Научная статья на тему 'SHAHAR KO‘CHALARIDA TRANSPORT VOSITALARI HARAKAT TEZLIGINING O‘ZGARISHINI TADQIQ QILISH'

SHAHAR KO‘CHALARIDA TRANSPORT VOSITALARI HARAKAT TEZLIGINING O‘ZGARISHINI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
58
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo‘l tarmog‘i / avtobus / mikroavtobus / yo‘l transport hodisalari / haydovchi / piyoda / atrof-muhit / avtomobil / yo‘l / to‘qnashuv. / дорожная сеть / автобус / микроавтобус / дорожно-транспортные происшествия / водитель / пешеход / окружающая среда / автомобиль / дорога / столкновение.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Kulmuradov Dilshod Istamovich

Ushbu tadqiqot ishida shahar ko‘chalarida transport vositalari tirbandligini tartibga solishni tadqiq qilish, ko‘chalarda avtomobillarni o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, ko‘chalarda harakatlanayotgan transport oqimining asosiy xususiyatlarini o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash, ko‘chalarda tirbandlik bilan bog‘liq yo‘ltransport hodisalari sonini kamaytirish tavsiyalarini ishlab chiqish hamda avtomobil transporti ishining samaradorligi va xavfsizligini ta’minlash, jamoat transporti va maxsus vakolatli transport vositalarining harakatlanishiga imtiyoz yaratish harakat xavfsizligini ta’minlash maqsad qilib olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Research on changes in vehicle movement speed on city streets

В данной научно-исследовательской работе изучаются вопросы регулирования движения транспортных средств на улицах городов, разработка мероприятий по увеличению пропускной способности транспортных средств на улицах, определение закономерностей изменения основных характеристик транспортного потока на улицах. с движением на улицах, разработка рекомендаций по снижению количества связанных с ними дорожно-транспортных происшествий и обеспечению эффективности и безопасности работы автомобильного транспорта, созданию льгот для движения общественного транспорта и специально уполномоченных транспортных средств, обеспечению безопасности дорожного движения.

Текст научной работы на тему «SHAHAR KO‘CHALARIDA TRANSPORT VOSITALARI HARAKAT TEZLIGINING O‘ZGARISHINI TADQIQ QILISH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

SHAHAR KO'CHALARIDA TRANSPORT VOSITALARI HARAKAT TEZLIGINING

O'ZGARISHINI TADQIQ QILISH

Kulmuradov Dilshod Istamovich Jizzax politexnika instituti, p.f.f.d., dotsent v.b. "Transport vositalari muhandisligi" kafedrasi

Annotatsiya. Ushbu tadqiqot ishida shahar ko'chalarida transport vositalari tirbandligini tartibga solishni tadqiq qilish, ko'chalarda avtomobillarni o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish, ko'chalarda harakatlanayotgan transport oqimining asosiy xususiyatlarini o'zgarish qonuniyatlarini aniqlash, ko'chalarda tirbandlik bilan bog'liq yo'l-transport hodisalari sonini kamaytirish tavsiyalarini ishlab chiqish hamda avtomobil transporti ishining samaradorligi va xavfsizligini ta'minlash, jamoat transporti va maxsus vakolatli transport vositalarining harakatlanishiga imtiyoz yaratish harakat xavfsizligini ta'minlash maqsad qilib olingan.

Аннотация. В данной научно-исследовательской работе изучаются вопросы регулирования движения транспортных средств на улицах городов, разработка мероприятий по увеличению пропускной способности транспортных средств на улицах, определение закономерностей изменения основных характеристик транспортного потока на улицах. с движением на улицах, разработка рекомендаций по снижению количества связанных с ними дорожно-транспортных происшествий и обеспечению эффективности и безопасности работы автомобильного транспорта, созданию льгот для движения общественного транспорта и специально уполномоченных транспортных средств, обеспечению безопасности дорожного движения.

Abstract. In this research work, the study of the regulation of vehicle traffic on city streets, the development of measures to increase the capacity of vehicles on the streets, the determination of the laws of change of the main characteristics of the traffic flow on the streets, with the traffic on the streets, the development of recommendations to reduce the number of related road traffic accidents and to ensure the efficiency and safety of road transport work, to create privileges for the movement of public transport and specially authorized vehicles, to ensure traffic safety.

