Научная статья на тему 'СHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR'

СHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
886
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kompozitor / musiqa / san’at / bastakor / kamer / fortepiano / simfoniya / orkestr. / composer / music / art / composer / chamber / piano / symphony / orchestra.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Qurbonova

Ushbu maqolada chet el musiqasi – romantizm va uning asoschilari hamda ularning i8jod namunalari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A LOOK AT THE HISTORY OF FOREIGN MUSIC

This article tells about foreign music romanticism and its founders, as well as their creative work.

Текст научной работы на тему «СHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR»

CHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR

M.Qurbonova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining

Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada chet el musiqasi - romantizm va uning asoschilari hamda ularning i8jod namunalari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: kompozitor, musiqa, san'at, bastakor, kamer, fortepiano, simfoniya, orkestr.

A LOOK AT THE HISTORY OF FOREIGN MUSIC

M.Qurbonova Uzbek State Institute of Arts and Culture Fergana regional branch

Abstract: This article tells about foreign music - romanticism and its founders, as well as their creative work.

Keywords: composer, music, art, composer, chamber, piano, symphony, orchestra.

Romantizm (frans. romantizm) - badiiy oqim b o'lib, XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida avval Germaniya, Avstriya, Angliya adabiyotida, keyinchalik esa musiqa va boshqa san'atlarda shakllangan. Romantizmning yetakchi tamoyili - san'atkoming ijodiy tasavvuri orqali yaratiladigan kundalik turmush va orzularning, mavjudlik va oliy, ideal dunyoning bir-biriga keskin qarshi qo'yilishidir. Musiqadagi romantizm adabiyotdagi romantizm bilan uzviy (genetik) bog'langan. Kompozitor-romantiklar adabiy asarlar, tasviriy san'at asarlari, o'zlarining shaxsiy syujetlaridan ilhomlanib asarlar yaratganlar. Buning ustiga musiqadagi romantizm - bu hodisalarning, yo'nalishlarining juda keng doirasidir. Musiqa ijodida qahramonning ichki olami yetakchi mavqe tutadi. Bu mavzu Shubertning kamer romanslaridan boshlab Berlfoztting mahobatli simfoniyalari hamda Vagnening musiqiy dramalarigacha butun romantizm san'atida qizil ip bo'lib o'tadi. Romantizm adabiyotida qahramon va uni o 'rab turgan muhit orasidagi konflikt katta ahamiyat kasb etadi. Yolg'izlik motivi o'sha davr yozuvchilarining ko'plarida: Bayrondan Geynegacha, Stendaldan Shamissogacha asosiy o 'rin egallagan. Musiqa san'atida borliq bilan kelishmaslik romantik kompozitorlarga xos oliy darajadagi xususiyat bo'lib qoladi. Romantizm san'atining umumiy yo'nalishlaridan biri mahalliy madaniyatga qiziqishning ortib borishida

