Научная статья на тему 'MAYDA URUG‘LARNI EKISH UCHUN QO‘L SEYALKASINI ISHLAB CHIQISH VA TADQIQOT NATIJALARI'

MAYDA URUG‘LARNI EKISH UCHUN QO‘L SEYALKASINI ISHLAB CHIQISH VA TADQIQOT NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mini seyalka / sabzavot ekinlari / kichik fermer xo‘jaliklari / dehqon xo‘jaliklari / miqdorlagich. / мини-сеялка / овощные культуры / мелкие фермерские хозяйства / дехканское хозяйства / шпуля.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Nuriddinov Akmaljon Davlataliyevich

Maqolada kichik fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun mini seyalkani ishlab chiqish va bu bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Sabzavot ekinlarini urug‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalaga ekib yetishtiradigan qo‘l seyalkasining tajriba nusxasini tayyorlandi. Mayda urug‘larni ekish uchun mo‘ljallangan qo‘l seyalkasining asosiy parametrlariga sabzavot urug‘larini aniq uyalarga donalab ekish, qator va uyalar oralarini 5-15 sm oralig‘ida joylashtirib ekishni ta’minlash. Ma’lumki, Respublikamizdagi kichik fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida asosan 60 va 70 sm qator oralariga ekin ekiladi. Shu bois qo‘l seyalkasining konstruktiv sxemasi 60 sm qator oralariga mos qilib ishlab chiqilgan. Tajribalarda miqdorlagichning diametri va urug‘ ajratuvchi teshiklar oralig‘i aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Development and research results of a hand seeder for sowing small seeds

В статье представлены результаты исследований по разработке мини-сеялки для мелких фермерских и дехканское хозяйств. Подготовлен опытный экземпляр ручной сеялки, выращивающей овощные культуры непосредственно в поле из семян. К основным параметрам ручной сеялки, предназначенной для посева мелких семян, относятся обеспечение индивидуальной посадки семян овощных культур в определенные гнезда, размещенные 5-15 см между рядами и гнездами. Известно, что в мелких фермерских, дехканских и приусадебных хозяйствах нашей Республики посевы в основном производятся между рядами 60 и 70 см. Поэтому конструктивная схема ручной сеялки рассчитана на междурядья 60 см. В ходе экспериментов определялись диаметр квантификатора и расстояние между отверстиями для разделения семян.

Текст научной работы на тему «MAYDA URUG‘LARNI EKISH UCHUN QO‘L SEYALKASINI ISHLAB CHIQISH VA TADQIQOT NATIJALARI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

УДК 631.331.53

MAYDA URUG'LARNI EKISH UCHUN QO'L SEYALKASINI ISHLAB CHIQISH VA

TADQIQOT NATIJALARI

Nuriddinov Akmaljon Davlataliyevich NamMQI, PhD, dotsent, [email protected]

Аннотация. Maqolada kichik fermer va dehqon xo'jaliklari uchun mini seyalkani ishlab chiqish va bu bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Sabzavot ekinlarini urug'idan to'g'ridan-to'g'ri dalaga ekib yetishtiradigan qo'l seyalkasining tajriba nusxasini tayyorlandi. Mayda urug'larni ekish uchun mo'ljallangan qo'l seyalkasining asosiy parametrlariga sabzavot urug'larini aniq uyalarga donalab ekish, qator va uyalar oralarini 5-15 sm oralig'ida joylashtirib ekishni ta'minlash. Ma'lumki, Respublikamizdagi kichik fermer, dehqon va tomorqa xo'jaliklarida asosan 60 va 70 sm qator oralariga ekin ekiladi. Shu bois qo'l seyalkasining konstruktiv sxemasi 60 sm qator oralariga mos qilib ishlab chiqilgan. Tajribalarda miqdorlagichning diametri va urug' ajratuvchi teshiklar oralig'i aniqlandi.

