Scientific Journal Impact Factor
O'ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA ISLOM BANK XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Almuradov Oybek Abdullayevich Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada islom bank mahsulotlari va xizmat turlarining ana'naviy bank xizmat turlaridan farqlari, shuningdek, afzalliklari va tobora ungan bo 'lgan qiziqishlarning asosiy sabablari to 'g 'risida to 'xtalib o 'tilgan. Shuningdek, O 'zbekistonda islom bank xizmatlari bozorini rivojlantirish borasidagi ilk qadamlar to 'g 'risida ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: islom banki, islom moliyasi, mudoraba, mushoraka, ana'anaviy kreditlash, islom oynasi, sokuk, ijara, salam
Аннотация. Этой научной статье рассматриваются отличия продуктов и услуг исламского банкинга от традиционных банковских услуг, а также их преимущества и основные причины растущего интереса. В нем также представлена информация о первых шагах в развитии рынка исламского банкинга в Узбекистане.
Ключевые слова: исламский банкинг, исламские финансы, мудараба, мушарака, традиционное кредитование, исламские окна, сукук, рента, салам
Annotation. This research article examines the differences between Islamic banking products and services from traditional banking services, as well as their benefits and the main reasons for the growing interest. It also provides information on the first steps in the development of the Islamic banking market in Uzbekistan.
Key words: islamic banking, islamic finance, mudaraba, musharaka, traditional lending, islamic windows, sukuk, rent, salam
Islom diniga e'tiqod qiluvchilar ko'pchilikni tashkil qilishiga qaramay, O'zbekistonda shu vaqtgacha Islomiy moliya sohasi Markaziy Osiyodagi qo'shni mamlakatlarga qaraganda deyarli rivojlanmagan, vaholanki ushbu sohaning rivojlanishida mamlakat juda katta salohiyatga ega. Buni yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar (Islom Taraqqiyot Banki Guruhi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Osiyo Taraqqiyot Banki va b.) ekspertlari tomonidan e'tirof etgan.
Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ham 2020 yil 29 dekbrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo'yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi" deb, ta'kidlagan edilar [1].
Bank-moliya tizimidagi xalqaro tanazzul oqibatida va moliya bozori infratuzilmasining tubdan takomillashtirishga bo'lgan extiyoj samarasi o'laroq, investitsiyaviy moliyalash hamjamiyatining moliyalashtirishning islomiy shakliga bo'lgan e'tibori sezilarli darajada ortdi.
Zamonaviy sharoitda global miqyosda islomiy moliyalashtirish segmenti eng tez rivojlanayotgan yo'nalishlardan biri hisoblanadi: «banklarning spekulyativ faoliyati tanazzuli vaqtida islomiy institutlari foydasi yiliga 15-20 foizga, aktivlari esa 20 foizdan ziyod o'sib bormoqda va 2020 yil uchun Islom dunyosining global bank aktivlarining yillik aylanmasi 1300 milliard dollardan ortiqroqga baholanmoqda [2].
Islomiy bank ishining etarlicha intensiv rivojlanishiga talabning ortishi va musulmon davlatlari tomonidan moliyaviy resurslarning sezilarli darajada to'planishi sabab bo'ladi. Arab davlatlarining moliya bozorlari faol rivojlanib borayotgani va g'arbiy kompaniyalar o'rtasida xorijiy investorlarni jalb qilish uchun raqobat mavjudligini hisobga olsak, islomiy banklarning o'sish tendentsiyasi davom etishini ta'kidlash mumkin. Bu islomiy banklar faoliyatini yanada kengroq tahlil qilish, shuningdek ularning moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini aniqlash uchun zarur shartlarni belgilaydi.
Ushbu mavzu doirasida olib borilgan tadqiqot natijasida olimlarning islomiy bank to'g'risida berilgan ta'riflarini tahlil qilib, islomiy bank xizmatlari va islom banki bo'yicha qo'yidagicha ta'rifni tuzish mumkin.
Islomiy bank xizmatlari - tijorat banklari qoshida alohida bo'lim yoki filial ko'rinishida tashkil qilingan bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarga islom shariati asosida ko'rsatiladigan bank xizmatlari majmuidir.
