Научная статья на тему 'NAVOIY POETIKASI'

NAVOIY POETIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2759
233
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
poetika / ijod / harakat / davr / ritm / iztirob / musofir

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nigora Nuriddinovna Xudayarova

Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va yuqori bosqichi hisobladi. Navoiy lirikasining tub mohiyati – falsafiy, ijtimoiy va yuksak poetik shakldagi ifodasi bo’lganligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Biz birinchi marta Navoiy ijodiyotida lirikaning davrning yetakchi falsafiy-ijtimoiy oqimlari bilan bevosita aloqasini ko’ramiz. Lirikaning ijtimoiy muhit bilan munosabati, asosan, chuqur norozilikka asoslangan qarama-qarshiliklar, ilg’or bir mutafakkir – ijodkor isyoni sifatida ko’rinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVOIY POETIKASI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1208-1213

NAVOIY POETIKASI

Nigora Nuriddinovna Xudayarova

Termiz muhandislik texnologiya instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Alisher Navoiyning link merosi o'zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg'or an'analarini o'zida mujassam etgan o'lmas va yuqori bosqichi hisobladi. Navoiy lirikasining tub mohiyati - falsafiy, ijtimoiy va yuksak poetik shakldagi ifodasi bo'lganligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Biz birinchi marta Navoiy ijodiyotida lirikaning davrning yetakchi falsafiy-ijtimoiy oqimlari bilan bevosita aloqasini ko'ramiz. Lirikaning ijtimoiy muhit bilan munosabati, asosan, chuqur norozilikka asoslangan qarama-qarshiliklar, ilg'or bir mutafakkir - ijodkor isyoni sifatida ko'rinadi.

Kalit so'zlar: poetika, ijod, harakat, davr, ritm, iztirob, musofir

KIRISH

U - hayot tomirlaridagi ichki harakatni davr yuragi- murakkab chuqur ritmni his eta oladigan zukko olim va siyosiy arbob. Ayni zamonda ishqning quvonch va alamlari, bekaslik va musofirlikning og'ir ruhiy iztiroblaridan ham mahrum emas. Binobarin, bir o'rinda ana shu insoniy tuyg'ular girdobida turib oh-u nola qilsa, ikkinchi bir o'rinda osmon-u falakni larzaga soladigan darajada na'ra tortadi. Bir qarasangiz, u olam va odam naslidan hafsalasi pir bo'lib ulardan etak siltaydi; bir qarasangiz; din, hokimiyat arboblarining chirkin basharasiga ta'na toshlarini urib, podshohning giribonidan mahkam tutgan holda, uning yuziga bor haqiqatni keskin bir shaklda to'kib soladi.

Shoir shaxsida yoshlik davridayoq ko'rina boshlagan mavjud muhitga tanqidiy bulish hissi davrlar o'tishi bilan, uning hayotiy tajribasi bilan bog'liq holda tobora kuchayib bordi va nihoyat, u xilma - xil shakldagi chuqur muhokamalardan keyin "olamni odam manfaatlariga mos qilib va u bilan birga odamni ham qaytadan yaratish kerak" degan buyuk xulosaga keldi.

Shuning uchun ham mazmunan g'oyaviy pafos jihatdan yuksak va badiiy barkamol bu she'riy durdonalar shoir hayotligi chog'idayoq milliy va geografik chegaralarni yoritib o'tib, Xuroson, Movarounnahr, Kichik Osiyo va Sharqiy Turkmanistonga kengayib, shuhrat qozondi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1208-1213

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Navoiy lirik she'rlarining xalq orasidagi naqadar tez yoyilganligini shundan ham bilish mumkinki, shoir 24 - 25 yoshlik chog'ida uning muxlislari bir qancha she'rlarini to'plab, maxsus devon holiga keltirishgan.

Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Navoiy lirikasi haqidagi dastlabki fikrlar uning hayotlik paytida bayon qilingan va ularda shoir lirik merosining mohiyati ixcham, ammo mukammal baholangan.

