Scientific Journal Impact Factor
GADOIY IJODI BADIIY POETIKASI Aslanova Hafiza Abduraximovna Filologiya fanlari bo 'yicha falsafa doktori (PhD) SamDU
Hafi85@mail.ru
Annotatsiya: Navoiyning ustozlaridan biri bo 'lgan Gadoiy ijodi va uning o 'ziga xos uslubi mumtoz adabiyotimizning boy manbaalaridan biridir. Maqolada Gadoiy ijodiy merosi va uning poetikasi tahlil etiladi. Uning badiiy san 'atlardan foydalanishlik mahorati haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so 'zlar: badiiy san 'atlar, poetika, tashbeh, tuyuq, qit 'a, ruboiy, g 'azal, ishtiqoq, munozara, iqtibos, radif, iltifot.
Аннотация: Творчество Гадои, одного из учителей и наставников Навои
и его неповторимого стиля, является одним из богатейших источников классической литературы. В статье анализируется творческое наследие Гадои и его поэтики, а это в свою очередь говорит о его мастерстве в использовании художественных искусств.
Ключевые слова: художественное искусство, поэтика, искуство ташбех, туюк, китъа, рубаи, газель, дискуссия, толкование, редиф, милость.
Abstract: Gadoi, one of the teachers of founder of Uzbek literature Alisher Navoi had his own unique working way that was very significant role in Uzbek literature. The article analyzes Gadoi's creative heritage and his poetics. Here you will be given a talk of his mastery of the arts.
Keywords: arts, poetics, allegory, rubai, ghazal, passion, discussion, quote, radif, compliment.
KIRISH
Maqolada XV asr turkiy ijodkorlaridan Gadoiy lirikasi haqida so'z boradi. Shoirning yagona devoni - «Devoni Gado» (Ь* иЧ^) Parijdagi «Biblatique Nationale» («Milliy kutubxona»)ning «Departament des. Manuscrits Suppl turc» («Turk qo'lyozmalari bo'limi»)da 981-raqamli inventar ostida saqlanib kelinmoqda va uning fotonusxasi esa 1968 yilda professor H.Sulaymon tomonidan keltirilib, Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi fondiga topshirilgan. Gadoiy ijodi va uning boshqa devoni haqida ma'lumotlar yo'q. "Devoni Gado"ning ham boshqa qo'lyozma nusxalari mavjudligi hozirgacha aniqlanmagan. Mavlono Gadoiyning devoni XV asr devon tartib berish an'anasiga binoan tarkib topgan, ya'ni arab alifbosi asosida g'azallar ketma-ketligi joylashtirilgan. Gadoiy she'riyati tarkibi janriga ko'ra g'azal, qasida, mustahzod va tuyuq deb e'tirof etiladi. Jami 237 ta she'r. Shundan 230
241
Scientific Journal Impact Factor
ta g'azal, 1 ta mustahzod, 1 ta qasida va 5 ta tuyuq. Devonda «Gadoiy» taxallusida 9 ta g'azal, 197 ta g'azal va 1 qasida hamda 1 ta mustahzod va 1 ta tuyuq «Gado» taxallusi bilan yozilgan va 28 ta g'azal taxallussiz bitilgan. Gadoiy hayoti va ijodiga oid ma'lumotlarni Alisher Navoiyning "Majolis un - nafois" nomli tazkirasida hamda "Muhokamatul-lug'atayn" nomli asaridagina uchratamiz. Maqolada XV asr birinchi yarmidagi o'zbek she'riyatining poetik xususiyatlari va unda Gadoiy she'riyatining ahamiyati; Gadoiy va "Devoni Gado" devonining janr poetikasi; Gadoiyning obraz yaratish mahorati; Gadoiy she'riyatida vazn va qofiya; Gadoiy she'riyatida uslub masalasi va an'anaviylik hamda novatorlik xususiyatlari tahlillari bayon etildi.
Gadoiy ijodini tahlil qilishda «Devoni Gado» (^ ù^j^) 981-raqamli inventar raqamli qo'lyozma asosida bayon etildi. Erkin Ahmadxo'jaevning "Gadoiy" monografiyasi asosida shoir g'azallarini badiiy san'atlar va mavzular nuqtai nazardan zamondaoshlari Lutfiy ijodi bilan qiyosiy yoritildi.
