Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI DINIY BAG’RIKENGLIK VA MILLATLARARO TENGLIKNING POYDEVORI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI DINIY BAG’RIKENGLIK VA MILLATLARARO TENGLIKNING POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiya / davlat / ijtimoiy hayot / referendum / fuqarolar / milliy / etnik va diniy ozchilik / huquq.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ziyodullayev Azizbek

Ushbu maqolada mamlakatimizning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarida millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik mustahkamlovchi hujjatlar o’rganilib, tahlil qilingan.Shuningdek, yurtimizda mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI DINIY BAG’RIKENGLIK VA MILLATLARARO TENGLIKNING POYDEVORI»

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI - DINIY BAG'RIKENGLIK VA MILLATLARARO TENGLIKNING POYDEVORI

Ziyodullayev Azizbek

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Inagamova Mafura

Muxtarxanova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarida millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik mustahkamlovchi hujjatlar o'rganilib, tahlil qilingan.Shuningdek, yurtimizda mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiya, davlat, ijtimoiy hayot, referendum, fuqarolar, milliy, etnik va diniy ozchilik, huquq.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniy merosga ega bo'lgan va xilma-xil aholiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi demokratik qadriyatlarga, teng huquqlilik va madaniy xilma-xillikka hurmatga asoslangan jamiyat qurishga intildi. Bu maqsadlarga erishishda milliy, etnik va diniy ozchiliklarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga katta ahamiyat berilgan mamlakatimiz Konstitutsiyasi muhim o'rin tutadi. Malumki, O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklar jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdir 1 (19-modda), shuningdek, davlatning oliy maqsadi inson huquq va erkinliklarini ta'minlashdir". Shu bilan birga, inson huquqlari bilan bog'liq normalar 3 barobardan ziyod ko'payganini alohida ta'kidlash lozim.

Konstitutsiyamizning 4-moddasida "O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi" deb ta'kidlangan. Konstitutsiyamizning 8- moddasida "O'zbekiston xalqi, millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarosidir" - deb belgilab qo'yilgan. Shu munosabat bilan O'zbekiston Konstitutsiyasi demokratik qadriyatlarga hurmatni e'zozlash tamoyillari markazida turadi. Millati, etnik guruhi va diniy mansubligidan qat'i nazar, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlash muhim

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son

2024-yil, 7-dekabr

260

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

xususiyatdir. Bu har bir fuqaro teng imkoniyat va huquqlarga ega demokratik jamiyat uchun zamin yaratdi.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to'g'risidagi qonunda ham O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi fuqarolikni olish asoslaridan qat'i nazar barcha uchun tengligi belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasining fuqarolari kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e'tiqodlaridan, mashg'ulotining turi va sajiyasi hamda boshqa holatlardan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

O'zbekiston Respublikasida fuqarolik tenglik prinsipiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu prinsiplarga ko'ra:

1. Teng huquqlar: Har bir fuqaro o'z huquqlari va erkinliklaridan foydalanishda tengdir. Bu shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni o'z ichiga oladi.

2. Teng imkoniyatlar: Fuqarolar o'z ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faoliyatlarida teng imkoniyatlarga ega bo'lishlari kerak.

3. Diskriminatsiyaga yo'l qo'yilmaslik: Fuqarolarni jins, millat, irqi, dini yoki boshqa belgilari bo'yicha kamsitish taqiqlanadi.

Bundan tashqari ozchilik huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonunlar va me'yoriy hujjatlar qabul qilingan. Misol tariqasida 'milliy ozchilik to'g'risidagi qonun', 'ijtimoiy himoya to'g'risida' gi qonunlarni keltirishimiz mumkin.2

Bu qonunlar fuqarolar o'rtasida ijtimoiy adolatni ta'minlash va erkinliklarni himoya qilishga qaratilgan.

Bundan tashqari, Konstitutsiya madaniy va diniy xilma-xillikni himoya qilish muhimligini ta'kidlaydi. Bunday himoya nafaqat kamsitishning oldini oladi, balki milliy, etnik va diniy ozchiliklarning o'ziga xos madaniyati va an'analarini saqlab qolishga ham yordam beradi. Natijada jamiyat madaniy jihatdan boy va muvozanatli bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida milliy, etnik va diniy ozchiliklarning huquqlariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu kafolatlar kamsitishning oldini olish, madaniy xilma-xillikni rag'batlantirish va dindorlarning huquqlarini himoya qilishni o'z ichiga oladi.

2 O'zbekiston Respublikasi yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada "Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash" (tahliliy strategiya asosida) 25.07.2022

PF - 175 - son Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y.,

06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003 -son.

