Научная статья на тему 'YERYONG‘OQ MAG‘IZINI AJRATISH QURILMASI'

YERYONG‘OQ MAG‘IZINI AJRATISH QURILMASI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yeryong‘oq / xususiyatlari / yetishtirish texnologiyasi / agrotexnik tadbirlar / hosildorlik / dukkaklar / mag‘zi / mag‘zini chaqish qurilmasi / tajriba / nobudgarchilik. / арахис / свойства / технология возделывания / агротехнические мероприятия / урожайность / бобы / семена / установка для выделения семян / эксперимент / потери.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xudayberdiev Toxirjon Latifovich, Jamoliddinova Guloyim Doniyor Qizi

Ushbu maqolada yeryong‘oqni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, eryong‘oq yetishtirishda qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar, don hosildorligini aniqlashda labaratoriya tahlillari va dukkagini chaqish qurilmasiga doir ma’lumotlar va tajriba tadqiqotlaridan olingan natijalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Installation for isolating peanuts seeds

В статье приведены народнохозяйственное значение арахиса, информации по применению агротехнических мероприятий технологии возделывания арахиса, лабораторный анализ определения урожайности семян, экспериментальные данные по установке для выделения семян. арахиса.

Текст научной работы на тему «YERYONG‘OQ MAG‘IZINI AJRATISH QURILMASI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK 658.276.66.047

YERYONG'OQ MAG'IZINI AJRATISH QURILMASI

Xudayberdiev Toxirjon Latifovich Namangan muhandislik-texnologiya instituti, t.f.n., dotsent

Jamoliddinova Guloyim Doniyor qizi Namangan muhandislik-texnologiya instituti, talaba

Annotatsiya. Ushbu maqolada yeryong'oqni xalq xo'jaligidagi ahamiyati, eryong'oq yetishtirishda qo'llanilgan agrotexnik tadbirlar, don hosildorligini aniqlashda labaratoriya tahlillari va dukkagini chaqish qurilmasiga doir ma'lumotlar va tajriba tadqiqotlaridan olingan natijalar keltirilgan.

Аннотация. В статье приведены народнохозяйственное значение арахиса, информации по применению агротехнических мероприятий технологии возделывания арахиса, лабораторный анализ определения урожайности семян, экспериментальные данные по установке для выделения семян. арахиса.

Annotation. The article provides the national economic importance of peanuts, information on the use of agrotechnical measures, peanut cultivation technology, laboratory analysis of determining seed yield, experimental data on an installation for isolating seeds peanuts.

Tayanch so'zlar: yeryong'oq, xususiyatlari, yetishtirish texnologiyasi, agrotexnik tadbirlar, hosildorlik, dukkaklar, mag'zi, mag'zini chaqish qurilmasi, tajriba, nobudgarchilik.

Ключевые слова: арахис, свойства, технология возделывания, агротехнические мероприятия, урожайность, бобы, семена, установка для выделения семян, эксперимент, потери.

Key words: peanuts, properties, cultivation technology, yield, agrotechnical measures, beans, seeds, seed extraction plant, experiment, losses.

Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Yeryong'oq urug'lari tarkibida 40-57 foiz qimmatbaho, ya'ni qurimaydigan moy, 30 foizgacha oqsil moddalari, 18 foizgacha uglevodlar mavjud. Uning moyi oziq-ovqat sanoatida konservalar va parfyumeriyada upa-eliklar tayyorlashda ishlatiladi. Yeryong'oq moyi qurimaydigan yog' bo'lib, undan sifatli margarinlar va turli shirinliklar tayyorlashda foydalaniladi. Urug' mag'zidan holva, konfet, tort va pecheniylar tayyorlashda foydalaniladi. Bundan tashqari qovurib ham iste'mol qilinadi. Moyi siqib olingandan so'ng, kunjarasi mollar uchun omixta yem hisoblanadi.

Kunjarasida 45 foiz moy va 8 foiz oqsil bor. Yeryong'oqning ko'k poyasi ham oqsil saqlovchi hisoblanadi. Urug'i o'zida 40-50 foiz moy bilan 20-36 foiz oqsil saqlaydi. SHu xususiyati bilan u qimmatbaho o'simlik hisoblanadi [1,2].