Аннотация. В статье представлены результаты исследований по разработке мини-сеялки для мелких фермерских и дехканское хозяйств. Подготовлен опытный экземпляр ручной сеялки, выращивающей овощные культуры непосредственно в поле из семян. К основным параметрам ручной сеялки, предназначенной для посева мелких семян, относятся обеспечение индивидуальной посадки семян овощных культур в определенные гнезда, размещенные 5-15 см между рядами и гнездами. Известно, что в мелких фермерских, дехканских и приусадебных хозяйствах нашей Республики посевы в основном производятся между рядами 60 и 70 см. Поэтому конструктивная схема ручной сеялки рассчитана на междурядья 60 см. В ходе экспериментов определялись диаметр квантификатора и расстояние между отверстиями для разделения семян.

Abstract. The article presents the results of the research on the development of a mini seeder for small farmers and peasant farms. An experimental copy of the hand seeder, which grows vegetable crops directly in the field from seeds, was prepared. The main parameters of the hand seeder intended for planting small seeds include the provision of individual planting of vegetable seeds in specific nests, placement of 5-15 cm between rows and nests. It is known that in small farmers, peasants and homesteads in our Republic, crops are mainly planted between rows of 60 and 70 cm. Therefore, the construction scheme of the hand seeder has been designed for 60 cm row spacing. In the experiments, the diameter of the quantifier and the distance between the seed separating holes were determined.

Kalit so'zlar: mini seyalka, sabzavot ekinlari, kichik fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari, miqdorlagich.

Ключевые слова: мини-сеялка, овощные культуры, мелкие фермерские хозяйства, дехканское хозяйства, шпуля.

Key words: mini seeder, vegetable crops, small farms, peasant farms, spool.

Kirish. Hozirgi kunda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi milliy iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari qatoriga kiradi. Chunki bu soha halqning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishdek ulkan vazifalarni va aholi bandligini ta'minlashda sezilarli ahamiyatga ega.

Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida dalalarga yuza ishlov berish va takroriy ekinlarni o'z vaqtida ekish ishlarini olib borish dolzarb bo'lib bormoqda [1,2]. Buning natijasida ekinlarni yetishtirish va qishloq xo'jaligi ishlarini bajarish uchun agregatlar yetishmasligi yaqqol ko'rinib qoldi. Jumladan, tuproqqa asosiy va yuza ishlov berish, ekish va qator oralarini yumshatish ishlarini bajarish uchun zarur texnika vositalari ishlab chiqish hamda zamon talablariga mos

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI energiya resurstejamkorligini oshirish muhim bo'lib qolmoqda [2,3]. Ayniqsa, mayda urug'larni ekadigan seyalkalarni ishlab chiqish va takomillashtirish muhim vazifalardan biridir.

Kichik fermer va dehqon xo'jaliklarida mayda urug'larni ekish asosan qo'l mehnatidan foydalanib kelinmoqda. Ekishni texnikalar yordamida olib borilsa, yonilg'i va urug' sarfiini ko'payishiga olib keladi.

Respublikamiz sharoitida kunlar tezda isib tuproqni ekishga tayyorlash davrida qisqa vaqt ichida namlik bug'lanib ketadi. Yil mobaynida esa issiq davr uzoq davom etadi. Bunday tuproq-iqlim sharoitlarida sabzavot ekinlari urug'larini dalaga to'g'ridan-to'g'ri ekish samaraliroq bo'ladi. Sabzavot ekinlarining ildizlari tuproq yuzasiga yaqin joylashib suvsizlikka hamda turli kasalliklarga chidamsizdir.

Mayda urug'li sabzavot ekinlarini urug'idan to'g'ridan to'g'ri dalaga ekadigan ekish agregatining tajriba nusxasini tayyorlash va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga joriy etishni hozirgi kunning dolzarb maslalaridan biridir. Mayda urug'larni aniq ekish va ularning bir tekis ekilishini ta'minlash yo'li bilan qimmatbaho urug'larni iqtisod qilish mumkin bo'ladi. Buning natijasida respublika sabzavotchilik fermer xo'jaliklari mehnat va moddiy harajatlar sarfini kamaytirib, sabzavot ekinlaridan mo'l hosil olishga erishish va pirovard natijada daromadni ko'paytirish mumkin bo'ladi.

