Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY DAVLAT ARBOBI'

ALISHER NAVOIY DAVLAT ARBOBI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1758
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G’azallar / devonlar / tuyuqlar / diniy-axloqiy asarlar / “Xamsa” asari / she’riy devon / “Hayrat-ul abror” dostoni. / Gazelles / devons / hens / religious and moral works / "Khamsa" / poetic devon / epic "Hayrat-ul abror

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kamoladdinova Zamira Ne’matjon Qizi

Ushbu maqola ilmiy asoslarga tayangan xolda, Microsoft Wordda yaratildi. Maqola Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida yozilgan. Kirish qismida Navoiy hayoti yoritilgan bo’lsa, asosiy qismda Navoiyning asarlari haqida ma’lumot berilgan. Maqola yakunida, shuningdek, foydalanilgan adabiyotlar ham ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALISHER NAVOI is a statesman

This article was created in Microsoft Word based on scientific principles. The article is about the life and work of Alisher Navoi. The introductory part covers Navoi's life, while the main part provides information about Navoi's works. The end of the article also lists the literature used.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY DAVLAT ARBOBI»

ALISHER NAVOIY - DAVLAT ARBOBI

Kamoladdinova Zamira Ne'matjon qizi @ZamiraKamoladdinova Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Milliy Universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqola ilmiy asoslarga tayangan xolda, Microsoft Wordda yaratildi. Maqola Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida yozilgan. Kirish qismida Navoiy hayoti yoritilgan bo 'lsa, asosiy qismda Navoiyning asarlari haqida ma'lumot berilgan. Maqolayakunida, shuningdek, foydalanilgan adabiyotlar ham ko 'rsatilgan.

Kalit so'zlar: G'azallar, devonlar, tuyuqlar, diniy-axloqiy asarlar, "Xamsa" asari, she'riy devon, "Hayrat-ul abror " dostoni.

Аннотация: Эта статья была создана в Microsoft Word на основе научных принципов. Статья о жизни и творчестве Алишера Навои. Во вступительной части рассказывается о жизни Навои, а в основной части рассказывается о творчестве Навои. В конце статьи также приводится список использованной литературы.

Ключевые слова: Газели, девоны, куры, религиозно-нравственные произведения, «Хамса», поэтический девон, эпос «Хайрат-уль аброр».

Abstract: This article was created in Microsoft Word based on scientific principles. The article is about the life and work of Alisher Navoi. The introductory part covers Navoi's life, while the main part provides information about Navoi's works. The end of the article also lists the literature used.

Keywords: Gazelles, devons, hens, religious and moral works, "Khamsa", poetic devon, epic "Hayrat-ul abror".

O'zbek xalqining buyuk farzandi, yirik mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi, adabiy tilimizni kamolotga yetkazgan Amir Nizomiddin Alisher binni G'iyosiddin Navoiy hijriy yil hisobi bilan "o'n yettinchi ramazon oyi sana 844-tovuq yili" (milodiy 1441-yil 9-fevral) Xuroson davlatining yirik shahri Hirotning Bog'I Davlatxona mavzeyida xizmatchi oilasida dunyoga keladi.

Alisher bolaligidanoq o'zining o'tkir zehni, ziyrakligi, xush xulqi va xushfahmliligi bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turgan. Bo'lg'usi shoir 1445-yildan boshlab maktabga boradi va she'r eshitish, she'r o'qish va yodlashga qiziqadi, she'riyatga mehr qo'yadi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Alisher Navoiy davlat arbobi va buyuk she'riyat mulkining sultoni bo'lganligi obyektiv ochib berildi. Davlatning boshqarish tizimidagi adolatlilik va siyosatlilik jihati mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buyuk zotlar dunyoga kelishlaridan ilgariyoq ishq dardiga mubtalo bo'lar ekanlar. Bu dunyoga kelgach, ularning amallari, xulqlari, deganlari va bitganlari ishq bilan yo'g'rilar, vafo va sadoqat bilan ziynatlanar ekan.

Alisher Navoiy ham shunday buyuklardan biri. To'rt-besh yoshli go'dakning tojik shoiri Qosim Anvor g'azallarini yod aytishi, maktab yoshida Farididdun Attorning "Mantiq ut-tayr" falsafiy dostonini yodlashi, yetti-sakkiz yoshidan g'azallar bitishi, o'n ikki-o'n uch yoshlarida mamlakat bo'ylab shuhrat taratishi, hikmronlar e'tiborini qozonishi Alisher Navoiyning dunyoga buyuk bo'lib kelganligi kafolatidir.

Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirat ush-shuaro" asarida yozadi: "Sulton Abulqosim Bobur (1422-1457) so'zamol va hunarparvar podshoh edi. U ba'zi paytlarda ulug' amir bitgan turkiycha, forsiycha she'rlarni mutolaa qilar, ta'bining qudrati va sharofati so'zlarining shirinligidan hayratlanar, taajjubga tushar, ziyrakligi, muloyimligi uchun ofarinlar o'qir edi".

Nizomiy Aruziy Samarqandiy "Majma' un-navodir" asarida yozishicha, u vaqtlarda shoir bo'lishni istagan kishi o'zidan oldin o'tganlar ijodidan yigirma ming bayt, zamondosh shoirlar ijodidan o'n ming bayt she'rni yod olishi kerak ekan. Navoiy Attorning "Mantiq ut-tayr" dostonidan tashqari (dostonni to'liq yod bilgan) "Muhokamat ul-lug'atayn"da o'zi qayd etishicha, yigitlik yillarida o'zi sevgan shoirlarning "shirin ash'ori va rangin ab'yotidin" ellik mingdan ortiq baytni yod bilgan ekan.

