Научная статья на тему 'MUSO TOSHMUHAMMAD О‘G‘LI OYBEK ASARLARINING NASHR ETILISHI VA NASHRLARINI BIBLIOGRAFIYASI'

MUSO TOSHMUHAMMAD О‘G‘LI OYBEK ASARLARINING NASHR ETILISHI VA NASHRLARINI BIBLIOGRAFIYASI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shoir / adib / yozuvchi / nashrlar / tarjima nashrlar / mukammal asarlar tо‘plami / biobibliografiya / bibliografik rо‘yxat.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Matmuradova Malika Isayevna

Ushbu maqolada ulug‘ adib, shoir, dramatur, XX asr о‘zbek adabiyotining mashhur va zabardast, matonatli va jasur yozuvchisi, akademik, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek hayoti va faoliyati, yaratgan asarlarning mazmuni, ahamiyati, nashrlarini tahlili va mustaqillik yillarda chop etilgan asarlarining nashrlari, о‘zbek adabiyotida tutgan о‘rni va ahamiyati, uning asarlarini bibliografiyasi haqida ma’lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSO TOSHMUHAMMAD О‘G‘LI OYBEK ASARLARINING NASHR ETILISHI VA NASHRLARINI BIBLIOGRAFIYASI»

MUSO TOSHMUHAMMAD O'G'LI OYBEK ASARLARINING NASHR ETILISHI VA NASHRLARINI

BIBLIOGRAFIYASI

Matmuradova Malika Isayevna

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Kutubxona-axborot faoliyati" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14684650

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Yanvar 2025 yil Ma'qullandi: 15-Yanvar 2025 yil Nashr qilindi: 18-Yanvar 2025 yil

KEYWORDS

shoir, adib, yozuvchi, nashrlar, tarjima nashrlar, mukammal asarlar to'plami,

biobibliografiya, bibliografik ro'yxat.

Ushbu maqolada ulug' adib, shoir, dramatur, XX asr o'zbek adabiyotining mashhur va zabardast, matonatli va jasur yozuvchisi, akademik, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek hayoti va faoliyati, yaratgan asarlarning mazmuni, ahamiyati, nashrlarini tahlili va mustaqillik yillarda chop etilgan asarlarining nashrlari, o'zbek adabiyotida tutgan o'rni va ahamiyati, uning asarlarini bibliografyasi haqida ma'lumotlar berilgan.

XX asr o'zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo'shgan ulug' adib, shoir, yozuvchi, dramaturg, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahridagi Govkush mahallasida bo'zchi oilasida dunyoga keldi.

U qisqacha tarjimai holida o'z ota-onasi haqida bunday ma'lumot bergan: "Otam yoshligida bo'zchi, keyin Xumson va Yangibozor qishloqlarida baqqollik qilgan. 0'qimagan,jahli tez, tajang bir odam edi.Onam jismoniy jihatdan kuchsiz,lekin aqlli,ziyrak, rahimdil va har ishga epchil xotin edi. Do'ppi-jiyak va qo'l ishlari bilna mashg'ul bo'lardi. Ishdan bo'shagach, ko'p vaqt kitob o'qirdi".

Oybek o'z go'dakligini va onasini eslab, keyinroq quyidagi satrlarni yozgan edi.

Faqat bu o'g'lingning har bir nigohi

Saqlaydi sir kabi xotirang har on:

Yoz chog'i... sen yakka ariq bo'yida

Boshingga kelgan bir dardli qo'shiqni

Kuylar eding,sekin hayol qo'ynida...

Qatim uyilarkan ruhsiz oqshomlar

U yoniq ko'zlarning qorachig'ida...

Mehribon va zahmatkash ona tarbiyasi va ta'sirida o'sgan Oybek onasining aytgan qo'shiqlari va o'qigan kitoblarini havas bilan tinglagan. U shuning ta'sirida bo'lsa kerak, eski maktabga borgunga qadar ham Yassaviy va Olloyor hikmatlarini, Navoiy va Hofiz g'azallarini, xalq kitoblarini ozmi-ko'pmi bilgan, ularni o'qish kishiga ma'naviy oziq berishini ham tushungan.

Oybek dastlab Baland masjid yaqinidagi Oq masjid atrofida joylashgan eski maktabda ta'lim olgan. Keyinchalik Xadrada ochilgan "Namuna" nomli yangi maktabda tahsil oladi.

So'ngra 1921-1925 yillarda Navoiy nomidagi ta'lim va tarbiya texnikumida o'qishni davom ettirdi. 1925 yilning sentabrida Oybek O'rta Osiyo Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining siyosiy iqtisod bo'limiga o'qishga kiradi.