Tadqiqotning dolzarbligi. Qo'l seyalkasini ishlab chiqishdan maqsad kichik fermer, dehqon va tomorqa xo'jaliklarida mayda urug'larni ekish. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida hal qiluvchi texnologik jarayonlardan biri ekish hisoblanadi. Ekinlarning kelajakdagi hosili ekish sifati va uni amalga oshirish muddatiga bog'liq. Bu yerda yaxshi va zamonaviy ekish texnologiyasining mavjudligi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Biroq, respublikada ekish texnikalarining o' ta tanqisligi kuzatilmoqda, bu esa ekishning kechikishiga olib kelmoqda. O'zbekiston qishloq xo'jaligining paxta chigitini ekish seyalkasiga bo'lgan ehtiyoji 19 ming donadan ortiq. Bahorgi va yozgi ekish davridagi makkajo'xori, soya, yeryong'oq, mosh va boshqa ekinlarni ekish uchun ham seyalkalar kerak bo'ladi [4,5,6].

Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi tajribasidan ma'lumki, hozirgi kunda kichik hajmli yerlarda ekish ishlarini amalga oshirishda an'naviy texnikalardan foydalanish yonilg'i-moylash materiallari, urug' sarfi, ekish vaqti va sifatiga keskin ta'sir etmoqda. Shuning uchun bugungi kunning asosiy vazifalardan biri kichik hajmli, turli-xil urug'larni ekishga tez moslanuvchan, energiya resurstejamkor va iqtisodiy jihatdan qulay bo'lgan ekish seyalkalarini yaratish va ishlab chiqarishdir.

Urug'lari qatorlab ekishda urug' orasidagi masofa bir-xil va yakka joylashib qatorni tashkil etadi. Bu usul o'simliklarni joylashishiga qarab: tor qatorli, keng qatorli va tasmali bo'lishi mumkin.

Urug'larni tor qatorli ekish usulida qator orasi 6-20 sm gacha bo'ladi. Dukkakli ekinlarni bu usulda ekishda 7,5-15 sm oralig'i tavsiya etiladi. Asosan bu usul bilan mosh va loviya ekinlardan don olish maqsadida foydalaniladi. Keng qatorli ekish usulida qator oralari 45, 60, 70 va 90 sm ni tashkil etadi. Namangan viloyati Mingbuloq va Pop tumanlarida dukkakli ekinlarni 60, 70, 90 sm ekish ishlari olib boriladi. To'raqo'rg'on, Uychi, Chust va adir maydonlari bo'lgan tumanlarda ko'proq 60 va 70 sm qator oralariga ekish ko'p tarqalgan. Tasmali ekish-keng qatorlab ekishning bir turi bo'lib sabzovot, kanop va chigit ekish uchun qo'llaniladi. Urug'lar tasmadagi ikki yoki uch qatorda ekiladi. Lentadagi qatorlar orasi 5, 8, 10 va 32 sm, tasmalar orasi kamida 60 sm ga teng bo'ladi.

Urug'larni ekishga bir qator talablar qo'yiladi. Ekish davrida dalaning tuproq qatlamlari bo'yicha namligi 0-5 sm qatlamda 13-16 foizni, 5-10 sm qatlamda 14-19 foizni tashkil etishi, tuproq qattiqligi esa mos holda 0,2-0,4 va 0,3-1,0 MPa ni tashkil etishi lozim. Ekishga tayyorlangan sabzavot ekinlari urug'lari mavjud talablarga tegishli standartlar bo'yicha to'liq

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBlL VA QlSHLOQXO'JALlKMASHlNALARl javob berishi shart [7,8,9].

Ekiladigan urug'lar saralangan va begona qo'shimchalarsiz bo'lishi, ularga kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilgan bo'lishi kerak. Urug'larning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi 95% dan kam bo'lmasligi kerak.

Ochiq maydonlarda mavjud texnologiya asosida urug'lar ekilganda ekish chuqurligi 2-6 sm ni tashkil etishi lozim. Tuproq-iqlim sharoitlari va ekin turiga qarab apparat bir o'tishda 4-5 sm chuqurliqda ariqchalar ochib, ularning tubiga sabzavot ekinlari urug'larini ekib, ustidan plenka yopib ketuvchi moslamalar bilan jihozlanishi lozim.

