AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
УДК 656.12
AVTOMOBILLARNING EKOLOGIYAGA TA'SIRI BO'YICHA MUAMMOLARINI
ASOSLASH
Mizrabov Ulug'bek Boliqul o'g'li Jizzax politexnika instituti asestenti, e-mail: mizrabovulugbek@gmail. co m
Dinakaran Sabapathy
Sambhram, B.tech fakulteti o'qituvchisi, dinakaran_, e-mail: [email protected]
Annotatsiya. Transport vositalari sonining ko'payishi, shuningdek, tezlik va transport intensivligining oshishi atrof-muhitga ajraladigan zaharli gazlar miqdorining ko'payishi muammoni yanada dolzarb bo'lishiga olib keladi. Avtotransport vositalarining ekalogiyaga yetkazadigan ta'sirining asosiy ko'rsatkichi-bu Salt ishlash koeffitsiyenti bo'lib, u avtomobilning barqarorligi va boshqarilishiga ta'sir qiladi.
Аннотация. Увеличение количества транспортных средств, а также увеличение скорости и интенсивности дорожного движения, и количества токсичных газов, выбрасываемых в окружающую среду, делает проблему более актуальной. Основным показателем воздействия транспортных средств на окружающую среду является коэффициент производительности соля, влияющий на устойчивость и управляемость автомобиля.
Abstract. An increase in the number of vehicles, as well as an increase in speed and intensity of traffic, an increase in the amount of toxic gases released into the environment, makes the problem more urgent. The main indicator of the impact of vehicles on the environment is the Salt performance coefficient, which affects the stability and control of the car.
Kalit so'zlar: avtomobil, xaydovchi, tizim, xavfsizlik, axborot, baxolash, transport.
Ключевые слова: АДАС, автомобиль, водитель, система, безопасность, трафик, оценка, транспорт.
Key Words: ADAS, car, driver, system, safety, traffic, assessment, transport
Kirish. Ekologik xavfsizlik. Atrof-muhitning ifloslanishiga o'sib borayotgan avtomobillar soni yanada katta ta'sir ko'rsatmoqda. Jahonda avtomobillar yiliga 2,1 mlyard tonna yonilg'i ishlatadi va atmosfеraga 700 mln tonna atrofida zaharli moddalar ^iqaradi, shu jumladan 420 mln tonna CO, 170 mln tonna CxHy, 60 mln tonna NOx, 17 mln tonna qurum va 0.6 mln tonna qo'rg'oshin (bir dona o'rtastatistik avtomobil u^un yiliga o'rta^a 1.3 tonna ^iqindi to'g'ri ке^^. Natijada rivojlangan davlatlarda atmosfеraning umumiy zaharlanishida avtomobil transportining ulushi 45-50% ga yеtmoqda. Rossiyada 40%, shu jumladan shaharlarda 50-60%, mеgapolislarda 85-90%.
Avtotransport majmuasining (ATM) atrof-muhitga salbiy ta siri dеganda ^iqindi gazlarning (ChG) zaharli tempo^^^n, dеtallar va yo'l qoplamasining yеyilish mahsulotlari, ishlab сhiqarish-foydalanish faoliyatining, yani avtomobillarni yuvish, tеxnik xizmat ko'rsatish va joriy tamirlash, harakat, yuk ortish-tushirish, yonilg'i quyish jarayonlarida paydo bo'ladigan сhiqindilar atmosfеra havosi, suv va yеrga tushishi natijasida ularning salbiy o'zgarishi tushuniladi.
Ekologik xavfsizlik dеganda avtotransport majmuasining atrof-muhit, aholi va xodimlarga ta siri rasmiy bеlgilangan ruxsat еtilgan mе,yorlarda bo'lishi tushuniladi.
Rossiyada 1991 yili "Tabiiy atrof-muxitni muhofazasi xaqida" Qonun qabul qilingan bo'lib, u jamiyat va tabiatning o'zaro munosabati va tabiiy yashash muhitni saqlash, xo'jalik
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
faoliyatining ekologik zararli ta'siri oldini olish, atrof-muhitni sog'lomlashtirish sohalarida munosabatlarni tartibga soladigan Qoidalarni qabul qiladi. Uning asosida xudud va sohalarda, shu jumladan avtomobil transportida atrof-muhit, yer va suv havzalariga zaharli chiqindilar tushishini kamaytirish bo'yicha alohida dasturlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.