Abdurahmon Jomiy "Bahoriston"1 asarida Alisherning tengsiz talanti, uning har ikki tilda she'r yozishi, biroq mayli turkiy yozishga ko'proq ekanligini ta'kidlagach, "ba on zabon besh az vay va beh az vay kase she'r naguftaast va gavhari nazm nasufga" (u tilda ( ya'ni turkiyda - YO.I.) hech kim undan ko'p va undan yaxshiroq she'r ayta olmagan va nazm durlarini tesha olmagan) deb yozadi.

Ana shu bir jumlada Navoiy adabiy merosining, jumladan, lirik merosining eng muhim jihatlari (Hajm jihatdan ham, mazmun va badiiy shakl nuqtai nazaridan ham) nihoyatda ustalik bilan ko'rsatib berilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, Navoiyning yosh zamondoshlaridan bo'lmish Zahiriddin Boburning Navoiy she'riyati haqida "Boburnoma"da bayon qilgan fikri ham Abdurahmon Jomiy fikri bilan aynan mos keladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Hakimshoh Qazviniy ham "Majolisun - nafois" tarjimasining ilova qismida Alisher Navoiyning ham turkiy, ham forsiy tilda yuksak mahorat bilan she'rlar yozganligini bayon etib, o'z fikrini quyidagicha xulosalaydi: "Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan".

Umuman, XVI - XIX asrlarda Hindiston, Eron, Afg'oniston, Turkiy a va O'rta Osiyoda tuzilgan va Alisher Navoiy nomi kiritilgan tazkiralarda Navoiy ijodi jumladan, uning lirikasi haqida bayon qilingan fikrlarni shunday umumlashtirish mumkin: Alisher Navoiy har ikkki tilda (o'zbek va fors tillarida) mahorat bilan she'rlar bitgan. Biroq, uning ta'bi turkiy she'rga ko'proq moyil bo'lgan ,undan boshqa hech kim yaxshiroq she'r yaratgan emas.

Dastlab Navoiy lirikasini o'rganish borasidagi ishlar asosan ikki yo'nalishda olib borildi: birinchi yo'l tekstologik tadqiq qilish yoki to'liq nashrini yaratishga bo'lgan bosqichlardan iborat. Ana shu sohada amalga oshirilgan ishlarni shunday umumlashtirish mumkin: a) Navoiy she'rlarining to'plam, xrestomatiya va

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1208-1213

antologiyalar tarkibida berilishi; b) alohida majmua yoxud tanlangan asarlar tarzidagi nashrlari; v) akademik nashri.

Navoiy lirik merosining qariyb qirq yil davomida yuzaga kelgan nashrlari o'z xarakteriga ko'ra yutuq va kamchiliklarga ega, albatta. Biroq muhimi shundaki, ana shu ilmiy tadqiqotlar Navoiy lirikasining ilmiy- tanqidiy zahirasini yaratish uchun asosiy manba bo'la oladi.

Alisher Navoiy lirikasini tekshirishning ikkinchi yo'li esa nazariy xarakterdadir. Bu sohadagi tadqiqot ishlari, asosan, 40 - yillarda boshlangan bo'lib, shoirning lirik merosi turli ko'rinishdagi tadqiqotlar uchun necha yillardan buyon manba bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

Avvalo, Navoiyning lirrik merosi shoir ijodining bir qator nazariy masalalariga bag'ishlangan asarlar tarkibida u yoki bu masala bilan bog'liq holda tadqiq etilgan. Navoiyning falsafiy - ijtimoiy qarashlari, uning satirasi, ijodiy metodi hamda

л

mahorati masalalariga bag'ishlangan monografik tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.

Bir qator tadqiqotlar bevosita shoir lirik merosini turli ko'rinishlarda

"5

tekshirishga bag'ishlangan .

