Научная статья на тему 'ГЛОБАЛЬНЫЙ ЭКОНОМИЧЕСКИЙ КРИЗИС COVID-19 И АНТИКРИЗИСНЫЕ МЕРЫ (ОПЫТ ЕС )'

ГЛОБАЛЬНЫЙ ЭКОНОМИЧЕСКИЙ КРИЗИС COVID-19 И АНТИКРИЗИСНЫЕ МЕРЫ (ОПЫТ ЕС ) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
470
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Review of law sciences
Область наук
Ключевые слова
пандемия Covid-19 / экономика ЕС / глобальный экономический кризис / Европейская комиссия / антикризисные меры / фискальная политика / Европейский стратегический инвестиционный фонд / программы социальной защиты / малый и средний бизнес. / Covid-19 pandemic / European Union economy / global economic crisis / European Commission / anti-crisis measures / fiscal policy / European Strategic Investment Fund / social protection programs / small and medium-sized businesses.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jurayev Jahongir

В этой статье рассматриваются глобальный экономический кризис Covid-19, его причины и последствия, влияние на развитые и развивающиеся экономики мира, а также антикризисные меры, наносящие серьезный ущерб мировой экономике. В статье также анализируется экономический кризис в экономике Европейского союза, вызванный пандемией Covid-19, который распространяется по всему миру, и быстрое реагирование на него. В частности, были изучены текущие показатели макроэкономических показателей экономики Европейского союза в условиях экономического кризиса, антикризисные меры в секторах и отраслях экономики, а также то, как кризис может повлиять на будущее Европейского союза. При этом были изучены направления антикризисных мер, разработанные Еврокомиссией, источники созданных трастовых фондов и их практическая эффективность. Кроме того, рассмотрены содержание принимаемых государством мер по фискальной и денежно-кредитной политике в качестве меры по предотвращению кризиса во время пандемии в нашей стране, деятельность Антикризисного Фонда при Минфине и фонда «Доброта и поддержка», созданного постановлением правительства.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EUROPEAN UNION ECONOMIC CRISIS AND ANTI-CRISIS MEASURES IN THE CONTEXT OF THE COVID-19 PANDEMIC

This article examines the Covid-19 global economic crisis, which is causing serious damage to the global economy, its causes and consequences, its impact on the developed and emerging economies of the world, and anti-crisis measures. The article also analyzes the economic crisis in the EU economy caused by the Covid-19 pandemic that is spreading globally and the rapid measures to prevent this crisis. In particular, the current macroeconomic indicators of the EU economy in the context of the economic crisis, anti-crisis measures in economic sectors and industries, and how the crisis may affect the future of the EU are discussed. At the same time, the directions of anti-crisis measures developed by the European Commission, the sources of established trust funds and their practical effectiveness are considered. In addition, the content of measures taken by the state on fiscal and monetary policy measures taken by the government as a measure to prevent the crisis during the pandemic in our country, the activities of the Anti-crises Fund under the Ministry of Finance and the Fund of “Generosity and Assistance” established by the government decree are demonstrated.

Текст научной работы на тему «ГЛОБАЛЬНЫЙ ЭКОНОМИЧЕСКИЙ КРИЗИС COVID-19 И АНТИКРИЗИСНЫЕ МЕРЫ (ОПЫТ ЕС )»

UDC: 32 (042)(575.1)

Jo'rayev Jahongir

Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi E-mail: zhuraev9191@gmail.com

COVID-19 GLOBAL IQTISODIY INQIROZI VA UNGA QARSHI CHORALAR (YEVROPA ITTIFOQI TAJRIBASI)

Annotatsiya. Mazkur maqolada global tarzda jahon iqtisodiyotiga juda katta jiddiy zarar yetkazayot-gan Covid-19 global iqtisodiy inqirozi, uning kelib chiqish sabab va oqibatlari, jahonning rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlariga ta'siri, inqirozga qarshi kurashish chora-tadbirlari tadqiq qilingan. Shu-ningdek, maqolada global tarzda keng tarqalib borayotgan Covid-19 pandemiyasi oqibatida Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz va unga qarshi tezkor choralar tahlil qilingan. Xususan, mazkur iqtisodiy inqiroz sharoitida yuzaga kelgan Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotining makroiqtisodiy indikatorlarining joriy ko'rsatkichlari, iqtisodiy tarmoq va sohalarda joriy etilgan inqirozga qarshi choralar hamda inqirozning Yevropa Ittifoqi kelajagi uchun qanday ta 'sir etishi mumkinligi tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Yevropa Komis-siyasi tomonidan ishlab chiqilgan inqirozga qarshi choralaryo'nalishlari, tashkil etilgan maqsadli jamg'ar-malar manbalari hamda ularning amaliy samarasi o'rganib chiqilgan. Bundan tashqari, mamlakatimizda pandemiya davrida hukumat tomonidan amalga oshirilgan inqirozning oldini olish chora-tadbirlari sifatida davlat tomonidan amalga oshirilgan budjet-soliq va pul-kredit siyosatiga oid choralar mazmuni, Moliya va-zirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish hamda hukumat farmoyishi bilan tashkil etilgan "Saxovat va ko'mak" jamg'armalari faoliyati bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Covid-19 pandemiyasi, Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti, global iqtisodiy inqiroz, Yevropa Komis-siyasi, inqirozga qarshi choralar, fiskalsiyosat, Yevropa strategikinvestitsiyalar jamg'armasi, ijtimoiy himoya dasturlari, kichik va o'rta biznes.

