Научная статья на тему 'MIRZO BOBUR VATANI FARG'ONA VODIYSI TALQINI'

MIRZO BOBUR VATANI FARG'ONA VODIYSI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

2190
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Farg`ona viloyati / Davan davlati / Ershi / Mingtepa / Amir Temur / Umarshayx / Abu Said / Shayboniylar / Fergana region / Davan state / Ershi / Mingtepa / Amir Temur / Umarshaikh / Abu Said / Shaibani

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jamshidbek Zokirjon Ogli Sobirov

O’zbekistonning eng go’zal va betakror makonlaridan biri bu Farg’ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatkariga ko’ra Farg’ona qadimdan e’tibor qozonib kelgan. Farg’ona viloyatining davlatchiligimiz tarixida tutgan o’z o’rni ham bor. Miloddan avvalgi III asrlarda bu yerda mintaqadagi ilk davlatchilik tizimlaridan biri mavjud bo’lgan. Albatta, uning asoslari ancha ilgariroq, kam deganda miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida shakllana boshlanganiga shubha qilmasa ham bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MIRZO BOBURʼS INTERPRETATION OF HIS HOMELAND FERGANA VALLEY

One of the most beautiful and unique places in Uzbekistan is the Fergana Valley. Fergana has long been known for its climatic conditions, geographical location, and natural resources. Fergana region has a special place in the history of our statehood. In the II-I centuries BC there was one of the first state systems in the region. Of course, there is no doubt that its foundations began to form much earlier, at least in the middle of the 1st millennium BC.

Текст научной работы на тему «MIRZO BOBUR VATANI FARG'ONA VODIYSI TALQINI»

MIRZO BOBUR VATANI - FARG'ONA VODIYSI TALQINI

Jamshidbek Zokirjon o'g'li Sobirov

Andijon davlat universtiteti talabasi sobirovj amshidbek755@gmail .com

ANNOTATSIYA

O'zbekistonning eng go'zal va betakror makonlaridan biri bu Farg'ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatkariga ko'ra Farg'ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan. Farg'ona viloyatining davlatchiligimiz tarixida tutgan o'z o'rni ham bor. Miloddan avvalgi II- I asrlarda bu yerda mintaqadagi ilk davlatchilik tizimlaridan biri mavjud bo'lgan. Albatta, uning asoslari ancha ilgariroq, kam deganda miloddan avvalgi 1-ming yillik o'rtalarida shakllana boshlanganiga shubha qilmasa ham bo'ladi.

Kalit so'zlar: Farg'ona viloyati, Davan davlati, Ershi, Mingtepa, Amir Temur, Umarshayx, Abu Said, Shayboniylar.

MIRZO BOBUR'S INTERPRETATION OF HIS HOMELAND FERGANA

VALLEY

ABSTRACT

One of the most beautiful and unique places in Uzbekistan is the Fergana Valley. Fergana has long been known for its climatic conditions, geographical location, and natural resources. Fergana region has a special place in the history of our statehood. In the II-I centuries BC there was one of the first state systems in the region. Of course, there is no doubt that its foundations began to form much earlier, at least in the middle of the 1st millennium BC.

Keywords: Fergana region, Davan state, Ershi, Mingtepa, Amir Temur, Umarshaikh, Abu Said, Shaibani.

KIRISH

Farg'ona so'zi hozirda vodiy va shahar nomini anglatadi. Uning kelib chiqishi to'g'risida turli xil tahminlar mavjud. Xalq ichida " parilar yurti", " parixona" so'zidan hosil qilingan degan rivoyatlar yuradi. Aslida, qadimda chor atrofi baland tog'lar bilan o'ralgan joy Parkana deb yuritilgan. Tovush almashishi tufayli Parkana so'zidan Farg'ona so'zi hosil bo'lgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Farg'ona vodiysi qadimda Davan davlati nomi bilan shuhrat topgan. Bu qadimgi davlatning poytaxti Ershi shahri bo'lgan. Ershi hozirda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Mingtepa shahriga to'g'ri keladi.

