ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1475-1480
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHNING TAMOYILLARI
Munisa Mirafzalovna Topilova
Toshkent shahar Chilonzor tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi
KIRISH
O'zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizastiya va isloh etish jarayoni ketmoqda. Ushbu jarayon samarasi ko'p jihatdan madaniy saviyasi baland barkamol inson shaxsini shakllantirishga bog'liq. Zotan, ana shunday shaxsgina ijtimoiy taraqqiyot mo'ljallarini va millat manfaatlarini chuqur anglab etadi, Vatan ravnaqi yo'lida xizmat qiladi. Shuning uchun ham, ma'naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi "mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat", - degan edi1 . Barkamol inson shaxsi ma'naviy qiyofasida ekologik madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Respublikamizning "Maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Davlat ta'lim standartlari" talablarining asosiy maqsadi - yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog'lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan iboratdir. Binobarin, yosh avlodni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash respublikamizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilishning hal qiluvchi omili hisoblanadi.
"Millatni millat qiladigan yoshlar. Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo'lishlari shart"- deb ta'kidlagan edi .Zero, ta'lim tizimi oldida turgan muhim vazifalaridan biri jahon tarixi va madaniyati ilg'or yutuqlarini to'liq egallagan yangi avlodni tarbiyalashdan iborat.
Dunyoning jug'rofiy-siyosiy tuzilishi o'zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko'rsatilayotgan ta'sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o'zaro ta'sirini uyg'unlashtirish, inson va tabiatning o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo'lib qolmoqda"dir. Atrof muhitni muhofaza qilish muammolari umuminsoniy ahamiyat kasb etayotgan, insoniyatning tabiiy muhitga yetkazgan salbiy oqibatlari qayta ko'rib chiqilayotgan bir paytda shu narsa ma'lum bo'ldiki, aholining barcha qatlamlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllantirish muammolari inson ongidagi o'zgarishlar bilan bevosita bog'liq. Bugungi kunda fan-texnika jadal sur'atlarda
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1475-1480
rivojlanib, inson va tabiat o'rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi, tabiatga nisbatan jamiyat a'zolarida g'amxo'rlik sust ahvolga kelib qolganligi oqibatida atrof muhitga katta ziyon etmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko'zlab munosabatda bo'lish, kelajak avlodga uni go„zal va tabiiyligicha qoldirish bugungi kunning muhim vazifasi bo„lib turibdi. Chunki tabiatga nisbatan inson qanchalik berahmlik bilan munosabatda bo„lsa, tabiat ham insonga nisbatan aynan ana shunday javob qaytaradi. Har bir inson ongida ekologik madaniyat qay darajada shakllansa, jamiyat ham shu darajada taraqqiy etadi. Hozirgi kunda shaxslararo munosabatlardan tortib jamiyat va tabiatning o„zaro aloqadorligi orasidagi ko„plab muammolar odamlar ongida bolalarni tabiat bilan tanishtirishningng talab darajasida emasligini namoyon etmoqda. Shunday ekan, yoshlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllantirishning samarali shakl va metodlarini ishlab chiqish, shu kunning talabi bo„lib qolmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ekologik ta„lim-tarbiya tizimi asoslariga tabiat yaxlitligi hamda atrof muhitning inson tomonidan o„zgartirilishi haqidagi tasavvurlar qo„yilgan. Bunda tabiatni muhofaza qilishga yo„naltirilgan ta„lim jarayoni oliy o„quv yurtlarida hozirgi zamon ommaviy axborot vositalaridagi uzluksiz jarayon sifatida qaraladi. U umumiy vazifalar bilan uyg„unlashadi hamda mutaxassislik tayyorgarligi bilan bog„liq holda tabaqalashtiriladi. Uning umumiy nazariy ko„rsatmalari o„quv rejasining turli qismlarida aks etgan bo„lib, ma„ruza matnlari, elektron