Kalit so'zlar: yo'l tarmog'i, avtobus, mikroavtobus, yo'l transport hodisalari, haydovchi, piyoda, atrof-muhit, avtomobil, yo'l, to'qnashuv.

Ключевые слова: дорожная сеть, автобус, микроавтобус, дорожно-транспортные происшествия, водитель, пешеход, окружающая среда, автомобиль, дорога, столкновение.

Key words: road network, bus, minibus, traffic accidents, driver, pedestrian, environment, car, road, collision.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar hayotga joriy etila boshlandi. Chunonchi, avtomobil ishlab chiqarish sanoati yo'lga qo'yildi, yo'l qurilish sohasida keng o'zgarishlar ro'y berdi, shu bilan birga chet el davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalari joriy etila boshlandi. Yana shuni aytib o'tish joizki mamlakat aholisining soni yildan-yilga ortib borishi bilan shahar hududi kengayib, aholining avtomobil transportiga bo'lgan ehtiyoji yanada ko'paymoqda. Bu esa tabiiy ravishda Respublika avtomobil yo'llarida, shu jumladan shahar magistral ko'chalarida harakat miqdorining yildan-yilga ortishiga olib keldi [1].

Shahar ko'cha-yo'l tarmoqlarining rejalashtirish yechimiga muvofiq shahar uchun 1000 kishiga avtomobillashtirish darajasi 170-180 ta avtomobil kritik miqdor hisoblanadi. Yaqin yillarda Jizzax shahrida avtomobillashtirish darajasi me'yoriy ko'rsatkichlardan oshib ketadi,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

chunki hozirgi kunda har 1000 kishiga 125 ta avtomobil to'g'ri kelmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, transport vositalarining harakat miqdori jadal sur'atlar bilan ortib bormoqda. Shahar magistral ko'chalarida avtomobillar va jamoat transportlarining xavfsiz harakatlanishlarini tashkil etishda transport vositalari va piyodalar harakatini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri harakat miqdoridir [3].

Kuzatish usuli orqali Jizzax shahrining magistral ko'chalarida avtomobillar va jamoat transporti aralash harakatlanadigan, hamda shaharning hozirgi kunda asosiy magistral ko'chalarida olib borildi. Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, ushbu ko'chalarda harakat miqdori yo' lning ahamiyatiga, transport vositalarining tarkibiga, holatiga va shunga o'xshash bir qancha omillarga bog'liq bo'lib, bir-biridan farq qilishini ko'rish mumkin. Harakat miqdori va tarkibining o'zgarishi xarakat tezligi va yo'l -transport xodisalarining o'zgarishiga ta'sir qiladi. Shahar ko'chalarining tasmalarida harakat miqdori va uning tarkibining tez-tez o'zgaruvchanligi kuzatiladi. Yo'llarda xavfsiz harakatni tashkil etishda transport vositalari oqimini maksimal darajada yo'lning geometrik o'lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo'laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o'tkazish qobiliyatini ta'minlashga qaratiladi.

Bunda transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi. Transport oqimining o'zgarishi nafaqat harakat miqdorining o'zgarish natijalariga emas, balki yo'l sharoitining holatiga ham bog'liq. Ayniqsa transport vositalari aralash harakatlanadigan katta shahar ko'chalarida transport vositalarining asosiy xususiyatlarini o'rganishda katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek uzun ko'chalarda yo'l sharoitining o'zgarishi transport oqimida harakatlanayotgan o'zaro ta'sirlashuvchi avtomobillarda og'ir kechadi. Avtomobil yo'llarida transport oqimining harakat tizimini o'rganishda eng ahamiyatli xususiyatlardan biri bu- transport oqimining harakat zichligidir. Transport oqimining harakat zichligi - transport vositalarining 1 km uzunlikdagi bitta harakat polasasiga joylashgan soni bilan o'lchanadi (q-km/dona) [5].

Bu ko'rsatkich harakat tarkibiga, uning tezligiga va yo'l sharoitiga nisbatan o'zgaradi. Yengil avtomobillardan iborat maksimal transport oqimining zichligi qmak=200 avt/km, bunda tezlik vq0 km/soatga, transport oqimining optimal zichligi qopt=15-25 avt/kmga ega bo'ladi.

