Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON DUTOR IJROCHILIGI SAN’ATIDA AYOLLARNING O‘RNI'

O‘ZBEKISTON DUTOR IJROCHILIGI SAN’ATIDA AYOLLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
11
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
maqolada O‘zbekiston dutor ijrochiligi san’atida ayollarning o‘rni / dutor cholg‘usining tarixi / uning xalq musiqasidagi o‘rni va ayol ijrochilarning musiqiy merosni saqlashdagi roli o‘rganiladi. Xususan / ayol ijrochilarning dutor san’atiga qo‘shgan hissalari va ularning xalqaro maydonlardagi faoliyati yoritiladi. / дутар / исполнение на народных инструментах / женщины-исполнители / народная музыка / культурное наследие / ансамбли / международная сцена / музыкальная традиция.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M. Janiyeva

maqolada O‘zbekiston dutor ijrochiligi san’atida ayollarning o‘rni, dutor cholg‘usining tarixi, uning xalq musiqasidagi o‘rni va ayol ijrochilarning musiqiy merosni saqlashdagi roli o‘rganiladi. Xususan, ayol ijrochilarning dutor san’atiga qo‘shgan hissalari va ularning xalqaro maydonlardagi faoliyati yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FEMALE PERFORMERS IN THE ART OF UZBEK DUTAR PERFORMANCE

в статье рассматривается роль женщин-исполнителей в искусстве игры на узбекском дутаре, их историческое и культурное значение, а также вклад в развитие музыкального наследия узбекистана. Особое внимание уделено тому, как женский вклад в исполнение на дуторе влияет на сохранение и развитие народной музыки.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON DUTOR IJROCHILIGI SAN’ATIDA AYOLLARNING O‘RNI»

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M. Janiyeva1H_

1O'zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent,O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada O'zbekiston dutor ijrochiligi san'atida ayollarning o'rni, dutor cholg'usining tarixi, uning xalq musiqasidagi o'rni va ayol ijrochilarning musiqiy merosni saqlashdagi roli o'rganiladi. Xususan, ayol ijrochilarning dutor san'atiga qo'shgan hissalari va ularning xalqaro maydonlardagi faoliyati yoritiladi.

MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi o'zbekiston dutor ijrochiligi san'atida ayollarning o'rni va ahamiyatini o'rganish, ularning ijodi orqali xalq musiqasini rivojlantirishdagi rolini aniqlashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda dutor ijrochiligi san'atida ayollarning roli bo'yicha ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Ayol ijrochilarning tarixiy va madaniy o'rniga oid materiallar o'rganildi va zamonaviy ijodkorlarning dutor ijrochiligi san'atiga qo'shgan hissalari tahlil qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar o'zbekiston dutor ijrochiligi san'atida ayollarning faol ishtirokini, ularning milliy musiqani rivojlantirishdagi beqiyos hissasini ko'rsatdi. Tadqiqotda ayol ijrochilarning xalq musiqasini saqlash va rivojlantirishdagi roli, shuningdek, ularning xalqaro maydonlarda dutor ijrochiligi san'atini targ'ib etishdagi ahamiyati ta'kidlandi.

XULOSA: tadqiqot natijalari o'zbekiston dutor ijrochiligi san'atida ayollarning o'rni va ahamiyatini kuchaytirish, milliy musiqani kelajak avlodlarga yetkazishda ularning beqiyos hissalarini yoritish zarurligini tasdiqladi.

Kalit so'zlar: dutor, ijrochilik san'ati, ayollar o'rni, xalq musiqasi, madaniyat, milliy an'analar, xalqaro maydonlar.

РОЛЬ ЖЕНЩИН В ИСКУССТВЕ ИСПОЛНЕНИЯ НА УЗБЕКСКОМ ДУТОРЕ

© М. Жаниева1И

1Узбекская государственная консерватория, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматривается роль женщин-исполнителей в искусстве игры на узбекском дуторе, их историческое и культурное значение, а

Iqtibos uchun: Janiyeva M. O'zbekiston dutor ijrochiligi san'atida ayollarning o'rni. // Inter education & global study. 2024. №10(1). B.569-574.

Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

также вклад в развитие музыкального наследия узбекистана. Особое внимание уделено тому, как женский вклад в исполнение на дуторе влияет на сохранение и развитие народной музыки.