Avtomobillarning sifati Hudud, shaharning transport xizmatiga talabi Ilmiy-uslubiy ta'minot
Yanada ekologik toza Transport j arayoninig Qonunchilik, me'yorlar,
transport turlarini sharoitlari va tashkil etilishi, xuquqiy ta'minot,
rivojlantirish avtomobil transportining hissasi texnologiyalar
Harakatni tashkil etish va Parkning texnik xolati, Xodimlar, mutaxassislar
boshqarish o'lchami, tarkibi,yoshi va raxbarlarning malakasi
Arxitektura rejalashtirish Avtomobil parkining yurgan Ishlab chiqarish texnika
yechimlari yo'li va yonilg'i sarfi sarf ba'zasi
Atrof-muhitning iflos- Korxonalar va avtomobillarning Atrof- muhit holati
lanish miqdori va tarkibi ekologik xavfsizligini nazorati monitoringi
Avtotransport tarmog'ining shahar atrof- muhitiga ta'sirini kamaytirishga qaratilgan yo'nalishlar
1-rasm. Avtomobil transporti majmuasi tomonidan atrof-muhit ifloslanishiga ta'sir
etuvchi omillar
Atrof-muhit ifloslanishining o'lchamlari va tarkibi o'zaro bog'langan, vaqt va makon bo'yicha o'zgaruvchan hamda boshqarilish darajasi har xil bo'lgan qator omillarga bog'liq.
Ularni ikki guruhga bo'lish mumkin: asosan, yuqori tizim darajasida (mamlakat, hudud, shahar) boshqariladigan va avtotransport korxonasi hamda transport vositasining egalari darajasida boshqariladigan.
Omillarning birinchi guruhiga quyidagilar kiradi: o Avtomobilning o'lchami, tarkibi; o Transport jarayonining sharoiti va tashkil etilishi;
o Ishlatilayotgan harakatdagi tarkibning texnik darajasi va sifati, ishlatiladigan yonilg'i, moy va ekspluatatsiya ashyolarining sifati;
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
o o
o o
Ko'cha-yo'llar tarmog'ining uzunligi, holati va yo'l harakatini tashkil etilishi; Avtomobil transporti infratuzilmalarini rivojlanganlik darajasi va ATM korxonalarining ishlab chiqarish texnik ba'zasi;
ATM ning huquqiy-me'yoriy va resurs ta'minoti, ekologik xavfsizligini boshqarish; Parkning texnik xolati, avtomobillar va avtotransport korxonalarining ekalogik xavfsizlik darajasini federal va hududiy nazorat tizimlari;
Ikkinchi guruh omillariga quyidagilar kiradi:
• ATK ni ekalogik ko'rsatkichlari yaxshilangan avtomobillar bilan butlash;
• Parklar tatkibini yoshi bo'yicha boshqarish;
• Ekalogik ko'rsatkichlari yaxshilangan yonilg'i, moy va ekspluatatsiya materiallarini ishlatish;
• Harakat tarkibini yo'lda ishlatish samaradorligini oshirish;
• Yonilg'i, moy va ekspluatatsiya materiallarini hisobga olish me'yorlashni mukammallashtiri sh;
• Yonilg'i va moy maxsulotlarini tashish, saqlash va quyish jarayonlarini mukammallashtiri sh;
• Oqava suvlarni tozalash, ishlab chiqarish chiqindilarini yig'ish va qayta ishlash;
• Xodimlar malakasini oshirish.
Avtomobillarning harakat jarayonida va ATM korxonalarining IChTB da hosil bo'ladigan iflosliklar (chiqindilar, to'kilmalar, sanoat axlati) nisbati hamda ularga ayrim avtomobil turlari va korxonalarning qo'shadigan xissasi 2- rasmda ko'rsatilgan
2-rasm Avtotransport tomonidan atrof muhitni ifloslash manb
ATM raxbarlari va mutaxassislarining ekalogik maTumoti darajasi va malakasi. Haydovchi xavfsizlik talablariga rioya etishi va buni bajarishda harakatlanishdan oldin
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
https ://mextex.uz/
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to'liq jihozlanganligini tekshirishi va harakatda keskin to'xtash va manyovrlar bajarishda yo'lovchi tan jarohati olmasligini ta'minlashi zarur Boshqa mamlakatlarda ham shunga o'xshash malumotlar olingan. Masalan, Finlyandiyada harakatlanganda chiqadigan chiqindilarning 77% i yengil avtomobillarga to'g'ri keladi; AQSh da 67%, yuk avtomobillari va avtobuslarga esa 33%, shu jimladan kam yuk ko'taruvchi va kam sig'imli, benzinlilarga 22%, o'rta va katta yuk ko'taruvchi benzinlilarga 4%, dizelli yuk avtomobillari va avtobuslarga 7% Priborlar panelida biron-bir indikator signal bersa, darhol harakatni to'xtatib, uni bartaraf qilish choralarini ko'rishi kerak.
