Научная статья на тему 'QO'QON XONLIGI TARIXSHUNOSLIGINI YORITISHDA TARIXNAVISLIK MAKTABI'

QO'QON XONLIGI TARIXSHUNOSLIGINI YORITISHDA TARIXNAVISLIK MAKTABI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

3845
306
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
manbalar / badiiy-tarixiy janr / adabiy-tarixiy janr / tarixnavislik / ob’ektivlik / og’zaki ijod. / sources / fiction-historical genre / literary-historical genre / historiography / objectivity / folklore.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baxtiyor Abdilhakimov, Mirabbos Abdusattorov

Maqolada Qo’qon xonligi tarixini yoritishda tarixiy manbalarning ahamiyati va Qo’qon tarixnavisligidagi asarlar mohiyati bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Qo’qon xonligi tarixnavisligi namunalarining turli tillarda bayon etilganligi, mualliflarning asarda keltirilgan haqqoniy ma’lumotlari bo’yicha fikr-mulohazalar keltirilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL SCHOOL OF HISTORICAL STUDIES OF KOKAND KHANATE

The article provides information on the importance of historical sources in the coverage of the history of the Kokand Khanate and the importance of works in the history of Kokand. Samples of the historiography of the Kokand Khanate are told in different languages, and the authors comment on the factual information provided in the work.

Текст научной работы на тему «QO'QON XONLIGI TARIXSHUNOSLIGINI YORITISHDA TARIXNAVISLIK MAKTABI»

QO'QON XONLIGI TARIXSHUNOSLIGINI YORITISHDA TARIXNAVISLIK

MAKTABI

Baxtiyor Abdilhakimov Mirabbos Abdusattorov

Chirchiq davlat pedagogika instituti Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Qo'qon xonligi tarixini yoritishda tarixiy manbalarning ahamiyati va Qo'qon tarixnavisligidagi asarlar mohiyati bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Qo'qon xonligi tarixnavisligi namunalarining turli tillarda bayon etilganligi, mualliflarning asarda keltirilgan haqqoniy ma'lumotlari bo'yicha fikr-mulohazalar keltirilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: manbalar, badiiy-tarixiy janr, adabiy-tarixiy janr, tarixnavislik, ob'ektivlik, og'zaki ijod.

HISTORICAL SCHOOL OF HISTORICAL STUDIES OF KOKAND KHANATE

Bakhtiyor Abdilhakimov Mirabbos Abdusattorov

Chirchik State Pedagogical Institute Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article provides information on the importance of historical sources in the coverage of the history of the Kokand Khanate and the importance of works in the history of Kokand. Samples of the historiography of the Kokand Khanate are told in different languages, and the authors comment on the factual information provided in the work.

Keywords: sources, fiction-historical genre, literary-historical genre, historiography, objectivity, folklore.

KIRISH

O'zbekiston mustaqillikga erishishgandan so'ng Vatan tarixining barcha davrlari, xususan o'zbek davlatchiligi an'analarini chuqur idrok etish, bu yerda mavjud bo'lgan qadimgi va o'rta asr davlatlari tarixini o'rganish muhim ilmiy va siyosiy ahamiyat kasb etdi. Shunday ekan mana shu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Qo'qon tarixnavisligini yoritishga tarixiy asarlarni qaysi tilda yozilganiga qarab arab, fors-tojik va

turkiy guruhlarga bo'lish mumkin. Ularning har biri o'z navbatida umumiy tarixga bag'ishlangan yoki alohida mamlakatlar tarixiga taalluqli asarlarga bo'linadi.

ADABIYOTLAT TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Qo'qon tarixnavislari asarlari asosan arab, fors va turkiy tillarda bitilgan manbalarga tayanadi. Qo'qon tarixshunoslik maktabining vujudga kelishida oldingi zamon tarixchilarining asarlari, shuningdek, Sharq mutaffakirlarining tarixnavislik an'analari muhim rol o'ynaydi. Qo'qon tarixchilari uchun manba bo'lib xizmat qilgan yana bir manba - bu folklor, xalq og'zaki ijodidir. Bu rivoyatlar, ertaklar, dostonlar, asotirlar, matallar va maqollar hind-eron va turkiy xalqlar, sulolalar va ayrim tarixiy shaxslarning kelib chiqishi, shajarasi to'g'risidagi fantastik syujetlardir. Misol tariqasida, ming sulolasini afsonaviy asoschisi Oltin beshik haqidagi, O'g'izxon haqidagi hikoyalarni ko'rsatib o'tish mumkin. Ma'lumki, musulmon Sharqida tarixiy asar faqat sof xronikal mavzudagi asar bo'lmasdan, balki ayni vaqtda badiiy-tarixiy janrga mansub adabiy asar ham edi. An'anaga ko'ra, Sharq tarixchisi, ma'lum bir dunyoqarash, estetik did va qadriyatlar sohibi sifatida tarixiy voqealarni badiiy tasvirning boy vositalarini qo'llagan holda bayon etadi. Aks holda o'quvchi uning asarini qabul qilmas edi. Sharq kitobxonining estetik didi va ma'naviy ehtiyojlari yevropalik kitobxondan keskin farq qilar edi. Sharqda Hofiz she'riyati "Ikkinchi Qur'on" deb baholangan.