Tranport oqimining zichligi oshib borgan sari transport vositalari oraliq masofasi kamayishi, tezlikning kamayishi hamda haydovchilarning psixologik ish rejimining qiyinlashishi umumiy yo'l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining zichligi transport vositalarining to'htab qolish ("zator") holatida kuzatiladi. Transport oqimining zichligini quyidagicha baholash mumkin

n N

Q=? (1)

bu yerda: N- bitta polasadagi harakat miqdori, avt/km V-transport oqimining zichligi, km/soat.

Bu ko'rsatkich harakat miqdori "N" va yo'l sharoiti o'zgarishiga bog'liq, chunki "N" ko'rsatkichi o'zgaruvchan. Tranport oqimining zichligini aerofotosyomka yoki yo'lning yon tarafidan baland joydan kinosyomka qilish orqali aniqlanadi. Tranport oqimining zichligi yuqori bo'lgan paytlarda yo'lning yuklanganlik darajasi ortishiga, shu bilan birga transport oqimining tezligini kamayishiga olib keladi. Bu xollarda tabiiy ravishda transport vositalaridan atrof-muhitga chiqayotgan ortiqcha zaharli moddalar soni kattalashishiga olib keladi. Transport vositalaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamaytirishda transport oqimining zichligini kichik ko'rsatkichga keltirish, buning uchun oraliq masofani saqlagan holda 40 dan 60 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanishni ta'minlash kerak [6]. Xarkova milliy avtomobil -yo'llar univesiteti olimlari dots.L.A.Kovalenko, ass.S.N.Urdziklar transport oqimining harakat zichligi, harakat miqdori va tezligini bog'lovchi qonuniyatni ishlab chiqishdi:

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

N = D • V (2)

max max (2)

Bu yerda Dmax me'yoriy harakat miqdori, shahar ko'chalarida o'tkazuvchanlik qobiliyatini miqdorini belgilab beradi. Yilning har xil vaqtlarida olib borgan eksperimental tadqiq ishlariga asosan, harakat zichligi va harakat tezligi orasidagi bog'liqlikni quyidagicha shaklga keltirishdi: quruq ob-havo sharoiti uchun

Dmax = 125 - 0,88 • V (3)

yog'ingarchilik sharoiti uchun

Dmax = 125 - 1,10 • V (4)

Shuni aytish kerakki, yog'ingarchilik sharoiti quruq havo sharoitiga nisbatan harakat zichligini, o'tkazish qobiliyati va transport oqimining tezligiga ko'proq ta'sir ko'rsatadi [11]. Shuning uchun transport oqimining harakatlanish xavfsizligi va uning holatini baholashda ko'proq miqdorda harakat zichligini va harakat tezligini yuqori aniqlikda aniqlash talab etiladi. Shahar ko'chalarida eksperimental kuzatishlar olib borishdan maqsad harakat tezligini o'zgarish qonuniyatini o'rganish, har xil sharoitlarda transport oqimining harakat zichligini o'zgarishini o'rganish hamda transport oqimining asosiy xususiyatlari orasidagi qonuniyatlarni o'rganishdir. Transport oqimining zichligi harakat tezligining pastligi va harakat notekisligi orqali ham xarakterlanadi. Transport oqimining harakat zichligini o'rganish uchun harakat zichligiga yo'l sharoitining ta'sirini va " tezlik-zichlik " bog'liqligini tadqiq qilinadi. Harakat zichligi vaqt davomida yo'lning ahamiyatiga bog'liq ravishda o'zgarib turadi. Harakat zichligining yuqori qiymatini ko'proq qiyaliklarga ko'tarilishlarda, temir yo'l kesishmalari atrofida, aholi yashash joylarining qatnov qismi tor bo'lgan ko'chalarida kuzatiladi. Balandliklarga ko'tarilishlarda harakat jadalligi ortishi bilan transport oqimining zichligi ortib boradi. Kesishmalar oldida harakat zichligi ortib boradi va yuqori darajaga etadi hamda kesishmalardan so'ng to'g'ri yo'l bo'laklari boshlanishi bilan kamayib boradi. Aholi yashash joylariga kirishdan 150-200 metrdan so'ng harakat zichligi yuqori ekanligini kuzatish mumkin. Harakat zichligi ortib borishi bilan xavfsizlik koeffitsiyenti kamayib boradi [12].

