Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
“GULSHANI DILAFGOR” TO‘PLAMIDAGI SHE’RLAR TASNIFI
Sobir Mansurov
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada “Gulshani Dilafgor” to ‘plamidagi ba ’zi she’rlar tasnif qilindi. Shoir she’rlarining aksariyati Furqat, Muqimiy, Hamza, Xislat, Kamiy kabi shoirlarning millatparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan lirik asarlari bilan hamohang. Shoirning “Gulshani Dilafgor” toplamidagi lirik she’rlar tasnifi shundan dalolat beradiki, Dilafgor o‘zbek mumtoz she’riyatida shoirlarga yo ‘ldosh bo ‘lib kelgan mavzularni chetlab o ‘ta olmagan. U ham o ‘zidan oldin qalam tebratgan salaflar an’analarini davom ettirishda o‘z davrining ilg‘or g‘oyalariga tayangan.
Kalit so‘zlar: Gulshani Dilafgor, g‘azal, devon, na’t, she’r, adabiyotshunoslik, manbashunoslik, matnshunoslik, tasnif, to ‘plam, lirik asarlar.
АННОТАЦИЯ
В этой статье перечислены некоторые стихотворения из сборника Гульшани Дилафгор. Многие стихотворения поэта гармонируют с лирическими произведениями таких поэтов, как Фуркат, Мукими, Хамза, Хислат, Ками, проникнутыми националистическими и просветительскими идеями. Классификация лирических стихов в сборнике поэта «Гульшани Дилафгор» показывает, что Дилафгор не мог избежать тем, которые сопровождали поэтов в узбекской классической поэзии. Он также опирался на прогрессивные идеи своего времени, чтобы продолжить традиции своих предшественников.
Ключевые слова: Гульшани Дилафгор, газель, девон, нат, стихотворение, литературоведение, источниковедение, текстология, классификация, сборник, лирические произведения.
ABSTRACT
This article categorizes some of the poems in the Gulshani Dilafgor collection. Many of the poet's poems are in harmony with the lyrical works of poets such as Furqat, Muqimi, Hamza, Khislat, Kami, imbued with the ideas of nationalism and enlightenment. The classification of lyrical poems in the collection of the poet "Gulshani Dilafgor" shows that Dilafgor could not avoid the themes that accompanied the poets in Uzbek classical poetry. He also relied on the progressive ideas of his time to continue the traditions of his predecessors.
560
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Keywords: Gulshani Dilafgor, ghazal, devon, nat, poem, literary criticism, source studies, textual studies, classification, collection, lyrical works.
KIRISH
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yashab ijod qilgan ma’rifatparvar ijodkorlar adabiy merosi dunyoning ko‘plab kutubxonalarida saqlanadi. O‘zbekiston davlat adabiyot va folklor muzeyi qo‘lyozmalar fondi ham xuddi shunday muqaddas dargohlardan biridir. Muzey fondida o‘rta asrlar bilan bir qatorda XIX - XX asrlarda yaratilgan ilm - fan va adabiyotning turli sohalariga oid ko‘pgina manbalar uchraydi.
Ishi o‘tmish bilan bog‘liq har qanday tadqiqotchi bu yerda hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni uchratib qolishi tabiiy va odatiy holdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bizning “Gulshani Dilafgor” asariga duch kelishimiz xuddi shunday “odatiy” hollardan biri bo‘lgandi. “Dilafgor she’rlari “Gulshani Dilafgor” nomi bilan ilk bor kitob shaklida 1914 yili Toshkentda Yakovlev, keyin 1916 yilda G‘ulomiya matbaasida chop etilgan Ikkala nashr bir-birini takrorlaydi. Gulshani Dilafgor” kitobida shoirning g‘azal, murabba’, muxammas, musaddas, qasida, masnaviy, qit’a va chiston janridagi she’rlari kirgan. She’rlar devon talabiga ko‘ra joylashtirilmagan. Bunday holni kitob so‘ngida muallif quyidagicha izohlagan: “Muhtaram
mushtariylarimizg‘a ma’lum bo‘lsunkim, ushbu she’ri ojizonam o‘lan “Gulshani Dilafgor”ning agarchi bebahra bo‘lsa ham ahboblarimiz nazarig‘a jilvagar qilduk. Insho olloh, ikkinchi tab’ining bahrlik qilib, ya’ni harf-hijo tartibi birla va “Devoni Dilafgor” ismi ila chof qilsamiz kerak”,-deya umid bildiradi1 .Mazkur to‘plam devonga xos adabiy talablar va qonun qoidalarga javob beradimi?
