Научная статья на тему 'SАBZАVOTCHILIK UCHUN ISHLАB CHIQILGАN EGАT OCHGICHNING TUPROQQА KIRISH BURCHАGINI NАZАRIY АSOSLАSH'

SАBZАVOTCHILIK UCHUN ISHLАB CHIQILGАN EGАT OCHGICHNING TUPROQQА KIRISH BURCHАGINI NАZАRIY АSOSLАSH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
egat ochgich / sabzavot / pushta / tuproq / urugʻ / agregat / pona / korpus / burchak / egat. / бороздорез / овощь / гребня / почва / семена / агрегат / клин / корпус / угол / борозда.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Toʻxtaqoʻziev Аbdusalim, Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, Maxkamov Gʻulomjon Usmonjonovich, Qaxramon Homidov Аbdullajonovich, Аsqarov Аxror Normatjonovich

Ushbu maqolada sabzavotlarni pushtada yetishtirish texnologiyasining afzalliaklari boʻyicha adabiyotlar tahlili asosida sabzavotchilik uchun ishlab chiqilgat egat ochgich toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilgan. Shu bilan birga energiyatejamkorlikni taʼminlashda asosiy parametr sanalgan egat ochgichni tuproqqa kirish burchagini asoslash boʻyicha oʻtkazilgan nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga binoan egat ochgichning tuproqqa kirish burchagini ishqalanish burchagiga bogʻliqlik grafiklari qurilgan hamda egat ochgichning tuproqqa kirish burchagi 34030′ -37030′ oraligʻida boʻlishi kerakligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Theoretical justification of the soil cutting angle of a furrow cutter designed for vegetable growing

В данной статье представлена информация о разработке бороздореза для овощеводства на основе обзора литературы о преимуществах технологии выращивания овощей на гребнях. При этом представлены результаты теоретических исследований по обоснованию угла резания бороздореза, который считается основным параметром обеспечения энергосбережения. По результатам исследований построены графики зависимости угла резания бороздореза почвы от угла трения и определено, что угол резание бороздорезы должен находиться в пределах 34030′37030 '.

Текст научной работы на тему «SАBZАVOTCHILIK UCHUN ISHLАB CHIQILGАN EGАT OCHGICHNING TUPROQQА KIRISH BURCHАGINI NАZАRIY АSOSLАSH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK. 631.313

SABZAVOTCHILIK UCHUN ISHLAB CHIQILGAN EGAT OCHGICHNING TUPROQQA KIRISH BURCHAGINI NAZARIY ASOSLASH

To'xtaqo'ziev Abdusalim Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash tadqiqoti instituti professor

Turdaliev Voxidjon Maxsudovich Namangan muhandislik-qurilish instituti professor, [email protected]

Maxkamov G'ulomjon Usmonjonovich Namangan muhandislik-qurilish instituti dotsent, mgulomjon [email protected]

Qaxramon Homidov Abdullajonovich Namangan muhandislik-qurilish instituti o'qituvchi, [email protected]

Asqarov Axror Normatjonovich Namangan muhandislik-qurilish instituti o'qituvchi, [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada sabzavotlarni pushtada yetishtirish texnologiyasining afzalliaklari bo'yicha adabiyotlar tahlili asosida sabzavotchilik uchun ishlab chiqilgat egat ochgich to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga energiyatejamkorlikni ta'minlashda asosiy parametr sanalgan egat ochgichni tuproqqa kirish burchagini asoslash bo'yicha o'tkazilgan nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. O'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga binoan egat ochgichning tuproqqa kirish burchagini ishqalanish burchagiga bog'liqlik grafiklari qurilgan hamda egat ochgichning tuproqqa kirish burchagi 34030' -37030' oralig'ida bo'lishi kerakligi aniqlangan.

Аннотация. В данной статье представлена информация о разработке бороздореза для овощеводства на основе обзора литературы о преимуществах технологии выращивания овощей на гребнях. При этом представлены результаты теоретических исследований по обоснованию угла резания бороздореза, который считается основным параметром обеспечения энергосбережения. По результатам исследований построены графики зависимости угла резания бороздореза почвы от угла трения и определено, что угол резание бороздорезы должен находиться в пределах 34030'- 37030 '.

Annotation. This article presents information on the development of a furrow cutter for vegetable growing based on a literature review on the advantages of technology for growing vegetables on ridges. At the same time, the results of theoretical studies are presented to substantiate the cutting angle of the furrow cutter, which is considered the main parameter for ensuring energy saving. Based on the research results, graphs of the dependence of the cutting angle of the soil furrow cutter on the friction angle were constructed and it was determined that the cutting angle of the furrow cutter should be in the range of 34030' - 37030'.

