Научная статья на тему 'OMMAVIY BAYRAMLARDA RAQS SAN’ATI USTUVORLIGI'

OMMAVIY BAYRAMLARDA RAQS SAN’ATI USTUVORLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
422
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq / bayram / an’ana / marosim / raqs / kompozitsiya / baletmeyster / ansambl / rejissyor

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Erkinoy Yakubovna Saitova

Maqolada mustaqillik yillarida milliy an’analarga yо‘g‘rilgan ommaviy bayramlarning nishonlanishi va unda raqs san’atining о‘rni yoritilgan. Shuningdek, raqs ansambllarining takomillashuvida ommaviy bayramlarning ta’siri ilmiy, tahliliy tarzda tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY BAYRAMLARDA RAQS SAN’ATI USTUVORLIGI»

OMMAVIY BAYRAMLARDA RAQS SAN'ATI USTUVORLIGI

Erkinoy Yakubovna Saitova shakhzo da.khudoynazarova@mail .ru O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Annotatsiya: Maqolada mustaqillik yillarida milliy an'analarga yo'g'rilgan ommaviy bayramlarning nishonlanishi va unda raqs san'atining o'rni yoritilgan. Shuningdek, raqs ansambllarining takomillashuvida ommaviy bayramlarning ta'siri ilmiy, tahliliy tarzda tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: xalq, bayram, an'ana, marosim, raqs, kompozitsiya, baletmeyster, ansambl, rejissyor.

THE PRIORITY OF THE ART OF DANCING ON PUBLIC HOLIDAYS

Erkinoy Yakubovna Saitova shakhzo da.khudoynazarova@mail .ru State Academy of Choreography of Uzbekistan

Abstract: the article highlights the celebration of mass holidays, which were introduced to national traditions in the years of independence, and the role of dance art in it. Also, the influence of mass holidays in the improvement of dance ensembles was studied scientifically, analytically.

Kaywords: folk, holiday, tradition, ritual, dance, composition, ballet master, ensemble, director.

O'zbek xalqining paydo bo'lish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an'analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma'naviy ehtiyojlari zamirida paydo bo'lib, shakllanib, sayqallanib o'z mazmunida shu xalqning orzu-oylari, istaklari, turmush-tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko'z qorachig'idek avaylab-asrab, taraqqiy ettirmog'i, kelgusi avlodlarga ma'naviy qadriyat sifatida yetkazmog'i kerak. An'analar, urf-odatlar, marosim va bayramalr xalqning, millatning ma'naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir.

Biz ma'naviyatni, xalqning an'anasi, urf-odatlarini, bayramlarini bejizga tilga olmadik. Har bir xalqning o'z turmush tarzi, yashash sharoiti, turli xil marosim va bayramlari va shu bayramlarida ijro etiladigan kuy-u qo'shiqlari va bir-biridan jozibador raqslari mavjud.

I ibiSi^^Bl ®® http://oac.dsmi-qf.uz/

"Bayram" - turkcha so'zdan olingan bo'lib, toy, marosim, xursandchilik degan ma'noni bildiradi. Bayram so'zining turli talqinlari bor. Bizningcha, falsafiy ensiklopediyada berilgan Bayram - "insonlar xursandchiligining yig'indisi",- degan talqin eng to'g'risi deb hisoblanadi. Bayram ijtimoiy, mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan bo'lib, shodiyona, xursandchilikni vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi1.

Mustaqillik g'oyalarining keng xalq ommasiga singdirish, ulardagi yuksak fuqarolik tushunchalarini tarbiyalashda ommaviy bayramlarning tutgan o'rni beqiyosdir. Hech qaysi teatr, hatto eng kattasi ham ommaviy bayramlar insonga ta'sir qilgandek, ko'plab xalq ommasiga ta'sir qila olmaydi. Shuning uchun ham ommaviy bayramlar rejissorining jamiyat oldidagi mas'uliyati judayam katta.

Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlari aks ettirgan "ko'zgu" dir. Bayram insonlarning estetik kechinmalariga ta'sir qilib, shaxsning ma'naviy dunyosini boyitgan vositadir. Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga bo'lgan hurmat, ehtirom egallab, insonlarga badiiylik, san'at orqali estetik zavq bag'ishlashdek vazifalar ustuvor turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa, stenariychi, rejissor ishlatilayotgan materiallarning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularning badiiy uslublari yordamida sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta javobgarlikni talab qiladi. Bunday tadbirlar insonlarning ijtimoiy-psixologik talablariga javob berib, mayda guruhlardan ommaviylikka o'tib, shaxslarning ommaviy harakatidagi faolliklarini oshirib, bayramona dam olishdek sharoitni yaratishga turtki bo'ladi.

