Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
OYBEKNING "NAVOIY" ROMANI DA ALISHER NAVOIY
© A.A. Bolibekov1^_
1Guliston davlat pedagogika instituti, Sirdaryo, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: Oybekning "Navoiy" tarixiy romani fors va turkiy tillar adabiyotining yirik namoyandasi Alisher Navoiy mavzusidir. Bu roman Navoiy hayoti, uning adabiy xizmatlari, o'z davrining madaniy-ma'rifiy manzarasiga ta'sirini o'rganadi. Atoqli o'zbek adibi Oybek Navoiy xarakterini yorqin aks ettiradi, tarixiy faktlarni adabiy tasavvur bilan uyg'unlashtirib, ta'sirchan hikoya yaratadi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi Oybekning "Navoiy" romanidagi Alisher Navoiy siymosi tasvirini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot Navoiyga xos bo'lgan asosiy xislat va fazilatlarni aniqlashga, Oybek obrazining tarixiy ma'lumotlar bilan uyg'unligini baholashga, Navoiy xarakterini hayotga tadbiq etishda qo'llanilgan adabiy uslublarni o'rganishga qaratilgan.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda Oybekning "Navoiy" romaniga e'tibor qaratilib, adabiy tahlil usuli qo'llaniladi. Materiallardan roman matni, Alisher Navoiy hayotiga oid tarixiy hikoyalar, Oybek ijodining ham, Navoiyning ham tarixiy ahamiyatiga oid ilmiy talqinlar mavjud. Usullar mavzularni, xarakter xususiyatlarini va hikoya qilish usullarini aniqlash uchun yaqindan o'qish va matn tahlilini o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: munozarada Oybek qissasi tarixiy haqqoniylikni ijodiy hikoya qilish bilan qanday uyg'unlashtirgani, Navoiyning nozik va boy tasvirini ta'minlaganligi ko'rsatilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, Oybek obrazi ham Navoiy merosiga ehtirom, ham uning adabiyot va madaniyatga qo'shgan hissalarining abadiy dolzarbligini aks ettiradi.
XULOSA: tadqiqot xulosasiga ko'ra, Oybekning "Navoiy" romanida Alisher Navoiy obrazining mazmun-mohiyatini, jamiyat hayotiga qo'shgan serqirra xizmatlarini aks ettiruvchi teran va mushohadali obrazlar berilgan. Oybek tasviri tarixiy yozuvlar bilan chambarchas mos keladi, shu bilan birga adabiy chuqurlik va hissiy rezonans qo'shadi.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, maqol, matal, ibora, hikmatli so'z, xalq maqollari, paremiologik birliklar.
Iqtibos uchun: Bolibekov A.A. Oybekning "Navoiy" romanida Alisher Navoiy siymosi. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 80-86.
ХАРАКТЕР АЛИШЕРА НАВОИ В РОМАНЕ ОЙБЕКА «НАВОЙ».
© А.А. Болибеков1^
Тулистанский государственный педагогический институт, Сырдарья, Узбекистан
Аннотация
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВВЕДЕНИЕ: исторический роман Айбека «Навои» посвящен Алишеру Навои, выдающемуся деятелю литературы персидского и тюркского языков. Этот роман исследует жизнь Навои, его литературные заслуги и его влияние на культурную и образовательную жизнь своего времени. Он ярко отражает характер известного узбекского писателя Ойбека Навои, сочетает исторические факты с литературным воображением и создает впечатляющую историю.
ЦЕЛЬ: целью данного исследования является анализ образа Алишера Навои в романе Ойбека «Навои». Исследование направлено на выявление основных характеристик и качеств, характерных для Навои, оценку совместимости образа Ойбека с историческими данными, изучение литературных методов, использованных в воплощении образа Навои в жизнь.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: исследование посвящено роману Ойбека «Навои» и использует метод литературного анализа. В состав материалов вошли текст романа, исторические рассказы о жизни Алишера Навои, научные интерпретации исторического значения произведений Ойбека и Навои. Методы включают внимательное чтение и анализ текста для выявления тем, черт характера и приемов повествования.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: oбсуждение показывает, как история Ойбека сочетает в себе историческую точность с творческим повествованием, чтобы обеспечить детальное и богатое изображение Навои. Результаты показывают, что образ Ойбека отражает как уважение к наследию Навои, так и вечную актуальность его вклада в литературу и культуру.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: согласно заключению исследования, роман Ойбека «Навои» содержит глубокие и проницательные образы, отражающие сущность характера Алишера Навои, те великие заслуги, которые он внес в жизнь общества. Образ Ойбека точно соответствует историческим данным, но при этом добавляет литературную глубину и эмоциональный резонанс.