Ekishga tayyorlangan tuproqning zichligi 1,1-1,2 g/sm3, namligi 13-19 foiz oralig'ida bo'lishi kerak. Urug'larning ko'milish chuqurligi o'rtacha qiymatining belgilanganidan chetlanishi ekish chuqurligiga bog'liq holda ± 0,5-1,0 sm bo'lishi kerak. Ekilgan qatorlar orasi 60; 70 va 90 sm bo'lishi lozim [3,5,6]. Ekish me'yorlarining belgilangan miqdorlardan chetlanishi 10 foizdan oshmasligi kerak.

Kichik fermer, dehqon va tomorqa xo'jaliklarida mayda urug'larni ekish asosan qo'l mehnati bilan amalga oshiriladi. Texnika yordamida ekish yoqilg'i va urug'larning ko'payishiga olib keladi [10,11]. Mamlakatimiz sharoitida tuproqni ekish uchun tayyorlashda namlik qisqa vaqt ichida bug'lanadi. Bunday tuproq-iqlim sharoitida sabzavot urug'ini to'g'ridan to'g'ri dalaga ekish samaraliroqdir. Shu bois mayda urug'lik sabzavot ekinlari uchun qo'lda urug' sepuvchi qurilma ishlab chiqarish va uni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish dolzarb masalalardan biridir.

Ko'pchilik sabzavot urug'lari notekis sirt va juda past dispersiyaga ega. Sabzavot ekinlarining urug'lari kichik, ekish chuqurligi taxminan 1-2 sm. Bu tuproqning yuqori qatlami namlikni tez yo'qotishi bilan bog'liq, shuning uchun urug'lar unib chiqishga vaqt topolmaydi. Qo'shimcha sug'orish xarajatlarni oshiradi va dalalarni begona o'tlar bilan ko'paytirishga olib keladi.

Bugungi kunga qadar dukkakli ekinlarni ekish uchun bir necha turdagi mini-seyalkalar ishlab chiqilgan [8,12]. Keyingi paytlarda takroriy ekinlarni ekish uchun aholiga 0,1-10 gektar yer ajratilishi munosabati bilan mayda qo'lda seyalkalarga ehtiyoj ortib bormoqda. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun yog'och g'altaklardan yasalgan dastani bilan ekish mashinasi. Shu bilan birga, yog'och material bunkerdan chiqarilganda urug'larga zarar etkazmaydi [2]. Ekish mashinasi zanjir orqali asosiy harakatlanuvchi g'ildiraklar tomonidan boshqariladi. Seyalkaning ishlashi davomida bunkerdagi urug'lar o'z o'lchamiga qarab tayyorlangan o'tkazgichlar orqali yig'ib olinadi va chigit kanali orqali ekish klapaniga boradi. Ekinlar orasidagi masofani o'zgartirish rulonlardagi urug'lik uyalarini ko'paytirish yoki kamaytirish orqali amalga oshiriladi. Seyalkani ishga tayyorlashda chigit qutisining bir metrga yaroqliligi, ochuvchi chuqurligi va qatorlar orasidagi masofa tekshiriladi. Qo'nish tezligi g'ildiraklarning aylanish tezligiga bog'liq.

Dala sinovlari qo'lda ekish seyalkasining prototipi bilan o'tkazildi. Sinovlar yozda boshoqli ekinlardan tozalangan dalalarda o'tkazildi.

Tadqiqotni o'tkazish usullari va natijalari

Donador urug'larni ekish uchun mo'ljallangan mini seyalkada chigit ekishda qo'yilgan agrotexnik talablardan kelib chiqib, chigit ekish maydonining relyefi, dalaning notekisligi, urug'chining o'ziga xos xususiyatlari, ekish moslamasi, ekish tezligini ko'rsatdik. Agregat va boshqalar ekinlardan yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega.

Qoidaga ko'ra, laboratoriya va dala tajribalarda ko'p sonli laboratoriya tadqiqotlari o'tkaziladi. Ko'pgina hollarda mayda urug'li sabzavot ekinlari bilan tadqiqotlar laboratoriya dala tajribalarida boshlanib, dalada ishlab chiqarish va ishlab chiqarishga joriy etish bilan yakunlanadi. Laboratoriya va dala tajribalari o'rganilayotgan ekinlar va omillarga qarab 3 dan 80

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI m2 gacha bo'lgan kichik tajriba maydonlariga ega ekanligini, shuningdek, ularni tajribalarda maxsus joylashtirish zarurligini hisobga olish zarur.