3-rasm. Avtomobillarning ekologiyaga ta'siri
Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasini takomillashtirish zararli chiqindilarning kamayishi va ATM ning ekologik xavfsizligi oshishini taminlovchi muhim yo'nalishlardan biridir.
ATE ning ushbu masalani yechishdagi hissasi 20-25% deb baholanadi va u, birinchidan, avtomobillar va ularning agregatlarini texnik holati sozligini ta'minlash va uni saqlab turishdan iborat bo'lib, asosiy zararli chiqindilar miqdorini belgilaydi; ikkinchidan, avtomobillarni texnik xizmat va tamirlash, saqlash, yonilg'i bilan to'ldirish jarayonlarida muhim ifloslanishni kamaytiradi; uchinchidan, resurslarni (yonilg'i, moy, elektr quvvati, suv, e htiyot qismlar, shina, akkumulyatorlar, texnik suyuqliklar va boshqalar) tejamli sarflaydi; to'rtinchidan, sanoat chiqindilarini kamaytirish, yig'ish, qayta ishlash va ikkilamchi foydalanishni o'z ichiga oladi.
Asosiy qisim: n - yo'ldagi bo'lak soni, unda transportning harakati amalga oshiriladi. Bunda n - bo'laklar soniga (turganlaridan tashqari), S - engil avtomobillar harakat miqdori, G -og'ir yuk avtomobillarining harakat miqdori, A - relssiz jamoat transportlarining harakat miqdori.
Bunda umumiy Q - birlikdagi harakat miqdori shunday belgilanadi:
Q =kc *C Q kG*G QkA*A, Bunda kc, kG, kA - engil, yuk va jamoat transport koeffitsiyenti.
Jamoat transport harakati bo'lagini aniqlashda asosiy oqim qolgan bo'laklarga aralashadi. Shunda quyidagi chegaralanish amalga oshiriladi:
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
(S-Si) > (Q-q),
Bunda S - magistralning o'tkazish qobiliyati, harakat bo'laklari sonini o'z ichiga oladi; Si - bir bo'lakdaga magistralning o'tkazish qobiliyati; q - jamoat transportining harakat miqdori.
So'ngra qolgan harakat bo'laklarining o'tkazish qobiliyatini solishtirish kerak bo'ladi.
(S - Si)- jamoat transporti uchun harakat bo'laklarini hisoblamasdan va (Q-q) - jamoat transport harakatini hisoblamasdan umumiy oqim harakat tezligini tekshirish amalga oshiriladi. Agar qolgan bo'laklarni o'tkazish qobiliyati umumiy oqim harakat miqdoridan kam bo'lsa, jamoat transport uchun alohida bo'lak ajratish mumkin emas.
Umumiy oqim harakat tezligini hisoblashda jamoat transportiga alohida b o'lak ajratish quyidagi formula asosida bajariladi:
V = (Vd 2)*(1-[1 (S-Si)*([(S-Si)2-(S-Si)*(Q-q)]i/2 Bunda Vd - berilgan joydagi transport vositalarining harakat tezligi KYT, km/s.
Jamoat transporti uchun maxsus bo'lakni uzaytirishni hal qilishda chorrahadagi o'tkazish qobiliyati hisobga olinadi va svetofor boshqaruv tartibi amalga oshiriladi.
Boshqariladigan chorrahalarda harakat ishtirokchilarining sarflagan vaqti ko'payishini inobatga olish zarur (W) ular shaxsiy transportdan foydalanadilar.