Oybek 1927-1928 yillarda Leningraddagi G.V.Plexanov nomli Xalq xo'jaligi institutida o'qidi, iqtisodiy fanlar bilan shug'ullandi. Shu bilan birga Leningraddagi Sharq tillari institutida o'zbek tilida dars ham berdi. U rus va jahon adabiyotining namunalarida zo'r havas va qunt bilan o'qidi, o'rgandi, o'z badiiy mahoratini, saviyasini oshirdi.

Oybek salomatligi yomonlashganligi sababli Toshkentga qaytib keldi va O'rta Osiyo Davlat universiteti o'qishni davom ettirdi. Uni 1930 yilda muvaffaqiyatli tugatib, oliy o'quv yurtlarida siyosiy iqtisoddan dars berdi.

Oybek adabiy faoliyatini dastlab shoir sifatida boshlagan. Uning "Cholg'u tovushi" degan birinchi she'ri 1922 yili "Armug'on" jurnalida bosilgan. Shoirning birinchi "Tuyg'ular" she'riy to'plami 1926 yil chop etilgan. Keyinchalik "Ko'ngil kuylari"(1929,1966), "Ko'ngil naylari" (1932), "Mash'al" (1932) , "Zafar va Zahro" poema (1953), "Quyosh qo'shig'i" she'rlar, poemalar (1955), "She'rlar"(1963), "Olovli yillar" (1965), "Front bo'ylab" she'rlar va ocherklar (1965), kabi she'riy to'plamlari nashrdan chiqdi.

Oybek she'riyati nihoyatda go'zal bo'lib, o'zining sodda, ravon va ifodali tilda, boy va rang-barang tasviriy vositalarda yaratilganligi bilan alohida ajralib turadi.

Oybek ijodida bahorni, go'zallakni, Vatan mehri va chiroyini tarannum etuvchi she'rlari alohida ajralib turadi. Shoirning "Na'matak" she'ri ona tuproqning mehridan bino bo'lgan, dilbar va nafis go'zallik haqida. Na'matak gullarning nafosati lirik qahramonni shunchalik sehrlaganki, natijada u vujudga ajoyib bir larza solgan hayajonini, hislari va tuyg'ularini jilovlashga ojizlik qilib qoladi. O'quvchining go'zallikka, mehr-muhabbatga, hatto hurmati, e'zozi kamalak rangida jilolanadi. O'zini o'sha na'matak o'sayotgan tog'lar bag'rida his qiladi, qoyalarga qo'l cho'zgisi, na'matakning oppoq gullarini hidlagisi keladi, uning vujudini tabiat sog'inchi chulg'aydi, qalbi quyoshga "bir savat oq gul tutib, nafis chayqalgan" na'matakdek nurlanib chayqaladi. Sevinchdan qalbining tublariga go'zallik poyida "yum-yum yig'layotgan kumush qor"ning o'zidek bir olam go'zallik, poklik, tozalik cho'kadi.

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...

Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Shamol injularni separ chashmadek,

Boshida bir savat oq yulduz-chechak,

Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Shuni alohida qayd qilib o'tish lozimki, shoir Hayriddin Saloh shunday degan: Oybek akaning mazkur she'ridan olgan taassurotim va na'matakka shaydoligim izsiz ketmadi.1964 yilda "Na'matak" nomli lirik poema yaratdim. Bu dostonchani yozilishida ilhom bergan Oybek akaning o'ziga va she'riga qulluq qilaman, yana she'ridagi ushbu misralarini takror-takror o'qish zavqi o'zimni tiyolmayman.

Yuksakda shamolning belenchagida

Nafis chayqaladi bir tup na'matak.

Oybek lirik she'riyat bilan bir qatorda dostonnavislik sohasida ham izlanishlar olib borib "Dilbar davr qizi" (1933), "O'ch" (1932), "Baxtigul va Sog'indiq" (1934), "Qahramon qiz" (1936), "Gulnoz", "Kamonchi", "Navoiy" (1937), "Qizlar" dostoni (1947), "Dostonlar"(1949), "Bobom" dostoni (1957), "Yosh Yo'lchi" she'rlar va doston (1984), "Lenin va O'zbekiston"

dostonlari (1987) singari dostonlar yozdi va chop etildi. Shoir dostonlarida o'z davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiy-ma'naviy masalalarini ko'tarish bilan birga tarixiy o'tmish mavzuiga ham murojaat etib, qator dostonlarni yaratib kitobxonlarga taqdim etdi.

