Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARNI TABIAT BILAN
TANISHTIRISH
Sherzod Ibroim o'g'li Ibroimov Munisa Maxkambayevna Fatxullayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq shahar 17-sonli pedagogika instituti maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi
ANNOTATSIYA
Maktabgacha ta'lim muassasa tarbiyalanuvchilari borliq va unga tutash hodisalar va tabiatni sevishga qaratilgan holatlarni ko'rish mumkin. Bola tarbiyasida tabiatning o'z o'rni borligi va undan oqilona foydalanishni tushuntirish zarurligi alohida to'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: tabiat, inson, rol, Markaziy Osiyo, mutafakkir, muhofaza, fikr, tarix, tanishtirish, metod, fan.
INTRODUCING NATURE TO PRESCHOOL CHILDREN
ABSTRACT
Preschoolers can see the events that take place and the events that take place in it, and the love of nature. Special emphasis was placed on the role of nature in the upbringing of children and the need to explain its rational use.
Keywords: nature, man, role, Central Asia, thinker, conservation, thought, history, introduction, method, science.
KIRISH
Tabiat - bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o'zida qamrab olgan bir butun olam tabiat - g'oyat xilma-xil shakllari, tarkibiy kismlari bilan insoniyatni kurshab turgan organik va anorganik olamlar, o'simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo'lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko'proq keng va qisman tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda tabiat butun obyektiv borliq, real voqelik, turli-tuman ko'rinishlardagi olam. Tor ma'noda tabiat fan, asosan tabiiy fanlar tabiatshunoslik o'rganadigan obyektdir. Tabiatning adabiyotlarda ikki darajasi ajratib ko'rsatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Bularning birinchisi insoniyatdan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiiy holda mavjud bo'lgan tabiatdir;
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
ikkinchisi insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne'matlar - tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskanlari - shahar, qishloq va boshqalar.
Tirik organizmlarning ma'lum bir muhitda yashash qonuniyatlarini, ya'ni organizmlarning o'zaro va ularni o'rab turgan atrof-muhit bilan bogliq bo'lgan hayot tarzini o'rganadigan fan ekologiya deb ataladi.
Ekologiya (grekcha "oikos" - yashash, uy, makon, "logos" - ta'limot) -umumiy tarzda u organizmlarning yashash joyi, makoni degan ma'noni anglatadi.
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to'rt bo'limga bo'lib o'rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.
1. Autekologiya ("autos" — yunoncha so'z bo'lib, "o'zi" degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o'zaro munosabatini, ularning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini o'rganadi.
2. Populyatsiyalar ekologiyasi ("populyatsion" — fransuzcha so'z bo'lib, "aholi" degan ma'noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma'lum sharoitda turli organizmlar sonining o'zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya ("sin" — yunoncha so'z bo'lib, uning ma'nosi "birlikda" demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarini o'zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o'rganadi.
4. Ekotizimlarning tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta'limotni vujudga keltiradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
B.Ziyomuhamedovning ta'riflashicha, ekologiya terminining mumtoz ma'nosi ayrim hayvonot turlari va ular populyatsiyalarining hamda o'simliklar turlarining tashqi atrof-muhit bilan munosabatlari, ularning tadrijiy rivojlanishiga ko'rsatadigan ta'sirini o'rganadigan ilm sohasi demakdir.Muhitning organizmni
harakatlantiruvchi alohida tarkibiy qismlari (havo, yorug'lik, issiqlik, suv, oziq-ovqat) ekologik omillar deb atala.diA.S.To'xtayev fikricha, "ekologik muhit deganda tirik organizmni o'rab turgan fizik qurshov e'tiborga olinadi. Aniqroq so'z borganda muhit tevarak-atrofdagi o'zaro bog'lanishlardagi shart-sharoitlar va ta'sirlar majmuidir (tabiiy va sun'iy muhit)".
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
Ekologik omil esa tirik organizmlarga to'gridan-to'g'ri ta'sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir.
Biroq odamlarga moddiy ne'matlar ishlab chiqarishi uchun muayyan tabiiy sharoitlar talab qilinadi. Tabiatning jamiyat bilan yaqindan aloqa bog'laydigan, uning taraqqiyotiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadigan qismi atrof-muhit deb ataladi. Yerning ustki qatlami va yer osti boyliklari, iqlim va boshqa shu kabilar atrof-muhitni tashkil etadi. Atrof-muhit insonning moddiy ne'matlar ishlab chiqarish faoliyati uchun doimiy, abadiy va zaruriy shart-sharoitdir. Ayniqsa, insonning tabiat quchog'ida bo'lishi uni ruhan tetiklashtirib, mehnat qobiliyati va ijodiy faoliyatini oshiradi.