ko'rinadi. Turli-tuman xalq milliy an'analari romantik san'atkorlar e'tiborini tortadi. 0'rta asr afsonalari, uyg'onish davri madaniyati qayta jonlana boshlaydi. Dante, Shekspir, Servanteslar badiiy ijodda hukmron mavqe tutishadi. Dyuma, Gyugo, Valter Skott romanlarida tarix hodisalari asosiy o'rin egallaydi. XIX asr xalq musiqa san'ati an'analariga tayanadigan milliy musiqa maktablarining gullab-yashnashi bilan e'tiborlidir. Rossiya, Polsha, Chexiya, Norvegiyaning milliy madaniyati jahon maydonida o'zlarining mustaqil milliy maktablari bilan namoyon bo'ldilar. Ularning ko'plari umumyevropa musiqasi rivojida yetakchi rol o'ynadi. Romantizm san'atining yangi g'oyaviy mazmuni romantizmning xilma-xil shahobchalariga xos bo'lgan yangi ifoda usullarining paydo bo'lishiga olib keldi. Romantik san'atkor uchun kuchaytirilgan hissiyotli ifodaviylik xosdir. Tuyg'ularning aqldan ustunligi romantizm nazariyasining aksiomasidir. Romantizm metodining keyingi eng muhim qirrasi undagi fantastik to'qimadir. Rus va g'arbiy Yevropa kompozitorlari asarlarida folklordan o'zlashtirilgan qahramonlarning ertakona olami ommalashib boradi. Romantizm musiqasida qo'shiq yetakchi janrga aylanadi. Maishiy qo'shiqlardan romans shakllanib keldi. U badiiy ahamiyatiga ko'ra simfoniya va opera bilan bir qatordagi munosib joyni egalladi. Kamer fortepiano miniatyurasi gullab - yashnadi, u ham aslida maishiy musiqachilikdan kelib chiqqan edi. Maishiy raqs mustaqil janrga aylanib bordi hamda kamer romantik miniatyura uslubiga ta'sirini o 'tkaza boshlaydi. Shubert valslari, Shopenning mazurkalari va valslari yangi romantik yo'nalishning oliy ko'rinishlari bo'ldi. Burjua jamiyatiga xos bo'lgan musiqiy hayotning yangi shakllari nodir cholg'u ijrochiligining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Estrada san'tining rivoji bilan birga Paganini, Shopen, List singari mashhur ise'dodlar maydonga keldi. Estrada konsertlari ijro texnikasi, mahorat, bezaklilikni ham yuqori darajaga olib chiqdi. Fortepiano musiqasi yetakchi mavqega erishdi, u romantik musiqiy uslubning yaratilishida muhim rol o'ynadi. Romantizmning musiqiy ijodi Vena klassiklari san'atidan dasturli musiqaning rivoji bilan farq qiladi. Adabiy manbalar bastakorlarga aniq badiiy tasvir vositalarini topishga imkon berdi, tinglovchining his qilishiga ta'sir o'tkazdi. Jumladan, Venaning birinchi romantik ijodkori F. Shubertda maksimal darajadagi aniqlik va ta'sirchanlik bilan poetik matn obrazlarini mujassamlashtirishga intilish yorqin ko'rinadi. G'arbiy Yevropadagi birinchi milliy romantik opera -Veberning «Sehrli mergan» asari sujetidagi romantik qirralar va sahnaviy harakatning chambarchas aloqalari orqali yangi musiqiy ifoda sohasini ochib berdi. Berliozning «Fantastik simfoniya»si XIX asr simfonik musiqasidagi yangi yo'nalishni belgilab berdi. U aniq poetik obrazlarga, muayyan sujet chizig'iga tayanadigan batafsil ishlab chiqilgan adabiy senariy asosida yaratilgan edi. XIX asr cholg'u musiqasida dasturiy tamoyillarni talqin etishning xilma-xil shakllari uchraydi. Romantik kompozitorlar Betxovenning «(Pastoral) Cho'pon simfoniyasi» bilan aloqador bo'lgan dasturiylik turini saqlab qolishdi. U XIX asrdagi ko'plab simfoniyalar uchun xosdir.

