Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
MAQOM XONANDALIGIDA AYOL IJROCHILARNING AYOLLARIJROSINING AHAMIYATI
© D.Abduazimova1H Uzbekistan davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada maqom xonandaligida ayol ijrochilarning kirib kelishi va ularning ijrosidagi o'ziga xosliklar ko'rib chiqiladi. Ayollar ijrosining madaniyatimiz rivojidagi ahamiyati hamda bu jarayonning jamiyat hayotiga ta'siri yoritib beriladi. Tadqiqot doirasida ayol ijrochilarning o'ziga xos vokal va musiqiy uslublari tahlil qilinadi.
MAQSAD: Maqolaning asosiy maqsadi - maqom san'atida ayol ijrochilarning kirib kelishi, ularning ijrochilikdagi o'ziga xosliklarini aniqlash va ayol ijrosining ahamiyatini yoritishdir. Shuningdek, ayollar tomonidan ijro etilgan maqomlarning jamiyatdagi estetik va ijtimoiy ta'siri tahlil qilinadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: O'zbekistonning boy madaniy merosi hisoblangan maqom san'ati ko'p asrlik tarixga ega bo'lib, unda erkak ijrochilar bilan bir qatorda ayol ijrochilarning ham hissasi muhimdir. Ushbu maqola orqali ayollar ijrosining maqom san'atida qanday o'rin tutishi va uning jamiyatdagi o'rni o'rganiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Maqom san'atida ayollar ishtiroki tarixiy jarayonlar natijasida shakllangan bo'lib, XX asrning o'rtalariga kelib bu jarayon yangi bosqichga ko'tarildi.Ayollar ijrosida lirizm va nazokatning ustunligi ularni erkak ijrochilardan ajratib turadi. Bu holat maqomning mazmunan boyishiga xizmat qiladi. Ayol ijrochilar maqom san'atiga yangi ruh bag'ishlab, milliy musiqa merosimizni xalqaro miqyosda targ'ib qilishda muhim rol o'ynagan.
XULOSA: maqom xonandaligida ayol ijrochilarning kirib kelishi nafaqat musiqiy merosimizni boyitgan, balki jamiyatning madaniy hayotiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Ayol ijrochilar o'z ijodi bilan yosh avlodni estetik tarbiyalashda, milliy o'zlikni anglashda muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda.
Kalit so'zlar: maqom san'ati, ayol ijrochilar, musiqiy meros, madaniy ta'sir, estetik tarbiya.
Iqtibos uchun: Abduazimova D. Maqom xonandaligida ayol ijrochilarning kirib kelishi hamda ayollar ijrosining ahamiyati. // Inter education & global study. 2024. №10(1). B.455-460.
ВХОД ЖЕНЩИН-ИСПОЛНИТЕЛЕЙ И ЗНАЧЕНИЕ ЖЕНСКОГО ИСПОЛНЕНИЯ В СТАТУСНОМ ПЕНИИ_
© Д. Абдуазимова1И
1Узбекский государственный институт искусства и культуры, Ташкент, Узбекистан
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 101)
IB KELISHI HAMDA
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается вхождение исполнительниц в статусное пение и особенности их выступления. Будет подчеркнута важность женского творчества в развитии нашей культуры и влияние этого процесса на жизнь общества. В рамках исследования анализируются уникальные вокально -музыкальные стили исполнительниц.
ЦЕЛЬ: основная цель статьи - вхождение женщин-исполнительниц в статусное искусство, определить их особенности в исполнительстве и пролить свет на значение женского исполнительства. Также анализируется эстетическое и социальное влияние статуса женщины в обществе.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: макомное искусство, считающееся богатым культурным наследием Узбекистана, имеет многовековую историю, в которой важен вклад как исполнительниц, так и исполнителей-мужчин. В данной статье исследуется место женского перформанса в статусном искусстве и его место в обществе.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: участие женщин в искусстве макама сформировалось в результате исторических процессов и к середине XX века этот процесс вышел на новый уровень. Преобладание лиризма и женственности в женском исполнении отличает их от исполнителей-мужчин. Это условие служит обогащению статуса. Женщины-исполнители сыграли жизненно важную роль в продвижении нашего национального музыкального наследия на международном уровне, привнося новый дух в искусство статуса.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: париобщение певиц к пению макама не только обогатило наше музыкальное наследие, но и оказало положительное влияние на культурную жизнь общества. Женщины-исполнительницы своим творчеством служат важным инструментом эстетического воспитания молодого поколения, реализации национальной идентичности.
Ключевые слова: статусное искусство, исполнительницы, музыкальное наследие, культурное влияние, эстетическое воспитание.