Shuningdek, M. Yunusov, E. Rustamov, O. Nosirov, I. Haqqulov, R. Orzibekovlarning o'zbek klassik poeziyasining ba'zi janrlariga bag'ishlangan maqola va risolalarida ham Navoiy lirikasiga katta o'rin berilgan . H.T.Zarifov "Ruboiy" nomli maqolasida Navoiy ruboiylarining g'oyaviy - badiiy mohiyatini tahlil etibgina qolmay, ayni zamonda ruboiy janrining spesifik xususiyatlarini, uning o'zbek adabiyotida vujudga kelishi va rivojlanishi uchun zamin bo'lgan milliy adabiy faktorlar haqida ham betakror mulohazalar yuritadi. "Lutfiy va Navoiy" deb atalgan katta hajmli Navoiy she'riyati taraqqiyotida tutgan o'rni, xususan, Navoiygacha bo'lgan o'zbek lirikasining yuqori cho'qqisi bo'lmish Lutfiy g'azaliyotining Navoiy ijodiga ta'siri xususida jiddiy fikrlar bayon qiladi. Bu ta'sirning muhim ko'rinishlarini muayyan tarzda belgilashga harakat qiladi. Uyg'unning "Xazoyinul -maoniy" haqidagi maqolasi obzor xarakterida bo'lib, keng o'quvchilar ommasi Navoiyning ulkan lirik merosi va uning mohiyati haqida ma'lum tasavvur p aydo qiladi. Maqola muallifi Navoiy g'azallari, ruboiylari, shuningdek, shoir she'riyatining gumanistik mohiyati uning axloqiy - ijtimoiy qarashlari haqida mulohaza yuritganda ko'proq qit'alarga murojaat qiladi. Ato qli adabiyotshunos

Olim Sharafiddinov ham 40-devonlarining (jumladan, forsiy devoni) qo'lyozmalari haqida ma'lumot beradi, ularni muqoyasa qiladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1208-1213

Shu bilan birga, Navoiy turkiy g'azallarining o'ziga xos muhim tomonlari (syujetlilik, ananaviy obrazlarning kirib kelishi) haqida fikr yuritib, ayrim g'azallarnung mufassal tahlilini beradi. Navoiy qit'alarining mohiyati haqida ham maxsus mulohazalar bayon qiladi.

Alisher Navoiy lirikasini nazariy jihatdan tadqiq etish sohasida ananaviy navoiyshunoslik yerishgan dastlabki jiddiy muvaffaqiyatlardan biri Maqsud Shayxzodaning "Navoiyning lirik qahramoni haqida" nomli ilmiy ishidir.

Maqsud Shayxzoda mazkur ishga asosiy oby'ekt sifatida "G'aroyib us-sig'ar" devonini asos qilib olgan bo'lsa ham, umuman, Navoiy lirik qahramoni haqida fikr yuritadigan shoir lirikasining yetakchi xususiyatlarini ko'rsatishga uning lirik qahramoniga xos barcha muhim xususiyatlarni butun murakkabligi bilan ochib berishga harakat qiladi. Mazkur asar Navoiy lirikasini dastlabki usul asosida tadqiq etish ishining ilk yirik mahsuli bo'lib, bu sohada keyingi davrlarda chiqqan va chiqayotgan katta hajmdagi ishlarning sermazmun debochasidir.

M.Shayxzodaning "Navoiy lirikasining ba'zi bir poetik usullari haqida" hamda "Ustodning san'atxonasida" siklidagi poetikasini o'rganishdek muhim bir vazifani ado etish borasidagi dastlabki ijobiy natijalar deb aytish mumkin.

