Научная статья на тему 'O‘RTA OSIYO QADIMGI TARIXIY GEOGRAFIYASIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR (ARXEOLOGIK VA YOZMA MANBALAR ASOSIDA)'

O‘RTA OSIYO QADIMGI TARIXIY GEOGRAFIYASIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR (ARXEOLOGIK VA YOZMA MANBALAR ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3729
255
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
O’rta Osiyo / geografik chegara / tarixiy geografiya / Shimoliy Baqtriya / Katta Xorazm / Marg’iyona / So’g’diyona. / Central Asia / geographical boundary / historical geography / Northern Bactria / Greater Khorezm / Margiyana / Sogdiana.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nurmuhammad Jo’rayev

Ushbu maqolada hoziri kun geografiya va tarix fanlarida dolzarb bo’lib kelayotgan Qadimgi O’rta Osiyoning tarixiy geografiya masalari bilan shug’ullangan tadqiqotchilarning ilmiy ma’lumotlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME CONSIDERATIONS ON ANCIENT HISTORICAL GEOGRAPHY OF CENTRAL ASIA (ON THE BASIS OF ARCHAEOLOGICAL AND WRITTEN SOURCES)

This article analyzes the scientific data of researchers dealing with the issues of historical geography of Ancient Central Asia, which are currently relevant in geography and history.

Текст научной работы на тему «O‘RTA OSIYO QADIMGI TARIXIY GEOGRAFIYASIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR (ARXEOLOGIK VA YOZMA MANBALAR ASOSIDA)»

O'RTA OSIYO QADIMGI TARIXIY GEOGRAFIYASIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR (ARXEOLOGIK VA YOZMA MANBALAR ASOSIDA)

Nurmuhammad Jo'rayev

Buxoro davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hoziri kun geografiya va tarix fanlarida dolzarb bo'lib kelayotgan Qadimgi O'rta Osiyoning tarixiy geografiya masalari bilan shug'ullangan tadqiqotchilarning ilmiy ma'lumotlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: O'rta Osiyo, geografik chegara, tarixiy geografiya, Shimoliy Baqtriya, Katta Xorazm, Marg'iyona, So'g'diyona.

SOME CONSIDERATIONS ON ANCIENT HISTORICAL GEOGRAPHY OF CENTRAL ASIA (ON THE BASIS OF ARCHAEOLOGICAL AND WRITTEN

SOURCES)

ABSTRACT

This article analyzes the scientific data of researchers dealing with the issues of historical geography of Ancient Central Asia, which are currently relevant in geography and history.

Keywords: Central Asia, geographical boundary, historical geography, Northern Bactria, Greater Khorezm, Margiyana, Sogdiana.

KIRISH

Hozirgi kunda aynan O'rta Osiyo hududida joylashgan tarixiy viloyatlar, davlatlar, arxeologik komplekslar va arxeologik madaniy yodgorliklarning joylashgan o'rnini, chegaralarini o'rganilish masalasi dolzarb muammo bo'lib kelmoqda. O'rta Osiyo svilizatsiya o'chog'i hisoblangan Baqtriya hududida davlatlarning paydo bo'la boshlashi, uning hududiy chegaralari, So'g'diyonaning tarixiy geografik chegaralarini aniqlash, Katta Xorazm masalalari va Xorazm svilizatsiyasining ilk kurtaklari qachondan paydo bo'lganligi hozirgi kunda aniq ravshan dalillar asnosida hech bir olim, arxeolog aniq fikrlarni ayta olmayapti.

Arxeologik tadqiqotlardan ma'lum bo'ldiki, Baqtriya, Marg'iyona va So'g'diyonaning qadimgi tarixiy geografiyasi, madaniyati o'zining xilma-xilligi, har bir davr va ularning tarixiy ketma-ketlikda intensive rivoj topgan bosqichlari bilan insoniyat tarixida katta madaniy meros qoldirgan. Biroq bu juda boy va rang-barang madaniy meros hozirgacha umumlashtirilmagan va aniq bir ilmiy tizimga solib, maxsus tadqiqot ob'ekti sifatida tadqiq qilinmagan.

