Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA VA QONUNLARDA BOLA HUQUQLARINING HIMOYASI'

KONSTITUTSIYA VA QONUNLARDA BOLA HUQUQLARINING HIMOYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1908
191
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Demokratiya / Konstitutsiya / qadr-qimmat / erkinlik / huquq / burch / qonun / jamiyat. / Democracy / Constitution / dignity / freedom / law / duty / legislation / society.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Maqsudova, Gulbahor, Sattorova, Muxarram Abdurazoqqovna

Ushbu maqola bola huquqlari, ya’ni inson huquqlari avvalambor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanganligini, Konstitutsiyamizning bosh yo‘nalishi insonni va uning hayotini ulug‘lash ekanligini, inson va uning hayoti, eriknligi, sha’ni, qadr-qimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini yoritishga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROTECTION OF CHILDREN'S RIGHTS IN THE CONSTITUTION AND LAW

This article states that the rights of the child, ie human rights, are first of all enshrined in the Constitution of the Republic of Uzbekistan, the main direction of our Constitution is the glorification of man and his life other inviolable rights are devoted to the elucidation of the highest value.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA VA QONUNLARDA BOLA HUQUQLARINING HIMOYASI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KONSTITUTSIYA VA QONUNLARDA BOLA HUQUQLARINING

HIMOYASI

Maqsudova Gulbahor, Sattorova Muxarram Abdurazoqqovna

Toshkent shahar yuridik texnikumi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola bola huquqlari, ya'ni inson huquqlari avvalambor O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanganligini, Konstitutsiyamizning bosh yo'nalishi - insonni va uning hayotini ulug'lash ekanligini, inson va uning hayoti, eriknligi, sha'ni, qadr-qimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini yoritishga bag 'ishlanadi.

Kalit so'zlar: Demokratiya, Konstitutsiya, qadr-qimmat, erkinlik, huquq, burch, qonun, jamiyat.

PROTECTION OF CHILDREN'S RIGHTS IN THE CONSTITUTION

AND LAW

Maqsudova Gulbahor, Sattorova Muxarram Abdurazoqqovna Tashkent city law technical school

ABSTRACT

This article states that the rights of the child, ie human rights, are first of all enshrined in the Constitution of the Republic of Uzbekistan, the main direction of our Constitution is the glorification of man and his life other inviolable rights are devoted to the elucidation of the highest value.

Keywords: Democracy, Constitution, dignity, freedom, law, duty, legislation, society.

ЗАЩИТА ПРАВ ДЕТЕЙ В КОНСТИТУЦИИ И ЗАКОНЕ

Максудова Гульбахор, Сатторова Мухаррам Абдуразаковна

Ташкентский городской юридический техникум

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится, что права детей, то есть права человека, закреплены в первую очередь в Конституции Республики Узбекистан, главное

Scientific Journal Impact Factor

О

направление нашей Конституции - прославление человека и его жизненных ценностей и других неотъемлемых прав.

Ключевые слова: Демократия, Конституция, достоинство, свобода, закон, долг, законодательство, общество.

Bola huquqlari, bu umuman olganda inson huquqlari hamdir. Bola huquqlari, ya'ni inson huquqlari avvalambor O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning bosh yo'nalishi-insonni va uning hayotini ulug'lashdir. Asosiy qonunimizning 13-moddasida: "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, eriknligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi", deb mustahkamlab qo'yilgan.

Konstitutsiyaning II-bo'limi aynan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga oid normalarni o'z ichiga oladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII, VIII, IX, X, XI-boblarida inson va fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari, burchlari, shuningdek bu huquqlarni ta'minlash kafolatlari ham belgilab berilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolani yozish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Konstitutsiyasining VII, VIII, IX, X, XI-boblarida konstitutsiyaviy normalarga ko'ra inson dunyoga kelishi bilanoq, o'zining tabiiy huquqlariga, ya'ni shaxsiy huquqlariga ega bo'ladi. Masalan, Bosh Qomusimizning 24-moddasiga e'tibor qaratsak, unda: "Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir",-degan qoida mustahkamlangan. Yashash huquqi inson tug'ilishi bilan vujudga keladi, uning vafot etishi bilan tugaydi. Bu normada yashash huquqidan biror bir shaxsni mahrum qilish yoki uning hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyat ekanligi ta'kidlanib, bunday jinoyat uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli normalarida jinoiy javobgarlik belgilangan.