Andijon Farg'ona viloyatining bosh shahri hisoblanadi. Bu shaharning ulkan qo'rg'oniga Movaraunnahrda faqat Samarqand va Kesh singari katta shaharlarning qo'rg'onigina barobar kela oladi. Uch darvozasi bor. Shaharning janub tarafida ulug'vor ark qad ko'targan. Qal'a chuqur handaq bilan o'raglan. Uning atrofi zich mahalladir.

Bu davlat tariximizdagi eng buyuk davlatlaridan biri hisoblanadi. Bu yerdagi Qurama va Qoramozor tog'lari yonbag'irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug'ullanishgan. Ushbu vodiyda ko'paytirilgan tulpor otlarning dong'i jahonga taralgan. Bu vodiyning otlari ayniqsa, Xitoy hukmdorlarini qiziqtirgan. Otlar naslining biriga hatto ular "Samoviy" deb nom berganlar. "Samoviy otlar" baquvvat va chopqir bo'lgan. Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma'lumotlarni tasdiqladi. Ko'p sonli aholiga , yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlariga ega bo'lgan Davan miloddan avvalgi II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. Davan davlatining Sho'rabashat, Uchqo'rg'on singari shaharlari atrofidagi aholi yerni ishlash, sholi va bug'doy yetishtirish, bog'dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan. Olimlarning aniqlashicha, milodiy III-asrda Davan davlati barham topgan. Ilk o'rta asrlarga kelib esa bu davlat Farg'ona nomi bilan yuritila boshladi. Farg'ona hukmdorlari "ixshid" deb atalgan. Farg'ona yerlari juda hosildor bo'lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat, Quva kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo'lgan. Qo'shni mamlakatlarga bo'yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. Ilk o'rta asrlarga kelib esa bu davlat Sohibqiron Amir Temur davrida yuksaldi.

Temurning o'limidan so'ng uning vorislari davrida o'g'il va nabiralariga mahalliy "suyurg'ol" deb ataladigan va deyarli mustaqil boshqariladigan feodal yer -mulklar berish keng tus oldi. Bu parchalanish Movaraunnahr hududida kichik-kichik feodal davlatlarning tashkil topishiga, markazning esa kuchsizlanib ketishiga olib keldi. Movarounnahr davlatining hukmdori Abu Said o'z o'g'li, bo'lg'usi Boburning otasi bo'lmish Umarshayx nomiga Farg'onani suyurg'ol qildi va shu munosabat bilan mustaqil Farg'ona mulki yuzaga keldi. Bu - mashhur Chingizxon avlodlari bo'lmish ko'chmanchi mo'g'ullarning Farg'ona yerlariga qilayotgan hujumlari davriga to'g'ri

keladi. Tyan-shan orti va tog'oldi bo'ylarida tarqalgan mo'g'uliston davlati janubda Farg'ona vodiysi bilan chegaradosh edi. Mo'g'ullar ko'pincha Andijonga hozirgi Qirg'izistonning Jalolobod viloyatiga qarashli, shimolda Olabuqa tumani va Ketmantepa (Toshko'mir) tomonlardan hujum qilishardi. Ayrim hukmdorlar o'rtasidagi doimiy urushlar, feodal janjallar ham o'lkaning iqtisodiyotiga og'ir ta'sirini ko'rsatardi. Mana shunday bir og'ir sharoitda 12 yoshli Bobur otasining tasodifiy fojiali o'limidan so'ng qonuniy voris sifatida Farg'ona taxtiga o'tiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zahiriddin Muhammad Bobur yosh bo'lganligi sababli yurtni suyukli onasi Qutlug'nigorxonim va ishonchli beklardan Hojiqozi yordamida boshqaradi.

