NIZOMIDDIN SHOMIY VA SHARAFIDDIN ALI YAZDIY ASARLARI MOVARANNAHRNING XV ASR TARIXIGA OID MANBAA SIFATIDA
Bahodirxonov Usmonxon
ToshDShU magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning "Zafarnoma" nomi bilan mashhur tarixiy asarlari XIV-XV asrlarda Temur va Temuriylar hukmronligi davridagi Markaziy Osiyo, Oltin O'rda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afg'oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o'z ichiga olganligi haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Maqolada asosiy e'tibor har ikki asardagi XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshida Movarannahrda sodir bo'lgan muhim tarixiy jarayonlar tahliliga qaratilgan.
Kalit so'zlar. Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Movarannahr, "Zafarnoma", Buxoro.
NIZAMIDDIN SHAMIY AND SHARAFIDDIN ALI WRITTEN WORKS AS A SOURCE ON THE HISTORY OF XV MOVARANNAHR
Bahodirkhonov Usmonkhon
Master of TSUOS
ABSTRACT
This article deals with the history of Central Asia, the Golden Horde, Azerbaijan, Iran, Afghanistan, Iraq, Syria, Egypt, Turkey and other countries during the reign of Timur and the Timurids in the XIV-XV centuries. a brief description of the events. The article focuses on the analysis of important historical processes that took place in Movarannahr in the second half of the 14th century and the beginning of the 15th century in both works.
Keywords. Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Movarannahr, "Zafarnoma", Buxoro.
KIRISH
Markaziy Osiyo, ayniqsa, Movaroupnahr va Xuroson xalqlari tarixida XIV - XV asrlar, Amir Temur va uning avlodi Temuriylar sulolasi hukmronligi bilan bog'liq katta siyosiy o'zgarishlar va ayni bir vaqtda iqtisodiy va madaniy, fan, ma'naviy hayot xullas jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor rivojlanishlar davri bo'ldi. Shuning uchun
ham bu davrni dunyo ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixidagi buyuk yuksalish davri deb baholab kelinmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirgi kunlarda bu tadqiqotlar uchun manbaa xizmatini o'tab kelayotgan tarixiy asarlarni yaratish ham o'sha vaqtlardayoq keng rivoj topib, XV asrda va undan keyin xam taniqli muarrixlar tomonidan davom ettirildi. Bu asarlarda sohibqiron Amir Temurning Movarounnahrda markazlashtirilgan davlatni barpo etish uchun olib borgan kurashlari, harbiy yurishlari, davlatchilik siyosati hamda xalqaro diplomatik va savdo aloqalarini mustahkamlashga, dehqonchilik va hunarmandchilikni, madaniy qurilishlarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlari yozib qoldirilgan. Ana shunday yozma yodgorliklarlning eng dastlabkilaridan biri Amir Temurning bevosita topshirig'i bilan mohir adib va tarixnavis Nizomiddip Shomiy tomonidan yozilgai "Zafarnoma" nomli asardir1.
"Zafarnoma" ning yozilish tarixi haqida shuni ta'kidlash lozimki, Mavlono Shomiyning o'zi bergan ma'lumotga ko'ra, hijriy 804 yili (1401 yil 11 avgustdan 1402 yil 1 avgust oralig'i) Amir Temur uni huzuriga chorlab, o'z yurishlari bitilgan yirik bir asar yaratishga undagan. Sohibqiron o'sha davrga qadar munshiy va kotiblari tarafidan tuzilgan bitiklar uni qoniqtirmaganligini aytgan. Yozilajak asar bir tomondan, avom xalqqa tushunarli, sodda, ravon tidda va ayni paytda ma'rifatli kishilar e'tiboriga ham loyiq tarzda yozilishini uqtirgan. Mavlono Nizomiddin bu mas'uliyatni o'z bo'yniga olgan.2
Nizomiddin Shomiy "Zafarnoma" asarini yozish uchun qanday manbalardan foydalanganligi xususida, afsuski, na o'zining va na zamondoshlari asarida uchraydi. Lekin "Zafarnoma" asarini tadqiq etish natijasida Shomiy quyidagi manbalardan foydalanganligini taxmin qilish mumkin:
1. Amir Temurning kotiblari nazm, nasrda forsiy, turkiy tillarida yozgan kundaliklar va bitiklar. Bular Nizomiddin Shomiy va undan keyingi mualliflar davrida mavjud bo'lgan bo'lsa ham, bizning davrlarga yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo'q;
2. Muallifning o'zi keyingi 2-3 yil davomida Amir Temur yurishlari shohidi bo'lgan va yozib olgan voqealar;
3. Amir Temurning Hindistonga yurishi bilan bog'liq voqealar bayon etilgan
"5
G'iyosiddin Alining "Amir Temurning Hindistonga yurish kundaligi" asari .
