Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA TOJIK DUTORLARI GENEZISI'

O‘ZBEK VA TOJIK DUTORLARI GENEZISI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
genesis / dutor / cholg‘u asbobi / zamonaviy musiqa / doston / madaniyat / san’atkor. / генезис / дутар / музыкальный инструмент / современная музыка / эпос / культура / артист.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N.Sh. Abdullayeva

maqolada o‘zbek va tojik dutorlarining genezisi va ularning rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Dutorlar nafaqat o‘zbek, balki tojik, uyg‘ur va boshqa markaziy osiyo xalqlari madaniyatida ham muhim o‘ringa ega. Ushbu maqolada duto‘rning san’atdagi o‘rni, ijrochilik uslublari va madaniy ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE GENESIS OF UZBEK AND TAJIK DUTARS

в статье рассматриваются генезис и развитие узбекского и таджикского дутара, их влияние на музыкальную культуру и современное искусство. Описаны также функции дутара как музыкального инструмента и его роль в эпическом творчестве.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA TOJIK DUTORLARI GENEZISI»

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Original paper

O'ZBEK VA TOJIK DUTORLARI

© N.Sh. Abdullayeva1H 1O'zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent,O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada o'zbek va tojik dutorlarining genezisi va ularning rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Dutorlar nafaqat o'zbek, balki tojik, uyg'ur va boshqa markaziy osiyo xalqlari madaniyatida ham muhim o'ringa ega. Ushbu maqolada duto'rning san'atdagi o'rni, ijrochilik uslublari va madaniy ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi o'zbek va tojik dutorlarining tarixiy rivojlanishini o'rganish, ularning madaniyat va musiqa san'atidagi o'rnini tahlil qilish, shuningdek, zamonaviy musiqadagi o'rni va ahamiyatini aniqlashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda o'zbek va tojik dutorlarining tarixiy rivojlanishi, manbalar va ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Ma'lumotlar tarixiy va madaniy kontekstda ko'rib chiqildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar, o'zbek va tojik dutorlarining rivojlanishi, tarixiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, ularning zamonaviy musiqada o'rni to'g'risida muhim ma'lumotlar taqdim etdi.

XULOSA: tadqiqot natijalari o'zbek va tojik dutorlarining tarixiy va madaniy ahamiyatini tasdiqladi. Ularning musiqiy merosi xalqning ma'naviy boyligi sifatida saqlanmoqda va rivojlanmoqda.

Kalit so'zlar:genesis, dutor, cholg'u asbobi, zamonaviy musiqa, doston, madaniyat, san'atkor.

Iqtibos uchun: Abdullayeva N.Sh. O'zbek va tojik dutorlari genezisi. San'atshunoslik va madaniyat, // Inter education & global study, 2024. №10(1), B.551-557.

ГЕНЕЗИС УЗБЕКСКИХ И ТАДЖИКСКИХ ДУТАР

© Н.Ш. Абдуллаева1И

1Узбекская государственная консерватория, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматриваются генезис и развитие узбекского и таджикского дутара, их влияние на музыкальную культуру и современное искусство. Описаны также функции дутара как музыкального инструмента и его роль в эпическом творчестве.

ЦЕЛЬ: основная цель исследования — изучить историческое развитие узбекского и таджикского дутара, их культурно-историческое значение, а также роль в современной музыке и эпических произведениях.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: для исследования использованы исторические и музыкальные источники, а также данные о развитии дутара в различных культурах. Анализ проводился с точки зрения музыкальной и культурной эволюции.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показали важность дутара в музыкальной культуре Центральной Азии, его культурное значение и роль в развитии эпических произведений.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование подтвердило важность узбекского и таджикского дутара как неотъемлемой части музыкального наследия, которое сохраняется и развивается до сих пор.

Ключевые слова: генезис, дутор, музыкальный инструмент, современная музыка, эпос, культура, артист.

