Научная статья на тему 'ISLOMIY BANK VA O'ZBEKISTON'

ISLOMIY BANK VA O'ZBEKISTON Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
994
190
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ITB / iste'mol kreditlari / islom banklari portfeli / XSRIK / muro-baxa / sudxo'rlik / islom moliya tizimi / IKT / IRB. / IDB / consumer loans / portfolio of Islamic banks / XSRIK / settlement / usury / Islamic financial system / ICT / IRB.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Oybek Utbasarov

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida islomiy banklar-ning faoliyatini boshlashga bo'lgan takliflar shuningdek, islom qonun-qoidalariga asoslangan bank sohalari hozirgi kunda zarurligi va bunday banklarni O'zbekistonda ochilishidagi muammolarga yechimlar haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISLAMIC BANK AND UZBEKISTAN

This article discusses the proposals for the establishment of Islamic banks in the Republic of Uzbekistan, as well as the current need for banking sectors based on Islamic law and solutions to the problems of opening such banks in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «ISLOMIY BANK VA O'ZBEKISTON»

ISLOMIY BANK VA O'ZBEKISTON

Oybek Utbasarov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Korporativ boshqaruv fakulteti talabasi

oybekionutbasarov@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida islomiy banklar-ning faoliyatini boshlashga bo'lgan takliflar shuningdek, islom qonun-qoidalariga asoslangan bank sohalari hozirgi kunda zarurligi va bunday banklarni O'zbekistonda ochilishidagi muammolarga yechimlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ITB, iste'mol kreditlari, islom banklari portfeli, XSRIK, muro-baxa, sudxo'rlik, islom moliya tizimi, IKT, IRB.

ISLAMIC BANK AND UZBEKISTAN Oybek Utbasarov

Student of the Corporate Governance Faculty of Tashkent State University of

Economics oybekionutbasarov@gmail.com

ABSTRACT

This article discusses the proposals for the establishment of Islamic banks in the Republic of Uzbekistan, as well as the current need for banking sectors based on Islamic law and solutions to the problems of opening such banks in Uzbekistan.

Keywords: IDB, consumer loans, portfolio of Islamic banks, XSRIK, settlement, usury, Islamic financial system, ICT, IRB.

KIRISH

Taraqqiyotning yuqori bosqichiga chiqayotgan davrda bank va moliya sohalari hayotimizda juda muhim bo'lgan ro'lni o'ynamoqda. Hammamizga ma'lumki yer yuzidagi deyarli barcha banklar turli xil ko'rinishda bo'lgan foizlariga egadir.Albatta hayotimizda banklarning o'rni muhim va keraklidir. Nega deganda, biror bir inson o'z tadbirkorlik yoki biron ishni o'z foydasini o'ylagan holda amalga oshirmoqchi bo'lsa, u inson albatta moddiy tomonlama yordam olish uchun banklarga murojaat qiladi. Banklar esa hech qanday tushunmovchiliklarsiz o'z mijozlariga yordam berib kelmoqda. Ya'ni, banklar o'z kreditlarini iste'molchilarga tadbiq etib kelmoqda. Albatta bu kreditlarning o'ziga yarasha foiz ustamalari ham mavjuddir. Mana shunday foizli

kreditlarni kamaytirish maqsadida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi parlamentga bo'lgan murojaat nomasida Islomiy Tijorat banklari yurtimizda o'z faoliyatini boshlashini ta'kidlab o'tgan edilar. Shu nuqtai nazardan O'zbekistonda Islomiy bank faolioyatini tashkil etish bo'yicha turli takliflar haqida ushbu maqolada so'z yuritiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

So'nggi yillarda Islom moliya tizimi tushunchasi ko'plab mamlakatlar moliyachilarining so'z boyligidan mustahkam o'rin oldi. Darhaqiqat, turli mamlakatlarda, hattoki aksariyat aholisi islom diniga mansub bo'lmagan davlatlarda ham, jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada, ushbu moliyaviy institut an'anaviy bank xizmatlariga muqobil moliyalash tizimi sifatida barqaror rivojlanmoqda. Shuning uchun islom bankchiligini o'rganish global iqtisodiyotda dolzarb mavzu hisoblanadi. An'anaviy bank tizimiga muqobil moliyalash shakllari mavjudligini bilish qiziqarli va foydalidir. Avvalo biz islomiy bankning mohiyatini va asosiy maqsad-vazifalarini bilib olishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bankning asosiy ish faoliyati xuddi boshqa banklarnikidek bir xildir. Faqatgina bunday banklar iste'molchilar uchun kreditlarni ya'ni pullarni foizga bermaydilar. Aksincha ular foizsiz ish faoliyat olib boradilar. Asosiy vazifalari esa quyidagilar-dan iboratdir:

> aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirishro

> ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish

> a'zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish.

> aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish. Nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan.

> moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo'naltirish va depozitlarini qabul qilish.

> a'zo-davlatlarga texnik yordam ko'rsatish.

> musulmon davlatlarning rivojlanishi bo'yicha tashkilot a'zolarini o'qitishda xizmatlar ko'rsatish.

> bepul kreditlar berish .

Yuqorida sanab o'tilgan barcha amallarda Islomiy Tijorat Banki (ITB) hech qanday foizli to'lovlarsiz iste'molchilarga xizmat ko'rsatadi.Ushbu bankning birdan-bir maqsadi esa a'zo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta'sir o'tkazishdan iboratdir. Ushbu bankning tarixiga to'xtaladigan bo'lsak,Islom rivojlantirish bankiJiddada Islom konferensiyasi tashkilotining a'zo-davlatlari deklaratsiyasi imzolanganidan keyin tashkil qilindi, o'z faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktyabrdan boshlagan.Bankning moliyaviy

resurslari ustav kapitali va qo'shimcha moliyaviy vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank qo'shimcha manbalar bilan ta'minlandi:

1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham "Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari" dasturini amalga oshirish uchun depozitlar qabul qiladi.

"Islom banklari portfeli" tashkil qilingan. Ushbu tashkilot a'zo bo'lgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qo'llab quvvatlash uchun sarmoyadan foydalanish, hamda qimmatbaho qog'ozlar va lizing bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.

Keyingi yillardan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi amalga oshirila boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam berish programmasini to'ldiradi va IKTga a'zo bo'lgan davlatlarning an'anaviy bo'lmagan tovarlari eksportini kengatirishda ko'mak beradi. Bu esa IRBga a'zo bo'lgan davlatlardan eksport qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6 oydan 60 oygacha bo'lgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi.

1989-yilda alohida investitsion fond tashkil qilingan. Uning maqsadi qo'shimcha moliya resurslarini jalb qilish va ularni shariatga asoslangan holda sarmoyalashtirish.

Hozirgi kunda ushbu bankda Saudiya Arabistoni, Liviya, Eron, Nigeriya, Qatar, Misr, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt mamlakatlari asosiy ulush egalari hisoblanadi. Bu bankning bosh ofisi esa Saudiya Arabistoning Jidda shahrida joylashgan va u yerda 932 tadan ortiqroq ishchi xodimlar ish olib boradi.

Islomiy Taraqqiyot Bankining Indoneziyadagi filialiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, quyidagi diagramma orqali Indoneziyaning shariat bank sektorining jami aktivlarini 2016-yildan 2020-yilgacha bo'lgan o'sishini (trillion rupiyalarda) aniq raqamlarda ko'rishimiz mumkin.

1-rasm. Indoneziya aktivlari[1].

Yuqoridagi diagrammada yaqqol ko'rinib turibdiki, Indoneziyada Islomiy Taraqqiyot Bankining aktivlari yildan-yilga oshib bormoqda va bu ushbu davlat aholisi uchun samarali darajada foyda keltirib borgan. Birinchi bo'lib ko'rsatkich350 trillion rupiyani tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich esa so'nggi yilga kelib 590 trillion rupiyani tashkil etdi(1-rasm).

Yillik 15-20% o'sish sur'atiga ega Islomiy bank dunyo bo'ylab o'zining ufqlarini kengaytirdi va 75 dan ortiq mamlakatda o'z muassasalariga ega. Ushbu moliya tizmining ham O'zbekistonda rivojlanish istiqbollari keskin ravishda o'sib bormoqda, albatta. Islom taraqqiyot bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Husan Hasanovning ma'lum qilishicha, O'zbekiston Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibidagi Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIK) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) bilan hamkorlik qiladi. XSRIK shu kungacha 15 ta tijorat banklari va 2 ta lizing kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan va bugungi kungacha banklarga 285 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyalarini ajratgan. XISMK tomonidan ma'qullangan loyihalar qiymati esa 82 million AQSh dollarini tashkil etadi. [2]