Devon qanday bo‘lishi kerak? Bizga ma’lum bo‘lgan manba va ilmiy adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, devon ko‘p hollarda debocha (kirish qismi) bilan boshlanadi. Unda muallif ushbu she’riy to‘plam yozilish sabablari, nomlanishi,uning yozilishida ma’naviy yo moddiy quvvatlab turuvchilar(albatta agar ular bo‘lsa) haqida axborot beradi. “Gulshani dilafgor”da ham nasriy yo sa’jda yozilgan debocha yo‘q. Toshbosma:
Zihi shohi arab, mohi ajam, ul sayyidi barno,
Xudo Qur’onda aydi vasfinga “Yosin ” ilan “Toho”.
“Gulshani Dilafgor” Nabiy (S.A.V)ga na’t bilan boshlangan.
1 Дилафгор.Гулшани Дилафгор. -Тошкент: Яковлев литографияси, 1914. -Б. 48
561
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Tabiiyki devondagi ketma ketlik g‘azalllardan so‘ng mustazod, muxammas, tarji’band, tarkibband, masnaviy, qasida, qit’a, muammo, chiston, ruboiy, tuyuq, fard kabi ijodiy tur namunalari “Gulshani Dilafgor” da mavjud emas.
Lekin shoir adabiy merosi ilk manbalar asosida alohida tadqiqot o’ekti sifatida o‘rganilgan emas. Dilafgorning “Gulshani Dilafgor” to‘plamidagi lirik asarlarni adabiyotshunoslik hamda adabiy manbashunoslik va matnshunoslik erishgan so‘nggi yutuqlar asosida tadqiq etish dolzarb ilmiy vazifalardan hisoblanadi.
Dilafgor tarjimai holi va ijodiy merosiga doir ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Mavjud manbalar ham mazkur ijodkor faoliyati haqida qisqa xabarlar shaklidadir.
Dilafgor shoir sifatida ancha barkamol lirik asarlar yaratgan. U ham ijodda ustoz so‘z san’atkorlaridan ilhomlangan, ularga o‘xshatmalar yozgan, she’rlariga taxmislar bog‘lagan. Fuzuliyga o‘xshatma g‘azallar yozgan. Yassaviy, Mashrab, Xislat, Haziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin, Kamiy kabi shoirlar ijod namunalariga muxammaslar bog‘lagan
Shoir Dilafgor she’riyati mavzular bo‘yicha tasnif etilsa, adib estetik ideali qanday yo‘sinda o‘sib borganligini kuzatish imkoni tug‘iladi. Shoirning o‘z hisobidan Yakovlev tipografiyasida nashr etilgan “Gulshani Dilafgor” to‘plamiga 23 g‘azal, 20 muxammas, (1 muvashshah), 3 musaddas, (1 tarje’band), 1 chiston va 2 fard kiritilgan.
Bu haqda Dilafgor she’rlarini nashrga tayyorlagan Adham Mamatqulov va Jaloliddin Jo‘raevlarning shoir ijodi yuzasidan bildirgan quyidagi fikrlari ayni haqiqatdir: “Dilafgorning ma’lum she’rlari mumtoz adabiyotda shakllangan an’naviy janr va mavzularda bitilgan. Ularda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Fuzuliy, Huvaydo, Haziniy kabi ijodkorlar asarlarining ta’siri seziladi”2. Darhaqiqat, Dilafgor haqiqiy musulmon farzandi, qolaversa, shoir sifatida o‘z salaflariga ergashgan.
“Dilafgor she’riyati Haziniy she’rlariga yaqin turadi”, - deb yozgan edi Po‘lotjon domla Qayyumiy, shoir ijodiga mumtoz adabiyotimizning qaysi vakili ta’siri ko‘proq ekanligini qayd etib. Qayyumiy domlaning bunday xulosaga kelganini quyidagi omillar bilan bog‘lash mumkin:
Ishqing o ‘tig ‘a, jono, bag ‘rimni chu dog ‘larman,
Tig ‘ ostida o ‘lmog ‘ni Tohir kabi chog ‘larman,
Hajringda Dilafgordek vaslingni so ‘rog ‘larman,
2 Маматкулов А., Жураев Ж. Дилафгор ва унинг адабий мероси хасида. // Гулшани Дилафгор. - Тошкент.: MUMTOZ SO‘Z. 2011.- Б. 7.