Shaxsiy transportdan foydalanadigan harakat ishtirokchilarining turib qolishidan zarar yoki jamoat transport birligining o'rtacha hisobi shunday ko'rinishga ega:
W=WsQWc=T (i-G/T)2/(2-[i-(Q-q)/(S(n-l)])QX2/(2(Q-q)-[i-X]), Bunda Ws, Wc - bir avtomobilning tasodifiy va diterminantli turib qolishi, s; T- chorrahada boshqaruv bosqichining davomiyligi, s; G - jamoat transport harakatining yo'nalishiga ruxsat etuvchi signal davomiyligi, s; X- chorrahadagi kesishmaning yuklanganlik darajasi; Q-q -qolgan harakat bo'lagidagi jamoat transport oqimining harakat miqdori; S(n-l)- qolgan harakat bo'lagining o'tkazish qobiliyati.
Chorrahadagi yuklanish darajasi, harakat bo'lagini hisobga olib, jamoat transport oqimi uchun quyidagi ko'rinishga ega:
X=T(Q-q)/G-(S-Si),
Maxsus bo'lakni ajratishning mohiyati boshqariladigan chorrahada transport turib qolishdagi harakatni boshqarish va eksport yo'li bilan o'rtacha ushlanib qolish transport birligini aniqlash mumkinligini ko'rsatadi.
Muqobil yo'nalishda harakatlanayotgan harakat qatnashchilari sarf qiladigan vaqti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
W=WsQWc=T (i-G/T)2/2*q-[l-X])Q(X2/(2-[l-q/S]))
Bunda G-muqobil yo'nalishda ruxsat beruvchi signalning davomiyligi, s; q - muqobil yo'nalishdagi jamoat transport oqimi harakatining miqdori, avt/s; S - magistralning o'tkazuvchanlik qobiliyati, u harakat bo'laklarining sonini hisobga oladi, n;
X=(T*q)/(G*S)
Muqobil yo'nalishdagi harakatlanayotgan transport vositasining o'rtacha ushlanib qolishini hisoblaganda (G) svetoforning ruxsat etuvchi ishorasining davomiyligini nazarda tutib, harakat i0 s ga qisqaradi, chunki maxsus ruxsat etuvchi ishorani 5 soniya (sekund) ilgari yoki kechroq berishga zarurat tug'diradi.
Hozirgi vaqtda harakatni tashkil etish mutaxassislarining kun tartibida yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha ishlab chiqilgan tadbirlar muhim hisoblanadi [i].
Yo'l harakatini tashkil etishda yo'l-transport hodisalarini tizimli tahlil qilish talab etiladi. Yo'l-transport hodisalari oqibatida kelib chiqadigan ko'plab sarflarni kamaytirishda mukammallashgan qaror qabul qilishga imkon beradi. Ushbu tahlillar har xil iqtisodiy sarflardan tejash va harakatini tashkil etishni yaxshilashning birinchi navbatdagi texnik-iqtisodiy
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
asoslangan tadbirlarini aniqlash imkonini beradi [2].
Shahar ko'cha va yo'llarida harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha shahar ko'cha-yo'l tarmog'ini boshqarishda samarali tadbirlar foydalanuvchilar uchun ko'proq qulayliklarni aks ettirishi lozim [3].
Harakat xavfsizligini oshirish bo'yicha tavsiya etilgan tadbirlarda har xil kapital sarflar keltiriladi va YTHning ortishiga ta'sir darajasi aniqlanadi.
Katta shaharlarda ko'p yillardan buyon yo'nalishdagi jamoat transportlarini yo'l-tarmoq tizimidan samarali foydalanishini ta'minlash uchun har xil usullar muvaffaqiyatli qo'llanib kelinmoqda: avtobuslar uchun maxsus bo'laklar qurish, avtobuslar bo'laklari bilan bir vaqtda izlaridan foydalanish, chorrahalardan jamoat transport vositalarini imtiyozli o'tkazish, svetofor orqali boshqarishda maxsus tizimlarni qo'llash va boshqalar [5].