Oybekning ilm fan va texnikani egallashga da'vat etuvchi hamda vatanparvarlik va mehnasevarlik g'oyalari bilan sug'orilgan "O'zbekiston", "Dneprostroy", "Fanga yurish", "Qizlar" singari o'nlab she'r va dostonlari 30-40 yillar o'zbek she'riyatida muhim voqea bo'ldi. Jumladan "Fanga yurish" she'rida quyidagi misralar mavjud:

Fan yo'li-og'ir,toshli yo'l, tor yo'l,

Siz arslon hamlasi bilan oshingiz.

Siz mehnat erlari, kuchlaringiz mo'l,

Kitoblar qoyasin joylar boshingiz.

Oybekning 1936 yilda "Abdulla Qodiriyning ijodiy yo'li" nomli risolasi nashr etildi.

Oybek 1949 yilda bir guruh yozuvchilar N.Tixonov, A.Safronov, Mirzo Tursunzoda bilan Pokistonda bo'ldi. U Pokiston taraqqiyparvar yozuvchilarning konferensiyasida ishtirok etdi. Adib Pokiston taassurotlari asosida fikr va tuyg'ularini, kurash va intilishlarini "Pokiston taassurotlari" (1950) ocherklarida yozdi. Shuningdek, uning "Karachida" (1949), "Pokiston poytaxti" (1952), "Muhojirlar lageri" (1952) she'rlari, "Zafar va Zuhro" (1953), "Haqgo'ylar" (1953) poemalari va "Qonli barmoq" hikoyalari bosmadan chiqdi. Pokiston sayohati, taassurotlari, shaxsiy kuzatishlari va faktlar, hujjatlari asosida "Nur qidirib " povestini yozgan.

Adibning avtobiografik qissasi - "Bolalik" 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso. YA'ni Oybekning o'zidir.

"Bolalik" dan olingan dastlabki parcha "O'zbekiston xotin-qizlari" 1959 yil 7-sonida, asarning to'la matni esa "Sharq yulduzi" jurnalining 1962 yil 1-3,5-6, va 9-11-sonlarida bosilgan.

Filologiya fanlari doktori, professor N. Karimov bergan ma'lumotlariga ko'ra: Oybek 1963 yili qoraqalpoqistonlik saylovchilari bilan uchrashuvda o'qigan nutqida esa "Bolalik xotiralarimni tamomladim", deb xabar bergan. Biz ham muallifning ana shu e'tiroflari va "Bolalik" ning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, asarni "Bolalik xotiralari" deb atashni ma'qul ko'rdik.

Bugun Oybekning bolalik kezlari kechgan Toshkent tanib bo'lmas qiyofaga kirgan. Nafaqat Govkush va Oq Machit mahallalari, balki butun Eski shahar o'rnida yangi, go'zal va fusunkor Toshkent qad ko'targan. Biz va ayniqsa keyingi avlodlar XX asrning 10- yillaridagi Toshkentni va umuman o'zbek xalqining hayotini bundan keyin Oybek xotiralari orqali ko'z oldimizga keltiramiz. Adib ushbu xotiralarida ana shu, biz uchun tabarrik tarixning yosh va navqiron guvohi sifatida biz bilan, kelajak avlodlar bilan muloqotga kirishadi.Bizga o'sha yillarning tirik nafasini purkab, xalqimizning mashaqqatli turmush tarzi, urf-odatlari, orzu va intilishlari haqida darak berib turadi.

Bolalik... Oybekning bolaligi... Parrandalar orqasidan quvib, tomma-tom varrak uchirib yurgan,arzon shaftolini xarid qilib, qimmatroqqa sotmoqchi bo'lga-u, ammo chuv tushgan, choyxona va do'konlarga kirib mo'ysafid kishilarning suhbatlariga quloq tutishni sevgan bolaning, bir payt kelib,o'zbek xalqining ulug' adibi bo'lishini kim ham hayoliga keltiribdi o'shanda? Qaysi ilohiy kuch ruzg'or tashvishlaridan boshi chiqmay, farzandlarining tuz-

nasibasini olis qishloqlardan qidirgan kishining farzandiga ulug' inson, zabardast shoir, adib, tarjimon va alloma bo'lish sharafini bag'ishladi ekan?!

Oybek mohir shoir bo'lgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan "Qutlug' qon" (1941), "Navoiy", (1944), "Oltin vodiydan shabadalar" (1950) , "Quyosh qoraymas"(1959) ,"Ulug' yo'l" (1972), kabi polotnolar o'zbek realistik romanchiligi taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi.