Ключевые слова; Алишер Навои, пословица, матал, словосочетание, мудрое изречение, народные пословицы, паремиологические единицы.
THE CHARACTER OF ALISHER NAVOIY IN OYBEK'S NOVEL "NAVOIY"._
© Alisher A. Bolibekov1®
1Gulistan State Pedagogical Institute, Syrdarya, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: Aibek's historical novel "Navoi" is the subject of Alisher Navoi, a great figure of literature of Persian and Turkic languages. This novel explores Navoi's life, his literary merits, and his influence on the cultural and educational scene of his time. It vividly reflects the character of the famous Uzbek writer Oybek Navoi, combines historical facts with literary imagination and creates an impressive story.
Для цитирования: Болибеков А.А. Характер Алишера Навои в романе ойбека «Навой». // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 80-86.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AIM: the purpose of this study is to analyze the image of Alisher Navoi in Oibek's novel "Navoi". The research is aimed at identifying the main characteristics and qualities characteristic of Navoi, evaluating the compatibility of the image of Oybek with historical data, and studying the literary methods used in bringing Navoi's character to life.
MATERIALS AND METHODS: the research focuses on Oibek's novel "Navoi" and uses the method of literary analysis. The materials include the text of the novel, historical stories about the life of Alisher Navoi, and scientific interpretations of the historical significance of both Oybek's and Navoi's works. Methods include close reading and text analysis to identify themes, character traits, and narrative techniques.
DISCUSSION AND RESULTS: the discussion shows how Oibek's story combines historical accuracy with creative storytelling to provide a nuanced and rich portrayal of Navoi. The results show that the image of Oibek reflects both the respect for Navoi's legacy and the eternal relevance of his contributions to literature and culture.
CONCLUSION: according to the conclusion of the research, Oibek's novel "Navoi" contains deep and insightful images that reflect the essence of the character of Alisher Navoi, the great services he contributed to the life of the society. Oybek's portrayal closely matches the historical record, while adding literary depth and emotional resonance.
Key words: Alisher Navoi, proverb, matal, phrase, wise saying, folk proverbs, paremiological units.
Oybek 20-yillarda asosan o'rganish va izlanish davrini o'tagan bo'lsa, 30- yillarda ijodiy kamolot bosqichiga ko'tarildi va o'zbek tilini boy til ekanini inkor qiluvchilarga qarshi dadil kurashdi. O'zbek tilining boyligini amalda namoyish qiluvchi ajoyib badiiy asarlar yaratadi. Oybekning "Qutlug' qon", "Quyosh qoraymas", "Navoiy" kabi mashhur romanlari mavjud. Ayniqsa, adibning "Navoiy" (1944) romani o'zbek adabiyoti tarixida faxrli o'rin tutadi. Yuzaki qaraganda, Oybek urush yillarida uzoq o'tmish mavzusida "Navoiy" romanini yaratish bilan o'sha jangovar davr talablaridan uzoqlashganday ko'rinadi. Aslida esa bunday emas. Chunki Oybek o'tmish voqeligini aks ettirish, buyuk tarixiy shaxs Alisher Navoiy obrazini yaratish, uning Vatanga va xalqqa bo'lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik, insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratni targ'ib qildiki, urush davri talablariga to'la mos kelar edi va shuningdek, ushbu asar Oybekning qanday badiiy kuchga ega ekanligini ko'rsatib berdi.
