Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH USHULLARI.'

O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH USHULLARI. Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
1615
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
EKALOGIYA / EKALOGIK MADANIYAT / TABIAT / EKOLGIK MA'SULYAT / TABIIY RESRUS / TABIIY MUHIT / TABIAT OMILLARI / EKOLOGIK MADANIYATLI SHAXS / EKOLOGIK TARBIYA OMILLARI / TABIATSHUNOSLIK / ARTOFIMIZDAGI OLAM

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Boltayev O., Pardaboyev Sh.

Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri bu tabiat boyliklarini kelgusi avlodga tabiiy holatda yetkazib berishdan iborat. Bu muammoni hal etishning eng samarali usullardan biri o’sib kelayotgan yosh avlodni tabiatni sevuvchi va ekalogik madaniyatli shahs qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarning yechimi bevosita boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan Tabiatshunoslik va Atrofimizdagi olam fani bilan chanbarchas bog’liqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH USHULLARI.»

UDC 378

O. Boltayev, Sh. Pardaboyev

O'QUVCHILARDA EKOLOGIK MAS'ULIYAT VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH USHULLARI.

Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri bu tabiat boyliklarini kelgusi avlodga tabiiy holatda yetkazib berishdan iborat. Bu muammoni hal etishning eng samarali usullardan biri o 'sib kelayotgan yosh avlodni tabiatni sevuvchi va ekalogik madaniyatli shahs qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarning yechimi bevosita boshlang 'ich sinflarda o 'rga-niladigan Tabiatshunoslik va Atrofimizdagi olam fani bilan chanbarchas bog 'liqdir.

Kalif so'zlar: Ekalogiya, ekalogik madaniyat, tabiat, ekolgik ma'sul-yat, tabiiy resrus, tabiiy muhit, tabiat omillari, ekologik madaniyatli shaxs, ekologik tarbiya omillari, tabiatshunoslik, artofimizdagi olam.

Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdan 100 shartli birlikda xomashyo oladi, lekin olingan xomashyoning 34 qismidan foydalanadi xolos, qolgani esa ifloslangan modda va chiqindilar ko'rinishida atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Industriya jihatidan rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili jon boshiga o'rtacha 30 tonna modda tabiatdan olinadi, shundan ayrim hollarda 1-1.5% istemol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko'pincha tabiat uchun ham xavfli bo'lgan chiqindiga aylanadi. Fan texnika inqilobi shunga olib keldiki, birinchi-dan biosferaning xarakat qilish jarayonlari jadallashadi, ikkinchidan biosferada materiya va energiyaning yangi ko'rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy ko'rinishda bo'lmaydi, uchinchidan tabiat kuchlari va qonuniyatlari tobora yangi yo'nalishdagi harakterga ega bo'lib bormoqda. Jamiyatning tabiat bilan munosaba-tlaridagi uyg'unlashuv talablari insoniyat oldiga yangi-yangi muammolarni qo'yaversa, bora-bora insonlarning ham tabiatda yashashi qiyinlashib boraveradi. Hozir atrof muhitga salbiy ta'sir o'tkazishning asosiy yo'nalishlari -bu ilmiy texnika taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori suratlarda o'sishi, moddiy iste'molning yuqori darajadaligi deb xisoblanmoqda. Keyingi yillarda ilgari ma'lum bo'lmagan butun bir guruh kasalliklar yuzaga keldi va aniqlandi, o'ziga xos epidemiologik hamda amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab bo'lgan genetik kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari, shu jumladan ilgari bo'lmagan kimyoviy modda-lar massasini ko 'payishidan avj oladigan zaharlanish allergik kasalliklari shular jumlasidandir. Shunday qilib atrof muhit aholining sog'lig'ini va umuman insoniyat rivojini belgilovchi omillar orasida muhim rol o'ynadi. Bu esa unga to'g'ri va oqilona munosabatda bo'lishni qatiy talab qiladi.