Katta maydonlarda, bog'larda, ko'chalarda o'tkazilayotgan ommaviy tadbirlar nafaqat, ommaviy hatti-harakatni yuzaga keltiradi, balki kornavallar, sayllar, festivallarda estetik zavq bag'ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini oshirib, bayramona kayfiyatni vujudga keltiradi. Darhaqiqat, bayramlar millatning, jamiyatning moddiy va madaniy sohalaridagi eng yaxshi tomonlarini ko'rsatib beradi.

"Shubhasiz, eng katta boyligimiz - xalq orasida, hayotda yashab kelayotgan rango-rang raqs madaniyatidir. Aksar u zamon to'fonlarini yengib, bizgacha yetib kelgan. U hamon ikki yo'nalishda yashab kelmoqda: biri - ijtimoiy va maishiy hayotda xalq marosimlari va bayramalari tarkibida namoyon bo'lib kelayotgan chinakam xalq raqslari, ikkinchisi - malakali baletmeysterlar tomonidan yaratilgan yoki qayta ishlangan xalq raqslaridir. Bu yo'nalishlarni bir-biridan ajratish juda qiyin. Ular muttasil bir-biriga ta'sir ko'rsatib keladi. Xalq orasidagi raqs ijtimoiy hayot ta'siri va oqimida yangilanib, boyib boradi. Buni mustaqillik yillaridagi turli pog'onalarda o'tgan Navro'z va Mustaqillik bayramlarida namoyish qilingan yuzlab o'yinlar, raqslar, kompozitsiyalarda ko'rish mumkin. Qancha unitilgan raqslar

1 Ahmedov F. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. T., 2008, 5-b.

89

tiklangan, ne-ne yangi raqslar kashf etilgan. Xalq o'z qalbida, xotirasida asrab-avaylab kelgan buloqlarning ko'zlari ochilgandek"2.

Darhaqiqat, mamlakatimiz, go'zal diyorimiz mustaqillikka erishgandan so'ng u yanada gullab-yashnadi va tobora rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Bunday go'zal va jannatmakon o'lkada esa, bir-biridan mehribon, mehmondo'st o'zbek xalqi yashaydi. O'zbek xalqi qadimdan o'zining betakror urf-odatlari, an'analari, qadriyatlari, turli xil marosim-u bayramlariga ega bo'lib kelgan. Istiqlol ostonasiga qadam qoy gandan so'ng esa ular yanada avj olib, takomillashib bordi. Shular orasida ayniqsa, xalqning sevimli bayramlariga aylanib ulgurgan Mustaqillik, Navro'z bayramlari ham har yili o'zgacha shukuhda, xush kayfiyatda kutib olinadi va o'tkaziladi.

Mustaqillik bayramida aytiladigan kuy-u qo'shiqlar ham, ijro etiladigan raqslarning barcha-barchasi ham mustaqillikning naqadar buyuk ne'mat ekanini, uni ulug'vorligini yanada yuksaklarga ko'tarish nechog'lik muhim omil ekanini eslatib turadi.

O'zbekiston Mustaqillikni qo'lga kiritgach avloddan-avlodga o'tib kelgan ko'p bayramlarni qaytadan xalqimiz hayotiga kirib kelishi uchun zamin yaraldi. Mustaqillik yillarida xalqimiz hayotida muhim o'rin egallab taraqqiy topgan bayramlarning eng nufuzlilari "Mustaqillik" va "Navro'z" umumxalq bayram tantanalaridir. Ommaviy madaniy tadbirlarning ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega shunday tantanalar o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy g'urur uyg'otib, ongiga vatanparvarlik tuyg'ularini singdiradi. Insonning ommaviylik ongini shakllantirishda ham shu bayramlarni nishonlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, teatrlashgan - tomosha bayramlari azaldan turli millatlar hayotidan o'rin olgan. O'zbekistonda shunday tantana va ko'tarinkilik bilan o'tkazilayotgan bayramlarga aynan "Mustaqillik" va "Navro'z" umumxalq bayramlari kiradi.

Katta bayram tomoshalari, turli yirik ommaviy tadbirlarning ko'payib borishi yurtimizda ommaviy bayram tomoshalari rejissorlari, shuningdek, malakali xoreograf-baletmeysterlar guruhini voyaga yetkazishga hamda raqs ansambllarini takomillashtirishga sabab bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Ommaviy bayram tomoshalaridagi raqs san'ati, albatta, bayramni boshidan to ohirigacha o'zining betakror jozibasi bilan bezab turadi. Raqs avvalo bayramning ommaviy kayfiyatini hamda masshtabini aks etuvchi kuch sifatida sahnaga jalb etiladi. Bayramning katta tantanasini tomoshabin uchun visual ochib berishda rejissorlar raqs ansambl va jamoalarini sahnada reja va g'oyaga muvofiq joylashtirib faollashtiradi. Tomoshaning orqadagi fon harakati, raqqoslar kiygan rang-barang liboslarning uyg'unligi, quvonchga to'la yorqin milliy shodiyonasini gavdalashga qodir. Bu esa bayram kayfiyatini muhim jihatidir. Turli xildagi liboslar kiyib olgan

