Научная статья на тему 'O’ZBEK MILLIY RAQS SAN’ATIDA MAQOM JANRINING O’RNI'

O’ZBEK MILLIY RAQS SAN’ATIDA MAQOM JANRINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
727
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqs san’ati / janr / tur / maqom / ta’lim tizimi / fan / dance / genre / type / status / education system / science

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sevinch Faxriddin Qizi Yangiboyeva, Z.K.Fazliyeva

Ushbu maqolada raqs san’atning eng umumlashgan va emotsional turlari, janr va shakllari, “maqom” san’atining raqs san’atidagi о‘rnining beqiyosligi hamda “Maqom” janrining xoreografiya ta’lim tizimida “о‘zbek raqsini о‘rganish uslubiyoti” va “baletmeysterlik san’ati” fanlari dasturiga kiritilgandagi yutuqlari qanday bо‘lishi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF THE MAQOM GENRE IN THE ART OF UZBEK NATIONAL DANCE

In this article, the most generalized and emotional types of dance, genres and forms, the uniqueness of the place of the art of "maqom" in the art of dance and the study of Uzbek dance in the system of choreography of the genre "Maqom" methodology ”and“ the art of choreography ”.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MILLIY RAQS SAN’ATIDA MAQOM JANRINING O’RNI»

O'ZBEK MILLIY RAQS SAN'ATIDA MAQOM JANRINING O'RNI

Sevinch Faxriddin qizi Yangiboyeva

Z.K.Fazliyeva

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqs san'atning eng umumlashgan va emotsional turlari, janr va shakllari, "maqom" san'atining raqs san'atidagi o'rnining beqiyosligi hamda "Maqom" jamming xoreografiya ta'lim tizimida "o'zbek raqsini o'rganish uslubiyoti" va "baletmeysterlik san'ati" fanlari dasturiga kiritilgandagi yutuqlari qanday bo'lishi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: raqs san'ati, janr, tur, maqom, ta'lim tizimi, fan

THE PLACE OF THE MAQOM GENRE IN THE ART OF UZBEK

NATIONAL DANCE

Sevinch Fakhriddin qizi Yangiboyeva

Z.K.Fazliyeva

Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: In this article, the most generalized and emotional types of dance, genres and forms, the uniqueness of the place of the art of "maqom" in the art of dance and the study of Uzbek dance in the system of choreography of the genre "Maqom" methodology "and" the art of choreography "

Keywords: dance, genre, type, status, education system, science

Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati

0 'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma 'naviy hayotimizda muhim o 'rin egallaydi. Asrlar davomida ulug' shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san 'at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e 'tibor qozongan.

Shavkat Mirziyoyev, O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Raqs - san'atning eng umumlashgan va emosional turlaridan bo'lib, u insonning badiiy tafakkurini, ma'naviy ongini va dunyoqarashini rivojlantiradigan jarayonlardan biridir. O'zbek milliy raqs san'atimizning turli-tuman janr va shakllari mavjud bo'lib, ularning ichida "Maqom" janri eng mukammal janr, o'zining o'zgacha uslubi, va betakror jozibasi bilan ajralib turadi. Xo'sh, "maqom" o'zi nima? "Maqom so'zi

1 ibiSi^^Bl 32 http://oac.dsmi-qf.uz

arabcha "joy", "makon", "o'rin", "daraja" kabi ma'nolarni anglatadi. Bu islom, adabiyot, tasavvuf ilmiy-amaliy yo'nalishlarda va boshqa sohalarda ham keng qo'llanilib, maxsus ibora sifatida musiqa san'atida eng ko'p va xilma-xil ma'nolarda ishlatiladi" [1]

Raqsda "maqom" san'ati "mumtoz raqs" janrining bir qismi hisoblanib, asrlar davomida avloddan avlodga, ustoz-shogird an'anasi orqali bizgacha yetib kelgan. Maqom yirik turkum va asar janri sifatida mumtoz musiqa toifasiga kiradi. Musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan u o'zining badiiy mukammalligi, kuy va shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va amaliy asoslarining puxta ishlanganligi bilan farq qiladi. Turli xalqlar madaniyatida "maqom" iborali asar va turkumlar mavjud: maqom (o'zbek va tojik), mug'om (ozarbayjon), muqom (uyg'ur), dastgoh (eron) no'ba (mag'rib) kabi iboralarning variantlari keng tarqalgan.

