O'ZBEK MUSIQA FOLKLORI NAMUNALARINI TO'PLASH VA YOZIB
OLISH TARIXIDAN
Ma'rifat Yoshiyevna Umurova Abdurasul Ravshan o'g'li Raximov
Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik
fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi fakulteti Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi
o' qituvchisi abdurasulraximov 18@gmail .com marifat_umurova@mail.ru
ANNOTATSIYA
Musiqa folklori milliy madaniyatimizning muhim bo'lagi, xalqimiz turmushi va ijtimoiy hayotining o'ziga xos ko'rinishi bo'lib hisoblanadi. Milliy musiqa folklori ming yillar davomida xalqimizning kundalik hayoti va ertangi kuni, orzu umidlari, intilishlarini aks ettirib kelgan hamda umumiy milliy madaniyat rivojida muhim o'rin egallagan. Ushbu maqolada o'zbek musiqa folklori tarixi, xalq og'zaki ijodi namunalarini to'plash va yozib olish borasidagi ishlar, bolalar musiqa folklorining o'ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi ahamiyati keng yoritilgan.
Kalit so'zlar: Folklor, mahalliy musiqa uslubi, qo'shiq, lapar, terma, yalla, urf -odat, marosim, badiiy-estetik did.
HISTORY OF COLLECTION AND RECORDING OF SAMPLES OF UZBEK
MUSIC FOLKLORE
Ma'rifat Yoshievna Umurova
Lecturer at the Department of Music Education, Faculty of Art History, Bukhara State University marifat_umurova@mail .ru
Abdurasul Ravshan ugli Rakhimov
Student of Music Education, Faculty of Art History, Bukhara State University abdurasulraximov 18@gmail .com
ABSTRACT
Music folklore is an important part of our national culture, a unique aspect of the life and social life of our people. For thousands of years, folk music has reflected the daily life and future of our people, their dreams, hopes and aspirations, and has played an important role in the development of national culture. This article covers the history of Uzbek music folklore, the work on collecting and recording samples of folklore, the peculiarities of children's music folklore and its significance today.
Keywords: Folklore, local music style, song, lapar, national, yalla, tradition -custom, ceremony, artistic and aesthetic taste.
KIRISH
O'zbek musiqa folklorining asosiy bo'g'inlaridan biri bo'lgan bolalar musiqa folklori o'zbek musiqa madaniyatida alohida o'rin tutadi. Chunki, unda bolalarning o'ziga xos dunyosi, bolalarning dunyoqarashi, qiziqish va intilishlari, orzu - umidlari o'z aksini topgan.
Musiqa folklorining muhim jihatlaridan biri, uning xalqchilligidir. Bu janrdagi asarlar sodda, tinglovchiga hamda uni ijro etuvchi kishiga tez etib boradigan, musiqiy mavzular va motivlar engil idrok etiladigan xususiyatlarga ega.
Bundan tashqari, musiqa folklorining o'ziga xosligi, uning hammabopligi, insonlarning orzu-umidlari, intilishlari, quvonch va tashvishlarini, kundalik turmush tarzini aks ettirishi bilan ham ajralib turadi. Ushbu xususiyatlar folklor musiqasini boshqa barcha musiqiy janrlardan ajratib ko'rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Masalan, olaylik, yil fasllari yoki mehnat jarayoni bilan bog'liq qo'shiqlar keng omma orasida ijro etilgan. Ushbu qo'shiqlar uncha katta diapazonga ega emas, kuy ohanglari sodda, tez esda qoladigan darajada namoyon bo'ladi.
Bundan tashqari, folklor musiqasi, mahalliy musiqiy uslublar ifodalanishida yorqin namoyon etiladi. Jumladan, Buxoro - Samarqand mahalliy musiqiy uslubida ijro etiladigan yor-yorlar, mavrigilar, yoki Surxondaryo - Qashqadaryo mahalliy musiqiy uslubida ijro etiladigan baxshiyonalar bir - biridan keskin farq qiladi. Ushbu farqlar aynan milliy folklor xususiyatlari bo'lib hisoblanadi.
Yoki Namangan, Andijon va Farg'onada to'ylarda ijro etiladigan yor - yorlar Buxoro yoki Xorazm yor - yorlaridan keng farq qilishi bilan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlar folklor musiqasining o'ziga xosligini bildirib turuvchi omillardir. O'tgan asrning 70-yillarida Respublikamizda folklor ekspeditsiyalar tashkil etilib, F.Karomatov, I.Akbarov, K.Olimboeva kabi musiqashunoslar viloyatlarga chiqib, xalq musiqalarini to'plab nashr ettira boshladilar.