darsliklar, amaliy va laboratoriya mashg„ulotlari mazmunida o„z ifodasini topadi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning jarayoni har tomonlama rivojlangan shaxs ma„naviy qiyofasini kamol topish jarayonining muhim va tarkibiy qismidir. U Bolalarda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida tabiatga ongli munosabat, tabiat zaxiralarini saqlash va ko„paytirishga oid mas„uliyat tuyg„usi, ekologik muammolarni amaliy hal qilishdagi ko„nikmalarning rivojlantirilishini o„zida qamrab oladi. Sayyoramizda jumladan, respublika hududida vujudga kelgan ekologik vaziyat ta„lim-tarbiya tizimi oldiga quyidagilarni hal etishni muhim vazifa etib qo„yadi, ular:
1. Bolalarning tabiatga ongli munosabatlari, tabiat komponent-larini yaxlitlikda va o„zaro aloqadaligini his etish;
2. tabiatning Bolalar ekologik madaniyatini belgilab beradigan vosita sifatida namoyon bo„lishi;
3. atrof muhitga munosabatni ma„naviy madaniyatning ajralmas qismi ekanligini anglash;
4. tabiat talabaning ekologik madaniyatini shakllantirishi uchun asosiy omil ekanligini tushunish;
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1475-1480
5. atrof muhitga nisbatan bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllantirishda Bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya jarayonida atrof muhitni muhofaza qilishni ekologik qadriyat sifatida anglab etishlariga ilmiy-amaliy jihatdan sharoit yaratish;
6. bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllantirishning maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish, uning amaliyotga yo'naltirilganligini tushunish;
7. ekologik muammoga umummilliy, umuminsoniy, ijtimoiy muammo sifatida yondashish kabilar.
Shular asosida talabaning ekologik madaniyatini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya tizimini didaktik jihatdan ta'minlanishiga erishamiz. Buning uchun ekologiyaga oid o'quv materiallarini tanlash, tabiatni muhofaza qilishga oid faoliyat turlari va ular mohiyatini Bolalar ongiga singdirish, insonning
tabiat hodisalarini anglashi, mazkur hodisalarning hayotiyligi, mukammalliligini tushunish lozimligining ustuvorligini anglashi zarur.
Bizning fikrimizcha Bolalarga o'rgatiladigan ekologik bilim mazmuni o'z ichiga quyidagilarni qamrab olishi lozim:
• Bolalar ongida olamning ilmiy manzarasini shakllantirish;
• tabiat va jamiyat o'rtasidagi ma'lum bo'lgan ekologik bilimlar ahamiyatini ilmiy-amaliy jihatdan yoritib berish;
• Bolalar tomonidan ekologik qonuniyatlarning o'zlashtirilishiga erishish;
• tabiatda sodir bo'ladigan turli xildagi fojialarni anglash, ularning mohiyatini bilib olish, ekologiyaga oid ta'lim vazifalarini ifodalash, kuzatish va tajribalarni rejalashtirish hamda amalga oshirish, ekologiyaga oid nazariy-amaliy g'oyalarni oydinlashtira olish, ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalana olish malakalarini hosil qilish;
tabiatga qadriyat sifatida qarash tuyg'usini uyg'otish va madaniyatini shakllantirish, tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan unumli foydalanishni takomillashtirish;
• Respublika hududidagi biologik xilma - xillikni bilishga imkon beradigan nazariya va g'oyalarni o'rganishni tashkil etish;
• ekologiya sohasidagi muayyan bilimlar hajmini, tasavvur va tushunchalar doirasini ilmiy-amaliy jihatdan ishlab chiqish;
• atrof muhitni muhofaza qilish, uning zahiralaridan unumli foydalanishga o'rgatish;
Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) fikricha inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda to'g'ri o'rgana oladi. Beruniyning ilmiy qarashlari asosan "Saydana", "Mineralogiya", "Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya" kabi asarlarida uchratiladi. Beruniyning "Hindiston",
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-6-1475-148Ü
"Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Geodeziya" kabi asarlarida turli xalqlarning ekologik qarashlari, an'ana, urf-odatlari, ularning tabiat bilan aloqador bayramlari tavsif va tahlil qilingan.