Temuriylar sulolasining inqirozga uchrashi va jumladan, Farg'onada Bobur hukmronligi tiklanmaganligi sababi bir boshga qo'shilolmay uzoq davom etgan feodal tarqoqlik bo'ldi. XV asr oxiri XVI asr boshidagi Farg'ona tarixi feodal yer-mulk egalarining dam u, dam bu joyida o't olgan o'zaro tinimsiz urushlari, u yoki bu lashkarboshi amirning hokimiyat uchun, afsuski, boylik uchun, yurtda o'z siyosiy mavqeini oshirish uchun olib brogan kurashlari tarixidan iboratdir. Biroq, Farg'ona mulkining hukmdori bo'lmish yosh Bobur dushmanlarga keskin zarba berish, mamlakatda kuchli hokimiyat o'rnatish uchun yetarli kuch-qudratga ega emas edi. Bobur separatizmga, ya'ni birlashishdan qochishga intilayotgan hudbin, g'alamis kuchlarga zarba berish, temuriy, amir va amirzodalarning mulk, boylik talashib o'zaro olib borayotgan urushlarning to'xtashiga, o'lkada tinchlik o'rnatishga ko'p urindi. Ammo bu ulkan tarixiy vazifani bajarishda yolg'izlik qilib qoldi. Buning uchun unda moddiy quvvat ham, harbiy-siyosiy qudrat ham yetarli emas edi. Bular ustida o'ylar ekanmiz, shunday xulosaga kelish mumkin: Birinchidan, Bobur doimiy qo'shinga ega emas edi. Tang holatlarda u faqat o'zining oz sonli shaxsiy navkarlariga suyanar va yollanma tarzda xizmat qilayotgan mo'g'ul qo'shinlariga murojaat etardi. Biroq mo'g'ullar ishonchli emas edi, ular qo'lga kiritgan tuman va shaharlarni talashga moyil edilar. Bobur esa bunga yo'l qo'ymasdi. Ikkinchidan, Bobur ikki yo'nalishda: ham mahalliy feodallarga, ham shayboniylarga qarshi kurash olib borishga majbur bo'lgan paytlarda Farg'onaning iqtisodiy holati yomon ahvolda edi. O'zaro bo'lib turgan ichki g'alayonlar qishloq xo'jaligida mehnat qilayotganlar sonini kamayib ketishiga olib keldi. Qishloqlarda oziq-ovqat yetishmas, ko'pincha ochlik hukmronlik qilardi. Mahalliy feodallar, o'zboshimcha hokimlar tomonidan joriy etilgan katta-katta soliq tizimi og'irligidan dehqonchilik qilayotganlarning ekin yerlarini tashlab ketib qolishlariga sabab bo'ldi.

Boburning Farg'onadagi davri Amir Temur tomonidan tatar-mo'g'ul istilosining ayanchli oqibatlari bartaraf etilgach boshlangan iqtisodiy va madaniy yuksalish davri tugallanib, so'ngra boshlangan feodal bo'linishlarning o'sishi va rivojlanishi bilan harakterlidir. Shayboniylar istilosi bu bo'linishlarni vaqtincha to'xtatdi. Biroq, birlashish uzoq davom etmadi va O'rta Osiyoda yagona davlat o'rniga uchta mustaqil feodal davlati, jumladan Farg'ona vodiysida bo'lajak Qo'qon xonligining tashkil topishi uchun iqtisodiy va siyosiy muhit yuzaga keldiki, buning tarixiy oqibati yaxshilikka olib kelmadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur davrida Farg'ona viloyatining ahvoli ana shunday og'ir kechdi. Shunday bo'lsa-da u jahonga mashhur "Bobrunoma" asarida ushbu viloyatni juda chiroyli tasvirlaydi.

"Farg'ona viloyati beshinchi iqlimdindur... Sharqi Qashqar, g'arbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog'lar, shimolida agarchi burun shaharlar bor ekandur... Muhtasar viloyatdur, oshliq va mevasi farovon". Darhaqiqat, O'rta osiyo javohiri deb nom olgan Farg'ona vodiysi Sirdaryo yuqori oqimida joylashgan yirik dehqonchilik va sanoat rayonlaridan biri hisoblanadi. Vodiy jug'rofiy jihatdan tog'lar orasida joylashgan havzadir. Shimol, shimoli-g'arb tomonlardan Qurama, Chotqol. Janubdan Turkiston, Oloy tog' tizmalari o'rab turadi. Garbda esa havza torayib Mirzacho'l bilan tutashib ketadi. Vodiy ma'muriy jihatdan uch jumhuriyat: O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston o'rtasida bo'lingan. Asosan o'zbeklar, tojiklar, qirg'izlar yashaydi.

