Научная статья на тему '«MAORIF VA O‘QITG‘UVCHI» JURNALIDAGI TARJIMA ASARLARDA ASLIYAT MANBANING SAQLANISH DARAJASI (1925-1929 YILLARDAGI SONLARI ASOSIDA)'

«MAORIF VA O‘QITG‘UVCHI» JURNALIDAGI TARJIMA ASARLARDA ASLIYAT MANBANING SAQLANISH DARAJASI (1925-1929 YILLARDAGI SONLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
167
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maorif va o‘qitg‘uvchi / tarjima asarlar / asliyat manba / utyos / shinel / ma’no. / Education and teacher / translated works / original source / utyos / coat / meaning.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Soatova, Gulzoda Nurmamat Qizi

Ushbu maqola “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnali haqidagi ma’lumotlar bilan boshlanadi. Jurnaldagi adabiyot materiallari berib boriladigan bo‘limlar borasida fikr yuritiladi. Jurnalning 1925-1926-yillarida qancha tarjima asarlari yoritilganligi, tarjima asarlar nashr etishda qaysi ijodkorlar faol bo‘lganligi keltiriladi. Ulug‘ vatan urushidan so‘ng yurtimizda tarjima asarlarining yoritilishi, o‘zbek asarlariga rus tarjimonlarining qiziqishi, o‘zbek tilidan rus tiliga qilingan tarjimalar, rus, hind, tatar, tojik tilidan rus tili orqali qilingan tarjima asarlari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, maqolada, asliyat manba bilan tarjima asarlari, bunda originallikning saqlanish darajasi, amal qilinadigan qoidalar o‘z aksini topadi. “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnalining 9-10-qo‘shma sonida berilgan Lermantovning G‘ozi Olim tomonidan tarjima qilingan “Утёс” she’ri va 1926-yil 1-,2-,3-sonlaridagi Gogolning Saidaxmad Siddiqiy tarjimasida berilgan “Shinel” hikoyasi keltirilib, asliyat manba va tarjima asar o‘rtasidagi farqlar, yutuq va kamchiliklar ko‘rsatiladi. Ushbu asarlarning asliyat manbada qanday berilganligi, asliyatdagi ma’no, adibning hissiyotlari, ko‘zlangan maqsad tarjimada qay darajada saqlanganlik darajasi muhokama etiladi. Jurnalda berilgan boshqa tarjima asarlari, ularning qahramonlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LEVEL OF PRESERVATION OF THE ORIGINAL SOURCE IN THE TRANSLATED WORKS IN THE "EDUCATIONAL AND TEACHING" MAGAZINE (BASED ON ISSUES FROM 1925-1929)

This article begins with information about “Education and teacher” magazine. There is an opinion about the departments in the magazine where literary materials are given. How many translated works were published in the magazine in 1925-1926, and which artists were active in publishing translated works. After the Great Patriotic War, information is given about the coverage of translated works in our country, the interest of Russian translators in Uzbek works, translations from Uzbek into Russian, works translated from Russian, Hindi, Tatar, Tajik through Russian. Also, in the article, translated works with the original source, the level of preservation of originality, the applicable rules are reflected. Lermantov’s poem “Utyos” translated by Ghozi Olim, published in the 9-10 joint issue of “Education and teacher” magazine, and Gogol’s translation by Saidakhmad Siddiqi in issues 1, 2, 3 of 1926. “Shinel” story is given, and the differences, achievements and shortcomings between the original source and the translated work are shown. How these works are presented in the original source, the original meaning, the feelings of the writer, and the extent to which the intended purpose has been preserved in the translation are discussed. Brief information about other translated works and their characters is given in the magazine.

Текст научной работы на тему ««MAORIF VA O‘QITG‘UVCHI» JURNALIDAGI TARJIMA ASARLARDA ASLIYAT MANBANING SAQLANISH DARAJASI (1925-1929 YILLARDAGI SONLARI ASOSIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

«MAORIF VA O'QITG'UVCHI» JURNALIDAGI TARJIMA ASARLARDA

ASLIYAT MANBANING SAQLANISH DARAJASI (1925-1929 YILLARDAGI SONLARI ASOSIDA)

