Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANILAYOTGAN METODIK YONDASHUVLARNING MAVJUD HOLATI VA MUAMMOLARI'

O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANILAYOTGAN METODIK YONDASHUVLARNING MAVJUD HOLATI VA MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat standarti / namunaviy o‘quv reja / ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari / davlat o‘quv dastur

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aliyeva Iroda Otabek Qizi

mazkur maqolada xorij tajribasini maktabgacha ta’limga transformatsiya qilishning ahamiyati haqida fikr mulohazalar yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANILAYOTGAN METODIK YONDASHUVLARNING MAVJUD HOLATI VA MUAMMOLARI»

O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA FOYDALANILAYOTGAN METODIK YONDASHUVLARNING MAVJUD HOLATI VA MUAMMOLARI

Aliyeva Iroda Otabek qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.14752289

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 20-Yanvar 2025 yil Ma'qullandi: 25-Yanvar 2025 yil Nashr qilindi: 28-Yanvar 2025 yil

KEYWORDS

davlat standarti, namunaviy o'quv reja, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari, davlat o'quv dasturi.

ABSTRACT

mazkur maqolada xorij tajribasini maktabgacha ta'limga transformatsiya qilishning ahamiyati haqida fikr mulohazalar yuritiladi.

Maktabgacha ta'lim tizimi bolalarning intellektual, ijtimoiy, hissiy va jismoniy rivojlanishida muhim bosqich bo'lib ushbu bosqichda qo'llaniladigan metodik yondashuvlar bolaning shaxsiyati shakllanishi hamda uning kelgusi ta'lim bosqichlarida muvaffaqiyatli bo'lishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. O'zbekiston maktabgacha ta'lim tizimida zamonaviy talablar va xalqaro tajribaga mos metodik yondashuvlarni joriy etish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, amaliyotda hali-hanuz bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi kuzatilmoqda.

Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tizimida foydalanilayotgan metodik yondashuvlar turli ko'rinishlarda namoyon bo'lib, ular xalqaro tajribaga asoslangan interfaol metodlar, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi o'quv dasturlari hamda innovatsion texnologiyalarni qamrab oladi. Ushbu yondashuvlarning samaradorligi esa ko'plab omillarga, jumladan, pedagog kadrlarning malaka darajasi, moddiy-texnik bazaning holati va ota-onalarning ta'lim jarayonidagi faol ishtirokiga bog'liq.

Maktabgacha ta'lim tizimida qo'llanilayotgan metodik yondashuvlarning hozirgi holati tizimli ravishda tahlil qilish va shu bilan birga, metodik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda uchrayotgan muammolar, xususan, resurslarning yetishmasligi, metodik qo'llanmalar va dasturlarni zamonaviy talablar darajasida ishlab chiqishdagi kamchiliklar hamda pedagoglarning malakasini oshirish bo'yicha yetarli tizimli ishlarning mavjud emasligi kabi masalalar mazvjud.

O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta'lim-tarbiya berish va ularning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qaror qabul qilingan. Ushbu qaror, maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash nazarda tutiladi .

Mazkur standart:

- "davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari";

- "maktabgacha ta'limning namunaviy o'quv rejasi";

- "davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish" kabi jihatlarni o'z ichiga oladi.

Bundan tashqari, standart tarkibida:

- "ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari";

- "maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi";

- "maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o'yinlar to'plami, o'yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me'yorlari" kabi muhim tarkibiy qismlar ham o'rin olgan.

Tadqiqotchilarning maktabgacha ta'lim tizimidagi foydalanilayotgan ilmiy metodik yondashuvlari, amaliyotdagi mavjud holat va muammolarini tahlil qilish ilmiy-metodologik yondashuvlarni xalqaro ta'lim tizimidagi ilg'or tajribalarni transformatsiyalashda muhim rol o'ynaydi.

