Scientific Journal Impact Factor
O'ZBEKISTON BANK SEKTORINI RIVOJLANTIRISHDA DIVIDEND SIYOSATINING ROLINI OSHIRISH MASALALARI
Annotatsiya: Maqolada tijorat banklari dividend siyosatining rolini oshirishda xorijiy va mahalliy adabiyotlar o 'rganilib, muntazam dividend siyosatining afzallik jihatlari tadqiq qilingan. Ayniqsa, tadqiqotchilarning ilmiy fikrlarini o'rganish natijasida tijorat banklarining dividend siyosatida uchraydigan bir qancha kamchilik va muammolar aniqlandi. SHuningdek, tijorat banklari fond bozorining faol ishtirokchisi sifatida tadqiq qilinib, ularning dividend to'lovlari yuzasidan moliyaviy ma'lumotlari o'rganildi. Amalga oshirilgan tadqiqot asosida xulosalar va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.
Kalit so'zlar: tijorat banki, aksiya, dividend, dividend siyosati, kapital, investor.
Аннотация: В статье рассматривается зарубежная и местная литература о роли коммерческих банков в повышении дивидендной политики, а также исследуются предпочтительные аспекты регулярной дивидендной политики. В частности, в результате исследовательской работы была выявлена ряд недостатков и проблем, возникающих в дивидендной политике коммерческих банков. Также были исследованы коммерческие банки как активные участники фондового рынка и изучена их финансовая информация о выплате дивидендов. На основе проведенного исследования были сформулированы выводы и практические предложении.
Ключевые слова: коммерческий банк, акции, дивиденд, дивидендная политика, капитал, инвестор.
Abstract: The article examines foreign and domestic literature on increasing the role of the dividend policy of commercial banks and examines the advantages of a regular dividend policy. In particular, when studying the scientific views of researchers, a number of shortcomings and issues in the dividend policy of commercial banks were identified. Also, commercial banks are examined as active participants in the stock market, as well as financial data on dividends payout was investigated. Based on the research conducted, conclusions and practical recommendations were established.
Keywords: commercial bank, stock, dividend, dividend policy, capital, investor.
O'rinov Sardorjon Mirzaaliyevich, Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi E-mail: sardorurinov@gmail.com
Scientific Journal Impact Factor
KIRISH
Iqtisodiyotning lokomotivi hisoblangan bank sektorini rivojlantirishda tijorat banklari tomonidan o'z faoliyatlarini yanada taraqqiy etishlarini ta'minlash va faoliyat ko'lamini kengaytirishlari uchun doimiy ravishda resurslarga ehtiyoj sezadilar. Sog'lom raqobat sharoitida esa har qanday resurslarni tekinga jalb qilish va undan evazsiz foydalanish imkoniyatlari cheklangan.
Bu holat esa, o'z navbatida banklarda dividend siyosatiga alohida ahamiyat berish lozimligini ko'rsatmoqda. Ma'lumki, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun ustav kapitalini doimiy ravishda oshirib borishlari talab etiladi. Ustav kapitalini oshirib borish uchun bankning aksiyalarini qimmatli qog'ozlar bozorida joylashtirish va buning uchun birinchi navbatda, aksiyalarga chet el va mahalliy investorlarni qiziqtirish zarur. Har bir aksiya uchun to'lanadigan dividend miqdori aynan investorlarni qiziqtiradigan muhim masalalardan biri hisoblanadi. CHunki aksiyalarning xaridorgirligi banklar tomonidan yuritilayotgan oqilona dividend siyosati orqali belgilanadi. Afsuski, ushbu masala banklarimizning asosiy kun tartibidagi masalasi emas.
Shuning uchun O'zbekiston bank tizimini rivojlantirish maqsadida ilg'or tajriba asosida aksiyadorlik tijorat banklaridagi dividend siyosati rolini oshirish dolzarb va amaliy ahamiyatdagi masala bo'lib, shu nuqtai nazardan dividend siyosatiga jiddiy e'tibor qaratish talab etiladi.