Soatova Gulzoda Nurmamat qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

Ushbu maqola "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali haqidagi ma'lumotlar bilan boshlanadi. Jurnaldagi adabiyot materiallari berib boriladigan bo 'limlar borasida fikr yuritiladi. Jurnalning 1925-1926-yillarida qancha tarjima asarlari yoritilganligi, tarjima asarlar nashr etishda qaysi ijodkorlar faol bo 'lganligi keltiriladi. Ulug' vatan urushidan so'ng yurtimizda tarjima asarlarining yoritilishi, o'zbek asarlariga rus tarjimonlarining qiziqishi, o 'zbek tilidan rus tiliga qilingan tarjimalar, rus, hind, tatar, tojik tilidan rus tili orqali qilingan tarjima asarlari haqida ma 'lumotlar beriladi. Shuningdek, maqolada, asliyat manba bilan tarjima asarlari, bunda originallikning saqlanish darajasi, amal qilinadigan qoidalar o'z aksini topadi. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnalining 9-10-qo'shma sonida berilgan Lermantovning G'ozi Olim tomonidan tarjima qilingan "Утёс" she'ri va 1926-yil 1-,2-,3-sonlaridagi Gogolning Saidaxmad Siddiqiy tarjimasida berilgan "Shinel" hikoyasi keltirilib, asliyat manba va tarjima asar o'rtasidagi farqlar, yutuq va kamchiliklar ko'rsatiladi. Ushbu asarlarning asliyat manbada qanday berilganligi, asliyatdagi ma'no, adibning hissiyotlari, ko'zlangan maqsad tarjimada qay darajada saqlanganlik darajasi muhokama etiladi. Jurnalda berilgan boshqa tarjima asarlari, ularning qahramonlari haqida qisqacha ma 'lumot berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Maorif va o'qitg'uvchi, tarjima asarlar, asliyat manba, utyos, shinel, ma'no.

This article begins with information about "Education and teacher" magazine. There is an opinion about the departments in the magazine where literary materials are given. How many translated works were published in the magazine in 1925-1926, and which artists were active in publishing translated works. After the Great Patriotic War, information is given about the coverage of translated works in our

soatovagulzodaOO 1 @gmail.com

Tel: +99897 749 69 84 UO'K: 821.512.133.09:070 821.512.133-92

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

country, the interest of Russian translators in Uzbek works, translations from Uzbek into Russian, works translated from Russian, Hindi, Tatar, Tajik through Russian. Also, in the article, translated works with the original source, the level of preservation of originality, the applicable rules are reflected. Lermantov's poem "Utyos" translated by Ghozi Olim, published in the 9-10 joint issue of "Education and teacher" magazine, and Gogol's translation by SaidakhmadSiddiqi in issues 1, 2, 3 of 1926. "Shinel" story is given, and the differences, achievements and shortcomings between the original source and the translated work are shown. How these works are presented in the original source, the original meaning, the feelings of the writer, and the extent to which the intended purpose has been preserved in the translation are discussed. Brief information about other translated works and their characters is given in the magazine.

Keywords: Education and teacher, translated works, original source, utyos, coat, meaning.

KIRISH

"Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali 1918-1919- yillarda faoliyat olib borgan "Maorif' jurnalining mantiqiy davomidir.1 Ushbu jurnal oyda bir marta chiqqan siyosiy, ta'lim-tarbiyaviy, adabiy, ilmiy, fanniy jurnal deb aytilsada, ammo unda adabiy materiallar asosiy o'rinni egallaydi. Jurnal bo'limlaridan "Adabiyot", "G'arb adabiyoti", "Adabiy taftishlar", "Bolalar adabiyoti" ruknlari to'lig'icha adabiyot materiallarini yoritsa, "Tanqid va kitobiyot", "Tarjimayi hol" ruknlarida esa qisman adabiy maqolalar berib borilgan. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnalida qaynoq she'rlar, turli mavzulardagi hikoyalar, tanqidiy maqolalar hamda "G'arb adabiyoti", "Adabiyot" ruknlarida esa tarjima asarlar ham muntazam berib borilgan. Qardosh xalqlar va chet el adabiyotidan namunalar keltirilgan. Jurnalda berilgan tarjima asarlari o'z davrida faqat O'zbekistondagi muhit haqida emas, balki rus, hind, xitoy, qozoq, qirg'iz, tatar kabi millatlarning adabiy, siyosiy, iqtisodiy ahvoli haqida so'zlaydi.

Statistik ma'lumotlarga keladigan bo'lsak, "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnalida 1925-1929- yillarda nashr etilgan tarjima asarlari Mahmud Suboy, Ziyo Usmoniy, Y.Omon, Bayish, Qaysar Hikmat, Oston, Amala Xonim Hayosiy, Uchqun, Jo'raboev, Cho'lpon, Siddiqiy kabi ijodkorlar tarjimasida jami 27 tani tashkil etadi.