Oybekning Navoiy g'azaliyoti haqidagi ikkita maqola ham shoir lirikasining asosiy mohiyatini ochib berishga bag'ishlangan. Ulardan Navoiy g'azallari Sharq g'azalchiligi fonida olib tekshiriladi, bu g'azallarning g'oyaviy mazmunini tashkil etgan muhim jihatlar haqida fikr yuritiladi. A. Hayitmetovning "Navoiy lirikasi" monografiyasida ham ulkan san'atkorning boy lirik merosi batafsil tahlil qilingan. Shoir lirikasining asosiy obrzlari maxsus bobda izchil tekshirildi, Navoiy lirik she'rlarining sharqona lirik ananalarga munosabati ustida muhim fikrlar bayon qilinadi. Shu muallifning Navoiy ijodiy metodiga bag'shlangan monografiyasida4 maxsus bob lirikaga bag'ishlangan bo'lib, unda Navoiy ijodiy metodining lirik ijodiyotida namoyon bo'lishi masalalarini tadqiq etish diqqat markazida turadi. N. M . Mallayev "O'zbek adabiyotida g'azal va uning rivojida Navoiyning roli haqida" nomli maqolasida Navoiy g'azaliyoti taraqqiyoti uchun asos bo'lgan muhim omillar haqida mulohaza yuritgan. U "O'zbek adabiyoti tarixi" darsligining "Navoiy lirikasi" bobida ham "Xazoyinul-maoniy"ning tematik doirasida va g'oyaviy motivlari, shoirning lirikadagi mahoratini tahlil etgan.

Mazkur ishlarning barchasi uchun xos umumiy xususiyat shundan iboratki, ularda Navoiy lirikasining yetuk davri tekshirilgan. So'nggi davrlarda esa ulug' shoir ijodiy yo'lining ayrim bosqichlari haqida ham ilimiy-tadqiqot ishlari yuzaga chiqa

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1208-1213

boshladi. Ushbu asar muallifining "Alisher Navoiyning ilk lirikasi" nomli monografiyasi ana shu turdagi asar bo'lib, Navoiy ilk she'rlarining g'oyaviy-badiiy darajasini belgilash hamda bu she'rlarning shoir ijodining keyingi bosqichlari bilan aloqasini ko'rsatish uning asosiy mohiyatini tashkil etadi.

A.Abdug'afforovning buyuk adib asarlaridagi satira va yumor tahliliga bag'ishlangan "Navoiy ijodida satira" nomli monografiyasida shoir she'riyati, xususan, g'azal va qit'alari tadqiqot doirasiga keng jalb etilgan.

A. Rustamovning "Navoiyning badiiy mahorati" asarida shoir poetikasi bilan aloqalar ba'zi masalalar talqinida, "Xamsa" bilan bir qatorda, lirik she'rlarga ham murojaat qilingan. Ustoz Maqsud Shayxzodaning "Navoiy lirikasidagi badiiy tasviriy poetikasi"ga bag'ishlangan katta qo'lamdagi asari esa tugallanmay qoldi. Alisher Navoiy poetikasining asosiy qirralari haqida muntazam tasavvur hosil qiladigan maxsus asar doirasida hal etish mumkin emas. Shuning uchun ham tadqiqotchilar, birinchi galda, janrlar hamda ularning badiiy tasviriy poetikasi xususida mulohaza yuritishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yishgan.

Ma'lumki, o'zbek lirik poetikasining janr jihatidan boyib, mukammal holga kelishi bevosita Navoiy nomi bilan bog'langan. Navoiy devonida , bir tomondan, o'zbek poetikasida janrlarning mohiyat etibori bilan yangicha rivojini ko'rsak, ikkkinchi tomondan, fors adabiyoti o'zining qat'iy qonuniyatlariga ega bo'lgan, ammo o'zbek adabiyotida (yoki umuman turkiy adabiyotda) paydo bo'lmagan yoki u qadar rivoj topmagan ba'zi bir janrlarning yangi zamindagi hayotini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Binobarin, asosiy lirik janrlarni, adabiy jarayon va an'analar bilan munosabati nuqtai nazaridan tartib bilan tahlil etish asosida, ularning ichki dinamikasi va adabiy jarayondagi mavqeini belgilash hamda shu asosda Navoiy lirik janrlarining taraqqiyot tarixidagi rolini ko'rsatish adabiyotshunoslarning zimmasidagi asosiy vazifa hisoblanadi.