Gadoiy ijodida tasvir ob'ektiga nisbatan o'xshatish san'ati yetakchi o'rinda turadi. Ularning ham o'ziga xos istiora, tashbeh turlari borki, so'z san'ati vositasida betakror jilolanadi. Gadoiyning ijodiy mahsullari badiiy san'atlarning serqirraligi bilan ham o'quvchining dilidan joy oladi. Ayniqsa, intoq, tashxis san'atlaridan foydalanar ekan, ma'shuqaning yuzi, ko'zi, qoshi, labi nutq so'zlaydiki, beixtiyor unga ishonasan. Qolaversa, so'z qo'llash mahorati bilan muallif o'zining ichki hissiyotlarini oshkor etadi. Gadoiy shunday g'azallarida poetik san'atlarni nihoyatda nozik so'z sehri bilan yaratganki, ular orqali Gadoiyning naqadar nozikta'b ijodkor ekanligini anglash mumkin. Lirik mahorat shoirning «men»i orqali namoyon bo'ladi. Shu bois ham, Gadoiyning poetik uslubi davrga nisbatan an'anaviy va ayni paytda individual yo'nalishga ega.
Gadoiy o'z lirikasida ishq va oshiq-ma'shuqalarning qalb iztiroblari, hijron alamlari, visol quvonchlarini kuylash bilan birga muhabbatga va uning ne'matlaridan bahramand bo'lishga to'siq bo'lgan ichi qora, yovuz, xudbin, ag'yor, raqib, zohid, o 'zini dono, eng aqlli odam deb hisoblovchi, aslida esa eng befarosat, aqli past nosih, hosid, fosiq obrazlarini yaratgan. Bu kabi xudbin, nodon, firibgar tabiatli kishilar obrazining o'zaro munosabatini bayon etish orqali shoir o'z davrining ijtimoiy shaklini aks ettirgan.
Badiiy san'atlar ijodkorlarning she'riyatida nafis chizgilarda o'z aksini topadi. Badiiy adabiyotning nazariy qo'llanmasi dastlab arab va forsiylarda paydo bo'lgan, keyinchalik XIV asrlarda esa, turkiylarda Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog'a» («Yetuklik ilmlari») asari ilm maydoniga kelgan. «Ilgari o'tgan adabiyotshunos
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
olimlar adabiyot nazariyasi bo'yicha kitob yozganlarida, ko'pincha, she'r turlari, yoki vazn, yoki badiiy san'at masalasiga to'xtalganlar yoki biror she'riy janr xususiyatlarini yoritib berganlar. Shayx Ahmad esa, bu sohada mukammal bir qo'llanma yaratishni, o'z «risola»sida nazariy masalalarining barchasini yoritib, tahlil qilib berishini niyat qiladi, toki uni o'qigan kishilar nazariyadan mumkin qadar to'la ma'lumot va foyda olsin». [6. 71] Aynan shu asarning uchinchi qismi ilmi bade', ya'ni she'riy san'atlarga bag'ishlangan. Asarda badiiy san'atning nazariy ma'lumotlari o'sha davr ijodkorlari namunalari misolida asoslangan. «Funun ul-balog'a» o'zbek tilidagi adabiyotning nazariy masalalari bo'yicha ilk mukammal qo'llanma. Bu kabi nazariyalar Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon», Boburning «Muxtasar»larida ham to'liq sharhlangan. Asarlarda, albatta, ilmi bade' nazariyasi yoritilib, g'azallar bilan dalillanadi. Yuqoridagi asarlarda keltirilgan tamoyil va talablar asosida qo'plab ijodkorlar g'azaliyoti tadqiq etilib kelinmoqda. Jumladan, Gadoiy she'riyatida ham so'z san'ati namunalari o'ziga xos tarzda namoyon bo'lgan.