1 Professor Naim Karimov bilan olib borilgan suhbatdan

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Ulug' vatan urushidan keyingi davr tarjimachiligi rivojida o'zbek tilidan rus tiliga qilingan tarjimalarning o'rni katta bo'ldi. Navoiy asarlarining Penkovskiy, S.Ivanov, V. Derjavinlar tomonidan rus tiliga tarjima qilinganligi bunga misoldir. Shundan keyin tarjima san'atining saviyasi va sifatiga e'tiborli bo'lish ehtiyoji tug'ildi. Bu esa "Tarjimashunoslik fani" dek yangi bir sohaning vujudga kelishi va rivojlanishiga sabab bo'ldi. Aslida, O'zbekistonda tarjima san'ati 30- yillardan boshlangan. Shu yillarda o'zbek tilida nashr bo'lgan "Maorif va o'qitg'uvchi", "Yer yuzi", "Sharq yulduzi" jurnallari va ayrim gazetalarda tarjima asarlarning rivojiga bag'ishlangan taqrizlar, dadil tanqidiy fikrlar berilgan maqolalar chop etildi. Tarjima asarlarining aksariyati rus tilidan tarjima qilingan. Buni Cho'lpon "Suba" asari tarjimasida ham ta'kidlaydi.

Jurnalda berilgan tarjima asarlarida asliyat manbaning saqlanish darajasiga to'xtaladigan bo'lsak, avvalo, asliyat manba, matn va uning xususiyatlari haqida chuqurroq tushunchaga ega bo'lishimiz lozim. Asliyat manba bu - tarjima qilinajak asarning matnidir.

"Matn deganda, muallif ijodi mahsuli bo'lgan fikr va g'oyaning yozuvdagi in'ikosi (tekst) tushuniladi...Matnshunoslik matn tarixi ustida ish olib borishi bilan birga matnning implitsit va eksplitsit ma'nolari tahlili va muallif talqini asoslarini, lingvistik va stilistik unsurlarini kompleks o'rganadi"2. Shunday ekan tarjima asarlar ham matndir. U tarjima qilish jarayonida qanday o'zgarishlarga uchragan? Asarning asl mohiyati saqlanganmi yoki yo'q? Agar o'zgarishga uchragan bo'lsa qaysi tomonlama? Ushbu savollarga ish davomida javob berishga harakat qilamiz.

"Matnshunoslik tarixiy va ilmiy manbashunoslik predmeti va vazifalarini ham o'z vazifasi deb bilgan holda, tarjima matn bo'ladigan bo'lsa, uning ekvivalentlik darajasini tekshirish, matnning yaratilish davridan bugungacha qo'lyozmadan qo'lyozmaga ko'chib o'tish jarayonida lingvistik o'zgarishlarga uchrash, matn variantlarining paydo bo'lish sabablarini aniqlash va muallif variantini saqlab qolmagan taqdirda, asarning dastlabki ko'rinishiga yaqin matnni tuzishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi3"

NATIJALAR

Tarjima ustozlar ta'biri bilan aytganda millatlararo ko'prikdir. Usiz butun dunyo har bir soha taraqqiyotini tasavvur etib bo'lmaydi. Sohaning murakkabligi va

2 Sirojiddinov S. Matnshunoslik saboqlari. - Toshkent: Navoiy universiteti, 2019. - B.9-10.

3 Qarang: shu manba 14-bet

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

muammolari o'zi kabi qadimiy va muttasil izlanishni talab qiladi. Bu borada esa faqat o'zimizning tarjimonlarimiz emas, balki boshqa davlatlar tarjimonlari ijodi bilan tanishish foydadan holi emas. Jurnalda xorijiy adabiyot namunalarini ona tilimizga tarjima qilishda Mahmud Suboy, Cho'lpon, Erkin, H.Nuri kabi ijodkorlar adabiyot maydonida faol bo'lishgan. Ayniqsa, Cho'lpon tarjimasida R.Thokurning "Suba"4 hikoyasi, Erkin tomonidan tarjima qilingan Lermontovning "Munozara"5 she'ri, M.Suboy tarjimasidagi "Istipan Razin"6 hikoyasi va Z.Usmoniy tarjimasida Xitoy turmushidan olingan "Xun-chi-fu"7 hikoyalari qahramonlari o'zlarining metin irodasi, dunyoqarashi va murakkab davr sinovlaridan sabr ila o'tishi bilan o'quvchilarni befarq qoldirmagan. "Zero, xorijiy tilni bilib, bu tildagi noyob, klassik asarlarni tushunib o'qishning o'zi kishiga zavq beradi, uni o'z ona tiliga o'girish esa bu zavqni boshqalar bilan baham ko'rish demakdir"8.