O'zbekiston Respublikasining bank tizimini 2020-2025 yillar davomida isloh qilish strategiyasiga asosan xalqaro moliya institutlari ko'magida «Ipoteka-bank» ATIB, «O'zsanoatqurilishbank» ATB, «Asaka» ATB, AT «Aloqabank», «Qishloq qurilish bank» ATB va «Turonbank» ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o'zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotish mo'ljallanayotgan [1] davrda belgilangan topshiriqning bajarilishi tijorat banklarining dividend siyosati bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatib turibdi. Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan yuqoridagi masalalarni amalga oshirish yuzasidan kerakli ishlar olib borilmoqda.
Qayd etilgan jihatlardan kelib chiqib, quyida banklar tomonidan olib borilayotgan dividend siyosatining rolini va ayrim xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.
Dividend siyosati masalasi yuzasidan juda ko'p qarashlar mavjud bo'lsa-da, bugungi kunda ham banklarning dividend siyosatini boshqarishning ushbu sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q. Ayniqsa ushbu masala tadqiqotchilar va iqtisodchi olimlarning doimiy diqqat markazida bo'lib
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
Scientific Journal Impact Factor
kelmoqda. Bu borada S.Elmirzaev tomonidan dividendlar iqtitisodiy mohiyati, oqilona dividend siyosati orqali aksiyadorlik jamiyatlari erishish mumkin bo'lgan natijalar, dividendlar tahlili masalalari atroflicha tadqiq qilingan [2].
N.SHerqo'zieva tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy boshqaruv tizimida dividend siyosatining roli tadqiq qilinib, dividend siyosati yuzasidan asosiy nazariyalar, dividend siyosati prinsiplari, dividendlarni e'lon qilish va to'lash tartibi kabilarning milliy va xorijiy tajribasi batafsil o'rganilgan. Mazkur tadqiqot ishida tadqiqotchi umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosatini tahlil qilgan, lekin alohida tijorat banklari dividend siyosatiga urg'u berilmagan [3].
Xorijiy olimlardan Ross N. Dickens va K.Michael Caseylar tomonidan tijorat banklari dividend siyosatiga me'yoriy hujjatlar va soliqlarning bevosita ta'sirini baholashni o'rganib chiqqan bo'lib, bu masala yuzasidan tijorat banklari dividend siyosatining boshqa soha va tarmoqlar sub'ektlari dividend siyosatiga nisbatan farqli xususiyatlarga ega ekanligi qayd etilgan [4]. SHuningdek, chet ellik L.Lepetit, C.Meslier, F.Strobel, L.Wardhanalar tomonidan banklar dividendlari, agentlik xarajatlari hamda aksiyadorlar va kreditorlar huquqlari borasida tadqiqotlar o'tkazilib, banklarda dividend to'lovlari darajasiga kreditorlik qarzlaridan ko'ra, agentlik xarajatlari jiddiy ta'sir ko'rsatishini aniqlanganlar [5]. YAna bir guruh olimlar Enrico Onali, Philip Molyneux Giuseppe Torluccio va Ramilya Galiakhmetovalar bosh direktor vakolatlari, hukumat nazorati va banklar dividendlari o'zaro bog'liqligini tadqiq qilishgan [6].
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida fond bozorida eng faol ishtirokchi sifatida tijorat banklarini ko'rish mumkin. Tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bozorida ham emitent sifatida, ham investor va vositachi sifatida ishtirok etadi. SHuning uchun, tijorat banklari qimmatli qog'ozlar emitenti sifatida investorlarni daromad olishlarini ta'minlashlari kerak.
Tijorat banklari emitent sifatida aksiyadorlarga doimiy dividendlar to'lanishi orqali qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish imkoniyatini qo'lga kiritadi va bu orqali banklarning kapitallashuvini ortishiga sabab bo'ladi. SHuning uchun ham tijorat banklari dividend siyosatiga alohida e'tibor berishlari zarur.