562
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Naylayki ilojim yo ‘q, har ko ‘chada yig ‘larman,
Tor o ‘ldi Haziniyg ‘a Farg ‘ona tong otg ‘uncha.
Birinchidan, bu g‘azal o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan. Hatto Mirzakalon Ismoiliy ham o‘z romanini “Farg‘ona tong otguncha” deb nomlagani ham bejiz emas edi. Haziniyning “Farg‘ona tong otg‘uncha” g‘azaliga Dilafgorning muxammas bog‘lagani Po‘lotjon domla Qayyumiyni yuqoridagi xulosaga kelganiga undagandir, ehtimol. Qolaversa, “Gulshani Dilafgor” to‘plami noshirlarining quyidagi xulosalari ham fikrimizni tasdiqlaydi:
“Shubhasiz, Muqimiy, Xislat, Kamiy kabi shoirlar ishtirokidagi adabiy suhbatlar Dilafgor dunyoqarashi, ijodidagi rang-baranglikning shakllanishiga ham zamin bo‘lgan. Jumladan, uning asarlarida Muqimiy hajviyoti, Xislat va Kamiylarning millatparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan hamohang misralarni ham uchratamiz”3.
“Gulshani Dilafgor”dagi lirik asarlarni o‘rganish asnosida shu narsaga guvoh bo‘ldikki, shoir madrasa tahsilini ko‘rgan fozil, nuktadon, she’r ilmidan xabardor inson bo‘lib, asarlarida o‘z iste’dodi va salohiyatini ko‘rsata olgan. Shoir she’riyatining mavzu ko‘lami keng va rang-barangdir. Dilafgor lirik asarlarining kattagina qismini g‘azallar tashkil qilgan bo‘lib, ular ifoda shakli hamda mavzusiga ko‘ra ham turlichadir.
Ma’lumki, Dilafgor yashagan davr adabiyotimiz tarixida “Milliy uyg‘onish davri” deb yuritiladi. Albatta har bir ijodkor asarida u yashagan davr, muhit qaysidir jihati bilan bo‘y ko‘rsatadi. Biz bu holni Dilafgor ijodida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shunga ko‘ra shoir lirik asarlari mavzu ko‘lamini tasavvufiy ruh va mazmunni ifodalovchi, diniy-ma’rifiy, ilm - ma’rifatni tarannum etuvchi, sevgi-muhabbat kuylangan, ijtimoiy muammolar yoritilgan she’rlar tarzida ajratish mumkin.
Dilafgor Yaratganga chin e’tiqod qilish barobarida o‘z gunohlarini kechirishini so‘rab munojotlar bitgan:
G ‘aribmen, benavoman, g ‘am bila qadim duto, yo Rab,
Junun dashtida yotgan muztarib holim tabo(h), yo Rab.
Karamlikpodshohim, sendin o ‘zga takyagohim yo ‘q,
Tilab matlabni keldim dargahingga men gado, yo Rab.
3 Маматкулов А., Жураев Ж. Дилафгор ва унинг адабий мероси хасида. // Гулшани Дилафгор. - Тошкент: MUMTOZ SO‘Z. 2011. - Б. 7.
563
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Dilafgor bir necha munojotlar turkumini yaratdi. Shoir munojotnomalari ham mumtoz adabiyot vakillari asarlari singari bir qator fazilatlardan xoli emas. Ana shunday xususiyatlardan biri - bandaning chin dunyoga imon bilan borishi masalasidir:
Tavba qildim, tavbai maqbuli hidoyat aylagil,
Fazli ehsoning man osiyg‘a inoyat aylagil,
Bul munojoti Dilafgorni ijobat aylagil,
Rabbano, fag‘firlano, ey Xoliqi har du jahon,
Aylasam rihlat bu olamdin, yiborg ‘il boiymon.