XV asrning II yarmida yashab ijod etgan bir qator turkiyzabon shoirlarning adabiy merosida to'rtlik shaklidagi she'r namunalar uchraydi. Xususan, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Lutfiy hamda hozircha shaxsiyati va adabiy me'rosi ani qlanmagan Muhammad Temur Bug'o va Hoji Aqcha Kindiy kabilar shular jumlasidan. Biroq to'rtlik shaklidagi mazkur she'rlarning janrini belgilashda ruboiy, tuyuq, qit'a, to'rtlik kabi atamalar ba'zan bir-birini almashtirgan holda qo'llanadi. Bu hol nafaqat hozirgi adabiyotshunoslikda balki XV asr manbalarida ham kuzatiladi. Gadoiyning to'rtlik shaklidagi she'rlari ham bir o'rinda qit'a, yana birida to'rtlik tarzida nomlangan. E.Ahmadxo'jaevning ilmiy ishlarida esa, qit'a-tuyuq tarzida e'tirof etiladi. Gadoiy she'riyatida an'anaviylikka individual yondashishlik mahorati ilmiy asosni talab etadi. Uning har bir g'azalida ilmi bade'ning ko'plab namunalari davriy an'anaga mos va shu bilan bir qatorda, individual uslub kasb etadi. Shu bois ham, Gadoiy o'z she'riyatida ijodiy o'ziga xoslik xususiyatlari, ijtimoiy masalalar talqini, badiiy san'atlar va timsol yaratish mahoratlari, vazn, qofiya, badiiy tasvir vositalaridan mohirona foydalangan. Ishqning badiiyatda qo'llanilishi, uning uchun esa, qofiya va vazn tizimining muvofiqligi, she'riy san'atlarning qo'llanilish doirasi chuqur tahlillarni keltirib chiqaradi.
Navoiy o'zining «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida o'zbek shoirlaridan bir qanchasining nomini sanaydi, hatto, ulardan Lutfiyni fors-tojik adabiyotining Hofiz kabi buyuk liriklari darajasiga qo'yadi». [5. 285] Bu sirada, ayniqsa, avvalgi sahifalarda ko'rsatib o'tilganidek, Gadoiyning ham e'tirof qilinishi bejiz emas. O'zbek adabiyoti tarixida g'azallar bir davr adabiy muhiti vakillari ijodida ajib naqqoshlik bilan jilolanadi. Jumladan, Gadoiy va Lutfiy ijodiy merosini qiyoslasak,
Oriental Renaissance: innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021= 5.423
bir-biriga o'xshash baytlar -tatabbu' san'ati tarzida ifodalanganining guvohi bo'lamiz. Aytish joizki, baytlarning mazmunan bir xillik kasb etishi ikki ijodkorning adabiy aloqalarini ifodalaydi. Qolaversa, davr badiiyati jarayoni ham, devon tartib berish an'analari ham bunga sabab bo'lgandir. Quyida shu kabilarning qiyosini keltiramiz:
№ Gadoiy Lutfiy
1 Ulki,ishq etti bahona bizni rasvo Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg'ali, qilg'ali,
Qildi paydo ko'rk elin o'z sirin ifsho Ko'zgudek qildi seni, o'zini paydo
qilg'ali. qilg'ali.
2 Gar husnunga ko'nglum nigoron Ko'zdin meni solding, sevarim, neti ne bo'ldi, ne bo'ldi? bo'ldi?
Oshufta-vu rasvo-yi jahon bo'ldi, ne Gar husnunga tushti nazarim, neti ne
bo'ldi? bo'ldi?
3 Latofat burji ichra moh sensen, Latofat qibla'si olamda sensen, Ko'ngulga jon kibi dilxoh sensen. Pari yuzluk bani odamda sensen.
4 Yoz fasli bog' agarchi ravzayi rizvon Yoz fasli barcha shodu ko'nglumiz erur, g'amnok erur,
Sensiz, ey huri pariypaykar, manga Gul bikin jon ko'nglaki hijron elindin
zindon erur. chok erur.
5 Sunbul sochingki, ol ila gulbarg-i tar Sunbul sochingni yel ila gulbargi tar quchar, quchar,
Horut erurki, sehr ila kurs-i qamar Davlat ko'zung boshindaki shamsu
quchar. qamar quchar.
6 Alloh-Alloh, bu pariy yo hur, yo Yo rab, ul dilbar malak yo hur, yoxud inson erur? jon erur,
Bu ne shakl-u ko'z u qosh u g'amzayi Haq nazar ondin ko'tarmas, xalq anga
fatton erur! hayron erur.