Islomiy bank -"Islom shariati asosida bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to'lovlarni amalga oshirish, omonatlarga pul mablag'larini jalb etish, jismoniy va yuridik shaxslarni moliyalashtirish hamda boshqa bank xizmatlarini amalga oshiruvchi tijorat tashkilotidir" Shariat (Islom dini qonunlari majmuasi) ushbu operatsiyalarning qonuniy bo'lishini talab qiladi. Ya'ni, shariat tomonidan ruxsat beriladigan jamiyat uchun xavfsiz bo'lgan ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtiradi va har qanday operatsiyalar bo'yicha foizlarni to'lash yoki olishni taqiqlaydi (Bashir, Xassan, 2004).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Scientific Journal Impact Factor
Yuqoridagi olimlaming fikrlarini o'rganib ,xulosa qiladigan bo'lsak, islomiy bank shariat tamoyillari asosida mijozlarga xizmat ko'rsatadigan tijorat tashkilotidir.
Ilmiy ishni amalga oshirishda tijorat banklarida islom bank darchalarini tashkil etishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli yo'nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.
Turli so'rovnoma va tadqiqotlar natijalaridan ma'lumki, ko'pchilik islomiy va an'anaviy banklar tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar va bank xizmatlar o'rtasidagi tafovutni to'liq talqin qilib berolmaydi. Ayrimlar islom banklari tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar hozirgi kunda mavjud an'anaviy bank mahsulot va xizmatlarining shunchaki nomini o'zgartilgan shakli ekanligini ta'kidlasalar, boshqalari islom banklari an'anaviy banklar tomonidan belgilangan "foiz"ni "daromad" deb nomlashadi va shunchaki, mijozlarni o'ziga jalb qilish uchun arabcha atamalar bilan nomlanganligini iddao qilishadi. Islom banklari faoliyatining qanday tashkil etilganligi va qanday asoslarga muvofiq olib borilishi bilan yaqindan tanishib chiqmay turib, bu kabi fikrlarni bildirish juda katta xatolik sanaladi. Chunki bunday xulosa va fikrlar islom bank xizmatlari bozorining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Albatta, islom bank xizmatlari va mahsulotlari bozori rivoji jarayonida turli muammolarga duch kelayotganligi ham ayni haqiqat. Chunki bu soha hali to'liq o'rganib bo'lingani yo'q. Ushbu jarayon davomida xatolar yuz berishini inkor etib bo'lmaydi.
Jamiyat, an'anaviy bank tizimida amal qiluvchi mijoz/omonatchi - bank, qarz oluvchi - bank kabi, asosan bank manfaatini ko'zlovchi moliyaviy munosabatlar, hamda islom bankchiligidagi ikki tomonning (ya'ni mijoz va bankning) birgalikdagi manfaatini inobatga oluvchi "mushoraka" (loyihalarni sarmoyaviy sherikchilik asosida moliyalashtirish), "murobaha" (oldi-sotdi shartnomasi orqali moliyalashtirish), "mudoraba" (loyihalarni ishonch asosidagi hamkorlik doirasida moliyalashtirish) "ijara" (ijara/lizing shartnomasi asosida moliyalashtirish), "istisna" (ishlab chiqarish sohasi loyihalarini moliyalashtirishga asoslangan shartnoma), "salam" (asosan qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan, oldindan moliyalashtirishni ko'zda tutuvchi shartnoma), "sukuk" (qimmatli qog'ozlar yordamida moliyalashtirish) kabi iqtisodiy-moliyaviy hamkorlik munosabatlari o'rtasidagi farqni anglashi va ikki
TADQIQOT METODOLOGIYASI
TAHLIL VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
tomon uchun ham birdek manfaatli bo'lgan bunday tizim, zamonaviy bank-moliya sohasini rivojlanishiga ham yordam berishi mukinligiga ishonch hosil qilishi kerak
Islom banklari o'z mijozlari bilan hamkorlik qilish orqali ular bilan tadbirkorlikning har qanday turiga xos bo'lgan xatarlarni bo'lishishini, xatarlarni bo'lishish darajasi esa loyihalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihasi, hamda moliyalashtirish uchun qo'llanilayotgan mahsulot turiga bog'liq bo'lishini tushunib yetish, jamiyat a'zolariga bu tizim imkoniyatlaridan to'la ravishda bahramand bo'lish imkonini beradi, hamda islom bankchiligining yanada rivojlanishini ta'minlaydi [3].