Dividend siyosati banklarning strategik maqsadlariga erishish uchun qudratli vositalardan biridir. Binobarin, banklarning daromadi etarli bo'lganda ham, div idend to'lovlari banklarning investitsion jozibadorligini, kapitalizatsiya darajasini, uning aksiyalari likvidliligini oshirishda va natijada banklar moliyaviy barqarorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tijorat banklarining samarali dividend
TAHLIL VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
siyosati quyidagi afzalliklarni beradi (1-rasm).
Bankning faoliyatini normal davom etishining belgisi va aksiyalarning bozor qiymatini barqarorlashtirish
Investorlar o'rtasida ishonch yaratish, barqaror dividendlarga ega kompaniyalarni afzal ko'rgan institutsional investorlarning talablariga mos kelish
Qo'shimcha aksiyalar emissiyasi orqali arzon kapital jalb qilish va qo'shilgan kapitalga egalik qilish
CaMapa.nu AHBHgeHg CHëcaTHHHHr
Jalb qilingan resurslar orqali kreditlash imkoniyatlari oshirish va bu orqali moliyalashtirishni osonlashtirish
Omonat va depozitlar jalb qilish, korporativ obligatsiyalar joylashtirishga qo'shimcha ravishda resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish
IPO uchun investitsion jozibadorlik nuqtai nazaridan jiddiy tayyorgarlikni yuzaga keltirishi
Boshqa banklar tomonidan birlashtirishlar va qo'shib olishlarda himoya vositasi
Milliy daromad oqimining uzluksizligiga olib kelib, milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish
1-rasm. Samarali dividend siyosati orqali tijorat banklari erishishi mumkin bo'Igan afzalliklar1
YUqoridagi rasm ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, tijorat banklari uchun oqilona va samarali dividend siyosatini tuzish uchun bir qancha jihatlarga alohida e'tibor berish kerak deb hisoblaymiz.
Tijorat banklari dividend siyosatida dividend to'lab borishga muntazam e'tibor qaratish bilan birga investorlarga to'lanadigan aksiyalar daromadlilik darajasini ham
1 Mya^H$ TOMOHHgaH Ty3H^raH.
270
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
hisobga olish lozim. CHunki aksiyalar yuqori riskli qimmatli qog'oz hisoblanishi bois tijorat banklari dividend darajasi eng avvalo omonat va depozitlar foiz stavkasidan yuqori bo'lishi kerak. Umumiy holda moliyaviy aktivlar risk darajasidan kelib chiqqan holda hamda investorlar talabi asosida daromadlilik darajasining oshib
borishini R.Kunarov va J.Bo'rievlar quyidagi rasmda keltirib o'tgan [7] : ,_▲__
Оддий акциялар буйича даромадлилик (курс усиши ва фоизли даромадлар асосида)
Имтиёзли акциялар буйича даромадлилик (курс усиши ва фоизли ^__^ даромадлар асосида)
Корпоратив облигациялар буйича даромадлилик (курс усиши ва фоизли
даромадлар асосида)
о л ;
Депозит сертификатлари ва ах,оли омонатлари буйича даромадлилик
О -
Давлат облигациялари ва хазина мажбуриятлари буйича даромадлилик
2-rasm. Risk darajasi va investorlar talabi asosida moliyaviy aktivlar daromadliligining o'sib borishi2
YUqoridagi rasm ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, davlat qimmatli qog'ozlari riski past moliyaviy aktivlar qatorida e'tirof etilsada, shu bilan bir qatorda undan olinadigan daromad ham kam bo'ladi. Tijorat banklari dividend to'lovlarini hisoblab chiqishda korporativ obligatsiyalar, depozit sertifikatlari va omonatlar hamda davlat obligatsiyalari va xazina majburiyatlari daromadliligi e'tiborga olishlari juda muhim sanaladi.
Quyida davlat ishtiroki mavjud bo'lgan yirik tijorat banklarini dividend to'lovlarini tahlilini keltiramiz.
"Ipoteka bank" ATIB dividend to'lovlari to'g'risidagi ma'lumot:
2 Р.Кунаров ва Ж.Буриевлар томонидан тузилган.