Eryong'oqning ko'k poyasi va quruq poyasi chorva mollari uchun to'yimli oziqa hisoblanadi. To'yimliligi jihatidan beda pichanidan qolishmaydi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng moyli o'simliklar yetishtirishga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, yeryong'oq yetishtirishni ko'paytirish maqsadida fermer va dehqon xo'jaliklariga yerlar ajratib berilmoqda. Hozirgi kunda respublikamiz bo'yicha yiligiga 2 000 gektardan ortiq maydonda yeryong'oq ekilmoqda.

Oddiy yeryong'oq tarkibida deyarli barcha ma'lum antioksidantlar, ya'ni erta tushadigan ajinlar va keksayishning boshqa alomatlaridan himoya qiluvchi moddalar mavjud. Ularda teri va shilliq pardalar salomatligi hamda quyoshda bir tekis toblanish va terining yaxshi rangiga ega bo'lish uchun zarur bo'lgan Е va A vitaminlari, nafaqat immunitetni mustahkamlaydigan, balki

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI teri hujayralarining yangilanishiga ko'maklashadigan C vitamini ham bor. Yeryong'oqda rux moddasi ko'p, ushbu mikroelement chiroyli sochlar va mustahkam tirnoqlar uchun juda zarur. Umuman olganda esa, yeryong'oq nafaqat ayollarning go'zalligini, balki salomatligini saqlashda ham juda foydali mahsulot hisoblanadi. Yeryong'oqlarning ushbu turi ko'krak bezi saratonining oldini olishga ham ko'maklashadi .

Namangan muhandislik-texnologiya institutida yeryong'oq agrotexnikasi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va yeryong'oqni ekish, yetishtirish, yig'ib olish, dastlabki ishlov berish texnologiyasi takomillashtirilmoqda.

Urug'larni yaxshi va bir tekis unib chiqishi ularni qanday usul bilan ekishga ko'p jihatdan bog'liq. Agar yeryong'oq urug'i dukkakidan ajratib olib ekilsa, tez va bir tekis unib chiqishiga erishiladi. Lekin bunda urug'ni tayyorlash uchun ko'p qo'l mehnati sarf qilinadi, ya'ni 20 ishchi kuni / ga.

Tajribada yeryong'oqning o'rtapishar Qibray-4 navi ekildi. Quyida ushbu navning qisqacha tasnifi keltirilgan [1,2].

Qibray-4. O'zbekiston o'simlikshunoslik ilmiy tekshirish institutining selektsion navi. K-1772 (AQSH) kollektsion namunasidan guruhlab tanlash yo'li bilan yaratilgan.

Mualliflari: Ivanenko Ye.N., Uzoqov Yu.F., Amanturdiev B., Axmedov K., Baymatova

T.K.

1998 yildan respublika bo'yicha Davlat reestiriga kiritilgan. O'simlikning shakli yarim shoxlanuvchan. Poyasi yoyilgan, o'rtacha balandlikda. Soxlanishi o'rtacha. Barglari yashil, teskari tuxumsimon, antotsian rangi yo'q, tuki o'rtacha. Gulining rangi tiniq sariq. Dukkagi yirik, shakli bukri-to'lqinsimon, yuzasi biroz chuqur, xira-sariq, po'sti o'rta-dag'al o'rtacha biroz qisiq, choki o'rtacha. Urug'ining rangi pushti cho'zinchoq-ovalsimon shaklda. 1000 ta donning vazni 430,0 g. Nav yirik mevali, yirik donli, yuqori hosildorli, o'rtacha hosildorlik 26,4 ts/ga tashkil etadi.

Nav o'rtapishar, 138 kunda pishadi. Mexanizm bilan o'rishga yaroqli, dukkagining birikib turishi yuqori 5,0 ball, pishishi 82,0 %. Donidagi yog' miqdori 48,5%, oqsil 21,0%. Nav kasallik va zararkunandalarga bardoshli [2-4].

Qishloq ho'jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda agrotexnik tadbirlarning ahamiyati yuqoridir. Shularni hisobga olgan holda agrotexnik chora-tadbirlar bosqichma-bosqich o'z vaqtida olib borildi.

Eryong'oq o'tmishdosh o'simliklarga talabchan bo'lib, uning uchun eng yaxshi o'tmishdosh - orasi ishlanadigan paxta, sabzavot va don ekinlaridir.