Жураев Жахонгир

преподаватель Ташкентского государственного юридического университета

ГЛОБАЛЬНЫЙ ЭКОНОМИЧЕСКИЙ КРИЗИС COVID-19 И АНТИКРИЗИСНЫЕ МЕРЫ (ОПЫТ ЕС)

Аннотация. В этой статье рассматриваются глобальный экономический кризис Covid-19, его причины и последствия, влияние на развитые и развивающиеся экономики мира, а также антикризисные меры, наносящие серьезный ущерб мировой экономике. В статье также анализируется экономический кризис в экономике Европейского союза, вызванный пандемией Covid-19, который распространяется по всему миру, и быстрое реагирование на него. В частности, были изучены текущие показатели макроэкономических показателей экономики Европейского союза в условиях экономического кризиса, антикризисные меры в секторах и отраслях экономики, а также то, как кризис может повлиять на будущее Европейского союза. При этом были изучены направления антикризисных мер, разработанные Еврокомиссией, источники созданных трастовых фондов и их практическая эффективность. Кроме того, рассмотрены содержание принимаемых государством мер по фискальной и денежно-кредитной политике в качестве меры по предотвращению кризиса во время пандемии в нашей стране, деятельность Антикризисного Фонда при Минфине и фонда «Доброта и поддержка», созданного постановлением правительства.

Ключевые слова: пандемия Covid-19, экономика ЕС, глобальный экономический кризис, Европейская комиссия, антикризисные меры, фискальная политика, Европейский стратегический инвестиционный фонд, программы социальной защиты, малый и средний бизнес.

Jurayev Jahongir

Lecturer of Tashkent State University of Law

THE EUROPEAN UNION ECONOMIC CRISIS AND ANTI-CRISIS MEASURES IN THE

CONTEXT OF THE COVID-19 PANDEMIC

Abstract. This article examines the Covid-19 global economic crisis, which is causing serious damage to the global economy, its causes and consequences, its impact on the developed and emerging economies of the world, and anti-crisis measures. The article also analyzes the economic crisis in the EU economy caused by the Covid-19 pandemic that is spreading globally and the rapid measures to prevent this crisis. In particular, the current macroeconomic indicators of the EU economy in the context of the economic crisis, anti-crisis measures in economic sectors and industries, and how the crisis may affect the future of the EU are discussed. At the same time, the directions of anti-crisis measures developed by the European Commission, the sources of established trust funds and their practical effectiveness are considered. In addition, the content of measures taken by the state on fiscal and monetary policy measures taken by the government as a measure to prevent the crisis during the pandemic in our country, the activities of the Anti-crises Fund under the Ministry of Finance and the Fund of "Generosity and Assistance " established by the government decree are demonstrated.

Keywords: Covid-19 pandemic, European Union economy, global economic crisis, European Commission, anti-crisis measures, fiscal policy, European Strategic Investment Fund, social protection programs, small and medium-sized businesses.

Bugun dunyoda yuzaga kelgan vaziyat jahon mamlakatlarining har bir iqtisodiy sohalari va tar-moqlarini o'z domiga tortib ulgurdi. Butun dunyo iqtisodiyotini larzaga solib global tarzda xavf-xatar uyg'otayotgan Covid-19 pandemiyasi jahon iqtisodi-yotida tub burilishlar davri kelganini anglatmoqda.

Jahon iqtisodiyotining bugungi kungacha bosib o'tilgan tarixidan shu narsa ma'lum bo'ladiki, iqtisodiy inqirozlarning jahon xo'jaligida kengayib bo-rishi hamda uning salbiy oqibatlarining jiddiy tus olishi globallashuv mahsuli hisoblanadi. Ya'ni global iqtisodiyotda qanchalik ko'p mamlakatlarning o'za-ro iqtisodiy aloqalari yo'lga qo'yilsa, shunchalik tez inqirozlarning "ildiz otish" jarayoni yuzaga kela-di. Inqirozning yuzaga kelishi oqibatida esa dunyo bo'ylab ishlab chiqarishning to'xtashi, yuqori da-rajadagi ishsizlikning yuzaga kelishi, davlat budjeti defitsitining keskin ortishi, iqtisodiy subyektlarning bankrot bo'lish holatlarini keskin ko'payishi, ijtimoiy hayotning butkul izdan chiqishi kabi holatlarni kelti-rib chiqaradi.

Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqa-lishiga qarshi kurashishda, jumladan, insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar

faoliyatini to'xtatish orqali misli ko'rilmagan cho-ralar ko'rilmoqda. Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste'mol hajmla-rining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zan-jirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxi pasa-yishi va konyunktura yomonlashuvini keltirib chiqar-di. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo'lgan O'zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta'sir qilmoqda, bu esa ushbu holatning salbiy ta'sirlarini yumshatish bo'yicha samarali oldini oluvchi choralar ko'rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, far-masevtika va to'qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta'min-lashga alohida e'tibor qaratish zarur [1].

2019-yilda boshlangan Covid-19 pandemiyasi davrida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz, ayniq-sa, Yevropa Ittifoqi xo'jaligiga juda katta zarar kel-tirdi. Pandemiya davrida Yevropa Ittifoqi iqtisodiyo-tining aksariyat qismida umumiy tendensiyalar shuni ko'rsatdiki, mamlakatlar qishloq xo'jaligidagi kichik va o'rta korxonalar va xizmat ko'rsatish sohalari (ayniqsa, turizm, mehmonxona xizmati va umumiy

12.00.03 - ФуЦАРОЛиК хуцуци. тадбиркорлик хуцуци. ОИЛА хуцуци. ХАЛЦАРО ХУСУСий ХУЦУЦ

ovqatlanish xizmatlari) Covid-19 iqtisodiy inqiro-zidan eng ko'p zarar ko'rgan sohalarga aylandi [2].