ASOSIY QISM

Qadimgi Baqtriya, Marg'iyona va So'g'dning madaniyati va tarixi, hududiy joylashuvi hamda geografik chegaralari masalalariga qiziqish XIX asrdayoq boshlangan edi. Albatta, bunga bevosita antik davr mualliflarining asarlaridagi Baqtriya, Marg'iyona va So'g'diyona haqidagi ma'lumotlarga tadqiqotchi olimlarning qiziqishlariga, tarixiy geografiyaga oid haqiqatni qidirishlariga turtki bo'lgan. G'arb va sharq olimlari tadqiqotlari natijalarida ko'pchilik olimlar O'rta Osiyo hududlari tarixiy geografik chegaralarini belgilaganlar. Bu borada fikrlar turlicha.

Gerodot ma'lumotlariga tayanib, J.Tomson, V.Fedchina, V.Dementev, O.Andryushenko kabi olimlar antik davr tarixiy kartalarini yaratganlar. J.Tomson Kaspiy dengizining kengligini uzaytirib yuborgan, bu esa Gerodot yozganlariga mos tushmaydi.

V.Dementev, O.Andryushenkolar Araks (Amudaryo)ni birmuncha to'g'riroq chizganlar, lekin uning Kaspiyga quyiluvchi irmog'i tasvirlanmagan. Shuningdek, baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V.Fedchina tiklagan kartada Gerodot tilga olgan "botqoqlik va ko'llar" mavjud hududlar tasvirlangan bo'lsada, biroq baqtriyaliklar va massagetlar yerlari chizilmagan.

XX asrning 50-yillaridan esa M.M.Dyakonov tomonidan «Shimoliy Baqtriya» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritildi[1]. Bu hududga shimoldan Hisor tog' tizmalari, g'arbdan Ko'hitang tizmasi, janubdan Amudaryo, sharqdan Pomir tizmalarigacha bo'lgan keng hududlarni qamrab olgan. Bu atamadan kelib chiqib, shimoli-sharqiy va Shimoli-G'arbiy Baqtriya atamalari ham paydo bo'ldi. Shimoli-G'arbiy Baqtriya atamasining kelib chikishi Shimoliy Baqtriya hududiy chegaralarining ancha kengayishiga va uning tarkibiga Turkmanistonning Kelifdan Kerkigacha bo'lgan janubi-sharqiy hududi va hatto Chorjuyning ham kiritilishiga sabab bo'ldi[2].

B.Ya.Staviskiy Baqtriyaning shimoliy chegaralari masalasining yechimiga arxeologiya va epigrafikaga oid yangi ma'lumotlarni keng jalb qildi hamda kushonlar davrida janubga va shimolga Amudaryodan boshlab Hisor tizmalariga qadar bo'lgan hudud etnik va madaniy munosabatlarda yagona tarixiy-madaniy viloyatni o'zida aks ettirganligini ko'rsatib berdi. Amerikalik olim R.Frayning fikriga ko'ra, Baqtriya keng qamrovli viloyatning madaniy markazi bo'lib, uni shimoldan, sharqdan va janubdan tog'lar o'rab to'rgan, uning erlarini sug'oruvchi Amudaryo uni ikki qismga: janubiy, ya'ni Afg'on Turkistoniga va Shimoliy, o'ng qirg'oq, ya'ni Tojikistonga ajratib turgan. Bir qator olimlar bu fikrga qo'shilmaydilar. Ular antik davr manbalariga tayanib yuqorida ko'rsatilgan viloyat So'g'diyonaga qarashli bo'lgan va Baqtriyaning shimoliy chegarasi Amudaryo-Oks orqali o'tgan deb hisoblaydilar[3].