Farg'ona mulkiga kirgan 8 ta shahar: Andijon, Axsi, Koson, O'sh, Konibodom, Isfara, Marg'ilon, Xo'jand Bobur Miro ixtiyoriga o'tgan. Farg'ona hukmdorining yozgi qarorgohi bo'lmish Axsi shahri (Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumaniga qarashli xozirgi Axsi vayronalari) Sirdaryoning o'ng qirg'og'ida edi. Farg'onaning poytaxti Andijon o'sha paytda vodiyning asosiy shahri bo'lib, mustahkam qal'a devorlari bilan o'ralgan edi. Bobur tarifida shaharning uchta darvozasi bo'lib, asosiy darvozasi janubdagi hokan darvozasi edi.

Qadim Farg'ona vodiysi hududi Baqtriya , So'g'd, Xorazm kabi yirik tarixiy madaniy o'choqlardan biri bo'lgan. Vodiyga atrofdan nazar solsangiz to'rt tarafi o'ralganiga va qo'shnilardan bir qadar ajralib turganga o'xshaydi. Bir jihatdan Farg'ona o'ziga xos madaniyatga ega ham . Ammo bu bilan vodiy qo'shni voha va regionlardan ajralib qolgan ekanda deb xulosa chiqarmaslik kerak. O'z navbatida Farg'ona qo'shni yurtlar bilan qadimdan yaxshi qo'shnichilik aloqalari qilib kelgan. Ularning moddiy madaniyatidagi ba'zi elementlarini olish bilan birga qo'shnilariga

ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Ushbu o'zaro ta'sirni vodiyda 100 yildan ortiq davr mobaynida olib borilayotgan arxeologik qidiruv ishlari yaqqol ko'rsatib turibdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining qarama-qarshilikli, murakkab va qisqa hayotida anchagina asarlar yozgan bo'lsada, ularning hammasi bizgacha yetib kelmagan. Boburdan qolgan ijodiy merosining eng muhim va eng yirigi O'rta Osiyo, Afg'oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi va geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan va o'sha davr o'zbek klassik adabiyotida va adabiy tilning yorqin namunasi bo'lgan "Boburnoma" asaridir. Bu asarda go'zal va maftunkor Farg'ona vodiysi mahorat bilan tasvirlangan.

Kichik viloyatdir , g'alla va mevasi farovon. Tevarak-atrofi tog'lar bilan o'ralgan. G'arbiy tarafida , ya'ni Samarqamd va Xo'jand tomonda tog' yo'q. Ushbu yoqdan boshqa hech bir tomondan qishda dushman kela olmas. Sayhun daryosi Xo'jand suvi tomonda mashhur, u sharq-u shimol tarafdan kelib, viloyatning ichi bilan o'tib g'arb sari oqadi: xo'jandning shimoli va Fanokatning ( xozir Shohruxiya sifatida mashhur) janubiy tarafidan o'tib , yana shimolga burilib , Turkiston sari boradi. Turkistondan ancha quyiroqda bu daryo butunlay qumga singib ketadi, bironta daryoga qo'shilmaydi.

O'zbekiston Respublikasi hududining boshqa dehqonchilik vohalariga qaraganda Farg'ona vodiysi o'tmishda ham, hozir ham anchagina tabiiy afzalliklarga ega bo'lib, uning maydoni 22.2ming kv.kmga tengdir. O'zbekiston respublikasi tarkibiga kirgan qismi 17ming.kv.kmni tashkil etadi. Qolgan 5.2ming kv.km hudud Qirg'iziston va Tojikiston Republikalari tarkibiga kirib , uning 27 foiz hududi adirli yerlardir. Farg'ona vodiysi g'arbdan sharqqa uzuniga 370kmgacha, shimoldan janubga eniga 80kmdan - 120 kmgacha cho'zilgan. Iqlimi mo'tadil, oqin suvining serobligi , tarkibi jihatidan eng yaxshi serhosil tuproqning mavjudligi juda qadimdan boshlab vodiyda sug'orma dehqonchilik xo'jaligining muttasil rivojlanishini ta'minlagan. Yuqoridagi jihatlarga asoslanib olimlar vodiyni " Baxtli Farg'ona", "Turkiston injusi" deb ham yozganlar.

