Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
INTERFAOL TOPSHIRIQLAR VA ULARNI TIZIMLASHTIRISHNING
TIL O'RGATISHDAGI AHAMIYATI
M. E. Axmedova
Toshkent Davlat Tibbiyot Akademiyasi O'zbek va Chet tillar kafedrasi mudiri, p.f dots. Davlatova Aziza Akmalovna Navoiy Davlat Pedagogika Instituti 2-bosqich magistranti Tel:(91)991-31-35 akmalovnal 16@gmail.com
Ushbu maqolada chet tillarini o'qitishning ahamiyati va uning bugungi kundagi chet tili o'quv materiallari holati haqida so'z boradi. Chet tili o'qituvchilaridan til o'qitishda talab etiladigan shaxsiy hamda ilmiy pedagogik malakadan tashqari foydalanadigan interfaol metodlar va ularning innovatsion yangi samarali ta'lim tizimini rivojlantirishdagi o'rni ochib berilgan. Bunda Interfaol metodlar bilan birga an'anaviy ta'lim usullari taqqoslangan bo'lib aniq xulosalar berilgan. Bundan tashqari qo 'shimcha til o 'rganishda foydali hisoblangan noan 'anaviy interfaol o 'qitish usullari chet tillarini 4ta aspekti (o 'qish, eshtib tushunish, yozish hamda gapirish ko 'nikmalarini) o 'qitishda samarali natijaga erish ko 'zda tutilgan. Shu bilan birga til o 'rganishning psixologik jihatlariga ham etibor berib ushbu maqolada yangi takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: interfaol topshiriqlar, didaktik tizimlashtirish, tarbiyaviy funksiya, CEFR,IELTS,PIRLS,PISA,
This article discusses the importance of foreign language teaching and its current state of foreign language teaching materials. The interactive methods used by foreign language teachers in addition to the personal and scientific pedagogical skills required in language teaching and their role in the development of innovative new effective education systems are revealed. It compares interactive methods with traditional teaching methods and draws clear conclusions. In addition, non-traditional interactive teaching methods, which are useful in additional language learning, are intended to achieve effective results in teaching 4 aspects of foreign languages (reading, listening, writing and speaking skills). At the same time, this article focuses on the psychological aspects of language learning.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Keywords: interactive tasks, didactic systematization, educational function, CEFR, IELTS, PIRLS, PISA,
Hozirgi kunda xorijiy tillarni o'rganish va o'qitishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini" o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Respublikamizda chet tilining o'qitilishi, xorijiy tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umumyevropa mamlakatlari tavsiyanomalari (CEFR, IELTS, PIRLS, PISA)ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko'ra umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun darsliklar, o'quv materiallari yaratilmoqda.
ADABIYOTLAR VA METODLAR
Chet tili o'rganishga bo'lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to'rt aspektga (o'qish, yosh, tinglab tushunish va gapirish) bo'linib, ularning har biri bo'yicha alohida tushuncha, malaka va ko'nikmalar berilmoqda. Ta'lim texnologiyalari, bu ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish demakdir. Shuningdek, ta'lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o'rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud. Hozirda Til o'rganish va o'qitishda zamonaviy yondashuvning roli beqiyos. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspekt (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)da interfaol ,noan'anaviy topshiriqlar bilan yanada qo'l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o'rganishning eng muhim qismlaridan biri. Bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o'quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samador usullardan biri bo'lib uni kommunikativ yondashuv bilan interfaol topshiriqlarni kombinatsion usulda qo'llash ham maqsadga muvofiqdir.[2.36-37] Bu jarayonda, jumladan:
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- kompyuterlardan foydalanganda o'quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko'rishi ham eshitishi shu bilan birga ularga taqdlid qilib o'rganish imkoniga ega;
- chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish imkoni;
- noan'anaviy usul hisoblanadigan smartfon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish orqali katta til o'rganish bazasiga ega bo'lish;
- CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tilini o'rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi bundan tashqari harakatli o'yinlar vositasida o'quvchilar diqqati dars jarayonida bir joyda jamlashni taminlaydi [1].