Musulmon Sharqida chahoryori bosafolar aytgan hikmatli gaplari mazmunida asarlar bitish an’anaga aylanganligi ma’lum. Masalan, Hazrati Ali (karamallohu vajhahu)ning “Nasru-l-laoliy” asaridan ilhom olgan mutafakkir shoir Alisher Navoiy o‘zining “Nazmu-l-javohir” deya so‘z duru javohirlarini tergan. Dilafgor ham Hazrati Abu Bakr Siddiq munojotlariga taxmis bog‘lagan. Bu taxmis “Kech gunohimni bahaqqi Hazrati Odam xalil”, - misrasi bilan boshlanib, shoirning Allohga bo‘lgan chin tavbasi, tavallosi, ixlos bilan aytgan munojoti sifatida jaranglaydi.
Dilafgor payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga chin ummat ekanidan sarvari koinotga bag‘ishlab munosib na’t bag‘ishlaydi. G‘azal quyidagi matla’ bilan boshlanadi:
Zihi shohi arab, mohi ajam, ul sayyidi barno,
Xudo Qur’onda aydi vasfmga “Yosin ” ilan “Toho”.
Dilafgor ijodining mumtoz adabiyotimiz namunalaridan oziqlanishi tabiiy hol bo‘lib, Mashrab she’riyati ham unga behad oziq berganini ta’kidlash kerak. Ma’lumki, Mashrab adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos yo‘nalishda ijod qilgan hamda “Qalandariya” suluki asoschilaridan hisoblanadi. Mashrab ijodi ilohiy ishqni kuylovchi she’riyat ekani ham barchaga ma’lum. Uning:
Har kishining dardi bo ‘lsa yig ‘lasin yor oldida,
Qolmasin armon yurakda etsin izhor oldida,-g‘azaliga Dilafgor quyidagicha tazmin bog‘lagan:
Telba ko ‘nglum ko‘z tutar, fursat topib yor oldida,
Aylasam hijron g‘amin fil-jumla izhor oldida,
O ‘rtanib kuysam tong ermas, rashkdin ahboblar G ‘ayrlar bazmi Skandar tuzsa dildor oldida.
Vah nechun o ‘lmay tiriklay, shomdin to subhidam,
564
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Bo ‘Isalar doim raqib eli chamanzor oldida.
Dilafgor ijod namunalari ham o‘z zamondosh shoirlari she’rlari kabi millat tuyg‘usini shakllantirishda o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uning millat haqidagi she’rlari Hamza, Abdulla Avloniylarning shu mavzudagi she’riyati bilan hamohang:
Tun-kechalar choyxonada aytib hamisha safsata,
Ko ‘k choy ichib, shilqillashib hech ish qilolmaymiz hanuz.
Yoki yana bir she’rida ilmni tutgan taraqqiyotdan mosivo qolmasligini quyidagicha bayon etadi:
Simsiz havoda teligrof yurguzdi ilmu fan ilan,
Biz bodparak, bedonadin o‘zga bilolmaymiz hanuz.
Ul Yo(v)rupo odamlari ilm yo ‘lig‘a aylar jadal,
Bizlar chafan, ko ‘krak ochuq, mahram bo ‘lolmaymiz hanuz.
Bu g‘azalda Hamza she’rlariga xos hamohanglikni kuzatish mumkin. Ma’lumki, Hamza Hakimzodaning bir qancha ijtimoiy-siyosiy she’rlarida yevropa ilm tufayli borgan sari taraqqiyotga erishayotganligi ta’kidlanadi. Jumladan, shoirning 1914 yilda yozilgan “Vatandoshlarima xitob” she’rida bunday deyiladi:
G ‘aflat uyqusidin ko ‘zung och, boq zamona,
Ilm ila maorif tutuni to ‘ldi jahona,
Soldi hama millat bu maorifga xazona,
Biz millat etub or ila nomusi bahona,
Na maktaba ilm o‘ldi, na bozorda tijora,
Xushk o ‘ldugimiz boisidin bo ‘ldi kasolat.4 Ma’lumki, Hamza ham boshqa jadidlar singari millatni g‘aflat va jaholatdan uyg‘otishni maqsad-matlab deb bilgan, xalqni basoratga - dunyoga ochiq ko‘z bilan qarashga da’vat etgan, ilm ila maorifdan bahra olishga chaqirgan.