O'sha davr hamnafas adiblardan biri Shuhrat Oybekni ushbu asari uchun davlat mukofoti olganida qutlash uchun borganidagi holatni quyidagicha tasvirlaydi. Esimda bor, "Navoiy" romaniga SSSR Davlat mukofoti berildi, buni men ertalab radioda eshitdim. Bu vaqtda "Yosh Leninchi" gazetasida ishlar edim, idoraga kelsam, shoir Yong'in Mirzo o'tiribdi. "Oybek domlani tabriklab kelmaymizmi?" - deb qoldi. Uyiga yo'l oldik. Oybekning uyi remontda ekan. Domla ochiq chehra bilan kutib olib, bir tomoniga talay kitoblar qalashtirib
For citation: Alisher A. Bolibekov. (2024) 'The character of Alisher Navoiy in Oybek's novel "Navoiy', Inter education & global study, (4(2)), pp. 8-14. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
taxlangan xonaga taklif etdi. Ularning orasida zamonaviy kitoblar bilan bir qatorda eski, inqilobgacha turli shaharlarda chiqqan arab alifbosidagi kitoblar ham bor edi. Biz Oybek domlani tabrikladik. U hayron bo'lib, qoracho'g'i yirik ko'zlarini charaqlatib, tikilib qoldi. Birdan so'radi - Qaysi Oybek? Qaysi Oybekni mukofotlashdi! - deb qoldi. Biz hayron qoldik. Hatto taajjublandik. Oybek akaning hali bu yangilikdan xabari yo'q ekanmi, yoki xayoli parishonroq bo'lib turgan ekanmi, bilolmadik. Keyin idrok etgach, ko'zlari yonib, quvonib ketdi. Yaxshi bo'pti! Yaxshi bo'pti! - deb turdi-da, xonaning yarmini egallab yotgan kitoblarni ko'rsatib, ta'kidladi: - Mana shularni o'qib yozganman, juda material ko'p! Oybek domlaning tabiati juda g'alati edi. Kibrlanish, maqtanish nima bilmasdi. Yaxshi ish qilishni har sog'lom odamning burchi deb bilardi, dilidagi bor gapni aytib qo'ya qolardi. Bu bor gapning kibrlanishga o'xshab ketishi bilan ishi yo'q edi.
Chunki tabiatan juda xokisor, halol, fikrchan, ko'ngli ochiq odam edi. Shuning uchun yuqoridagi holat Oybek domlani bilmagan odamga g'alatiroq tuyulishi mumkin. Lekin biz ajablanmadik, uning xarakterini juda yaxshi bilardik, ko'p suhbatlarini eshitganmiz, nasihatlarini olganmiz... Keyinchalik "Navoiy" romanining bir nusxasini avtograf bilan taqdim etdi. Unga "Shoir Shuhratga yurakdan armug'on" deb yozilgan. Bu yuksak armug'on buyuk adibdan esdalik sifatida kutubxonamning eng to'rida turadi.
"Navoiy" romani - Oybekning ikkinchi yirik va muhim ahamiyatga ega bo'lgan asaridir. Asar o'zbek xalqining XV asrdagi - Alisher Navoiy davridagi hayotini aks ettirishga bag'ishlangan. Shuning uchun yozuvchi o'zining bu asarida shu davrning ulug' shoiri va mutafakkiri Navoiy siymosini yaratishga bel bog'lagan.
Ma'lumki, Oybekning birinchi yirik asari - "Qutlug' qon" romani tarixiy mavzuda yozilgan bo'lsa ham, unda yozuvchi tarixiy shaxs obrazini yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymagan edi.
Binobarin, "Qutlug' qon" muallifi "Navoiy" romanini yaratar ekan, endi o'z oldiga yangi vazifa - tarixiy shaxs obrazini yaratish vazifasini qo'ydi.
O'zbek adabiyotida tarixiy romanning tug'ilishi va rivojlanishi bevosita Oybek nomi bilan bog'liq. Darhaqiqat, yozuvchining "Navoiy" romani o'zbek adabiyotida yaratilgan tom ma'nodagi birinchi tarixiy roman hisoblanadi.
"Biz. o'zbek tilida yaratilgan birinchi tarixiy romanni ko'rib turibmiz. Buni Oybek yaratdi... Oybek bizga - kitobxonga XV asr buyuk odamining fojiasini ko'rsatdi. Keng kitobxonlar ommasi O'rta Osiyoning o'sha davri hayoti haqida yozilgan o'nlab ilmiy ishlardan ham ololmagan ma'lumotlarni bu romandan oladilar..."1
Alisher Navoiy siymosi adabiyotda birinchi marta yaratilayotgani yo'q. Qariyb olti asr mobaynida bu ulug' siymoning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan juda ko'p tarixchilarning, undan ham ko'proq shoirlarning asarlari mavjud. Zamondosh shoirlarning esdaliklarida uning salobatli obrazini ko'ramiz. Shuningdek, u haqda xalq orasida keng tarqalgan son-sanoqsiz afsonalar bor.