Metodikaga ko'ra, ularni amalga oshirish sifati va ekish muddatlarida tadqiqotchilar tomonidan ishlatiladigan kichik hajmdagi mexanizatsiyalash, asbob-uskunalar va asboblar muhim rol o'ynaydi [2].

Mayda urug'larni ekish seyalkasining mavjud konstruksiyalarini tahlil qilish, mayda urug'larni aniq ekish bo'yicha tadqiqotlarimiz asosida qo'l seyalkasida ekishning maketi yaratildi (1-rasm).

1-rasm. Mayda urug'larni ekish uchun mo'ljallangan qo'l seyalkasi

Seyalkaning o'ziga xosligi shundaki, uning yuqori qismida urug' bunkeri va pastki qismida konussimon ekkich. Shu bilan birga, bunker qistirmali qopqoq bilan yopiladi, bu urug'larning to'kilmasligi va puflanishining oldini oladi. Bunker ichiga konussimon qo'shimchasi o'rnatilgan bo'lib, u urug'larning o'lchash milining teshiklariga yaqinlashishini ta'minlaydi va idishning burchaklaridagi o'lik zonalarni yo'q qiladi. Old yuzada - qo'shimchada - tabiiy qoziqdan yasalgan cho'tkasi bor, u o'lchash milining teshiklari tomonidan tutilgan urug'lar bosimi ostida egilib, urug'larni silindrsimon yuzasida osongina ushlab turadi.

O'lchov mili bir yoki ikki yoki uch qatorli teshiklar, bir qatorli seyalkalar va shunga mos ravishda ko'p qatorli seyalkalarning har bir pozitsiyasida amalga oshiriladi. Korpusning o'rtasiga yon teshiklarni o'rnatish o'lchash milining uchlariga nisbatan o'ng yoki chap tomonga yon burmalarni qayta o'rnatish va korpuslarni bitta vint bilan maxsus, yengil halqalar bilan mahkamlash orqali amalga oshiriladi. Teshiklar ekiladigan urug'larning o'lchamiga, asl shakliga mos keladigan turli o'lchamlarda, "yapaloq" shaklida, yuqori orqa va past old qirralari bilan yasaladi, bu esa urug'larning yaxshi ushlanishiga yordam beradi. Dozalash milining diametri bo'yicha teshiklar soni - 2; 4; 6; 8 dona. Bunda mayda urug'li ekinlarning (sabzi, lavlagi) hosildorligi 10-15 foizga oshadi, urug'lik sarfi 18-20 foizga kamayadi, bu esa o'z navbatida olingan mahsulot tannarxini pasaytirib, ishlab chiqarish rentabellik darajasiga ta'sir ko'rsatadi.

Ekish apparati harakatni tayanch harakatlanuvchi 2 g'ildirakdan zanjir orqali oladi. Seyalka harakatlanishida bunkerdagi urug'larni kattaligiga mos holda tayyorlangan 5 o'tkazgichlar orqali 1 bunkerdagi urug'larni ilib oladi va urug'ni yo'naltiruvchi shlanga 5 orqali 4 ekkich soshnik klapaniga borishini ta'minlaydi. Ekish oralig'ini masofasini o'zgartirish uchun g'altakdagi urug' uyasini sonini ko'paytirish yoki kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Seyalkani ishga tayyorlashda urug' uyasini bir metrga mosligini, soshnikni chuqurligini va qator oralari masofasini tekshirib olinadi. Ekish tezligi g'ildiraklarni aylanish tezligiga bog'liq.

1-jadval

Tajribani o' tkazish jarayonida olingan natijalar

Ekinlar urug' turlari Nihollar orasidagi o'rtacha masofa, Gor (sm)

Makkajo'hori 16,88

Mosh 16,82

Loviya 15,94

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

No'xot 12,11

Ko'rinib turibdiki, barcha ekinlar turida me'yoriy masofaga ekilganligini ko'rishimiz mumkin.

