Научная статья на тему 'MOTOTRANSPORT VOSITALARI TURG‘UNLIGINI OSHIRISHNING ILMIY ASOSLARI'

MOTOTRANSPORT VOSITALARI TURG‘UNLIGINI OSHIRISHNING ILMIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turg‘unlik / bir izli transport vositasi / to‘xtash joyi / mototransport vositalari / tezlik / manyovr / parametr / ekspluatatsion / tekis to‘g‘ri chiziqli harakat. / устойчивость / одноколейное транспортное средство / парковка / мототранспортные средства / скорость / маневренность / параметр / эксплуатация / прямолинейное движение.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Aslonov Norqul Rabbonayevich, Aliboyev Baxtiyor Abdurahmonovich, Bekmurodov Ilhom Rahmatillayevich

Mototransport vositalarining xavfsizligiga ta'sir qiluvchi omillar tahlili o‘tkazildi. Ekspluatatsiya rejimlari ko‘rib chiqildi va turg‘unlikni yo‘qotish sabablari aniqlandi. Tezlik olish, tormozlash va to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanish paytida mototransport vositalarining turg‘unlik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Past tezlikda va to‘xtash joylarida mototransport vositalari turg‘unlikgini ta'minlash yo‘nalishlari taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Scientific foundations for improving the stability of motor vehicles

Проведен анализ факторов, влияющих на безопасность мототранспортных средств. Были рассмотрены режимы эксплуатации и определены причины потери устойчивости. Приведены показатели устойчивости мототранспорта при наборе скорости, торможении и движении по прямой дороги. Предлагаются маршруты для обеспечения устойчивости мототранспорта при низких скоростях, на стоянках.

Текст научной работы на тему «MOTOTRANSPORT VOSITALARI TURG‘UNLIGINI OSHIRISHNING ILMIY ASOSLARI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK 629.33.017

MOTOTRANSPORT VOSITALARI TURG'UNLIGINI OSHIRISHNING ILMIY

ASOSLARI

Aslonov Norqul Rabbonayevich O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, PhD, E-mail: [email protected]

Aliboyev Baxtiyor Abdurahmonovich O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, PhD, E-mail: [email protected]

Bekmurodov Ilhom Rahmatillayevich O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o'qituvchisi E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Mototransport vositalarining xavfsizligiga ta'sir qiluvchi omillar tahlili o'tkazildi. Ekspluatatsiya rejimlari ko'rib chiqildi va turg'unlikni yo'qotish sabablari aniqlandi. Tezlik olish, tormozlash va to'g'ri chiziq bo'ylab harakatlanish paytida mototransport vositalarining turg'unlik ko'rsatkichlari keltirilgan. Past tezlikda va to'xtash joylarida mototransport vositalari turg'unlikgini ta'minlash yo'nalishlari taklif etilgan.

Аннотация. Проведен анализ факторов, влияющих на безопасность мототранспортных средств. Были рассмотрены режимы эксплуатации и определены причины потери устойчивости. Приведены показатели устойчивости мототранспорта при наборе скорости, торможении и движении по прямой дороги. Предлагаются маршруты для обеспечения устойчивости мототранспорта при низких скоростях, на стоянках.

Abstract. The analysis of factors affecting the safety of motor vehicles has been carried out. The operating modes were considered and the causes of the loss of stability were determined. The indicators of stability of motor vehicles at speed, braking and driving on a straight road are given. Routes are offered to ensure the stability of motor vehicles at low speeds, in parking lots.

Kalit so'zlar: turg'unlik, bir izli transport vositasi, to'xtash joyi, mototransport vositalari, tezlik, manyovr, parametr, ekspluatatsion, tekis to'g'ri chiziqli harakat.

Ключевые слова: устойчивость, одноколейное транспортное средство, парковка, мототранспортные средства, скорость, маневренность, параметр, эксплуатация, прямолинейное движение.

Keywords: stagnation, one-track vehicle, parking, motor vehicles, speed, maneuverability, parameter, operational, flat rectilinear motion.