Kalit so'zlar: egat ochgich, sabzavot, pushta, tuproq, urug', agregat, pona, korpus, burchak, egat.

Ключевые слова: бороздорез, овощь, гребня, почва, семена, агрегат, клин, корпус, угол, борозда.

Keywords: furrow cutter, vegetable, ridge, soil, seeds, aggregate, wedge, body, corner,

furrow.

Respublikamiz sharoitida sabzavot ekinlari pushtalarda yetishtiriladi. Chunki, bunda

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI ekilgan urug'larni unib chiqishi va nihollarni rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, sabzavot ekinlari urug'larini pushtaga ekish quyidagi afzalliklarga ega [1-4]:

- urug'larni turli mashina yoki agregatlar bilan ezilmagan tuproqda ekish imkoniyati yaratiladi;

- pushtalarda tuproqning issiqlik qabul qilish yuzasi tekis yuzaga nisbatan 1,5 martagacha ortadi, buning natijasida ekilgan urug'larning unib chiqishi uchun zarur bo'lgan issiqlik tuproqda tezroq to'planadi;

- pushtaga ekilgan urug'lar unib chiqqanda ularning ildizlari rivojlanadigan mayin tuproqli zona hajmi ortadi;

- pushta olingan maydonlarda urug'larni tasma usulida ko'p qatorlab va donalab ekish imkoniyati yaratiladi;

- yog'img'ir suvlarini pushta yon tomonlaridan sug'orish egatlariga oqib tushishi natijasida pushta ustida ortiqcha nam to'planmasligi, urug'larni bo'kib qolishi natijasidagi chirishi va tuproqni qatqaloq bo'lishining oldi olinadi;

- pushta hosil qilinganda sug'orish egatlari shakllanadi, buning natijasida ular orqali suv oqizib urug'larni undirib olish imkoniyati yaratiladi;

- qator oralariga ishlov berishda etarli darajada rivojlanib ulgurmagan nihollarni tuproq bilan ko'milishining oldi olinadi.

Yuqoridagilarni inobatga oladigan bo'lsak, sabzavotchilik uchun enegriyatejamkor hamda belgilangan talablar asosida pushta shakllantiradigan egat ochgich konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash muhim hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligida egat ochgichlar asosan kultivatorlarda, seyalkalarda va boshqa turdagi tuproqqa ishlov berish mashinalari tarkibida sug'orish egatlarini ochish, chopiq ekinlari tublariga tuproq uyumlash, o'g'it solish va urug' ekish uchun esa pushta olish maqsadida qo'llaniladi [5].

Sabzavotchilik uchun egat ochgichning konstruksiyasini ishlab chiqishdan avval, u hosil qilishi kerak bo'lgan pushtaning dastlabki ko'rinishini quyidagicha tasvirlaymiz (1-rasm).

1-rasm. Pushtaning dastlabki koTinishi

1-rasmdan ko'rinadiki, sug'orish egatini ochilishi natijasida tekis dala maydonidan S1 uchburchak yuzali tuproq qatlami hosil qilinish kerak bo'lgan pushtaning ustiga S3 uchburchak yuzali tuproq uyumi sifatida chiqadi. Demak, olinadigan pushtaning dastlabki ko'rinishiga muvofiq egat ochgichning ko'rinishini 2-rasmda ko'rsatilganidek tavsirlaymiz (2-rasm)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

2-rasm. Egat ochgichning geometrik parametrlarini aniqlashga oid sxema.

Quyidagilar egat ochgichning asosiy geometrik parametrlari hisoblanadi: tuproqqa kirish burchagi a, korpus balandligi ho, yon qirqilish burchagi S, qanotining ochilish burchagi y, korpus qanotlarining burilish burchagi d, korpus qanotlarining kengligi bo, korpus qanotining qulochi l3 va uzunligi l2.

Energiyatejamkorlikni ta'minlash uchun birinchi navbatda egat ochgich tuproqqa ravon va tekis kirishi lozim. Buni esa egat ochgichni tuproqqa kirish burchagi ta'minlaydi. Egat ochgichning tuproqqa kirish burchagini aniqlashda nazariy jihatdan uni uch yonli pona shakliga ega deb qaraymiz. [6] ga ko'ra, tuproq palaxsasini uch yonli pona bo'ylab ko'tarishdan hosil bo'ladigan qarshilik kuchi Fkot ni uning tuproqqa kirish burchagiga bog'liqligini quyidagicha ifodalaymiz.