Lekin "... insonning tabiatga ta'sir etishi va uning resurslaridan noto'g'ri foydalanishi tufayli tabiiy muhit (havo, suv, tuproq va boshqalar) ifloslanib, xo'jalikka va, ayniqsa, inson salomatligiga salbiy ta'sir eta boshladi".
Tadqiqotchi A.R.Meliboyevning fikricha, tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar sohasida ekologik muammolar paydo bo'ladigan yo'nalishlarni aniqlash favqulotda muhim pedagogik va psixologik muammo hisoblanadi.
NATIJALAR
Bunday munosabatlar tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish maqsad va usullarini baholash zarurati paydo bo'lganda yuzaga keladi:
■ insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatlarining xususiyati (maqsadsiz, shaxsiy qiziqish, atrof-muhitga nisbatan loqaydlik, ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan, iste'molchilik, ehtiyotkorona, faol ijodiy)ni;
■ tabiat zahiralaridan foydalanish maqsad va usullarini baholash zarurati paydo bo'lgandagina yuzaga keladi.
Bunday baholashga zarurat tabiiy omilning inson va jamiyat uchun ham muhim insoniy qadriyat ekanligidan hosil bo'ladi. Jamiyat a'zolarining farovonligi va huzur-halovati atrof-muhit holatiga bevosita bog'liq.
Ma'lumki, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Tabiat, tug'ilish, yashash, o'sish, faoliyat maydoni hisoblanadi. Inson tabiat bilan birga yashaydi, usadi, rivojlanadi. Insoniyat tabiatga ta'sir etibgina qolmasdan, unga bevosita bog'liq hamdir. Tabiatga bog'liq omillar texnika, iqtisodiy ekologik munosabatlarini ham belgilaydi. Ana shu holat kishilarning tabiat, atrof-muhitga bo'lgan munosabatlarni muvofiqlashtirish zarurligini taqozo etadi. Bolalarni ilk yoshidan hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ularga mehr uyg'otish, jonsiz va jonli tabiatni muhofaza
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
qilish ekologik tarbiyaning dastlabki elementlaridan biri sifatida tadqiq etilishi lozim bo'lgan muammodir. Ayniqsa, bu yo'nalish maxsus o'rganilmaganligi, hozirgi kunda esa davlat va jamiyatning barkamol shaxsga bo'lgan ehtiyojining kuchayganligi dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolarni tabiat bilan tanishtirish orqali etetik, aqliy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, jismoniy rivojlantirish barcha zamonlarda ham o'ta dolzarb muammolardan hisoblangan.
Tabiat bilan tanishish insonni ma'naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon bo'lib, uni barcha salbiy xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go'zalligi ortadi. Shu sababdan ham tabiat bilan tanishtirish orqali ta'lim-tarbiya jarayoni uzoq tarixga ega. Shu nuqtai nazardan O'rta Osiyo xalqlari tabiatni muhofaza qilish sohasida boy an'anaga ega.
Tabiatni asrab avaylash ardoqlash insonning burchi ekanligi haqidagi ta'limotlar Turoni Turkistondan yetishib chiqqan buyuk olimlarning ta'limotlarida o'z ifodasini topgan. Allomalar o'z davrida tabiatdan foydalanish, ular bilan bog'liq bo'lgan voqea, hodisalar haqida boy ma'lumotlarni yozib qoldirganlar. Tabiatga mehr, yuksak axloq - odobini tarbiyalash lozimligini o'z asarida bayon etganlar.
O'rta asrlarda tabiat haqidagi tushunchalar Yevropa mamlakatlarida deyarli rivojlanmadi. G'arbiy. Yevropa fan tushkunlikka tushgan bir davrda O'rta Osiyo olimlari uni rivojlantirdilar. O'rta asrlarda O'rta Osiyo olimlari hali ekologiya fani umuman yo'q bulgan davrda tabiat, undagi muvozanat, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlarni aytganlar. Buyuk alloma, ensiklopedik olim Muhammad al-Xorazmiy (783-847) bir risolasida shunday yozadi: "Bilginki, dunyoning- ko'zlari yoshlansa. uning boshiga g'am kulfat tushgan bo'ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig' tutmang". Demak tabiat va uning maxsuli inson uchun ekan, undan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga, hayvonlarga bo'lgan munosabatlarimizni yaxshilashimiz bilangina ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin. Hayvonlar na'rasiga to'la o'rmonlarni, parrandayu darrandalar makoni to'qayzorlarni zilol ko'llarni va o'tloqlarni qayta tiklashning imkoni bor.