MUHOKAMA

"Maorif va o'qitg'uvchi" jurnalida 1925-yil9da chop etilgan Lermontovning "Lermontovdan" sarlavhali "Qizil Arslon" (G'ozi Olim Yunusov) tarjimasidagi sakkizligi ham mazkur jurnaldagi tarjima asarlar ichida alohida ahamiyatga ega. Lermontov lirikasidagi bu kichik she'r namunasi o'zbek tiliga qanday tarjima qilinganini to'la tasavvur qilish uchun asl nusxani ham, tarjimani ham butunicha keltiramiz. УТЁС

Ночевала тучка золотая На груди утеса - великана; Утром в путь она умчалась рано, По лазури весело играя; Но остался влажный след в морщине Старого утеса. Одиноко Он стоит, задумался глубоко, И тихонько плечат он в пустыне10.

4 Thokur R. Suba. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Toshkent, 1925. - № 9-10. - B. 79-86.Tarjimon Cho'lpon.

5 Lermantov. Munozara. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Toshkent,1925. - № 11-12. - B. 85-89. Tarjimon Erkin

6 Gogol. Stipan Razin. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand, 1926. - № 5. - B. 29-30. Tarjimon Suboy.

7 Imzosiz. Xun-chi-fu. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand, 1927. - № 3-4. - B. 25-28. Tarjimon Ziyo Usmoniy.

8Otaboeva M.Tarjimada muallif uslubini saqlash muammolari.// O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2022. -№ 1. -B. 96 .

9 12. Lermantov. Lermantovdan. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Toshkent, 1925. - № 9-10. - B. 72.

10 Лермонтов М.Ю. Поэзия. - Ленинград: Детская литература.1981,78с.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bir oq bulut tunadi, Ulug' yeming qo'ynida. Erta turib jo'nadi, O'ynab tongning nurinda. Biroq namli iz qoldi, Burushqon yer yuzinda. Yolg'iz yer o'yg'a toldi, Yosh ko'rindi ko'zinda.

"Утёс" ("Qoya") she'ri Mixail Yureyevich Lermontov tomonidan 1841-yilda, fojiali o'limidan bir necha muddat avval yozilgan bo'lib, u butunlay romantik ruh bilan sug'orilgandir. Muallif jonli tabiatni insonga xos bo'lmish yuksak tuyg'ular bilan boyitgan. She'r qisqagina ikki to'rtlikdan iborat bo'lib, unda janub tabiatiga xos tasvir keltiriladi. Ikki asosiy qahramon - qoya va bulut. Bulut obrazi doimo she'riyat va mifologiyada samoviy, inson tushunishga ojiz bo'lgan ilohiy bir timsol sifatida keltirilgan. Qoya obrazi bo'lsa bu she'rda odatiy, dunyoviy bir timsol bo'lib, u oddiy va sodda bir kundalik hayotning qo'l bilan ushlab ko'rish mumkin bo'lgan jismdir. Shunday qilib, Lermontov ushbu she'rida ilohiy va odatiy ikki timsolni bir biri bilan yuzlashtiradi. Shoir fikricha, ilohiy, ma'naviy tuyg'ular hech bir jism bilan uzviy bog'liqlikka qaram emas, ammo material jismlar, kundalik hayot ma'naviyatsiz, ilohiy tuyg'ularsiz ma'nosiz va bo'shdir. Xuddi tana va ruh kabi: ruh tanani tark etishi bilan tana bir bo'shliqqa aylanadi, ruh esa parvozda davom etadi.

Endi esa she'rning asli va o'zbek tilidagi mazkur tarjimasini qiyoslab ko'ramiz va so'zlarning ma'nosi va syujetdagi ma'no haqida to'xtalib o'tamiz. Ночевала тучка золотая На груди утёса великана...

misralarini tarjimonimiz o'zbek tiliga quyidagicha o'giradi: Bir oq bulut tunadi Ulug ' yerning qo 'ynida...

Lermontov «тучка золотая» iborasida erkalash suffiksini ishlatadi: туча emas, тучка; «золотая» so'zini esa asl ma'noda "tillo, oltin", ya'ni qadrli, qimmatli. Yana bir narsaga e'tibor bersak, bulut so'zi ruschada тучка, ya'ni jenskiy rod shaklida kelgan. Lermontov bu ikki personajni ta'riflashda ikki jinsga taaluqli bo'lgan metaforadan foydalanadi: тучка золотая - yarqiroq, qadrli, yoqimli bulutxon; утёс великан - baxaybat, ulkan, mustahkam qoya. O'zbek tilidagi tarjima avtori esa bulutni odatiy bir oq bulut ko'rinishida beradi. Qoya o'zbek tilidagi variantda yer shaklida keltirilib, unga ulug' sifati berildi.