271
Scientific Journal Impact Factor
1-diagramma [8]
Keltirilgan diagrammada "Ipoteka bank" ATIB tomonidan oddiy va imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend to'lovlari va ularning mos ravishda inflyasiya darajasi bilan taqqoslanishi ko'rsatilgan. Oddiy va imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend to'lovlari 2016 yilga qadar inflyasiya darajasidan yuqori bo'lgan bo'lsada, 2017 yildan boshlab faqatgina oddiy aksiyalar bo'yicha dividend to'lovlari inflyasiya darajasidan pasaygan.
"O'zsanoatqurilishbank" ATBning dividend to'lovlari to'g'risidagi ma'lumot:
2-diagramma [9]
Scientific Journal Impact Factor
Yuqoridagi jadvaldan shuni ko'rish mumkinki, "Ipoteka bank" ATIB tomonidan oddiy aksiyalar bo'yicha dividend to'lovlari darajasi aksiyaning nominaliga nisbatan yillik 3,13%-7,63%ni tashkil etganiga qaramay, inflyasiya darajasidan doimo past bo'lgan. Aksincha, imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend to'lovlari muntazam ravishda har yili 23%dan iborat ekanligini va bu inflyasiya darajasidan yuqori bo'lganligini ko'rsatgan.
Olib borilgan izlanishlarimiz va o'rganishlarimiz natijasida, tijorat banklari amaliyotida dividend siyosati bankning sof foydasini taqsimlash orqali tashkil etilgan. SHunday bo'lsada, tijorat banklarining deyarli ko'pida dividend to'lovlari yilik inflyasiya darajasidan past to'langanligi investorlarni qoniqtirmaydi albatta. Buning oqibatida, tijorat banklari kapitalining o'sish darajasi bugungi kun talabiga mos emas. SHuning uchun ham O'zbekiston bank tizimini rivojlantirish uchun ilg'or xorijiy tajriba asosida tijorat banklaridagi dividend siyosati rolini oshirish dolzarb va amaliy ahamiyatdagi masala bo'lib, shu nuqtai nazardan banklar bu masalaga jiddiy e'tibor qaratishlari talab etiladi.
Milliy fond bozorining asosiy ishtirokchisi bo'lgan tijorat banklari dividend siyosatida bir qator quyidagi kamchiliklar va muammolar mavjud:
- tijorat banklarining asosiy aksiyadorlari davlatning yirik korxonalari ulushidan iboratligi va natijada zamonaviy biznes jarayonlarda faol ishtirok etmasligi;
- potensial investorlarni qoniqtiradigan va bank kapitalini oshirish uchun xizmat qiladigan oqilona dividend siyosatini olib borish uchun investorlarga shart-sharoit yaratish zarurati;
- tijorat banklarida qimmatli kog'ozlar bo'yicha daromadlik va likvidlilikni
Scientific Journal Impact Factor
ta'minlashda oqilona dividend siyosatini tashkil etadigan malakali kadrlar etishmasligi;
- tijorat banklaridagi korporativ boshqaruvning shaffofligi va korporativ boshqaruv tamoyillari talablari mos emasligi;
- tijorat banklaridagi dividend to'lovlarining pastligi yoki umuman dividend to'lanmasligi, natijada aksiyalarga qiziqishning mavjud emasligi;
- tijorat banklari tmonidan aksiyadorlar yig'ilishini 1 yilda bir marta nomigagina o'tkazishlari va dividend to'lovlari haqidagi mu'lumotlarning ba'zi banklar internet sahifasidan yoki boshqa manbalardan ochiq va to'liq holatda topishni imkoni yo'qligi.
Fikrimizcha, dividendlarni yillik to'lovlar darajasini va muntazam oshib borishligini hisobga olish kerak. Bu esa halqaro fond bozorida mamlakatimiz tijorat banklarining IPO amaliyotini tashkil etishdagi listing talablaridan biri bo'lishi lozim.
Aksariyat tijorat banklari rivojlangan halqaro fond birjalarning IPO talablarini qondira olmaydi. SHuning uchun milliy fond birjalari strategik moliyaviy rejalarni ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etishlari kerak.