2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

261

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^

Konstitutsiyada ozchiliklar huquqlarining himoya qilinishi nafaqat tenglik kafolati bo'lib xizmat qiladi, balki ijtimoiy barqarorlikka ham xizmat qiladi. Bu mafkuraviy bag'rikenglikni rivojlantirish, turli madaniyatlarning yaqinlashishi va har bir fuqaro o'zini hurmat va muhimligini his qiladigan yagona jamiyatni barpo etishga ko'maklashadi.

Xususan, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo'nalishi — xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikka bag'ishlangani ham mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida qaralishini ko'rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan vijdon erkinligi huquqini ta'minlash hamda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar olib borilganligini aytib o'tishimiz mumkin.

Bugungi kunda 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida "Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik — jamiyat barqarorligi garovi" mavzusida xalqaro va respublika konferensiyalarini tashkillashtirish ko'zda tutilgan. Bundan tashqari Bugungi kunda O'zbekistonda 16 diniy konfessiyaga mansub 2313 ta diniy tashkilot faoliyat yuritadi. Shundan 2122 tasi islomiy, 174 ta xristian diniy tashkiloti, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy jamoalari, 1 ta krishnani anglash jamiyati, 1 ta buddaviylar ibodatxonasi va 1 ta O'zbekiston Bibliya jamiyatidir. Shuningdek, qisqa muddat ichida 54 ta masjid yangidan barpo etildi, 17 ta yangi noislomiy diniy tashkilot o'z faoliyatini boshladi.

Shuningdek Konstitutsiyada doimiy takomillashtirish va zamon talablariga moslashish mexanizmlari belgilangan. Bu mamlakatda jamiyat dinamikasiga mos ravishda ozchiliklar huquqlarini himoya qilishda yangi standartlar va yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri o'zining o'ziga xos xususiyatlari bilan barcha millatlarning manfaatlari va huquqlarini e'tibor markaziga qo'ygan hujjatdir. Bu himoya nafaqat adolatli va demokratik jamiyatning asosi bo'lib xizmat qiladi, balki mamlakatda madaniy xilma-xillikni saqlash va rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi

262

2024-yil,7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti

bo'yicha Harakatlar strategiyasida3 millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirish masalasi ham ustuvor vazifa etib belgilangan. Bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillari Konstitutsiya hamda qonunlarimizda qayd etilgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, ilm-fan, madaniyat, ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilib kelyapti. Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga, xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va imijini oshirishga munosib hissa qo'shmoqda.

Konstitutsiyamizda O'zbekiston o'zining hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf--odati va an'analariga hurmat bilan munosabatda bo'lishi, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi kafolatlangan.

REFERENCES

1. HHaraMOBa M.M. Cu^arau TatnuM th3hmhhh pHBO^naHTHpumHHHr 6at3H CTpareruK aœcnapu //Pecny6nuKacH HHB ManaKa Omupum HHCTHTyra axôopoTHOMacH. T.- 2023. № 3. 63-70 6.

2. HHaraMObiB M.M .Y36eKHCTOHga aënnapra Huc6araH 3ypaBOHnuK Macananapu: MyaMMonap, K>TyKnap Ba HCTHK6Onnap//International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. P. 107-112

3. HHaraMOBa M.M., ^ypa6oeB H. ro. . TypKHCTOHnuK aënnapHHHr CHëCHH MaKOMH//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. E.78-90

4. HHaraMOBa M.M Ouna, hhkox, MyHOca6araapHga Max,anna HHCTHryuHHHr TarnKHnuH-xyKyKHH ^Hx,araapH//Yangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - E. 48-55

5. HHaraMOBa M. M. Кoнстнтyцнaвнн ucnOxpraapga HHCOH-^aMuaT- gaBnar MacananapHHHHr puBO^naHurn 6ocKHHnapu//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. E. 59-64.

3 Inagamova M.M. Konstitutsiyaviy islohatlarda inson-jamiyat davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari // "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati" mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiyasi. Toshkent. 01.12.2023 yil 59-64 b.

263

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчдик ва тараккиёт кафодати: Узбекистан Респубдикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиддиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика идмий-амадий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистан Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent. "O'zbekiston". 2023

9. Inagamova M.M. Konstitutsiyaviy islohatlarda inson-jamiyat davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari // "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati" mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiyasi. Toshkent. 01.12.2023 yil 59-64 b.

10. O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi, Lex.uz

11. O'zbekiston Respublikasi yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada "Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash" (tahliliy strategiya asosida) 25.07.2022 PF - 175 - son

12.Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

13. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

14. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

15. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистан Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

264

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun Tashkent State Transport University_The Constitution — for Human Dignity

16. ^agameBa A.A. Maxannufi H^pO xokhmhath ^aOnutfra ycTugaH ^aMOarnunuK Ha3OpaTHHH Hara^agOpnuruHH OmupumHHHr HnMHH-Ha3apuH enuMnapu// XyKyKHÖ TagKHKOTnap ^ypHanu. 2-Maxcyc coh. TOmKeHT. 2020. E-227-232

265

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.