Shoir g‘azallarida ilohiy muhabbat, so‘fiyona sevgi motivlari ham kuylanadi. Shoir aksariyat she’rlarida yer go‘zaliga murojaat qilayotgandek bo‘lsa ham, aslida Yaratganga bo‘lgan sevgisini izhor etadi. Albatta, shu o‘rinda “Al-majozu qantaratul-haqiqat” (“Majoz haqiqatga olib boruvchi ko‘prikdir”) ekanligini unutmaslik lozim: Darig ‘o, umrim o ‘tdi, ey pari, hajringda jono deb,
4 Х,амза. Ватандошларима хитоб. // Садои Туркистон, 1914 йил 27-сон. (Бу шеър “Узбекистон адабиёти ва санъати” газетасининг 1994 йил 11 март сонида адабиётшунос И. Fафуров томонидан эълон килинган).
565
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Qarong ‘u bo ‘ldi olam ko‘zlarimg ‘a, sho ‘xu barno deb.
Bo ‘libman misli Majnun, kil tarahhum, yori jononim,
Yutay tokayg ‘acha qon laxta-laxta, oh Laylo, deb.
Qo ‘yibman ostonangg‘a boshimni, ey jafopesha,
Jahon mahvashlaridin sen pari paykarni a ’lo deb.
Dilafgoming yuqorida ta’kidlaganimizdek, “majoziy yo‘l bilan bornvchi ilohiy ishq” to‘g‘risidagi baytlari talaygina. Ulardan yana biri quyidagi matla’ bilan boshlanadi:
Arsai olamda, jono, orazing chun oftob.
Lam ’ai anvor aksing ko ‘kda go ‘yo mohtob.
Adabiyotimiz tarixida Fuzuliydan bahramand bo‘lmagan turkiy tilli ijodkor bo‘lmasa kerak. Bir vaqtlar Fuzuliyning shirinzabonligidan uning tilida g‘azallar yozish ham urfga kirgan edi. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ham Fuzuliy dahosiga tan berib:
Mening shoirligim yolg ‘ondir ammo,
Fuzuliy she’riga oshiqligim rost, -
deb yozgan edi. Dilafgor ham salaflari singari fuzuliyona g‘azallar bitib, ushbu an’anani qaysidir ma’noda davom ettirdi. Jumladan, shoirning quyidagi matla’ bilan boshlanuvchi g‘azali Fuzuliyga o‘xshatmadir:
Go ‘zal mahvashlar ichra sen kabi hurliqo bo ‘lmaz,
Qiyomingla nechun tashbih qilam tubo raso bo ‘lmaz.
Rikobing bo ‘sa etmazmi, go ‘randa har nuchuk odam,
Ayo, ey ofati davron, saninglapodshoh bo ‘lmaz...
Xaloyiq bir-birina so ‘ylashur husnung ko‘ran hola,
Duoya qo ‘l ochib bo ‘yla jahonda dilrabo bo ‘lmaz.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, “Gulshani Dilafgor” to‘plami noshirlari Dilafgor ijodida Muqimiy, Xislat, Kamiy kabi shoirlarning ta’siri kuchli bo‘lgan degan xulosalarga kelishsada, aslida shoir she’riyatining mavzu ko‘lami ancha kengroqdir. Dilafgoming haqiqiy musulmon farzandi sifatida hazrati Abu Bakr Siddiq munojotlariga taxmis bog‘laganligi ham bunga dalildir. Dilafgor g‘azallarida ilohiy muhabbat, so‘fiyona sevgi motivlari ham kuylanadi. Shoir aksariyat she’rlarida yer go‘zaliga murojaat qilayotgandek bo‘lsada, aslida ularda Yaratganga bo‘lgan sevgisini izhor qiladi.
566
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
REFERENCES
1. Дилафгор. Гулшани Дилафгор. -Тошкент: Яковлев литографияси, 1914. -Б. 48
2. Маматкулов А., Жураев Ж. Дилафгор ва унинг адабий мероси хдвдда. // Гулшани Дилафгор. - Тошкент.: MUMTOZ SO‘Z. 2011.- Б. 7.
3. Хдмза. Ватандошларима хитоб. // Садои Туркистон, 1914 йил 27-сон. (Бу шеър “Узбекистан адабиёти ва санъати” газетасининг 1994 йил 11 март сонида адабиётшунос И. Гафуров томонидан эълон килинган).
567
November 2021
www.oriens.uz