Bu ishlarga faqat insongina qodirdir. Zero, shoir aytganidek: "Mulki jahon ichra xoqon ham uning o'zi ya'ni inson, demak tabiatni ham u saqlab kola oladi".
O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muxammad Muso al - Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simliklar va hayvonot
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Mana shunday zabardast buyuk allomalarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy, o'zining "Kitob surat al - arz" asarini Abu Nasr Farobiy (870-810) "al - hajmi va al - mikdor", "Kitob almabodi al - inson" asarlarini Abu Rayhon Beruniy "Saydana", "Minerologiya" asarlarini Abu Ali ibn Sino, u "Kitob al - shifo", "Tadbir ul - manzil" kabi asarlarini yozganlar.
Hadisi sharifimizdagi tabiat, tabiatni avaylab asrash, uni ko'paytirish, parvarish qilishga oid bandlari bilan ham tanishib. uni chuqur tahlil qilinadi.
Ilm - fan, ma'rifat - madaniyat asrlar davomila insoniyat olamida so'nmas mash'al bo'lib, yoritib kelgan.. Bizga ma'lum bo'lmagan tarix zarvaraqlari qatida pinhona yotgan qadriyatlarimiz, noyob qo'lyozma asarlarimiz, qadimiy yodgorliklarimiz istiqlol sharofati bilan tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan teran o'rganilmoqda. Tarix - insonning barkamollik, taraqqiyot yo'li. Moziyii bilmaslik o'zini anglamaslikdir. O'zini anglagan halqgina buyuk kishilarning nomlarini e'zozlab ruhi poklarini doimo yod etadi. Agar biz o'tmish tariximizga, nazar tashlasak, yashab ijod etgan pedagoglarimiz o'zlari ijod etgan davrlardayoq bolaning har tomonlama o'sishida, ma'naviy ozuqa beradigan tabiatning nozne'matlari uning mo'jizalaridir deb ta'kidlab o'tganlar.
Tarix zarvaraqlarida o'zlarining o'chmas, unutilmas nomlarini qoldirgan buyuk pedagoglar bola tarbiyasida tabiatning ahamiyati. uning bola ruhiyatiga qanday ta'sir qilishi haqida ilmiy fikrlarini aytib o'tganlar.
Ushbu mavzuni o'rganishda biz G'arb pedagoglaridan: Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.Pestolotsii kabi olimlarning bola tarbiyasida tabiatning tutgan o'rni haqidagi ilmiy asarlari bilan tanishamiz.
Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiyning, "Inson tarbiya predmeti sifatida" asari bilan tanishamiz.
Ushinskiy "Meni pedagogikada var var hisoblasangiz ham, lekin men o'z hayot tajribamda shunday xulosaga keldim. Go'zal tabiat yosh qalbga shunday katta tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadiki, hatto pedagogikaning ta'siri ham u bilan raqobatlashishga ojizdir", -degan edi.
Bizga ma'lumki, bola dunyoga kelar ekan ilk yoshligidan boshlab tabiat bilan muloqotda bo'ladi. Bu haqda buyuk pedagog olimlarimiz o'zlari yashab o'tgan davrda, bolaning har tomonlama o'sishida ma'naviy ozuqa beradigan tabiatning noz -ne'matidir deb, ta'kidlab o'tganlar. Biz hozirda o'tmishdagi pedagoglarimizning
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
dono fikrlari va ilmiy asarlariga suyanganmiz o'zimizning pedagogik faoliyatimizda foydalanamiz.
MUHOKAMA
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati. Tabiatga muhabbat - juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg'udir. U yuksak ruhiy va akdiy qatlamlarni o'z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muxitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot ishlarini olib borgan M. Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir bolada o'zi yashab turgan mahalliy o'lka va O'zbekiston tabiatiga muhabbat bilan qarash, unga ko'ngil qo'yish ishtiyoqi o'sib boradi. Bolalikda tug'ilgan bu tuyg'u maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi.
