Научная статья на тему 'MUG‘ANNIYLAR ALISHER NAVOIYNING SHE’RIY TA’RIFIDA'

MUG‘ANNIYLAR ALISHER NAVOIYNING SHE’RIY TA’RIFIDA Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
197
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
devon / mug‘anniy / soqiy / murshid / murid / qo‘buz / rud / ud

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Nozimaxon Mirzayeva

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosi, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi to‘rt devonidan olingan g‘azallarida mug‘anniynomaga oid qarashlari keltirilgan. Shu bilan birga, shoir ijodida san’at ahliga, uning inson hayotidagi ahamiyatiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUG‘ANNIYLAR ALISHER NAVOIYNING SHE’RIY TA’RIFIDA»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021 ISSN 2181-063X

MUG'ANNIYLAR ALISHER NAVOIYNING SHE'RIY TA'RIFIDA

Nozimaxon Mirzayeva nozimaxonmirzayeva0804@gmail.com O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot

muzeyi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiyning ilmiy-adabiy merosi, "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotidagi to'rt devonidan olingan g'azallarida mug'anniynomaga oid qarashlari keltirilgan. Shu bilan birga, shoir ijodida san'at ahliga, uning inson hayotidagi ahamiyatiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlari: devon, mug'anniy, soqiy, murshid, murid, qo'buz, rud, ud.

MUGANNIYS IN THE POETRY OF ALISHER NAVAI

Nozimaxon Mirzayeva nozimaxonmirzayeva0804@gmail.com Alisher Navoi State Museum of Literature of the Academy of Sciences of

Uzbekistan

Abstract: This article presents Alisher Navoi's scientific and literary heritage, his views on muganni in his ghazals from the four divans of the Khazayn ul-Maoniy College. At the same time, the poet's work focuses on the people of art and their importance in human life.

Keywords: devon, muganniy, saqi, murshid, murid, kobuz, rud, ud.

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy nomi qaysi jabhadan qaralsa ham, tariximizda mo'tabarlik va buyuklik bilan jarang topadi. Xususan, uning XV asr ikkinchi yarmi temuriylar tarixi va davlatchilik boshqaruvidagi o'rni roli muayyan ravishda muhim ahamiyatga ega. Navoiyning o'z davridagi faol siyosiy faoliyati bilan birga ko'plab bunyodkorlik ishlari, fan, madaniyat, san'at va adabiyot yuzasidan homiyligi ilmiy adabiyotda munosib bahosini olgan1. Hazrat Navoiyning adabiyot, san'at, madaniyat rivoji uchun qilgan hizmatlari o'z davrida va bugungi kunga qadar ulug'lanib, o'rganilib kelinmoqda.

Musiqa san'ati inson ruhiyatiga ko'tarinkilik, huzur bag'ishlash bilan bir qatorda, ma'naviy ozuqa berishi bilan ham boshqa san'at turlaridan ajralib turadi. Tarixdan ma'lumki, ilmu ma'rifatda dong taratgan allomalarimiz diniy va dunyoviy

1 O.Jo'raboyev, Navoiy va tarix, Toshkent, "Tamaddun", 2016, 3-bet.

LM^^SI 49

ilmlar qatorida musiqa ilmini ham batafsil o'rganib, uni chuqur egallashgan. Abu Nasr Farobiy, Abdulqodir Marog'iy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy va yana ko'plab jahonga mashhur mutafakkirlar musiqa cholg'usi chalishni bilganlar va bu hususida ilmiy nazariy risolalar yozishgan. Bundan ko'rinib turibdiki, musiqa ilmini egallash o'ziga xos kategoriya bo'lib, o'rta asr olimlarining komillikka erishishida muhim omil bo'lib xizmat qilgan.

