Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA BALETMEYSTERLIK SAN’ATINING SHAKLLANISHI'

O‘ZBEKISTONDA BALETMEYSTERLIK SAN’ATINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
265
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqs / san’at / baletmeyster / raqs ustalari / ijro / sahna / sahnalashtirish

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shohistaxon Ravshanjon Qizi Raxmatova

Ushbu maqolada baletmeysterlik san’atining shakllanishi va rivojlanishida milliy raqs san’atimizning asoschilarining ahamiyati haqida bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA BALETMEYSTERLIK SAN’ATINING SHAKLLANISHI»

O'ZBEKISTONDA BALETMEYSTERLIK SAN'ATINING SHAKLLANISHI

Shohistaxon Ravshanjon qizi Raxmatova O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada baletmeysterlik san'atining shakllanishi va rivojlanishida milliy raqs san'atimizning asoschilarining ahamiyati haqida bayon etilgan

Kalit so'zlar: raqs, san'at, baletmeyster, raqs ustalari, ijro, sahna, sahnalashtirish.

FORMATION OF BALLET MASTERY IN UZBEKISTAN

Shohistakhon Ravshanjon qizi Rakhmatova Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: This article describes the role of the founders of our national dance in the formation and development of the art of choreography

Keywords: dance, art, choreographer, masters of dance, performance, stage, staging.

Tarixdan ma'lumki, bizning ona zaminimizda buyuk allomalar, nomlari tillarda doston san'at ustalari yetishib chiqqan bo'lib, ustoz - shogird an'analari davom etib kelmoqda.

Ustoz shogirdchilik maxsus shartnoma asosida muayyan bir muddatga tuziladigan axdlashuv, sherikchilik bitimi emas. Bu qalb amri bilan amalga oshadigan jarayon, chirmashib hosil bo'ladigan insoniy qotishma, muqaddas birlik, parchalnamas ittifoqdir.

Shunday ekan san'at turlari orasida nafis san'at turi betakror raqs san'ati ham shu yo'sinda davom etib kelmoqda.

Raqs san'atini esa uning yaratuvchisi bo'lmish, baletmeystersiz ta'savvur qilib bo'lmaydi. O'zbekiston baletmeysterlari ijodida milliy raqslarining tutgan rolini atroflicha o'rganilishi respublika raqs san'atidagi xalqchillik xususiyatlarini batafsil ochib ko'rsatishda xizmat qiladi. Professional baletmeysterlarning ilk ijod yo'lini va ular tomonidan sahnalashtirilgan raqslar bilan O'zbekiston raqs madaniyatiga qimmatli hissa qo'shgan baletmeysterlar faoliyatining o'rganilishi ham muhim masaladir.

Mamlakatimizda baletmeysterlik san'atining shakllanishi va rivojlanishi XX asrda yuzaga keldi, deyish mumkin. Aynan shu davrda baletmeysterlik san'atining

noyob durdonalari yaratildi va dunyo yuzini ko'rdi. Bu o'z novbatida Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboeva, Galiya Izmayilova, Qunduz Mirkarimova va boshqa bir qancha raqs san'atining yetuk vakillalarini yetishtirdi. Ushbu raqs ustalarining boy ijodiy merosi bugungi kun raqs san'atimizning poydevoridir. Shu boisdan ham bugungi kunda xoreografiya san'ati nazariyasi va tarixini o'rganishda, tahlil etishda mazkur raqs ustalarining baletmeysterlik faoliyatiga oid bo'lgan bilimlarni umumlashtirish, tahrirlash, ma'lum bir tizimga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, raqs san'ati ko'p ming yillik tarixga ega bo'lsada, uning avloddan-avlodga o'tib kelishi tarixiy manbalarda yohud badiiy adabiyotlarda o'z aksini so'zlar va tasvirlar orqali topgan. Aynan, boshqa san'at turlaridan farqli ravishda raqs san'ati avloddan-avlodga, el-xalq to'ylarida, bayramlarida ustoz-shogird an'analariga monand yetib kelgan.

XX asr insoniyat ma'naviy olamining taraqqiyoti, xalq- sahna va tomoshaviy san'atlarga bo'lgan e'tiborning kuchayishi raqs san'atini yuksak namunalarini paydo bo'lishiga, ushbu san'atning tarixiy ildizlariga nazar tashlashga olib keldi. Raqs borasida olib borilgan izlanishlar, raqs san'atining an'anaviy badiiy shakllarni tiklash, sahnalashtirish baletmeyster shaxs nomi bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni yuzaga keltirdi.