Yuqorida aytib o'tilganidek hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng katta muammolardan biri bu tabiatni tabiiy holda saqlab qolishdir. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ishlab chiqarish texnologiyalarining nomukammalligi, insonlarning tabiatga nisbatan iste'molchilik ehtiyojining ortishi - bularning barchasi jamiyat bilan tabiatning o'zaro aloqasidagi ziddiyatlar keskinlashuvining bosh sababidir. Jamiyatning tabiatga ta'sir o'tkazish kuchi shu darajaga borib yetdiki, natijada ular o'rtasidagi o 'zaro uyg'unlikka putur yetib, tabiiy muvoza-natning buzilishiga olib keldi. Bu vazifani hal qilishdagi eng asosiy omillardan biri bu o'sib kelayotgan yosh avlodni ekalogik madaniyatli va ma' sulyatli qilib tarbiyalashdir.

O'quvchilarda ekologik ma'suliyat va madaniyatni shakillantirib borish jamiatda xuddi shu masalalarni yuqori darajada amalga oshirishga bog'liqdir. O'quvchilarning ekologik tarbiyasi va tabiatdan oqilona foydalana olish to' g' risidagi bilim darajasi qanchalik yuqori bo' lsa, tabiat qonunlarini yaxshi bilsa, ana shundagina tabiatdan foydalanaolish madaniyati va ma'suliyati ham shu qadar yuqori bo'ladi. Bunday ishlarni amalga oshirish va bunga erishishda ko'proq ma'sulyat pedagog o'qituvchilar zimmasiga tushadi. Biz pedagoglar o'tilayotgan darslarimizda o'quvchilar ongida tabiat, tabiat mavjudodlari, inson va tabiat aloqasi, qolaversa ekologiya va uning maqsad vazi-falari haqida tushunchalarni shakilantirib borishimiz lozim.

Ekologik tarbiyaning maqsadi inson va tabiat, inson va atrof muhit o'zaro uyg'unligikda ekologiyani an-glatish va o'quvchilarda ekologik ma'suliyat va ma'naviyatni shakllantirish demakdir. Bu tabiatga ilmiy asoslangan ta'sir orqali namayon bo'ladi. Buni amalga oshirish esa o'qituvchilar oldiga qo'yilgan katta masalalar-dan biri bo'lib maktab va xalq ta'limining barcha tizimi, yosh avlodni tarbiyalash an'anasiga bizdan, tabiat ino-midan to'liq foydalanish kerak "Biz tabiatdan hayr-ehson kutib o'tirmaymiz, uni o'zimizga bo'ysindirmaymiz" degan g'oyalardan voz kechishni, tabiatni himoya qilish va tabiat inomlaridan avaylab unga ziyon yetkazmasdan foydalanishni taqoza etadi. Shunday ekan maktab sharoitida ekologik ta'lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalarini

© Boltayev O., Pardaboyev Sh., 2021.

amalga oshirishda mustaqil O'zbekiston Respublikasining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yon-doshish lozim.

Ekalogik tarbiyali yoshlarni shakillantirishda o'quvchilar ongiga tasir etuvchi samarali usullardan tabiatga bog'lagan holda foydalanish lozim. Misol uchun sinf xonasidagi, maktab hovlisidagi o'simliklarni o'quvchilar tomonidan payhon qilinmasligi uchun sinf rahbari o'quvchilarni ogohlantiradi: "O'quvchilar sinf xonasidagi va maktab hovlisidagi o'simliklarni payhon qilmanglar, ularni parvarish qilish uchun bog'bonlarimiz ko'p mehnat qilishgan". Bu kabi odatiy gaplar o'quvchilarning qulog'idan kiradi, ammo qalbiga yetib bormaydi. Bu maqsadga to'laqonli erishish uchun o'qituvchi o'quvchilarga "har birimiz xona gullaridan birini tuvakka o'tqazib kelamiz va o'quv yili ohirigacha uni parvarish qilamiz, o'quv yili yakunida eng yaxshi parvarish qilingan gul kimniki ekamligini aniqlaymiz" deb topshiriq beradi. O'quvchilar bir yil davomida o'z gullarini parvarish qiladilar, bu jarayonda bor etibori va mehrini beradi va o'z guli eng yahshi parvarish qilingan gul bo'lishini istashadi. Endi bu o'quvchi maktab bog'idagi, sinf xonasidagi o'simliklarga umuman zarar yetkazmaydi. Chunki u o'sha o'sim-likning shu darajaga yetishi uchun qancha mehnat va vaqt ketganligini tasavvur qila oladi.

Fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlari insonlar uchun juda katta qulayliklar, imkoniyatlar yaratishi bilan birga tabiatga nisbatan nixoyatda salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.Tabiat boyliklari bo'lmish - yer, suv, havo nix-oyatda ifloslangan, o'simlik va xayvonot olami ayrim turlarining mavjudligi xavf ostida qolgan. Shu sababli, atrof muxitni muxofaza qilish va uning zaxiralaridan oqilona foydalanish hozirgi davrning asosiy masaladir. Har bir madaniyatli inson bu muammolarni bartaraf etish uchun kurashsa, j amiyatda haqiqiy ekologik madaniyatli kishilar shakllanadi. Bo'lajak mutaxassislar yuksak darajadagi umumiy ekologik madaniyat va kasb maxoratini egallagan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uzlashtirgan, tabiatni muxofaza qilish bilan bog'liq bo'lgan O'zbek xalqining milliy an'analariga tayanadigan bo'lsa tabiatga va uning zaxiralariga salbiy ta'sir etmaydi. Shu sababdan ham bo'lajak mutaxassislar o'z kasbiy faoliyati bo'yicha chuqur bilim, yuqori ekologik madaniyatga ega bo'lishlari zarur. Bu ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan muhim pedagogik jarayondir. Haqiqatdan ham ekologik madaniyatni shakllantirish hozirgi ta'lim tarbiya sohasidagi hal qilinishi lozim bolgam dolzarb vazifalardan biri bo'lib turibdi.

Ekologik tarbiyaning maqsadlari;

1.Tabiat atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi nazariy bilimlarning dastlabki asoslarini o'rganish.

2.Hozirgi zamon ekologik siyosatning mazmuni va mohiyati bilan tanishish.

3.O'quvchilarda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish.

4.O'quvchilarda ekologik tadqiqot yuritish konikmalarini shakillantirish.

5. Yoshlarni ekologik madaniyatning shakllantirish tarixiy ildizlari haqida malumotlar bilan tasnishtirish. Xulosa qilib aytganda, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, ekologik ma'naviyat tarixan inson xulqi me'yorlarini, uning jamiyat va tabiatga bo'lgan munosabatlaridagi mas'uliyatini aniqlaydigan mezon bo'lgan. O'zbek xalqi tarixi yosh avlodlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga doir boy ijodiy merosga ega bo'lib, bu merosni o'rganish, hayotga tatbik etish hamda kelajak avlodlarga yetkazish shu kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Библиографический список

1.M.I. Nuriddinova "Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi" Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2005- yil.

2.Ismatova, Z., & Boltayev, O. (2020). The Effect of Herbicides (2, 4 Dichlorophenoxic Acid) on the Early Stages of Development of Winter and Spring Wheat Varieties. Архив Научных Публикаций JSPI.

3.Boltayev, O. (2020). The Effect of Herbicides (2, 4 Dichlorophenoxic Acid) on the Early Stages of Development of Winter and Spring Wheat Varieties.

4.Ismatova, Z., & Boltayev, O. (2020). The Effect of Herbicides (2, 4 Dichlorophenoxic Acid) on the Early Stages of Development of Winter and Spring Wheat Varieties. Архив Научных Публикаций JSPI.

5.Boltayev, O. (2020). The Effect of Herbicides (2, 4 Dichlorophenoxic Acid) on the Early Stages of Development of Winter and Spring Wheat Varieties. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-6.

6.Pardaboyev, S. (2020). International Journal of Advanced Academic Studies. Архив Научных Публикаций JSPI.

7.Boltayev, O. (2020). Флористический и систематический анализ состава альгофлоры реки САНГЗАР: флористический и систематический анализ состава альгофлоры реки сангзар. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-7.

8.Boltayev, O. (2020). Kuzgi va bahorgi bugdoy navlarining dastlabki rivojlanish bosqichlariga gerbitsidning (2, 4 dixlorfenoksus kislota) tasiri: kuzgi va bahorgi bugdoy navlarining dastlabki rivojlanish bosqichlariga gerbitsidning (2, 4 dixlorfenoksus kislota) tasiri. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-5.

BOLTAYEVOZOD - JDPI o'qituvchisi.

PARDABOYEV SHERZOD - JDPI o'qituvchisi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.