Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA KO‘RISH IMKONIYATI CHEKLANGAN TIL O‘RGANUVCHILARGA CHET TILINI O‘QITISH: MUAMMO VA YECHIMLAR'

O‘ZBEKISTONDA KO‘RISH IMKONIYATI CHEKLANGAN TIL O‘RGANUVCHILARGA CHET TILINI O‘QITISH: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
159
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko‘rish imkoniyati cheklanganlik / ko‘zi ojiz talaba / yangi metodlar / amaliy yordam / maxsus jixozlar / maxsus materiallar. / visual impairment / blind student / new methods / practical assistance / special equipment / special materials.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Asrorov, Ilg‘or Fayzi O‘g‘li

Ma’lumki chet tillarini o‘rganish butun dunyoda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Ayniqsa imkoniyati cheklangan til o‘rganuvchilariga chet tillarini o‘qitish hali o‘z yechimini topmagan masalalalardan biridir. Ushbu maqola sinf xonasida chet tillarini ko‘rish imkoniyati cheklangan til o‘rganuvchilariga o‘qitish va ularning til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun foydali bo‘lgan o‘qitish metodlarining nazariy va amaliy jihatlari haqida so‘z yuritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOREIGN LANGUAGE TEACHING FOR VISUALLY IMPAIRED LEARNERS IN UZBEKISTAN: PROBLEMS AND SUGGESTIONS

It is known that learning foreign languages is becoming more and more important all over the world. Teaching foreign languages, especially to language learners with disabilities, is one of the unresolved issues. This article discusses the theoretical and practical aspects of teaching methods that are useful for teaching language learners with visual impairments in the classroom and developing their language skills.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA KO‘RISH IMKONIYATI CHEKLANGAN TIL O‘RGANUVCHILARGA CHET TILINI O‘QITISH: MUAMMO VA YECHIMLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA KO'RISH IMKONIYATI CHEKLANGAN TIL O'RGANUVCHILARGA CHET TILINI O'QITISH: MUAMMO VA

YECHIMLAR

Asrorov Ilg'or Fayzi o'g'li

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi o'qituvchisi Telefon : +99890 1147343 il gor.asrorov@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ma 'lumki chet tillarini o'rganish butun dunyoda katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Ayniqsa imkoniyati cheklangan til o'rganuvchilariga chet tillarini o'qitish hali o'z yechimini topmagan masalalalardan biridir. Ushbu maqola sinf xonasida chet tillarini ko'rish imkoniyati cheklangan til o'rganuvchilariga o'qitish va ularning til ko'nikmalarini rivojlantirish uchun foydali bo'lgan o'qitish metodlarining nazariy va amaliy jihatlari haqida so'z yuritadi.

Kalitso'zlar: ko'rish imkoniyati cheklanganlik, ko'zi ojiz talaba, yangi metodlar, amaliy yordam, maxsus jixozlar, maxsus materiallar.

FOREIGN LANGUAGE TEACHING FOR VISUALLY IMPAIRED LEARNERS IN UZBEKISTAN: PROBLEMS AND SUGGESTIONS

Asrorov Ilgor Fayzi ugli

EFL teacher at International Islamic Academy of Uzbekistan Phone: +99890 1147343 il gor.asrorov@mail .ru

ABSTRACT

It is known that learning foreign languages is becoming more and more important all over the world. Teaching foreign languages, especially to language learners with disabilities, is one of the unresolved issues. This article discusses the theoretical and practical aspects of teaching methods that are useful for teaching language learners with visual impairments in the classroom and developing their language skills.

Keywords: visual impairment, blind student, new methods, practical assistance, special equipment, special materials.