KIRISH

Bugungi kunda avtomobillar sonining doimiy ravishda ko'payishi yo'llarda tirbandlikni keltirib chiqarmoqda, bu esa o'z o'rnida mashinalar harakatini qiyinlashtirib harakat xavfsizligiga salbiy ta'sir etmoqda va belgilangan ob'yektga yetib borish imkoniyatini cheklab qo'ymoqda. Avtomobildan voz kechish va boshqa turdagi transport vositasidan foydalanish har doim ham qulay bo'lmaydi, shuning uchun boshqa yechimlarni izlash lozim bo'ladi. Shulardan biri mototosiklda harakatlanishdir. Motosikl boshqa transport vositalariga nisbatan manyovrchanligi, o'tag'onligi (tor yo'laklarda, avtomobillar orasida, maxsus qoplamalarga ega bo'lmagan joylar va h.k), eng asosiysi tejamkorligi kabi avfzalliklari bilan ajralib turadi. Bugungi kunda yurtimizda ham xususan kuch tizimlarida vazifalaridan kelib chiqib, mototransport vositalariga ehtiyoj tug'ilmoqda. Jumladan IIV ning YHXX va MG tizimida aholi tinchligi va osoyishtaligini shuningdek jamoat tartibini saqlashda motosikllardan keng foydalanilmoqda.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Hozirgi kunda Respublikamizda mototransport vositalarini takomillashtirish borasida ko'pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Mototransportlarning muhim ekspluatatsion ko'rsatkichlaridan biri ularning boshqariluvchanligi hisoblanadi. Takomillashtirilgan mototransport vositalarining manyovr olishini oshirish uchun uning burilish radiuslarini amalga oshirishda bir qancha muammolar mavjud. Mototransport vositalarining turg'unliklarini oshirish uchun boshqaruv parametrlarini chuqur tahlil va ilmiy yondashuvlar asosida tanlash talab etiladi. Bu borada ko'pgina ilmiy izlanishlar olib borilgan.

NATIJALAR

Yildan yilga mototransport vositalarining ommalashuvi ularning yuqori tortish-tezlik xususiyatlari bilan birgalikda mobilligi, kichik hajmliligi va tejamkorligi tufayli ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlarning yirik shaharlarida mototransport vositalarida harakatlanish tirbandlik va parkovkani osonlashtirishga imkon bermoqda.

Ming afsuslar bo'lsinki, baxtsiz hodisalar statistikasiga qaraganda mototransportlar eng xavfli transport vositasi ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bu quyidagi omillarga bog'liq:

Birinchi navbatda inson omili hisoblanadi. Mototsikl haydovchilarining past tayyorgarlik darajasi, chunki mototsikl boshqaruv huquqlarini olish uchun haydovchilikning minimal kursi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, mototsikl haydovchilari qish mavsumida juda uzoq vaqt davomida mototransport vositalarini boshqarmaydilar. Shu sababli boshqaruv ko'nikmalarini yo'qotadilar. Respublikamizda mototransportlarni boshqarish huquqini 16 yoshdan boshlab olish mumkin, holbuki harakat xavfsizligi yuqori darajadagi Yevropa mamlakatlarida yosh chegarasi ancha yuqori. Masalan, Germaniyada mototsiklni maksimal 60 km/soatdan yuqori tezlikda boshqarish huquqini 21 yoshdan olish mumkin, shuningdek 25 kVt dan yuqori va quvvatli dvigatelli mototsiklni esa haydovchilik tajribasi kamida 2 yil bo'lganda 25 yoshdan boshlab olish mumkin.

Mototsikl avtomobildagi kuzov yoki kabina kabi tashqi himoya karkasi mavjud bo'lmagan kuzovsiz transport vosita hisoblanadi. Bu bir tomondan og'irlikning pasayishiga, konstruksiyaning soddalashishiga, o'lchamlarning kichrayishiga, boshqa tomondan YTH yuz berganda haydovchi va yo'lovchining butunlay himoyalanmaganligiga olib keladi.

Yo'l transport hodisalarining tahliliga qaraydigan bo'lsak, mototransport vositalari bilan bog'liq YTHlar sonining oxirgi yillarda oshganligini quyidagi rasmda ko'rishimiz mumkin (1-rasm):

Transport yosMaräiin^ tmi va i^hlab dni^anlgm yili Wyi^a

7 753 <73,8%! ■ Vcngi

611

187 (i,i%) 191 ti,o%) 1 037 fií,»f

60 rti«>

VILLAR 1-10 ID diii

oitiq

3 331 2 172 1 (MS 702

VILLAR 1-10 5-10 id-15 15-10 20

Yak 132 13S I2Î 106 125

Autobus 62 48 -15 21 11

MowtukJ 07 4] 52 15 14

1-rasm. Yo'l transport hodisalari tahlili

Mototransport vositalari bir izli transport vositalari hisoblanadi. Ya'ni harakatlanganda bir izga va faqat ikkita tayanch nuqtasiga ega. Bu ixcham o'lchamlar, kichik old xavfsizlik oynasi va kam havo qarshiligini, shuningdek, g'ildiraklarning tebranishga qarshiligini hamda yaxshi boshqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, mototransport vositalarining bazasi qisqa va og'irlik markazi balanda bo'ladi. Mototransport vositalari sekin harakatlanganda, joyida to'xtaganda mustahkam tura olmasligi, shuningdek tezlashish, tormozlash va burilishlarda

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI

ag'darilishga moyillik bo'ladi.