1 HrooMHggHH Homhh Ba yHHHr "3a$apHOMa" acapu. ®opc TH^ngaH yrapyBHH - roHycxoH XaKHM^OHOB. «y36eKHCTOH» HampnëTH, 1996 h. B. 3.
2 "Zafarnoma", 1-jild, 10-11-betlar.
3 Boriev O.Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo.T.,1997y
MUHOKAMA
Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari o'zida jamlangan tarixiy ma'lumotlarning ishonchliligi bilan XV - XVI asrlardanoq boshqa asarlar uchun bosh manbalardan biri bo'lib xizmat qilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Abdurazzoq Samarqandiyning "Matla'i sa'dayn va majma'i bahrayn" ("Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo'shilish joyi"), Fasih Havofiyning "Mujmali Fasihiy", Muhammad Fazlulloh Musaviyning "Tarixi hayrot", Xotifiyning nazmda bitilgan "Temurnoma", Mirxondning "Ravzat us-safo" ("Poklik bog'i"), Xondamirning "Habib us-siyar" ("Yaxshi xislatlar") va boshqa bir qator asarlar shular jumlasidandir. Ularning har birida ilgarigi asarlardagi voqealar har xil tahrirlarda qaytarilishi bilan birga boshqalarida uchramaydigan voqealar tafsiloti ham mavjud.
Shomiy "Zafarnoma"sining faqat ikki qo'lyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qo'lyozmadan 1425 yilda qo'chirilgan nusxasi bo'lib, u Istanbuldagi "Nuri Usmoniya" masjidi kutubxonasida, 3367-inventar raqami ostida mavjud. Ikkinchisi, muallif Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar bahodir ibn Mironshohga taqdim etgan ko'lyozmadan 1434 yili ko'chirilgan nusxa bo'lib, u Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasida, 23980-inventar raqami bilan saqlanadi.
Taniqli matnshunos olim Feliks Tauer mazkur qo'lyozmalar noqis bo'lganligi sababli, ularni Hofizi Abruning "Zubdat ut-tavorix" asari bilan solishtirib tadqiq etish asosida "Zafarnoma"ning ikki jilddan iborat ilmiy tanqidiy matnini nashr ettirgan. Birinchi jildiga faqat "Zafarnoma" ilmiy tanqidiy matni kiritilgan. Ikkinchi jildida esa nashrning so'zboshisi, qo'shimchalar, nusxalardagi farqlar berilgan.
NATIJA
Asar keyingi vaqtlarda Sharq va G'arb olimlari tomonidan o'rganilib, undan qisqartirilgan tarjimalar amalga oshirilgan. Jumladan, 1949 yili Anqarada Nejoti Lug'ol degan olim F. Tauerning nashri asosida qisqartirib, turk tilida tarjima qilgan. Undan tashqari, sharqshunoslikka oid bir necha kitoblarda bu asardan terma tarjimalar e'lon qilindi. Bu tarjimalar to'liq bo'lmasada noyob bo'lib qolgan. Shuni nazarga olgan holda keyingi yillarda O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida "Zafarnoma"ning o'zbek tiliga to'liq ilmiy izohli tarjimasi Hofizi Abru "Ilova"si bilan birga nashrga tayyorlandi. Unga institutning sobiq ilmiy xodimi, marhum Yunusxon Hakimjonovning F. Tauer nashri bo'yicha qilingan dastlabki qoralama tarjimasi asos qilib olingan4.
Sharq tarixnavisligining eng nodir yodgorliklaridan biri va Amir Temur davri tarixining birlamchi manbalaridan bo'lgan "Zafarnoma" uzoq vaqtdan buyon
4 Boriev O.Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo.T.,1997y
www.scientificprogress.uz
sharqshunos tadqiqotchilar diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda. Daliliy ma'lumotlarning to'liqligi hamda ishonchliligi tufayli u o'sha davr manbalari orasida hanuzgacha muhim o'rin egallaydi.