A.Navoiy ko'chasida engil avtomobillar V=65 km/soat ta'minlangan tezlikda S=100 m masofa uchun ketgan vaqtni hisoblaymiz:
fngil= _s = 100м V 18,4 м / с
=5,5 M
yuk avtomobillari uchun
avtobuslar uchun
tyuL = 1QQm
V 11м / с
S
avtobus— _S_
V
t
= 9 M
100м _r-j r-j m
13м / с с
Ko'chalar uchun hisoblangan qiymatlarni 1-jadvalga kiritamiz:
1 -jad
№ Ko'chalar Vaqt t, s
Engil yuk avtobus
1 A.Navoiy 5,5 9 7,7
2 Sh.Rashidov 5,4 8,1 7,5
3 Mustaqillik 5,1 8,1 7,5
4 I.Karimov 5,3 6,9 7,2
Olib borilgan tadqiq ishlari va statistik ma'lumotlarga asosan Sh.Rashidov ko'chasida tezlikning va o'tkazuvchanlik qobiliyatining yuqoriligi hamda YTHlari nisbatan kamligini hisobga olib, Sh.Rashidov ko'chasini etalon qilib olamiz va A.Navoiy ko'chasida yo'qotilgan vaqtni hisoblaymiz:
A t = tnavoiyeng-tATemureng= 5,5 c - 5,4 c =0,1 c A t = tnavoiyavt-tATemuravt= 7,7 c - 7,5 c =0,2 c A t = tnavoiyyuk-tATemuryuk= 9 c - 8,1 c =0,9 c
Shuningdek, Mustaqillik ko'chasida yo'qotilgan vaqt hisoblangan va qiymatlar 2-jadvalda kiritilgan:
№ Ko'chalar Yo'qotilgan vaqt At, s
Engil yuk avtobus
1 A.Navoiy 0,1 0,9 0,2
2 Mustaqillik 0,3 0 0
3 I.Karimov -0,2 1,2 0,3
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024
с
с
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
Xulosa
Demak, tavsiya etilayotgan tadbirlarimiz samarador hisoblanar ekan. Avtomobillar va jamoat transportlari harakatlanadigan boshqa ko'chalarda ham yuqorida keltirilgan harakat tezligini aniqlab, uni kamayishi sababli kuzatiladigan yo'qotish vaqtini hisoblab, shuningdek, YTH statistik ma'lumotlariga asoslanib, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida belgilangan tavsiyalarni samaradorligini aniqlanishi mumkin.
ADABIYOTLAR
1. Azizbek Ismoiljon o'g'li, S., & Ulug'bek Boliqul o'g'li, M. . (2022). DVIGATEL KONSTRUKT SIYASI VA ISHCHI JARAYONLARINI BOSHQARISHNI MUKAMMALLASHTIRISH. Scientific Impulse, 1(4), 536-542. Retrieved from http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/17642 Mizrabov Ulug'bek Boliqul o'g'li Jizzax Politexnika instituti asisstanti Sultanov Azizbek Ismoiljon o'g'li Jizzax Politexnika instituti asisstanti
2. JAMOAT TRANSPORTLARI YO'NALISHLARIDA HARAKAT MIQDORI VA Научный импульс № 7 (100) Февраль 2023 г TARKIBINI TADQIQ QILISH
3. http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/1764
4. Mizrabov Ulug'bek Boliqul o'g'li Assistant of Jizzakh Polytechnic Institute Studying the Quantity and Composition of Traffic in Public Transport Directions Genius Journals Publishing Group, Brussels, Belgium
5. Boliqul o'g'li M. U. et al. ROAD TRAFFIC SAFETY AND ITS IMPACT ON THE DEVELOPMENT OF MODERN ROADTRANSPORT EXPERTISE //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. - 2022. - Т. 7. - С. 157- 164.
6. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Абдурахманов, М. М. (2021). Анализ существующих работ, посвященных проблемам экологии автомобильного транспорта. Вестник науки, 2(2), 74- 82.
7. Mizrabov Ulug'Bek Boliqul O'G'Li, Sultanov Azizbek Ismoiljon O'G'Li Avtomobillar xarakat xavfsizligiga fal ta'sir qiluvchi ekspluatatsiyaviy ko'rsatkichlari. // Механика и технология. 2022. №Спецвыпуск 2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/avto mobillar-xarakat-xavfsizligiga-faol-tasir-qiluvchi-ekspluatatsiyaviy-korsatkichlari (дата обращения: 26.02.2023).
8. Sultanov, A. I. o'g'li, & Qosimov, B. A. (2023). SIQILGAN GAZDA HARAKATLANADIGAN YENGIL AVTOMOBILLARNING YONILG'I TIZIMGA QO'YILGAN EKOLOGIK TALABLARI. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1(1), 747751. Retrieved from http://erus.uz/index.php/cf/article/vie w/1289Website: www.sjird.journalspark.org
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024