Ma'lumki, darsning turli xil o'yinlar asosida o'tilishi o'quvchilarning imkoniyatlarini kengaytirib ularni yashirin qobilyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko'nikmalarini oshirish va kuchli bo'lishlariga yordam beradi. Rolli O'yinlar va muammoli vaziyatlarga yechim topishga qaratilgan mashg'ulotlar kombinatsiyasidan iborat o'qitish uslubi dars davomida o'quvchilarni diqqati buzilishini oldini olib ularni muammoga yechim topish va mustaqil izlanish olib borishda ko'nikma hosil qiladi.
Psixologlarning ta'kidlashlaricha, harakatli o'yinlarning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda barqaror o'rnini topish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o'yin zamirida umumiy qabul qilingan ta'lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O'quv o'yinlariga o'quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O'yinlar jarayonida o'quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg'ulotga qiziqish bilan yondashadi va bemalol faoliyat ko'rsatadi.
Bugungi kunda komputer texnologiyalarsiz til o'rganish va o'rgatishni tasavvur eta olmaymiz. Shu bilan birga o'qituvchi endilikda barcha ma'lumotlarni tushuntirib an'anaviy yo'sinda dars tashkil etmay balki, faqat ko'rsatma va tushuntirib o'rganuvchilarni mustaqil izlanishiga imkon yaratadi. Bu o'z o'rnida ta'lim jarayonida noodatiy innovatsion interfaol topshiriqlar tizmini hamda dars tashkil etishni talab etadi.[3.89]
Interfaol topshiriqlar qo'llanganda farqli ravishda o'quvchida bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini intellektual faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bu insonlar uyushgan holda muammo yechimini izlaganlarida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar ta'sir qiladigan, atrofdagilar tomonidan bildirilgan har qanday fikrga o'zining shunga o'xshash, yaqin yoki aksincha mutlaqo qarama-qarshi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
fikr bildirishga da'vat etadi. Quyida interfaol metod va topshiriqlarni an'anaviy ta'lim jarayonidan farqi hamda samarali jihatini alohida ko'rib chiqamiz.
Interfaol metod va topshiriqlarning ta'lim va tarbiya jarayonidagi
Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni shirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega.[2. 40]
Hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Unga ko'ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo'llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo'ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe'llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo'lib, bunda o'quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe'llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo'lganda esa, o'quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma'lumotlar asosida kelgusi
o'rni va imkoniyatlari
Interfaol mashg'ulot samaradorligi sabablari
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe'llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.
Qo'llash darajasidagi tafakkurda o'quvchi olgan bilimlaridan faqat an'anaviy emas, noa'nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to'g'ri qo'llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe'llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o'rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish.
Tahlil darajasidagi tafakkurda o'quvchi yaxlitning qismlarini va ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko'radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma'lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe'llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash.
Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o'quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o'tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma'lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe'llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash.
Baholash darajasidagi tafakkurda o'quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko'radi, xulosalarning mavjud ma'lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe'llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o'lchash, nazorat qilish, asoslash, ma'qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.
Interfaol usullar ko'p turli bo'lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o'qituvchidan mashg'ulot oldidan katta tayyorgarlik ko'rishni talab qiladi. [5.81]
Shu mashg'ulotlarni tashkil etishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini uning an'anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko'rib chiqish orqali yaqqolroq idrok etish mumkin. Shu maqsadda quyidagi jadvalni keltiramiz:
An'anaviy hamda interfaol dars orasidagi farqlar
№
Asosiy tushunchalar
An'anaviy dars
Interfaol dars
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
1 Qo'llanish darajasi Barcha mavzular bo'yicha ular uchun qulay bo'lgan dars turlari shaklida qo'llaniladi. Ayrim mavzular bo'yicha interfaol darsning qulay bo'lgan turlari shaklida qo'llaniladi. Boshqa mavzular uchun an'anaviy dars qo'llaniladi
2 Dars maqsadi Dars mavzusi bo'yicha bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash. Dars mavzusi bo'yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o'rgatish.