O'zbekiston xalq raqs san'atining ko'p asrlik boy merosi va uning o'ziga xoc milliy xususiyatlari Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, M.Turg'unboyeva va Isoxor Oqilovlar singari mahoratli baletmeysterlarni yuzaga keltirishda muhim rol o'ynadi. Zamondosh milliy raqs sahnalashtiruvchilari va baletmeysterlari o'tmish an'analaridan ijodiy foydalanish bilan birga shu merosni boyitib, taraqqiy ettirdilar.

Ular o'zlarining qalb harorati, kuch-g'ayrati, ongli hayoti, boy tajribasi, bilimi, va iste'dodini, bir so'z bilan aytganda umrini, hayotini o'zbek milliy raqs san'atining gullab-yashnashi uchun bag'ishladilar va xalq mehrini, ichonchi va hurmatiga sazovor bo'ldilar.

Baletmeysterlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, u yoki bu san'atkor yoshligidan bu sohaga qiziqsa, layoqat ko'rsatsagina ijodiy muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Afsuski, ayrim san'atkorlar raqs tushishni tark etgandan so'nggina baletmeysterlikka qo'l uradilar. Bu aksari ijobiy natija bermaydi. Lekin shunday ijodkorlar ham borki bu insonlar tug'ma istedod soxiblaridirlar. Bulardan bir U.Olim Komilovdir.

O'zbek raqs san'ati maktabining yaratilishi va rivojlanishida o'zining ijodiy faoliyati bilan alohida o'rin tutgan Usta Olim Komilovning sahnalashtirgan raq slari, doira usullari nafaqat O'zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham muvaffaqiyat qozongan va mashhur bo'lgan. Ustoz o'zbek doira ijrochiligi san'atida o'zining betakror ijro uslubi bilan nom qoldirdi hamda bugungi zamonaviy doira ijrochiligining yakkanavoz uslubini mukammal darajada ishlab chiqdi.

Usta Olim Komilov o'zbek raqs san'atidagi turli usullarni mahorat bilan ijro etgan, o'zining takrorlanmas ijrosi bilan go'zal o'zbek raqslariga yanada joziba baxsh etgan san'atkordir. O'zbek raqslarining xarakteri va mazmunini, o'ziga xos uslubini tomoshabinlarga to'liq holda etkazib berishda mohir sozanda Usta Olim Komilovning xizmatlari beqiyosdir. Ustoz "Doira darsi" nomli ikki qismdan iborat bo'lgan qo'llanma yaratgan bo'lib, raqs san'atida ushbu doira usullari asosida yaratilgan qo'llanma besh qismga bo'linib ijro etiladi va doira ijrochiligini o'zlashtirishda ham bebaho boylik qoldirdi.

Usta Olim Komilovning ijodiy mehnati, yaratgan raqslari, tarbiyalab yetishtirgan raqs ijrochilarining faoliyati natijasida xalq raqs merosi sahnaviy shakllarda bugungi kunga ham etib keldi. Ustoz o'zbek xalqining boy raqs merosini mukammal o'zlashtirdi hamda o'z shogirdlariga o'rgatib keldi. Usta Olim butun umri davomida bir qancha raqqoslarni tayyorladi, hayotini butunlay san'atga bag'ishladi. U choyxonalarda, maktab-internatlarda musiqa to'garaklarini tashkil etdi, o'z bilimi va mahoratini yoshlarga o'rgatishga harakat qildi. Usta Olim etnografik ansambl faoliyatida ishtirok etdi, o'nlab o'zbek qizlariga raqs san'atini o'rgatdi. O'zbek raqs usullarining ajoyib ustasi, baletmeysterlar, O'zbekiston xalq artisti Usta Olim Komilov juda ko'p raqslarni yodida saqlab keldi, shogirlari Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboevalar esa bu raqslarni sahnaga olib chiqdi.

Usta Olim Komilov, Tamaraxonim va Mukarrama Turg'unboeva yaratgan nodir san'at durdonalarini umr bo'yi avaylab keldi hamda professional raqs san'atiga meros sifatida qoldirdi.

Tamaraxonim baletmeyster sifatida ham jonbozlik ko'rsatib Ustozi Usta Olim Komilov bilan "Bahor", "Qizil va oq", "Atirgullar urushi" nomli raqslar, "Gulandon" baletini sahnalashtirdi.