Islomiy Taraqqiyot Bankining O'zbekiston hukumati va asosiysi O'zbekiston aholisi uchun foydali tomonlari an'anaviy banklardan ko'ra ancha yuqoriroqdir. Avvalo, birinchi navbatda, xalqni rozi bo'lishi muhim o'rin tutadi. Prezidentimiz Shavkar Mirziyoyev ham har bir qilayotgan ishimizda avvalo xalqimizning roziligi birinchi o'rinda turadi deb bejiz aytmayotgani yo'q. Shundan ma'lumki, avvalo xalqni rozi qilish. Xalq rozi bo'lsa, ishimizda unum va baraka bo'lishini hammamiz juda yaxshi bilamiz. O'zbekistonda islom bankchiligining rivojlanishi esa juda tez sur'atda bo'ladi. Nega deganda,O'zbekiston aholisining qariyb 90 foizini musulmonlar tashkil qiladi va shu faktning o'zi O'zbekistonda Islomiy moliya va bankchilikka bo'lgan qiziqishning qanchalik katta ekanligidan dalolat beradi. Bilamizki, Islomda sudxo'rlik, ya'ni pulni foizga berish orqali foyda olish ta'qiqlangan, an'anaviy bank tizimi esa foizlarga tayanadi. Diniy e'tiqodlarga tayangan, foiz, kredit va shu kabi bank xizmatlaridan foydalanishni istamagan aholi qatlami uchun Islomiy moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan bank xizmatlari taklif etilsa, bu O'zbekiston iqtisodiyotining o'sishi va ichki investitsiya hajmining ortishiga katta turtki bo'ladi, deb bemalol ayta olamiz. Bu tizimni joriy qilinishi O'zbekistonda jamg'arma va foydalanilmayotgan pul mablag'larini bank tizimiga jalb qilish, xufyona iqtisodiyot salmog'ini kamaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga asos bo'lib xizmat qiladi.

MUHOKAMA

O'zbekiston Respublikasi Islom taraqqiyot bankiga (ITB) a'zo bo'lgan davlatlar qatorida ham mavjuddir. Ushbu qisqa muddatli hamkorlik davomida ITB Guruhining

O'zbekistondagi portfeli ko'p jihatdan Hukumat bilan faol hamkorlik tufayli jiddiy miqdorda o'sdi. Bu esa O'zbekiston Respublikasi Investitsiyaviy dasturlari qator ustuvor milliy loyihalarining moliyalanishi ma'qullanishida namoyon bo'ldi. Ayni paytda ITBning O'zbekistondagi portfeli Markaziy Osiyo hududida eng yirik (1,8mlrd. dollardan ziyod) hisoblanadi.Shuningdek, bugungi kunda bankning Aloqabank, Asia Alliance Bank va Turonbank bilan hamkorlikdagi jami 30 million AQSh dollarlik moliyalashtirish liniyalari mavjud. XISMK tomonidan esa, Asia Alliance Bank, Kapitalbank, O'zsanoatqurilishbank va Trastbankga jami 32 million AQSh dollarlik moliyalashtirish liniyalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg'armaga 50 mln. AQSh dollari ajratilgan.[3]

Islomiy moliyalashtirishning an'anaviy moliyalashtirishdan asosiy farqiga to'xtaladigan bo'sak, farqi shundan iboratki, islomiy moliya foyda va zararni bo'lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni o'zida namoyon qiladi. Boshqacha qilib aytganda, islomiy moliyalashtirish sherikchilikka, hamkorlikka asoslangan. Bunda islomiy banklar mijoz talabi bo'yicha obyektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xom ashyolar sotib olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi.Pul muomala vositasi sifatida ko'riladi, ya'ni pulni o'zini foizga yoki biron-bir naf/foyda evaziga qarz sifatida berish taqiqlanadi. Ijara yoki islomiy lizingni unga muqobil bo'lgan an'anaviy lizingga avtomobil sotib olishni solishtiradigan bo'lsak, an'anaviy bank avval siz bilan lizing shartnomasini tuzadi, keyin 25% yoki bankni ixtiyoriga qarab boshqa miqdorda oldindan to'lov oladi, keyin mijoz salon bilan avtomobil oldi-sotdi shartnomasiga asosan to'lovni amalga oshiradi. Keyin yillik 25% (misol tariqasida) miqdorida ustama haqini hisoblab, sizga 3 yilga bir xil to'lovda oyma-oy to'lash jadvalini taqdim etadi. To'lov kechikadigan bo'lsa, unga nisbatan jarima sifatida komissiya undiriladi va u foydaga kiritiladi. Islomiy bank esa sizning talabingizga asosan salon bilan avtomobil oldi-sotdi shartnomasini imzolaydi, to'lovlarni amalga oshiradi, keyin uni sizga ustiga foydasini qo'ygan holda ma'lum bir muddatga egalik huquqini oxirida o'tkazib berish sharti bilan ijaraga beradi. To'lov kechikkan holda jarima olish taqiqlanadi, lekin bu holatni suiiste'mol qilmaslik uchun intizomiy chora sifatida shartnomaga qo'shishga ruxsat etilgan. Biroq an'anaviy bank tizimidan farqli o'laroq bu jarima qo'llanilgan holatda u foydaga olinmaydi va xayr-ehsonga ishlatib yuboriladi. Ko'rinib turganidek, birinchi holatda an'anaviy bank sizga pulni foizga beryapti, ikkinchi holatda esa bank sizga o'z mulkini ijaraga berish orqali foyda qilyapti.