Mana yillar osha buyuk mutafakkir lirik she'rlaridagi badiiy tasvir vositalari hamda usullarini Sharq poetikasining ananaviy qoida va qonuniyatlari nuqtai

nazaridan tahlil etish asosida Navoiy badiiy tasvir poetikasi uchun xos bo'lgan yetakchi anananalarni ochib berish, buyuk shoir poetik mahoratining ayrim qirralarini namoyish etishdan iborat.

Adabiyotshunos olimlar o'z imkoniyatlari darajasida u yoki bu masalani Navoiy ijodiyotining konkret davrlari va uning ijodiy taraqqiyoti bilan bog'liq holda olib qarashga harakat qilganlar va atroflicha o'rganganlar.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1208-1213

Navoiyning poetika sohasidagi peshqadamligini uning devon tuzish an'anasiga bo'lgan ijodiy munosabatidanoq yaqqol sezish mumkin.

Alisher Navoiyning o'zi tomonidan tuzilgan birinchi devon "Badoeul-bidoya" deb ataladi. 1469- yildan keyin tuzilgan bu devon turli janrga mansub 842 ta she'rdan tashkil topgan.

Alisher Navoiyning o'zi tuzgan ikkinchi devon "Navodirun-nihoya" deb ataladi. Bu devon 1480 - 1487- yillar orasida tuzilgan.

Alisher Navoiy 1492 - 1498 -yillar orasida o'zining avvalgi ikkinchi devoniga kiritgan, shuningdek, keyingi davrlarda yaratilgan hamda turli sabablarga ko'ra avvalgi devonlariga kirmay qolgan barcha janrdagi she'rlarini to'plab, XV asr lirikasining buyuk qomusi bo'lmish "Xazoyinul-maoniy" devonini tuzdi. Bu devon ulug' shoirning butun hayoti davomida yaratgan barcha 16 xil lirik janrga mansub bo'lgan deyarli barcha o'zbekcha she'rlarini o'z ichiga olgan.

Navoiy poetik sanatlar uchun manba tanlar ekan, borliqdagi diqqatga sazovor voqea va hodisalarni,birinchi navbatda, tasvir ob'yektining mohiyatini tola va yorqin ifodalashga chin dildan kirishgan.

Hazrat Navoiy hech bir davrda g'azalni e'tibordan chetda qoldirmagn va uning hayotiy taassurotlari va mulohazalari bevosita shu janrda o'zining poetik ifodasini topgan.

Demak, Navoiyning butun ijodiy faoliyati jarayonida g'azal boshqa lirik janrlarga nisbatan"hukmron"mavqeda turgan.Ana shu yetakchi mavqeda turish uning son jihatidaham(2600ta),mohiyat nuqtai nazaridan ham yuqori pog'onaga ko'tarilishiga imkoniyat yaratgan.

Umuman olganda, Navoiy poetikasi hali ochilmagan qo'riq sanaladi. Navoiyning g'azal va ruboiylari,bir so'z bilan aytganda,adabiyotimizning o'n olti xil janridan foydalanib yaratilgan ulkan merosi hali qancha-qancha olimlarga ilmiy izlanish uchun dastak bo'la oladi.

REFERENCES

1. Навоий шеъриятида хдмд газалларнинг урни, "Тил ва адабиёт таълими" журнали. -Тошкент, 2003. 3-сон, 33-35-бетлар., Бекова Н.

2. "Девони Фони": исследования и издания, Преподавание языка и литературы, 2014,№3, стр. 32-35. Бекова Н

3. Традиция литературного наследия Навои в произведениях Махтумкули. Материалы международной научно-практический конференции, посвящёной 290-летию со дня рождения Махтумкули. 19 апреля 2014г. Бухара-2014. Бекова Н.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1213 www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.