Shuningdek, Covid-19 global iqtisodiy inqiroz eng ko'p moliya bozorlariga ta'sir ko'rsatmoq-da. Dunyo bo'ylab inqiroz oqibatida nazorat qilib bo'lmaydigan aktiv qiymatlari pasayishi zanjir reak-siyasini keltirib chiqarib qator bankrotliklarga va global moliyaviy tizim qulashiga olib kelmoqda [3].

Bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida Yevropa Ittifoqi davlatlarining birinchi navbatda-gi vazifasi fuqarolar sog'lig'i hisoblanadi. Shu bilan birga, koronavirus tarqalishi Yevropa va global iqtisodiyot uchun katta zarba bo'ldi deb ta'kidlash ayni haqiqatdir. A'zo davlatlar allaqachon sog'liqni saqlash tizimlari imkoniyatlarini oshirish va, ayniqsa, ta'sir ko'rsatadigan fuqarolar va sektorlarga yordam berish uchun budjet likvidligi va siyosat choralarini ko'rmoqda yoki qabul qilmoqda.

Yuzaga kelgan pandemiyaning odamlar hayoti va iqtisodiyotga zararli ta'sirini yumshatish uchun Yevropa Komissiyasi inqirozga qarshi keng qamrov-li iqtisodiy choralarni qabul qildi. Xususan, Yevropa Ittifoqi budjeti moliyaviy qoidalarining pandemiya sharoitlariga to'liq moslashuvchanligi, a'zo davlatlar tomonidan yordam ko'rsatish qoidalarini qayta ko'rib chiqdi va 37 milliard yevro Covid-19 ga qarshi sar-moya ajratdi. Bu borada kichik biznes va sog'liqni saqlash sektori likvidliligini ta'minlash tashabbusi eng ahamiyatli jihatlardan biri bo'ldi. Bundan tashqa-ri, Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi budjetining har bir yevrosini aholi hayoti va tirikchiligini himoya qilishga safarbar qilish uchun keng ko'lamli choralarni ishlab chiqdi. Mazkur Komissiya SURE (Favqulod-da ishsizlik riskini kamaytirishni qo'llab-quvvatlash) deb nomlangan yangi tashabbusni boshladi. Mazkur tashabbus orqali ish o'rinlarini saqlash va oilalar-ni qo'llab-quvvatlash nazarda tutildi. Shuningdek, Yevropa Komissiyasi mavjud bo'lgan barcha tarkibiy fondlarni koronavirusga qarshi reaksiyaga yo'nal-tirishni taklif qildi. Yevropa Ittifoqining sog'liqni saqlash bo'yicha birdamlik tashabbusi 3 milliard yev-roga teng bo'lib, a'zo davlatlarning sog'liqni saqlash tizimidagi ehtiyojlarini qondiradi.

Ta'kidlash lozimki, Covid-19 pandemiyasining Yevropa Ittifoqining keyingi kelajagi uchun qancha-lik muhim rol o'ynashi ko'pchilik iqtisodchilar diqqat markazidagi masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada mutaxassislar va olimlar o'zlarining ilmiy tahliliy asoslangan fikrlarini berib o'tishdi. Ko'pchilik mu-

taxassislar fikricha, bu pandemiya nafaqat Yevropa Ittifoqi davlatlarining keyingi taqdirini, balki butun jahon iqtisodiyotining global trayektoriyasini o'zgar-tirib yuborishini ta'kidlab o'tishdi.

Brusseldagi Yevropa Ittifoqi mutaxassislari agar a'zo davlatlar sog'liqni saqlash, iqtisodiyot va xavf-sizlik masalalarini o'zlaricha hal qiladigan bo'lishsa, mazkur holat Ikkinchi jahon urushidagi iqtisodiy ta-lafotlardan ham ko'p bo'lishini ta'kidlab o'tishgan.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen 2020-yil 17-mart kuni Yevropa Ittifoqi Kengashining inqirozdan chiqishga doir takliflarini ma'qulladi. Uning fikricha, bu takliflar a'zo davlatlar-dan yanada kuchli integratsiyalashishni va umumiy yechimlarni ishlab chiqishni talab qiladi.

Iqtisodiy siyosat bo'yicha yevrokomissar Paolo Jentilonining ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqi iqtisodi-yotidagi koronavirus epidemiyasi sababli inqirozni bartaraf etish uchun 1,5 trillion yevro talab qilinadi [4]. Bu summa esa avvalgi yevrohudud moliya vazir-larining iqtisodiyotni qayta tiklash uchun ajratishgan mablag'dan 3 barobar ko'p demakdir.

Iqtisodchi ekspert Mark Uzanning fikricha, mak-roiqtisodiy nuqtayi nazardan rivojlangan va rivojla-nayotgan iqtisodiyotlarning aksariyatida davlat bud-jetida misli ko'rilmagan darajada kuchli defitsit va global miqyosda haddan tashqari qarzdorlik paydo bo'ladi [5].

Iqtisodiy maslahatchilar kengashining sobiq rai-si va Garvard universiteti professori Jeyson Furman global iqtisodiyotning hozirgi noyob holatini qisqa-cha bayon qilgan. Uning fikricha, global iqtisodiyot-ning kelajagi haqida faqat bitta muvozanatli yechim bor: xavf yo'qolgunga qadar iqtisodiy harakatsizlikni amalga oshirish lozim.

Mutaxassis Yuriy Svetovning fikricha, inqiroz tu-gagach, yevropaliklarning aksariyati Yevropa Ittifoqida qolish kerakmi-yo'qmi deb o'ylab qolishlari mumkin. Bu esa Yevropa Ittifoqidagi ahvol ham siyosiy, ham iqtisodiy nuqtayi nazardan keskinlashuvini bildiradi.