Ana shuning uchun ham P.Yusupova o'zining «Formirovaniye nachal materialisticheskogo miroponimaniya u starshix doshkolnikov v protsesse oznakomleniya ix s rasteniyami v usloviyax Uzbekistana» deb nomlangan tadqiqot ishida metodist olim A.V.Zaporojetsning kuyidagi fikrini o'rinli keltiradi: "... maktabgacha yosh didaktikasini shunday yo'lga qo'yish kerakki, bolalar tevarak-atrofdagi buyumlarning tashqi jihatlari bilangina emas, balki ular orasidagi eng oddiy boglanishlar, kuzatilayotgan hodisalarning eng yaqin sabablari, o'zgarish va rivojlanishlaridagi ayrim xususiyatlar bilan ham tanishsinlar, bunday material saviyaga mos bo'libgina qolmay, maktabgacha yoshdagi bola uchun qiziqarli hamdir". Bola ana shu bog'lanishlarni anglash orqali tabiat qonunlarini bilib boradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish - bu ularda tabiatga to'gri munosabatni tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof-muhit haqidagi real bilimlarni anglashning ta'limiy vositasi.
Kuzatishlarning tasdiqlashicha, bolalarning atrof-muhitdagi faoliyati asosan o'z-o'zidan, kutilmagan tarzda kechadi va buni ulardagi tabiatga bo'lgan bunday munosabatning asosiy sababi deb hisoblash to'gri bo'ladi Oila, mahalla, bir so'z bilan aytganda, tevarakdagilarning, ayniqsa, maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilarining pedagogik ta'siri bilan bunday nojoiz faoliyat tuzatib boriladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha yoshdayoq bolalarning tabiat haqida ishonarli ma'lumotlarni egallashlari juda muhim.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
Bolalar tabiat hodisalarini to'gri idrok etishlari uchun ularning tabiatni idrok etish jarayonini yo'naltirish zarur. Bolalarni tabiatga oshno etmasdan va maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya ishlarida undan keng foydalanmasdan, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni har tomonlama - aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifasini muvafaqqiyatli hal etib bo'lmaydi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta'limiy-tarbiyaviy vazifalari.
O'zbekiston Respublika sining maktabgacha ta'lim konsepsiyasiga ko'ra bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o'zaro bir-biriga bog'liq ta'limiy-tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda notirik tabiat, o'simliklar, hayvonlar haqida ma'lumot berish, ularning tabiat vokeahodisalarini yetarlicha idrok eta olishlariga imkon berish.
Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizatorlarni takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo'ladigan hissiy tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. dastlabki tushunchalarni shakllantirishga yo'naltirilgan.
Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari -sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuvchanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog'langan bo'lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat narsa-hodisalari bilan tanishtirish, ularni kuzatilayotgan narsa-hodisalarni tushunishga o'rgatish va ular orasidagi aloka va munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.
Bola o'zini o'rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta'mini tili bilan, havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil obyektlarning rangini ko'zi bilan, tovushlarni qulog'i bilan sezib, ya'ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta'sir etib, shu a'zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to'g'risida bilim paydo bo'ladi, ularning ko'rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralari vujudga keladi.
Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalarga hayvonlar va o'simliklarni qanday kuzatishni ko'rsatish, ularning diqqatini ularning tashqi ko'rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqat tabiat haqida bilimlarni, balki ularga mas'uliyatli munosabatni shakllantiradi. Faqatgina har doim
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
bolaning yoshini hisobga olish va uning diqqatini mazkur narsa va hodisadagi nimaga qaratishni bilish zarur. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida axloqiy, jismoniy, mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.
Bolaning axloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tiriklikka ehtiyotkorona munosabatda bo'lish asosiy o'rin tutadi. Bolalarga bu borada eng yaqin yo'l ular o'sib o'lg'ayotgan joydir. Maktabgacha ta'lim muassasasida hayvonlar va o'simliklarning mavjud bo'lsa, bolalar ularni kuzatadi va bokadi, tarbiyachiga yordamlashadi. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish va mehnat qilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas'uliyat o'z-o'zidan shakllanadi.
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o'simliklarni sugorish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini o'rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o'zlari bajarayotgan ish jarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarning tabiatda bo'lishi va mehnatidan ularning jismoniy rivojlanishi va salomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning go'zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o'ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e'tiborlarini o'rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o'z hayotida dunyoning barcha va xilmaxil go'zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.
Tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyachiga qo'yiladigan talablar.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilaridan bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun tabiat haqidagi turli fan sohalaridagi katta bilim zahiralariga ega bo'lishlari, ularning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishlari, aql sohasi (noosfera)ning imkoniyatlarini to'g'ri baholay olishlari, tabiatda yuz beradigan narsa-hodisalar orasidagi aloqadorliklarni izoxlay olishlari talab etiladi. Ayniqsa, o'zi yashab turgan joy tabiati: fasl almashinuvlarini kuzata olishi, tabiat kalendarini tuza olishi, o'simlik va gullarni ko'paytirish ko'nikmasiga o'rganishi muhim.