Qadimiy o'zbek tarixida "maqom" raqsi ijodkorlari uzoq muddat davomida raqs shakllarini to'plash, saralash va sayqal berish ustida tadqiqotlar olib borilgan, ularni tizimlashtirgan olimalarning nomi saqlanib qolmagan - deydi L.Avdeyeva.

Biroq, bizga ushbu bebaho merosni o'zlaridan oldingi avlodlardan qabul qilib, uni o'nlab yillar va asrlar mobaynida ko'z qorachig'idek saqlab kelgan ko'pgina ijrochilarning nomlari ma'lum. "Mashhur ustalar, an'anaviy raqs ijrochilari va musiqachi - akkompaniatorlar - Ahmadjon Umrzoqov, Yusufjon qiziq Shakarjanov, Mixal xonim Xaimova, Boqojon Saydullayev, Tamaraxonim va boshqalar XIX asr oxiri- XX boshlarida yashab o'tgan o'nlab taniqli raqs ustalarining nomlarini aytishgan" Biroq, birinchi manbalardan olingan ushbu ma'lumotlar ham afsonaviy tusga ega" [2. 98bet]. Shu o'rinda, Prezidentimizning 2017-yil 17- noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi qarorida maqom san'atini chuqur o'rganib, o'ziga xos ijro maktablari va an'analarni yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning "oltin fondi"ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ'ib qilish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Yurtboshimiz bu qarorda, "Ayni vaqtda milliy o'zligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyg'ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san'atining keng imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti", deb ta'kidlab o'tganlar.

Albatta, "Kelajak- yoshlarning qo'lida" degan iborani ko'p ta'kidlaymiz. Shuning uchun ham avvalo, hozirgi kunda yoshlarga madaniy merosimizni, milliy mafkuramizni anglab yetishlarida "maqom" san'atining o'rni beqiyosdir. Shu o'rinda, O. Ibrohimovning "Maqom - bu sadolarda in'ikos etgan hikmatlardir. Insonning ruhiy-ma'naviy kamoloti sari yuksalishi va shu tariqa chin haqiqatga erishuvi bu hikmatlar o'zagini tashkil etadi." [ 2.18b ] kabi jumlalarini keltirib o'tish joizdir.

Milliy raqs san'atimizda, maqom janrini hozirgi kunda raqs ustalaridan, Qunduz Mirkarimova, Qodir Mo'minov, Gulmira Madrahimovalar kabi boshqa baletmeysterlar

I icclT^^^^H 33 http://oac.dsmi-qf.uz

tomonidan raqslar sahnalashtirilib, yosh raqqos va raqqosalarga haqiqiy maktab bo'lmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Biroq, Respublikamizning O'zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasida o'zbek milliy raqs san'atini rivojlanishi uchun, bo'lajak xoreograflarga maqom janri chuqur o'rgatilmoqda deb ayta olamizmi? Buning uchun bizda yetarlicha o'quv qo'llanmalar mavjudmi? O'zbek raqs san'atimizning durdonasi, "maqom raqsi" ni yosh baletmeysterlarimiz o'z maromiga yetkazib sahnalashtira olishadimi? Bu kabi muammolarni tahlil qilganda o'z-o'zidan shunday savollar tug'ilaveradi. Lekin, ijod bor joyda kamchilik ham bo'ladi-da deb ketaveramiz. Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev e'tirof etganidek, "Yaratganning o'zi ijod ahliga shunday noyob iste'dod va salohiyatni ato etganki, bunday xususiyat, bunday fazilat har kimga ham nasib etmaydi"

Shu o'rinda, yuqorida keltirilgan savollarga javob topish uchun tinimsiz izlanishlar olib borish kerak. Avvalambor, xoreografiya ta'limi tizimida "maqom" janrining kelib chiqish tarixini, uning turlari va yo'nalishlarini mukammal o'rgatilishi uchun yangi o'quv - qo'llanmalar, video va audio materiallar talabalarga tadbiq etilsa samarali natijaga erishish mumkin. Hozirgi kunda Akademiyada Maqom janrining -Toshkent - Farg'ona, Buxoro va Xorazm yo'nalishlarini chuqur o'rgatilishiga erishsak, raqs san'atida katta yutuq bo'lar edi.