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J). SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Утром в путь она умчалась рано Erta turib jo 'nadi

По лазури весело играя... O 'ynab tongning nurinda...

«Умчалась... весело играя» iboralari engillikni, ayollar tabiatiga xos bo'lgan havoyilikni, erkinlikka intilishni anglatsa, o'zbek tilidagi "jo'nadi" fe'li bu qochirimlardan ancha yiroq. Tarjimonimiz rus tilidagi «лазурь» so'zini "tong" deb tarjima qilmoqda, vaholangki «лазурь» so'zi musaffo osmon, samo ma'nosida keltiriladi.

Но остался влажный след в морщине Biroq namli iz qoldi,

Старого утёса. Одиноко Burushqoq yer yuzinda.

Он стоит, задумался глубоко, Yolg 'iz yer o 'yga toldi,

И тихонько плачет он в пустыне. Yosh ko 'rindi ko 'zida

Oxirgi to'rtlikka nazar solsak, bu erda faqat bir qahramon - qoya aks etgan. Lermontov birinchi to'rtlikda qoya timsolida kuchli, norg'ul, baquvvat, yonidagi ayoli uchun har narsaga qodir kuchli bir erkakni tasvirlagan bo'lsa, ikkinchi to'rtlikdagi qoya - bu yolg'izlikdan g'amga botgan, bag'ridagi ayolidan qolgan taftni asrab, sokin ko'z yosh to'kayotgan bir qariyaga aylangan. Tarjimonimiz «Старый утёс» so'z birikmasini "burushqoq yer" so'z birikmasi shaklida bergan.

Ushbu sakkizlik haqida A. Umarov shunday deydi: "She'r tarjimasi originalidan farq qiladigan tomonlari ham bor. Bu narsa, asosan, "Утес" ("Qoya"ni) "Yer" deb o'zbekchalashtirishdan kelib chiqqan. Natijada, M.Yu.Lermontov «Утес - великан» va «тучка золотая» orqali erkak va ayolning majoziy obrazini yaratgan bo'lsa, tarjimon ularni "ulug' yer" va "oq bulut" deb ag'darganligi tufayli originaldagi erkak va ayolning visol va hijroni tarjimada ona-bolaning uchrashuv va ayrilig'ig'a o'xshab qolgan. Lekin originalning ham, tarjimaning ham leytmotivi bitta - insonning bir-biriga vafodorligi masalasini tasvirlash»11.

Keyingi hikoya Sayidahmad Siddiq (Ajziy) tarjimasidagi Gogolning «Shinel» hikoyasidir. "O'zbek ma'rifatparvar shoiri va yozuvchisi Sayidahmad Siddiq (Ajziy) Gogolning "Shinel" hikoyasini o'zbek tiliga birinchi marta revolyutsiyadan burunoq tarjima qilgan edi. Bu Siddiqiy tomonidan qilingan Gogol asarlarining dastlabki to'liq tarjimasi edi. Lekin Sayidahmad Siddiqiy tomonidan qilingan bu tarjima chor senzurasining qat'iyan man qilganligi natijasida oktabr inqilobigacha chop etilmay, u faqat Turkistonda sovet hokimiyati o'rnatilgandan keyingina jiddiy ishlanib, ilk bor 1926-yili "Maorif va o'qitg'uvchi"12 jurnalida nashr etildi.

11 Umarov А. 20-yillarda rus adabiyotidan qilingan tarjimalarga doir. Tarjima san'ati. Maqolalar to'plami. - Toshkent : G'ofur G'ulom,1973. - B. 195.

12 .Gogol. Shinel. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand, 1926. - № 1. - B.35-41. Tarjimon Ajziy. Gogol. Shinel. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand,1926. - № 2. - B.50-53. Tarjimon Ajziy.

670

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Buyuk rus yozuvchisi, tanqidiy realizm yo'nalishi asoschisi bo'lmish Nikolay Vasilevich Gogol qalamiga mansub "Shinel" qissasi 1839-yil yozib bo'lingan va 1842-yilda chop etilgan «Peterburgskie povesti» ("Peterburg qissalari") to'plamiga kirgan. 1902- yilda esa "Shinel"13 alohida kitob holida nashr etilgan. Qissaning asosiy mavzusi "mayda inson" mavzusi bo'lib, bundan keyin rus adabiyotida bu mavzu asosiy mavzulardan bo'lib qoldi. Buyuk rus yozuvchisi Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy bir fransuz jurnaliga bergan intervyusida "Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz"14, deb ta'kidlagan edi. Xo'sh, bu qissaning o'ziga xosligi va boshqalaridan farqi nimada? "Mayda inson" degani nima?

