Научная статья на тему 'MULLA QORIY XO‘QANDIY ADABIY MEROSI: TAHLIL VA TALQIN'

MULLA QORIY XO‘QANDIY ADABIY MEROSI: TAHLIL VA TALQIN Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
905
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qoriy Xo‘qandiy / hattotlik / «Devon» / Majzub Namangoniy / g‘azal / muhammas / muvashshah / tarix / hamd / na’t / adabiy me’ros. / Qori Khoqandi / calligraphy / “Devon” / Majzub Namangani / ghazal / muhammes / muvashsheh / tarihk / hamd / na’t / literary heritage.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rasulxon Ahadjon O‘g‘li Asqaraliyev, Umida Sapayevna Shermatova

Ushbu maqola Qo’qon adabiy muhitida kamol topgan sermahsul ijodkor Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o‘g‘li Qoriy Xo‘qandiy lirikasining asosini tashkil etgan g‘azallari, muxammaslari, taxmislari tahliliga bag‘ishlangan. Tahlilga tortilgan g‘azallar tabdili maqola muallifi tomonidan amalga oshirilganligi bilan e’tiborga molik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MULLA QORI KHOKANDI LITERARY HERITAGE: ANALYSIS AND INTERPRETATION

This article is devoted to the analysis of ghazals, muhammes, takhmis, which formed the basis of the lyrics of Qori Khokandi, the son of Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin, a prolific writer who grew up in the literary environment of Kokand. It is noteworthy that the analysis of the gazelles was carried out by the author of the article.

Текст научной работы на тему «MULLA QORIY XO‘QANDIY ADABIY MEROSI: TAHLIL VA TALQIN»

MULLA QORIY XO'QANDIY ADABIY MEROSI: TAHLIL VA TALQIN

Ushbu maqola Qo'qon adabiy muhitida kamol topgan sermahsul ijodkor Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o'g'li Qoriy Xo'qandiy lirikasining asosini tashkil etgan g'azallari, muxammaslari, taxmislari tahliliga bag'ishlangan. Tahlilga tortilgan g'azallar tabdili maqola muallifi tomonidan amalga oshirilganligi bilan e'tiborga molik.

Kalit so'zlar: Qoriy Xo'qandiy, hattotlik, «Devon», Majzub Namangoniy, g'azal, muhammas, muvashshah, tarix, hamd, na't, adabiy me'ros.

MULLA QORI KHOKANDI LITERARY HERITAGE: ANALYSIS AND

INTERPRETATION

This article is devoted to the analysis of ghazals, muhammes, takhmis, which formed the basis of the lyrics of Qori Khokandi, the son of Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin, a prolific writer who grew up in the literary environment of Kokand. It is noteworthy that the analysis of the gazelles was carried out by the author of the article.

Keywords: Qori Khoqandi, calligraphy, "Devon", Majzub Namangani, ghazal, muhammes, muvashsheh, tarihk, hamd, na't, literary heritage.

Jamiyat taraqqiyoti ilm-fan rivoji bilan belgilanar ekan, badiiy merosni tatbiq qilish bu jarayonning asosiy omili sifatida muhim ahamiyatga ega. Zero, badiiy adabiyotni tushunish, uning nozik jihatlarini his qilish, fahmlash inson tafakkurining o'sishiga, badiiy didini shakllanishining asosiy shartlaridan biridir. O'zbek mumtoz adabiyoti o'z tahlili va talqinini kutayotgan badiiy adabiyotga boy. Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o'g'li Qoriy Xo'qandiy lirikasi shunday adabiy meroslardan biridir.

Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o'g'li Qo'qon shahrining Sarmozor dahasidagi Panjarasozlar mahallasida hunarmand kosib oilasida dunyoga keladi(1828-1906). Mahalla masjidida xat-savod chiqaradi. Qiroat ilmini Hasanxon qori domladan o'rganib hofizi Quron bo'lib yetishadi. Keyinchalik Qo'qondagi Norbo'tabiy madrasasida tahsil oladi. Arab, fors tillari, sarf, nahv, lug'at ilmini mukammal o'rganadi. So'ngra

Rasulxon Ahadjon o'g'li Asqaraliyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Ilmiy rahbar: Umida Sapayevna Shermatova

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

Qo'qonning G'oziyog'liq mahallasidagi katta masjidda imomlik qiladi. Shundan yozmalarida ham "Qoriy" tahallusini qo'llaydi. Qoriy mukammal husnixat egasi bo'lib hattotlik bilan ham shug'ullangan.