KIRISH

Ingliz tili hozirda dunyoning boshqa mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham asosiy chet tili sifatida o'qitilmoqda va o'rganilmoqda. Bu tilni egallashning

416

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ahamiyati kundan kun ortib bormoqda. O'zbekistonda ingliz tili bolalar bog'chasidan tortib oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'limning barcha bosqichlarida o'qitiladi. Odamlar ham akademik, ham kasbiy rivojlanish uchun ingliz tilini o'rganmoqdalar va bu tilni bilish ishga ariza berish va universitetga kirish uchun eng asosiy mezondir. Bundan tashqari, ingliz tili fan, texnologiya, biznes, tijorat, xalqaro sayohat va turizm sohasida muhim rol o'ynaganligi sababli, yaxshi martaba imkoniyatlari va keyingi o'qish uchun kalit sifatida ishlatiladi. Hozirgi kunda aksariyat davlat va xususiy kompaniyalar ingliz tilini yaxshi biladigan va tegishli malakaga ega nomzodlarni talab qiladi. Shu sabab maktab o'quv dasturlarida ingliz tilining o'rni hal qiluvchi hisoblanadi va hukumat O'zbekiston maktablari va universitetlarida ingliz tilini o'qitishga katta e'tibor qaratmoqda. O'zbekiston oliy o'quv yurtlari va maktablarida ingliz tili majburiy fan sifatida o'qitilmoqda va hukumat ingliz tilini sifatli o'qitish va o'rganishni targ'ib qilish uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Boshqa tomondan, chet tillarini o'qitish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, innovatsiyalar va o'zgarishlarga qaramay, mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga to'sqinlik qilayotgan qator muammolar mavjud. O'zbekiston Respublikasining PQ 3775-sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan oliy ta'lim tizimida o'qitishni tashkil etish jarayoni va talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Ayniqsa, oliy ta'lim tizimida nogironlar uchun sharoitlar yetarli darajada yaratilmagan, imkoniyati cheklangan talabalarga ingliz tilini o'rgatish yaxshi yo'lga qo'yilmagan. O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida ko'zi ojiz talabalar kabi nogiron talabalar uchun sharoitlarni yaxshilash bo'yicha tadqiqot va tadqiqotlar faqat boshlang'ich va o'rta ta'lim bilan chegaralangan. Bugungi kunda 2021/2022 o'quv yilida mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassasalarida jami 6321 nafar nogironligi bo'lgan shaxs, jumladan, 1040 nafar ko'zi ojiz talaba tahsil olmoqda. Har bir ta'lim muassasasida ularga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash, jamiyatdagi o'rnini egallash, qulay ta'lim muhitini yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, ko'zi ojiz universitet talabalariga ingliz tilini o'rgatish va ularning til ko'nikmalarini baholash hali ham rivojlantirilishi kerak. Shu bilan birga, ko'zi ojiz o'quvchilarning til bilimlarini zamonaviy ilg'or pedagogik usul va vositalar yordamida baholash kabi masalalar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangani haqiqat. O'z navbatida,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'zi ojiz shaxslarning individual xususiyaüarini o'rganish, ularni o'rganish va natijalarni tahlil qilish orqali istiqbollarini aniqlash zarurati tug'iladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'rish bilan bog'liq bo'lgan muammolar turli xil insonlarda turli xil sabablarga ko'ra vujudga kelgan bo'lishi mumkin. Bular genetik sabablar, tug'ma nuqson, yoshlikda orttirilgan kasalliklar, virusli infeksiyalar, turli xil jarohatlar, o'simta kasalligi, yuqumli kasalliklar sababli vujudga kelgan ko'rish bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkin. Bu kabi sabablar bir necha xil bo'lgan turli darajadagi ko'rish bilan bog'liq bo'lgan muammolarni vujudga keltiradi. O'z o'rnida ko'rish imkoniyati cheklangan insonlar hayotiy rivojlanishning turli xil jabhalarida, ijtimoiy, hissiy rivojlanish, bilish va dunyoni anglash hatto til o'rganish kabi sohalarda ba'zi qiyinchiliklarga duch kelishlari muqarrar [1].