Ushbu qissaning yozilishiga turtki bo'lgan narsa - bu kichikkina latifa bo'lib, undagi asosiy qahramon kambag'al bir chinovnik uzoq vaqt davomida o'zini barcha narsadan tiyib, iqtisod qilib orzuyidagi miltiqni xarid qiladi. Uzoq kutilgan miltiqni olib ovga borgan chinovnik qayiqda ketayotib bexosdan miltiqni suvga tushirib yuboradi. Bunday g'amga chiday olmagan chinovnik uyiga kelib, kasal bo'lib yotib qoladi. Unga rahmi kelgan o'rtoqlari unga yangi miltiq sovg'a qiladilar. Ushbu latifani eshitgan Gogol yangi asar ustida ish boshlashga jazm etadi15.

Saidahmad Siddiqiy tarjimasidagi "Shinel" qissasining ba'zi o'ziga xos tomonlariga ahamiyat berib chiqamiz. Uzoq vaqt mobaynida Rossiyada yashagan, tarjimon bo'lib faoliyat yuritgan va rus tilini mukammal bilgan Saidahmad Siddiqiy rus ma'muriy tizimiga oid atamalar, rutbalar nomlanishi va turmush tarzi bilan bog'liq atamalarni juda katta aniqlik va ustalik bilan ishlatadi.

"...Bir departament mahkamasida bir chinovnik (mulki rutbalik) bir kishi xizmat qilur edi. Chinovnik rutbasi ancha ulug' va e'tiborlik degudek mansab emas. Shul chinovnik kishi pakana bo 'ylik, yuzi cho 'tir, malla, ko 'zga ko 'rinishda so 'qirmonand, chekkalariga burma-burma xatlar surtilgan bir tusda kasalga o 'xshash edi. Rutbasi esa umri mustasharliq(ee4HM титулярний советник) edi...".

Parchadan yaqqol ko'rinib turibdiki, Saidahmad Siddiqiy o'z tarjima asarlarida XX asr boshi davridagi o'zbek adabiyotiga, uning yorqin namoyondalari bo'lmish Abdulla Qodiriy, Avloniy, Fitrat, Cho'lpon kabi buyuk yozuvchi va shoirlarimiz kabi sodda, ravon, oddiy halqqa tushunarli bo'lgan so'z va iboralardan foydalanadi ( izzat-

Gogol. Shinel. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand,1926. - № 3. - B.22-23. Tarjimon Ajziy.

13 Гогол. Шинель. - Петербург: Народная польза, 1902. - Б.1-36.

14 Гоголь.Н.В. «Шинель»:сюжет и краткое содержание по частям повести. //Сезоны года .журнал - Петербург: История создания, https://сезоны-годa.рф.

15 Гоголь.Н.В. «Шинель»:сюжет и краткое содержание по частям повести. //Сезоны года .журнал - Петербург: История создания, https://сезоны-годa.рф.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ehtirom, chibin dahlizdan uchib ketgandek, bir kalima so 'z aytmas, uning tumshug 'iga tashlab ketar, masxaralash, o 'z holimga qo 'ying...).

Ammo bu parchada ham bir noaniqlik borki, unga e'tibor bermaslikning iloji yo'q. Ushbu parchada keltirilgan: «... про его хозяйку, семидесятилетнюю старуху, говорили, что она бьёт его, спрашивали, когда будет их свадьба,» gaplarga nazar solsak, muxtaram tarjimonimiz bu erda juz'iy bir xatoga yo'l qo'yganlar. «O'z oldida uning tarjimai holidan va 70 yashar xotinidan hikoyalar boshlar va unga: "Sizni xotiningiz urar ekan", "Siz qachon to'y bo'lasiz?" deb boshidan qog'oz parchalarini sochib.... «Его хозяйка, семидесятилетняя старуха» degani, Akakiy Akakiyevich ijara turgan uyning bekasi, 70 yoshli kampir haqida gap borgan. Tarjimonimiz хозяйка - beka so'zini xotin so'zi bilan almashtirib yuborganlar.

