Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV.'

CHET TILLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
792
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodika / innovatsiya / chet tili / kommunikatsiya / ko‘nikma / malaka / didaktika. / methodology / innovation / foreign language / communication / skill / qualification / didactics.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduakimova, Sabina Abdukaxar Qizi

Ushbu maqolada chet til orqali ta’lim-tarbiya berish jarayoni va usullari, chet tilini o‘rgatish ilmi, muallim va o‘quvchi faoliyatini o‘rganish metodi jumladan chet tilini o‘qitish metodikasi haqida, chet tilini o‘qitish metodikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN INNOVATIVE APPROACH TO FOREIGN LANGUAGE TEACHING

This article deals with the process and methods of teaching through a foreign language, the science of foreign language teaching, the method of studying the activities of teachers and students, the methodology of teaching a foreign language, the methods of teaching a foreign language types of modern methods and their use.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV.»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

CHET TILLARINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV. (An innovative approach to foreign language teaching)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-431-435

Abduakimova Sabina Abdukaxar qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshken davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti amaliy filologiya fakulteti e-mail: sabinichkaO 107@gmail.com, tel: +998944195701

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada chet til orqali ta 'lim-tarbiya berish jarayoni va usullari, chet tilini o'rgatish ilmi, muallim va o'quvchi faoliyatini o'rganish metodi jumladan chet tilini o'qitish metodikasi haqida, chet tilini o'qitish metodikasida qo'llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: metodika, innovatsiya, chet tili, kommunikatsiya, ko'nikma, malaka, didaktika.

ABSTRACT

This article deals with the process and methods of teaching through a foreign language, the science of foreign language teaching, the method of studying the activities of teachers and students, the methodology of teaching a foreign language, the methods of teaching a foreign language types of modern methods and their use.

Keywords: methodology, innovation, foreign language, communication, skill, qualification, didactics.

KIRISH

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng, istiqlolning ilk yillaridanoq O'zbekiston demokratik hayot qurishga kirishdi. Iqtisodiyot ham muhim ahamiyat kasb etdi. Amalga oshirilgan islohatlar salmog'i yildan yilga kerak bo'lsa kundan kunga ortdi. Faqat tub islohatlar emas balki boshqa javhalarda jumldan talim tizimida ko'plab o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ayniqsa chet tillarini o'rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko'plab sharoitlar yaratilib berildi berildi. Bundan asosiy maqsad yoshlarning bilim saviyasini oshirish,chet tiliga bo'lgan qiziqishiniyanada oshirish. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda.Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun,

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir" Jumladan shu fikrlarning davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini" o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.Bugungi kunga kelib chet tiliga bo'lgan talab judayam ortib bormoqda. [Xalq talim vazirligining imiy metodik jurnali,2019.53]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi vatqda nafaqat chet tiliga o'qitish bo'yicha balki barcha fanlarga o'qitishni, o'rgatishni yangi-yangi metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko'rish to'g'risida ko'p ishlar qilinayapti. Bu hozirgi kundagi ta'lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal qilinishi kerak bo'lgan eng muhim muammolardan biridir. Agar avval chet tili o'qitish shu til sistemasini o'rganish deb qaralgan bo'lsa, keyingi yillarda o'qitishdagi muhim ko'zlangan narsa bu o'quvchilarni chet til nutqini o'stirishdan iborat bo'ldi. Shuni aytish kerakki chet til o'rganishdagi bu maqsadlar, o'z-o'zidan yoki boshqa kimsalar yoki shaxs tomonidan qo'yilmaydi, balki lingvistika va psixologiya fanlaridagi o'zgarishlar va jamiyatning ijtimoiy rivojlanib borishi bilan chambarchas bog'liqdir. Masalan: Audiolingval metodni olib ko'raylik. Bu metodning yuzaga kelishiga lingvistika fanidagi o'zgarishlar, ya'ni struktural oqimni ta'siri bo'ldi. U quyidagi omillarni o'z ichiga oladi:

- Chet til o'rgatish avval og'zaki nutqqa o'rgatishdan boshlanmog'i zarur;

- Til o'rganish turli strukturalar, nutq na'munalari asosida amalga oshiriladi;

- Mashqlar ham tilga asoslangan holda til materialini ko'p marta takrorlashni talab qiluvchi mashqlar bo'lishi kerakligini taqozo etadi;

- Grammanik namunalar va leksikani tanlash chet tili bilan ona tilini qiyoslashning natijalariga bog'liq bo'lishi kerak.

- Talaffuzga katta e'tibor talab etiladi.