Quyidagi 1-jadvalda yeryong'oq yetishtirishning agrotexnik chora-tadbirlari keltirilgan. Tajriba dalasi tanlab olingandan so'ng, fosforli va kaliyli o'g'itlarning to'liq yillik me'yori shudgor oldidan NRU-0,5 agregati bilan solindi va dala 30 sm chuqurlikda shudgor qilindi. Erta bahorda yerga borona va mola bosildi. Yeryong'oq ekish uchun maqbul qator orasi 70 sm bo'lib, 10x1; 12x1 va 14x1 sxemada ekildi hamda to'liq ko'chat olish maqsadida urug' suvi berildi.

1-jadval

Eryong'oq yetishtirishda qo'llanilgan agrotexnik tadbirlar va ularni o'tkazish muddatlari

T.r. Bajarilgan ish turi Olib borilgan sanalar

1 Organik va mineral o'g'itlar solish (gektariga 10 t chirigan go'ng, 70 kg R, 50 kg K hisobida) 25.10.

2 Kuzgi shudgor 26.10

3 Boronalash va molalash 15.03

4 Ekish (50, 60 va 70 kg/ga, 6-7 sm) 5.04

5 Sug'orish 5.04

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

6 1-kulbtivatsiya 15.04

7 Begona o'tlarga qarshi kurash va ketmon chopiq 10.05

8 Oziqlantirish (100 kg/ga N) 25.05

9 Sug'orish 25.05

10 2-kultivatsiya 5.06

11 O'simlik tagiga tuproq uyush 10.06- 20.07

12 Sug'orish 5.07

13 3-kulbtivatsiya 15.07

14 Sug'orish 25.08

15 Hosilni yig'ishtirish 25.09

Ekinni parvarish qilish eng ahamiyatli davr hisoblanadi. Nihollar unib chiqqanidan so'ng qator oralari 3 marta ishlandi. Gullash fazasi boshlanganidan so'ng tuplar tagiga mineral o'g'itlar berish bilan tuproq yaxshilab tortildi.

Eryong'oq sovuq tushguncha hosil tugadi, birinchi dukkaklari gullaganidan so'ng 50-60 kunda pishadi. Birinchi dukkagi pishganidan so'ng uzluksiz ravishda pisha boshlaydi. Hosil 25 sentyabrda yig'ib olindi.

Don hosildorligini aniqlashda labaratoriya tahlillari

Texnologik nuqtai nazardan yeryong'oq dukkagi ikki qismdan: mag'iz va qobiqdan iborat. Bundan tashqari yeryong'oq urug' ustidagi qobiqdan tashqari mag'iz ustida yupqa urug' pardasiga ham ega bo'ladi. Yeryong'oq urug'larning ustki qobig'i lo'zga deb ataladi. Qobig' va mag'izdagi tarkibiy moddalar miqdori turlichadir. Urug'lar qobig'ida asosan, kletchatka yoki tsellyuloza ko'p bo'lib, ular bilan bir qatorda, kamroq miqdorda yuqori molekulali uglevodorodlar, mumli moddalar, yanada ozroq miqdorda oqsil va suv bo'ladi. Mag'izda esa yog'lar, oqsillar, fosfatidlar, vitaminlar va ko'pchilik yog' bilan ergashib yuruvchi boshqa moddalar turadi. Qobig'da moyning miqdori juda kam bo'lib, moyi asosan mag'izda bo'lib, qobig'da esa nihoyatda kam. Agarda moyli urug'lar qobig'i ajratilmay qayta ishlansa, bu holda olinayotgan o'simlik moyi tarkibida qobiq tarkibida bo'lgan yuqori malekulali uglevodlar, mum moddalar ko'payadi. Bu hol olinayotgan o'simlik moyini sifatini bo'zilishiga va aynan kislota soni oshishiga, rangining yuqorilab ketishiga hamda moyning loyiqalanishiga olib keladi. Ulardan tashqari qobiq ajratilmagan holda urug'lik qayta ishlansa, texnologik jarayonda qo'llanilayotgan mashinalarning bir qism mahsuldorligi moyi nihoyatda kam bo'lgan qobiqni yanchish, presslash, ekstraktsiya qilish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi. Umuman olganda butun bir tsexning maxsuldorligi susayadi. Yuqorida izohlangan fikrlarni nazarda tutib imkoniyat boricha maxsimal ravishda qobig'ini mag'izdan ajratish kerakligi e'tiborga sazovordir. Yeryong'oq va shunga o'xshash urug'larni qayta ishlash jarayonida albatta, qobig'ini mag'zidan ajratish yo'li bilan olib boriladi. Qayta ishlash texnologiyasida bu jarayon bajarish uchun yeryog'oq urug'larni chaqish yo'li bilan bajariladi. Hosil bo'lgan mahsulotni to'la chaqilgan bo'lsa rushanka (chaqilma) deb ataladi.