XV va XVI asrlarda "Zafarnoma" qahramonlik qissasi janrida ikki marta she'riy yo'l bilan o'zbek tilida Lutfiy, fors tilida Abdurahmon Jomiyning jiyani Hotifiy (vafoti - 1521) tomonidan kuylangan edi. XVI asr boshlarida Shayboniylarning dastlabki vakillaridan Kuchkunchixon (1510-1530) topshirig'iga muvofiq Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan "Zafarnoma" o'zbek tiliga tarjima qilingan. Adabiyotlarda Hofiz muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy tomonidan asarning turk tiliga tarjima qilinganligi haqida ham ma'lumot bor. Bulardan tashqari "Zafarnoma" 18221823 yillarda Xivada Xudoyberdi ibn Qo'shmuhammad So'fi al-Xivoqiy tomonidan o'zbek tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham ma'lum.
XVIII asrdan boshlab "Zafarnoma"ning ayrim qismlari fransuz (Peti de la Kroa, 1713), ingliz (J. Darbi, 1723) va rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni esa 1887-88 yillarda Kalkuttada (Hindiston), 1958 yili Tehronda (Eron) chop etilgan. Biroq bu nashrlarda asarning "Muqaddima" qismi hamda zaruriy ko'rsatkichlar berilmagan. 1972 yili Toshkentda asarning har ikki qismini qamragan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 4472-raqamli qo'lyozmaning maksimal nashri amalga oshirildi. Bunda tarixiy manbalar ilmiy nashri uchun zaruriy bo'lgan so'zboshi va turli ko'rsatkichlar bilan birga asar matnining har xil nusxalari va nashrlari orasidagi farklar ham qayd etildi.
1499-yildan boshlab Orta Osiyoga o'z yurishlarini boshlagan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) temuriylar ichidagi ichki nizo va noittifoqlikdan foydalanib, Movaraunnahrga nisbatan istilochilik harakatlarini boshladi. Temuriy shahzodalardan, shu vaqtdagi yagona movarounnahrlik iqtidorli va harbiy sarkardalik mahoratiga ega bo'lgan, keyinchalik buyuk shoir va davlat arbobi darajasiga chiqqan Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) sa'yi-harakatlari ham o'zining tegishli natijasini berrnadi. 1505-1506 yillarga kelib Shayboniyxon Xorazm va Movaraunnahrni to'liq egallaydi. Shayboniyxonga qarshi kurashish uchun yo'lga chiqqan Xuroson hukmdori Sulton Husayn (1469-1506) 1506-yilning bahorida vafot etadi. Sulton Husaynning vorislari o'tasida toju-taxt uchun kurash avj olib, natijada hokimiyat ikkita shahzodaga-Badiuzzamon Mirzo bilan Muzaffar Mirzolarga o4adi. Qulay vaziyatdan foydalangan Shayboniyxon 1507-yili shahzodalarni tor-mor etib, qattiq janglardan so'ng poytaxt Hirot va butun Xurosonni o'z qo'li ostiga oladi.
XULOSA
Shunday qilib, deyarli bir yarim asr davom etgan shon-shavkatli Temuriylar saltanati o'z nihoyasiga yetadi. Temuriylarning oxirgi zabardast vakili Zahiriddin
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3
Muhammad Bobur 1525-yilgi Panipat jangidan so'ng shiraoliy Hindistonni egallashga muvaffaq bo'ladi. Boburiylar sulolasi Hindistonda deyarli uch asr mobaynida hukmronlik qilib, ko"p holda temuriylarning shon-shuhratini bu yerda tiklashga muvaffaq boladilar.
REFERENCES
1. Низомиддин Шомий ва унинг "Зафарнома" асари. Форс тилидан угирувчи -Юнусхон Хакимжонов. «Узбекистан» нашриёти, 1996 й. Б. 3.
2. "Zafarnoma", 1-jild, 10-11-betlar.
3. Bo'riev O.Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo.T.,1997 y
4. Amir Temur Jahon tarixida.T.,2001y.
5. Azamat Ziyo.Ozbek davlatchiligi tarixi.T.,2000 y.