Taniqli san'atshunos olim F.Karomatli 1955 yildan boshlab bugunga qadar San'atshunoslik instituti rejalariga binoan uning rahbarligida va bevosita ishtirokida o'tkazilgan o'ttizdan ortiq musiqiy-folklor ekspeditsiyalarida har yilga mo'ljallangan O'zbekistonning barcha viloyat, tuman, qishloklari hamda Markaziy Osiyo mintaqalarida yashovchi o'zbeklarni o'rganishga safarbar qilingandi.
Ayni vaqtda tadqiqotchining (N.Nurjonov bilan birga) Pomirni katta ekspeditsiyalar davomida deyarli piyoda oralab o'tgani va umuman Tojikiston hamma mintaqalari bo'ylab o'tkazgan o'ndan ortiq ekspeditsiyalari ulkan natijalar bergandi.
Mazkur mintaqalarda istiqomat qiluvchi iste'dodli xonanda va sozandalar ijrosida ko'pgina musiqiy janr namunalarini magnit tasmalariga yozib olib, kelgusida
ularni notaga olib, tasniflab, turli to'plamlar chop etish bilan bir qatorda bir turga xos xususiyatlarini o'rganib qolishini amalda ta'minlab, folklorshunoslik fani tarkibiga kiritishga erishdi.
Xalq og'zaki musiqa ijodida mehnat yoki turli marosimlar bilan bog'liq bo'lmagan aytimlar ham yuzaga kelgan. Qo'shiq, lapar, terma, yalla kabi aytim janrlari milliy musiqa folklori namunalari sirasiga kiradi. Ular xalq orasida keng yoyilgan bo'lib, ommaviy aytimlar qatoridan keng o'rin olgan.
Masalan, qo'shiq janrini olaylik. Uni katta ham, kichik ham kuylaydi. Qo'shiq odatda, 7 yoki 8 bo'g'inli she'riy bandlar asosida jo'rsozlarsiz yakkaxon, ba'zan ko'pchilik tomonidan kuylanadi.
Ko'p tomlik "O'zbek xalq musiqasi" seriyasining 3-jildiga kirgan "Tomdan tarasha tushdi", "Olatoy", "Chuchvara qaynaydi" singari ko'pgina aytim qo'shiqlar bolalar musiqa folklori namunalari bo'lib, shuningdek, qo'shiq janriga ham misol bo'la oladi.
Lapar ikki kishi (yoki tarafma - taraf bo'lgan ko'pchilik) tomonidan aytishuv tarzida kuylanadi. Bunda taraflar birin- ketin, navbatma - navbat "savol - javob" shakliga qurilgan she'riy to'rtliklarni kuylaydilar. Xalqimiz orasida mashhur bo'lgan "Bilaguzuk", "Qoraqosh", "Qilpillama" kabi laparlar shunday aytimlar jumlasini tashkil etadi.
Bolalarning "Oq terakmi, ko'k terak" aytim - o'yini ham lapar xususiyatlariga ega. Ba'zan laparlarda raqs xarakteriga ega doyra usullari ham qo'llanib, bu holat goho laparlarning navbatma - navbat raqsga chorlab, aytim kuylashlariga sabab bo'ladi. Yalla ko'pgina xususiyatlari, jumladan, raqsbopligi, ijroda ko'pchilik ijro etishi bilan laparga yaqin bo'lgan janrdir. Ammo, ularda eng avvalo, tarafma - taraf aytishuv holati muhim bo'lgani uchun yallada she'r, kuy va raqsning mushtarakligi nisbatan barqarordir.
MUHOKAMA
Shuningdek, yallalar laparlardan farqli o'laroq, band-naqarot shaklida bo'ladi. Bunda yallachi (yakkaxon) raqs o'yinga tushib, bandlarni kuylasa, naqarotni ko'pchilik birgalikda aytadi. Yallalarda raqsbop doyra usullari va turfa cholg'ulardan iborat ansambl' jo'rligi qo'llaniladi.
www.scientificprogress.uz
Uzoq asrlardan bizgacha etib kelgan bolalar qo'shiqlari o'zbek xalq og'zaki badiiy ijodining tarkibiy qismini tashkil etadi. Ularda yosh avlodning jo'shqin hayoti, yil fasllari va turli bayramlarga munosabati o'ziga xos tarzda ifoda etiladi.