Fikrimizcha, global iqtisodiyot, xususan, Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun eng katta zarbalardan biri bu fond bozorlarining qulashi bo'lishi mumkin. Bun-day iqtisodiy retsessiya davridan jahon iqtisodiyoti bir necha marta o'tgan va yetarlicha tajribaga ega. Bu esa inqirozga qarshi choralarni kutilganidek amalga oshishiga imkoniyat berishi tabiiy. Bir tomondan, odamlar uchun qiyin, boshqa tomondan esa bunday tadbirlar davolovchi ta'sirga ega. Iqtisodiy nuqtayi

12.00.03 - ФУЦАРОЛИК ХУЦУЦИ. ТАДБИРКОРЛИК ХУЦУЦИ.

оила ху;у;и. хал;аро хусусий ху;у;

nazardan mamlakatlarning makroiqtisodiy o'sish davri abadiy bo'lishi mumkin emas. Kapitalistik iqti-sodiyot har doim tanazzullar va ko'tarilishlar orqali rivojlangan. Retsessiya va ruhiy tushkunlik paytida ke-lajakda o'sish uchun zarur shart-sharoitlar to'planadi.

Boshqa tomondan olib qarasak, iqtisodiy inqi-rozlarning kelib chiqishiga asosiy sabab bu global-lashuvning kuchayishi bo'lishi mumkin. Belorusiya-lik iqtisodchi P.S. Lemeshenkoning fikricha, rasmiy ravishda inqirozlarning kelib chiqish ehtimollari oldi-sotdi shartnomalarining ikki mustaqil oldi-sotdi shartnomalariga bo'linishi va dunyo bo'ylab keng miqyosda harakatlanishidan iborat [6]. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqidek integratsiyaning eng yuqori bosqichiga erishgan mintaqada inqiroz sezilarli dara-jada bo'lishligi aniq.

Bugungi kunda pandemiya sharoitida mazkur holat qancha davom etishi mumkinligini aniq tax-min qilish qiyin. Buyuk depressiya nafaqat tarixda misli ko'rilmagan pasayish bo'lganligi uchun, balki juda uzoq vaqt - 10 yil davom etgani uchun ham jahon inqirozlari orasida ajralmas o'ringa ega bo'lgan. Ta'kidlash lozimki, bu davrda Amerika iqtisodiyoti in-qirozdan faqat urush tufayli, urushayotgan davlatlarda Amerika mahsulotlariga talab paydo bo'lgani uchun chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Ammo o'shanda iqti-sodiyotni qo'llab-quvvatlashga va rag'batlantirishga qaratilgan pul-kredit va soliq siyosati mavjud emas edi. Endi bunday choralar qoidaga aylandi.

Ta'kidlash joizki, hech qaysi davlat Xitoyda pandemiya boshlangan davrda sodir bo'lgan ishlab chiqarish to'xtashini global miqyosda tarqalishini kutmagan edi. Go'yoki Domino prinsipi bo'yicha ishlaydigan ta'minot zanjirlari uzilishi bilan ishlab chiqarish va savdodagi shok global ta'minot zanjirlari bloklanishiga olib keldi. Tovar narxlari tushib ketishi, rivojlanayotgan bozorlarga xususiy kapital oqimining kutilmagan va ommaviy to'xtab qolishiga olib keldi.

Xalqaro moliya instituti ma'lumotlariga ko'ra pandemiya boshlanganidan beri rivojlanayotgan bozor mamlakatlari aksiyalari va obligatsiyalari-dan 80 milliard dollar yo'qotish yuzaga keldi. Bu 2008-yildagi moliyaviy inqiroz davriga qaraganda deyarli to'rt baravar ko'p demakdir. Bu ko'plab rivojlangan iqtisodiyotlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlarining to'lov balansi inqirozi yuzaga kelishi xavfini tug'dirdi. Bu esa aksariyat mamlakatlarning Bretton-Vuds institutlaridan yordam so'rashlariga sabab bo'ldi. Shundan kelib chiqib taxmin qilsak,

koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli nafaqat Xitoy, Yevropa, Yaponiya va AQSH-da chuqur iqtisodiy tushkunlik, balki jahon savdosi pasayishi, kapital oqimi va tovarlar narxi tushishi sa-babli jiddiy falokat yuz berishi mumkin.

Ushbu prognozlar to'g'riligi 2008-2009-yillar-dagi so'nggi inqirozdan keyin, ayniqsa, fond bozo-rida 11 yil mobaynida davom etayotgan eng uzoq o'sish davrlaridan birini kuzatayotganimiz bilan izohlanadi. Ko'p odamlar buni pufak deb atashadi, nazariy jihatdan agar u yorilib ketsa, oxirgi inqiroz yoki 1929-yildagi katta tushkunlik bilan taqqoslan-adigan ulkan bozor halokati yuz berishi mumkin.

Ammo zamonaviy iqtisodiyotning o'tmishdagi iqtisodiyotdan farqi shundaki, hozir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning pul-kredit organlari har qanday muammolarni ularga faol ravishda pul to'lash orqali hal qilishga harakat qilmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida stavkalar doimiy ravishda pa-sayib borayotganligini ko'rsatish mumkin. Xususan, Yevropa Ittifoqining Markaziy banki kichik va o'rta biznes faolligini oshirish maqsadida bunday choralar-ni amalda qo'lladi. Natijada bu orqali iqtisodiyotda turg'unlikning boshlanishini sekinlashtirish xususi-yatiga erishiladi. Albatta, buni makroiqtisodiy barqa-rorlik nuqtayi nazardan uzoq davom ettirib bo'lmay-di. Bugungi Yevropada salbiy foiz stavkalarini bir necha o'n yillar oldin tasavvur qilib bo'lmas edi, ammo bu avvallari qo'llanilmagan tubdan yangi chora hisoblanadi. Bu iqtisodiyotning markaziy banklari tomonidan yevro barqarorligini saqlab qolish uchun amalga oshirildi.