ЦЕЛЬ: основная цель исследования — выявить вклад женщин в развитие дуторной музыки и их роль в сохранении и продвижении узбекской народной музыкальной традиции как на национальном, так и на международном уровнях.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании проведен анализ литературы по истории дуторного исполнения, а также выявлены особенности участия женщин в этом процессе. Изучены материалы, касающиеся работы ансамблей, таких как "дуторчи кызлар ансамбли", и участие женщин в развитии этой традиции.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показали, что женщины играют ключевую роль в сохранении и развитии дуторной музыки. Благодаря их усилиям, такие ансамбли, как "дуторчи кызлар", продолжают развивать этот жанр, а современные женщины-исполнители на дуторе продвигают узбекскую народную музыку на международной арене.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование подтверждает, что вклад женщин в искусство исполнения на дуторе является значительным и продолжает оказывать влияние на развитие народной музыки узбекистана. Их творчество способствует сохранению национальной музыкальной традиции и укреплению культурных связей на международном уровне.

Ключевые слова: дутор, исполнение на народных инструментах, женщины-исполнители, народная музыка, культурное наследие, ансамбли, международная сцена, музыкальная традиция.

Для цитирования: Жаниeва М. Роль женщин в искусстве исполнения на узбекском дуторе. // Inter education & global study. 2024. №10(1). С.569-574.

THE ROLE OF FEMALE PERFORMERS IN THE ART OF UZBEK DUTAR PERFORMANCE_

© Mahliyo Janiyeva1®

1Uzbek State Conservatory, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article analyzes the role of female performers in the art of uzbek dutar performance, their contribution to preserving and developing national musical traditions, and the influence of their creativity on the international stage.

AIM: the main objective of the study is to explore the role of women in the performance of the uzbek dutar, their historical and cultural significance, and their contribution to the preservation and promotion of uzbek folk music at both the national and international levels.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: the study involved an analysis of literature on the history of dutar performance, as well as an exploration of the involvement of women in this process. The work of ensembles such as "dutorchi kizlar" and the participation of female performers in the development of the tradition were examined.

DISCUSSION AND RESULTS: the results demonstrated that women play a pivotal role in preserving and developing dutar music. Thanks to their efforts, ensembles like "dutorchi kizlar" continue to evolve this genre, and contemporary female performers on the dutar promote uzbek folk music on the international stage.

CONCLUSION: the findings confirm that the contribution of women to the art of dutar performance is significant and continues to influence the development of folk music in uzbekistan. Their creativity contributes to the preservation of national musical traditions and strengthens cultural connections on the international stage.

Keywords: dutar, folk instrument performance, female performers, folk music, cultural heritage, ensembles, international stage, musical tradition.

For citation: Mahliyo Janiyeva. (2024) 'The Role of Female Performers in the Art of Uzbek Dutar Performance', // Inter education & global study, (10(1)), pp.569-574. (In Uzbek).

O'zbek musiqa san'ati Sharq madaniyatining ajralmas qismi hisoblanib, ko'p asrlik tarixiy yo'lni bosib o'tgan. Insoniyat rivojining boshqa sohalarida bo'lganidek, musiqa san'atida ham uning taraqqiyot bosqichlarini o'rganish, o'zlashtirish jarayonida muhim xususiyatlar va qirralar yorqin namoyon bo'ladi. Xalqimiz rivojlanish davrlari mobaynida qo'shiq bilan bir qatorda xalq cholg'ulari hisoblanmish - tanbur, dutor, doira, ud, g'ijjak, qonun, chang, rubob kabi milliy sozlarimiz bebaho ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qilgan va qilmoqda. Milliy sozlar ichida dutor cholg'usi alohida o'rin tutadi, chunki dutor sozi o'zining go'zal ovozi, nola-qochirimlari, rang-barang milliy ijro bezaklari hamda o'rganish va ijro etish jihatidan murakkab bo'lishiga qaramay, xalqimiz orasida juda ham ommalashgan, sevimli sozga aylangandir. Dutor nafaqat o'zbek xalqi orasida, balki tojik, uyg'ur, turkman, eron va boshqa xalqlarda ham sevib ijro etiladi. Chunki dutor sozida mumtoz klassik maqom kuylari, o'zbek xalq kuylari qatori, bastakor va o'zbek kompozitorlari tomonidan yozilgan kuylarni ham mohirona ijro etish imkoniyati mavjuddir.