Ko'rinib turibdiki, Gadoiy va Lutfiy ijodidagi bunday o'xshashlik ikki ustoz shoirning mahoratini belgilaydi. Qolaversa, bu g'azallarning faqat matla'larigina o'xshash. Demak, mavzuning boshlanmasi bir xildir. Rivojlangan baytlar ijodkorlarning individual g'oyalariga sug'orilganligini o'qishimiz mumkin. Gadoiy va Lutfiy tatabbu'dan bevosita va bilvosita foydalanib, go'zal san'atkorligini yuzaga keltirgandir. Yana shuni aytish mumkinki, bunday holat shu davrning yana boshqa bir qator shoirlarning ijodida ham uchraydi. Masalan, Mavlono Lutfiy va Sakkokiy
Scientific Journal Impact Factor
ijodidagi taqqoslanishlar g'azallarning bir-biriga to'liq o'xshashligi bilan e'tiborlidir. Hatto, Alisher Navoiy «Majolisun-nafoyis» asarida Mavlono Lutfiy va Sakkokiy haqida shunday yozadi: «Mavlono Sakkokiy Movarounnahrdindur. Samarqand ahli anga ko'p mu'taqidur va bag'oyat ta'rifin qilurlar. Ammo faqir Samarqandda erkanda mu'arriflardin har necha tafahhus qildimkim, aning natoyiji tab'idin biror nima anglayin, ta'rif qilg'onlaricha nima zohir bo'lmadi. Barchadin qolsalar so'zlari budurkim, Mavlono Lutfiyning barcha she'rlari aningdurkim, o'g'urlab, o'z otig'a qilibdur. Ul yerlarda bu nav' o'xshashi yo'q, mazasiz muqorabalar gohi voqe' bo'lur. Bore ba'zisi ta'rif qilibkim o'qurlar bu matla'ni anga isnod qilurlarkim:
(Mavlono Sakkokiy Movarounnahrdandir. Samarqandliklar unga e'tiqodli va yuksak baho bilan ta'rifmi qilishadi. Ammo faqir (Navoiy) Samarqanddaligimda ta'rif qiluvchilardan surishtirdimki, uning natijasidan biror nima anglayin deb, ta'rif qilganlaricha biror nima zohir bo'lmadi. So'zlari shuki, Mavlono Lutfiyning barcha she'rlari uningdirkim (Sakkokiy) o'g'irlab, (Lutfiy) o'z nomiga qilibdi. U yerlarda bunday o'xshashi yo'q mazasiz bahslar gohida bo'lib turadi...)». [7. 54]
Gadoiy g'azallarida Sharq poeitikasining fikrni ravon va nafis ifodalash yo'llari va vositalari, badiiy san'atlarning turlari hamda xususiyatlari kabi muhim masalalarni o'z ichiga oluvchi sohasi bo'lmish ilmi bade'ning mazmunning ta'siri va hayajonliligini oshiradigan, fikrni bo'rttirib, ohangdorlikni kuchaytiradigan tazod, talmeh, tashbeh, tanosib, itfoq, husni ta'lil, irsoli masal, tajohilu orif, laff va nashr, tarse', tardu aks, tajnis, iyhom kabi qator poetik shakllaridan mahorat bilan foydalangan». [1. 54]
Gadoiyning ijodiy mahsullari badiiy san'atlarning serjiloligi bilan ham o'quvchining dilidan joy oladi. Qolaversa, so'z qo'llash mahorati bilan muallif o'zining ichki hissiyotlarini oshkor etadi. Gadoiyning ijodiy merosi ilmi bade'ning majmuidir. Kuzatishlarimizdan ma'lum bo'lishicha, E.Ahmadxo'jaevning «Gadoiy» nomli kitobida qayd etilganlardan tashqari, shoir she'rlarida takrir va uning turlari, ishtiqoq, munozara, iqtibos, radif, iltifot, ig'roq singari badiiy san'atlarga ham tez-tez murojaat etilgan. Ayniqsa, bular orasida iqtibos san'atining qo'llanishi alohida ajralib turadi. U shoir she'rlarida eng faol qo'llangan badiiy vositalardan ekanligi o'rganishimiz jarayonida ma'lum bo'ldi. Devondagi 237 she'rdan 46 tasida mazkur san'at aks etgani kuzatiladi. Ularda Qur'oni Karim oyatlari she'r ichida keltirilgan yoki ularning mazmuni she'rda ifodalangan.
Prof. Abdug'afur Hayitmetov ishq mavzusidagi g'azallarning ijtimoiy ahamiyati haqida shunday yozadi: «G'azalning sevgi temasi bilan bog'langanligi bu
Ne nozu bu ne shevadur, ey jodu ko'zluk sho'x-shang, Kabki dariy tovusda yo'q, albatta, bu raftoru rang.