Yevropa Ittifoqida yuzaga kelgan asosiy muammolardan biri ishloq xo'jaligi sektori barqa-rorligiga erishish hisoblanadi. Garchi bu borada yevropaliklarni yuqori sifatli va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta'minlashda barqarorlik kuzatilayotgan bo'lsa-da, Yevropa Komissiyasi oziq-ovqatlar zaxirasining tugab borishi xavfini bartaraf qilishni reja qilgan. Sog'lom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni davom ettirish uchun Yevropa Komissi-yasi fermerlar va boshqa foyda oluvchilarga zarur yordam olishlarini ta'minlash uchun bir qator aniq choralarni taklif qildi. Yaqinda qabul qilingan Itti-foq hukumati yordamining vaqtincha rejasiga binoan fermerlar har bir fermer xo'jaligiga 100,000 yevro, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va marketing kompaniyalari maksimal 800,000 yevro yordam ol-ishlari mumkin [7]. Ba'zi hollarda bu yordam sum-

masi 25,000 yevrogacha to'ldirilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, har bir fermer xo'jaligiga berilishi mumkin bo'lgan umumiy milliy yordam vaqtincha tuzilgan sharoitda 120,000 yevro (yoki 125,000 yev-ro) miqdoridagi mablag'ni tashkil qiladi.

Shuningdek, telekommunikatsiya va texnologi-yalar sohasi, uy xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bank paketlari, baliqchilik sanoati, kichik va o'rta biznesning ko'plab turlari uchun shu kabi yordamlar ajratilgan. Bu umumiy miqdorda 3,39 trln yevroni tashkil qiladi. Bu mablag'larni maqsad-li sarflash nazorati Yevropa Komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bu shuni anglata-diki, bugungi davrda koronavirus o'choqlaridan biriga aylangan Yevropani iqtisodiy nuqtayi nazardan qayta tiklash, ayniqsa, Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya iqtisodiyoti uchun qim-matga tushadi va inqirozni bartaraf qilish Yevropa Ittifoqi kelajagini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa tomondan esa Yevropa Ittifoqi milliy fiskal hukumat idoralari tomonidan inqiroz oqibat-larini yumshatish maqsadida yevrohudud yalpi ichki mahsulot miqdorining qariyb 20 foiziga teng kredit-lar va boshqa likvidli manbalar, banklarni qo'llab-quvvatlash uchun yo'naltirdi [8]. Bu esa bank faoliya-tini pandemiya davrida to'xtab qolmasligini ta'min-lash maqsadida ko'rilgan eng muhim choralardan biri bo'ldi.

Iqtisodiy shoklarni yanada yumshatish va biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Yevropa Komissi-yasi davlatga yordam berishning eng moslashuvchan qoidalarini joriy etdi, bu esa a'zo davlatlarda eng ko'p zarar ko'rgan kompaniyalar va kichik firmalarga to'g'ridan to'g'ri yordam ko'rsatishga imkon berdi, chunki ular hukumatning iqtisodiy dotatsiyalarisiz yopilishi ehtimolligi juda yuqori darajada turadi. Xususan, 2019-yil mart oyida qabul qilingan davlat ko'magining vaqtinchalik rejasi yordamning besh turini nazarda tutadi:

• har bir kompaniyaga 800,000 yevrogacha bo'lgan to'g'ridan to'g'ri grantlar (yoki soliq imti-yozlari);

• bank kreditlari bo'yicha subsidiyalashgan dav-lat kafolatlari;

• subsidiyalashgan foiz stavkalari bilan xususiy va davlat kreditlari;

• banklarning mavjud kredit qobiliyatlari (Ularni biznesni, xususan, kichik va o'rta biznesni

qo'llab-quvvatlash kanali sifatida ishlatish. Bunday yordam banklarning o'zlariga emas, balki ularning mijozlariga to'g'ridan to'g'ri yordamdir);

• davlat tomonidan qisqa muddatli eksport kreditlarini sug'urta qilish uchun qo'shimcha moslashuvchanlik chorasi (zarurat tug'ilganda).

Bundan tashqari, 3-aprel kuniga kelib Yevropa Komissiyasi 19-martda qabul qilingan Vaqtinchalik yordam doirasini kengaytirdi va quyidagi yangi yo'nal-ishlarni moliyalashtirishni o'z ichiga oladigan bo'ldi:

1) koronavirus bilan bog'liq tadqiqotlar va ishlan-malar;

2) sinov obyektlarini qurish va takomillashtirish;

3) koronavirus tarqalishini yengish uchun zarur bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarish;

4) soliq to'lovlarini kechiktirish va / yoki ijtimoiy to'lovlarni to'lashni to'xtatib turish shaklida maqsad-li yordam;

5) ishchilarga ish haqi subsidiyalari ko'rinishida-gi maqsadli yordam.

Bu esa a'zo davlatlarga koronavirusga tegishli mahsulotlarni tadqiq qilish, sinovdan o'tkazish va ishlab chiqarishni jadallashtirish, ish joylarini himoya qilish va virus avj olgan vaziyatda iqtisodiyotni yana-da qo'llab-quvvatlash uchun imkoniyat yaratdi.