I.V. Groshevananing tadqiqotlariga O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim tizimida "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturini takomillashtirish bo'yicha olib borilgan ishlar natijalari keltirilgan. Tadqiqotda pedagoglar tomonidan dasturning ayrim bo'limlarini takomillashtirish zarurati ta'kidlangan. Bu bo'limlar orasida qo'shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil etish, maxsus ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ta'lim faoliyati, ota-onalar bilan hamkorlik, rivojlanish sohalarining kompetensiyalari va predmetli rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish masalalari alohida ko'rsatib o'tilgan.

Mazkur tadqiqotlariga asosan, rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda, o'quv jarayonining barcha ishtirokchilari - pedagoglar, ota-onalar va bolalar - o'rtasidagi o'zaro aloqalar muhim ahamiyatga ega. Muallif, rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda murakkab, ko'p qirrali va ijodiy faoliyat talab etilishini ta'kidlaydi. Rivojlantiruvchi muhitni shakllantirishda innovatsion yondashuvlarni qo'llash, shuningdek, ota-onalarni ham bu jarayonga jalb qilish muhimdir. Bunda, atrof-muhitning bola shaxsiyatining rivojlanishiga ta'sirini hisobga olish zarur, chunki bola o'yinlar, mashg'ulotlar va dam olishni o'ziga mos tarzda qabul qilishi kerak.

G.E. Janpeisovaning fikricha, "Maktabgacha bolalik - qisqa, ammo shaxs shakllanishi uchun muhim davrdir. Bu yillarda bola atrofdagi hayot haqida dastlabki bilimlarni egallaydi, unda odamlarga, mehnatga nisbatan ma'lum munosabat shakllana boshlaydi, to'g'ri xulq-atvor ko'nikmalari va odatlari rivojlanadi, xarakteri shakllanadi".

Ushbu davr bolalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun asosiy bosqich bo'lib, bola hayotida o'yin vositasida o'qitish va tarbiyalash muhim rol o'ynaydi. Metodik qo'llanmada ta'kidlanganidek, o'yin nafaqat bola uchun qiziqarli jarayon, balki uning shaxsiy, ijodiy va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirishning samarali usuli sifatida namoyon bo'ladi.

Maktabga tayyorgarlik bosqichida bolalarda birgalikdagi mahsuldor va ijodiy faoliyat ko'nikmalarini shakllantirish mazmunini takomillashtirish, hamkorlik qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, do'stona munosabatlar asosida ijtimoiy aloqalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayon bolalarning individual-yosh xususiyatlari, shaxsiy

rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy-emotsional holatlari, hamda kognitiv-ijodiy ko'rsatkichlarini inobatga olish orqali amalga oshiriladi.

D.A. Abdurahimovaning "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi" asosida 3-7 yoshli bolalarni tarbiyalashga qaratilgan tavsiyalari maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan" . Olimaning tavsiyalari ijtimoiy munosabatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga ko'maklashadi va xalqaro ta'lim modellari bilan uyg'unlashadi. Masalan, Finlyandiya va Norvegiya maktabgacha ta'lim tizimlarida bolalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish va o'z his-tuyg'ularini boshqarishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda.

L.A. Normatovaning fikricha, "Maktabga tayyorgarlik davrida bolaning shaxsiy rivojlanishiga ta'sir qiluvchi individual faoliyat uslubini shakllantirishda bolalar o'rtasidagi o'zaro aloqalar tizimi alohida rol o'ynaydi". Mazkur yondashuv bolalarning shaxsiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'zaro hamkorlik orqali o'quv va ijodiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish imkonini beradi. Bu jarayon bola shaxsining kognitiv, ijtimoiy va emosional jihatlarini uyg'un rivojlantirishga xizmat qiladi.

M.A. Rasulxo'jayeva tadqiqotida 5-6 yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish bo'yicha pedagogik model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda bolalarning bilish, hissiy va xulqiy jihatlari axloqiy tarbiyaning faol usullari, shuningdek, muammoli-o'yin usullari yordamida rivojlantirilishi ta'kidlanadi. Muallif bolalar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni tashkil qilishning samarali shakllarini ishlab chiqish orqali axloqiy tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.