Beruniy "Saydana" degan asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 75C tasi turli o'simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 255 tasi esa minerallardan olinadi. Har bir o'simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
"Hindiston" degan asarida o'simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o'zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma'lumotlar keltiriladi. "Hindiston" asarida jirafa, delfin, karkidon, kiyik, fil va boshqa hayvonlar, qushlarning tarqalishi, tashqi ko'rinishi, xususiyatlariga batafsil to'xtab o'tgan. Beruniy o'zining ilmiy-nazariy Bitiruv malakaviy ishlari, tajribalari asosida barcha tabiat hodisalari ma'lum qonuniyat asosida yuz beradi va ularni hech qanday tashqi kuch o'zgartira olmaydi, degan xulosaga keladi. Beruniyning to'plagan ma'lumotlarini xulosalaganda shunga iqror bo'lamizki, barcha millatlarda insonlarning tabiatga nisbatan uyg'unligi namoyon bo'ladi.
Abu Ali ibn Sino (98C-1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo'shgan olimlardan biridir. Yirik enstiklopedist olim sifatida u o'z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan shug'ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha esa uning 24C ta asari etib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida "Tib qonunlari" shoh asari tibbiyot ilmining qomusi bo'lib, o'rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho'qqisi hisoblanadi. Ushbu asarda insonni o'rab turgan atrof muhit, tabiatdagi o'simliklar dunyosi kasallarni davolash uchun dori-darmon vazifasini o'tashi ta'kidlangan. Bu qarashlar hozirgi vaqtda ham tibbiyotda keng qo'llanilmoqda. O'tmishda alloma kasallarni davolashda havo, suv, tuproq, iqlim, oziq-ovqat, yashash joyi muhimligini ko'rsatgan. Bularning inson salomatligiga ta'sirining muhimligiga alohida e'tibor berganlar. Bug', tutun va boshqa narsalar bilan ifloslangan havoning inson salomatligiga salbiy ta'siri tahlil qilingan. Suvni tozalashga oid tavsiyalar berilgan. Kasalliklarning paydo bo'lishi va uni davolashda hayotiy sharoit hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini asoslab bergan. —Tib qonunlarilning maxsus bobi inson salomatligini saqlashga bag'ishlangan. Asarda shu narsa juda ochiq ko'rinadiki, davlatning kuchliligi, insonlar sog'lig'i bilan chambarchas bog'liqdir. Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari "Kitob ash-shifo", ya'ni "Davolash kitobi"da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek matematika, kimyo, botaniqa, zoolgiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan. Ibn Sinoning "Er yuzida chang va tutun bo'lmasa, inson ming yil yashar edi" degan iborasining qanchalik to'g'ri ekanligi bugungi kunda isbotlandi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1475-1480
Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) har doim mamlakatda (qo'lga kiritilgan erlarda ham) birinchi navbatda obodonchilik, erlarni o'zlashtirishga katta e'tibor bergan. Sohibqiron qo'riq va bo'z erlarni o'zlashtirganlarni, koriz qurgan yoki biror bog' ko'kartirganlarni rag'batlantirgan. "Temur tuzuklari" da yangi o'zlashtirilgan erlardan "Birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganni olsinlar, uchinchi yili esa qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig'ilsin", deb ta'kidlanadi. Sohibqiron Samarqandda 12 ta bog' yaratadiki, ularning har biri o'ziga xos tabiiy muhitga ega bo'lib, iqlimiga, eriga, nomiga g'oyat katta e'tibor beradi .