Yevropa Ittifoqining kelgusi davri haqida so'z yuritadigan bo'lsak, unga a'zo davlatlar Yevropa iqti-sodiyotini qayta tiklash uchun koronavirus pandemi-yasi tugagandan so'ng eng qisqa vaqt ichida retsessi-yadan xalos bo'lishga imkon beradigan fond yaratish-ni rejalashtirgan. Bunda, birinchi navbatda, aholining xaridorlik qobiliyati oshirilishi va ishsizlik bartaraf etilishi ko'zlangan. Demak, buni amalga oshirish uchun a'zo davlatlar kichik biznesning barcha ko'rin-ishlarini qo'llab-quvvatlashga asosiy urg'u berishadi.

Xalqaro munosabatlardagi "globallashuvning poyoni" haqidagi fikrlar mintaqalashuv jarayoni kuchayganligiga ham ishora qiladi. Shu ma'no-da Yevropa Ittifoqi siyosiy nuqtayi nazardan o'zini qayta ko'rib chiqib, xalqaro munosabatlarda boshqa ishtirokchilar bilan o'rnatilgan aloqalariga tuzatish kiritadi va shu orqali inqirozdan chiqish yo'llarini izlaydi. Aslida, Yevropa Ittifoqining G'arbiy Bolqon bo'yicha so'nggi qarori, hatto inqiroz sharoitida bo'lib o'tgan yig'ilishda Shimoliy Makedoniya va Albaniyaning a'zolik masalasi ko'rib chiqilishi uning olg'a qadam tashlashga kirishganidan dalolat beradi.

Ta'kidlash joizki, a'zo davlatlar hozirdanoq iqtisodiy muammolar bilan kurashishga majbur bo'lmoq-

12.00.03 - ФуЦАРОЛиК хуцуци. тадбиркорлик хуцуци. ОИЛА хуцуци. ХАЛЦАРО ХУСУСий ХУЦУЦ

da. Inqirozdan keyin esa bunday muammolar yana-da kuchayadi va, tabiiyki, yordamga bo'lgan ehti-yoj sezilarli ravishda ortadi. Shu bois a'zo davlatlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi ma'muriyati Covid-19 epidemiyasining iqtisodiy inqiroz istiqbolini hisobga olgan holda har qachongidan ham ko'proq moliyaviy yordam paketlarini e'lon qilishmoqda. Brussel hamda a'zo davlatlar poytaxtlari tomonidan rejalashtirilgan mazkur yordam paketlari orqali ular Yevropa Ittifo-qining moliyaviy va iqtisodiy siyosatdagi sherikligini tabiiy ravishda qo'llab-quvvatlaydi.

Inqirozga qarshi choralar sifatida Yevropa Ittifoqi 24-avgust kuni SURE tashabbusi asosida 16 ta a'zo davlatga 87,3 milliard yevroni moliyaviy qo'llab-quv-vatlash maqsadida berish to'g'risida qaror qabul qilish bo'yicha Yevropa Ittifoqi Kengashiga takliflar-ni taqdim etdi va 22-oktabr kuni 100 milliard yevro-gacha bo'lgan SURE majburiyatlarini e'lon qildi [9].

Yevropa Ittifoqi Kengashi iyul oyida NGEU (Yevropa Ittifoqi Keyingi avlod) jamg'armasini tashkil qilib, inqirozga qarshi kurashishning yangi bosqichi-ni amalga oshirdi. Bu jamg'armaning umumiy fondi Yevropa Ittifoqi darajasida qarz olish hisobiga jami 750 milliard yevroni tashkil etdi [9]. O'z navbatida, bu quyidagicha xarajatlar taqsimotini keltirib chiqardi.

olganda, NGEUning 30 foizi va Yevropa Ittifoqining 2021-2027-yillardagi budjeti iqlim o'zgarishi bilan bog'liq xarajatlarga yo'naltiriladi.

Yevropa Komissiyasining aprel oyida inqirozga qarshi choralar rejasi uchun yana umumiy qiymati 540 milliard yevro (Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mah-sulotining 4 foizi) ga teng mablag' ajratildi va uning asosiy sarflanish yo'nalishlari belgilandi.

2-jadval

Yevropa Komissiyasining 2020-yil 9-apreldagi inqirozga qarshi rejasi

1-jadval

Yevropa Ittifoqi Keyingi avlod jamg'armasi tomonidan ajratiladigan jamg'arma xarajatlari

№ Yevropa Ittifoqi Keyingi avlod jamg'armasining xarajat liniyalari Ajratilgan mablag' miqdori

1 Real sektor uchun grantlar 390 mlrd yevro

2 Real sektor uchun kreditlar 360 mlrd yevro

Jami 750 mlrd yevro

№ Inqirozga qarshi choralar das-turi Ajratilgan mablag' miqdori Mablag' manbasi

1 Yevropa barqarorligi mexanizmi (ESM) asosida pandemiya in-qiroziga qarshi kurashish uchun 2019-yilgi yalpi ichki mahsulot-ning 2 foizigacha bo'lgan miqdor-da sog'liqni saqlash bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun har bir yevrohudud davlatlarini qo'llab-quvvatlash 240 mlrd yevro Yevropa Ittifoqi budjeti

2 Yevropa Investitsiya banki tomonidan inqirozdan eng ko'p zarar ko'rgan kompaniyalarni moliyalashtirish uchun har biri 25 milliard yevrogacha bo'lgan hukumat kafolatlarini taqdim etish 200 mlrd yevro Yevropa Ittifoqi budjeti

3 Ishchilar va ish joylarini himoya qilish uchun Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning kafolatlari bilan qo'llab-quvvatlanadigan 100 milliard yevrogacha bo'lgan vaqtin-chalik kreditga asoslangan loyihani (SURE) yaratish 100 mlrd yevro Yevropa Ittifoqi budjeti