Для цитирования: Абдуллаева Н. Ш. Генезис узбекских и таджикских дутары.

Искусствоведение и культура, // Inter education & global study, 2024. №10(1), С.

551-557.

THE GENESIS OF UZBEK AND TAJIK DUTARS_

© Nilufar Sh. Abdullayeva1®

1Uzbek State Conservatory, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article explores the genesis and development of the uzbek and tajik dutars, their influence on musical culture and contemporary art. The functions of the dutar as a musical instrument and its role in epic creativity are also discussed.

AIM: the main objective of the study is to examine the historical development of uzbek and tajik dutars, their cultural and historical significance, and their role in modern music and epic works.

MATERIALS AND METHODS: the study involves an analysis of historical and musical sources as well as data on the development of the dutar in various cultures. The analysis is conducted from the perspective of musical and cultural evolution.

DISCUSSION AND RESULTS: the results show the importance of the dutar in the musical culture of central asia, its cultural significance, and its role in the development of epic works.

CONCLUSION: the research confirms the importance of uzbek and tajik dutars as an integral part of musical heritage, which continues to be preserved and developed to this day.

Keywords: genesis, dutar, musical instrument, modern music, epic, culture, artist.

For citation: Nilufar Sh. Abdullayeva. (2024) 'The Genesis of Uzbek and Tajik Dutars', // Inter education & global study, (10), pp.551-557. (In Uzbek).

O'zbek xalqi musiqa san'atining tarixi juda qadimiy bo'lib, ulkan madaniy merosga va boy musiqa cholg'ulariga egadir. Arxeologik topilmalar hamda turli yozma manbalarga

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tayanib aytishimiz mumkinki yurtimiz hududlarida eramizdan bir necha asrlar oldin qadimgi Xorazm, Baqtriya va So'g'd ellarida nihoyatda boy va rang-barang musiqa san'ati mavjud bo'lgan. Ushbu davlat shaharlari (masalan, Ayritom, Afrosiyob hududlaridan, xususan Tuproq qal'adan topilgan ikki torli cholg'u - mil.avv. IV-III asrlar)ning qoldiqlari o'rnida olib borilgan qazilma ishlari jarayonlarida topilgan mayda tosh haykalchalar, tasviriy san'at namunalari hamda frizlarda sozandalar qo'llarida chang (arfa), udsimon, naysimon va doirasimon cholg'ular bilan tasvirlanganligi yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. O'sha davrlardagi musiqiy ohanglar qanday bo'lganini bilmasakda mazkur tasvirlardagi cholg'ular tuzilishiga qarab ularni taxminan tasavvur qilishimiz mumkin.

Bizning zamonamizda mavjud bo'lgan tanbur, dutor, g'ijjak, nay, rubob, qonun kabi musiqiy cholg'ular asrlar davomida takomillashib, rivoj topib kelgani shubhasiz. Bular orasida o'z ohang doirasi va o'ziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadigan dutor o'zbek, tojik, uyg'ur, turkman, qoraqalpoq va boshqa Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan cholg'ulardan bo'lib, uzoq zamonlardan buyon kishilarga ma'naviy va ruhiy ozuqa berish bilan xizmat qilib kelmoqda. Dutor cholg'usi hozirgi kunda ham yosh sozandalar orasida keng o'rin olgan.

Dutor juda qadimiy cholg'ulardan biri bo'lib, ijro etishimkoniyatlari tanburga nisbatan еngilligi sababli oddiy xalq orasida ommaviy bo'lgan. O'ziga xos shirador va past ovozga egaligi sababli ayniqsa ayollar orasida keng tarqalgan. Uning paydo bo'lish tarixi xaqida xalq orasida hatto ayrim rivoyatlar ham uchraydi. Jumladan:

"Tunda hammadan berkitib musiqa asbobi yasayotgan sozgarning shogirdi ustozi qanday cholg'u tayyorlayotganini bilib olish uchun xona darchasidan mo'ralabdi. Biroq unga sham yorug'ida devorga tushib turgan cholg'uning soyasi ko'rinibdi xalos. Shunda u ham o'z xonasiga borib ko'rgani bo'yicha musiqa asbobini yasashga kirishibdi. Tongda ishini tugatgan ustaga shogird ham o'z cholg'usini keltirib ko'rsatibdi, biroq ustoz yasagan soz dastasi ingichga kosaxonasi katta ekan. Devordagi soyada dastasi yo'g'on kosaxonasi kichik bo'lib ko'ringani uchun shogirdning cholg'usi boshqacha chiqibdi. Shunday qilib o'shanda ustoz sozgar dutorni, shogirdi esa tanburni ixtiro qilgan emish".

Dutor forsiycha "ikki tor" degan ma'noni bildiradi. Bizga ma'lum bo'lgan u xaqidagi dastlabki ma'lumotlar Zaynullobiddin Husayniyning "Qonun" (boshqa nomi "Qonuni ilm va amali musiqiy") musiqiy risolasida keltirilgan. XV asrning yozma yodgorliklaridan biri bo'lgan ushbu risola Hazrat Navoiyning maxsus topshiriqlari asosida vujudga kelgan bo'lib, fors tilida, arab imlosida bitilgan. Alisher Navoiyga bag'ishlangan ushbu kitobida muallif o'sha davrda mavjud bo'lgan o'n bir pardali, kvartaga sozlanuvchi dutor haqida qimmatli ma'lumotlarni bayon qiladi. Risolada dutor cholg'usi dasta qismining chizmasi berilib, undagi pardalar arab alifbosi harflari asosida belgilab chiqilgan. Ushbu risola taniqli musiqa tadqiqodchisi A.Semyonov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. Bugungi kunda uning qo'lyozma varianti San'atshunoslik ilmiy-tadqiqod instituti fondida saqlanmoqda. Tojikistonlik musiqashunos Asqarali Rajabov Husaynining risolasini bugungi kundagi kril alifbosiga solib, taxrir qilgan hamda A.Semyonov tarjimasidan nusxa

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

olib ularni bir kitobga birlashtiradi va Dushanbeda nashr qilishga muvofaq bo'ladi. O'zbekiston davlat konservatoriyasi musiqashunoslik bo'limi bitiruvchisi (2014-2015 o'quv yilida) A.Rahimova mavjud ikki variantlardan foydalanib ushbu risolani o'zbek tilida taxrir qildi va bakalavrlik BMI sifatida himoya qildi.