1-qatorli SMK-1 qo'lda ekish seyalkasi (1-rasm), urug'ni to'g'ridan to'g'ri ekish uchun turtkili turi [1,2]. Sabzavot ekinlarining mayda urug'larini ekish uchun bir qatorli SMK-1 qo'l seyalkasi. SMK-1 seyalkasi issiqxonalarda va ochiq yerga mayda urug'li sabzavot ekinlarini qator ekish uchun mo'ljallangan. Ekish mashinasi shtamplangan po'lat profildan yasalgan payvandlangan strukturadir. Uning balandligi 170 mm, uzunligi 180 mm, kengligi 170 mm. Ekish mashinasi diametri 4 mm bo'lgan 10 teshikli urug'lik tamburi bilan jihozlangan, ekish oralig'i 5 sm, masalan, turp uchun ideal. SMK-1 seyalkasi uchun 8 ta qo'shimcha ekish barabanlari mavjud: 1. Piyoz, sabzi uchun 16/3. Turp uchun (3 mm dan), qizil lavlagi, arpabodiyon, ismaloq uchun 10/4, qalampir, pomidor uchun 6/4, lavlagi uchun 6/5. Urug'lik uyasida urug'lar kabi keng teshiklar mavjud va urug'lar orasidagi bo'shliqlar ma'lum ekinlar urug'larining ekish tezligiga mos keladi.

ADABIYOTLAR

1. Бекмирзаев Ш., Нормирзаев, А. Р. Донли экинларни экиш учун каторли к;ул сеялкаси / Материалы конференции: Машинасозликда инновациялар, энергиятежамкор технологиялар ва ресурслардан фойдаланиш самарадорлигини ошириш. 2021. Том 2. - С. 321-325.

2. Сотволдиев М. М., Нуриддинов А. Д., Тухтабаев М. А. Разработка ручной сеялки для посева мелких семян //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 11341137.

3. Soliev H. M., Akhmadjanovich M. T., Turgunov Z. X. Energy performance of wide-width cotton seed sowing aggregate //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - Т. 2821. - №. 1.

4. ^ХИ-2-002-2013 «Майда уругли сабзавот экинлари уругини экадиган агрегат ва маккажухори кобикли суталарини янчиб донини ажратувчи курилманинг нусхаларини тайёрлаш хдмда кишлок хужалигига жорий этиш» мавзусидаги инноватсион лойихд буйича х,исобот (якуний). - Гулбах,ор: ^ХМЕИ, 2014. - 83 б.

5. Soliev H. M. et al. Course stability models of a wide-width tractor unit //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2022. - Т. 1112. - №. 1. - С. 012033.

6. Солиев Х. М., Тухтабоев М. А. Кенг камровли чигит экиш машина-трактор агрегатини агротехник курсаткичлари //МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 39-43.

7. Нормирзаев А. Р., Нуриддинов А. Д., Бекмирзаев Ш. Б. У. Донадор уругларни экадиган мини сеялка экиш аппаратини ишчи кисм улчамларини асослаш //Механика и технология. - 2022. - №. Спецвыпуск 1. - С. 78-83.

8. Нормирзаев А., Бекмирзаев Ш. Дуккакли экинларни экиш учун куш каторли сеялка //ФарПИ илмий-техника журнали.-Фаргона. - 2021.

9. https://sejalki.ru/articles/protsess-viseva-semyan-pnevmaticheskimi/opredelenie-optimalnih-parametrov.html

10. Kyada, A. R, Patel, D. B. Design and development of manually operated seed planter machine. International 26th All India Manufacturing Technology, Design and Research Conference (AIMTDR 2014), 2014, IIT Guwahati, Assam, India volume 2, No.728 .590-1-6-б.

11. Nishonov B., Normirzaev A., Tukhtabayev M. Study on the development of a rotary

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI soil softener //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 434. - С. 03013.

12. Яковец, А.В. Обоснование рациональных параметров плоского сбрасывателя лишних семян пневмовакуумного высевающего аппарата / А.В. Яковец, А.Ю. Несмиян // Вестник КрасГАУ. - 2012. - № 7. - С. 114-120.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.