O'zbek xalqining 1916 yilga milliy ozodlik qo'zg'oloni yozuvchining "Qutlug' qon" romanida zo'r mahorat bilan realistik ifodalangan. "Qutlug' qon" romani mehnatkash xalqqa mehr-muhabbat, to'g'rilikni, adolatni, pok sevgi-muhabbatni ulug'lash va ijtimoiy zulmni qoralash ruhi bilan sug'orilgan. Mehnatkash xalq ijtimoiy ongining o'sish jarayoni ochib berilgan. Yo'lchi, Gulnor, Mirzakariboy, Yormat, Shokir ota, Shoqosim, Hakimboyvachcha, Salimboyvachcha, Nuri singari jonli va tabiiy obrazlar yaratilagan. Bu asarda dastlabki parchalar 1939 yilda "Qizil O'zbekiston" gazetasida va 1940 yilda "O'zbekiston adabiyoti va san'at" jurnalida chop etilgan.

Oybek "Navoiy" (1944) romanida o'zbek adabiyotida birinchi bo'lib, ulug' shoir va mutafakkirning Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Oybek mazkur asri bilan o'zbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi.

Shuni alohida ta'kilash lozimki "Navoiy" romani keyinchalik o'zbek adabiyotida "Ulug'bek xazinasi", "Ko'hna dunyo" (O.Yoqubov), "Yulduzli tunlar", "Avlodlar davoni" (P.Qodirov) singari tarixiy-biografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi.

Yozuvchining "Oltin vodiydan shabadalar" (1959) asarida xalqimizning urushdan so'nggi davr yaratuvchilik mehnati, "Quyosh qoraymas" (1959) romanida ikkinchi jahon urushi fojealari o'z ifodasini topgan. Yozuvchining "Ulug' yo'l" (1967) asari esa "Qutlug' qon" romanining mantiqiy davomi bo'lib, unda yozuvchi milliy ongining shakllanishini ko'rsatishga intilgan.

Oybekning 1957-1959 yillarda "Tanlangan asarlari "4 tomdan iborat bo'lib nashr etilgan.Birinchi tomiga she'rlar,poemalari, ikkinchi tomiga "Qutlug' qon" romani, uchinchi toimga "Navoiy" roman, to'rtinchi tomiga "Quyosh qoraymas" romani kiritilgan.

1968-1975 yillarda esa adibning "Asarlar"10 tomlik bo'lib nashr etigan. "She'rlar", "Poemalar", "Qutlug' qon" romani, "Navoiy" romani, "Oltin vodiydan shabadalar"romani, "Quyosh qoraymas.-Front bo'ylab", "Shonli yo'l" asarlari, "Nur qidirib"- Pokiston taassurotlari, Bolalik asarlari. "Ulug' yo'l" romani, "Tadqiqot va maqolalar", "Tarjimalar"i kiritilgan asarlaridan iboratdir.

Respublikamizda 5 ta shoir va yozuvchining "Mukammal asarlar to'plami" nashr etilgan bo'lib, shundan Hamid Olimjon, Hamza Hakimzoda Niyoziy, G'afur G'ulom, Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek va Alisher Navoiylarning asarlaridan iboratdir. Jumladan, Oybekning vafotidan keyin 1975-1985 yillar mobaynida yigirma tomlik "Mukammal asarlar to'plami " nashr etilgan. "She'rlar, 1922-1935", "She'rlar, 1936-1968", "Dostonlar" (1-2), "Qutlug' qon", "Navoiy", "Oltin vodiydan shabadalar", "Quyosh qaraymas", "Ulug' yo'l" kabi romanlari, "Shonli yo'l"kinopovest, Nur qidirib, "Bolalik Alisherning yoshligi" povestlar "Hikoya, ocherklar, kundaliklar, maqolalar, pamflektlar, nutqlar", "Adabiy-tanqidiy maqolalar" (o'zbek adabiyoti tarixi masalalari), "Adabiy-tanqidiy maqolalar" (o'zbek sovet adabiyoti, qardosh xalqlar adabiyoti, rus adabiyoti masalalari), "Yevropa adabiyotidan tarjimalar", "Rus

klassik adabiyotidan tarjimalar", "Rus adabiyoti va sobiq SSSR xalqlari adabiyotidan tarjimalar", "Publisistika va adabiyotshunoslikka oid asarlar, tugallangan asarlari, tugallanmagan asarlar, materiallar", "Rus tilida yozilgan publisistik va adabiy-tanqidiy maqolalar", "Qo'shimcha. Rus tilida yozilgan asarlar" (maqolalar, nutqlar, taqrizlar) kabi mavzularda materiallar ketma-ketligi berilgan.