N.Sh. Abdullayeva "bolalarning bilish jarayoni va ijodiy qobiliyatini baholash uchun pedagogik diagnostika tizimini taklif etadi. Bu tizim boshlang'ich, oraliq va yakuniy bosqichlardan iborat bo'lib, bolaning rivojlanish dinamikasini kuzatish imkonini beradi" . Xalqaro miqyosda AQSh va Buyuk Britaniya ta'lim tizimlarida ham bolaning individual rivojlanish trayektoriyasini shakllantirishga qaratilgan baholash tizimlari mavjud bo'lib, ular o'z navbatida ta'lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tadqiqotda ushbu jarayonni o'lchash uchun kompleks diagnostika tizimi ishlab chiqilgani qayd etiladi. Mazkur yondashuv bolalarning axloqiy tarbiyasi va umuman ta'lim-tarbiya jarayonining yangi metodologik imkoniyatlarini namoyon etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'limiy faoliyatning mavzuli rejalashtirilishi, bolalar rivojlanishini kompleks va izchil tarzda ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda "oy mavzulari va har bir yosh guruhi uchun haftalik mavzular"ning aniqlanishi ta'limiy faoliyatning izchil va tizimli bo'lishini ta'minlaydi. Bu yondashuv, bolalar uchun ta'lim jarayonini samarali tashkil etish va ularda turli sohalarda bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.

Davlat o'quv dasturi "Ilk qadam" doirasida, ta'limiy faoliyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida, beshta ta'limiy markazning tashkil etilishi nazarda tutilgan: "Qurilish, konstruksiyalar va matematika", "Syujetli-rolli o'yinlar va dramatizatsiya", "Til va nutq", "Fan va tabiat", va "San'at" . Ushbu markazlar, bolalar shaxsiyatining turli jihatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, har bir markazning o'ziga xos vazifalari va maqsadlari mavjud.

- "Qurilish, konstruksiyalar va matematika" markazi bolalarga mantiqiy fikrlash, analitik va kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu markazda bolalar o'yin orqali

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

abstrakt va konkret fikrlashni o'rganadilar, shu bilan birga, shakllar, miqdorlar va muvozanatni tushunishadi.

- "Syujetli-rolli o'yinlar va dramatizatsiya" markazi bolalarga ijtimoiy munosabatlarni o'rganish va turli ijtimoiy rollarda o'zlarini namoyon qilish imkonini beradi. Bu markazda bolalar o'z hissiyotlarini, fikrlarini va xulq-atvorlarini ko'rsatish va boshqa bolalar bilan hamkorlik qilishni o'rganadilar.

- "Til va nutq" markazi bolalarning til rivojlanishi va kommunikativ ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Bu markazda bolalar nutqni to'g'ri va aniq ifodalashni, o'z fikrlarini boshqalarga yetkazishni o'rganadilar, bu esa ularning o'zini ifoda etish qobiliyatini oshiradi.

- "Fan va tabiat" markazi bolalarga tabiatni, uning qonuniyatlarini va fanlarni o'rgatishda asosiy o'rin tutadi. Bu markazda bolalar tabiiy dunyoni o'rganish orqali ilmiy fikrlashga o'rganadilar va ekologik ongni shakllantiradilar.

- "San'at" markazi bolalarning estetik didini va ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan. San'at orqali bolalar o'z his-tuyg'ularini ifodalash, ijodiy yondashuvlarni o'rganish va tasavvurini kengaytirishadi.

Mazkur markazlar o'rtasidagi integratsiya, bolalarning bir-birini to'ldiruvchi ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir markazning o'z maqsadiga muvofiq faoliyati va o'zaro integratsiyasi, bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki har bir markazning o'ziga xos xususiyatlari umumiy ta'limiy jarayonda bir-birini to'ldiradi va bolalarning kompleks rivojlanishini ta'minlaydi.