Tajribada tanlab olingan o'simliklarni dukkak hosildorli labatoriyaga keltirib, u yerda don hosildorligin aniqlash maqsadida qyidagi ishlar amalga oshirildi:

- ming dona dukkak vazni;

- ming dona urug' vazni;

- mag'iz chiqish darajasi;

ming dona dukkak va urug' vaznlari torozida tortish yo'li bilan aniqlandi. Mag'iz chiqish darajasi esa dukkaklar oldik tarozida tortib, so'ng mag'zi ajratilib yana torozida tortib hisoblandi [4,5].

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

Eryong'oq urug'ini qatorlarga bir tekis ekish, nihollarni zarur qalin-likda yetishtirish yeryong'oqdan yuqori hosil olish imkonini beradi. Zarur qalinlikdagi yeryong'oq nihollarini unib chiqishini ta'minlash va tub qalinligini hosildorlikka ta'sirini o'rganish uchun urug'larni qatorlarga bir tekis ekish bo'yicha ko'p ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Yeryong'oqni yetishtirishdagi eng sermehnat jarayon - bu uni yig'ishtirib olish jarayoni hisoblanib, u hozirgi kunda g'o'zapoyani yig'ishtirishga mo'ljallangan KV-3,6A yoki KV-4A rusumli mashinalar yordamida amalga oshiriladi.

Shuning uchun yeryong'oqni yig'ishtirish va mag'zini dukkagidan ajratib olish texnologiyasi sermehnat jarayon bo'lib uni mexanizatsiyalash hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi .

Eryong'oq urug'i turli maqsadlarda qayta ishlanadi, shulardan biri moy olish bo'lsa, yana biri konduktor mahsulotlari yoki turli shokoladlar ishlab chiqarishdir. Odatda yeryong'oq dukkaklarini chaqish ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshiriladi. Lekin bugungi kunga kelib bozor talab lari asosida yeryong'oq yetishtiriuchi xo'jaliklarning o'zida dukkagadan ajratilmoqda. Yeryong'oq dukkagini bu tartibda dastlabki ishlanishidan ham yetishtiruvchi xo'jaliklar, ham qayta ishlovchi korxonalar birdek ma'nfaatdordirlar. CHunki, bir tomondan qayta ishlovchi sof hom ashyoga pul to'lasa, ikkinchi tomondan yetishtiruvchi aniq mahsulotiga pul oladi. Bunda yetishtiruvchi xo'jaliklar va qayta ishlovchi korxonalar o'rtasida urug' chiqish darajasi bo'yicha kelishmovchiliklar bo'lmaydi [5,6].

Eryong'oq dukkagining xususiyatlari ularning mexaniq qattiqligi bilan belgilanadi. Dukkakning mexaniq qattiqligi deb, shunday kuchga aytiladiki qaysiki, bu kuch ta'sirida dukkak chaqilishi yoki sinishi lozim. Dukkakning qattiqligi uning namligiga ham bir miqdorda bog'liqdir. Nam oshishi bilan urug' qobig'ining elastikligi kamayib, plastiklik xususiyati ortadi. Shuning uchun moyli urug'ning hususiyatini hisobga olib, ularni chaqishda turli metodlar qo'llaniladi. Yeryong'oq dukkagi o'ta mo'rt bo'lgani uchun bu turdagi urug'lar uchun zarba berish yoki ezish metodlari bilan chaqiladi. Maxsus chaquvchi apparat (bicherushka) yordamida chaqilganda chaqilayotgan dukkakka markazdan qochma kuch asosida ishlaydigan chaquvchi mashina yordamida urug'ga faqat bir marta katta tezlikdagi zarba yo'li bilan chaqiladi.

Tajribada Namangan muhandislik-texnologiya instituti (NamMTI) olimlari tomonidan yaratilgan yeryong'oq chaqish qurilmasidan foydalandik. Bu qurilmada dukkaklarning chaqilish to'laligini oshirilgan, urug'larning shikastlanish darajasini deyarli yo'q. Quyida ushbu qurilmani texnologik sxemasi keltirilgan. (2-rasm)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

1-bunker; 2-dukkaklar; 3-ta'minlovchi baraban; 4-chaquvchi barabanlar 2-rasm. Yeryong'oq dukkaklarini chaquvchi qurilma barabanlarining texnologik sxemasi

Ushbu chaqish qurilmasining ish unumi soatiga 500 kg, dukkaklarning chaqilish to'laligi 99,0 foiz, urug'larning shikastlanishi esa 3,9 foizdan iborat.