Jami 540 mlrd yevro

Manba: Xalqaro valyuta fondining rasmiy veb sahi-fasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. URL: https://www. imf.org/en/Topics/imf-and-covid19/Pol-icy-Responses-to-COVID-19

Bu jamg'armani amalga oshirish manbasi Maxsus tiklanish va barqarorlikni ta'minlash va Yevropa Ittifoqining amaldagi budjet dasturlari hi-soblanadi. 2021-2023-yillarda pulning katta qismi, 2021-2022-yillarda grantlarning 70 foizi berilishi belgilangan. To'lovlarning oldindan to'ldirilishi-ni ta'minlash uchun 2020-yil 1-fevraldan boshlab amalga oshirilgan milliy xarajatlar mablag' olish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Umuman

Manba: Xalqaro valyuta fondining rasmiy veb sahi-fasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. URL: https://www.imf.org/en/Topics/imf-and-covid19/Pol-icy-Responses-to-COVID-19

Bu jadvaldan ko'rinib turibdiki, Yevropa Ittifoqining inqirozga qarshi choralarining eng ko'p qismi sog'liqni saqlash sohasiga qaratilgan. Shuningdek, kompaniyalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali a'zo davlatlardagi ishlab chiqarish jarayonlarini qay-ta tiklash va barqarorlashtirishga erishish maqsad qi-lingan.

Bizning mamlakatimizda ham Covid-19 pandemi-yasining salbiy ta'siri sezilarli darajada ko'zga ko'rin-

di. Inqirozga qarshi kurashish uchun O'zbekiston hu-kumati iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash va inqirozdan eng ko'p zarar ko'rganlarga yordam berish uchun 1 milliard AQSH dollari (yalpi ichki mahsulotning qa-riyb 2 foizi) miqdoridagi Inqirozga qarshi jamg'arma tashkil etdi. Inqirozga qarshi jamg'armadan tashqa-ri hukumat ba'zi soliqlarni vaqtincha kamaytirdi va Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlarini oshirdi.

Inqirozga qarshi choralar quyidagilarni o'z ichiga olgan:

- sog'liqni saqlashni moliyalashtirish, jumladan, dori-darmonlar, karantin xarajatlari va sog'liqni saqlash ishlari uchun ish haqiga qo'shimchalarni ken-gaytirish;

- ijtimoiy nafaqa oladigan bolali oilalar va kam ta'minlangan oilalar sonini ko'paytirish;

- zarar ko'rgan korxonalarga foizlarni subsidi-yalash orqali yordam berish;

- infratuzilma va bandlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha jamoat ishlarini tashkillashtirish.

Shuningdek, hokimiyat yakka tartibdagi tadbir-korlar uchun ijtimoiy to'lovlarni vaqtincha kamaytirdi, soliq tekshiruvlari monitoringini uzaytirdi, mol-mulk va yer solig'i to'lashni va 2019-yilgi daromad solig'i bo'yicha soliq deklaratsiyalarini kechiktirdi. Shuning-dek, markaziy hukumat mahalliy hokimiyatlardan soliqlarni 30 foizga kamaytirish va mol-mulk solig'ini to'lashda 6 oylik imtiyozli muddat berishni so'radi.

Markaziy bank tijorat banklarga Covid-19 pandemiyasi davrida iqtisodiy zarar ko'rgan firmalar uchun kredit to'lovlarini kechiktirishni taklif qildi. Binobarin, davlat banklari zarar ko'rgan tarmoqlar, jumladan, milliy aviakompaniya uchun kreditlarni to'lash muddatlarini uzaytirdi. Iqtisodiyotni yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini 2020-yilda 200 bazaviy punktga pasaytirdi. Xususan, qayta moliyalashtirish stavkasi 2020-yil 15-aprelda 16 foizdan 15 foizgacha, 8-sentabrda esa 15 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi. Markaziy bank me'yoriy kapitalga bo'lgan talablarni o'zgartirmagan holda real sektordagi ishlab chiqarish subyektlarining likvidlilik hamda moliyaviy salohi-yatlarini kuzatishda davom etmoqda. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad iqtisodiyotni pandemiya sharoi-tida inqirozdan saqlash va barqaror iqtisodiy o'sishga erishishni ta'minlashdir.

Bundan tashqari, mamlakatimizda pandemi-ya sharoitida iqtisodiy qo'llab-quvvatlash va inqirozning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkama-

sining 2020-yil 22-apreldagi 213-F-sonli farmoyishi bilan "Saxovat va ko'mak" jamg'armasini tashkil etilganligi inqirozga qarshi ko'rilgan choralardan biri hisoblanadi [10]. Bu jamg'armani shakllantirish orqali nafaqat ijtimoiy himoya nazarda tutilgan, balki kichik va o'rta biznesda moliyaviy zarar ko'rayotgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini moliyaviy qo'llab-quvvatlash choralari maqsad qilingan edi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 17-iyunda "O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash-ish jamg'armasiga Xalqaro valyuta jamg'armasidan mablag'lar jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida"-gi 388-son qaror qabul qilindi. Unga ko'ra Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan 2020-yil 18-may kuni O'zbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz mab-lag'lari ajratilishi ma'qullangan, bu qarz mablag'lari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- Tezkor kreditlash dasturi (Rapid Credit Facility) bo'yicha 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davri bilan) 92,05 mln SDR (yoki MAH - maxsus ayirbosh-lash huquqi) miqdoridagi foizsiz qarz;

- Tezkor moliyalashtirish instrumenti (Rapid Financing Instrument) bo'yicha 5 yil muddatga (3 yillik imtiyozli davri bilan) 1,05% yillik foiz stavkasi bilan 183,55 mln SDR miqdoridagi qarz [11].