Bundan tashqari, kalendar-mavzuli rejalashtirishning amalga oshirilishi, har bir yosh guruhi uchun mos ravishda ta'limiy faoliyatni samara bilan tashkil etishga yordam beradi. Bu yondashuv bolalarning yoshiga va rivojlanish darajasiga qarab ta'limni individual tarzda rejalashtirish imkoniyatini yaratadi, natijada bolalar o'z vaqtida kerakli bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

Davlat o'quv dasturi "Ilk qadam"ga oid bu tavsiyalar, maktabgacha ta'lim tizimining sifatini oshirish, pedagogik jarayonni ilg'or yondashuvlar asosida tashkil etish hamda bolalar rivojlanishini yaxshilash maqsadida ahamiyatlidir. Har bir markazning faoliyatida bolalar uchun qulay va samarali o'quv muhitini yaratish, ularning qiziqishlarini va ehtiyojlarini hisobga olish orqali ta'lim jarayoni samarali bo'ladi.

G.R. To'xtasinova va T.I. O'rmonova zamonaviy pedagogik o'yinlarni, pedagogik va texnologik nuqtai nazardan turlicha tasniflashadi. Ularning fikricha, "pedagogik o'yinlar faoliyat turi bo'yicha jismoniy (harakatga oid), intellektual (aqliy), mehnat, ijtimoiy va psixologik o'yinlarga bo'linadi. Shu bilan birga, mualliflarning fikricha, intellektual-psixologik o'yinlar bolaning har tomonlama komil shaxs bo'lib shakllanishida asosiy vosita hisoblanadi" .

Bu metodik yondashuv maktabgacha ta'lim tizimida o'yin faoliyatining bolalar rivojlanishiga ta'sirini o'rganishda muhim rol o'ynaydi. O'yinlar, ayniqsa intellektual-psixologik turdagi o'yinlar, bolalarning kognitiv va emotsional rivojlanishini stimulyatsiya qilishda yordam beradi. Shuningdek, ular ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi va bolalarda bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlashda samarali vosita bo'lib xizmat qiladi.

Yuqoridagi bir qator maktabgacha ta'lim tizimidagi metodik yondashuvlarning nazariy tahlillariga tayanib va amaldagi holatini inobatga olgan holda, quyidagi muammolarni metodologik jihatdan ajratish mumkin:

Maktabgacha ta'limda metodik yondashuvlarning eskirganligi: maktabgacha ta'limda hozirgi kunda qo'llanilayotgan ko'plab metodik yondashuvlar, asosan, eski pedagogik an'analarga asoslanadi. Bu metodlar bolalar rivojlanishining zamonaviy talablari va yangi pedagogik innovatsiyalarni hisobga olmaydi. Shu sababli, metodik yondashuvlarning yangilanishi va global ta'lim standartlariga moslashtirilishi zarur. O'rganilgan metodologik yondashuvlarning evolyutsion jarayonni aks ettirib, pedagogika sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tadbiq etish muhimdir.

Ta'lim jarayonida individual yondashuvning yetishmasligi: ko'plab metodik yondashuvlar umumlashtirilgan bo'lib, ular jamoaviy faoliyatga asoslanadi. Bunday yondashuvlar, o'z navbatida, har bir bolaning o'ziga xos ehtiyojlari, qobiliyatlari va qiziqishlarini inobatga olmaydi. Ta'lim jarayonida individual yondashuvni qo'llashning ahamiyati kattadir. Har bir bola o'zining individual xususiyatlariga muvofiq tarzda rivojlanishi lozim, bu esa ta'limda individual yondashuvni kuchaytirishni talab etadi.