3 O'qituvchining vazifalari va ish usullari Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish. O'quvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish.
4 Darsga tayyorgarlikka talablar Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash. Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlash.
5 O'quvchilar tayyorgarligiga talablar O'tilgan dars bo'yicha vazifalarni bajarib kelish. Yangi dars mavzusi bo'yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma'lumotlarni bilish.
6 O'quvchilarning vazifalari vaish usullari O'qituvchini tinglash va o'zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish. O'qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo'yicha mustaqil fikrlash, o'z fikr, xulosalarini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish
7 Vaqt taqsimoti Dars vaqtining ko'p qismi o'qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o'zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi. Dars vaqtining ko'p qismi o'quvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o'z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi.
8 Darsning modul va algoritmlari Darsning modul va algoritmlaridan har bir o'qituvchi o'zi qo'llayotgan metodga muvofiq foydalanadi. Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o'tkaziladi.
9 O'quvchilardan talab qilinadigan faollik darajasi O'qituvchi har tomonlama faol, o'quvchilar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo'yicha faol.Muloqot shakllari: o' qituvchi-guruh; o' qituvchi-o' quvchi; o' quvchi-o' quvchi; o' quvchi-o' qituvchi; guruh-o'qituvchi; O'qituvchi ham, o'quvchilar ham har tomonlama faol. Hamkorlik, hamijodkorlik shakllari: o'qituvchi-o'quvchi; o'quvchi-o'quvchi; o'quvchi-kichik guruh;kichik guruh-kichik guruh;o'quvchi-o'qituvchi; kichik guruh-o'qituvchi; guruh-o'qituvchi.
10 Bilimlarni o'zlashtirishning asosiy usullari Muloqot, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil, mushohada, mutolaa va boshqalar. Muloqot, mutolaa, mushohada, muhokama, muzokara, bahs, munozara, mulohaza, tahlil va boshqalar.
11 Mashg'ulot Ma'ruza, seminar, amaliy Ma'ruza, guruh yoki
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
shakllari mashg'ulot, laboratoriya mashg'uloti, davra suhbati, bahs, munozara, konsultastiya va boshqalar. juft bo'lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar va boshqalar.
12 Kutiladigan natija Mavzu bo'yicha o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini o'zlashtirishlari. Mavzu bo'yicha o'quvchilarning o'z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o'rgatish.
Bu jadvalda fikr juda qisqa bayon qilingan. Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg'ulot turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik tomonlarini yaqqol ko'rsatib turibdi.
Interfaol mashg'ulotning ushbu jadvalda ko'rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. O'quv rejadagi fanlarni o'qitishda qaysi mavzular bo'yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda har bir mavzu bo'yicha mashg'ulotning maqsadiga to'liq erishishni ta'minlaydigan interfaol yoki an'anaviy mashg'ulot turlaridan foydalanish ko'zda tutiladi.
2. Interfaol mashg'ulotning samarali bo'lishi uchun o'quvchilar yangi mashg'ulotdan oldin uning mavzusi bo'yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma'lumotlarni bilishlarini ta'minlash zarur.
3. Interfaol mashg'ulotda o'quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an'anaviy mashg'ulotga nisbatan ko'p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
Shularga o'xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta'siri to'g'risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o'zining mashhur «Mahbub ul-qulub» asari muqaddimasida shunday yozgan edi: «Umid ulkim, o'qig'uvchilar diqqat va e'tibor ko'zi bila nazar solg'aylar va har qaysisi o'z fahmu idroklariga ko'ra bahra olg'aylar...». Bunda shu asarni har kim turlicha, ya'ni o'z fahmi idroki darajasidagina tushunishi, o'zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo'llay bilishi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, bundan biz interfaol ta'lim usullarining an'anaviy usullardan asosiy farqlari to'g'risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o'quvchilarning fahmu idroklarini o'stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bunda ta'kidlash lozimki, interfaol ta'lim usullari O'zbekistonda qadim zamonlardan beri ta'lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o'rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo'llab kelingan.
Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste'dod, zakovatlarini o'stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo'lib etishishlariga xizmat qilgan.[6.45]
Hozir interfaol mashg'ulotlarni olib borishda , asosan interfaol usullar qo'llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma'lum darajada interfaol texnologiya bilan uyg'unlashadi. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o'zaro farqini bizningcha, shunday ta'riflash mumkin.
Interfaol ta'lim usuli - har bir o'qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o'z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o'quvchi o'z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o'zlashtiradi.
Interfaol ta'lim texnologiyasi — har bir o'qituvchi barcha o'quvchilar ko'zda tutilgandek o'zlashtiradigan mashg'ulot olib borishini ta'minlaydi. Bunda har bir o'quvchi o'z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg'ulotni oldindan ko'zda tutilgan darajada o'zlashtiradi.
Interfaol mashg'ulotlarni amalda qo'llash bo'yicha ayrim tajribalarni o'rganish asosida bu mashg'ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi ayrim omillarni ko'rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik hamda o'qituvchiga, o'quvchilarga, ta'lim vositalariga bog'liq omillar deb atash mumkin. Ular o'z mohiyatiga ko'ra ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishini nazarda tutishimiz lozim.
Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi: -o'qituvchilardan interfaol mashg'ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash; -o'qituvchilarga interfaol usullarni o'rgatishni tashkil qilish; -o'quv xonasida interfaol mashg'ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish; -ma'ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo'lishini ta'minlash; -sanitariya-gigiena me'yorlari buzilishining oldini olish; -xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta'minlash; -davomatni va intizomni saqlash; — nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar. Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
-DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko'zda tutilgan maqsadga to'liq erishishni ta'minlash uchun maqsadga muvofiq bo'lgan interfaol usullarni to'g'ri tanlash;
-interfaol mashg'ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash;
-interfaol mashg'ulotning har bir elementi o'rganilayotgan mavzu bilan bog'liq bo'lishini ta'minlash;
-mashg'ulotlar mavzusi va mazmunini so'nggi ilmiy-nazariy ma'lumotlar asosida belgilash;
-zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo'llash;
-o'quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos darajadagi interfaol mashg'ulotlarni o'tkazish;
-interfaol mashg'ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar.
Interfaol mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchidan ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etiladi.[10.144] Oldindan ma'lum yoki ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etuvchi kitobdan o'qiganlarini hikoya qilish shaklidagi dars passiv darajada o'tadi. Interfaol usuli nafaqat ta'limda balki, tarbiyada ham ayniqsa yaxshi natija keltiradi, ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda o'qituvchi muhokamaga ta'sir qilganda nafaqat fikr bildiradi, balki muammoga o'zining shaxsiy munosabatini, axloqiy mavqeyi va dunyoqarashini bildiradi. Talabalar bahsida o'qituvchini ishtiroki turlicha boiishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham o'zini fikrini o'tkazmasligi kerak. Yaxshisi bahsni boshqarishda yaxshilab hisoblab chiqilgan usul, sermahsul fikrlashni, yechimini topishda ijodiy izlanuvchanlikni talab etuvchi yoki muammoli savol qo'yish orqali boshqarish lozim. O'qituvchi o'z nuqtayi nazaridan chiqarishda fikr bildiradi, faqat talabalar fikridan xulosa chiqarish bilan isbotlash va xato fikrlarni rad etish kerak. Bu usul bilan bahsni nafaqat mazmuni intellektual - bilish, nazariy savollarni yoilash mumkin, shuningdek, hamkorlikda sermahsul faoliyatlarini tuzish, talabalar shaxsiga o'z ta'siri bilan o'quv faoliyatini o'quv tarbiya jarayoniga aylantirishi mumkin.[9.87]
Shu tartibda, interfaol o'qitish usuli, talabalarning hamkorlikdagi faoliyati o'qituvchining bahslardagi ishtiroki tufayli dars jarayonini nafaqat hamkorlikdagi faoliyati bo'ladi, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlarining real ijodiy sermahsul faoliyatiga aylanadi. O'qishdagi hamkorlik o'z-o'zidan talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, to'g'ridan-to'g'ri ularning ichki dunyosiga ta'sir etadi va dars jarayonini asosiy tarbiyaviy funksiyasi hisoblanadi.[8.166]
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Shuni takidlash kerakki o'quvchi va o'qituvchi do'stona munosabatdagi hamkorligi ham bugunning o'ziga xos ta'lim yondashuvi bo'lib o'qituvchining qat'iy tanqidi ham yumshoq ruhlantiruvchi usulda amalga oshiriladi.