Transport oqimining zichligi bo'yicha eksperimental ilmiy izlanishlar olib borgan V.M.Trubunskiy [3] "tezlik - zichlik" bog'likligiga aniqlik kiritdi. "Tezlik-zichlik" bog'liqligi va avtomobillar oqimining asosiy xususiyatlari bilan bog'liklik darajasini quyidagi formula ko'rinishiga keltirdi:

N = v • q (5)

V = Vcb 'fi' q + «• P (6)

bu yerda: N - harakat miqdori, avt/ soat q - harakat zichligi, avt/km

v - ko'rib chiqilayotgan jadallikdagi harakat tezligi, km/soat vcb - erkin sharoitdagi harakat tezligi, km/soat a - harakat tarkibiga ta'sirini hisobga oluvchi koeffitsiyent p - harakat tarkibidagi engil avtombillar soni, %

Yo'l sharoiti har xil bo'lganda darajalanish koeffitsiyentini aniqlash: to'g'ri yo'l bo'lagida

N = 81- v -1,5 • v2 + 0,125' p • v (7)

radiusi 35 m bo'lgan rejadagi egrilikda

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI

N = 96 • v - 3,76 • v2 + 0,422• p • v

50 %o burchak ostida balandliklarga ko'tarilishlarda

N = 75 • v -1,73 • v2 + 0,175 • p • v

(8) (9)

Bundan V.M.Trubunskiy yo'l sharoitining yuqori darajadagi harakat zichligiga bog'likligini quyidagicha izohladi: radiusi 35 m bo'lgan rejadagi egriliklarda 96 avt/km, 50 % burchak ostida balandliklarga ko'tarilishlarda 75 avt/km, to'g'ri yo'l bo'laklarida 81 avt/km ni tashkil etadi. Demak, transport oqimining zichligiga to'g'ri yo'l bo'laklariga qaraganda balandliklarga ko'tarilishlarda ko'proq ta'siri hamda asosan kichik radiusli egriliklarda ta'sir etishi aniqlandi. 2-rasmda olib borgan tadqiqot ishimga asosan Jizzax shahrining Sh.Rashidov ko'chasida harakat zichligining har xil vaqtlarda o'zgarish diagrammasi keltirilgan. Ushbu grafikdan tahlil qilib ko'rsak, harakat zichligi harakat miqdori ortgan sari ko'payib bormoqda. Ushbu ko'chada harakat miqdori eng kam bo'lganda, ya'ni 2725 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 30 avt/kmni tashkil qildi. Xuddi shunday yo'l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2930, 4300 va 4600 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 38, 40 va 43 avt/km atrofida bo'lishi aniqlandi.

Harakat miqdori ancha jadallashgan vaqtlarda ya'ni 5200 avt/soat atrofida bo'lganda harakat zichligining eng yuqori qiymati 48 avt/km atrofida aniqlandi. Shuningdek, 3-rasmda Mustaqillik ko'chasida olib borgan tadqiq ishimga asosan harakat zizligining o'zgarish grafigi keltirilgan.

40

35

5 30 25

tg ♦ i-H

o N tö

k E

20

15

10

1-rasm. Mustaqillik ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi

Mustaqillik ko'chasida harakat zichligi Sh.Rashidov ko'chasiga nisbatan kam ekanligini aytish mumkin. Ushbu ko'chada harakat miqdori 1546 avt/soat atrofida bo'lganda harakat zichligi 24 avt/kmni tashkil etishi aniqlandi. Harakat miqdori ortib borgan sari, ya'ni 2540, 2900 avt/soat bo'lgan holatlarda harakat zichligi 27, 30 avt/kmni tashkil etgan bo'lsa, harakat miqdori jadallashgan paytlarda, ya'ni, 3800 avt/soatda harakat zichligining yuqori qiymati 36 avt/km atrofida bo'lishi kuzatildi. I.Karimov ko'chasida zichlikning o'zgarishi grafigini 4-rasmda ko'rish mumkin. I.Karimov ko'chasida harakat miqdori eng kam bo'lganda, ya'ni 1546 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 22 avt/kmni tashkil qildi. Xuddi shunday yo'l