Xususan, Alisher Navoiyning musiqa va musiqa san'ati bilan bog'liq qarashlari uning "Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy", "Majolis un-nafois" va "Mahbub ul-qulub" kabi asarlarida aks etgan. Navoiy faoliyati davomida musiqadan uzoq bo'lmagan. Doimo badiiy va ilmiy asarlar yaratish, davlat boshqaruvi, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish bilan birga musiqa san'atidan chetda qolmagan.

Alisher Navoiy ijodida musiqa muhim o'rin egallagani musiqashunos olimlar tomonidan ham e'tirof etilgan. "Alisher Navoiyning musiqa sohasidagi faoliyati hali yetarli o'rganilmagan, - deb yozgan musiqashunos olim Ishoq Rajabov o'zining "Maqomlar" monografiyasida, - bu borada atroflicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishi lozim" 2

Shoirning "Xazoyinu-l-maoniy" majmuasi tarkibidagi devonlarida bir-biriga o'xshamagan va takrorlanmaydigan musiqiy jihatlarini anglash mumkin. Masalan "Favoid ul-kibar"da keltirilgan quyidagi baytida mug'anniyni, ya'ni xonandani oydek go'zal (mahvash) yorga qiyosan soqiy (pir, murshid) yanlig' tonggi may bilan bahramand etishini istamoqda. Agar u shunday iltifot ko'rsatsa edi, tong yulduzi (Zuhro) yanada yorqinroq, yanada serjilo bo'lgan bo'lur edi:

Tongyo 'q ul mahvash mug 'anniy tutsa jomi may sabuh,

Ne uchunkim Zuhradur toli ', bo 'lur axtar saboh.

Bu bilan inson uchun yoqimli kuy, sehrli navoning o'rni beqiyos ekanligi, uning oshiq qalbigi qanchalar taskin bera olishi mumkinligi go'zal satrlarda ko'rsatib o'tilgan.

Keyingi satrlar ham ahamiyatli bo'lib, unda ham mug'anniyning inson hayotidagi ahamiyati yuksak baholangan. Masalan, oshiq (muallif - Navoiy) hajrdan o'lim oldida turibdi. Unga faqat soqiy quygan may va mug'anniy chalgan kuy orom bag'ishlashi, uni hayotga qaytarishi mumkinligi keltirilgan:

Hajrdin o 'ldi Navoiy, soqiyo, tut jomi may,

Ey mug'anniy, sen navo ohangida qo 'psa qubuz.

Oshiq (Navoiy) shu qadar fig'onlar chekadiki, bu fig'on oldida sozanda-yu xonandalarning kuy va qo'shiqlari arzimas sado bo'lib qoladi:

Mug'anniy, Navoiyfig'onin eshit,

Ki, sozing aro zer ila bamda yo 'q.

! Rajabov I. Maqomlar. - Toshkent.: 2006y -B.27

Fig'on va kuy hamohang qo'yilishidan murod har ikkisining dilga orom beruvchi xususiyati mavjuddir. Kuy va qo'shiqlarni eshitganda qalb taskin topsa, fig'on yor dardi ila chekilgan shirin azobdir. Yorning dardi ila yashamoqlik ham bir saodatdir.

"G'aroyib us-sig'ar" devonidagi quyidagi baytni oladigan bo'lsak, birinchi misrada uchrovchi bazm ahli kim? Ular oshiq ahli (haqiqiy ishq ahli - Allohga oshiqlar) bo'lib, bazmda o'z oshiqliklarini namoyon etishadi. Va ularning qalbiga mug'anniyning sadolari jon baxshida etmoqda. Agar shunday bo'lar ekan, (oshiq) Navoiy jon iplarini mug'anniy chang(soz)ining torlariga baxsh etadi. Chunki uning joni behuda ketmadi, oshiqlar uchun xizmat qildi:

Mug'anniy nag'masi jon bersa bazm ahlig'a tongyo 'qkim,

Navoiy rishtayi jonin eshib changiga tor etmish.