Bu metodning asosiy kamchiligi, mexanik mashqlarning ko'pligi va haqiqiy nutq mashqlarining ozligidir. Bu metod asoschilari metodist olimlar Ch.Friz va R.Ladolardir. Masalan: Ch.Friz: boshlang'ich etapning asosiy mazmuni strukturalarni o'rganishni tashkil qilishi kerak deydi. Gramatikaning ko'nikmalarni hosil qilish xam shunga asoslangan bo'lishi maqsadga muvofiq[Sh Alimov 2017.2-bet]

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Chet til o"rganish ko'p qirrali ta'imot bo'lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o"zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o"rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida chet til bilan ona tilini taqqoslab o"rgatish samarali natija beradi. Chet til o"rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo'ishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o'rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Chet til o'qitish metodikasida keng qo'llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi hisoblanadi.[Zayniddin Sanaqulov Baxromjon Jo'raboyev 2021.532-bet]

Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta'limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko'rsatkichi yuqori bo'lganligi sababli, ularda til o'rganishga bo'lgan talab yuqoridir. Hozirda chet tillari maktab, kollej, litsey,oliy talim muassasalarida o'rgatilmoqda. Turli darajadagi til bilimiga ega bo'lmoqchi bo'lganlar uchun o'quv materiallarning inavatsion turlari mavjud.Chet tilini mukammal bilish va malum darajani olish o'qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga ham bog'liq.Axborot texnologiyalari va zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o'qituvchi muayyan ta'lim dasturlarini yechishga qodir bo'ladi. Shu munosabat bilan o'qituvchilar va talabalar xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak. Natijada maqsadlariga erishish uchun eng samarali usullarni tanlay bilish ko'nikmalari shakillanadi. Bunda o'qitish va o'rganishning bir necha metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Zamonilgarilab borganisarihar bir sohada yangilik ko'paymoqda. [Feruza Zaipova,Sabohat Orinova Xorijiy 2-bet]

Chet tilini o'rgatishda o'rganuvchining salohiyat va darajasi yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma bosqich o'rgatish yaxshi natija beradi.Bunda o'quvchilar l.boshlang'ich bosqichda o'qitish, 2 o'rta bosqichda o'qitish, 3yuqori bosqichda o'qitish asosida guruhlarga bo'linadi. Har bir bosqich uchun o'qituvchi tomondan maxsus faol dastur ishlab chiqiladi.Ta'limning faol usullari nafaqat o'quv jarayonida o'quvchilarni faol fikrlashga va amaliy faoliyatga undashga yordam beradi, balki ijobiy o'qitish motivatsiyasini shakllantirishga, ijodiy qobiliyatlarni ochib berish va rivojlantirishga yordam beradi, o'quv materialini yuqori samaradorlik bilan

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

o'zlashtirishga yordam beradi. Darsning har bir bosqichi uchun nafaqat o'qituvchi, balki o'quvchilar uchun ham samarali bo'lgan faol metodlardan foydalanish kerak.Ularning ba'zilari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beraman, deyarli barcha texnikalar harakatchan ekanligini va nafaqat chet tili darslarida, balki boshqa o'quv fanlarida ham qo'llanilishi mumkinligini ta'kidlamoqchiman.1.Tashkiliy bosqich/'Karusel" ("Merry Go Round") Ushbu texnika xayoliy fikrlash, xotiradan foydalanishga imkon beradi. Birinchi talaba o'qituvchidan kartani oladi va shu so'z bilan assotsiatsiyalarni nomlaydi. Karta o'qituvchiga qaytguncha zanjir bo'ylab uzatiladi. Har bir talaba o'z fíkrlarini tez sur'atlarda ifoda etish imkoniyatiga ega.Ushbu bosqichda talabalar o'tgan materialni "eslab qolishadi". Gapirish qobiliyatini rivojlantirish uchun dars davomida "Intellektual isinish" tamoyilidan foydalanish mumkin. Qoida tariqasida, bunday mashqlarning leksik tayanchlari doskada, ayniqsa dastlabki bosqichda joylashgan. "Qor to'pi" ning o'sishi ikki yo'nalishda davom etishi mumkin: so'z boyligi ko'payishi va / yoki grammatikaning murakkabligi oshishi bilan. (O'RNAK: Men kitob o'qishni yaxshi ko'raman Elektron kitoblarni o'qishni yaxshiko'raman. Elektron kitoblarni o'qishni yaxshi ko'raman, chunki ulardan foydalanish oson.)Signal kartalari bilan ishlash Bu o'tgan materialni kartalar ko'rinishidagi taqdimoti. Ushbu uslub materialni tuzishga, o'quvchilar e'tiborini tiklashga yordam beradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar va o'yinlar o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining sub'yektlariga aylantiradi.Chet tilini o'qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta'lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o'quvchilar ma'lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so'zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o'rganishga ehtiyoj yuqori bo'lgan bir davrda, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo'lishiga olib keldi. Innavatsion ta'lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta'lim jarayonida to'g'ri va unumli foydalanilganidadir.[Otoboyeva M.R.2017.36-37]

REFERENCES

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

1. 1.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi . 8 янв. 2018

2. Jalolov J. Chet tili o'qitish metodikasi. 2012, b-67

3. Отабоева, М. Р. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion

4. 4."Chet til o'qitish metodikasida zamonaviy metodlar" Zayniddin Sanaqulov

5. Khasanova, Gulsanam Khusanovna MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/main-trends-in-the-development-of-education-and-professional-training-in-the-world (дата обращения: 05.01.2022).

6. Khasanova, G. K. "THE SUCCESS AND EDUCATION SYSTEM OF SOUTH KOREA AND JAPAN." Наука сегодня: проблемы и пути решения [Текст]: материа (2021): 94.

7. https://president.uz/oz/lists/view/4327

8. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

9. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

10. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

11. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

12. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.