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024

5

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2540, 2900, 3200 va 3800 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 30, 30, 34 va 36 avt/km atrofida bo'lishi aniqlandi. Xuddi shunday yo'l sharoitlarida kunning boshqa vaqtlarida harakat miqdori 2540, 2900, 3200 va 3800 avt/soatni tashkil etgan vaqtlarda harakat zichligi o'rtacha 25, 35, 34 va 37 avt/km atrofida bo'lishi aniqlandi.

Harakat miqdori, avt/soat

2-rasm. I.Karimov ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.

A.Navoiy ko'chasida zichlikning o'zgarishi grafigini 5-rasmda ko'rish mumkin. A.Navoiy ko'chasida harakat miqdori eng kam bo'lganda, ya'ni 1546 avt/soat ni tashkil etganda, harakat zichligi o'rtacha 24 avt/kmni tashkil qildi.

40

35 30 25 if 20

15

eg

• a

N

ts

*

15 10

0

1546 2540 2900 3200 Harakat miqdori, avt/soat

3800

5

3-rasm. A.Navoiy ko'chasida harakat zichligining o'zgarishi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

https ://mextex.uz/

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Demak, harakat zichligi birinchi navbatda harakat miqdori bilan uzviy bog'liq ekan. Harakat miqdori o'zgarib borgan sari harakat zichligi ham o'zgarib borar ekan. Shuningdek harakat zichligi yo'l sharoitiga ham bog'liq ekanligini aytish mumkin. Yo'llarda xavfsiz harakatni ta'minlashda va yo'l harakatini tashkil etishda transport oqimi xususiyatlarini o'rganish muhim ekan.

XULOSALAR

Transport vositalarining tirbandligi kuzatilayotgan shahar ko'chalarida transport oqimining asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: transport oqimida harakatlanayotgan transport vositalari harakat tezligi, transport oqimining harakat zichligi, transport vositalarining oraliq masofasi.

Sh.Rashidov, Mustaqillik, I.Karimov va A.Navoiy ko'chalarida transport oqimining zichligini o'rganib tahlil qilganimda, transport oqimining harakat zichligi ortib borishi bilan xavfsizlik koeffitsiyenti kamayib boishni, shuningdek, harakat zichligi harakat miqdori hamda yo'l sharoiti bilan uzviy bog'liq ekanligini aniqladim.

ADABIYOTLAR

1. Sh. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.-T: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 2019 yil 1 fevraldagi PQ №4143-sonli Qarori.

3. http://mosprobki.narod.ru/

4. Toshshaxartransxizmat uyushmasidan olingan ma'lumotlar.

5. VSN 25-05 Avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'rsatmalar. Tashkent: Uzgosstroy ,2005.-190s.

6. O'zbekiston avtomobil-yo'l kompleksining dolzarb vazifalari" respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami.Toshkent, TAYI. I qism, 2008 y., -440 b.

7. Rajapov A.D. «Trasnport vositalarining tirbandligini kamaytirishni taqiqot etish».«Avtomobil va yo'llar kompleksini rivojlantirishda kadrlarning tutgan o'rni» iqtidorli yoshlarning ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent 2009 y.

8. Azizov Q.X., va boshqalar. YHQ va XHA ma'ruzalar matni. Toshkent. II qism, 2010 y., - 74 b.

9. Кременец Ю.А., Печерский М.П., Афанасьев М.Б. Технические средства организации дорожного движения.—М.:ИКЦ «Академкнига», 2005.—279 с.

10. Алимханов Х.А. Оптимизация программ жесткого светофорного регулирования дорожного движения на перекрестке. Автореферат диссертации на соискание уч. степени к.т.н. Москва. 2004-24 стр.

11. Umirov, I., Turushev, S., & Ravshanov, F. (2021). Yo'l bo'laklarining harakatlanish xavfsizligiga ta'sirini tahlil qilish. Academic research in educational sciences, 2(2).

12. Karimovich, A. A., & Abdukarimovich, U. B. (2021). Method of ensuring traffic safety on slippery roads.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.