Ta'lim olish jarayoniga kelsak, ko'rish imkoniyati cheklanganlikni ikki kategoriyaga ajratish mumkin. Bular ko'rish imkoniyatining past ya'ni ma'lum darajada cheklanganligi va ko'rlik ya'ni ko'rish imkoniyatining mutloq cheklanganligi. Ko'rish imkoniyati ma'lum darajada cheklangan talabalar chop etilgan materiallardan foydalana oladigan lekin qo'shimcha tarzda materiallar va turli asbob-uskunalar va jixozlardan ham foydalanadilar. Ko'rish imkoniyati yana boshqa turlu unsurlar ham o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Bular muhitning yrtarli darajada yoritilmaganligi, jismoniy charchoq va boshqa holatlar kabilar ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun ko'rish imkoniyati cheklangan har bir shaxsning o'ziga hos individual xususiyatlari bo'lib har kimda o'zgacha bo'lishi mumkin. Ko'rish imkoniyati cheklangan talabalar oldida turgan asosiy qiyinchiliklardan biri ularning mavjud bo'lgan materiallardan foydalanish uchun maxsus shart sharoitlar asosida aynan ularga mos holdagi shaklda emasligidir. Ko'plab o'quv materiallarining visual yani grafik shaklda ekanligi ko'rish imkoniyati cheklanganlar uchun ularni o'zlashtirish yo'lida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek ko'plab materiallarning video, kompyuter va televizor shakllarda yaratilayotgani ko'rish imkoniyati cheklanganlar uchun ularni o'zlashtirishda yanada qiyinchiliklarni keltirib chiqardi [2].

Albatta shu o'rinda ko'zi ojiz yoki ko'rish imkoniyati cheklangan talaba mavjud bo'lgan guruh yoki sinf bilan ishlaydigan o'qituvchilar e'tibor berishi kerak bo'lgan y o' riqnomalar mavj ud.

- O'qituvchi dars xonasiga kirganda yoki chiqib ketayotganda guruhga buni ovoz chiqarib bildirishi ma'qul.

- O'quvchilarga murojat qilayotganda turli ishoralardan ko'ra ularning ismi yoki familiyalarini aytgan holda murojat qilingani ma'qul.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- O'qituvchi yo'nalish va buyumlaming joylashuvini ko'rsatmoqchi bo'lganida ishora yoki "ana u", "mana bu", "u yerda", "bu yerda" degan noaniq so'zlardan ko'ra "o'ng tarafingizda", "chap tarafingizda", kabi aniq so'zlar ishlatilishi tavsiya etiladi.

- Mash g'ulotlarda grafik va rasmli materiallarni detallashtirgan holda aniq tasvirlab berishga harakat qilgan ma'qul.

- Tegishib va qo'llar yordamida ushlab ko'rish va his qilish mumkin bo'lgan narsalar va dars xonasini shu yo'lda tanishtiring.

- Mashg'ulotlar va sinf xonasidagi o'zgarishlar va yo'riqnomalarni og'zaki yetkazib berganingizga ishonch hosil qiling.

- Yozuv shaklidagi malumotlar yetkazib berilishi uchun albatta o'qib berilishni ta'minlang.

- Doimo ismingizni ishlatgan hold ava imkoniyati cheklangan talaba uchun tanib olish mumkin bo'lgan darajada gapiring.

- Ko'rish imkoniyati cheklanganlar harakati xavfsiz bo'lishi uchun yordamingizni taklif qiling va jixozlarni ularga qulay holatda tartiblang.

- So'zlaganda davom etishingiz yoki gapingiz tugaganini eslatib turing chunki ular hatti harakatingiz orqali buni anglab olish imkoniga ega emas.

- Ko'rish imkoniyati cheklangan insonga gapirgan da juda baland ovozda gapirishingiz talab etilmaydi. Ular diqqat bilan eshitishga o'rgangan bo'lishadi.

O'qituvchi o'quv materiiallarini taqdim etayotganda e'tibor berishi kerak bo'lgan jixatlar mavjud bo'lib, ular quyidagilar bo'lishi mumkin.