Diqqatimizni tortadigan yana bir parchada bosh qahramonimizning gapirish uslubining o'ziga xosligi keltiriladi. Gogolning mahoratini qarangki, o'zini "mayda odam" deb hisoblovchi bosh qahramonimiz, mayda chinovnik bo'lgan Akakiy Akakiyevichning gap-so'zlari ham o'ziga o'xshash mayda, yarim-yorti, kalta va tushunarsiz jumlalardan tashkil topgan:

«... А я вот к тебе, Петрович, того...Нужно знать, что Акакий Акакиевич изъяснялся большею частью предлогами, наречиями и, наконец, такими частицами, которые решительно не имеют никакого значения. Если же дело было очень затруднительно, то он даже имел обыкновение совсем не оканчивать фразы, так что весьма часто, начавши речь словами: «Это, право, совершенно того...» — а потом уже и ничего не было, и сам он позабывал, думая, что все уже выговорил...»

Saidaxmad Siddiqiy bu parchani juda mohirona tarjima qiladi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"Akokiy Petrovichga yuzlangach:-"Ana, men, senga, Petrovich, mana bo'l"deb so'zga boshladi. Shunisini ham bilmak kerakki, Akokiy Akokievich so'zlaganda jumlalarni cho 'zib, zamir odatlarni ko 'p ishlatar edi. Faqat uzun so 'zning kichkina bir mazmuniga xizmat qilg'oni, gapirib bo'lg'ondan keyin sizlar edi. So'zlab turg'on ishining ahamiyati ko'proq bo'lsa, ul gapini yana ko'prak cho'zar edi:" To'g'risi, ushbu ish haqiqattan falon.." deb, so'zimni aytib bo'ldimmi deb o'z-o'ziga o'ylab ham qolar edi."

Asarning asosiy mavzusi bo'lgan "mayda odam" mavzusini yanada yoritib bergan parcha - bu qissaning kulminatsion nuqtalaridan biri, ya'ni Akakiy Akakiyevichning joni uzilishi sahnasi va avtorning shu ondagi lirik chekinish tarzidagi hislari bayonidir:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

«...ИПетербург остался без Акакия Акакиевича, как будто бы в нем его и никогда не было. Исчезло и скрылось существо, никем не защищённое, никому не дорогое, ни для кого не интересное, даже не обратившее на себя внимания и естество-наблюдателя, не пропускающего посадить на булавку обыкновенную муху и рассмотреть её в микроскоп; существо, переносившее покорно канцелярские насмешки и без всякого чрезвычайного дела сошедшее в могилу, но для которого все же таки, хотя перед самым концом жизни, мелькнул светлый гость в виде шинели, ожививший на миг бедную жизнь, и на которое так же потом нестерпимо обрушилось несчастие, как обрушивалось на царей и повелителей мира...».

Parcha tarjimon tomonidan erkin tarzda, ammo asarning ruhiyati va kayfiyatini to'laligicha saqlagan holda bayon etilgan. Ammo tarjimonimiz bu o'rinda ozgina noaniqlikka yo'l qo'yganlar: Peterburg Akakiy Akakievichsiz qoldi deyish o'rniga, Petrovich so'zi ishlatilgan. «.. Исчезло и скрылось существо, никем не защищённое, никому не дорогое, ни для кого не интересное, даже не обратившее на себя внимания и естество-наблюдателя, не пропускающего посадить на булавку обыкновенную муху и рассмотреть её в микроскоп; существо, переносившее покорно канцелярские насмешки и без всякого чрезвычайного дела сошедшее в могилу...» parchasi esa umuman e'tiborsiz qoldirilib tashlab ketilgan. Uning o'rniga qisqa qilib "...Tabiat mufattishlari bir qancha mulohaza bilan qarab yurg'onlari holda, bu bechorani bir chibin darajasida ham ko'rmadilar..." deb qo'yilgan xolos. Asarda har bir so'z va har bir iboraning avtor uchun ahamiyati beqiyos. Ayniqsa, buyuk asarlar tarjimasi jarayonida bunga katta e'tibor bilan yondoshish zarur, deb o'ylayman. Har bir asarni bir konstruksiya deb qabul qilsak, ushbu konstruksiyani bir joydan boshqa erga siljitish jarayonida bizning nazdimizda ahamiyatsizdek tuyulgan biror bir detalni olib tashlashimiz keyinchalik ushbu konstruksiya o'z vazifasini bajara olmasligiga yoki umuman ishlay olmasligiga olib kelishi mumkin.