Tabiatga bo'lgan mehr-muhabbat, adolat tuyg'usi Alisher Navoiy (1441-1501) siymosida alohida o'rin tutadi. A.Navoiy rahbarligida o'nlab kanallar qazilgan, hovuzlar, quduqlar, sardobalar barpo qilingan. Shuningdek Navoiy qarashlarida suvni isrof qilish -nonni isrof qilishdek gunoh ekanligini, hovuz, quduq, sardoba suvini toza saqlash hamma uchun ham savob, ham farz ekanligini tushuntirilgan. A.Navoiy tabiatga yoki biron-bir jonzotga xiyonat qilishni, do'stga xiyonat qilishini qoralagan. U bunday deb yozadi: "Dehqon agar to'g'rilik bilan don sochsa, haq biriga yuz eshigini ochadi, sochgan donasi ko'karguncha, o'rib xirmon qilib, hosilni ko'targuncha, qurtu qush undan bahramand bo'ladi, dasht vaxshiylari u bilan shodlanadi. Chumolilar uyi undan obod, hayvonlar ko'ngli u bilan shod. Kaptarlar undan mast bo'ladi, to'rg'aylar undan sevinchga to'ladi". Navoiy "Xamsa" sidagi 5 dostonda ham tabiatga, hayvonotga alohida to'xtalgan. Asarlardagi qahramonlar o'zining shodu hurram kunida ham, qayg'uli kunlarida ham tabiat qo'yniga yo'l olishadi, bog'da o'z sevinchu yoki xasrat-dardlarini baham ko'rishadi.
Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) asarlari bamisoli tagi yo'q xazinadir. "Boburnoma" uning eng yirik asaridir. Asarda Boburning ko'rgan-kechirganlari, yurgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o'simliklari tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o'ziga keraklicha ma'lumot topadi. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy. Unda er, suv, havo turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so'zlari ko'plab topiladi. "Boburnoma" asari o'lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi, madaniyati to'g'risidagi beqiyos manbadir. Bugungi kunda o'tmish ajdodlardan qolgan an'ana va urf-odatlar uchun o'zaro bog'langan ikkita ijtimoiy vazifa mavjud:
1. o' zbek xalqiga xos munosabatlarni mo'tadillashtirish;
2. an'ana va urf-odatlarni qayta ishlab, yosh avlod hayotiga singdirish va takomillashtirish.
Tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabat va undan oqilona foydalanishga oid boy tarixiy merosning qayta tiklanishi va rivojlanishi yo'nalishida faol ish olib
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1475-1480
borish yosh avlodning ekologik madaniyati, ma'naviy imkoniyatlarini oshirishning asosi bo'lib, u Bolalarda ona-Er, ona-Vatan bilan faxrlanish tuyg'ularini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Ajdodlarimiz ekologik o'gitlarining unutilishi, tabiat zaxiralariga o'ylamay-netmay isrofgarchilik bilan munosabatda bo'lish O'zbekiston hududida ham yuz bergan. Buning oqibatida ko'plab ekologik muammolar yuzaga keldi. Shuning uchun ekologik tarbiyadagi eng muhim yo'nalish, Respublika hududidagi hozirgi zamon ekologik bo'hronlarni ilmiy asoslash va uni maqsadga muvofiq tarzda ilmiy-amaliy jihatdan o'rganish, Bolalardagi ekologik nuqsonlarni bartaraf etish va ularni ekologik muammolarni hal etishga qodir ekologik madaniyatli insonlar qilib shakllantirish muhim pedagogik muammo bo'lib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O'zbek xalqi tarixi yosh avlodlarni tabiat bilan tanishtirishga doir boy ijodiy merosga ega bo'lib, bu merosni o'rganish, hayotga tatbiq etish hamda kelajak avlodlarga yetkazish shu kunning eng muhim vazifasidir.
REFERENCES
l.Sh.Mirziyoev "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 29.12.2016 y. Qarori.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. Toshkent. 2008.
D. Sharipovà va boshqalar. «Agar bolam sog'lom bo'lsin desangiz» (Ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning gigiyenik tarbiyasi haqida). Metodik qo'llanma. Ôoshkent. 2006.
3. O. Hasanboyeva. H.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. - T.: Cho'lpon NMIU. Qo'llanma. 2006.
4. Sh.M. Kamolxo'jayev. «Tabiatshunoslik asoslari». - T.: «Moliya». Qo'llanma. 2002.
5. H.S. Yoldoshev. SH.M. Avazov. «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari». -T.: «Mehnat» nashriyoti. Qo'llanma. 2003 .
6. I. Xolliyev. A. Ikromov. «Ekologiya» - T.: «Mehnat». Qo'llanma. 2001.
7. «Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim». - T.: 2012.