ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
39
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ СИТУАЦИЯ / ОКРУЖАЮЩАЯ СРЕДА / ЛЕСА / ВОДОХРАНИЛИЩА / ПОЧВА / АТМОСФЕРНЫЙ ВОЗДУХ / РАСТЕНИЕ / ЖИВОТНОЕ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Тошева Д. И.

Основное внимание в статье автор уделяет преподаванию в начальной школе тем, связанных с бережным отношением к природе родного края, его животному миру и природным ресурсам.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ОБУЧЕНИЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ РАЦИОНАЛЬНОМУ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2019. № 4-4(91)

УДК 511.1

Д.И. Тошева

ОБУЧЕНИЕ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ РАЦИОНАЛЬНОМУ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ

Основное внимание в статье автор уделяет преподаванию в начальной школе тем, связанных с бережным отношением к природе родного края, его животному миру и природным ресурсам.

Ключевые слова: экологическая ситуация, окружающая среда, леса, водохранилища, почва, атмосферный воздух, растение, животное.

Tabiat o'ziga xos murakkab tizim bo'lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o'z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi.U tabiatdan havo, suv, oziq-ovqat, mineral va yonilg'i xom ashyolarini oladi va o'zining hayot faoliyati davomida o'z ta'sirini ko'rsatib boradi.

Biz bu sohani nazariy jihatdan boshlang'ich ta'lim jarayonida ya'ni atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik kabi fan peredmetlari orqali o'rganamiz. Chunki bola ongida tabiatning o'ziga xosligi uning qonuniyatlari, inson hayoti uchun muhim ekanligini singdirish shaxs kamoloti uchun juda muhimdir. Zero inson tabiatning bir bo'lagidir, tabiatni xarob qilish orqali u o'z kelajagini xarob qilgan bo'ladi. Shuning uchun bugungi kunda yoshlar ongiga ekologik bilimni singdirish juda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega masaladir.

O'quvchilarda tabiatga nisbatan to'g'ri munosabatni qaror toptirish, mehr muhabbatni uyg'otish, atrof muhit musaffoligiga erishish, ekologik muammolarni hal etish yo'lida muhim bosqich sanaladi. Shu nuqtai nazardan 2017 yil 6-aprelda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 187-son Qaroriga muvofiq umumta'lim maktablari uchun barcha fanlardan DTS lari va o'quv dasturlarining yangilanishi barcha fanlar singari tabiatshunoslikka oid fan predmetlarida ham bir qancha o'zgartirishlar kiritildi. Eng avvalo buning asosiy maqsadi:

- jamiyat va tabiatning o'zaro bog'liqligi, geografik ob'ektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o'rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llash mahoratini shakllantirish;

o'quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish.

Vazifasi esa: o'quvchilarda atrofimizdagi olamga, o'z Vataniga muhabbat hissini uyg'otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta'lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo'lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta'lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o'rgatishdan iborat.

XX asr o'rtalarigacha, xatto yaqin - yaqinlargacha ham inson tabiatga hokim, uni istagancha o'zgartirishi, irodasiga bo'ysundirishi mumkin, degan noto'g'ri fikr ustunlik qilib keldi. O'sha sharoitlarda bu fikr dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida, jumladan o'zimizda ham qo'llab - quvvatlandi. Tabiatni iqtisodiyot talabiga moslashtirib o'zgartirish avj olib ketdi. Qanchadan - qancha loyihalar vujudga keldi. Daryo va ko'llardagi baliqlar, parrandalar, hayvonlar ehtiyojdan ortiqcha ovlandi va ko'pchiligi hozir yo'q bo'lib ketdi. O'rmonlarga nisbatan ham ko'r - ko'rona munosabatda bo'lishi tufayli yer sharida 100 yil avvalgi 7200 million gektar o'rmondan hozir 4100 million gektar o'rmon qolgan. Jamiyatning tabiatga ta'siri hamisha oliy maqsadga muvofiq oqilona bo'lishi kerak. Tabiatni muhofaza qilish hozirgi davrning eng o'tkir va dolzarb umumbashariy muammolardan biridir. Tabiat insonlarning moddiy va ma'naviy talablarini qondir-uvchi manbadir. Tabiat - bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyatning bir-biri bilan chambarchas bog'lan-gan yaxlit borliqning ikki bo'lagini tashkil etadi.

Tabiatni e'zozlash, uni muhofaza qilish, inson ongining yetukligi bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda kishilarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada oilaning roli katta. Yoshlarimizda ekologik madaniyatni tarbiyalashda bolalar bog'chalari, maktab, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari ham jonbozlik ko'rsatmog'i lozim. Mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari doimiy va izchil ravishda aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarni muntazam olib borsalar, bu masalada shunchalik tez jaddiy o'zgarishlarni qo'lga kiritishimiz

© Тошева Д.И., 2019.

Вестник магистратуры. 2019. № 4-4(91)

ISSN 2223-4047

mumkin ekanligini hech ham esdan chiqarish kerak emas! Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

1) insonning tabiat bilan aloqasi yerda insonlar paydo bo'lgan vaqtlardanoq yuzaga kelgan bo'lib, bu zaruriy ob'ektiv aloqadorlik o'z ahamiyatini bundan keyin ham hech qachon yo'qotmaydi;

2) tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi aloqadorlik, jamiyatning tabiatga, tabiatning esa jamiyatga ta'siri kishilar ongi va irodasiga bog'liq bo'lmagan ob'ektiv qonuniyatdir;

3) jamiyat bilan tabiatning ob'ektiv aloqadorligi, tabiiy sharoitlarning jamiyat taraqqiyotiga ko'rsa-tadigan ta'siri jahondagi ayrim bir xalqlar va mamlakatlarga taalluqli bo'lib qolmay, balki butun insoniyat uchun, barcha jamiyatlar va mamlakatlar uchun bir xilda umumiydir;

4) tabiiy muhit insonning moddiy ne'matlar ishlab chiqarish faoliyatining doimiy, abadiy va zaruriy shartidir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, umumta'lim maktablari hozirgi vaqtda ekologiya, sanitariya-gigiena mao-rifining markaziga aylanishi, o'quvchilarni ekologik bilim va malakalar bilan qurollantirish uchun o'qituvchi tibbiyotdan ham xabardor bo'lishi, ota-onalarga ham har tomonlama tibbiy-ekologik bilim berish taqozo etiladi. Bularning barchasi yosh avlodni jismoniy baquvvat, aqlan sog'lom, har tomonlama rivojlangan qilib o'stirish vazifasini hal etishga yordam beradi. o'qituvchining asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarni faqat o'z salomatligi uchun emas, balki tevarak-atrofdagi kishilar sog'ligi uchun ham qayg'urishga, davlat tomonidan chiqarilgan qaror va qonunlardan cho'chib emas, balki oqilona tushunib rioya qilishga, sog'lom turmush tarzini tashkil qi-lishga o'rgatishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. «Soglom avlod-bizning kelajagimiz» Toshkent, Ibn Sino nomidagi nashriyot 2000 y.

2. Mamashokirov S, «Ekologik barkarorlik omillari» Tafakkur jurnali, 2005 yil, 1 - son.

ТОШЕВА ДИЛДОРА ИСКАНДАРОВНА - преподаватель педагогического факультета, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.