Baletmeyster har doim davr tomoshabinining estetik didini o'stiradigan yangi repertuar tanlamog'i, o'zi ham postanovkalar ijod etarkan, ko'proq yoshlarga tayanib ish olib borardi. Chunki u yoshlarning raqs san'atini klassik an'analar asosida boyitishlari, yangi pog'onalarga ko'tarishlariga ishonardi.

Mana shunday ijodkor, nodir istedod egasi I.Oqilovdir. I.Oqilov o'zbek milliy raqs san'ati rivojida ulkan xissa qo'shgan qobiliyat egasidir. I.Oqilov ustozlari Usta Olim Komilov, Tamaraxonim va Mukarrama Turg'unboevalardan olgan ta'limi ko'plab yangi raqslar yaratishida yordam berdi.

Isoxor Oqilov raqs san'atini boyitish uchun avvalo o'zbek xalq muzika folkloriga murojaat qilishni lozim topdi. CHunonchi, u Buxoro shashmaqomining ashula qismidagi raqsbop kuylarni tanladi. San'atkor, sovet baletmeysteri yangi ifoda vositalarini izlashi kerakligi, ayni vaqtda, har bir raqs nomerining ta'sir kuchini zo'raytirish, tomoshabinni kuldirish, quvontirish, umuman raqs kechalariga ko'proq muxlislarni jalb qilish lozimligini chuqur his etardi. Baletmeyster konsert

programmasi bilan bir qatorda Buxoro va Samarqand teatr postavovkalarida ham raqslarni sahnalashtiradi. «Farhod va Shirin», «Arshin mol-olon» singari pesalarda sahnabop raqslardan birmunchasini yaratadi.

Bu bilan shu narsani bilish mumkinki ilk o'zbek baletmeysterlari nafaqat raqslarning o'zini balki teatrda sahnalashtrilgan spektakillardagi raqslarni ham sahnalashtrishgan, bu bilan ularning naqadar serqirra ijodkor ekanini ko'rishimiz mumkun.

Xalq raqsi va sahnaviy raqs bir-birini to'ldirgan, bir - biriga ta'sir ko'rsatgan holda XX asrda muayyan bosqichlarni bosib o'tdi. Bu yo'lda muvaffaqiyatlar ham, yanglishuvlar va yo'qotishlar ham bo'lgan, albatta. Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turgunboeva, Isoxor Oqilov singari raqs ustalaridan so'ng Qunduz Mirkarimovaning ijodiy mehnati, sa'y-harakati, y yaratgan raqs kompozitsiyalari, tarbiyalab etishtirgan raqqos va raqqosalarining faoliyati tufayli xalq raqs merosi sahnaviy shakllarda XXI asrga ham o'tganligini alohida ta'kidlash mumkin.

Qunduz Mirkarimova "O'zbek raqsining malikasi" Mukarrama Turg'unboevaning maktabi ta'limini olgan edi. Bu uning keyingi hayotida, pedagoglik mahoratida ham, baletmeysterlik faoliyati ham professional bo'lishida muhim rol o'ynadi.

Ijodiy tajribasidan kelib chiqib Q.Mirkarimovaning aytishicha: "Raqs sahnalashtirish ishlari anchagina murakkab jarayon hisoblanadi. Ayniqasa yuqori, professional darajada ustoz san'atkorlar sahnalashtirgan raqslarni qayta sahnaga tayyorlash, raqs g'oyasi, dramaturgiyasi, uning nafisligi va nafosatiga putur etkazmaslik muhim masaladir. Hozirgi davrda kompyuter texnologiyalari, video, audio disklar ko'p qulayliklar tug'dirdi. Hozir raqs ijrochisi video tasmada o'z ijrosini ko'rishi, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarini ustozi bilan birga tahlil etishi, kerakli ishlarni amalga oshirishi mumkin. SHuningdek, avvalgi raqs ijrolarini, milliy raqs san'atimizning darg'alari raqsini tomosha qilishlari mumkin. Bu ham raqs san'ati ta'limida muhim o'rin egallaydi"

Qunduz Mirkarimovaning baletmeyster sifatida quyidagi raqslarni sahnalashtirgan:

• "Toshkent zangi",

• "Qo'koncha doira raqsi",

• "Yor istab",

• "Tanovar-1,2,3"