Mendelsonning «Italyancha», «Shotlandcha», Shumanning «Bahor», «Reyn» simfoniyalari shular sarasiga mansub. Dasturiylikning klassik prinsipigina xos rivojini konsert uvertyuralari janri (Mendelsonning «Yoz tunidagi tush», Shumanning «Manfred», Berliozning «Rim karnavali»)da ham kuzatiladi. Bu asarlarda biz konkret emotsional hamda dramatik o 'xshatmalami kuzatamiz, muallifning o'zi ham sarlavhalar orqali bunga ishora qiladi. Dasturiylik tamoyilini romantik cholg'u musiqasining yangi turlari - fortepiano miniatyurasi, dasturiy simfoniya, simfonik poemalarda turlicha amalga oshiririladi. Lirik kamer miniaturalari asosidagi yorqin dasturiylik Shuman («Karnaval», «Fantastik pyesalar») va Listning («Unashtirish», «Petrarka soneti» v.b.) fortepiano musiqasida uchraydi. Berliozning dasturiy simfoniyalarida ma'lum darajada tasviriy san'at va sujetli konkretlashtirish usullari qo'llangan. Uning ikkita simfoniyasi - «Xayoliy» hamda «Romeo va Juletta» izchil ishlab chiqilgan adabiy senariy va ochiq ko'rinib turadigan sujet rivoji asosida yaratilgan. «Garold Italiyada» hamda «Motamona- triumfal» simfoniyalari tovush ifodalash usullari bilan shunchalik ziynatlanganki, bu musiqiy obrazlarni adabiy talqinlari uchun zarurat ham qolmagan. Musiqiy romantizmdagi yangi obrazlar sohasi shakl hosil qilishning yangicha tamoyillarida namoyon bo'ladi. Klassitsizm zamonida klassik simfoniya klassitsizm estetikasiga xos bo'lgan ob'ektiv obrazlarni aks ettiradi. Simfonik turkum tarkibi tugallanganligi bilan xarakterlanadi. Qismlar ichida materiallarning joylashtirilishida asosiy e'tibor mavzuning rivojlanishi yagonaligiga hamda kompozitsiyaning alohida qismlarga ajraiib turishiga qaratiladi. Romantiklar ijodida simfoniya hamda simfonik musiqaning ahamiyati saqlanib qoldi. Biroq romantiklarning yangicha estetik tafakkuri an'anaviy simfonik shakllarning o'zgarishiga hamda rivojlanishda yangicha cholg'u tamoyillarining paydo bo'lishiga olib keldi. Olamni lirik qabul qilish - romantik musiqa mazmunining eng muhim qirrasidir. Ushbu sub'ektiv jihat rivojlanishning uzluksizligida aks etgan. Motivlar almashinishining to'lqinli holati romantiklardagi rivojlanish usullarini muayyanlashtiradi. Intim-lirik ifodalar obrazlari cholg'u musiqasidagi yangi shakllarni yuzaga keltirdi: lirik poeziya kayfiyatiga muvofiq keladigan erkin, bir qismli fortepiano pyesalari, simfonik poemalar shu yo'sinda yuzaga kelgan. XIX asr cholg'u musiqasida klassik janrlaming bir muncha o'zgarganligi, sof romantik janrlaming paydo bo'lishi kuzatiladi. Turkumli simfoniya jiddiy o'zgarishlarga uchradi. Unda lirik kayfiyat ustunlik qila boshladi (Shubertning «Tugallanmagan simfoniya»si). Musiqaning lirik tabiati bir mavzulilikka intilish (Berliozning «Fantastik simfoniya»si) hamda rivojlanishning uzluksizligida namoyon bo'ladi. Musiqiy romantizmning yangi yo'nalishlari XIX asrning 40-yillarida List tomonidan kashf etilgan janr - simfonik poemada nisbatan izchil tarzda mujassamlashgan. Simfonik poemalarning eng yorqin tarzda ajraiib turadigan xususiyati dasturiylik bo'lib, u zamonaviy poeziya va adabiyot bilan bog'liq edi. List yaratgan ko'pchilik simfonik poemalarning nomlari alohida