Fikrimizcha, bu ko'rilayotgan chora-tadbirlar-ning barchasi koronavirus pandemiyasi va karantin davrida iqtisodiyotni harakatlantirishning muhim va zaruriy richaglaridir.

Yuqorida ko'rib chiqilganlardan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Yevropa Ittifoqining hozirgi global inqiroz qarshisida ko'p tomonlama ojiz bo'lib qolgani tabiiy holat. Buni 2020-yil 26-martda bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqi a'zo davlatlari prezidentlari uchrashuvida Covid-19 inqirozi tufayli kelib chiqqan iqtisodiy muammolarni hal qilishda umumiy va yak-dil to'xtamga kela olinmagani tasdiqlab berdi.

Fikrimizcha, Yevropa Ittifoqining kelajagini ijobiy tomonga burish uchun eng yaxshi vosita bu Yevropa Ittifoqi integratsiyasini kuchaytirish orqali mazkur in-qirozdan chiqib ketishdir. Boshqacha qilib aytganda, uning kuchayishi barcha a'zo davlatlar uchun umumiy yechimlar ishlab chiqilishiga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan inqirozga qarshi choralarni ishlab chiqishda integratsiyalashuvni kuchaytirish ulkan ahamiyatga ega.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi tomoni-dan koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ko'rilgan chora-tadbirlar ham o'z vaqtida amalga

oshirilgan inqirozning oldini olish harakatlaridan bo'ldi. Aynan mazkur tadbirlarning amalga oshirili-shi, aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlanishi, real sektorga ko'rsatilgan imtiyozli tadbirlar natijasi-da mamlakatimiz iqtisodiyotida kuzatilishi mumkin bo'lgan katta iqtisodiy zararlarning oldini olishga erishildi.

Taklif va tavsiyalar

Yuqoridagi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodi-yotini yanada jonlantirish uchun amalga oshirilgan cho-ra-tadbirlar va mamlakatimizda hukumatning inqirozga qarshi kurashish dasturlarini tahlil qilish orqali milliy iqtisodiyotni inqirozdan saqlash maqsadida quyidagi choralarni qo'llashni taklif sifatida keltirish mumkin:

1. Aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan iqtisodiy dastaklarni moliyaviy institutlar tomonidan maksimal darajada qo'llab-quvvatlash (Chunki buni amalga oshirish orqali mamlakat ham ishlab

chiqaruvchini, ham mijozni qo'llab-quvvatlashga erishadi).

2. Iqtisodiyotning asosiy fundamentlari bo'lgan qishloq xo'jaligi, uy xo'jaligiga asoslangan kichik biz-nes ko'rinishlarini faol tarzda qo'llab-quvvatlashni amalga oshirish.

3. Pandemiyaga qarshi kurashishga yordam beruv-chi mahsulotlarni ishlab chiqarish, yetkazib berishga ko'maklashuvchi choralarni qo'llash.

Bundan tashqari, jahon xo'jaligining inqirozga qarshi kurashayotgan har bir davlatlari sog'liqni saqlash sohasi faoliyatini muvofiqlashtirishni davom ettirish bilan bir qatorda iqtisodiyotning tub o'zaklari bo'lgan ishlab chiqarish subyektlari faoliyatini pan-demiya davrida doimiy qo'llab-quvvatlashi zarur. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali mamlakatda inqirozning salbiy oqibatlarini kamaytirishga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5969-son farmoni. URL: https://lex.uz/docs/-4770761

2. Francesca Nista. Lessening the economic impact of the COVID-19 crisis. Eastern Partnership Civil Society Forum. Brussels. July, 2020. URL: https://eap-csf.eu/wp-content/uploads/COVID19-Briefing-Paper-Lessening-economic-impact-of-covid19-crisis.pdf

3. «Мировой кризис 2020: вызовы для мира и ЕАЭС. Опыт выхода из кризиса 2014/15 годов» Аналитическая записка по состоянию на 31.03.2020. URL: http://www.eurasiancommission.org/ru/covid-19/ Documents/2222.pdf

4. Yevropa Komissiyasining rasmiy web sahifasi. URL: https://ec.europa.eu

5. Марк Узан. Глобальная экономика в мёртвой точке: мировой финансово-экономический порядок после пандемии. URL: https://ru.valdaiclub.com/a7highlights/globalnaya-ekonomika-v-myertvoy-tochke

6. Лемещенко П.С. Экономический кризис как институциональная форма и ступень отрицания капитала. Журнал институциональных исследований. Том 2. № 4. 2010. URL: http://ecsocman.hse.ru/ data/2011/04/20/1268025671/JIS2.4-8.pdf

7. Yevropa investitsiya fondining rasmiy statistik xabarlari. URL: https://www.eif.org

8. Yevropa Markaziy bankining rasmiy veb sahifasi ma'lumotlari. URL: https://www.ecb.europa.eu/press/ blog/date/2020/html/ecb.blog200723~c06fafabb6.en.html

9. Xalqaro valyuta fondining rasmiy veb sahifasi ma'lumotlari. URL: https://www.imf.org/en/Topics/imf-and-covid19/Policy-Responses-to-COVID-19

10. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-F-sonli farmoyishi. URL: https://www.gazeta.uz/oz/2020/04/23/fond

11. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasiga Xalqaro valyuta jamg'armasidan mablag'lar jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 388-son qarori. URL: https://static.norma.uz/ documents/2/338-20 .pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.