Islom taraqqiyot bankining O'zbekiston banklari bilan hamkorligining hozirgi holati haqida to'xtaladigan bo'lsak, Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibiga bir qancha tashkilotlar kirib, shulardan Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIK) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) O'zbekiston banklari

bilan hamkorlik qiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 596-sonli qarori bilan O'zbekiston XSRIKga a'zo bo'lgan va mahalliy tijorat banklari va tadbirkorlar bilan hamkorlik qilib keladi.[4] Xususan, Murobaxa(ustama haqi evaziga sotish) moliyalashtirish usuli orqali tijorat banklariga moliyalashtirish liniyalari ajratilgan. Ushbu liniyalardan O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, qayta ishlash va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlab kelayotgan korxonalar o'z faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun foydalanadilar.

Yuqorida aytib o'tilganidek, mahalliy banklar yordamida Murobaxa usuli orqali bir qancha loyihalar amalga oshirilyapti, bundan tashqari bir qancha xususiy va aksiyadorlik kompaniyalari orqali Islom tamoyillariga to'g'ri keladigan muddatli sotish yoki lizingga asoslangan xizmat turlarini ham taklif etmoqdalar.Misol uchun, XSRIK homiyligida tashkil etilgan Toiba lizing kompaniyasi mijozlarga ijara (islomiy lizing) xizmatini yo'lga qo'ygan bo'lib, bunda mijozlarga foizsiz lizing shartnomasi, ya'ni asbob-uskunalarni sotib olishda ularning ustiga kompaniyaning ustama haqini qo'ygan holda muddatli bo'lib-bo'lib berish orqali mablag'larni qaytarish imkoniyati mavjud. Shu kabi shartlarda, O'zbek lizing kompaniyasi va bir qancha xususiy tadbirkorlar avtomobil, ko'chmas mulk va maishiy texnikalarni muddatli to'lov asosida sotish xizmatlarini yo'lga qo'yganlar.Islom taraqqiyot banki ham ijara, bo'lib to'lab berish sharti bilan sotish va istisno tarzida Hukumat loyihalarini ham moliyalashtirib kelmoqda. Biroq O'zbekistonda mahalliy tijorat banklari tomonidan shariatga muvofiq moliyalashtirish uslublari mavjud emas. Bunga asosiy sabab O'zbekistonda islomiy moliyalashtirish uchun zarur bo'lgan qonunchilikning yo'qligi va mavjud qonunchilikda bu tizimni ishlashi uchun nomutanosibliklarning mavjudligidir. Shu bilan bir qatorda, taxminan bir yarim yil ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining islomiy bankchilik tamoyillarini O'zbekistonda tatbiq etish to'g'risidagi qarori loyihasi e'lon qilindi va O'zbekiston Respublikasi normativ-xuquqiy hujjatlari loyihalarini muhokama qilish portalida qaror loyihasi keng jamoatchilik e'tiboriga havola qilindi. Mazkur qarorni ishlab chiqish yuzasidan bir qator mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi, shu jumladan, Islom taraqqiyot banki vakillari tomonidan ham bir qator takliflar kiritildi. Jamoatchilik tomonidan bu fikr ma'qullandi va ko'p qiziqish uyg'otdi. Lekin afsuski, ushbu qaror amalda kuchga kirmadi va noma'lum sabablarga ko'ra portaldan olib tashlandi.