adabiy asarlar bilan bog'liq» («Mazepa» Bayron asari bo'yicha, «Tog'larda eshitilgan sadolar» Gyugo asari bo'yicha, «Prelyudi» Lamartini asari bo'yicha). Poemaga xos shakl hosil qiluvchi tamoyillar sifatida bir qismliiik, yagona mavzulilik, go'zal variantlilik, turli tematik qurilmalar orasidagi o'tishlarning izchilligi ko'zga tashlanadi. Shu bilan birga, simfonik poema klassik turkumli simfoniya tarkibini takrorlamagan holda uning tamoyillariga tayanadi. Bir qismli shakl doirasida umumlashtirilgan holda sonataviylik asoslari: o'zaro zid obrazlarning, ikkita tonal va mavzu markazining mavjudligi, sayqallanganlik, takroriylik, turkumlilik alomatlari yaratilgan. Shunday qilib, simfonik poema mavzuviylikning yangicha qurilishiga tayanib turib, bir qismli shakl doirasida oldingi davrlardagi musiqiy ijodkorlik yaratgan asosiy musiqiy prinsiplarni saqlab qoldi. XIX asrning birinchi yarmida g'arbiy Yevropa musiqiy san'atining eng muhim fazilatlaridan biri shu bo'Idiki, u milliy-romantik maktablarni shakliantirdi, ular o'z muhitlarida jahonning eng yirik kompozitorlarini dunyoga keltirdi. Nemis xalq-milliy operasining yaratuvchisi Karl Mariya Veber bo'Idi. Veber o'z ijodi hamda ko'p qirrali ijtimoiy-musiqiy faoliyati bilan milliy san'atning obro' va ahamiyatini ko'rsatishga harakat qildi. Uning eng yaxshi uchta operasi: «Sehrli mergan», «Evrianta», «Oberon» Germaniyadagi opera san'atining keyingi rivojlanish yo'llarini belgilab berdi. Karl Mariya Veber 1786-yil 18-dekabrda nemis shaharchasi Golshtinida musiqachi va teatr antrepreneri oilasida dunyoga kelgan. Uning bolaligi va o'smirligi otasining unchalik katta bo'lmagan teatr truppasi bilan birgalikda Germaniya shaharlari bo'yIab sayohatlarda o'tgan. Veber na umumiy, na musiqiy tizimli ta'lim olgan emas. Veberning abbat Fogler va Mixail Gaydndan olgan musiqa darslari undagi ijrochilik va ijodiy qobiliyatlarining o'sishiga imkon berdi. Veber o'n yetti yoshida pianinochi sifatida konsertlar berar, uchta operaning muallifi ("Sevgi va mayning kuchi", "Soqov o'rmon qizi", "Peter Shmol va uning qo'shnilari") edi. 1804-yildan Veber opera teatrlari dirijyori sifatida ishlaydi (Breslavl, Karlsrue, Shtutgart, Mangeym, Darmshtadt, Frankfurt, Myunxen, Berlin). 1813-yildan 1816 yilgacha u Pragadagi opera teatriga boshchilik qildi. Veber ijodida 1814-yil alohida bosqichni tashkil etadi. Shu yili Germaniya Napoleon ustidan g'alabani bayram qilayotgan edi. Veberning milliy tuyg'ularining ko'tarinkiligi muhitida milliy ozodlik kurashi g'oyalari bilan to'lib toshgan qo'shiqlari paydo bo'ladi (T. Korner she'rlari asosida). "Lira va qilich" to'plami, shuningdek, Volbruk matniga yozilgan qahramonona -vatanparvarlik ruhidagi "Jang va g'alaba" (1815) kantatasi Veberning Germaniyada shuhrat taratishiga omil bo'ldi. U 1817-yiIdan umrining oxirigacha Drezdendagi nemis musiqa teatriga rahbarlik qiladi. Veberning faoliyati Germaniyada Tilzit sulhidan (1807) keyin boshlangan milliy ijtimoiy ko'tarilish sharoitida amalga oshdi. Bular Veber dunyoqarashini, ijodiy yo'nalishini belgilab, berdi, uning ilg'or estetik qarashlarini shakllantirdi. Shu yillarda Veber tomonidan yaratilgan ("Ryubetsal", 1805; "Silvana", 1810; "Abu Gasan", 1811) operalarda kompozitor uslubining yangi

qirralari: xalq maishiy hayoti va ertakona sujetlarga qiziqish, musiqiy folklor bilan aloqadorlik, sharqona musiqiy kolorit v.b. muayyanlashadi. Veber ijodining cho'qqisi hamda eng mashhur asari "Erkin mergan" ("Freyshyuts") operasidir, u 1821-yilda Berlinda muallif boshqaruvida qo'yilgan edi. Shu vaqtdan boshlab romantik opera unga xos bo'lgan borliq va xayolotning uyg'unligida jadal rivojlana boshlaydi. Operada xalqona sujet, dehqonchilik va ovchilik hayotining rangdor manzaralari, tabiatning poetik obrazi o'z ifodasini topgan. Bu asarida Veber xalq musiqiy ijodiga tayanadi, maishiy janrlar (vals, marsh, turli tuman xalqona qo'shiq shakllari)dan keng foydalandi. Shuningdek, operani umumiy romantik kolorit, musiqiy-garmonik vositalar va tembr bo'yoqlarining yangiligi, leytmotivlarning amaliy roli, orkestr ahamiyatining kuchaytirilishi farqlab turadi. Operada yuksak darajada rivojlangan opera shakllari bilan unchalik katta bo'lmagan qo'shiqona qurilishlar va janriy sahnachalar erkin hamda tabiiy ravishda omuxtalashib ketadi. Veber musiqiy romantizm taraqqiyotining ilk davridagi kompozitorlar izlanishlarini umumlashtirgan emas (E. T. A. Gofman, L. Shpor), balki o'z ijodi bilan R. Vagner musiqiy dramaturgiyasi tamoyillarining yuzaga kelishi uchun ham zamin hozirladi. Veberning "Evrianta" operasi (1823-yil, Vena, muallif boshqaruvidagi postanovka) ko'plarnli tarixiy-afsonaviy ritsarona romantik operalarning yangi turini namoyon etdi. U Vagner yaratgan ritsarona «Tangeyzer» va «Loengrin» operalari uchun zamin bo'ldi. Veberning so'nggi operasi "Oberon" (1826-yil, London) afsonaviy romantik opera janrini boshlab berdi. Unda xalqona-fantastik obrazlaming yorqin olami ham mujassamlashgan edi. Ushbu opera ohorliligi, kuylarning tabiiy jilvalari bilan orkestrga xos koloritning rang-barangligi va yorqinligi sabab o'ziga rom qiladi. Ular keyinchalik Berlioz va Mendelsonlarning romantik orkestrona maktablari rivojiga juda katta ta'sir ko'rsatgan edi. Veberning cholg'u asboblari uchun musiqasi sohasidagi puflab chalinadigan asboblar va orkestr ijrosidagi konsertlari juda mashhurdir (3 ta klarnet uchun; fagot, valtorna uchun). Berlioz tomonidan qayta ishlangan "Raqsga taklif (1819) fortepiano uchun yozilgan pyesa (1841) hamda orkestr bilan birgalikda fortepiano uchun yozilgan "Konsertshtyuk" (1821) dasturiy chog'u asboblari musiqasi va maishiy raqs (vals) kuylariga asoslanadigan yangi konsert janrlari rivojida sezilarli rol o'ynadi. Veber - bir qator musiqiy-tanqidiy hamda adabiy ishlar, jumladan, tugallanmagan "Sozandaning hayoti" romani muallifidir. Veber Londonda 1828-yilda qirq yoshida ko'k yo'tal kasalidan vafot etadi. 0'n besh yildan keyingina uning xokini o'z Vataniga ko'chirish uchun Germaniyada qo'mita tuziladi hamda 1844-yilda uning xoki Drezdenga qayta ko'milgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Алексеев А.Д. История фортепианного искусства. М .,1967