Keyingi yillarda Oybekning "Bola Alisher" (1995), "Bolalik xotiralarim" (1995, 2015), "Navoiy" romani (1995, 2016, 2020), "Navoiy gulshani" (1997), "Quyosh qo'shig'i " she'rlar (2000), " Navoiy" romani (2004,2020), "Nur qidirib" qissasi (2019) kirill alifbosida chop etilgan. Shuningdek, "Bola Alisher" qissasi (2005), "Bolalik" (2018), "Bolalik xotiralarim" qissa (2015, 2018, 2019), "Qutlug' qon" romani (2015, 2019, 2021), "Navoiy"novel (2017), "Alisherning yoshligi" qissa va hikoyalar (2017 ), "Alisherning yoshligi 5-9 sinf" (2017), "Navoiy" romani" (2004, 2012, 2019), "Yana bahor keldi" she"rlar (2021) , "Keldi yana bahor" she'lar to'plami lotin alifbosida qayta-qayta nashr etilib kelinmoqda.

Oybekning besh romani va boshqa ko'p asarlari rus tiliga tarjima qilingan. U asosiy va yirik asarlari bilan qardosh xalqlar va jahon miqyosida ma'lumdir. Uning asarlari xorijiy mamlakatlarda 60 dan ortiq tilda nashr qilingan. "Navoiy" romanini 20 dan ortiq turli xalqlar o'z ona tillarida o'qimoqdalar. 2004 yilda esa "Navoiy " romani xitoy yozuvchisi Xao Chuan Ju tomonidan xitoy tiliga tarjima qilinib nashrdan chiqarildi. Shuningdek, "Navoiy" romani 2016 yilda ingliz tilida "Yangi asar avlodi" nashriyotida tarjimon I.M.Tuhtasinov va O.M.Muminovlar tomonidan ingliz tiligan tarjima qilingan "Yangi asr avlodi" nashriyotida 500 nusxada chop etilgan.

Shuningdek, mustaqillik yillarida uning "Наматак" (2021) tanlangan asarlari ya'ni she'rlar va poemalari "Детство" (2019) asarlari rus tilida chop etildi. "Бала чак" (2019) nomida qirg'iz tiliga tarjima qilinib chop etilgan.

Uning roman va boshqa asarlari arab, dari, latish, litva, pishtu tilida ozarbayjon, tatar, turkman, uyg'ur, ukrain, urdu, eston, qirg'iz, qozoq va boshqa tillarda nashr etilgan.

Serqirra ijod sohibi Oybek jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini o'zbek tiliga tarjima qilib Cho'lpon va Abdulla Qodiriy asos solgan o'zbek tarjima maktabini o'zining yuksak darajadagi tarjimalari bilan boyitdi.

Berilgan ma'lumotlarga ko'ra Oybek madaniyatimiz tarixida birinchi bo'lib antik adabiyoti namunalarini tarjima etgan va uni alohida xrestomatiya sifatida nashr qilgan (1939). Jumladan, Plavtning "Xumcha" (ko'milgan xazina) to'g'risida komediya, Terensiyning "Andriyanka", "Qardoshlar", Katullning qator she'rlarini, Lukresiy, Siseron, Gorasiy, Vergiliy, Seneka, Marsial, Petroniy, Apuley kabilarning asarlarini tarjima qilgan. XVII-XX asr Yevropa adabiyotidan Molyerning "Tartyuf", Genrix Geyne, Anatol Frans, Emil Verxari, Ondra Lisogorskiylarning asarlaridan tarjima qilib o'zbek kitobxonaga taqdim etgan.

Shuningdek, rus adabiyotidan A. S.Pushkinning "Yevgeniy Onegin" she'riy roman (1937), M. Lermontovning "Maskarad", I. A. Krilovning qator asarlarini hamda Dovud Sosunlining Arman xalq eposidan parchalar va boshqa asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilib, o'zbek kitobxonlariga taqdim etgan.

Bu asarlar keyinchalik qayta nashr etilgan A.S. Pushkinning "Yevgeniy Onegin" she'riy romani Oybek tarjimasi so'zboshi muallifi N.Karimov tomonida (2014) kirill alifbosida 5000 nusxada, 2016 yilda G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida 500 nusxada (Nashriyotimiz xazinasidan) seriyasida kirill alifbosida keng kitobxonlar ommasiga taqdim

etilgan. Shuningdek, "Yevgeniy Onegin" she'riy romani "Maktab adabiyoti xrestomatiya" seriyasida 1000 nusxada lotin yozuvida chop etilgan. "Kapitan qizi" qissa va she'riy romani Abdulla Qahhor va Oybek tarjimalari asosida 2017 yilda 10000 nusxada "Yangi asr avlodi" nashriyotida nashr etilgan.