Bolalarda tabiatga faol va ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash maktabgacha ta'lim muassasasida mavjud bo'lgan hayvon va o'simliklarni oziklantirishga yordam beradi. Tarbiyachidan jonli tabiat burchagini tashkil eta olish, o'simlik va hayvonlar uchun ularning tabiatda yashashlariga yaqin shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
Bundan tashqari u maktabgacha ta'lim muassasasi maydonchasi va tabiat burchagida o'simliklarni sugorish va hayvonlarni boqishning agrotexnik usullarini egallay olishi lozim.
Tarbiyachining namunasi bolalarda mehnat ko'nikmalarini tarbiyalashda hal etuvchi ta'sir ko'rsatadi. Bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni shakllantirish jarayonida tarbiyachining o'zi tabiat go'zalliklarini ko'ra olishi va tabiatda go'zallik yaratish ishtiyoqiga ega bo'lishi katta ahamiyatga ega. Zarur bilim va ko'nikmalarni e gallab qolmasdan, tabiat bilan tanishtirish shakl, metod va vositalaridan foydalana olishni ham o'zlashtirishi talab etiladi.
XULOSA
Umuman olganda, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:
1) jonli va jonli tabiat haqida aniq bilimlar berishi, ularning o'zaro aloqadorligini ochib berishi;
2) inson organizmi va uning salomatligi haqida ma'lumot berishi;
3) maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatdagi o'zgarishlarni kuzatishga doir xulq-atvor ko'nikma va malakalari bilan qurollantirish;
4) tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko'paytirishga yo'naltirilgan inson mehnat faoliyati bilan tanishtirish;
5) Ona-tabiatga muhabbat, uning asrab-avaylashga doyr ishtiyoqni tarbiyalash.
REFERENCES
1. Шерзод Иброим Угли Иброимов (2020). ГЕОГРАФИЯ ДАРСЛАРИДА ТАЛАБАЛАР БИЛИМИНИ НАЗОРАТ ^ИЛИШ УСУЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (4), 412-417.
2. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ АДАМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.
3. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Гулчехра Курдашевна Юсупова (2021). БОШЛАНГИЧ СИНФЛАРДА У^УВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (ТАБИАТШУНОСЛИК ФАНИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 370378.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1148-1157
4. Oybek Uralovich Abdimurotov (2021). "YEVROSIYO MATERIGI"NI O'QITISHDA "KEYS STADI" METODIDAN FOYDALANISH USULLARI. Academic research in educational sciences, 2 (1), 377-382. doi: 10.24411/21811385-2021-00048
5. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Актути Араповна Туйчибекова (2021). БОШЛАНГИЧ СИНФ У^ИТУВЧИСИ ФАОЛИЯТИДА МУЛОКОТ МАДАНИЯТИ ВА ПСИХОЛОГИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ (ТАБИИЙ ФАНЛАР МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 456-471.
6. Sherzod Ibroim Oglu Ibroimov, & Xaytgul Omonboevna Begalieva (2021). БОШЛАНГИЧ ТАЪЛИМДА "ТАБИАТШУНОСЛИК" ФАНИНИ УКИТИШНИНГ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 438-445.
7. Ражабов, Ф. Т., & Абдимуротов, О. У. (2020). ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯ КУРСЛАРИДА АМАЛИЙ МАШТУЛОТЛАРНИ ТАШКИЛ КДЛИШДА ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КУЛЛАШ УСЛУБИЁТИ. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.
8. Nig'matov A.N. Ekologiya Asosiy atama va iboralarning izoxli lug'ati. - T.: «Bioekosan» nashriyoti, 2001.
9. Ziyomuhamedov B. Ekologiya va ma'naviyat. T.: «Mehnat» nashriyoti,1997.
10. To'xtayev A.S. Ekologiya Pedagogika institutlarining talabalari uchun o'quv qo'llanma. T.: «O'qituvchi» nashriyoti, 2001.
11. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish: O'qituvchilar uchun fakultativ kurs yuzasidan qo'llanma. - T.: «O'qituvchi» nashriyoti, 1991.
12. M. Umarova Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008.
13. SH.Sodiqova, M.A.Rasulxo'jayeva Tabiat bilan tanishtirish metodikasi- T.: 2013 yil "Fan va texnologiya"