Islom banki duch keladigan xatarlar. Islom banki tomonlarning mavqe va rollariga qarab turli bosqichlarda turlicha xatar va tavakkalchilikka boradi. Tabiiyki, zamonaviy islom banklari xatar va tavakkalchilik darajasini kamaytirishning samarali vositalarini ishlab chiqishgan, hatto ayrim hollarda ular islom moliyasining asl mohiyatiga xos bo'lgan xatarlarni bo'lish/taqsimlash tamoyillariga muvofiq bo'lmaganligi tufayli islom bank-moliya sohasiga bo'lgan ishonchga putur yetkazadi.
Shunday bo'lsa ham, har bir islom moliya mahsuloti bank tomonidan qabul qilinadigan turli tuman xatar va tavakkalchiliklarni namoyish etadi (bu esa, asosan kredit qaytmasligi xatari muammosiga ega an'anaviy banklardan farq qiladi). Masalan, agar islom banki mushoraka shartnomasi doirasida aksiyadorlik jamiyatiga kirsa, hamkorlik davom etguniga qadar zarar ko'rish xatariga ega bo'ladi. Murobaha bitimida bank mulkka (aktiv) egalik qilish davri mobaynida (ya'ni shu mulk sotilguncha) shu mulkni yo'qotish xatariga ega bo'ladi. Ijara shartnomalarida esa bank mulkka egalik huquqi mijozga o'tguniga qadar xatarga ega bo'ladi. Shu tariqa, islom bankchiligi tavakkalchilikning foydaga bo'lgan nisbati iqtisodiy jihatdan oqilona ekanligini namoyish etadi. Bunday bank tizimi mijozlarning ham, keng jamoatchilikning ham ehtiyojlarini qondiradi va boyliklarning adolatli taqsimlanishiga imkoniyat yaratadi [4].
O'zbekistonda islom bank xizmatlari bozori faoliyatini tashkil etish bo'yicha ilk qadamlar
Islom diniga e'tiqod qiluvchilar ko'pchilikni tashkil qilishiga qaramay, O'zbekistonda shu vaqtgacha Islomiy moliya sohasi Markaziy Osiyodagi qo'shni mamlakatlarga qaraganda deyarli rivojlanmagan, vaholanki ushbu sohaning rivojlanishida mamlakat juda katta salohiyatga ega. Buni yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar (Islom Taraqqiyot Banki Guruhi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Osiyo Taraqqiyot Banki va b.) ekspertlari tomonidan e'tirof etgan. Shu bilan birga, so'nggi
[2].
Scientific Journal Impact Factor
yillarda xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu yo'nalishda ba'zi bir ishlar amalga oshirildi.
Jumladan: Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) va uning guruhi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, xususan Xususiy Tarmoqni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (ICD), Xalqaro islom savdo moliya korporatsiyasi (ITFC) va Islom tadqiqotlar va treninglar instituti (IRTI) mamlakatda islom moliyasi rivojlanishida o'z hissalarini qo'shgan holda, hozirgi kunga qadar 2 milliard AQSh dollaridan ziyod mablag'ni Islomiy moliya tamoyillari asosida moliyalashtirish maqsadlariga yo'naltirgan.
Bundan tashkari, O'zbekistondagi bir nechta oliy o'quv yurtlari o'z ta'lim dasturlarini Islom moliyasiga doir fanlarni hisobga olgan holda tayyorlay boshladi. Shuningdek, joriy qonunchilikdan kelib chiqqan holda biznes vakillari ham islom moliya xizmatlarini taklif kilishni boshlab yubordi.
O'zbekistonda qator islomiy lizing kompaniyalar faoliyat ko'rsatmoqda.