Oybekning 30-yillarning oxiri, 40-yillarning boshlarida Navoiy ijodiga bag'ishlab
1 Tixonov N. "Literaturnaya gazeta" 1946, 29 iyun.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yozilgan maqolalari orqali tarixiy ma'lumotlarni, shu bilan birga buyuk mutafakkir va shiorning ijodiy faoliyatini chuqur va mukammal o'rganganligining guvohi bo'lamiz. Izlanishlar natijasida "Navoiy" poemasi yaratildi. Shundan keyingina Oybek Alisher Navoiy to'g'risida roman yozishga kirishdi.
Poemada u Navoiy hayoti va faoliyatining muhim tomonlarini, uning xarakteri va buyuk siymosini, shuningdek, uning hayotda mavjud bo'lgan har qanday adolatsizlikka qarshi kurashini tasvirlaydi. Shoir xarakterining bu muhim tomonlari, keyinroq yozuvchining "Navoiy" romanida keng va har tomanlama aks ettirildi.
Ammo, Oybekning poemasi ham, romani ham bir mavzuga bag'ishlangan, bir masalani hal etishga qaratilgan, ya'ni Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatini tasvirlashga yo'naltirilgan bo'lsa ham, bu asarlar bir-birini takrorlamaydi. G'oyaning bir xilligi ham yozuvchining har ikkala asarning mustaqilligini saqlab qolishga putur yetkazmadi. Ular bir-biridan janr e'tibori bilan ham farq qiladi. Bu asarlar, avvalo, yozuvchining badiiy tasvir uslubi bilan ajralib turadilar.
Poemada asosiy syujet nuqtasini tashkil qiluvchi, bir tartibda rivojlanib boruvchi tarixiy voqealar tizmasi ko'zga tashlanmaydi. Asosiy syujet nuqtasining harakat yo'li faqat Navioy xarakterining taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ulkan shoirning xarakteri esa juda ham keng tasvirlanmaydi, balki ayrim, uning hayotiga tegishli bo'lgan alohida detal va epizodlar vositasi bilan ochiladi. Bular hammasi bir kichik poemaning imkoniyatiga bo'ysundiriladi ham. Oybek ijodida tarixiy o'tmish tasvirining salmoqli o'rin egallashi tasodifiy bir narsa emas. Bu, avvalo, o'zbek adabiyotining oldida turgan umumiy vazifalar va mamlakatimiz madaniyati va adabiyotini rivojlantirish taraqqiyoti talablari bilan bog'liq.
Tarixiy janrda ish ko'radigan yozuvchi, boshqa mavzularda asar yaratuvchi yozuvchi kabi o'zining shaxsiy tajribasi bilan bog'liq bo'lgan badiiy to'qimadan tarixiy haqiqat taqozo qiladigan darajada foydalansa ham, tarixiy faktlarga asosiy va muhim manba sifatida yondashadi. Binobarin, tarixiy asarlarda hal qiluvchi o'rinni tarixiy voqealar va hodisalar egallaydi va shu asosda tarixiy shaxs xarakteri tasvirlanadi. Tarixiy shaxs xarakterini yaratish uchun shu inson faoliyatining eng ahamiyatli xususiyatlarini tasvirlash ham nihoyatda zaruriy yo'nalish hisoblanadi. Zotan, bu yo'nalish badiiy adabiyot qonuniyatlaridan birini tashkil qiladi. Shu bilan birga, tarixiy asar qahramonini ham shu yo'sinda tasvirlash asar muallifining maqsadi va shu asarning g'oyasi o'rtasida zaruriy birlikni keltirib chiqaradi. Oybekning navbatdagi yirik asarining asosiy muammosi ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratish bo'ldi. Bunga shoirning hayotini o'z holicha tasvirlash bilangina erishib bo'lmas edi. Chunki buning uchun u yashagan davrning hamma yaxshi va yomon, qarama-qarshi tomonlarining badiiy kartinasini ham berish lozim edi.