"...Akokiy Akokiyevichni tuproqqa topshirdilar. Petrovich Akokiysiz qoldi. Bu o 'lim unda hech bir zamon bunday bir kimsa dunyoga kelmagan va o 'tmagandek ko 'rindi. Hech bir kishi unga aching 'on ko 'rinmadi. Hech taasufg 'a og 'iz ochmadi. Tabiat mufattishlari bir qancha mulohaza bilan qarab yurg'onlari holda, bu bechorani bir chibin darajasida ham ko 'rmadilar. Ammo umri tamom bo 'lish oldida oz bir zamon shinel siratida tajassum etib kelgan mehmon toqatdan tashqari qattiq bir hol va hodisaga uchrab,dunyoning boshig'a urulg'ondek barbod vapobud bo 'lib ketdi, unutildi..."

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuni aytishimiz kerakki, bu buyuk ijodkor, shoir, insonparvarlikni madh etgan ajdodimiz, o'zining buyuk zamondoshlari bo'lmish Fitrat, Cho'lpon, Oybek kabi shaxslar bilan bir safda turib,o'zining o'tkir zehni, zukkoligi, keng dunyoqarashi va matonati bilan o'zbek adabiyotiga, ayniqsa, o'zbek tarjimonlik maktabining yaratilishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo'shdi.

20-30- yillardagi jurnallarda nashr etilgan tarjima asarlar orqali nafaqat boshqa xalqlar adabiyoti, san'ati o'rganildi, balki ularning yashash tarzi, tarixi, iqtisodi, maishiy hayoti ham o'rganildi. Millatlararo hamdo'stlik rivojlandi. Bunda, albatta, «Maorif va o'qitg'uvchi» jurnalining ham o'rni beqiyosdir. 20-30-yillar o'zbek adabiyoti taraqqiyotida asosiy o'rin tutuvchi rus, ingliz, xitoy, turk, ozarbayjon, tatar va tojik tillaridan tarjima qilingan asarlar, maqolalar aynan shu jurnalning "G'arb adabiyoti", "Adabiyot" ruknlari ostida nashr etib borildi. Yuqorida nomlari berilgan va tahlilga tortilgan tarjima asarlarining aksariyati rus tilidan qilingan tarjimalardir. Umuman olganda, ushbu jurnal XX asr boshlaridagi o'zbek davriy matbuoti, tarixi, adabiyoti, maorif va madaniyati bo'yicha muhim manbalaridan biridir. 20 yillarda rus klassik va revolyutsion adabiyotidan qilingan tarjimalar o'sha davr o'zbek adabiy hayotida muhim voqealar bo'ldi va ikki muhim vazifani bajardi.

1. O'zbek kitobxonlarining rus adabiyotiga bo'lgan mehrini orttirdi.

2. Yosh ijodkorlarga esa tajriba maktabini o'tadi.

REFERENCES Kitoblar

1. Professor Naim Karimov bilan olib borilgan suhbatdan

2. Sirojiddinov S. Matnshunoslik saboqlari. - Toshkent: Navoiy universiteti, 2019. -

3. Лермонтов М.Ю. Поэзия. - Ленинград: Детская литература.1981,78с. .

4. Umarov А. 20-yillarda rus adabiyotidan qilingan tarjimalarga doir.Tarjima san'ati. Маqolalar to'plami. - Toshkent : G'ofur G'ulom,1973. - B. 195.

5. Otaboeva M.Tarjimada muallif uslubini saqlash muammolari.// O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2022. -№ 1. -B. 96 .

6. Гогол. Шинель. - Петербург: Народная польза, 1902. - Б.1-36.

7. Thokur R. Suba. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Toshkent, 1925. - № 9-10. - B. 79-86.Tarjimon Cho'lpon.

XULOSA

B.9-10.

Jurnallar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Lermantov. Munozara. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Toshkent,1925. - № 11-12. - B. 85-89. Tarjimon Erkin

9. Gogol. Stipan Razin. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand, 1926. - № 5. - B. 29-30. Tarjimon Suboy

10. Imzosiz. Xun-chi-fu. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand, 1927. - № 3-4. - B. 25-28. Tarjimon Ziyo Usmoniy.

11. Lermantov. Lermantovdan. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Toshkent, 1925. - № 9-10. - B. 72.

12. Gogol. Shinel. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand, 1926. - № 1. -B.35-41. Tarjimon Ajziy.

13. Gogol. Shinel. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand,1926. - № 2. -B.50-53. Tarjimon Ajziy.

14. Gogol. Shinel. "Maorif va o'qitg'uvchi" jurnali. - Samarqand,1926. - № 3. -B.22-23. Tarjimon Ajziy.

15. Гогол.Н.В. «Шинел»:сюжет и краткое содержание по частям повести. //Сезоны года .журнал - Петербург: История создания, х,ттпс://сезоны-года.рф.

Vebsayt

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.