• "YAngi tanovar"

• "Toshkent tanovari",

• ''Farg'ona tanovari",

• "Namangan tanovari",

• ' 'Qo'qon tanovari",

• "Adolat tanovari",

• "Eysarviravon" (maqom),

• "O'rik gullaganda",

• "O'zbekiston qizlari",

• "Navro'z raqsi",

• "O'zbek miniatyuralari",

• "Xamsa raqsi" (Zebuniso, Uvaysiy, Nodira, Dilshod, Zulfiya)

• "Xotira",

• "Ona qalbi" (kompozitsiya),

• "Barigal" (kompozitsiya),

• "Salom ayting",

• Katta buxorcha",

• "Bisyor",

• "Olmacha anor",

• "So'zana",

"Palak", "Paxta" - milliy raqslar. "Safti munojot", "Nasir segoh", "Siraxiroj", "Dilxiroj", "Ko'za raqsi" va arab, tunis, yapon, turk, koreyscha yakka raqslar.

Qunduz Mirkarimova Buxoro, Farg'ona, Xorazim maktabi elementlaridan foydalanib raqslar qo'ygan. Chunki u katta maktab ko'rgan, Mukarrama opa maktabda ishlagani uchun yaxshi mutaxassis bo'lgan. Mukarrama Turg'unboeva ham dastlab o'qituvchilik qilib, so'ng baletmeysterlik faoliyatiga o'tgan.

O'zbek baletmeysterligini shakllanishi, usluban boyishi va o'ziga xos badiiy xususiyatlarini namoyon etish masalasini mazkur sohada muvaffaqiyatga erishgan muayyan san'atkorlar ijod yo'lini kuzatish, unga baho berish orqali o'rganish muhim bo'lib, bu raqs san'atimizdagi uslubiy rang-baranglikni aniqlashga imkon beradi. Qolaversa, milliy raqs tarixi va nazariyasini tadqiq etishda o'z ahamiyatiga ega bo'lib, bularning barchasi bugungi kun raqsshunosligining dolzarb masalalaridandir.

Go'zallik va yuksak tuyg'ular san'ati bo'lgan raqs insonni ulug'vorlikka etaklaydi. Shu boisdan raqs san'ati bilan oshno bo'lgan insonlar qalbida xamisha oydin o'ylar, ulug'vor orzular sari intilish xukmronlik qiladi. Ilmiy va tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, qo'shiq hamda raqs insoniyatning muloqot vositasi hisoblanmish nutqdan oldin yuzaga kelgan.

Mamlakatimizda o'ziga xos baletmeysterlik maktabi shakllanishida ulkan san'atkorlarning o'rni va alohida xizmati bor. Ularning o'z uslubi, yo'nalishi, o'ziga xos mahorati raqsshunoslar tomonidan baholangan.

O'tgan asr boshlarida mahoratli san'atkorlar Usta Olim Komilov va Tamaraxonim hamkorlikda qadimiy o'zbek raqslarini qayta tiklab, xalqimizga taqdim

etishda mahorat ko'rsatar ekanlar, o'z navbatida milliy baletmeysterlik jabhasiga tamal toshini qo'ygan edilar. Ularning shogirdi, o'zbek raqs san'atining malikasi Mukarrama Turg'unboeva bevosita mazkur sohada namoyon bo'lib, xalq milliy raqslarini professional sahnaga olib chiqishda va shu tariqa o'zbek milliy raqs san'atining ulkan imkoniyatlarini ko'rsatishda olamshumul ishlarni amalga oshirdi.[1.22-23]