1447-1449-yillarda Alisherlar oilasi Iroqning Taft shahrida yashaydi. Yosh Alisher Taftda buyuk tarixchi- olim SHarafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi. 1449-yilda ular yana Hirotga qaytib keladi. 1452-1457-yillarda otasi G'iyosiddin Kichkina podshoh Abulqosim Bobur saroyida xizmat qiladi, uni podshoh Sabzavor shahriga hokim qilib jo'natadi. Alisher podshoh Abulqosim Bobur homiyligida Mashhadda o'qishni davom ettirdi.

Alisher o'n ikki yoshida (1455) otasidan yetim qoladi va Xuroson podshosi Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi.

Abulqosim Bobur adabiyot va san'atni sevar, ijodkorlarni qadrlar, o'zi ham o'zbek va fors tillarida g'azallar yozar edi. Ma'rifatparvar hukmdor Alisherni o'z tarbiyasiga oladi. Uning iqtidorini, qobiliyatini e'zozlab, bilim olishi, ijod qilishi va shoirlik

malakasini oshirishiga e'tibor qaratadi. 1456-yil Abulqosim Bobur o'z poytaxtini Xurosondan Mashhadga ko'chiradi va Alisherni ham o'zi bilan olib ketadi. 1457-yil Abulqosim Bobur vafot etdi, Abu Sayd Mirzo Hirot taxtini egalladi. 1459-1469-yillari Alisher Navoiy Samarqandda yashadi, unga Samarqand hokimi Ahmad Hojibek, mashhur olim Fazlulloh Abulays rahnamolik qildi.Alisher Mashhadda qolib o'qishni davom ettirdi. U mantiq, falsafa, riyozat (matematika) kabi fanlar bilan birga shug'ullandi. Ayni vaqtda, o'zbek va fors tillarida go'zal g'azallar bitib, el orasida zullisonayn shoir sifatida tanildi. Alisher o'zbek tilidagi she'rlarida "Navoiy", fors tilidagi she'rlarida "Foniy" taxallusini qo'llaydi.

Navoiy Mashhadda Sayid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammadlar bilan yaqin do'st bo'ladi va bu ma'rifatparvar kishilar haqida keyinchalik "Holati Sayid Hasan Ardasher", "Holati Pahlavon Muhammad" kabi adabiy-biografik asarlar yozadi.

Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Navoiyning bilim saviyasi, qobiliyati va she'riy iqtidoridan xursand bo'lgan Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug' shoir o'rtasidagi ustozlik va shogird munosabatlari yanada mustahkamlanib, hamkorlikka aylanadi.

Alisher 1466-yil Samarqandga keladi va u yerda dastlab moddiy qiyinchilikda yashaydi. SHunga qaramay, Samarqand madrasalarida tehsil oladi, ilm-fan, adabiyot va san'at ahli bilan tanishadi. O'zining iqtidori, qobiliyati bilan tez orada obro' va e'tibor qozonadi.

1469-yili Husayn Boyqaro taxtni egallagach, Alisher Navoiyni Hirotga, o'z yoniga taklif etadi.

Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan "Hiloliya" qasidasini bitadi.

"Ixlosiya" madrasasi, "Xalosiya" xonaqohi, "SHifoiya" tabobatxonasi, Jome' masjidi, "Dorul-huffoz" (qiroatxona) va shunga o'xshash boshqa o'nlab binolar, rabotlar qurdiradi, kanallar qazdiradi.

Alisher Navoiy 1472-1476-yillar birinchi she'riy devoni "Badoye ul-bidoya", 1486-yilda ikkinchi devoni "Navodir un-nihoya"ni yaratdi.

1483-1485-yillar davomida "Xamsa" asari yaratildi. 1491-1492-yillarda u o'zbek tilida yozgan hamma she'rlaridan yaxlit bir devon tuzishga kirishadi. Devon ustidagi ish 1498-1499-yillargacha davom etdi. U to'rt qismdan iborat bo'lib, har qaysisi tugal bir devon edi. Unga shoir "Xazoyin ul-maoniy" ("Ma'nolar xazinasi") deb nom beradi. Bu devon xalq orasida "Chor devon" nomi bilan ham mashhur.

Alisher Navoiy "Tarixi muluki Ajam", "Tarixi anbiyo va hukamo", 1491-yilda "Majolis un- nafois" tazkirasini, 1492-yil adabiyot nazariyasiga oid "Mezon ul-

avzon" risolasini, 1495-1496-yillarda "Nasoyim ul-muhabbat", 1498-1499-yillarda

"Lison ut-tayr", 1499-yil "Muhokamat ul-lug'atayn", 1500-yil "Mahbub ul-qulub"

kabi bir qancha asarlar yaratdi.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda og'ir betoblikdan so'ng hayotdan ko'z yumdi.

Husayn Boyqaro buyrug'iga ko'ra butun mamlakatga motam e'lon qilindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abduroziq Rafiyev, Nazira G'ulomova. Ona tili va adabiyot. "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI. Toshkent-2013. 191-bet

2. Abduroziq Rafiyev, Lobar Rafiyeva. O'zbek tili va adabiyoti. TOSHKENT "NISO POLIGRAF" 2015. 120-bet

3. Pulatov, Sh., Madalimov, T., Mullajonov, I., Qodirov, M., & Valiyev, L. (2020). Some Characteristics of Modern Indian Philosophy. International Journal of Multidisciplinary Research and Publications, 2(11), 47-49.

4. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 12, 2020.

5. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

6. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

7. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

8. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

9. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

10.Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.