Yosh izlanuvchi sifatida interfaol topshiriqlarni tizimlashtirish masalasida shuni taklif etishim mumkinki bugungi yoshlar kechagi avloddan o'zining kuchli bilimi zehini ayniqsa elektron texnologiyalardan foydala olish qobilyati bilan farq qiladi.Endilikda faqatgina interfaol o'yinlardan foydalanish emas balki, aqlli ,puxta ta'lim berish kunning dolzarb masalasiga aylanadi.[7.90]
Shunday ekan XXI asr avlodlarini diqqatini bir yerda tutish va qiziqarli dars tashkil etish o'qituvchidan mohir va epchillik, kuchli ilmlilik, izlanuvchanlik qobilyatlarini talab etadi. Interfaol topshiriqlar tizimini yaratishda hamda amaliyotda foydalanishda an'anaviy metod va zamonaviy usullar kombinatsiyasini taklif qilardim bunda yangicha o'quv jarayonining ko'rinishi sifatida asosan o'quv jarayonining subyekti bo'lgan faol a'zosi o'quvchilar asosiy rol o'ynaydilar. Bunda dars boshlanganda o'qituvchi mavzuning asosiy tushunchalaridan o'quvchilarning xabardorligini tekshirish maqsadida Brainstorming mashg'ulotini o'tkazadi shundan so'ng asosiy tushunchalar tushuntiriladi va materiallar asosiy manbalar beriladi, dars so'nggida mustaqil loyiha ko'rinishida o'rganuvchilarga topshiriq beradi. Loyiha ustida ishlash (project work) o'quvchining kreativ qobilyatini, fikrlashini yangilik yaratishga undaydi, raqobat muhitini yaratadi.[6.89]
Chet tilining 4 asosiy aspektlari bo'lgan o'qish, yozish,eshtish va gapirish o'zaro integratsiyalashgan holda mashqlar (activity)tanlash ham samarali ta'lim berishni kafolatlaydi. Masalan reading aspekti grammatika va so'z boyligi shu bilan birga writing aspektiga ham o'zaro bog'liq bo'lib reading (o'qish)aspektini rivojlantirish jarayonida olib boriladigan mashlar yordamida bolaning o'qish, so'z boyligi,yozish ko'nikmasi birgalikda rivojlanadi.[9.77]
Masalan: Filling in gaps, finding headline mashqlari o'quvchida tanqidiy fikrlashni shu bilan birga so'z boyligini ham oshiradi.