ASOSIY QISM

Qoriyning o'z dasxati bilan ko'chirgan «Devon»i [1.34] hamda Majzub Namangoniyning «Devon»i va Bahouddin Naqshbandning risolasi mavjud. Muqimiy bilan hamkorlikda ko'chirgan katta bayozi va yana bir necha asarlar bizgacha yetib kelgan. Qoriyning xalq orasida mukammal bir devoni mavjud bo'lib, bu devon 1912-yilda litografiya usuli bilan nashr qilingan. Devonda shoirning 205 ta g'azal, 72 ta muhammas, 26 ta muvashshah, 2 ta tarix janriga oid, jami 7000 misraga yaqin yozg'ichlari [2.312.] o'rin olgan.

Qoriyning fors adabiyoti namoyondalari Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Ahmad Jomiy, Osafiy, Soib kabilarning, turkiy adabiyot namoyondalaridan esa Alisher Navoiy, Fuzuliy, Amiriy, Mashrab, Zaliliy, G'oziy, Uvaysiy, Azimiy kabi ijodkorlarning g'azallariga bog'langan tahmislari mavjud. Hozirga qadar Qoriy ijodi to'g'risida aytarli ko'p ma'lumotlar mavjud emas. U haqidagi asosiy ma'lumotlar Po'latjon domla Qayumovning "Tazkirayi Qayyumiy" asarida keltirilgan.

Qoriy dastlab Navoiyga qo'l bergangan shoirlardan bo'lsa ham, keyinchalik tasavvuf ruhida she'rlar bitadi. Uning lirikasining asosiy mavzusi ilohiy ishq bo'lib, diniy-ma'rifiy g'oyalar yetakchi o'rinni egallaydi. Shoir devoni bilan tanishar ekanmiz, har bir satrda ilohiy ishq ruhi yaqqol sezilib turadi. Qoriy she'rlari Allohga hamdlar, ayniqsa, payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga bag'ishlangan na'tlarning ko'pligi bilan ham ajralib turadi. Shuningdek, uning ijodida go'zal mahbubaning yorqin tasviri va unga bo'lgan muhabbat sitamlari aks etgan misralardan tashkil topgan she'rlar ham salmoqli o'rinni egallaydi. Shoir o'z she'rlari bilan davr kishilariga nazar soladi va ijtimoy hayotdan kelib chiqib she'rlar bitadi.

Insonni komillikka da'vat etish, nafsni tarbiyalash, ahloqiy-tarbiyaviy fikrlarni uyushiq holda bayon etadi. Qoriy ijodining yana bir go'zal tomoni, uning g'azallari orasida Muhammad (s.a.v)ga bag'ishlangan yozgichlar salmoqli o'rinni egallaganidir. Uning "Ahmad", "Muhammad" radifli na't g'azallari ham e'tiborga molik.

Jon ichra jo qila yarib qaddi rasoyi Ahmad,

Zikri zabonin aylay bo'lsa rizoyi Ahmad.

Yorub ko'ngulni ayla bir shahnishi shohi,

Shoyadki bo'lsa mehmon nuri jiloyi Ahmad.

Haq ofarinsh aylab nuridin nishone Muhammad,

218

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

A'lo kamol qildi xush oshyone Muhammad.

Nuri vujudi boldi kunindin muqaddam, Daryoi rahmat darkaron Muhammad. [1.334]

Qoriyning musulmon ahllariga murojat shaklida yozgan "bo'yi Muhammadi kelur" radifli g'azalida ham, insonlarni din-u diyonatli bo'lish, haq yo'lida yurish, ma'rifatli bo'lish g'oyalarini ilgari suriladi.

Vaqti saharda nola qil bo'yi Muhammadi kelur, Jon-u dilingni vola qil bo'yi Muhammadi kelur.