Ulug' adib, zabardast shoir, mohir tarjimon, olim va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'zidan nazm va nasr gulshani xazinasida bebaho asarlar yaratib, xalqimizga meros qoldirdi.

1943 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi ta'sis etilib, Oybek akademiyaning haqiqiy a'zosi sifatida unga saylangan, 1941-1951 yillarda davomida gumanitar fanlar bo'limining raisi sifatida faoliyat yuritdi. Jumlandan til, adabiyot, tarix, arxeologiya fanlari sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga bevosita boshchilik qildi.

Adibning asarlaridan kino va pyesalar yaratildi va yaratilmoqda. Jumladan, "Navoiy" romani bo'yicha badiiy film va videofilm, "Qutlug' qon" romani bo'yicha videofilm ishlandi va teatr sahnalarida qo'yildi.

U 1946 yil 27 iyunda "Navoiy" romani uchun 1-Darajali mukofot bilan taqdirlangan, "Hurmat belgisi" (1951,1965)ordeni , "Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti "(1964) , "O'zbekiston Xalq yozuvchisi (1965), sovrindori unvonlarga sazovor bo'lgan. Mustaqillik yillarida "Buyuk xizmatlari uchun" (2000) ordeni bilan taqdirlangan.

Oybek o'zining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatida faoliyat bilan o'zbek xalqining madaniy yuksalishiga katta hissa qo'shdi. 1980 yilda adib yashagan uyda Oybek uy-muzeyi tashkil etilgan va unga haykal o'rnatildi.

Oybek asarlari adabiyotshunoslar bilan bir qatorda bibliograflar, kitobshunoslarning ham e'tiborida bo'lib kelgan.Adib asarlarining bibliografik ro'yxati bibliografik qo'llanmalar hamda uning biobibliografiyasi tuzilgan.

1962 yilda F. I. Baybekova tahriri ostida nashr qilingan "O'zbek adabiyoti 1940-1958" bibliografiyasida Oybekning chop etilgan asarlarining 134 tasini ro'yxati berilgan. Dastlab, alohida nashr qilingan asarlari, vaqtli matbuot va to'plamlar nashr qilingan poeziya, prozasi, maqolalari va asarlariga yozilgan taqrizlar 30 ta manba hamda hayoti va ijodi to'g'risidagi 45 ta nashrlar alifbo tartibda berilgan.

1975 yilda B.V.Lunin tomonidan "Биобиблиографические очерк о деятеля обшественних наук Узбекистана" I tomida Oybekning hayoti va faoliyati haqida ma'lumotlari berilgan va uning asarlarining ko'rsatikchi berilgan. Ko'rsatkichda Oybekning nashrlarini xronologik tartibda adabiyotlar berilgan bo'lib, unda 1957 yildan 1975 yilgacha bo'lgan o'zbek va rus tillarida nashr qilingan 3 nomdagi hujjatlar aks ettirilgan. Hayoti va ijodi haqida 17 ta hujjat aks ettirilgan.

Adibning biobibliografiyasiga oid ma'lumotlar boshqa manbalarda ham uchraydi. Jumladan, Oybekning vafotidan keyin 1975-1985 yillar moboynida yigirma tomlik "Mukammal asarlar to'plami" chop etildi. "Mukammal asarlar to'plami" ga yozuvchining oldingi ko'p tomlik nashrlariga kiritilmagan, biroq o'z vaqtida turli to'plam va almanaxlar, gazeta va jurnallarda e'lon qilingan asarlari bilan birga adib arxivida qo'lyozma holida qolgan turli janrdagi asarlar ham kiritilgan. Shu bilan birga yozuvchining chala, tugalllanmay qolgan asarlari ham ushbu nashrlarda o'z aksini topgan. "Mukammal asarlari to'plami" ning I tomida Oybekning 1922-1936 yillarda yozilgan 263 ta she'rlari, turli yillarda yozgan 6 ta she'ri, tugallanmagan she'rlari, eskizlar 20 ta, adibning hayoti va ijodi yilnomasi 1905-1975

yillaridagi nashrlari haqidagi ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, II tomida 1936-1968 yillarda nashr etilgan 228 ta she'rlarning, turli yillarda yozilgan 7 ta she'rlarini, tugallanmagan asarlari eskizlari 18 ta, Oybekning she'rlarining ko'rsatkichlar ya'ni I va II tomga kiritilgan she'rlarning ko'rsatkichi alifbo tartibda berilgan.