NATIJA

Kerakli qonunchilik va me'yoriy hujjatlarni qabul qilish bilan bir qatorda, O'zbekistonda islom bankchiligining rivojlanishida yana bir nechta muammolar mavjuddir. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, Islom bankchiligini O'zbekistonda joriy

qilinishining asosiy mezonlaridan biri bu O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, banklar va banklar faoliyati to'g'risidagi qonunlarga, soliq va fuqarolik kodekslariga va boshqa qonun osti hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yoki alohida qonun qabul qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, O'zbekistonda bu sohada kadrlarni tayyorlash O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida 2018-yilda

ID LOYIHA YARATUVCHISI MUHOKAMAGA CHIQARISH SANASI YAKUNLA-NISH SANASI TAKLIF-LAR SONI

21738 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI 04/09/2020 19/09/2020 19TA

boshlangan edi, lekin 2019-yilda bu yo'nalish bo'yic ia qabul amalga oshirilmadi. Bu

o'z-o'zidan mazkur sohada kadrlar yetishmasligini keltirib chiqaradi, ayniqsa Shariat kengashlariga munosib nomzodlar juda kam yoki umuman yo'q, desa ham bo'ladi. Shuningdek, bu borada aholining savodxon-ligini oshirish ham muhim sanaladi, chunki islomiy moliyalashtirish bo'yicha yetarli bilimga ega bo'lmagan aholi, uni an'anaviy moliyalashtirishdan farqini tushunib yetmasligi yoki noto'g'ri talqin qilinishiga olib keladi.

2021 yilda Markaziy bank islom moliyasi konsepsiyasini o'z ichiga olgan nobank kredit tashkilotlari to'g'risida qonun loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 11-yanvar kuni AOKAdagi matbuot anjumanida Markaziy bank raisi o'rinbosari Behzod Hamrayev ma'lum qildi.

2.Jadval

Nobank kredit tashkilotlari to'g'risidagi qonun muhokamasi natijalari[5]

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston Islomiy Taraqqiyot Banklarga juda ham ehtiyoj ekanligini va bunday banklarni kelasi yaqin yillarda O'zbekistonda tashkil etilishini hukumatimizdan va Markaziy bankdan kutib qolamiz. Va albatta, biz ishonamizki, bunday banklar yurtimizda o'z ish faoliyatini boshlaydi. Agarda bunday banklar O'zbekistonda ish faoliyatini boshlasa, u holda Islomiy bank tamoyillari aholi jamg'armalarini bank tizimiga jalb qilishga yordam berishidagi asosiy narsa, Islomiy bankning mudoraba(investitsiya) depoziti sheriklar o'rtasida foyda taqsimlanishi bo'lib qoladi va moliyaviy munosabatlarda ijtimoiy adolatga asoslangan hamkorlikning yaqqol namunasi darajasiga chiqadi. Aynan shu tamoyilning o'zi aholi jamg'armalarini islomiy

banklarga, biron bir loyihaga pul qo'yishi va bundan foyda olishi uchun turtki bo'lib xizmat qiladi, deb o'ylayman. Bundan tashqari, islomiy banklarning moliyalashtirish mexanizm-laridan kelib chiqib, shuni ta'kidlash kerakki, aholining moliyalashtirishga muhtoj qatlami ham mablag'ga ega bo'lib, undan foyda olishni ko'zlayotgan tomon ham birdek manfaatdordir. Qo'shimcha qiladigan bo'lsam, hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan banklarimiz islom dinimizga to'g'ri keladi deb ham ayta olmaymiz. Islom dini tomonidan aytadigan bo'lsak, banklarning olib borayotgan ish jarayonlari sudxo'rlikdan ya'ni pulni foizga berishdan iboratdir. Sudxo'rlik esa muqaddas dinimizda qat'iyan taqiqlangan.

REFERENCES

1. Indoneziyaning moliyaviy xizmatlar boshqarmasi. Sana va vaqt 2020-yil Yanvar-Noyabr.

2. https://www.gazeta.uz/ sayti

3. https://regulation.gov.uz/ sayti.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 596-sonli qaroriga doir hujjatlar kitobi.

5. O'zbekiston Respublikasining "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliya-lash faoliyati to'g'risida"gi Qonuni loyihasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.