Ta'kidlash joizki, bu yo'nalishlarning ijro uslublari, harakatlari va liboslari bir-biridan tubdan farq qiladi. Xar bir raqs maktabining o'ziga xos bo'lgan harakat va ijro uslubi bo'lgani kabi, maqom janrida ham o'zining turli yo'nalishlari mavjud. "Ya'ni, shakllarga birlashtirilgan va elementlarga taqsimlangan o'zbek maqom raqsi - bu erkin improvizatsiya emas, balki sistemadir" deydi L.Avdeyeva.[3.34b]

Hozirda aynan shu tizimni ishlab chiqishni vaqti kelmadimikan... nima deb o'ylaysiz? Ya'ni har bir maqom yo'nalishlarining oyoq va qo'l harakatlari, gavda va bosh holatlarini to'g'ri ijrosi uchun, amaliy va nazariy bilimlarni oshirib yangilangan darslik va o'quv- qo'llanmalar ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Shu o'rinda, Isoxor Oqilov tomonidan sahnalashtirilgan "Mavrigi" raqsi, Qunduz Mirkarimova sahnalashtirgan "Munojot" (ommaviy) raqslari kabi merosiy raqslarimizni ham yosh xoreograflarga o'rgatib borilsa, Maqom san'atimizning avloddan avlodga o'tib kelayotgan an'anasini yanada boyitgan bo'lar edik.

Xulosa qilib aytganda, xalqimizning noyob durdonasi sanalgan Maqom janrini chuqur o'rganish va mukammal ijro etish yo'lida olib boriladigan izlanishlar o'z natijasini berish uchun avvalo, ta'lim tizimidagi o'rnini mustahkamlab, yosh xoreograflarga targ'ib etilsa, nafaqat yurtimiz balki, dunyo sahnalarining cho'qqisiga olib chiqishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zRe Prezidenti SH.M. Mirziyoyev PF -6000 -sonli farmoni. T: 2020 y.

I ibiSi^^Bl 34 http://oac.dsmi-qf.uz

2. F.Karomatov "San'at va musiqiy meros. Maqom haqida" maqola T: 2018

3. L.Avdeyeva "O'zbek raqs tarixidan". Mukarrama turg'unboyeva nomidagi "O'zbek raqs" birlashmasi T.: 2001 y, 34,98 bet

4. O. Ibrohimov "Maqom asoslari" o'quv qo'llanma. T.: 2018 y 18 bet

5. Фазлиева З. К. УЗБЕК СА^НА РА^СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

6. Kamarbekovna, F. Z. (2020). UZBEK STAGE DANCE AND ITS WAY OF DEVELOPMENT. International Engineering Journal For Research & Development, 5(4), 4-4.

7. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/oltin-meros/fayzulla-karomatov-maqomlar-shahrisabz-maqom.html

8. http: //www. classicmusic. uz/maqomlar_tarixiga_doir.htm

References

1. O'zRe Prezidenti SH.M. Mirziyoyev PF -6000 -sonli farmoni. T: 2020 y.

2. F.Karomatov "San'at va musiqiy meros. Maqom haqida" maqola T: 2018

3. L.Avdeyeva "O'zbek raqs tarixidan". Mukarrama turg'unboyeva nomidagi "O'zbek raqs" birlashmasi T.: 2001 y, 34,98 bet

4. O. Ibrohimov "Maqom asoslari" o'quv qo'llanma. T.: 2018 y 18 bet

5. Фазлиева З. К. УЗБЕК САДНА РА^СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

6. Kamarbekovna, F. Z. (2020). UZBEK STAGE DANCE AND ITS WAY OF DEVELOPMENT. International Engineering Journal For Research & Development, 5(4), 4-4.

7. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/oltin-meros/fayzulla-karomatov-maqomlar-shahrisabz-maqom.html

8. http: //www. classicmusic. uz/maqomlar_tarixiga_doir.htm

35

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.