- Har bir so'zni aniq talaffuz qilib yoki kerak bo'lganda harflab aytgan halda ko'rish imkoniyati cheklangan talabaga va boshqalarga yordam bergan bo'lasiz.

- Yozuvlarni katalashtirilgan holarda berilishi yoki uch o'lchamli holatda taqdim etilgan buyumlar ko'rish imkoniyati qisman cheklangan talabalarga yordam berish mumkin.

- Proyektordan foydalanganda yozuvlarni yetarlicha kattalikda aks etganiga ishonch hosil qiling va keraksiz qismlarni berkitib qo'ying.

- Sinf doskasida yozilgan barcha malumotlarni og'zaki yetib borishini taminlanganligiga ishonch hosil qiling.

- Audio va video yozuvlar orqali grafik holatdagi ma'lumotlarni yetkazib berish samarali usul ekanligini hisobga oling.

- Uch o'lchamli va tegish hissi orqali anglash va idrok etish mumkin bo'lgan narsalardan keng foydalaning.

- Guruh taqdimotlarini tasmaga yozib olgan holda ko'rish imkoniyati cheklanganlarga taqdim etishni tashkillashtiring.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Chet tillarini o'qitishda ingliz tili ta'lim sohasining asosiy bo'laklaridan biri hisoblanadi. Chet tili kurslari va darslari har doim barcha yo'nalish va sohalar uchun zaruriy boshqa bir soha sifatida ko'rilgan. Shu bilan bir qatorda, chet tillarini o'qitish metodikasi va metodologiyasi doimiy o'zgarib bormoqda. Chet tilini korish imkoniyati cheklangan shaxslarga o'qitish ham o'zining murakkabliklari bilan til o'qituvchilari uchun yangidan yangi izlanishlarni talab etmoqda.

Chet tilini o'qitish asosan grafiklar va visual materiallarga asoslanganligi ko'rish imkoniyati cheklangtan til o'rganuvchilariga chet tillarini o'qitishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Chunki visual ma'lumotlar, xarita va chizmalar, diagrammalarda aks ettirilgan ma'lumotlarni o'zlashtirish ko'rish imkoniyati cheklanganlar uchun mustaqil amalga oshirilishi imkonsizdir. Bunda ma'lumotlarni o'zlashtira olmagan imkoniyati cheklangan talabalar ko'plab imkoniyatni qo'ldan boy beradilar. Shunday holatda mustaqil o'rganish uchun ishtiyoq ular orasida yo'qolishi mumkin[3]. O'qib tushinish va yozuv ko'nikmasida aks etgan qiyinchiliklar barcha sohalar uchun odatiy holar bo'lishi mumkin lekin aynan chet tilini o'rganish sohasi uchun bu ayniqsa katta masala bo'lishi mumkin. Hujjatlardagi ma'lumotlar, matn mazmuni, so'zlarda urg'uni to'g'ri qo'yilishini aks ettirilmasligi bunday muammolar ichida eng yiriklaridir, Brayl yozuvini o'z ona tilisida o'rgangan odam uchun bu yozuvni chet tili uchun ham qo'llash ayniqsa imkoniyati cheklanganlar uchun qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Brayl yozuvida urg'u va ba'zi boshqa belgilarning bor ekanligi ularga yordam berishi mumkin lekin chalkashliklar hali ham juda ko'pligicha qolmoqda.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, suhbatdan o'tgan va darslari kuzatilgan ingliz tili o'qituvchilari O'zbekistonda ko'zi ojiz o'quvchilarni o'qitish uchun deyarli bir xil o'qitish usullari va materiallaridan foydalanganlar, bu esa ko'rish qobiliyati zaif o'quvchilarning o'qitishlari haqidagi oldingi tadqiqotlarga ziddir. Bundan tashqari, ular bir nechta qiyinchiliklar yoki muammolarga duch kelishdi va ularni hal qilish uchun nima qilish kerakligini bilishmaydi va shunchaki bir xil texnika va materiallardan foydalanishni davom ettirdilar. Buning sababi, ishtirokchilarning hech biri ko'rishda nuqsoni bo'lgan talabalarga ingliz tilini o'rgatish bo'yicha hech qanday rasmiy tayyorgarlikdan o'tmaganligidir. O'zbek milliy va mahalliy ta'lim boshqaruvchilari va oliy ta'lim siyosatini ishlab chiquvchilar uchun eng muhim xulosa shuki: ko'zi ojizlar maktablarida ishlaydigan ingliz tili o'qituvchilari uchun malaka oshirish dasturlari qayta ko'rib chiqilishi va yanada samaraliroq bo'lishi kerak. Shuningdek, EFL o'qituvchilarini tayyorlash dasturlari qayta ko'rib chiqilishi va alohida ehtiyojli talabalarni o'qitish bo'yicha kurslar kiritilishi kerak. Bunday