Hozirda o'qituvchilar Amerika Qo'shma Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda: [8.98]
- "Muammoli vaziyat yechimi" (Creative Problem Solving) bu usulni qo'llash uchun hikoyaning boshlanishi o'qib beriladi qanday yakun topishi o'quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- "Quvnoq topishmoqlar" (Merry Riddles) o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish Ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq javobini topadilar;
- "Tezkor javob" (Quick answers) o'tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi;
- "Chigil yozdi" ("Warm-up exercises") o'quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o'yinlardan foydalanish [3.58];
- "Pantomima" (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo'lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo'ladi;
- "Hikoya zanjiri" (a chain story) usuli o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishda yordam beradi;
- "Rolli o'yinlar" (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo'llanilishi mumkin. Hunarga o'rgatish uchun "Interpretter", "Translator", "Writer", "Poet" kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o'quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;
- "Allomalar yig'ini" (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni "taklif qilish" mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so'zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo'lib tarbiyalanishiga yordam beradi;
- "Rasmlar so'zlaganda" (When pictures speak) usuli ancha qulay bo'lib, ingliz tilini o'rgatishda, talaba, o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
- " Kviz kartochkalari" (quiz cards) o'quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi [4].
- "Dars so'ngida obyektiv izoh" dars oxirida o'quvchilar darsda o'rgangan bilimlarini o'zlari xoxlagan uslubda rasm yoki yozma taqdim etadilar.
- "Last impression" dars so'nggida o'quvchilardan keyingi darsda o'rganishni xoxlagan qiziqishlariga mos ma'lumotlar so'rovnoma sifatida olinadi.
Ko'rib chiqqanimizdek, har bir innovatsion texnologiya o'ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamkorlik, o'quvchining ta'lim jarayonidagi faol harakati ko'zda tutiladi [5.67].
Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi.Bundan tashqari dars boshlanishida visual,dars o'rtasida harakatli yoki rolli, darsning so'nggi qismida esa o'quvchining darsda o'rgangan ma'lumotlari to'g'risida subyektiv fikrlarini turli kartateka yoki anonimik o'yinlarda tashkillashtirish o'rganuvchini til o'rganishga qiziqtiribgina qolmay balki psixologik jihatdanam ruhlantiradi hamda ta'lim sifatini oshiradi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol sub'yektlariga aylantiradi. Ta'lim tizimi o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalar ,interfaol metodlardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o'z xissamizni qo'shishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Bekmuratova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil
2. Отабоева, М. Р. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36-37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020)
3. N.Q. Xatamova, M.N. Mirzayeva. "Ingliz tili darslarida qo'llaniladigan interfaol usullar" (uslubiy qo'llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.
4. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. "Chet tilini o'qitishda yordamchi vositalardan foydalanish". Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005
5. O'. Hoshimov, I. Yoqubov. "Ingliz tili o'qitish metodikasi" (o'quv qo'llanma) Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2003 Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o'qitishda zamonaviy in^vatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф. М. Муминова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592. — URL: https://moluch.ru/archive/308/69404/ (дата обращения: 20.01.2022).
6. Ambrose, S., Bridges, M., Lovett, M., DiPietro, M., & Norman, M. (2010). How learning works: 7 research-based principles for smart teaching. San Francisco, CA: Jossey Bass.
7. EDUCAUSE (2005). Potential Learning Activities. Retrieved April 7 2017, from EDUCAUSE website: https: //net.educause. edu/ir/library/pdf/NLI0547B.pdf.
8. Fink, D. L. (2005). Integrated course design. Manhattan, KS: The IDEA Center. Retrieved from http://ideaedu.org/wp-content/uploads/2014/11/Idea Paper 42.pdf.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
9. Sh.K Shayakubov, R.X Ayubov "Interfaol ta'lim usullari" o'quv uslubiy qo'llanma.
10. Intercultural conflicts of Uzbek and English stereotypes
11. Author links open overlay panelOchilova Nisobegim Nabi qizi, Ahmedova Malohat Ergashevna, Kadirova Dilrabo Shamsiddinovna, Received 21 April 2021, Published 21 April 2021
Internet saytlari
12. https://my.vanderbilt.edu/mnpspartnership/magic8/planning-sequential-activities/
13. https://www.theedadvocate.org/13-approaches-to-teaching-13-ways-to-differentiate-instruction/