2 Qodirov M. Tovusdek tovlanar o'zbekning raqsi. Axborotnoma, T., 2001, 1-son.

I ícclT^^^^H ^ http://oac.dsmi-qf.uz/

raqqos va raqqosalarning oyin harakatlari bu jihatlarni yanada to'ldirib, boyitadi. Raqs san'atining ifoda vositalari bo'lmish - plastik harakatlar, qo'l, oyoq va gavda harakatlari, ko'z qarashlari, mimika va jestikulyatsiya orqali obraz yaratishda namoyon bo'ladi.

Konsert, odatda, bo'lak va kichik nomerlardan tashkil topadi. Asosan ularni boshlovchi (konferanse) bog'lab turadi. Spektaklda ham konsert kabi kichik sahnalar va ko'rinishlar mavjud bo'lib, ular voqealar ketma-ketligini tashkil etadi. Biroq, spektaklda har bir voqea mantiqiy ravishda keyingi bir voqeaga ulanib ketadi va qahramonlar to'sqinliklarni yenggan holda oliy maqsadlari sari harakat qiladilar. Ammo, ko'pincha konsert - tomoshalardagi nomerlar spektakl voqealaridek, mantiqiy ravishda bir-birini to'ldirib kelmasligi yoki aksincha goho bir-biriga tamoman zid bo'lishi ham mumkin. Ustiga ustak, bir nomer ikkinchi nomerdan janr doirasida bir-biridan keskin farq qilishi ham mumkin. Ana shu damda raqs uchun murakkab bo'lgan jarayon boshlanadi.

Sahnada raqslar yordamida kompozitsiyani voqeligi aks etiladi. Jumladan, keng masshtabli maydonlarni badiiy jihatlar bilan boyitish nihoyatda mushkul. Ana shu pallada rejissorlar raqslarga murojaat qiladilar.

Bayram tomoshalarda raqs yordamida badiiy obraz yaratish, albatta tadbir mavzusi va g'oyasiga bog'liq. G'oya - ssenariy muallifi, rejissor va baletmeyster fikrlarining uyg'unligida paydo bo'ladi. Konsert g'oyasi va mavzu ssenariysi ishlab chiqilayotgan paytdayoq ayon bo'lishi lozim.

Ssenariy - konsertning asosi bo'lib, uni yaratishdan oldin stenariy-muallifi tomoshaning baletmeysteri va hattoki bayram ishtirokchilarining asosiy qismi bilan tanish bo'lishi lozim. Bundan tashqari u shu ishtirokchilar (konferanse yoki boshlovchilar, xonandalar, sozandalar, raqqosalar, qiziqchilar, sirk artistlari va h.z.)ning ijro uslublari, tomosha-konsertiga qanday nomerlarni tayyorlaganliklari haqida ham ma'lumotga ega bo'lishi lozim. Stenarist ba'zida tayyor nomerni ham stenariy asosiga kiritishi mumkin bo'lgan chog'larida, ular qanday janrda va mavzuda ekanligi, uning doimiylik vaqti qancha degan savollarga javob topishlariga ham to'g'ri keladi. Ijrochilar bilan tanishib bo'lgan stenarist endi, ana shu konsert o'tkazilishi lozim bo'lgan sahnani, uning bor imkoniyatlari haqida xabardor bo'lishi ham lozim3.

Raqslarning ommaviy bayram tomoshalar uchun sahnalashtirish birmuncha murakkab vazifa. Vokal nomerning bezab turishi uchun unga ozmi-ko'pmi raqs elementlarini qo'llash kerak bo'ladi. Bitta bayram yoki tomosha uchun bir qancha baletmeysterlarning ijod mehnati singadi.

3 "Mustaqillik" va "Navro'z" umumxalq bayram tomoshalarining stenari muallifi - Abdulla Oripov, Jumaniyoz Jabborov, Rustam Musurmon (2007 y.), Iqbol Mirzo, Rustam Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev (2008-2012).