Fko t = tgya + w),

t = --lg\a + w), (1)

sina

bunda, J-tuproqning zichligi, kg/m3; S-palaxsaning ko'ndalang kesim yuzasi, m2; h-pona tomonidan palaxsaning ko'tarilish balandligi, m; g-erkin tushish tezlanishi, m/s2; a-ponani tuproqqa kirish burchagi, grad; ^-tuproqni ponaning ishchi sirtiga ishqalanish burchagi, grad.

Uch yonli pona bilan tuproq palaxsasinining o'zaro ta'sirlashishi jarayonini ko'rib chiqamiz. Bunda ishchi organ yuzasiga tuproq palaxsasidan tushadigan bosim kuchini quyidagicha ifodalaymiz (3-rasm)

N = , (2)

bunda q-ishchi organ yuzasiga tuproq tomonidan beriladigan solishtirma bosim, Pa; bci-tekis dala yuzasidagi sug'orish egatini ochish uchun kesib olinadigan yuzaning asosi, m; ln- ishchi organning normal bosim ta'siri ostidagi uzunligi, m.

3-rasm. Egat ochgichning tuproqqa kirish burchagini aniqlashga oid sxema.

j _ hn 2

Agar 3-rasmdan ln ~ ■ ekanligini inobatga olsak, u holda (2) ifoda quyidagicha

sin. a

ko'rinish oladi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

N = q^ . (3)

2 sin a

Ishchi yuzadagi ishqalanish kuchini quyidagicha ifodalaymiz

J7 - bc1hn 2 . .

Fish = Jq-z-.—, (4)

2sina

bunda f-ishqalanish koeffisienti.

Normal bosim N va ishqalanish Fish kuchlarini gorizontal tekislikka proyeksiyalab, qarshilik kuchini quyidagicha ifodalaymiz

F = N sina + F.SÄ cosa = qb^hn2 (l + fctga). (5)

Egat ochgichni l masofaga siljitish uchun bajarilgan ishni quyidagicha ifodalaymiz

A = Fl. (6)

3-rasmdan foydalanib quyidagini yozamiz

hn2 COs^

sinacos(a + p)

(5) va (7) tengliklarni inobatga olib, (6) tenglikni quyidagicha ko'rinishda yozamiz

A = qbcih2n2 cos((l + fctm)

(7)

2sinacos(a + p) (8)

Egat ochgichning bajargan ishi cheksizlikka intilmasligi uchun sina ^ 0 va cos(a + (p)^ 0bo'lishi lozim.

Ekstremum mavjud bo'lishining zaruriy shartiga ko'ra, agar biror-bir nuqtada differensiallanuvchi funksiya shu nuqtada ekstremumga ega bo'lsa, u holda funksiyaning shu nuqtaga nisbatan birinchi tartibli hosilasi nolga teng bo'ladi [7].

Demak, egat ochgich bajargan ishining ekstremum qiymatlarini aniqlash uchun

A = f (a) funksiyadan a bo'yicha birinchi tartibli hosila olamiz, u holda quyidagi tenglik kelib chiqadi.

f cos(a + () / \

-= - cos(2a + p) (9)

sina + f cosa

Agar f = tgp ekanligini inobatga olsak, u holda (9) tenglik quyidagicha ko'rinish

oladi.

tgpcos(a + p) =- cos(2a + p)

sina + tgpcosa ^

(10) tenglamada fuknksiyalarning argumenti har xil va ularni ko'paytiruvchilarga ajratib bo'lmaganligi sababli, uni analitik usulda echib bo'lmaydi. Shuning uchun ushbu tenglamani grafik usulda yechamiz. Bu usulning afzalligi shundaki, u maxsus shartlarni talab etmaydi. Masalani grafik usulda yechilishi analitik usulga qaraganda ildizlarni ancha sodda aniqlash imkonini beradi. Bu usulda tenglama yechimlarining qiymatlari taqriban aniqlanadi, shunga qaramay grafik usulning aniqligi ko'rilayotgan masalalar uchun yetarli darajadagi echim bo'la oladi.