Tajribada har bir variantdan 100 kg dan dukkaklar olinib, dala xirmonida alohida quritildi. Quritilgan dukkaklar dala shiyponini o'zida yeryong'oq dukkagini chaquvchi qurilmada variantlar bo'yicha chaqildi va mag'iz chiqish darajasi, ya'ni, don hosildorligi aniqlandi. (2-jadval)

2-jadval

Qurilma barabaning aylanishlar sonini yeryong'oqdan mag'iz chiqish darajasiga

ta'siri

Va ria nt Eryong'oq dukkaklarini chaquvchi barabanning aylanish soni, ayl./min. CHaqishga olingan dukkak vazni, kg Mag'iz chiqish darajasi, % Mag'iz nobudgarchiligi, %

1 1000 100 74,5 6,2

2 1100 100 77,4 6,4

3 1200 100 79,9 4,6

4 1300 100 74,1 6,9

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, yeryong'oq dukkaklarini chaquvchi qurilma barabanining aylanishlar soni 4 ta variantda o'tkazildi va mag'iz chiqish darajasi hamda mag'iz nobudgarchiligi bo' yicha baholandi.

Hulosa. Xususan, nazoratdagi 3- variantda mag'iz chiqish darajasi 79,9% ni, mag'iz nobudgarchiligi 5,6% ni tashkil etdi.

Hulosa qilib aytganda, qurilma barabaning aylanishlar sonini yeryong'oqdan mag'iz chiqish darajasiga ta'siri hamda mag'iz nobudgarchiligi bo'yicha baholanganda 4-variantda muqobil ko'rsatkichlar olinganligi kuzatdildi. Namangan muhandislik-texnologiya institutida yeryong'oq dukkaklarini chaquvchi qurilma ishchi qismlarining parametrlarini va ishlash rejimini asoslash bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.

ADABIYOTLAR

1. Yeryong'oq va kunjut yetishtirishga oid tavsiyalar. Samarqand. 1994 y.

2. Maxsadov X. "Ko'chat soni va sug'orish tartibining yeryong'oq hosildorligiga ta'siri". "G'o'za va kuzgi bug'doyning parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish."

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya. Toshkent, 2003 y.

3. Murodov O. "Eryong'oq qator oralariga ishlov beruvchi tajribaviy ish organlarining tortishiga qarshiligi". "Fermer xo'jaliklari uchun agroinjenerlik xizmatlarini istiqbollari" Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya. Samarqand, 2008 y.

4. Ro'ziev I. "Er yong'oqni g'o'za qator oralarida o'stirish imkoniyatlari". "Qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishdagi agrotexnologik muammolar hamda ularning yechimlari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman maqolalar to'plami." Andijon, 2006 y.

5. Xudayberdiev T.L., G'afforova SH.A. Tadqiqot obyekti - yeryong'oq, ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi. "Covid-19 pandemiyasidan keyin kichik va o'rta qishloq xo'jaligi, bog'dorchilik va gulchilik biznesini shiddat bilan tiklash bo'yicha innovatsion strategiyalar" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Namangan, NamMTI.2021 yil 21may.

6. Xudayberdiev T.L., G'offorova Sh.A. Yeryong'oq dukkagini chaqish bo'yicha tajriba tadqiqotlari. "Yuqori samarali qishloq xo'jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyasi. Ilmiy maqolalar to'plami.Yangiyo'l, 27 may 2022yil.

7. Байбобоев Набижон Гуломович, Кучкоров Собиржон Каримжонович, Гуломов Шукуржон Илхомжонович, & Тоштиллаев Шохрух Азаматович (2024). НОВАЯ РАБОЧАЯ ОРГАН КУЛЬТИВАТОРА ДЛЯ ВНЕСЕНИЯ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ. Механика и технология, 1 (14), 88-92.

8. Boqijonovich, I. Q. (2022). Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich. Abdunazarov Elbek Elmurodovich, and Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li." Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi" Mexanika i texnologiya, 3(8), 98-102.

9. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).

10. Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, & Akbarov SHerzod Botirovich (2022). ELASTIK BARMOQLI DISKLI ELEVATORNI PARAMETRLARINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH USULI BILAN ANIQLASH. Mexanika i texnologiya, 1 (6), 76-82.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.