2005 yilda Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek tavalludning 100 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonida "Millatni uyg'otgan adib" nomli metodik-bibliografik qo'llanma tayyorlanib nashrda chiqarilgan. Qo'llanmada yozuvchining hayoti va ijodi to'g'risida ma'lumotlar va yozuvchining ijodi haqida kitobxonlar bilan o'tkaziladigan tadbirlar turkumlar berilgan. Shuniningdek, yozuvchi 34 alohida nashri 14 ta vaqtli matbuotlarda chop etilgan asarlari va hamda uning hayoti va ijodi haqidagi 99 ta asarning ro'yxati berilgan.

2005 yilda "Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek" biobibliografiyasi "Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi" nashriyotida nashrdan chiqqan. Bu biobibliografiya Z. Berdiyeva, H. Mamatraimovalar tomonidan tuzilgan. Biobibliografiyada XX asr o'zbek adabiyoti yirik vakili, O'zbekiston xalq yozuvchisi Oybekning hayoti va ijodining asosiy sanalari, asarlarining alohida nashrlari, vaqtli matbuot va to'plamlarda nashr etilgan asarlari o'zbek va rus tilarida,she'rlari o'zbek va rus tillarida, maqolalari o'zbek va rus tillarida, muharrir, nashrga tayyorlovchi va taqrizchi, tarjimalari, hayoti va ijodi haqidagi 1929 yildan -2005 yilgacha 1529 nashr qilingan 1386 nomda hujjat aks ettirilgan.

Biobibliografiya ikkita katta bo'limdan iborat.1. Oybek asarlarining nashrlari. Unda alohida nashrlari to'g'ri xronologik tartibda joylashtirilgan. Oybek asarlari nashrlarining va ijodining evolyusiyasini ko'rsatishdir. Asarlarining nashrlari tiliga ko'ra alohida bo'limchalarda "o'zbek tilida","rus tilida","arab tilida" va hakoza joylashtirilgan.

Vaqtli matbuot va to'plamlarda nashr etilgan asarlari ichki alifbo tartibda, tiliga ko'ra alohida-alohida joylashtirilgan.Ular yana asarlarining janriga ko'ra ham ajratilgan:she'riy asarlar,nasriy asarlar, maqolalari.O'zbek navoiyshunosligining shakllaniishi va taraqqiyotida Oybek alohida o'rin tutadi. Navoiy ijodiga oid maqolalari, she'riy va ko'plab nasriy asarlari, ayniqsa "Navoiy" romani keng kitobxonlar ommasiga ma'lum. Shuning uchun ana shu asarlarni "Oybek-navoiyshunos" nomli bo'limchada alohida ichki alifbo tartibda joylashtirilgan.Bu bo'limda Oybekning muharririlik, nashrga tayyorlovchilik taqrizchilik, tarjimonlik faoliyatini ham alohida ko'rsatilgan va shu yo'nalishdagi asarlarini alohida bo'limchalarda ichki alifbo tartibda joylashtirilgan.

2. "Oybek haqidagi asarlar" bo'limida aval alohida nashr etilgan asarlar, so'ngra vaqtli matbuot va to'plamlardagi asarlari ham ichki alifbo tartibda berilgan. Oybekning yubileylari munosabati bilan nashr etilgan asarlarni ham yubiley sanalarining tartibiga va tiliga ko'ra alohida-alohida bo'limchalarda joylashtirilgan.

Oybek ijodiga oid dissertasiyalarning avtoreferatlari, xotirasiga bag'ishlangan asarlar, Oybek nomi bilan ataluvchi joylar va ularga oid adabiyotlar, Oybekka oid bibliografik qo'llanmalar ham alohida bo'limchalarda joylashtirilgan. Ko'rsatkich yordamchi ko'rsatkilar bilan ta'minlangan.

Hulosa qilib aytganda Oybek asarlari ilhom bulog'i ayrim hollarda o'tkinchi qadriyatlarni kuylash uchun jo'shdi. Chunki o'sha davr aqidalari aksar hollarda uning yuksak parvoz etishga xalal berdi. Biroq, bunday to'siqlarga qaramay, u nasr va nazmda shunday bebaho durdonalar qoldirdiki, ular XX asr o'zbek adabiyotidan kelgusi avlodlarga o'lmas obidalar bo'lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Миллатни уйготган адиб: Мусо Тошмух,аммад угли Ойбек таваллудининг 100 йиллиги муносабати билан : методик-библиографик ;улланма / тузувчи М. Матмурадова ; мух,аррир X. Маматраимова.-Тошкент: Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти,2005.- 62 б.

2. Мусо Тошмух,аммад угли Ойбек:Биобиблиография:тугилган кунининг 100 йиллигига/ Лишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси; А.Кодирий номидаги Тошкент Давлат маданият ин-ти ; тузувчилар : З.Бердиева, X. Маматраимова ; мух,аррир А.О.Умаров.--Тошкент : Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2005.---120 б.