Pedagoglarning metodik kompetensiyasining yetarli emasligi: ba'zi tarbiyachilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar bilan tanish emaslar. Bu esa ta'lim jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Pedagoglarning malaka oshirish jarayonlarini doimiy ravishda yangilash va ularning metodik kompetensiyalarini oshirish, ayniqsa, yangi metodik yondashuvlar va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'yin faoliyatining ta'lim jarayonida yetarli darajada integratsiyalanmasligi: o'yin faoliyati bolalar uchun rivojlanishning samarali vositasi bo'lishiga qaramay, ba'zi maktabgacha ta'lim tashkilolarida o'yin elementlari to'liq va samarali foydalanilmayapti. O'yinlar nafaqat bolalarni rivojlantiruvchi vosita, balki ta'lim jarayonini jonlantiruvchi va qiziqarli metod sifatida ishlatilishi kerak. O'yinlarning metodik jihatdan yaxshilanishi va ta'lim jarayoniga integratsiyalashishi, bolalarning rivojlanishiga to'liq hissa qo'shish uchun zarurdir.

Kengaytirilgan o'quv dasturlari va resurslarning yetishmasligi: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ba'zi o'quv dasturlari va metodik materiallar zamonaviy talablar darajasida emas. Bu dasturlar bolalarning turli ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olishda yetarli darajada moslashmaydi. O'quv dasturlarining yangilanishi va ularni kengaytirish, pedagoglarning resurslarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida zarurdir.

Texnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilishdagi qiyinchiliklar: texnologiyalarni ta'lim jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiyalashish o'z navbatida pedagogik metodologiyaning yangi bosqichini talab etadi. Maktabgacha ta'limda raqamli texnologiyalarining samarali qo'llanilishi zarur, lekin bu jarayonda ba'zi qiyinchiliklar mavjud. Pedagoglarni zamonaviy raqamli texnologiyalar bo'yicha tayyorlash va ularni ta'lim jarayoniga muvaffaqiyatli tatbiq etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bolalarning o'zaro muloqot va ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishga yetarlicha e'tibor bermaslik: maktabgacha ta'limda bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga yetarlicha e'tibor berilmayapti. Bolalar o'rtasidagi muloqot, ijtimoiy ko'nikmalar va hissiy intellektual rivojlanish alohida metodik yondashuvlar orqali qo'llab-quvvatlanishi zarur. Bu bolalar

o'rtasidagi samarali o'zaro muloqot va ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Bizning nuqtayi nazarimizda, maktabgacha ta'lim tizimida metodik yondashuvlarni yangilash, pedagoglarning metodik kompetensiyalarini oshirish, texnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiyalash va individual yondashuvni kuchaytirish zarur. Xorij tajribasini maktabgacha ta'limga transformatsiya qilishda, aynan ushbu usullar orqali bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash va ta'lim tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish mumkin. Xorijiy maktabgacha ta'lim tizimlarida metodik yondashuvlarning yangilanishi, pedagogik innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni qo'llash tajribalari O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimiga muhim istiqbollarni ochadi. Xususan, individual yondashuvlar va zamonaviy pedagogik metodlarning integratsiyalashuvi bolalarning o'ziga xos ehtiyojlariga mos ravishda rivojlanishiga yordam beradi. Shuningdek, xorij tajribasida pedagoglarning doimiy malaka oshirishi, texnologiyalarni o'quv jarayoniga muvaffaqiyatli tatbiq etish va o'yin faoliyatini ta'limga integratsiyalash orqali bolalarning kreativ va ijtimoiy-emotsional ko'nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi. Bunday transformatsiya O'zbekistondagi maktabgacha ta'lim tizimini global talablarga muvofiq ravishda yaxshilash imkonini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil

2. 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son Qarori.

3. Abduraximova D.A. Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish. Ped. fan. dok. ... diss. avtoref. - Toshkent, 2020. - 74 b.

4. Abdullaeva N.Sh. Maktabgacha ta'limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish. Ped. fan. nomz. ... diss. avtoref. - Toshkent, 2019. - 26 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.