Milliy raqs san'atimizda baletmeysterlik sohasi o'ziga xos yo'sinda shakllana borib, qator ijodkorlar o'z nomi va yo'nalishi bilan namoyon bo'ldilar. Xususan bu o'rinda o'z faoliyati bilan Buxoro mumtoz raqsi an'analari va ularning professional o'zbek raqs san'atida tutgan o'rnini ko'rsata bilgan Isoxor Oqilov, o'zbek raqs san'atida shakllangan an'analarni rivojlantirib, mumtoz, xalq va zamonaviy raqslar sahnalashtirishda o'z yo'li va uslubiga ega bo'lgan Qunduz Mirkarimova, raqslarida obrazlilik badiiyatiga sodiq qolgan va raqs spektakllari yaratishda alohida mahorat ko'rsatgan Yulduz Ismatova, raqs tabiatidagi ruhiy qudratni nozik xis qilib, ularda zamonaviy-ijtimoiy ruh ustuvorligiga erishgan Nasiba Madrahimova, maydon tomoshalari uchun maxsus xoreografik kompozitsiyalar sahnalashtirysh orqali raqs san'atining. ulkan estetik qudratini ifoda etuvchi Shokir Ahmedov qolaversa uning shogirdi, izdoshi Qodir Mo'minov kabi baletmeysterlar nomini alohida ta'kidlash o'rinlidir.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, o'zlarining butun hayotini o'zbek milliy raqs san'atimizning gullab -yashnashi uchun bag'shida etgan ustozlarimiz izini davom ettirishiz boy merosimizni asrab avaylab kelajak avlodga yetkazishimiz uchun tinmay izlanishimiz, tariximizni o'qib o'rganishimiz, baletmeysterlik san'atining rivojlanishi, yanada ravnaq topishi uchun astoydil ,sidqidildan harakat qilmog' zarurdir! Ishonamizki, yangi 3-renessanesning yorqin ijodkorlari hamda buyuk baletmeysterlari albatta o'zlarining yangi davrini yangi O'zbekistonning yangi o'zbek milliy raqs durdonalari ila xalq qalbidan joy oladi va alabatta ustozlarimiz boshlab bergan yo'lni gullab yashnatadi!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimova R. Узбекские танцы в постановке Исахара Акилова -T.: 1987.

2. Karimova R., Sobirova F. Nursafardiya xarakatlar tizimida o'zbek milliy raqslari va jangovar o'yinlari. -T.: 2008.

3. Abraykulova N.E. Raqs jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004

4. Karimova R, Sayfullaeva D. O'zbek yakka ayollar raqslari-T.: "Cho'lpon" nashriyoti. 2007

5. Фазлиева, З. К. (2020). УЗБЕК СА^НА РА^СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ. Oriental Art and Culture, (III).

6. Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE PLACE OF THE MAQOM GENRE IN THE ART OF UZBEK NATIONAL DANCE. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ICDSIIL), 3-3.

7. Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE ROLE OF THE COMPOSER IN THE ART OF CHOREOGRAPHY. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ICDSIIL), 2-2.

8. Азатова, Ф. М., & Фазлиева, З. К. (2021). "МУНОЖОТ" АСРЛАРГА ТАТИГУЛИК РА^С АСАРИ. Oriental Art and Culture, (6).

9. Фазлиева, З. К., & Абрайкулова, Н. Э. (2018). ТВОРЧЕСТВО МАРИУСА ПЕТИПА. Мировая наука, (12), 439-441.

10. Фазлиева, З. К. (2018). ВЗАИМОСВЯЗЬ ТЕОРИИ И ПРАКТИКИ В ПРОЦЕСЕ ПРЕПОДАВАНИЯ ПРЕДМЕТА" МЕТОДИКА ИЗУЧЕНИЯ УЗБЕКСКОГО ТАНЦА". Теория и практика современной науки, (4), 534-537.

11. Kamarbekovna, F. Z. (2020). UZBEK STAGE DANCE AND ITS WAY OF DEVELOPMENT. International Engineering Journal For Research & Development, 5(4), 4-4.

12. Erkinovna, A. N., & Kamarbekovna, F. Z. (2020). The role of dance in the opening of the idea of the performance and in the art of cinema. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 158-162.

13. FAZLIEVA, Z. (2015). Types of Interlanguage Phraseologycal Correspondence (Based on English and Turkish Languages). Canadian Center of Science and Education.

14. qizi Yangiboyeva, S. F., & Fazliyeva, Z. K. (2021). O'ZBEK MILLIY RAQS SAN'ATIDA MAQOM JANRINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(1), 32-35.

15. Tavakulovna, M. D., & Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE ROLE OF PHYSICAL CULTURE IN PROFESSIONAL APPLIED TRAINING IN THE UNIVERSITIES OF ARTS AND CULTURE. International Engineering Journal For Research & Development, 6(1), 6-6.

16. qizi Raxmatova, S. R. (2021). BALETMEYSTERLIK SAN'ATIDA KOMPOZITORNING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(1), 29-31.

17. qizi Yangiboyeva, S. F., & Fazliyeva, Z. K. (2021). O'ZBEK MILLIY RAQS SAN'ATIDA MAQOM JANRINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(1), 32-35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.