Bu misralar orqali muallifning oshiq ahliga bo'lgan muhabbati, ularga sadoqatini ko'rish mumkin. Shu bilan birga, kamtarlik motivlari ham sezilib turadi. Chunki u (muallif) o'zini hali beri oshiq ahli qatorida sanamaydi. Oshiq ahliga xizmat qilayotgan murid sifatida biladi.

Chu majnun qilding emdi, ey mug'anniy, go 'shatobingni,

Ko 'ngul savdosi taskini uchun bo 'ynumg 'a tumor et.

Bu yerda shoir, ey mug'anniy, devona qilding endi ko'ngil taskin topishi uchun go'shatobingni (cholg'uyingning quloqlarini) bo'ynimga tumor qil. Telba bo'lganimdan butun dardlarim yangilandi. Ichimga qon to'ldi, deb o'z ahvolini tasvirlaydi.3 Navoiy mazkur misralarida (oshiq) ko'ngilning dardlaridan xalos bo'lishni mug'anniyning yoqimli kuyidan taskin topishini aytmoqda.

Sanga kavsar suyiyu lahni Dovudiyki, dayr ichra,

Mug'anniy nag'masi birla mangajomi mug'oniy bas.

Shoir mug'anniydan bu davrada Dovudiy kuyini chalginki, bu ohang bilan mayxona ahliga ichayotgan mayi xuddi xushbo'y jannat suvidek joniga oro berishini aytmoqda. Mayni ichayotgan kishi ichimlikdan emas, balki ohangrabo kuydan mast bo'lishini bildirmoqda. Chunki har qanday maharot bilan ijro etilgan kuy insonga ruhiy tetiklik, ko'ngil taskinligini beradi.

"Badoe' ul-vasat" dagi mug'anniynomalariga to'xtalsak, ushbu misrada Navoiy mug'anniyga murojaat qilib, ey sozandalar, muallif (oshiq) yorning visoli ishqida sarmast, shirin uyquda ekanligi, uni uyg'onishi oson bo'lmay, buning uchun esa go'zal bir navo chalinishi shoirni yana ezgu amallarni qilishga undashi lozimligini ta' kidlamoqda.

Ey mug'anniylar, Navoiy mast edi - kech uyg'onur,

Ani uyg 'otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.

3 L. Jo'raeva. Alisher Navoiy mug'anniynomalari - Toshkent: Mumtoz so'z 2011. 20-bet.

51

Ushbu baytda she'riy misrada oshiq yuraklarga ohangrabo navolar taskin berishi keltirilgan. Insonning bevosita ruhiy holatiga bog'liq bo'lgan hissiyotlari, tuyg'ulari va kayfiyatini ifodalovchi kuy - qo'shiqlar eng nozik, ichki torlarini ham tebrata oladigan kuchga egadir. Mug'anniy har doim ham mungli, g'amgin kuylar chaluvchi emas, balki yoqimli navolarni shoirning ruhiyat olamiga mos holda ijro etadi.

Ey qalandarvash mug 'anniy, gar Navoiy ko 'nglini

Istasang har lahza behol aylamak, tuzgil qo 'buz.

Navbatdagi misrada ham Navoiy mening ko'nglimga yo'l topmoqchi bo'lsang, har vaqt uni holsiz qilish uchun qo'buz chalgin. Keltiralayotgan ushbu devonlardaga g'azallarda ko'plab musiqiy cholg'ular qalamga olingan. "Qo'buz" so'zi - bu yerda kamon bilan chalinadigan musiqa asbobi. Qo'buzga Alisher Navoiy asarlarida, jumladan "Mahbubul qulub"da "qo'buz quloq tutib ayshg'a targ'ib ohangni tuzg'ay" deb ta'rif beradi. Ya'ni rubobning ovoziga (sababi cholg'ular haqidagi parchadan qo'buzdan oldin rubobga berilgan ta'rif o'rin olgan) quloq tutib, aysh-ishratga, ma'joziy ma'noda toat-ibodatga undovchi ohangni tuzadi.4 Ushbu misrada shoir Navoiy sozandaga qo'buz sozi orqali chalingan yoqimli navo har qanday mahzun ko'ngilga xush yoqishi, qalbga malham bo'lishi mumkinligini aytmoqda.