Farg'ona vodiysi jug'rofiy jihatdan juda qulay yerda joylashgan bo'lib , qadimdan yeri unumdor, suv manbaalari ko'p, iqlimi mo'tadildir. Shu jihatdan bo'lsa kerak arxeologik manbaalarga ko'ra bu yerda 4000 yildan ortiq vaqt mobaynida ko'hna dehqonchilik madaniyati mavjud bo'lgani isbotlangan, bundan tashqari vodiyni tog' va tog'oldi joylarida qadimdan chorvachilik rivojlangan, bu narsa hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda. Ya'ni qadimdan dehqonlar bilan chorvador-ko'chmanchilar bir-birlari bilan uzviy aloqada bo'lganlar, o'zaro Tovar ayirboshlash ancha rivojlangan. Ular o'z navbatida bir-birlarini moddiy

madaniyatlarini to'ldirganlar. Bu aloqalarning izlari arxeologik yodgorliklarni tekshirish mobaynida yaqqol ko'rinadi.

Farg'ona qadim tarixini neolit davridan keyingi davrga oid yodgorliklar umuman topilgani yo'q. Masalan, eneolit, ilk bronza davri muammolari vodiy arxeologiyasidagi "oq dog'lar" dir. Bundan kelib chiqib Farg'onada shu davrda hayot to'xtagan-mi?degan savol qo'yilmasligi kerak. Chunki o'sha neolit davridan keyingi vaqtga taalluqli , kam bo'lsada topilmalar Farg'onani u yer bu yerida tasodifan topilgan. Bular qatoriga Namangan viloyatidan 1894-yili topilgan xok xazinasi , 1924-yili topilgan Aflotun xazinasi , Farg'ona viloyati So'x qishlog'idan aniqlangan toshdan qilingan ilonlar asosida haykali yasalgan idish kiradi.

XULOSA

O'lkamiz tarixidagi eng qadimiy va buyuk davlatlardan bo'lgan Farg'ona viloyati bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining go'zal viloyatlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa hozirda ushbu viloyatda ko'plab obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan Qo'qon shahridagi Hudoyorxon o'rdasi qayta tiklandi, Farg'ona milliy bog'i barpo etildi. Umuman, Bobur qadami tekkan tarixiy joylar va hatto qishloqlar ham obodonchilik ishlaridan chetda qolmadi. Zero, tarixiy yodgorliklarga, ulug' Boburimiz tilga olgan joylarga bo'lgan munosabatimiz ham hayotimizda ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarga monand bo'lmog'i zarur.

REFERENCES

1. Aziz Qayumov: "Zahiriddin Muhammad Bobur"4-bet. -T.: "FAN"n-2008y

2. Sayfiddin Jalilov: "Bobur haqida o'ylar" 7-8bet-T.: "ShARQ"n - 2006 y

3. Sayfiddin Jalilov: "Bobur haqida o'ylar" 12-bet-T.: "ShARQ"n - 2006 y

4. Sayfiddin Jalilov: "Bobur haqida o'ylar" 13-bet-T.: "ShARQ"n - 2006 y

5. "Boburnoma'' 29-bet. T.: "O'QITUVCHI" n-2008y

6. Sayfiddin Jalilov: "Bobur haqida o'ylar" 8-bet-T.: "ShARQ"n - 2006 y

7. B.A.Mamatboyev, R.T.Shamsuddinov, A.Mamajonov: "Buyuk ipak yo'lidagi Farg'ona shaharlari"-Andijon.:"MEROS"n-1994y

8. "Boburnoma'' 29-bet. T.: "O'QITUVCHI" n-2008y

9. B.A.Mamatboyev, R.T.Shamsuddinov, A.Mamajonov: "Buyuk ipak yo'lidagi Farg'ona shaharlari". 9-bet. Andijon.:"MEROS"n-1994y

10. Vatanimiz o'tmishidan-Andijon.: 136-bet. "MER0S"n-2007y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.