Bizga ma'lumki, dutor o'zining o'tmishdoshi hisoblangan, Qashqadaryo-Surxandaryo vohalarida istiqomat qiluvchi xalq baxshilari keng foydalanadigan do'mbira cholg'usibilan yaqin o'xshashlik kasb etadi. Ushbu o'xshashlik ular o'rtasidagi tashqi ko'rinish, ijro uslubi va ohang tarovati bilan namoyon bo'lib, dutorni do'mbira cholg'usining takomillashgan turi deyishimiz ham mumkin. O'zbek mumtoz musiqasini birinchilardan bo'lib ilmiy asoslab bergan atoqli olim Abdurauf Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida do'mbira cholg'usini o'zbeklarning yana bir еМ cholg'ularidan biri "tanbur" bilan nomdosh deb hisoblaydi. Unga ko'ra "tanbur" baxshilar do'mbirasining o'zgargan shaklidir. Taniqli musiqashunos Otanazar Matyoqubov esa "Maqomot" risolasida, Forobiyning musiqashunoslikka oid risolalarida qayd etilgan ma'lumotlarga tayanib, quyidagi fikrlarini bayon qilgan: "Forobiy tanburning bir-biridan farqlanuvchi ikki xiliga batafsil tavsif beradi. Ular Xuroson va Bag'dod tanburlari deb nomlanadi hamda musiqa madaniyatining taraqqiyot bosqichi sifatida qaraladi. ...Xuroson tanburi o'zining ko'plab belgilari bilan zamonaviy dutorni eslatadi. Birinchidan, Xuroson va Bag'dod tanburlari Forobiyda ikki torli cholg'u sifatida ko'rsatilgan. Ikkinchidan, Xuroson tanburining tovushqatori parda tuzilmasi va ko'lami (ambitusi) o'zbek dutorlariga juda yaqin". Forobiy zamonasida arab tili ilmiy til bo'lganini inobatga olsak, fors tili hukmronlik qilgan davrlardan boshlab Forobiy zikr etgan Xuroson tanburi - "Dutor", ya'ni ikki torli cholg'u, deya atala boshlangan deyish mumkin. Ushbu fikrni Fitratning o'z risolasida, Darvesh Ali Changiy ma'lumotlariga tayanib, Husayn Boyqaro zamonida Mahmud Shayboniy ismli musiqachi ikki torli tanburga uchinchi torni qo'shgani va u "setor" deb atalgani xaqida yozgan ma'lumotlari ham tasdiqlamoqda. Bulardan tashqari Husayniydan keyin XV-XVI asrlar musiqasi va cholg'ulari xaqida ma'lumot beruvchi Darvesh Ali Changiyning (XVI-XVII asr) "Risolai musiqiy" sida dutor cholg'usi va unda ijro etadigan mashxur sozandalar haqida to'xtalib o'tilgan. Darvesh Ali ham o'z navbatidamusiqa cholg'ularidan tanbur haqida ma'lumot berar ekan, uning torlari XVI asrlargacha ipakdan bo'lganini, mohir ijrochilar tanbur tovushining tembri yanada jozibador bo'lishi uchun kumush va mis simlaridan foydalanishgani haqida yozadi. Shu o'rinda mohir sozanda, o'zbek xalqining iftixori bo'lgan ustoz san'atkor Turg'un Alimatovning bu borada bildirgan fikrlari qimmatli ahamiyatga ega: "...Turg'un Alimatov ta'rifiga ko'ra dutor va tanbur (ustoz bu so'zlarni doim qo'shib dutor-tanbur deydilar), aslida bir narsa, ya'ni yagona muazzam cholg'uning dutor - pinxoniy, mayn ("ayol") tanbur esa oshkoriy, qattiq ("erkak") ko'rinishi. Tanburga sim tortilib, temir noxun bilan ijro etiladi. Bag'ri yumshoq puka tut yog'ochidan yasalgan dutorning ipak torlari barmoqlarning uchi, ya'ni eng yumshoq joylari bilan silab chalinadi."

Oradan ikki asr o'tgach (ya'ni XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida) Turkistonga kelgan qator sayyoxlar va diplomat (elchi)larning xotiralari va yozishmalarida dutor

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

to'g'risida bildirilgan ayrim fikrlarni uchratamiz. Shuni ta'kidlash lozimki, mazkur ma'lumotlar yo'l-yo'lakay taassurotlardan iborat bo'lib, ularda masalaga maxsus va atroflicha yondashuv tamoyili sezilmaydi.

V.M.Belyayevning "O'zbekiston musiqa cholg'ular" ("Muzbikalnbie instruments Uzbekistana") asarida bayon qilingan fikrlar dutorni cholg'u sifatida o'rganishga muhim hissa bo'lib qo'shiladi. Bu asarida muallif boshqa musiqiy asboblar qatorida dutorning ham o'zbek cholg'ushunosligida egallagan o'rni, ta'sir doirasi va ijrochilik masalalarigacha yoritib beradi.