Bola huquqlariga to'xtaladigan bo'lsak, shuni ta'kidlash lozimki, davlat sog'lom bolaning tug'ilishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

Sog'lom avlod jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi. Yosh avlod qadrlanmagan jamiyat hech qachon mukammal va tez rivojlana olmaydi. Kelajakni ishonib topshirish uchun har qanday jamiyat o'sib kelayotgan yosh avlodni qadrlamog'i, uning har tomonlama sog'lom qilib tarbiyalanishiga sharoit yaratib bermog'i lozim.

Konstitutsiya va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo'ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.

Ma'lumki, keyingi vaqtlarda O'zbekiston milliy qonunchiligining xalqaro standartlarga uyg'unligini ta'minlash sari dadil olg'a siljimoqda. Fikrimizning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, davlatimiz bola huquqlari kafolatlari to'g'risida, Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida va bola huquqlarini himoya qilishga doir boshqa qator qonunlarni qabul qildi.

Barchamizga ma'lumki, 1948 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan.1989 yil 20 noyabrda esa Bosh Assambleya rezolyusiyasi asosida "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiya qabul qilindi. O'zbekiston davlati bu konvensiyani 1992 yil 9 dekabrda ratifikatsiya q ildi. Keyinchalik 2008 yil 7 yanvarda O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinib, unga ko'ra bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berildi.

Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning ta'sirchan tizimini yaratish maqsadida 2019 yil 22 aprelda yana bir huquqiy hujjat: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4296-son qarori qabul qilindi va unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) o'rinbosari - Bola huquqlari bo'yicha vakil lavozimi joriy etildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo'yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi.

Darhaqiqat, "Bola huquqlarini ta'minlash hozirgi zamonning global muammolaridan biri bo'lib, uni hal etish bilan bog'liq masalalar jahon

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

hamjamiyatining doimiy diqqat e'tiborida turibdi. Bu bejiz emas, chunkiyosh avlod jamiyat taraqqiyoti va istiqbolini ta'minlovchiyetakchi kuch hisoblanadi".1

Shuning uchun davlatimiz yuqoridagi qarorda belgilangan vazifalarni bajara borib, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to'g'risidagi murojaatlarni ko'rib chiqish orqali bolaning huquqlari, eriknliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi kafolatlarini ta'minlab beradi.

Ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga, qonun hujjatlari talablariga javob beradigan turar joy bilan ta'minlanishiga ko'maklashadi.

Bola huquqlarini yanada keng doirada kafolatlash maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 maydagi "Inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi navbatdagi qarori Bola huquqlari bo'yicha vakil o'z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo'lmagan tarzda bajarishi, daxlsizlik huquqidan foydalanishi va u O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi mumkin emasligi kabi qoidalarni qat'iy belgilab qo'ydi.

Davlat bolaning shaxsi, uy-joy daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta'minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo'ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo'ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo'pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g'ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish bo'yicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste'mol qilganda bola o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so'rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola to'liq muomala layoqatiga ega bo'lmaganligi sababli ko'rib chiqmasdan qoldirishga yo'l qo'yilmaydi.

1 Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi."Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya va uning fakultativ protokollari".Toshkent-2009, 7-b.

Scientific Journal Impact Factor

o

Bolaning hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'ilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo'lgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma'lum qilishlari shart. Shunday ma'lumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha zarur choralar ko'rishi shart.

Davlatimiz tomonidan bola huquqlarini nechog'li kafolatlanganligini nafaqat mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan sa'y-harakatlarda, balki qator normativ -huquqiy aktlarda ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar bobida tegishli javobgarlik normalari o'rnatilgan. Chunonchi, Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, voyaga yetmagan shaxsni g'ayriijtimoiy hatti-harakatlarga jalb qilish, voyaga yetmagan bolalarni tilanchilik qilishga majbur qilish, o'n olti yoshga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, ularga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish kabi jinoyatlar uchun qat'iy jazo choralari belgilab qo'yilgan.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, davlatimizning bola huquqlarini himoya qilish yuzasidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo'yilgan normalarni hayotga izchil tadbiq etish yo'lida olib borayotgan siyosati Bolaga va uning huquqlarini ta'minlashga qaratilgan. Biror bir bolaning huquqi sud organining asoslantirilgan qaroridan tashqari hech bir organ yoki mansabdor shaxs tomonidan cheklanishi mumkin emas.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent-"0'zbekiston"-2021.

2. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi. "Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya va uning fakultativ protokollari" Toshkent-2009,

XULOSA

7-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.