MUHOKAMA

Tarixchilarning yozuvchilardan farqi shundaki, ular faqat o'z davri ruhini berib qolmay, balki xalq hayotini ma'lum zamon jarayonida tasvirlaydilar. Shuning uchun ham tarixiy asarlar o'z manbaviy ahamiyatini yo'qotmaydilar, aksincha, vaqt o'tishi bilan ularning ahamiyati ortib boradi. Har bir tadqiqotchi-manbashunos o'z qo'lidagi yodgorlikning manbaviy imkoniyatlarini o'zi belgilaydi. Bu holda manbaning ahamiyati va qiymati doimiy bo'lmay, balki o'zgarib turishi mumkin. Fan va amaliyot uchun tarixiy asarning informativ va kommunikativ ahamiyati muhimdir. Tarixiy manbalar ma'lum jamiyatning siyosiy, xo'jalik va madaniy hayotiga doir bilimlarni o'zida aks ettiradi. Ularda xalqning ma'naviy hayoti namoyon bo'ladi. Tarixiy asar o'z davrining dunyoqarashi, estetik didi va g'oyaning ko'zgusidir. Qo'qon tarixnavislik maktabida yaratilgan asarlar o'zbek va tojik tillarida ham nasriy, ham nazmiy shaklda yozilgan. Ular tarixnavislik va adabiyotning turli janrlariga mansubdir. Tarixiy asarlar doston, qissa, esdaliklar shaklida yozilgan. Ular orasida "sof' xronikal asarlar ham uchraydi, bu holda

tarixiy mazmun va faktologik bayon manbaning boshqa imkoniyatlarini cheklab qo'yadi. Tarixiy asarlar ayrim epizodik mavzularga yoki doimiy-dinamik mavzularga bag'ishlangan. Qo'qonlik mualliflarning ko'pgina asarlari tarixni dinamik holda, ya'ni doimiy o'zgarishlar shaklida aks ettiradi.

NATIJA

Tadqiqotchi Sh.Vohidov Qo'qon tarixnavislik maktabida yaratilgan asarlarni quyidagi guruhlarga bo'ladi:

- tarixiy-adabiy asarlar, bu asarlarda tarixiy voqealar bayoni birinchi o'rinda turadi

- adabiy-tarixiy asarlar, bu asarlarda tarixiy voqealarning sabablariga asosiy e'tibor qaratiladi.

Qo'qon xonliging birinchi tarixnavisi Fazliy Farg'oniy (Abulkarim Namangoniy) bo'lib, u "Umarnoma" nomli kitob muallifidir. U "malik ul-shuaro" unvoniga ega bo'lib, yuqorida ko'rsatib o'tilgan asarni Amir Umarxonning ko'rsatmasi bilan yozgan. "Umarnoma" tojik tilida she'riy yo'l bilan yozilgan. Mazkur asarning yagona nusxasi Rossiya FA Sankt-Peterburg bo'limi fondida saqlanmoqda. "Umarnoma" Amir Umarxonga ma'qul bo'lmadi, chunki uning talablariga javob bermas edi. Mushrif Isfaragiyning qalamiga mansub ushbu asarning nasriy varianti bilan taqqoslab, shunday hulosaga kelish mumkinki, Fazliy Farg'oniy bir necha "xatoliklarga" yo'l qo'ygan. Birinchidan, Minglar sulolasining asoschisi Oltin beshik haqidagi rivoyatni keltirmaydi. Bu rivoyat Umarxonning Bobur orqali Temur va temuriylar bilan qarindoshligini isbotlashi kerak edi. Ikkinchidan, Amir Umarxon o'zini amir al-muslimin deb e'lon qilib, islom va din peshvosi lavozimiga da'vo qilgan edi. Bu da'voni tarixiy jihatdan asoslab berish zarur edi. Mushrif Isfaragiy esa Umarxonning sayidlar avlodidan ekanligini asoslab berishga harakat qildi. U xonning shajarasini tuzib, u ona tomondan Muhammad payg'ambarning qizi Fotimaning avlodidan ekanligini "isbotlab" berdi. Mushrif Isfaragiy (Mirzo Qalandar) hali Umarxon saroyidagi keng ma'lumotli kishilardan edi. 1818 yilda Amir Umarxon uni qozi askar etib tayinlaydi. O'sha davrda bu eng yuqori mansablardan biri edi. 1821 yili Umarxon Mushrif Isfaragiyga Fazliy asarini qayta ishlashni topshiradi. Mushrif "Umarnoma"ni nasriy yo'l bilan bayon etib, uni "Shohnomayi nusratpayom" ("Shohning g'alabalari haqida xabar beruvchi kitob") deb ataydi. Bu ikki asarni bir-biriga qiyoslab, shunday xulosalar chiqarish mumkin. Fazliy o'z asari bilan erkin adib sifatida gavdalanadi. U o'zining estetik didi, tarixiy tamoyillariga sodiq qoladi va ko'z o'ngimizda tarixiy haqqoniylik vakili sifatida gavdalanadi. Shuning uchun Buxoro amiri Haydar