Ahli nasabni afzali jumlai jahonni sururi, Ummatiga kuyub dili bo'yi Muhammadi kelur.[1.112.] Ushbu g'azalda shoir "ahli nasabni afzali", "jumlai jahonni sururi", "afzali anbiyo" sifatlari bilan Muhammad (s.a.v)ni ta'rif etadi. G'azalda Payg'ambarimizning nabiy bo'lganliklari, ummatlariga rahm-shafqatli ekanliglari, malaklar hamda ins-u jinslarga rasul etib saylanganliklari yuksak badiyat bilan ifodalangan. Yuqorida aytib o'tganimizdek Qoriyning ijodida Payg'ambarimiz (s.a.v)ga bag'ishlangan she'rlar ko'plab uchraydi. Qoriyning Allohga murojaat tarzida bitgan g'azallari ham mashhur. Uning "laziz" radifli g'azali ham shunday g'azallar sirasiga kiradi.

Misli Mansur kuydurub axgar qilib, Tashlasang, do'zaxga rizvondin laziz.[1.238.] G'azalda shoir hech qanday izdihomsiz Allohga bevosta murojaat qiladi. Uning bergan ne'matlariga bo'lgan shukronaligini izhor etadi va bandalarini yo'qdan bor qilib yaratgan Robbisiga hamdlar aytadi.

Qoriy ijodida yana o'ziga xos bo'lgan sifatlardan biri shuki, u ko'plab shoirlar singari oshiqona ruhda ham qalam tebratgan. Mashuqaning jamolini go'zal o'xshatishlar bilan tasvirlaydi. Go'zal mahbubaning yorqin tasviri va unga bo'lgan muhabbat sitamlari aks etgan misralar ham uning lirikasining go'zalligini ko'rsatib turadi. Jumladan, "xush kelding", "bir kelib ket", "hanuz" radifli g'azallari oshiqona ruhda bitilgan g'azallar sirasiga kiradi.

Chok-chok bo'lgan jigarlar topmaydi mahram hanuz, Ashik xunborim ko'ngilni qilmadi beg'am hanuz.

Ey, sani zikring manga jondin laziz, Jon na ermish balki iymondin laziz.

Dog'lar birla vujudim har taraf vayron bo'lub,

Va'dasi yuzdan o'tub bo'lmay vafo bir dam hanuz.

Yoqib sham'i muhabbat bo'ldi dil koshonasi ravshan, Bo'lub ochildi go'yo g'unchalar gulzor, xush kelding.

Muhabbat bog'ini gulchini Qoriy do'st yodida,

Necha daftar yozib ash'ori shakkarbor, xush kelding. [1.237.]

Qoriy ijod qilgan yana bir janr bu - muhammasdir. U zamondoshlari Muqumiy, Amiriy g'azallariga taxmislar bog'lagan. Shu bilan birga, Navoiy, Fuzuliy, Mashrab, Zaliliy kabi turkiy adabiyot namoyondalariga hamda fors adabiyoti namoyondalari Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Ahmad Jomiy, Osafiy, Soib kabilarning g'azallariga taxmislar yozgan. Uning muhammaslari ham el orasida maqbul va mashhur.

Muhabbat bog'i bo'ldi necha majnun anda gulchindir, Manim Farhodi shaydo g'amkasor ul yor Shirindur. Sochilgan qonim ila xublar ruxsori tazindur, Yonin ishq otashina onish do'zaxdin emindur, Ne kim bir kez yonar yondurmoq ani g'ayri mumkundir.[1.445.] Ushbu taxmis Fuzuliy g'azaliga yozilgan bo'lib, bir qarashda oshiqning tortayotgan iztiroblari tasvirlanayotganday ko'ringani bilan, aslida bu muhammas tasavvufiy ruhda bitilgan. Shoir istelohda insonning do'sti Alloh ekanligini ta'kidlaydi va uning zikrida muqum bo'lishga chaqiradi.

Qoriy lirikasi insonlarga ma'naviy ozuqa berish bilan bir qatorda, insonlarga diniy masalalar bo'yicha ham ta'lim-tarbiya hamda ma'naviy ozuqa beradi. Uning rang-barang janrlarda yozilgan asarlari o'zining yuksak gumanistik g'oyalari bilan ajralib turadi. Qoriyning ijodini o'rganish, uning adabiy me'rosini tiklash xalqimiz uchun ham tom ma'noda foydali bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Devoni Qoriy. O'zRFA A.R.Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti inv 9843(avtograf)

2. Po'latjon domla Qayyumiy "Tazkirayi Qayyumiy". 3 tomlik, 2-tom. Toshkent: 1998. 313-314-betlar.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.