Quyidagi baytda ham Alisher Navoiy lirik qahramonning dardli holatini keltirgan bo'lib, mug'anniyga murojaat qilib, sen bir mungli navo tuzginki, shu navo bilan dardli qo'shiq ayt. G'amgin kuying bilan xasrat to'la ko'nglimga yashirin sir olib kirgin. Sen mening yuragimdagi sirimni bilasan, shu bazm aro Navoiyni chalgan kuying azobda kuydiradi. Sen dardlarimlarimni bilib shunga mos kuylamoqdasan.

Ey mug'anniy, chun nihon rozim bilursen - soz tuz,

Tortibon munglug' navo sozing bila, ovoz tuz

Bazm aro o'rtar Navoiyni nihon munglug' surud,

Ey mug'anniy, chun nihon rozim bilursen - soz tuz.

Ushbu g'azalda shoirning mug'anniyga iltijosi, ya'ni sir-asrori hamda darddoshi ekanligini aytib o'tgan.

Keyingi "Navodir-sh-shabob"dagi mazkur baytda oshiq bazm vaqtini yaxshi turmushini esa tiniq suvdek sokin bo'lishini istab mug'anniyga "rud"- cholg'u asbobidan kuy chalishini, soqiydan esa may quyishini so'raydi. Oshiq nazdida musiqa va may ko'ngilga xuzur bag'ishlaydi.

Dame bazmim tuzuk, ayshim zulolin istaram sofiy,

Mug 'anniy sen dag 'i tuz rudu soqiy, sen dag 'i may suz.

"Navodir-sh-shabob" devonidagi quyidagi baytda esa Navoiy mug'anniyga murojaat etib, mayga "ud" orqali kuy bag'ishlaginki, qalbidagi ishqni bayon etsin.

Mayg 'a ohang et, Navoiykim, mug 'anniy har zamon

4 4 L. Jo'raeva. Alisher Navoiy mug'anniynomalari - Toshkent: Mumtoz so'z 2011. 33-bet.

LMÜ^H 52

Aysh tahrisin ayon aylar lisoni ud ila.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, hazrat Navoiyning o'zbek adabiyoti, xususan, g'azaliyoti rivoji hamda o'zbek g'azalining yangi-yangi fazilatlar bilan boyishi va yuqori cho'qqiga ko'tarilishida xizmatlari beqiyosdir. Adabiyotning ijtimoiy vazifasi va hayotdagi ta'sirini juda keng tushungan ulug' shoir asarlarida lirik qahramonning ruhiy kechinmasi, kayfiyatini bayon etish va yoritishda musiqadan najod umid qilib, mug'anniyga murojaat etishi mug'anniynomalarning asosiy mezonini tashkil qiladi. Navoiy g'azallarida mumtoz adabiyotda mavjud soqiynoma va mug'anniynomalarning har biri o'z o'rni, ma'nolar tizimi, talqin mezonlariga ega hamda ularda asosan musiqa ilmi bilan bog'liq masalalar ifodalanganligi bilan ajralib turadi.

Foydanilgan adabiyotlar

1. O.Jo'raboyev. Navoiy va tarix, -Toshkent, "Tamaddun" nashriyoti, 2016.

2. O.Jo'raboyev. Mumtoz adabiyotda mug'anniynoma, - Toshkent, "Tamaddun" nashriyoti, 2016.

3. A. Navoiy. 10-jild. O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyushmasi. 2013.

4. L. Jo'rayeva. Alisher Navoiy mug'anniynomalari, - Toshkent, "Mumtoz so'z" nashriyoti, 2011.

5. I. Haqqul. G'azal gulshani, - Toshkent, "Fan" nashriyoti, 1991.

6. S. Ibrohimov. Navoiy asarlari lug'ati, - G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti Toshkent,1972.

7. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

8. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

9. Haydarov, A., Akbarov, T., & Abdunazarov, Z. (2020). High purpose and leading action. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 609-615.

10. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

11. Абдуназаров, З. (2020). Тимсоллар сиймосини яратиш. Oriental Art and Culture, (III), 146-150.

12. Абдуназаров, З. (2020). Миллий уйинларимиз иштирокида ёш актёрларни тасаввури ва диккатини чархлаш. Oriental Art and Culture, (III), 134138.

13. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

14. Болтабоева, У. (2020). КУТИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУЩНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

15. Boltaboeva, U., Gofurova, B., Pulatov, R., & Mamatkulov, B. (2020). Methods of improving the young actors speech. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1114-1123.

16. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

17. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).

18. Болтабоева, У. (2021). УЗБЕК ТЕАТРИ САДНАЛАРИДА ТИЛ ВА НУТК МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental Art and Culture, (7), 171-180.

19. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

20.

21. Usmonov, S., Boltaboeva, U., & Akbarov, T. (2021). Principles of working on a monologue with future actors. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(6), 28-38.

22. Boltaboeva, U., Usmonov, S., & Akbarov, T. (2021). A Look at Askia Art. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2277-2284.

23. Usmonov, S., Boltaboeva, U., Rahmonova, N., & Akbarov, T. (2021). Pedagogical Approaches To Educating Future Actors. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 3(05), 85-90.

24. Болтабоева, У. (2019). Ижодкор шахс-актёрни тарбиялашда жонли сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 37-39.

25. Рахматуллаева, Ш., Болтабоева, У., & Каримов, Б. (2019). Фольклор санъати ва халк достонлари: кеча ва бугун. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 4649.

26. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

27. Болтабоева, У. (2020). Нутк санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 26-32.

28. Boltaboeva, U. (2019). Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology. Eastern European Scientific Journal, (1).

29. Boltaboeva, U., Sh, U., & Rahmonova, N. (2019). Creative person-the role of live word in educating an actor. European Journal of Arts, (3).

30. Boltaboyeva, U., Rakhmonova, N., & Usmonov, S. (2020). Characteristics of speech Art: problems and solutions. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(4), 559-567.

31. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

32. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

33. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE. International Engineering Journal For Research & Development, 5(Conference), 4-4.

34. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

35. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

36. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

37. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

38. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

39. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

40. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

41. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

42. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

43. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

44. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

45. GofirjonYunusov, R. A., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look at the Folklore of Fergana Valleyor History of a Song in the Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2822-2827.

46. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

47. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

48. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

49. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

50. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2407-2410.

51. Tana6oeB, A. (2019). MaspM caHtarnga cy3HHHr ypHH. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

52. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

53. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

54. ^exKOHOB, P. (2020). COF.TOM AB-TOA-TAPHH fflAKn.TAHTHPHffl^A XA^K YHHHTAPH BA AHLAHA-TAPHHHHT TYTrAH YPHH. Oriental Art and Culture, (V).

55. Utaganov, R., Dehqonov, R., & Tuxtasinov, M. (2020). MAIN ADVANTAGES OF TEACHING METHODS IN ARTS. European Journal of Arts, (2), 146-148.

56. Usmonov, S., Utaganov, R., & Dehqonov, R. (2020). Director's knowledge and approach in performing classical plays. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2921-2924.

57. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

58. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

59. Гайдаров, А. (2021). ЁШЛАРИМИЗНИНГ ЭСТЕТИК БАРКАМОЛ БУЛИБ УЛЕАЙИШИДА УЗБЕК ХАЛК ОЕЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИНИНГ УРНИ. Oriental Art and Culture, (6).

60. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

61. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

62. Аскарова, М. (2021). АДАБИЙ ЖАРАЁННИНГ ЗУККО ТАДКЩОТЧИСИ. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

63. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2412-2415.

64. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБЩ ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

65. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.