Jumladan, 2019 yilda mamlakatda birinchi «O'zaro» islomiy sug'urta kompaniyasi o'z faoliyatini boshladi. O'zbekistondagina emas, balki MDH davlat lari ichida birinchilardan bo'lgan elektron-Murabaxa (Murabaxa savdo bitimi asosidagi moliyaviy mahsulot) platformasi ishlab chiqildi. IsBF (Islamic Business and Finance) nomli birinchi Islom moliya masalalari bilan shug'ullanuvchi kompaniya (asosiy faoliyati ushbu sohada konsalting xizmatlari ko'rsatish) tashkil etildi, islom moliyasi sohasida aholi savodxonligini oshirish maqsadida "Islom moliyasi" Telegram sahifasi va veb sayti ishga tushirildi. Taiba Lizing va Al-Mulk Kapital kabi lizing kompaniyalari esa kichik va o'rta biznes vakillariga Islom tamoyillari asosidagi ijara mahsulotlari taqdim qilishni davom ettirmokda.
Shuningdek, ta'lim sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. O'zbekistonda Islom moliyasi bo'yicha bir qancha treninglar o'tkazildi, o'zbek tilida Islom moliyasiga oid kitoblar nashr etildi.
Malayziyalik professor Sudin Horunning «Islomiy moliyalar va bank tizimi: Falsafasi, tamoyillari va amaliyoti», qozog'istonlik iqtisodchi Yerlan Baydauletning «Islomiy moliya asoslari» va rossiyalik Rinat Bekkinning «Islom iqtisodiy modeli va zamon» kitoblari shular jumlasidandir.
Shuningdek, mamlakatda islom moliya xizmatlariga bo'lgan talabning yuqoriligini inobatga olgan holda ICDning Maslahat guruhi hozirgi kunda O'zbekistonning 6 ta tijorat banki, jumladan, Kapitalbank, Trastbank, Aziya Alyans bank, Agrobank, Qishloq Qurilish bank va Ipak Yo'li banklarida Islom darchalari (Islomiy moliya xizmatlari ko'rsatuvchi shoxobcha) ochish bo'yicha ish olib
Scientific Journal Impact Factor
bormoqda. Ushbu darchalar 2021 yilning boshida ishga tushishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Aloqabank, Xalq banki, Universal bank va Davr banklarda ham islom darchalari ochilishi bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, islomiy moliyaviy xizmatlar sohasi O'zbekistonning porloq kelajagi uchun muhim omil, poydevor va rivojlanish istiqboli bo'ladi, natijada o'z madaniyatida Islomning chuqur ildizlarini aks ettirgan mamlakatga xorijiy investorlarning qiziqishi ortadi va hukumat ushbu imkoniyatdan xalq farovonligi hamda mamlakatning barqaror rivojlanishida to'laqonli foydalanishga erishishi mumkin bo'ladi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, O'zbekistonda islom moliya xizmatlari sanoatining keng qamrovli joriy etilishi mamlakat uchun quyidagi imkoniyatlarni ochishiga ishonamiz:
• xorijdan kelayotgan investisiyalar hajmini oshirish va diversifikatsiyalash;
• bank tarmog'ida halol va shaffof raqobat muhitini yaratish hamda bank tizimi aktivlarini diversifikatsiyalash imkoniyatini yaratish;
• aholi va biznes vakillari ixtiyorida bo'lgan bo'sh pul mablag'larining iqtisodiyot rivojlanishida maksimal ishtirokini ta'minlash;
• mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish va diversifikatsiyalash;
• ko'plab yangi ish o'rinlari yaratish;
• aholining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali, moliya bozoridagi faolligini ko'tarish;
• Islom moliya xizmatlari industriyasini rivojlantirish orqali mamlakatda infratuzilmani muvofiqlashtirish va yangilash;
• yangi moliyaviy muassasalar tashkil qilish;
• kambag'allikka qarshi kurashish davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo'shish;
• yangi yo'nalishda kadrlar tayyorlash dasturini yaratish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2021 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti, www.president.uz
2. Беккин Р.И. Исламские финансовые институты и инструменты в мусульманских и немусульманских странах: особенности и перспективы развития. / Автореф. дисс. докт. экон. наук., 2009. - 48 c.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
3. Исхаков И.Р. Операционная структура исламского финансового института, ориен тированная на реализацию долевых методов // Актуальные проблемы экономики и права. - 2014. - № 2(30). - а 12-16.
4. Кузнецова Т. Исламский банкинг: особенности кредитования инвестиционных проектов // Финансовая жизнь. - 2015. - № 2. - а 22-25.