Shu bilan birga o'zbek musiqashunosligi sohasida birinchilardan bo'lib milliy cholg'ularning tuzilishini ilmiy asoslab bergan Abdurauf Fitratning "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" (1927y, qayta nashr-T.,1993) risolasida hamda Mulla Bekjon Raxmon o'g'li va Muhammad Yusuf Devonzodalarning "Xorazm musiqiy tarixchasi" (1925y, qayta nashr-T.,1998)da dutor cholg'usining imkoniyatlari, unda ijro etiladigan cholg'u kuylari va sozandalik sohasi haqida muxtasar ma'lumotlar keltiriladi. A.Fitrat o'z risolasida "Dutor chalish tanbur chalishg'a qarag'anda engil bo'lg'ani uchun bu cholg'u xalq orasida tanburga ko'ra ko'prak chalinadir.." deya ma'lumot bersa, Xorazm musiqiy tarixchasida "...chertilishida dutor tanburga qaraganda qiyinroq chertiladi", - kabi qimmatli fikrlar bildiriladi.

Zamonaviy musiqashunoslikda dutor va dutor cholg'u musiqasiga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi. Bu borada qator mualliflarning ushbu cholg'uga bag'ishlangan tadqiqotlarida, xususan F.Karomatli, J.Rasultoyev, R.Boltayev, R.Abdullayev, O.Matyoqubov, S.Begmatov va boshqa musiqashunoslarning ilmiy ishlari va maqolalarida, dutorning o'zbek xalqi hayoti va cholg'u musiqasidagi o'rni, ijrochilikning uslub va usullari haqida atroflicha ma'lumotlar keltirilgan. O'zbek dutor ijrochiligining o'ziga xos ijro uslublari, ustoz-shogird munosabatlari hamda dutor cholg'usining yasalish jarayonini yoritib bergan J.K.Rasultoyevning "O'zbek dutor ijrochiligi" o'quv ko'llanmasi ham bu sohadagi muhim manbalardan hisoblanadi.

Tojik epik ijodi ham o'z ildizlari bilan qadim davrlarga borib taqaladi. Tojik xalqining ajdodlari tomonidan yaratilgan qahramonona mifologik xarakterdagi epos, ya'ni dostonlar turkumi Firdavsiyning (934-1020) "Shohnoma" asaridan o'rin olgan. Tojik xalqi ajdodlarining yorqin madaniy ijod mahsuli, ular tomonidan yaratilgan qahramonlik dostonlari va ertaklaridir, - deb yozadi B.G.Gafurov. Yorug'likning zulmatga qarshi abadiy kurashi, yaxshilik va yomonlik iblislarining o'zaro jangi, olov hamda ajdahoga qarshi kurashlar xususidagi doston va ertaklar shu jumlaga kiradi. Bu dostonlar orasida "Rustam haqida doston" kabi turkumli asar juda mashhurdir. Yaqin vaqtlargacha tantanalarda uning siymosi aks ettirilgan ulkan qo'g'irchoqlar o'ynatilga n. Tojikistonda hozirgi kunga qadar shu dostonga o'xshash ertak ommalashib, uni zarkokil Zarina haqidagi doston deyishadi. Bu asar Zarina ismli sak qahramon ayoli haqida.

Tog'li Tojikiston hududida hanuzgacha ommalashib kelayotgan doston - bu "Dostoni Go'ro'g'li sulton"dir. Mazkur asar mazmunining yoritilishida xalq qahramoni -Go'ro'g'lining yaqin donishmand maslahatchisi hofiz Soqiy muhim rolb o'ynaydi. Tojik

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

xalqida qahramonlik, jasurlik, vatanparvarlik mavzuidagi dostonlardan tashqari ishqiy-lirik mavzudagi dostonlar ham keng tarqalgan. Bular "Layli va Majnun", "Toxir va Zuhra", tog'li hududlarda "Toshbek va Gulqurbon" kabi asarlardir.