Для цитирования: Абдуазимова Д. Вход женщин-исполнителей и значение женского исполнения в статусном пении. // Inter education & global study. 2024. №9(1). С. 455-460.
THE ENTERPRISES OF FEMALE PERFORMERS IN MAQOM SINGING AND THE IMPORTANCE OF WOMEN'S PERFORMANCE_
© Dilorom Abduazimova1®
1Uzbek State Institute of Arts and Culture, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article examines the emergence of female performers in maqom singing and the specifics of their performance. The importance of women's performance in the development of our culture and the impact of this process on the life
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 101)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
of society are highlighted. The study analyzes the unique vocal and musical styles of female performers.
AIM: the main purpose of the article is to identify the emergence of female performers in maqom art, identify their specifics in performance, and highlight the importance of female performance. The aesthetic and social impact of maqoms performed by women in society is also analyzed.
MATERIALS AND METHODS: maqom art, which is considered a rich cultural heritage of Uzbekistan, has a centuries-old history, in which, along with male performers, female performers also play an important role. This article examines the place of women's performance in maqom art and its role in society.
DISCUSSION AND RESULTS: the participation of women in the art of maqom was formed as a result of historical processes, and by the middle of the 20th century this process reached a new level. The predominance of lyricism and femininity in women's performance distinguishes them from male performers. This situation serves to enrich the content of the maqom. Female performers have given a new spirit to the art of maqom and played an important role in promoting our national musical heritage internationally.
CONCLUSION: The entry of female performers into maqom singing has not only enriched our musical heritage, but also had a positive impact on the cultural life of society. Female performers serve as an important tool in the aesthetic education of the younger generation and in the understanding of national identity with their work.
Keywords: maqom art, female performers, musical heritage, cultural influence, aesthetic education.
Barchamizki ma'lumki, maqomlar o'tmish bastakorlik ijodiyoti mahsuli bo'lib, asrlar davomida ustoz-shogird an'anasi orqali bizni zamonamizgacha yetib kelgan. Maqomlar cholg'u va aytim yo'lini o'z ichiga oladi. O'zbek maqomlarini ashula ijrochiligisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Maqom ijrochiligida ayol ovozlarining kirib kelishi maqomda o'ziga xos yangilik, erkak ijrochilarga anchagina yengillik bergan bo'lsa, maqom ijrochiligida asarning jozibasini, uning ahamiyatini yanada oshirdi deb aytish mumkin.
Qadimdan ayollar ijrochiligi yuqori baholangan. Tegishli adabiyotlarda keltirilishicha Sosoniylar davlatida (tahminan 568-625-yillarda) ayollar san'ati rivojlangan. Ayniqsa, saroy raqqosalari, hofizalari to'g'risida tarixiy manbalar bizga ma'lumot berganlar.
Jumladan, Ozodvar Changiy (592-649) nomi bilan mashhur bo'lgan bu ayol Sosoniylar musiqa madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo'shib, ayollardan iborat bo'lgan musiqa dastasini tashkil etgan. Daniyalik musiqashunos A.Kristensen o'z asarida shunday yozadi; "Sosoniylar saroyida jamoa orasida ayollardan iborat musiqachilar dastasi (ansambl) alohida o'ringa ega edi va Xisrav Parvez II ayollar san'atiga yuqori baho bergan".[6, B.13;]
For citation: Dilorom Abduazimova. (2024) 'The enterprises of female performers in maqom singing and the importance of women's performance', Inter education & global study, (10(1)), pp. 455-460. (In Uzbek).
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ayollar san'ati, ayniqsa, Ozodvar Changiy to'g'risida A.Firdavsiyning "Shohnoma" asarida ko'plab ma'lumotlar keltirilgan. Keyingi davr musiqashunosligida ham ayollar ijrochiligi mavjud bo'lgani haqidagi ma'lumot va ushbu jarayon muhrlangan suratlar bizgacha yetib kelgan. Ana shu kabi suratlardan biri Xiva xonligi poytaxti Xorazmda 1896 yili Rossiyalik sayohatchi Voljinskiy tomonidan olingan. Suratda hashamatli bir xonada besh qiz qo'llarida dutor, doira, she'rlar bitilgan kitob va gullar ushlab turganlari ko'zga tashlanadi. Ularning ust-boshlaridan professional san'atkor ekanliklari haqida xulosa qilishimiz mumkin. Ular to'y marosimi yoki so'fiy anjumanida ayollar davrasida o'z mahoratini namoyish qilganliklarini tahmin qilishimiz mumkin.
Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanida ham Marg'ilondagi ayollar gashtagida dutorchi qizlar musiqa ijro etishgani sahnasi bor. Shu bilan birgalikda Cho'lponning "Kecha va Kunduz" asarining ayol qahramonlari Qumri, Zebi va boshqalar dutor chalib, qo'shiq ijro etganlari va raqsga tushganlari aks ettirilgan sahnalari mavjud. Ular qo'shni qishloqqa yo'l olar ekanlar, ot qo'shilgan aravadagi sayohatlari mobaynida dutor chalib, qo'shiq kuylab borganlar.
Ayollar ijrochiligi qadim zamonlardan mavjud ekanligi barchaga ayon. Qadim zamonlardan buyon ayollar davrasida ijro etilib kelinayotgan yallalar, xalfalar ijodida namoyon bo'lgani bunga yorqin misoldir. Ammo maqom ijrochiligida ayol ijrolarining qo'shilishi dastlabki maqom ansambli faoliyati bilan bog'liqdir.
Maqomning dastlabki zabardast xofizalari bo'lmish Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Hadiya Yusupovalarning maqom ijrochiligida ayol xonandalar ijodini boshlab bergani ijrochilikda o'ziga xos uslubni yaratdi.
1959-yilda O'zbekiston teleradiosi qoshida Maqom ansamblining tashkil etildi va ushbu ansamblga 1989-yilda Yunus Rajabiy nomi berildi. Yunus Rajabiy xalq orasida sochilib yotgan maqom durdonalarini bir jild ostida sahifalab akademik bo'lgan bo'lsa, o'zi tashkil qilgan ansambl doirasida eng buyuk san'atkorlarni tarbiyalab yetishtirdi. Bular mohir sozandalar, o'xshashi yo'q xofiz va xofizalar, sermahsul bastakorlar silsilasi edi. Bastakorlikda dong'i ketgan Faxriddin Sodiqov, tanbur maktabining qiroli Turg'un Alimatov, maqom ijrochiligida o'zining sayqallangan ovozi bilan ajralib turuvchi Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Hadiya Yusupova, O.Alimaxsumov, I.Ikromov, E.Lutfullayev singari yana bir qancha san'at gavharlarini jiloladi.
Shuni ham aytish joizki, maqom ijrochiligida ayol xonandalarining kirib kelishi va yuzaga chiqishida aynan ushbu maqom ansamblining hissasi beqiyos. Maqom ijrochiligida o'zining ijro yo'lini, uslubini yarata olgan, ahamiyati salmoqli xonandalar Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Hadiya Yusupova shular jumlasidandir.
Ushbu ma'lumotlarga tayanib, shuni aytish mumkinki, ayollar ijrosi maqom ijrochiligida muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, maqom asarlarining hajmi 2-2,5 oktavani tashkil etadi. Maqom ijrochiligiga ayol ovozlarining qo'shilishi erkak xonandalarga ancha yengillik berdi, asarning saviyasini yanada oshirdi, ijroga nafislik va joziba bag'ishladi. Yaratgan tabiatan barcha narsalarni juft yaratdi. Ushbu misolni kundalik hayotimizning deyarli barcha jabhalarida uchratamiz. Shu bilan birgalikda maqom ijrochiligida ham ayol xonandalarning ansambl tarkibiga qo'shilishi, birgalikda
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 101)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
maqom namunalarini maromiga yetkazib go'zal ijro talqinini yaratishi ham ushbu fikrimizning yana bir bor isboti. Maqomlarimizni bizgacha mukammal talqinda yetib kelishida nafaqat erkak xonandalar, balki ayol xonandalarning ham xizmatlari beqiyosdir.
Maqom ijrochilikda xonanda Berta Davidovaning ijrosining ahamiyati shundaki, o'zining yuqori diapazonli, jarangdor kuvrak ovozi bilan ansambl ijrosiga yanada joziba bag'ishlagan. Xonanda ovozining jarangdorligi, tiniqligi, ovoz tembrining kuchi va go'zalligi, xonanda ovozidagi dard va faqatgina Berta Davidovaga xos yovvoyi pardalar ijrosi ushbu xonanda ijro uslubini boshqa xonandalar ijro uslubidan farqlab turadigan jihatdir. Yana shuni ham aytib o'tishimiz kerakki, Berta Davidova maqom ijrochiligi tamoyillariga to'la javob bera oladigan xofiiza deb bemalol ayta olamiz.