Shunday qilib, insonlar tomonidan mototransport vositalarini xavfsizligini oshirish uchun mototsikllarni boshqarish bo' yicha o' qitishnini takomillashtirish va boshqaruv huquqlarini berishda yosh chegarasini oshirish zarur. Passiv xavfsizlikni ta'minlash uchun kuzovi mavjud bo'lgan bir izli transport vositalarini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda. Bu YTH oqibatlarining og'irligini kamaytiradi hamda haydovchi va yo'lovchilarni tashqi omillardan himoya qiladi.

MUHOKAMA

Ushbu ishning maqsadi mototsiklning turg'unligini ta'minlash orqali harakat xavfsizligini oshirishdir.

Mototsikl turg'unligining yo'qolishi g'ildirakning yo'l yuzasidan uzilishida yoki g'ildirakning sirt bo'ylab sirpanishi bilan ifodalanadi. Ushbu maqolada mototransport vositalarinig bir g'ildirakda harakatlanishini nazarda tutmaydi. Balki mototransport vositalarining turg'unligini tahlil qilish uchun uning ekspluatatsiya rejimlari va turg'unligini yo'qotish sabablarini asoslashdir.

1. Tekis to'g'ri chiziqli harakat. Bunda aylanuvchi g'ildiraklar yuqori turg'unlikka ega bo'lib, giroskopik effekt bilan ta'minlanadi.

2. Tezlanish bilan to'g'ri chiziqli harakat. Agar ag'daruvchi moment Mmah stabillovchi moment MmgB dan katta bo'lsa, old g'ildirakni tayanch yuzadan uzilishi va S nuqtaga nisbatan orqaga ag'darilishi ehtimoli mavjud (2-rasm). Bu holatda ag'darilishni oldini olish uchun motosiklning tortish kuchini kamaytirish orqali tezlanishini cheklash mumkin:

MMah < MmSB (1)

u holda

a<gJ (2)

3. Tormozlanish. Agar ag'daruvchi moment MMJh stabillovchi moment MMgA dan katta bo'lsa, orqa g'ildirakni tayanch yuzadan uzilishi va S nuqtaga nisbatan oldinga ag'darilishi ehtimoli mavjud (3-rasm). Bu holatda ag'darilishning oldini olish uchun mototsiklning tormozlash kuchini dozalash orqali sekinlanishini cheklash mumkin:

MJh < MMgA (3)

ya'ni

J<9~h (4)

4. Egri chiziq bo'yicha harakatlanish. Agar markazdan qochma kuch RS hosil qilgan moment, og'irlik kuchi Gm dan hosil bo'lgan stabillovchi momentdan katta yoki kichik bo'lsa, ag'darilish ehtimoli mavjud (4a-rasm). Bu holatda turg'unlikni saqlab turish uchun yuqoridagi momentlar teng bo'lishi lozim:

Rsh smß = CM h. cosß (5)

Markazdan qochma kuch quyidagicha aniqlanadi: ^

bu yerda Vm-motosiklning chiziqli tezligi; r-egri chiziqli harakat traektoriyasining radiusi.

Belgilangan og'ish burchagi ß da motosiklning ag'darilish boshidagi kritik tezligini aniqlaymiz:

Bundan tashqari, ilashish koeffitsienti kichik bo'lganda, motosiklning egri chiziq bo'yicha sirpanishiga olib keladi. Bu holat paydo bo'lmasligi uchun markazdan qochma

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

kuchning tayanch reaksiyasi ilashish kuchidan kam bo'lishi shart (4b-rasm):

< Rz <pY.

(8)

2-rasm. Motosikl shig'ovlanishida unga ta'sir etuvchi kuchlar sxemasi:

MM-motosiklning to'la massasi; a-tezlanish; h va V-og'irlik markazi koordinatalari.