Scientific Journal Impact Factor
she'riy formaning qasidaga nisbatan g'oyaviy-tematik jihatdan xalqchilligini ko'rsatar va tobora uning xalqchilligini oshirar edi. G'azalning bu sohadagi muvaffaqqiyati fors-tojik adabiyoti tarixida, xususan, Sa'diy va Hofiz she'riyati misolida yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu gigant liriklarning ijodlarida shu formaga ko'p o'rin va e'tibor berganliklarining o'zi, ularning o'z xalqlari manfaatlari va og'zaki poeziyasiga yaqinligini namoyish qilar edi. Chunki sevgi temasi aslida hammaga yaqin, hammaga tushunarli, demokratik xarakterga ega bo'lib, undan har qaysi ijtimoiy guruh manfaatdor va unga aloqadordir. Shuning uchun ham bu mavzu keng xalq ommasi ahamiyatiga, jamiyat ahamiyatiga ega bo'lib, bu temadagi lirik asarlar doim katta ijtimoiy ahamiyat kasb etib keldi» [4. 107] Albatta, mazkur fikr Gadoiyning oshiqona g'azallariga ham xosdir. So'z muqaddas ne'mat ekan, uni badiiy talqinidan bashariyat ta'lim-tarbiya topadi. XV asrning birinchi yarmida yetishgan Xorazmiy, Xo'jandiy, Sayfi Saroyi, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Ahmadiy, Atoiy, Mavlaviy, Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy kabi shoirlar ijodi turkiy she'riyatning taraqqiyotida muhim o'rin tutgan. Bu davr shoirlari ijodida majozdan haqiqatga jilvalangan sof va pok ishqni kuylaganlar. G'azallarda inson kamoloti tarannumida ifodalangan ma'rifiy-tasavvufiy badiiy talqin etilgan. Munozara va doston kabi katta hajmli asarlarida ham yorqin bayon etishgan. Ayni shu davr adabiy muhiti o'zbek adabiy tilining rivojlanishiga va mustahkamlanishiga ham katta hissa qo'shdi. Adabiy tur va janrlarning ravnaq topishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bu davrda g'azal, ruboiy, qit'a, tuyuq, qasida, noma, munozara, doston va boshqa janrlarda xilma-xil asarlar yaratildi.
XV asr she'riyati o'zining xalqchilligi bilan ahamiyatlidir. Aynan turkiy she'riyat turlari va ularning shakliy xillari XV asrning I yarmi turkiy-o'zbek she'riyati tarkibida bo'lgan, Alisher Navoiy ijodigacha ham o'zbek shoirlari xalq og'zaki she'riyati va aruz orqali paydo bo'lgan rang-barang janrlardan foydalanganlar. XIV asrdan so'nggi davrlarda ham badoe'ga, sanoe'ga, aruzga, lug'atga oid asarlarda adabiy turlar, shakllar haqida fikrlar, sharhlar bayon etilgan. She'riy janrlar orasida eng keng tarqalgani g'azal bo'ldi. Shu bilan birga, boshqa janrlar ham taraqqiy etdi, bunda, ayniqsa, g'azal, qasida, qit'a kabilar rivojida Gadoiy she'riyatining ham alohida o'rni bor. Mustazod janrining ilk namunasi esa uning ijodi bilan bog'liqdir.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Ahmadxo'jaev E. Gadoiy (Hayoti va ijodiy merosi). - T.: Fan, 1978.
2. Ahmadxo'jaev E. Gadoiy ijodining o'rganilishiga doir, Gadoiy devonining nodir nusxasi //«Adabiy meros». 2 - kitob. - Toshkent: Fan, 1971.
3. «Devoni Gado» (^ u^j^) 981-raqamli inventar. Qo'lyozma. 153 varaq.
4. Hayitmetov A. Navoiy lirikasi, 1961. T- B.107.
5. Hayitmetov A. Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan. - Toshkent: Fan, 1970. - B.285.
6. Hayitmetov A. Adabiyotdan turkiyda birinchi nazariy qo'llanma//O'zbek tili va adabiyoti, 2002. - №1. - B. 71.
7. Hasanova M.Mavlono Lutfiy she'riyati va davr adabiy muhiti muammolari //Ilmiy maqolalar to'plami, Samarqand, 2010.- B.84.