V7ZYWZ^^Ml 91

http://oac.dsmi-qf.uz/

Xususan, tabiat bayrami bo'lmish "Navro'z", insoniyatning yuksak tuyg'usini ulug'lovchi "Mustaqillik" shodiyonalarida ushbu san'atning taqlidiy raqs hatti-harakatlari (hayvon, qush, baliq va o'simliklar harakatini ifodalash, inson hatti-harakatini ko'rsatish), tasviriy raqslar (ovchi, baliqchi, temirchi, hunarmand faoliyati jarayonlari yoki biror jangni aks etuvchi harakatlar), lirik raqslar (inson tuyg'ulari, hissiyotlari, kechinmalarini bevosita yoki timsol orqali ifodalash), estetik raqslar (kuchli hissiyotni aks etuvchi harakatlar), shuningdek, udum va marosim raqslari, hamda professional raqs turlarini keng o'rin olishini ta'kidlash lozim.

Katta ochiq maydonda sahnalashtirishga mo'ljallangan raqslarda baletmeysterlardan odatda raqs matnini musiqiy matn bilan bog'liq harakterini aniq ko'rish darkor ("musiqani ko'rish effekti", matnni terib olish omili va b.). Ommaviy bayram tomoshalarida raqsning fazoviy masshtab tuzilishi ustida ishlash murakkab jarayon. Sahnada raqqoslarning fazoviy joylashuvi, ya'ni mizanstenalar, rakurslar, raqs ijro etayotganlarni o'rindan siljishi va fazoviy joylashuvi, hammasi o'zini ifodaviylik kuchiga ega. Raqsning fazoviy yechimi oddiy va murakkab, simmetrik va asimmetrik, bir planli yoki ko'p planli bo'lishi mumkin. Mizanstenalar va sur'atlarni ketma-ketligi o'zining rivojlov mantiqiga ega (sahna harakatini dadillashuvi yoki susayib borishi). Bu mantiq sahna harakatining o'zaro harakteriga boysunadi (abstraktli yoki harakat-bayonotli).

Rejissor bilan baletmeyster raqslarning kompozitsion yechimi va ko'rinishi, raqs matni, rivojlanish mantiqi boyicha kamchiliklarni bartaraf qilib, fikr - mulohazalarni tinglab, bir umumiy mulohazaga kelgandan so'ng, nomerlar texnik- mahorat nuqtai nazardan "tozalanadi" (ohang va ritmlar, ijro amplitudasi, ijro aksentlar qayta ishlanadi), aktyorlik tomondan ham emotsional bo'yoqlar aniqlanadi, ijrochilar bilan muloqotlar evolutsiyasi aniq belgilanadi.

Bayram tomoshalarining ko'rki va jozibasini ochib turuvchi raqs liboslari haqida alohida to'xtab o'tish lozim.

Ma'lumki, raqqosaning libosi raqs obrazlariga aniqlik beradi. Shunga ko'ra har bir raqs o'z libosi bilan yanada mukammallik kasb etadi va yanada go'zal ko'rinish beradi. Liboslarni bayram mavzusi va g'oyasiga monandligi nihoyatda katta ahamiyatga ega.

Liboslar dastlab eskizlar tarzida havola etiladi. Buning uchun raqsning asosiy mezonlari belgilanadi va ularga asoslanib libos yaratiladi. Xususan, libosning shakl-shamoili, ifodaviyligini aks etuvchi komponentlarga (konstruktiv detallar, rang sifati, matoning ustki fakturasi, sahna chiroqlari nurlanishida matoning rang o'zgarish tabiatiga) alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Chunki ular musiqiy raqs obrazini oshirishga imkon berishi lozim (personajlar, gavda harakatlari, qo'l harakteriga mosligi va b.).

Demak, ommaviy tomoshalaming tarkibiga kirgan raqslarni maromiga yetkazib, tamoshabinlarga badiiy - estetik zavq ulashda, sahnada nafaqat yakkaxon va ommaviy chiqishdagi raqqosalarning iste'dodiga bog'liq, balki, bir katta ijodiy guruh izlanishlari (ommaviy tomoshalar rejissori, sahnalashtiruvchi rejissorlar, bosh baletmeyster va baletmeysterlar guruhi, liboslar boyicha rassomlar, pardozchilar va b.) samarali mehnati evaziga amalga oshiriladi.

Bayram tomoshalaridan o'rin olgan yakkaxon, guruhli, ommaviy raqslar, xoreografiya va o'zbek raqs san'atining barcha uslublari, shakl ko'rinishlari, janrlari hamda ijrochilik maktablarining eng sara an'analari davom etib, kamol topayotganligini isbotidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmedov F. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. T., 2008, 355-b.

2. Qodirov M. Tovusdek tovlanar o'zbekning raqsi. Axborotnoma, T., 2001, 1-

son.

3. "Mustaqillik" va "Navro'z" umumxalq bayram tomoshalarining stenari muallifi - Abdulla Oripov, Jumaniyoz Jabborov, Rustam Musurmon (2007 y.), Iqbol Mirzo, Rustam Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev (2008-2012).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.