3-rasm. Motosiklning tormozlashdagi ta'sir qiluvchi kuchlar sxemasi;

MM-motosiklning og'irlik markazi; J-sekinlanish; h va A-og'irlik markazi koordinatalari.

4-rasm. Yiqilish (a) va siljish (b) jarayonlari uchun egri chiziq bo'ylab harakatlanayotganda ta'sir qiluvchi kuchlarning sxemasi

Agar Ry=Ps va RZ=Gm bo'lsa, motosikl sirpanib surilishi boshlangan vaqtga to'g'ri keluvchi kritik tezlikni olamiz:

r3 _ r

Bu yerda <pY - ko'ndalang yo'nalishdagi ilashish koeffitsiyenti.

(9)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

5. Past tezlikda harakatlanish. Har qanday muvozanatning buzilishi va vertikal holatdan og'ish ag'daruvchi momentni keltirib chiqaradi va ko'pincha motosiklning ag'darilishiga olib keladi.Bu holatda stabillovchi moment mavjud bo'lmaydi. Haydovchi ag'daruvchi momentni rulni burish ("ilon izi" harakatlari) va o'z tanasini og'dirish hisobiga motosiklning og'irlik markazini siljitish orqali kompensatsiya qilishga majbur bo'ladi. Bunday vaziyatni tabiiy sharoitlarda doim ham amalga oshirish imkoni bo'lmaydi.

6. To'xtash. Haydovchi motosiklni vertikal holatda tutib turishga harakat qiladi. Motosiklning vertikal tekislikdan bir oz og'ishi ham salmoqli ag'daruvchi moment hosil qilishi mumkin va motosiklni muvozanatda tutib turishda katta kuch talab etadi.

7. To'xtab turish. To'xtab turishda motosiklning turg'unligini saqlash uchun yonlama tirgak va markaziy ostqo'ymadan foydalaniladi. Ko'ndalang tekislikdan og'ishning paydo bo'lishi shamol ta'siri bilan birga kechib, motosiklni yiqilishiga olib keladi. Ko'pincha to'xtab turishda motosiklning ag'darilishi yonlama tirgak yoki markaziy ostqo'ymaning yo'l qoplamasiga o'ta botib ketishi hisobiga sodir bo'ladi. Yo'l tekisligining bo'lama yo'nalishda og'ishi motosiklning markaziy ostqo'ymadan chiqib ketishi va keyinchalik ag'darilishiga sabab bo'ladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tezlashish va tormozlash jarayonida mototsiklning turg'unligini ta'minlash vazifasi mototsiklga tezlashish va sekinlashishni cheklash moslamasini va blokirovkaga qarshi tizimni o'rnatish orqali hal qilinishi mumkin.

Egri chiziqli trayektoriya bo'ylab harakatlanish rejimlarida motosiklning turg'unligiga stabilizatsiyaning avtomatik tizimi yordamida erishish mumkin.

Past tezlikda mototsikl turg'unligini ta'minlash uchun bekatlarda va to'xtash joylarida turli xil tayanch qurilmalardan foydalanish istiqbolli yo'nalishdir.

Tayanch qurilmalarni loyihalash uchun mototsiklning massasi parametrlari, uning geometrik o'lchamlari, tayanch yuza xususiyatlari va tashqi ta'sirlarga bog'liq holda barqarorlik ko'rsatkichlarini aniqlashga imkon beruvchi mototsiklning matematik modelini ishlab chiqish kerak.

ADABIYOTLAR

1. Варламова Е.С., Гаевский В.В., Князев И.М. // Пути повышения устойчивости мотоцикла. Вестник СибАДИ, 2013 год.

2. Госавтоинспекция МВД России. Статистика. - 2012 год [Электронный ресурс]. URL: http://www.gibdd.ru/stat/.

3. Варламова Е.С. Повышение устойчивости одноколейных транспортных средств при остановках и на стоянке / Варламова Е.С., Князев И.М., Гаевский В. В. // Материалы международного конгресса ФГБОУ ВПО «СибАДИ». - 2013 год. - Книга 3. - С. 194 - 197

4. Ahmedov D. A., Bekmurodov I.R., Aliboev B.A. "Motosikl haydovchilarini tayyorlash bo'yicha" uslubiy qo'llanma, O'zR JXU, 2024 - 4-8 bet.

5. Гаевский, В.В. Одноколейные транспортные средства: основные сведения, классификация, перспективы развития, испытания / В. В. Гаевский // Saarbrucken, Германия: Lambert Academic Publishing. - 2013. 47 с.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.