SHuni alohida qayd etish kerakki, tijorat banklarining investitsion jozibadorligini ta'minlashning muhim jihatlaridan biri bu axborotlarning oshkoraligi va shaffofligi masalasidir. SHuning uchun barcha tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari asosida tahlilni amalga oshiradigan alohida maxsus reyting agentligini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Maxsus reyting agentligi moliyaviy hisobotlar tahlili asosida qator ko'rsatkichlarga, xususan, moliyaviy barqarorlik, rentabellik, aksiya daromadliligi, aksiya riski va bir qancha muhim ko'rsatkichlarga e'tibor qaratishi kerak.
Banklarning dividend siyosati rivojlangan mamlakatlar qimmatli qog'ozlar bozorining faol ishtirokchilari faoliyatining kengayishi va yangi yo'nalishi tufayli qimmatli qog'ozlar bozorining jadal sur'atlarda rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.
Tijorat banklari emitent sifatida aksiyadorlarga muntazam dividend to'lovlari to'lash o'rniga qo'shimcha aksiyalar emissiyasi qilishlari maqsadga muvofiq. CHunki bu holat banklarning kapitallashuv darajasini ortishiga hamda bozordagi nufuzi ko'tarilishiga xizmat qiladi. Lekin bugungi kunda ko'plab tijorat banklari aksiyalar uchun hisoblangan dividendlarni kapitalizatsiya qilish o'rniga dividendlarni iste'mol uchun yo'naltirmoqdalar.
Ushbu holat banklarning iqtisodiy rivojlanishini susaytirishi va ularning raqbatbardoshligini hamda xorijiy investorlarning qiziqishini pasayishiga olib kelishi mumkin.
SHuni ta'kidlash kerakki, mamlakatimiz fond bozori uchun aksiyalarning
Scientific Journal Impact Factor
likvidlilik darajasi yuqori darajada deb ayta olmaymiz. SHuningdek, bozor operatsiyalari ham doimiy amalga oshirilishi va aksiyalar narxining shakllanishida asosiy omil bu to'langan dividend miqdori hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida banklar dividendlarni to'lashga emas, balki o'z oldida turgan kapital etarliligi bilan bog'liq jiddiy muammoni hal etish uchun qayta emissiya qilish masalalariga e'tibor qaratishlari maqsadga muvofiq. CHunki, xususiy kapitalning asosiy manbasi sifatida ustav kapitalini oshirib borishi bank aksiyalariga mahalliy va xorijiy investorlarning doimiy qiziqishga olib keladi. Aks holda, banklarning moliyaviy holati yomonlashishi va aksiyalarning likvidligi pasayishi, bu esa fond bozori va bank tizimining rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi.
Bugungi kun amaliyotida birlamchi bozorda banklarning aksiyalariga bo'lgan talabning pastligi va aksiyalarni nominalidan yuqori narxlarda sotish imkoni yo'qligi banklar oldidagi salbiy holatlardan biri hisoblanadi.
Qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanib borayotgan mamlakatlarda banklarning ikkilamchi bozordagi aksiya kursi ushbu banklarning olib borayotgan samarali dividend siyosatiga bog'liq bo'ladi. Bu holatda dividendlarni yuqori darajada to'laydigan banklarning ikkilamchi bozordagi kursi judayam baland yoki bunday aksiyalarni sotib olishni imkoni yo'q. Aksincha minimal miqdorda dividend to'laydigan banklarning ikkilamchi bozordagi aksiya kursi ma'lum muddat nominalidan yuqoriga umuman ko'tarilmaydi.
Bank sektorini rivojlantirishda dividend siyosatining rolini oshirish maqsadida olib borilgan o'rganishlarimiz asosida quyidagi xulosa va amaliy takliflar shakllantirildi:
Birinchidan, bugungi kunda tijorat banklarining aksiyalari va ulardan kutiladigan daromadlar to'g'risidagi tushunchalarni oddiy ommaga oddiy va sodda uslubda to'g'ridan-to'g'ri tushuntira oladigan malakali mutaxasislar bilan ta'minlash, buning uchun yuqori tajribaga ega mutaxasislarni jalb qilish lozim.