I.V.Pyankov antik yozma manbalarda Oks Baqtriya va So'g'd o'rtasidagi chegara sifatida e'tirof qilinishi bilan birga unga tubdan qarama-qarshi bo'lgan ma'lumotlar ham borligini takidlab o'tadi. Bu ma'lumotlar ikki xil taxminga asoslangan. Ularning biriga

ko'ra, Hisor tizmasining janubi-g'arbiy bo'lagi va Amudaryo oralig'idagi viloyat Baqtriyadan farq qilgan bo'lsa-da, lekin shu davrning o'zida So'g'diyonadan ham aniq ajralib turgan. Ikkinchi tahminga ko'ra, bu hudud to'g'ridan-to'g'ri «Baqtriya» deb atalgan[4]. Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, Baqtriya va So'g'diyona o'rtasidagi chegara Amudaryo va Surxondaryo bo'ylab o'tgan. Bu chegara Vaxsh va Amudaryo orqali o'tgan degan fikrlar ham mavjud.

Baqtriyaning shimoliy chegaralari to'g'risidagi munozaralarga I.V.Pyankov ma'lum ma'noda aniqlik kiritadi. U antik davri yozma manbalarni sinchiklab tahlil qilish asosida bir qator tadqiqotchilarning, Baqtriya haqidagi, uni Oksning faqat chap qirg'og'ida joylashgan bir viloyat, degan qarashlari haqiqatga to'g'ri kelmasligini takidlab o'tadi. Uning fikriga ko'ra, «Baqtriya» deganda (sof geografik atama ma'nosida) dastlab Balx vohasi nazarda tutilgan. Keyinchalik uning ma'nosi kengayadi: «Baqtriya» va «baqtriylar» deganda eng dastlabki davrda Zaratushtra podsholigi, «Kirga qarshi kurashgan xalq», Ahamoniylar davlati, Iskandar, Salavkiylar va nihoyat skiflar asos solgan podsholikning shu nomdagi qismi yoki satraplik anglashiladigan bo'ladi. I.V.Pyankovning taxminicha, Amudaryo-Oksni Baqtriya va So'g'dning chegarasi bo'lgan degan fikrlar Iskandarning Kelifda (Turkmanistonning janubiy-sharqi) kechuvdan o'tgan eridagi holatini umumlashtirish natijasida kelib chiqqan, lekin daryoning yuqori qismida, ya'ni O'zbekiston va Tojikiston hududlaridagi holat boshqacha bo'lgan. Shuningdek, Baqtriyaning bu chegarasi asosan Iskandar tarixchilarining ma'lumotlari asosida tiklangan. Iskandardan avvalgi va uning yurishlaridan keyingi davrga oid Baqtriyaning shimoliy chegaralari haqida guvohlik beruvchi yozma manbalar esa mavjud emas. Shunday qilib, yozma manbalarning ma'lumotlariga asoslanadigan bo'lsak, mil.avv. IV asr uchinchi choragining oxiriga kelib, Amu-daryoning o'ng qirg'og'idagi yerlar- O'zbekistonning Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston yerlari Baqtriyaning tarkibiga kirgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Iskandarning Nautakadan Baqtriyaga qarab o'tgan harbiy harakat yo'lini I.V.Pyankov o'rta asr arab sayyohlarining Keshdan Balxga qadar bo'lgan masofa haqidagi ma'lumotlari bilan taqqoslaydi. Uning taxminicha, Keshdan (Shahrisabz) Boysun tog'idagi Temirdarvoza (Dari Ohanin) ga qadar G'uzor viloyati orqali o'tadigan yo'lning uzoqligi to'rt kunlik masofaga teng bo'lgan. Temir darvozadan Balxga qadar bo'lgan masofa esa besh kunlik yo'lga teng bo'lgan.I.V.Tomashek va V.V.Grigorevlarning fikriga qo'shilib, I.V.Pyankov Sizimitr-Xorien qalasi Temirdarvoza atrofida joylashganligini va u Baqtriya hamda So'g'd o'rtasidagi katta yo'l ustida chegara nuqtasi vazifasini bajarganligini yoza[5].