2. Асафьев Б. Шопен. М., 1922

3. Белза И. Шопен. М.: Наука, 1968

4. Ванслов В. Эстетика романтизма. М., 1966

5. Венок Шопену. М., 1989

6. Гаал Ш. Лист. М.,1986

7. Галацкая В. «Музыкальная литературы зарубежных стран»

8. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №. 3.

9. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.

10. Болтабоева У. Нут; санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

11. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

12. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - С. 125.

13. Усмонов Ш. САХНАДА ТАШ^И ^ИЁФАГА АКТЁРНИНГ МУНОСАБАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

14. Усмонов Ш. Илм даргохдга бир назар //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

15. Умарова Х., Усмонов Ш. Санъатга багишланган умр //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

16. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 3. - С. 91-95.

17. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - Т. 5. - №. Conference. - С. 4-4.

18. Абдуназаров З. МИЛЛИЙ УЙИНЛАРИМИЗ ИШТИРОКИДА ЁШ АКТЁРЛАРНИ ТАСАВВУРИ ВА ДЩ^АТИНИ ЧАРХЛАШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. Абдуназаров З. ТИМСОЛЛАР СИЙМОСИНИ ЯРАТИШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

20. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 148-152.

21. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

22. Юлдашева С. Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

23. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

24. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

26. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

27. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

28. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

29. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

30. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

References

1. Алексеев А.Д. История фортепианного искусства. М .,1967

2. Асафьев Б. Шопен. М., 1922

3. Бeлза И. Шопен. М.: Наука, 1968

4. Ванслов В. Эстетика романтизма. М., 1966

5. Венок Шопену. М., 1989

6. Гаал Ш. Лист. М.,1986

7. Галацкая В. «Музыкальная литературы зарубежных стран»

8. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №. 3.

9. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.

10. Болтабоева У. Нутк санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

11. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

12. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - С. 125.

13. Усмонов Ш. САХНАДА ТАШКИ КИЁФАГА АКТЁРНИНГ МУНОСАБАТИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.

14. Усмонов Ш. Илм даргохдга бир назар //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).

15. Умарова Х., Усмонов Ш. Санъатга багишланган умр //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

16. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 3. - С. 91-95.

17. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - Т. 5. - №2. Conference. - С. 4-4.

18. Абдуназаров З. МИЛЛИЙ УЙИНЛАРИМИЗ ИШТИРОКИДА ЁШ АКТЁРЛАРНИ ТАСАВВУРИ ВА ДИККАТИНИ ЧАРХЛАШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

19. Абдуназаров З. ТИМСОЛЛАР СИЙМОСИНИ ЯРАТИШ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

20. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 148-152.

21. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).

22. Юлдашева С. Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

23. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.

24. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

26. Ахмедов Р. Миллий муси;ий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).

27. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).

28. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).

29. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

30. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.