Pomir - O'rta Osiyodagi eng baland tog' bo'lib, u Tojikistonning avtonom o'lkasi hisoblanadi. Va Tog'li Badaxshon deb ataladi. Pomir Xitoy va Afg'oniston bilan chegaradosh. Sharqiy Pomir vodiysi - Murg'ob tumanida chorvador-qirg'izlar istiqomat qilsa, Panj daryosi qirg'oqlari, g'arbiy Pomirda tojiklar yashaydi. Ular "pomiroldi xalqlar" guruhini tashkil etadi.

Pomirliklarning xalq musiqa va teatr san'ati ko'p yillar davomida o'rganilmay qolib ketgan. Pomir folklori xususidagi ilk qaydlarni rus sayohatchilari, geograflari, biologlari, etnograflari, lingvistlarining XIX asr mobaynida chop etilgan asarlarida ko'rish mumkin.

Xalq musiqa, raqs va teatr san'atining deyarli barcha sohalari erkaklar faoliyati bilan bog'liq. Ayollar esa yuzlarini berkitmasdan barcha tomoshalarni ko'rsalar-da, raqs tushish va qo'shiq aytishga ruxsat berilmagan. Beva ayollar bundan istisno edi, ularga ba'zan qo'shiq aytib, raqsga tushish man etilmagan. Ayollar dam olishi nihoyatda chegaralangan bo'lib, faqat ayrim chekka qishloqlardagina nikoh to'yida kuyovning onasi va opasigina mehmonlar oldida raqsga tusha olgan. Ba'zan esa to'y marosimlarida ayollarning o'zlarigina ichkarida bazmu-jamshid uyushtirishgan.

Xalq qo'shiqchilik ijodining qadimiy turlarini kechroq yaratilganlari bilan taqqoslaganda, ular o'rtasidagi uzviy aloqani, murakkab turlarning oddiylardan kelib chiqqanini kuzatish mumkin. Asrlar mobaynida rivojlanib, takomillashib kelgan tojik xalq cholg'uchiligi nihoyatda boydir. Uni ikkita asosiy guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga yasalishi jihatdan oddiy va turlari kam sonli bo'lgan tog'li Tojikiston cholg'ulari kiradi. Ularga damli cholg'ulardan tutik va qo'shnay, torli sozlardan g'ijjak, do'mbirak va pomir rubobi, zarbli cholg'ulardan doira va tavlak mansubdir.

Do'mbirak - ikki torli chertma cholg'u bo'lib, yakkaxon soz sifatida ham, doston ijrosiga jo'rnavoz sifatida ham qo'llaniladi.

Tojik xalq musiqa cholg'ularining ikkinchi guruhi asosan Tojikiston vodiysi, xususan shahar aholisi orasida keng tarqalgan. U o'z toifasiga ko'ra ko'p sonlidir. Cholg'ular o'zining tashqi go'zalligi bilan ham e'tiborni tortadi. Bu guruhga qo'shnaydan tashqari, nay, surnay, karnay kabi damli cholg'ular; torlilardan g'ijjakdan tashqari, dutor, tanbur, rubob va chang, zarbli sozlardan doiradan bo'lak qayroq va nog'oralar kiradi.

Dutor-qadimiy ikki torli cholg'u bo'lib, korpusi noksimon, yupqa yog'och plastinkalardan (kavurga dutor) yelimlangan yoki tut yog'ochidan ichi bo'sh qilingan. Dutorning yog'och tovush taxtasi yupqa, cholg'uning uzun bo'ynida 13-17 ta bog'langan parda bor. Dutorning uzunligi 1150-1200 mm. Dutor ikki ipak tor bilan jihozlangan bo'lib, uning o'lchovi pastda xromatik, tepada esa diatonik. Dutorning ovozi baland emas, xarakterli tovush bilan (ijrochining mixlarining ovoz paneliga ta'siridan). Dutor chalishning ijro texnikasi o'ziga xosdir. Asbob nafaqat torlarda barcha barmoqlarni, balki uchta barmoqni ham qo'llaydi , ko'rsatkich va bosh barmog'i bilan almashinadigan zarbalar,