Demak, (10) tenglamani grafik usulda echamiz. Buning uchun tenglamaning o'ng

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

tomonini f (a) = - cos (2a+ ç), chap tomonini esa g(a) =

tgç cos (a + ç)

. ko'rinishda

sina + tgç cos a

belgilab, f(a), g(a) larni a ning funksiyasi sifatida qaraymiz. Dekart koordinatalar sistemasida, ф ning mos qiymatlarida yuqoridagi ikki funksiyalarning grafigini quramiz va ularning kesishish nuqtalari koordinatalarini topamiz. Topilgan koordinatalar (10) tenglamaning echimi hisoblanadi.

[8] ga ko'ra, sabzavotchilik seyalkalari asosan, tuproqning namligi 14-18% bo'lgan ishlashi tavsiya etiladi. Biz tadqiqotlarimizda shartli ravishda tuproqning namligini 10-20% etib qabul qilamiz. G.M.Rudakov [9]ning o'tkazgan tadqiqotlariga asoslanadigan bo'lsak, po'lat bilan tuproq orasidagi harakatdagi ishqalanish koeffisiyenti tuproq namligi 10-20 % bo'lganda 0,5-0,675 oralig'ida bo'lar ekan. Agar f=tgp ekanligini inobatga olsak, u holda ishqalanish burchagi 28о-34о oralig'ida bo'ladi. Ishqalanish burchagining yuqoridagi qiymatlari bo'yicha f(a) va g(a) larni a ga nisbatan echib, bog'liqlik grafiklarini quramiz (4-rasm).

1 , 2, 3-chiziqlarf(a) funktsiyaning yechimi; 1, 2, 3-chiziqlar g(a) funktsiyaning yechimi (bunda

1, 1'-ф=28о; 2, 2'-ф=31о; 3, 3'-ф=34о) 4-rasm. Egat ochgichning tuproqqa kirish burchagini ishqalanish burchagiga bog'liqlik

grafigi.

4-rasmda ko'rinadiki, ф=28о bo'lganda 1 va 1/ egri chiziqlar kesishgan nuqta, ф=31о bo'lganda 2 va 2/ egri chiziqlar kesishgan nuqta va ф=31о bo'lganda esa 3 va 3/ egri chiziqlar kesishgan nuqta masalaning yechimi sanaladi. Bu echimlardan foydalanib, ko'rilayotgan ishning minimal qiymatini topishimiz mumkin.

Xulosa. Yuqoridagi, tahlillarga asoslanib egat ochgichning tuproqqa kirish burchagi 34030' -37030' oralig'ida bo'lishi maqsadga muvofiq ekan.

ADABIYOTLAR

1. Boymetov R.I., To'xtaqo'ziev A., Xudoyorov A.N., Mamadaliev M.X., Egamberdiev A.O'. Tuproqqa minimal ishlov berish texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi kombinasiyalashgan agregat // Fermer xo'jaliklarida paxtachilik va g'allachilikni rivojlantirishning ilmiy asoslari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma'ruzalari to'plami. -Toshkent, 2006. - 169. - B. 17-20.

2. Маматов Ф.М., Худояров Б.М., Хайдаров Э.А. Минимизация подготовки почвы из-под хлопчатника на гребнях // Научные труды ВИМ. Москва: 2003.- С. 61-67.

3. Худойбердиев Т.С., Худоёров А.Н. Новый способ обработки почвы и техническое устройства для его реализации // Актуальные вопросы аграрной науки и

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI образования: Материалы межд.научно-практической конференции. - Ульяновск, 2008. -С. 85-88.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Hasanova F. Pushta olish texnologiyasi // O'zbekiston qishloq ho'jalik jurnali. -Toshkent: 2009. - №12. - B. 5.

5. Xamidov N.M. Piyoz urug'larini tasmali ko'p qatorlab ekadigan seyalka pushtaolgichi-tekislagichining turi va parametrlarini asoslash: Tex. fanlari bo'yicha fal. dok. dissertasiya. -Nukus: 2022. - 190 b.

6. М.Е.Мацепуро, И.С.Нагорский 1. М.Е.Мацепуро, И.С.Нагорский, А.А.Рунцо, К.Ф.Терпиловский. Вопросы сельскохозяйственной механики. -Том, 10. - Минск: Урожай, 1964. - 386 с.

7. Xurramov Sh.R. Oliy matematik: l-jild.-Zangiota: Tafakkur, 2018.-439 b.

8. Sabzavot urug'larini ekish mashinasi konstruksiyasini ishlab chiqishga texnik topshiriq. - Toshkent: 2021. - 8 b.

9. Рудаков Г.М. Технологические основы механизации сева хлопчатника. -Ташкент: Фан, 1974. - 247 с.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.