Dutorning cholg'usining shakllanish jarayoni uzoq tarixiy taraqqiyotga ega bo'lib, u haqidagi ma'lumotlar musiqiy risolalarda XV asrdan boshlab ta'riflanib kelinadi. "Farobiy (IX asr) ma 'lumotlariga qaraganda Xuroson tanburi o 'zining ko'plab belgilari bilan zamonaviy dutorni eslatadi" . Dutor o'z nomi va barcha (shakliy, tarkibiy, ijroviy) imkoniyatlari bilan ilk bor XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynulobiddin al-Xusayniyning musiqa ilmiga bag'ishlangan "Qonuni ilm va amali musiqiy" nomli risolasida bayon etilgan. Risolada dutor cholg'usi quyidagidek ta'riflanadi: u ikki torli bo'lib, ularning oralig'i kvarta intervalini tashkil etuvchi, dastasiga bog'langan pardalari (hozirgi akademik dutorda pardalar qotirilgan) o'n bittani tashkil qiladi. Farq faqat shaklda

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

deyish mumkin, chunki tavsiflangan dutor kosaxonasi hozirgi zamon dutoridan oz bo'lsada kattaroq, dastasi esa qisqaroqdir. Davrlar o'sha cholg'ular o'zgarish yoki mukammallashish jarayonini o'tashi muqarrardir.

O'zbekiston madaniyatining ijrochilik san'atida dutorchi ayollarning o'rni muhim va beqiyos bo'lib, ular asrlar davomida musiqiy merosni saqlash, rivojlantirish va yangi avlodlarga yetkazishda asosiy rol o'ynaganlar. Shu jumladan, musiqa cholg'ulari orasida dutor o'zining "ayoliy" ramzi bilan tanish va dutorchi ayollar anchayin ko'p. Tarixdan dutor asosan xonaki cholg'u bo'lganligi sababli, ayollarga uyda ijro etishlari uchun juda mos kelgan. Shu jumladan, gap-gashtaklar, to'ylar, bayramlar, she'rxonliklar va boshqa tadbirlarda foydalanib kelingan tarixiy rolga ham ega hisoblanadi. Ba'zida, doira istisno, dutor ayollar tomonidan chalinishi mumkin bo'lgan yagona musiqa cholg'usi sifatida ham ko'rilgan.

XX asrning 30-yillarida o'zbek xalq cholg'ularini takomillashtirish ishlari boshlandi. Natijada xalq cholg'ularida nota yozuviga asoslangan ijrochilik san'ati vujudga keldi. Bu esa o'zbek xalq cholg'u ijrochiligi san'ati tarixida yangi sahifa bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. 1930-yillarda xalq kuylarini notaga olish bo'yicha ekspeditsiya tuzilgan va N.M.Mironov, V.A.Uspenskiy, E.E.Romanovskaya, I.A.Akbarov va X.Muxamedova bu eskpeditsiya a'zolari edilar. 1931-yil yoz oylarida ekspeditsiya Farg'ona vodiysi (Farg'ona, Andijon, Marg'ilon va O'sh)ga yo'l oladi va 200ga yaqin xalq kuylari notaga yozib olindi. To'plangan materiallar orasida E.E.Romanovskaya tomonidan yozib olingan farg'onalik ayollarning qo'shiqlari barchada katta qiziqish uyg'otdi.

Rasmda E.E.Romanovskaya va X.Muxamedovalar Andijonda Lutfiyxon

Ye.Ye. Romanovskaya va X. Muhammedova Lutfixonim Sarimsoqovadan xalq qoshig'ini yozib olmoqda (1931).

Yunus Rajabiy va Lutfixonim Sarimsoqova tashabbuslari bilan 1939-yilning iyun oyida O'zbek davlat filarmoniyasi qoshida "Dutorchi qizlar ansambli" deb ataluvchi jamoa tashkil etiladi. 30 nafar dutor chalib, kuylovchi havaskor ayollardan tashkil topgan mazkur ansamblga Lutfixonim Sarimsoqova badiiy rahbar etib tayinlanadi. Ansamblning musiqiy

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Нэучно-теоретический и методический журнэл 2024, №10(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

rahbarligi esa Fahriddin Sodiqovga topshiriladi. Badiiy rahbar jamoadagi ayollarga dutor chalishni o'rgatishi bilan bir qatorda xalq termalari, qo'shiq va yalla, lapar va ashulalardan saralab, ularni ayollar jo'rovozligi va jo'rnavozligiga moslashtirish ishlarini ham qilgan. Shuningdek, ularga to'g'ri keladigan zamonaviy kuy-qo'shiqlar bilan dutorchi qizlar ansambli asarlari ro'yxatini yanada boyitishga harakat qilishgan.

Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanida ham Marg'ilondagi ayollar gashtagida dutorchi qizlar musiqa ijro etgan sahnasi haqida so'z ketadi. Cho'lponning "Kecha va Kunduz" asarining ayol qahramonlari Qumri, Zebi va boshqalar dutor chalib, qo'shiq ijro etganlari va raqsga tushganlari haqida quyidagidek yozilgan: "Ular qo'shni qishloqqa yo'l olar ekanlar, ot qo'shilgan aravadagi sayohatlari mobaynida dutor chalib, qo'shiq aytib boradilar".

Quyidagi rasmda ham 1880-1890 yillarda ayollar ichkarida, erkaklardan holi ko'ngillarini yozish maqsadida yig'ilganlari aks etgan.

Marg 'ilon 1880-1890-yillar.

Dutor ijrochiligi ko'p asrlik an'anaga ega, hozirda esa ijrochilikda ayollarning roli faqat milliy darajada emas, balki xalqaro maydonlarda ham namoyon bo'lmoqda. Zamonaviy ijodkor ayollar o'zbek xalq musiqasini yangi bosqichga ko'tarib, an'anaviy musiqani zamon talablari bilan uyg'unlashtirishmoqda. Hozirgi kunda ustozlarimiz M.Ziyayeva, R.Xadjayeva, G.Muhammedova F.Ziyayeva, G.Muminova, D.Haydaraliyeva, N.Sodiqova, N.Isayeva va boshqalardan shogirdlar ta'lim-tarbiya olishyapti. Ustozlarimizning dutor ijrochiligi san'atiga o'zlarining beqiyos hissalarini qo'shayotganliklarini qancha e'tirof qilsak shuncha kam. Dutor ijrochiligi orqali AQSH, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Qatar, Turkiya va boshqa davlatlarga qilinayotgan safarlar, mahorat darslari va konsertlarda dutor cholg'usining xalqaro maydonlardagi o'rnini kundan kunga oshib borayotganligini ko'rishimiz mumkin.

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1. 2.

3.

4.

5.

6.

R.Xadjayevaning Amerika Qo'shma Shtatlaridagi safari. SAN XOSE Universitetidagi mahorat darsi . 2024-yil 26-fevral.

Dutor ijrochiligida ayollar O'zbekiston madaniyatida o'ziga xos va muhim o'rin egallaydi. Ular xalq musiqasini asrab avaylab, milliy madaniyatni kelajak avlodlarga yetkazishda o'zlarining beqiyos hissalarini qo'shib kelishmoqda. Ularning ijodi milliy musiqani rivojlantirishda, an'anaviy qadriyatlarni saqlashda va ayollarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashda xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada dutorchi ayollarning tarixiy, ijtimoiy va madaniy o'rniga e'tibor qaratilib, ularning O'zbekiston madaniyatidagi ahamiyati yoritildi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

Matyoqubov.O. Maqomot. T.,2004;

Romanovskaya.E.Stati i dokladi.Zapisi muzikalnogo folklora.T.,1957; Ziyayeva M. An 'anaviy cholg 'u ijrochiligi (Dutor).T., 2018; "Xalq cholg'ulari ijrochiligida yoshlar faolligini oshirish masalalari". Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (O'zDK) T.2016. Xodjayeva.R.Xalq cholg'ularida ijrochilik(Dutor).T.,2022

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Janiyeva Mahliyo, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i [Жаниева Махлиё, начальник отдела организации научно-исследовательской деятельности одаренных студентов], [Janiyeva Mahliyo Head of the Department for the Organization of Research activities of gifted Students]; manzil: O'zbekiston, Botir Zokirov ko'chasi 1, ^sl^ent, Toshkent [адрес: Узбекистан, улица Батыра Закирова 1, Ташкент, Ташкент], [address: Uzbekistan, 1 Batyr Zakirov Street, Tashkent, Tashkent].

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10(1)

iccl (A

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.