misolida Amir Umarxonga soxta shajaraga da'vogarlik qilish asossiz ekanligini ma'lum qiladi. Mushrif Isfaragiy esa, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, uning sayidlardan ekanligini "asoslab" beradi va ajdodlaridan biri "xo'ja"lardan ekanligini ham ta'kidlaydi. Umarxon hukmronligi davri va xonlikning madaniy hayoti haqida ma'lumot beruvchi muhim manba - bu Dilshodi Barno qalamiga mansub "Tarixi muhojiron" nomli asardir. "Tarixi muhojiron" tarixiy-epizodik xarakterdagi asar hisoblanadi. Muallif esdalik tarzida Umarxonning 1816 yilda O'ratepaga qilgan navbatdagi yurushini tasvirlaydi. Umarxon shaharni uzoq vaqt qamal qilib, qo'lga kiritadi va 13 ming odamni asir etib, ularni Farg'ona vodiysiga, Shahrixon yaqinidagi O'ttiz adir degan joyga ko'chiradi. Ular orasida 17 yashar Dilshodi Barno ham bor edi. U O'ratepa shahrida 1800 yilda tug'ilgan. Qo'qonda u va yana 2 nafar qizni Umarxon haramiga tanlab olishadi, ammo u o'zining o'jarligi va xonga qo'rslik bilan javob qaytarganligi bois haramga tushmay qoldi. Keyinchalik u turmush qurib, uzoq umr ko'rdi va XX asr boshlarida vafot etdi. Dilshodi Barno o'z ona tili - tojik tilida va o'zbek tilida ijod qilgan. U shoira va tarixchi sifatida o'ziga xos iste'dod egasi edi. Bu uning asarlarida yaqqol sezilib turardi. "Tarixi muhojiroh" - hissiy-dramatik va ma'lum ma'noda tragik asardir. Dilshodi Barno o'z asarlarida Qo'qon va O'rotepa adabiy muhiti, madaniy hayoti haqida ma'lumotlar keltiradi. Uning Xayriniso, Bahriniso, Anbar otin, Nodira, To'ti qiz, Saida bonu, Masturaoy, Fazilat, Karomatoy, Fidoiya, Mahin bonu, Hofiza otin, Bahri kabi shoiralar haqidagi, Mahbub, Muntazir, Gulxaniy, Eshon Shahdiy, Zufarxon to'ra, Mazxaniy, Turobiy, Bahoriy, Sabuhiy, Sadoiy singari shoirlar to'g'risidagi ma'lumotlari e'tiborga loyiqdir.

XULOSA

Shunday qilib, XIX asrning boshlarida Amir Umarxon davrida Qo'qonda tarixiy asarlar yozila boshlandi. Fazliy Farg'oniy, Mushrif Isfaragiy va Dilshodi Barno asarlari Qo'qon tarixchilik maktabining dastlabki namunalari hisoblangan. Shunday qilib, Qo'qon tarixshunosligini yoritishda ko'plab tarixchi, shoir, yozuvchi kabi ilmi toliblar o'zining bir qancha asarlari orqali katta hissa qo'shdilar va Qo'qon tarixnavislik maktabining mavqeini kuchaytirdilar.

REFERENCES

1. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

2. Тошев, Солежон Ах,матжонович. (2020). Узбекистан совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347-353.

3. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

4. J.N. Abdurakhmanova, S.B. Jumaeva, U.K. Ismailov (2020). The Importance of Shrines in The Spiritual Life and Mentality of Uzbek People // International Journal of Psychosocial Rehabilitation 24 (09) 2389- 2398.

5. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

6. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

7. Matchonov S. (2020). Adabiy ta'lim tizimini texnologiyalashtirish va badiiy-estetik tafakkur muammolari // Научный вестник Ташкентского государственного педагогического университета. № 1 -С. 110-115.

8. Абдурахманова, Ж. Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 7 (Issue 7), 436-442.

9. Matchonov S. (2020). Adabiyot darslarida Tahlil va talqin uyg'unligi // Til va adabiyot ta'limi. 7-son. -B. 8-11.

10. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершшкке баулу идеясынын кажетлп // "Actual problems of society, education, science and technology: status and prospects of development" collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.

11. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

12. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX - Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(07), 8034-8042.

13. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

14. Тоштемирова C. (2019). Узбекистонда коллективлаштириш ва унинг окибатларини урганишга доир мулохдзалар. Тафаккур зиёси № 3 -Б. 78-80.

15. Jabbor Usarov. (2019). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

16. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347-353.

17. Toshev, Solejon Ahmadjonovich.(2020). Туркияда Урта Осиё ва Узбекистон совет даври тарихи буйича тадкикот олиб борган ташкилотлар тарихидан. International European Conference Science, Research.1.76-79.

18. Gaffarov, Y. (2019). Technical approach in the education system. International Journal on Integrated Education, 2(6), 40-41. Retrieved from http: // journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/195.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.