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

shuningdek, bitta barmoq bilan urish yoki shitirlash bilan individual urishlar. Ovoz paneli o'rtasida o'ng qo'l bilan tremolo ko'rinishidagi odatiy usullardan tashqari, ba'zi dutorchilar ko'prik yaqinida, ba'zan esa deyarli barmog'ining o'zida ham turli usullardan foydalanadilar. Dutor xalq va professional ijrochilar tomonidan yakkaxon va ansambl cholg'usi sifatida qo'llaniladi. Dutorning vokal va raqs san'ati bilan yaqin aloqasi bor. Qo'shiq va raqsga turli dutor kuylari jo'r bo'ladi. Shashmakning mumtoz musiqasining kichik qismlari va cholg'u bo'limlari dutorda ijro eetiladi 20-asrning 30-yillarida tojik xalq cholg'u asboblari orkestri tarkibiga takomillashtirilgan dutorlar oilasi (prima, viola, bas, kontrabas) kirdi.

Milliy cholg'ular, ularning ijrochilik an'analari, uslub va usullari musiqashunoslik va ijrochilik sohasida juda ko'p o'rganiladigan tarmoq bo'lib, ularda ijro etiladigan kuy-qo'shiqlar insonlar turmush tarzida muhim o'rin tutish bilan birga uning ma'naviyati, musiqiy tafakkuri haqida ma'lumot beruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Bunday asarlar nomoddiy madaniy meros namunalaridan bo'lib, xalqimizning ma'naviy boyligi, tuganmas xazinasidir. Cholg'u musiqasi, xususan dutor kuylari ana shunday nodir durdonalardan biridir. Dutorning o'ziga xos yo'nalishda rivojlangan ijrochilik uslublari, dillarni qitiqlovchi mayin ovozi hamda ma'lum ma'nodagi ikki ovozli cholg'u musiqasi unga umrboqiylik baxsh etilishiga, qardosh xalqlarning barcha yoshdagi a'zolari orasida suyub tinglanishiga sabab bo'lgan. Bugungi kunda mavjud ko'hna asarlar bilan birga zamonaviy bastakor va sozandalarning ijod mahsullari ham qardosh xalqlar musiqiy xazinasining oltin fondidan joy olmoqda. Mana shunday durdona asarlarni xalqimizgi mukammal va professional tarzda yеtib borishiga asosiy sababchilaridan hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Ражабов А. Зайнуллобиддин Х. Конуни илм ва амали мусика. Душанбе. 1987.

2. Дарвеш Али Чангий.Мусикий рисола (А.Семёнов тахрири остида). Т :.,1978.

3. Фитрат А. Узбек классик мусикаси ва унинг тарихи.Тошкент.,1993.

4. Расултоев Ж. Узбек дутор ижрочилиги. Т., 1997.

5. Зияева М. Дутор (Ф.Содиков ижро услуби) тулдирилган ИИнашр. Тошкент., 2011.

6. Тошпулатова И. Анъанавий дутор ижрочилиги. Тошкент., 2004.

7. Дутор наволари. Узбекистон халк артисти Ориф Косимов репертуаридан. И китоб, Т.,1980. ИИ китоб Т:.,1983. Тупловчи ва нотага олувчи Б.Рахимжонов

8. Таджикская музыка. Сборник. Душанбе. 2003

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Abdullayeva Nilufar Shamshiddinovna .mustaqil izlanuvchi doktoranti [Абдуллаева Нилуфар Шамсиддиновна ,независимый исследователь докторант], [Nilufar Sh. Abdullayeva, independent researcher doctoral student]; manzil: O'zbekiston, Botir Zokirov ko'chasi 1, ^sl^ent, Toshkent, [адре^ Узбекистан, улица Батыра Закирова 1, Ташкент, Ташкент], [address: Uzbekistan, 1 Batyr Zakirov Street, Tashkent, Tashkent].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.