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kurslar ko'rish qobiliyati zaif o'quvchilarning verbalizmdan foydalanish kabi xususiyatlariga e'tibor qaratishlari kerak, shuningdek, tinglash va gapirish qobiliyatlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyatini ta'kidlashlari kerak.

Ko'zi ojiz odamlar ingliz tilini tinglash va gapirish ko'nikmalarini yaxshi bilsalar, ishga joylashish imkoniyatlari ko'proq bo'lishi aniq. Ishtirokchilarning muhim da'vosi shundaki, har bir o'quvchilar guruhida bir nechta nogironligi bo'lgan bir nechta o'quvchilar bor edi va bu ularga har bir sinfdagi barcha talabalar uchun mos keladigan o'qitish texnikasi va materiallarini tanlashni qiyinlashtirdi. Xuddi shu sinfga o'xshash xususiyatlarga ega o'quvchilarni biriktirish orqali kichik bir hil guruhlarni shakllantirish orqali bu muammoni bartaraf etish mumkin. O'qituvchilar talabalarga ko'proq yo'naltirilgan yondashuvni qo'llashlari va o'quvchilarning mustaqilligi tamoyillariga rioya qilishlari kerak. Ko'rish imkoniyati cheklangan o'quvchilarning ko'zi ojiz tengdoshlari bilan ko'proq muloqot qilish tendentsiyasini inobatga olgan holda, ko'rish qobiliyati zaif bolalarni ham qamrab olgan ta'lim muhitini yaratish kerak.

REFERENCES

1. Kashdan, S., Barnes, R., & Walsh, C. E. (2002, September). Teaching English as a new language to visually impaired and blind ESL students: Problems and possibilities. In A Celebration of Solutions. National Symposium on Literacy for Adults with Visual Disabilities, Atlanta, Georgia.

2. Ba§aran, S. (2012). Teaching English to visually impaired students in Turkey: A case study. Energy Education Science and Technology Part B: Social and Educational Studies, 2(217-226), 10.

3. McGaha, C. G., & Farran, D. C. (2001). Interactions in an inclusive classroom: The effects of visual status and setting. Journal of Visual Impairment & Blindness, 95(2), 80-94.

4. Co§kun, A. (2013). English language teaching for the visually impaired learners: Training non-native English teachers. international J. soc. sci. & education, 4(1),

5. Асроров, И. (2021). INDIVIDUAL FEATURES OF VISUALLY IMPAIRED STUDENTS. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(3).

6. Asrorov, I., & Abdullayeva, G. (2020). MEASURES TO FIND OUT LEARNING DIABILITIES AND IMPROVE THE CONDITION FOR LD

XULOSA

289.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

CHILDREN. In ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ (pp. 13-17).

7. Asrorov, I. F. (2020). THE IMPORTANCE OF INDIVIDUAL FEATURES IN THE CLASSROOM. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 2020(1), 98-105.

8. Ilg'or Fayzi o'g'li Asrorov 2021. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF TEACHING CLASSES WITH BLIND STUDENTS. Archive of Conferences. 26, 1 (May 2021), 13-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.