Berta Davidova bilan bir qatorda maqom ijrochiligining yana bir zabardast vakilasi bo'lmish Kommuna Ismoilova ijrosining maqom ijrochiligidagi ahamiyati shundaki, o'zining kuchli, jarangdor, to'liq, quyuq va tik ovozi bilan maqom asarlarini yanada bezagan. O'zining san'atga bo'lgan beqiyos mehri bilan maqom ijrochiligida o'zining "Kommunacha" yo'lini yaratib ketgan xonandadir.
Ushbu tarovatli xonandalar qatorida maqom ijrochiligiga o'zining hissasini qo'shgan yana bir xonanda Hadiya Yusupovadir. Hadiya Yusupova ansamblga kelganida yosh bo'lishiga qaramay, xonandalar Berta Davidova, Kommuna Ismoilovalar bilan bir qatorda murakkab mas'uliyatni zimmasiga olib, maqom ijrochiligining zabardast hofizasi bo'lib nom qoldirgan. Hadiya Yusupova ijrosining maqom ijrochiligidagi ahamiyati shundaki, ovozidagi dard, mungli ijrosi, ovozining tembr kuchi bilan maqom ijrolarida o'zining ahamiyatga ega bo'lgan.
Ushbu xofizalarsiz maqom ijrochiligini tasavvur qilib bo'lmaydi. Uch xonandaning ham o'ziga xos yo'li, uslubi mavjud bo'lib, hozirda xonanda sifatida shakllanib borayotgan yosh xonandalar ushbu ijrochilarga ergashib, taqlid qilib, ularning ijro uslublaridan andoza olib, ularni ayol ijrochilar sifatida namuna qilib kelmoqdalar.
Ushbu xonandalar maqom ijrochiligi yo'lida uzoq yillar faol ijod qilib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, xalq mehri va ehtiromiga sazovor bo'lganlar. Bu muvaffaqiyatlar ortida albatta akademik Yunus Rajabiyning mehnatlari yotadi.
Albatta, ulardagi noyob iste'dod, mehnatsevarlik, maqsadga qunt va sabot bilan intilish, san'atga muhabbat, vatanga sadoqat musiqa san'atining maqom ijrochiligi yo'nalishida eng yuqori cho'qqilarni zabt etishga zamin bo'ldi.
Ushbu hofizalarning ijrolari ijrochilik mezonlariga to'la javob bergan va bundan keyin ham ayol ijrochilar uchun eng mukammal namuna bo'lib qoladi.
Biz hozirgi zamon vakillari bizgacha ziyon-zahmatsiz holda yetib kelgan durdona ijro namunalarini asrab avaylashimiz, ularni yanada targ'ib qilishimiz va shu bilan birgalikda zamon talabidan kelib chiqqan holda biz ham maqom ijrochiligi uchun o'z hissamizni qo'shishimiz lozim.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, maqom ijrochiligi haqiqatdan ham go'zal va murakkab asl san'at turidir. Ayollar ijrosining esa maqom ijrochiligida o'ziga xos ahamiyati bor.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Musiqa san'ati ijrochiligida xonandalik o'zgalariga qaraganda nisbatan keng qamrovli, ehtiroslarga boy, yetakchilik xususiyatiga ega yo'nalishdir. Musiqaning mukammalligi, sehri, zabardastligi hamda ifodaviyligi xonanda talqinida to'laqonli ifodalanishi muqarrar.
Ayollar ijrosi bilan esa har qanday san'at yanada go'zallashadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Bo'riyeva K. An'anaviy xonandalik (ayollar ovozlari uchun). - Toshkent 2008.
2. Isroilova H. An'anaviy hofizlik san'ati. - Toshkent: Voris-Nashriyot, 2007.
3. Jalilov A. Kommuna Ismoilova. - Toshkent: Musiqa, 2009.
4. Matyoqubov O. Maqomot. - Toshkent: Musiqa, 2004.
5. Matyakubov Sh. An'anaviy ijrochilik san'ati tarixi. - Toshkent: Musiqa, 2015.
6. Yuldasheva N., Raxmatova N. O'zbek musiqa adabiyoti. - Toshkent 2016.
7. Yunusov R. Faxriddin Sodiqov. - Toshkent 2005.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Abaduazimova Dilorom o'qituvchi, [Абадуазимова Дилором, преподаватель], [Abaduazimova Dilorom, teacher]; manzil: 100125, O'zbekiston, Shahar: Toshkent, Tuman: Mirzo-Ulug'bek, Yalang'och dahasi, 127A [адрес: 100125, Узбекистан, Город: Ташкент, Район: Мирзо-Улугбек, Ялангоч дахаси, 127А], [address: 100125, Uzbekistan, City: Tashkent, District: Mirzo-Ulug'bek, Yalang'och dahasi, 127A]