Shu davr hayotidagi ijodiy vaziyatni faqat Alisher Navoiy xarakterini yaratish bilan yuzaga chiqarib bo'lmas edi. Romanda ham, xuddi hayotdagidek Alisher Navoiy yakka emas. Shuning uchun romanda hayotning ijobiy tomonini tasvirlashda shoir atrofini o'rab olgan katta va kichik boshqa shaxslar ham xizmat qiladi. Sultonmurod, Arslonqul, Dildor, Behzod, Xondamir, Jomiy va boshqalar shular jumlasidandir. Romanda ham xuddi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hayotdagidek Alisher Navoiy ular orasida shunday bir ulug' va katta daryo bo'lib ko'rinadiki, bu daryoga boshqalar go'yo har xil hajmdagi daryocha va irmoqchalar bo'lib quyiladi, buning natijasida esa mazkur daryo yana ham ulug'roq va salobatliroq bo'lib qoladi.
Alisher Navoiy siymosi talqinida Oybek asosiy e'tiborni uning ijtimoiy jamiyat qolipi ichida davrning ilg'or va yuksak orzu-tilaklari uchun olib borgan kurashi va uning shaxsini ko'rsatishga qaratdi, bu esa buyuk shoir va mutafakkir hayoti va faoliyatining asosini tashkil etadi. Buni to'g'ri va ishonarli tasvirlamay turib Alisher Navoiy xarakterining boshqa tomonlarini haqqoniy ochib berish amri mahol edi.
Modomiki shunday ekan, muallif o'z qahramonini ijodiy ishdami, mehnatkash xalq vakillari bilan munosabatda bo'lishadimi, yo vazirlik vazifasini o'tash vaqtlaridami, yo bo'lmasa podsho va uning yaqinlari - saroy ahllari bilan to'qnashishlari, harbiy yurishda qatnashishlaridami, xullas, qayerda ko'rsatmasin hammasida ham yoqoridagi nuqtai nazardan kelib chiqib ish ko'radi.Romanda Alisher Navoiy hayoti va faoliyatining qaynoq va yetilgan davri - asosan Husayn Boyqaro hukmronlik qilgan davr qamrab olingan. Demak, badiiy ijodiyot tajribasi, shu jumladan, Oybek tajribasi shuni ko'rsatadiki, san'atkor qahramon xarakterining shakllanish tarixini keng tasvirlamay, uning ma'lum bir vaqt ichidagi faoliyatini ko'rsatish orqali ham haqiqiy realistik asar yaratishi mumkin ekan. San'atkorning bu o'ziga xos xususiyatini to'g'ri sezib ololmaslik, bilmaslik kutilmagan xato va kamchiliklarning tug'ilishiga olib kelishi mumkin.
Kitobxon romanda Alisher Navoiy bilan uning tanilgan olim, ulug' faylasuf va mashhur shoir darajasiga ko'tarilgan vaqtida tanishadi. H. Yoqubov aytganidek, biz romanning bosh qismidayoq boshqa personajlarning so'zlari orqali Alisher Navoiyning "Nodir siymo", "Inson fikrining barcha sohalarida keng ma'lumot sohibi", "Tarix, falsafa, mantiqdan boshlab tirandozlikka - (o'q otish), musiqiyga qadar hech bir sohani qoldirmagan" inson ekanini bilib olamiz. Demak, Navoiy siymosi juda keng, har taraflamadir. Biroq san'at o'z qoidasiga bo'ysunadi. U xarekterlarning har tarafli ekanini nazarda tutadi-da, asosan uning bir tomoniga e'tibor beradi. Yozuvchi, avvalo, shoir timsolining va uning ilg'or fikrlari, yuksak orzu va tilaklarini gavdalantirib berishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ydi. Oybekning san'atkor sifatida xizmati ham shundaki, u Alisher Navoiyga xos bo'lgan ana shu xususiyatlarini xarakter mantig'idan kelib chiqib, o'quvchilarga yetkazib bera oldi. Bunga muallif Alisher Navoiyning buyuk faylasuf, keng tafakkur sohibi ekanini ko'rsatish orqaligina emas, balki uning davlat arbobi sifatidagi faoliyatini tasvirlash vositasi bilan ham erishdi.