3. Ойбек. Болалик хотиралар / нашрга тайёрловчи Н. Каримов. -Тошкент : Адабиёт ва санъат нашриёти,1995.-248 б.

4. Ойбек. Болалик хотираларим : ;исса / Ойбек ; масъул мух,аррир Н. Каримов.-Тошкент : Янги аср авлоди, 2015.- 348 б.

5. Yakubjonovna K. M. Increase Love to Reading, Learning Culture of Getting Information //JournalNX. - С. 28-31.

6. Khakimova M. Y. Reading Culture-Intellectual Potential // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education. - С. 119-134.

7. Khakimova M. Y. Analysis of The Process of Forming Reading Culture Among Young in Republic of Uzbekistan //AMALIY VA FUNDAMENTAL TADQIQOTLAR JURNALI. - 2024. - Т. 3. - №. 9. - С. 6-10.

8. Хакимова М. МАКТАБ КУТУБХОНАЛАРИДА БОШЛАНГИЧ СИНФ УКУВЧИЛАРИДА МУТОЛАА МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ //Information Library Magazine'INFOLIB'. -2023. - №. 4.

9. Nosirow , U. . (2024). CURRENT ISSUES IN LIBRARY AND INFORMATION SERVICES. FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION, 3(9), 28-32. Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/1519

10. О'.Nosirov, & Irgashova Dildora. (2024). KUTUBXONA-AXBOROT MUASSASASI FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MULOQATNING ROLI. https://doi.org/10.5281/zenodo.10645026

11. Носиров У. МУТОЛАА-МАДАНИЯТНИНГ МУХИМ ЭЛЕМЕНТИ СИФАТИДА //Information Library Magazine'INFOLIB'. - 2024. - Т. 46. - №. 4.

12. Davlatov Soibnazar Xo'janiyazovich. (2024). OLIY TA'LIM TIZIMI SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY MENEJMENTNING O'RNI VA AHAMIYATI. SAMARALI TA'LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 2(9), 135-139. Retrieved from https://innovativepublication.uz/index.php/jelsi/article/view/1750

13. Цай И. К., Артемьева Е. Б. Развитие информационно-библиотечной системы Узбекистана в контексте исторических трансформаций // Труды ГПНТБ СО РАН. 2019. № 1. С. 22-25.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

14. Цай И. К. Проблемы интеграции издательств, книготорговых и информационно-библиотечных учреждений в Республике Узбекистан // Научные и технические библиотеки. 2021а. № 12. С. 57-68 [Tsai IK (2021a) Problems of integration of publishing houses, bookselling and information and library institutions in the Republic of Uzbekistan.

Nauchnye i tekhnicheskie biblioteki 12: 57-68. (In Russ.)]. DOI: https://doi. org/10.33186/1027-3689-2021-12-57-68.

15. ^й И. K. Фoрмирoвaние системы oбязaтельнoгo экземплярa в Республике Узбекистан // Труды ГПНТБ СО РАН. 2021б. № 2. С. 60-64 [Tsai IK (2021b) Formation of the legal deposit system in the Republic of Uzbekistan. Trudy GPNTB SO RAN 2: 60-64. (In Russ.)]. DOI: https://doi. org/10.20913/2618-7515-2021-2-60-64.

16. Цaй, И. K. Рaзвитие библиотечного oбрaзoвaния в Республике Узбекиcтaн = Development of library education in the republic of Uzbekistan / И. K. ^й // Труды ГПНТБ СО РАН. - 2020. - № 2. - С. 63-68.

17. Lyudmila Nigmatovna Muminkhodjaeva. (2024). INTENSIFICATION OF THE PROCESS OF TRAINING SPECIALISTS IN CULTURAL UNIVERSITIES THROUGH THE USE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.13757191

18. Абдyгaниевa З. M. Kyльтyрa Общения В Библиоте^х //Miasto Przyszlosci. - 2024. - Т. 52. - С. 127-130.

19. Grebenyuk M. V. The Emergence, Development, and Transformation of Library Marketing in European Countries //Miasto Przyszlosci. - 2024. - Т. 52. - С. 116-122.

20. Гребенюк, M. В. Инфoрмaциoнные технологии в oбрaзoвaнии: взaимoдейcтвие педaгoгa с инфoрмaциoннo-кoммyникaциoнными технологиями и coвершенcтвoвaние инфoрмaциoннoй компетентности / M. В. Гребенюк // Инфoрмaциoнные технологии. Проблемы и решения. - 2020. - № 3(12). - С. 36-40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.