Ikkinchidan, tijorat banklarining doimiy ravishda dividendlar to'lashlari qo'shimcha aksiyalar chiqarish yo'li bilan kapital jalb qilish orqali moliya bozoridagi mavqeini yaxshilashi va muntazam dividend to'lovlari orqali investorlarni qiziqtirishlari, IPO uchun investitsion jozibadorlikni yuzaga keltirishda asosiy rolni o'tab berish, boshqa banklar tomonidan birlashtirishlar va qo'shib olishlarda himoya vositasi kabi afzalliklarni beradi.
Uchinchidan, bank tizimi oldida turgan muhim masalalardan biri bo'lgan davlat ulushi mavjud tijorat banklarini xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish hamda o'z ulushini chet el investorlariga sotish
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
uchun dividend to'lovlarining doimiyligi va yilik inflyasiya darajasidan past bo'lmasligini ta'minlash bank aksiyalarini reklama qilib beradi.
To'rtinchidan, tijorat banklari tomonidan doimiy dividendlar to'lab boriladigan bo'lsa, aksiyalarni xalqaro miqyosda joylashtirish jarayonlari tezlashishi mumkin.
Beshinchidan, tijorat banklarining doimiy dividend to'lay olish qobiliyati uning hisobot yilida qancha sof foyda olgani va moliyaviy barqarorligi bilan baholanishi, dividend siyosatining asosiy ahamiyati esa aksiyadorlar sonini ko'paytirishdan iborat bo'lishi, pirovard natijada bank kapitali samarali boshqarilishiga erishiladi.
Oltinchidan, tijorat banklarining investitsion jozibadorligini ta'minlashning muhim jixatlaridan bo'lgan axborotlarning shaffofligi masalasini hal etish uchun barcha tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari asosida tahlilni amalga oshiradigan alohida maxsus reyting agentligini tashkil etish va ushbu agentlikka moliyaviy hisobotlar tahlili asosida moliyaviy barqarorlik, rentabellik, aksiya daromadliligi, aksiya riski va bir qancha muhim ko'rsatkichlarni e'lon qilib borish vazifasini yuklash maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Ettinchidan, xalqaro tajribada banklar ustav kapitalida davlat ulushining mavjudligi dividend to'lovlarining juda past miqdorda bo'lganligini inobatga olib, xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlarini samarali olib borish maqsadida davlat ulushi mavjud tijorat banklari dividend siyosatini jiddiy ko'rib chiqish va albatta dividend to'lovlarini oshirish, natijada xorijiy investorlarni bank aksiyalariga bo'lgan qiziqishini oshirish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2020 - 2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmoni. 2020 yil 12 fevral.
2. Elmirzaev S.E. Dividend siyosati tashkiliy xususiyatlari va takomillashtirish masalalari. // Xalqaro moliya va hisob. №2. 2016 yil.
3. SHerqo'zieva N. Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy boshqaruv tizimida dividend siyosatining o'rni. // Xalqaro moliya va hisob. №3. 2019 yil.
4. K.Michael Casey, Ross N. Dickens. The effects of tax and regulatory changes on commercial bank dividend policy. // The Quarterly Review of Economics and Finance. Volume 40, Issue 2, Summer 2000, Pages 279-293.
5. L.Lepetit, C.Meslier, F.Strobel, L.Wardhana. Bank dividends, agency costs and shareholder and creditor rights. // International Review of Financial Analysis. Volume 56, March 2018, Pages 93-111.
6. Enrico Onali, Ramilya Galiakhmetova, Philip Molyneux Giuseppe Torluccio. CEO power, government monitoring, and bank dividends. // Journal of Financial
Scientific Journal Impact Factor
Intermediation. Volume 27, July 2016, Pages 89-117
7. Kunarov R.R. va Bo'riev J.P. Tijorat banklari dividend siyosati xususiyatlari. // Xalqaro moliya va hisob. №4. 2020 yil.
8. https://www.ipotekabank.uz/uzb/investors/dividends/
9. https://sqb.uz/uz/for-investors/shares-and-dividends-uz/