Demak, Navoiy obrazini yaratishda, yozuvchi tarixiy shaxs Alisher Navoiyning qay xususiyatini tasvirlamasin, u doim ko'p qirrali shaxs sifatida namoyon bo'ladi. Chunki yozuvchi bular Alisher Navoiyning buyuk tarixiy shaxs sifatidagi rolini, mohiyatini belgilashda yetakchi omillardan biri ekanini juda yaxshi tushunar va his qilar edi. Hatto Oybek hali romanni yozishga tayyorgarlik ko'rayotgan vaqtdayoq, Alisher Navoiy hayotini o'rganayotib, masalaning bu tomoniga alohida e'tibor berdi. U o'zbek yozuvchilari va adabiyotshunoslari ichida birinchilardan bo'lib Alisher Navoiy ijodiga bag'ishlab yozgan maqollalarida masalaning shu tomoniga alohida e'tibor bergan edi. Oybek o'zining "Navoiy dunyoqarashi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
masalasiga doir" degan maqolasida quyidagilarni yozadi: "Navoiyning hayoti haqida yozgan bir ko'p avtorlar shoir siymosida samimiy mistikni, butun hayotini faqir va "fano" yo'liga bag'ishlagan darveshni ko'rishga tirishdilar. Bu asosga ega emas. U shoirning butun hayotiga, butun ma'naviy siymosiga va uning barcha ideallariga ziddir. Biz yaxshi bilamizki, Navoiy yuksak davlat mansablarini ishg'ol etgan, sultonning yaqin odamlaridan bo'lgan, hayotining oxirgi kunlariga qadar mamlakatning idora ishlarida faol qatnashgan. Navoiy o'z ideallari uchun kurashgan va o'zining siyosiy qarashlarini jon-dili bilan mudofaa etgan, mamlakatning ehtiyojlarini chuqur tushunganligi, keng xalq ommasi o'rtasida katta e'tibor va obro'ga ega bo'lganligi orqasida shoir feodalizmining ichki va tashqi qarama-qarshiliklari bilan inqirozga borayotgan davlat organizmining birligini saqlash uchun juda katta xizmatlar ko'rsatgan... Xalqning madaniy darajasini, uning moddiy va ma'naviy jihatlardan gullashini ko'rish - Navoiyning eng buyuk va asl ideali edi".
Bu so'zlardan, shuningdek, "Navoiy" romanidan ham ma'lumki, yozuvchi mazkur obrazni hayotda o'z davrining ilg'or g'oyalari, yuksak orzu va tilaklarining g'alabasini ta'min etish uchun kurashchi va ulug' shaxs sifatida talqin qilar ekan, u quyidagi yo'llardan boradi: birinchidan, Alisher Navoiyning yirik davlat arbobi sifatidagi siyosiy faoliyatini tasvirlaydi; ikkinchidan, Navoiyning, umuman, ijtimoiy faoliyatini ko'rsatadi va nihoyat, bulardan kam ahamiyatga ega bo'lmagan san'atkor, faylasuf, olim va shoir sifatidagi ichki kechinmalarining, mulohazalari, orzu-o'ylarining tahlilini beradi. To'g'ri, Alisher Navoiy xarakterini tasvirlashda bundan boshqa nuqtalar ham mavjud. Lekin yozuvchi ular to'g'risida ko'p to'xtab o'tirmaydi. Chunki, bunday nuqtalar Navoiy siymosini tasvirlashda yuqoridagilardek hal qiluvchi ahamiyatga ega emas edi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek. "Navoiy" (tarixiy roman). - Toshkent: Navro'z, 2019.
2. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek. Mukammal asarlar to'plami. 19 jildlik. 1-jild: She'rlar (1922-1935).: "Fan", 1975.
3. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek. Mukammal asarlar to'plami. 19 jildlik. 2-jild: She'rlar (1936-1968).: "Fan", 1975.
4. Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek. Mukammal asarlar to'plami. 19 jildlik. 3-jild: Dostonlar. T.: "Fan", 1976.
5. Tixonov N. "Literaturnaya gazeta" 1946, 29 iyun.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HBolibekov Alisher Abdusalomovich, dots., pedagogika fanlari nomzodi [Болибеков Алишер Абдусаломович, доцент, кандидат педагогических наук ], [Alisher A. Bolibekov, Associate Professor, Candidate of pedagogical sciences, (PhD) ]; manzil: O'zbekiston, Sirdaryo viloyati, Shahar: Guliston, Talabalar ko'chasi, 49 uy [адреа Узбекистан, Сырдарьинская область, Город: Гулистан, Студенческая улица, 49 дом], [address: Uzbekistan, Syrdarya Region, City: Gulistan, Student Street, 49 house]; E-mail: [email protected]