Viloyatlar va qalalarning joylashgan o'rni to'g'risidagi I.V.Pyankovning fikrlari, bizningcha, ancha ishonarlidir. Shimoldan Qashqadaryo, janubdan Surxondaryodek ikkita dehqonchilik vohalarining o'rtasida joylashgan, keng, tog'li mamlakatning tarixiy-geografik tavsifi masalasi nihoyatda muhimdir. Kenglik va meridian yo'nalshida

bu mamlakatni geograflarning umumiy tushunchasida «G'arbiy Hisor» deb ataluvchi Chakchak, Boysun, Ko'hitang, Sarimas, Suvsiztog' va boshqa tog' tizmalari halqasi ajratib turadi. Uning taxminan markazida Sarimas va Suvsiztog' tizmalari joylashgan. Bu tizmalarni Sherobod daryoga borib taqaluvchi Sho'robsoy vodiysi ajratib turadi. Shu joyda Darband qishlog'i joylashgan. Undan Sho'robsoy vodiysi bo'ylab 9 km g'arbda esa Buzg'ala (Temirdarvoza) tog' darasi mavjud. XULOSA

XX asrning o'rtalaridan boshlab «Shimoliy Baqtriya» atamasi ilmiy muomalaga kiritilgan bo'lib, bu hudud shimoldan Hisor tog' tizimi, g'arbdan Kuhitang tizmasi, janubdan Amudaryo, sharqdan Pomir tog'lari bilan chegaralanuvchi qadimgi tarixiy-madaniy viloyatni o'z ichiga oladi. Ushbu masala yuzasidan tadqiqotchilar orasida ko'pgina bahslar bo'lib o'tganligiga qaramasdan, arxeologik ma'lumotlar natijalarini yozma manbalar bilan solishtirish natijasida masalaga ko'pgina aniqliklar kiritildi. Shimoliy Baqtriyadan o'tuvchi qadimgi yo'llar va ularning yo'nalishlari (Balxdan Amudaryo kechuvi orqali Temir darvozadan G'uzor yo'nalishi bilan Keshgacha), viloyatlar va qal'alarning joylashuvi (Paretaka, Bubakena, Sizimitr, Gabaza, Branxiylar shahri va boshqalar) masalalari mumkin qadar o'z yechimini topdi deyish mumkin. Ushbu ma'lumotlarga asoslanadigan bo'lsak, mil.avv. IV asr o'rtalarida Amudaryo yuqori oqimining o'ng qirg'og'idagi yerlar - Surxon vohasi va qisman Janubiy Tojikiston yerlari Baqtriyaning tarkibiga kirgan. Ammo, o'sha davrda bu hududlar qanday umumiy nom bilan nomlanganligi hozircha ma'lum emas. Buning sababi esa bu davrga doir yozma manbalar yoqligida.

REFERENCES

1. Дяконов M.M. У истоков древней культуры Таджикистана. -Сталинабад, 1956 -С. 22.

2. Ставиский Б.Я. Кушанская Бактрия: Проблемы истории и культуры. -М., 1977. -С.38.

3. Сагдуллаев А.С., Эшов Б.Ж. Бактрия ва Сугдиёнанинг худудий чегаралари хакида // Бактрия-Тохаристон кадимда ва урта асрларда. -Самарканд,1993. 24-бет.

4. ^адимги Урта Осиё тарихидан лавхалар. -Тошкент,2008. 77-бет.

5. Пьянков И.В. Средняя Азия в античной географической традиции. -Душанбе,1984. -С.43-46.

6. Ochilov Alisher. "The Role of Zamanbaba Culture in The Social and Economic History of Bukhara Oasis During Bronze Age." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.4 (2021): 42-47.

7. OCHILOV, Alisher. "JEWELRYC TRADITION IS A SOURCE OF STUDY OF BUKHARA HISTORY." Bayterek Uluslararasi Akademik Ara§tirmalar Dergisi 1.1: 105-116.

8. Ochilov, A. T. "DATING OF THE ZAMANBABA CULTURE: ASED ON ARCHAEOLOGICAL SOURCES." Theoretical & Applied Science 12 (2019): 589591.

9. Очилов, Алишер Тулис Угли. "БУХОРО ВОДАСИ ШАКЛЛАНИШИДА ЗАРАФШОН ДАРЁСИНИНГ УРНИ ВА ВОДА ТАРИХИЙ ГЕОГРАФИЯСИГА ДОИР АЙРИМ МУЛОДАЗАЛАР." Scientific progress 1.6 (2021): 933-938.

10. Ochilov A. Бухоро вохдсида олиб борилган илк археологик тадкикотлар //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 4. - №. 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.