Bolalar qo'shiqlarining ko'pchiligi o'yin bilan yoki o'yin vaziyatlarida aytilgan. Jumladan, bahor faslida kuylangan "Binafsha", "Chittigul", "Yomg'ir yog'aloq", "Laylak keldi" singari qo'shiqlar shular jumlasidandir. Masalan, bahor chog'i yomg'ir shivalab yog'arkan, shu fursatda quvongan bolalar o'yinga berilib, mutoyiba bilan "Yomg'ir yog'aloq" qo'shig'ini kuylaydilar.
Ma'lumki, xalqimiz qadimdan laylak, turna, qaldirg'och kabi qushlarni bahor elchilari sifatida e'zozlab keladi. Chunki, bu qushlarning uchib kelishi yaxshi kunlardan darak bergan. Masalan, erta bahorda laylakni ko'rish baxtdan nishona deyilsa, laylak uchib kelgan tomondan ko'ringan odam qishloqqa qut - baraka keltiradi, deb e'tiqod qilingan.
Chunonchi, barvaqt uchib kelgan turna erta bahorni daraklasa, dastlab uchgan turna rizq - ro'z unumli bo'lishini anglatgan.
Bolalar bahorgi qushlarning uchib kelishini intizorlik bilan kutishgan. Chunki, qushlar issiq kunlar boshlanishining xabarchisi hamdir. Shu bois, masalan, laylak uchib kelganini ko'rgan bolalar "Laylak keldi" qo'shig'ini kuylashgan va bu haqda kattalarni ham xabardor etishga oshiqqanlar.
Bahor faslida qir - adirlarda lola gullari ochilib, tabiat manzaralari yanada go'zal tus oladi. Shunday damlarda xalqimiz lola sayli bayramini o'tkazib kelgan. Yoshlar, o'spirin bolalar qir - adirlarda sayr qilishib, quchoq - quchoq lola terganlar, so'ngra ularni qo'ni - qo'shnilariga, qarindosh - urug'lariga ulashishgan hamda lola haqida qo'shiqlar kuylab, turli o'yinlar o'tkazishgan.
"Boychechak" qo'shig'i bolalar folklor qo'shiqlaridan biri bo'lib, uzoq yillar bolalar tomonidan sevib kuylangan. Keyingi yillarda mamlakatimizda bolalar xor san'atining rivojlanishi bilan qator bolalar qo'shiqlari ham xor uchun moslashtirildi.
NATIJA
Jumladan, mazkur "Boychechak" qo'shig'ini taniqli bolalar kompozitori Shermat Yormatov bolalar xori uchun moslashtirganlar. Bu xor asari keyingi yillarda ko'pgina bolalar xor jamoalari tomonidan sevib kuylab kelinmoqda.
Folklor musiqasi milliy urf - odatlarimiz, marosimlarimizning ohanglardagi ifodalanishi desak bo'ladi. Bu namunalar xalqimizning kundalik hayoti, mashg'uloti, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'liqdir.
Ularni asrash va kelajak avlodga to'laqonli etkazish maqsadida maxsus folklor ansambllari (ilk bor 1978 yilda Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida folklor
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
ansambli) tashkil etilgan. Ayni paytda esa mamlakatimizning barcha viloyatlarida bunday folklor ansambllari faoliyat ko'rsatmoqda.
XULOSA
Musiqa merosi tarkibidan joy olgan folklor namunalari orasida o'zbek xalqining urf - odatlariga asoslangan marosim qo'shiqlari alohida ahamiyat kasb etadi. Odatda, ular o'z xususiyati doirasida quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Bolalar musiqa folklori: "Boychechak", "Oq terakmi, ko'k terak", "Chamandagul" kabi qo'shiqlar keng ommalashgan;
2. Mehnat bilan bog'liq qo'shiqlar: "Mayda mayda", "Yozi", "Xo'sh - xo'sh", "Charxim" kabilar;
3. To'y marosimlari bilan bog'liq qo'shiqlar: "Yor - yor", "Kelin salom", "To'ylar muborak" va boshq.;
4. Diniy qo'shiqlar: "Sadr", "Zikr", "Marsiya" kabilar;
5. Afsuniy qo'shiqlar yomg'ir chaqirishda ijro etilgan: "Sust xotin" va quyosh tutilishida aytiladigan qo'shiqlar.
Shu bilan birga, alla, lapar, terma, qo'shiq janrlaridagi musiqiy namunalar ham o'zbek folklor musiqasining asosiy janrlaridan hisoblanadi.
Qo'shiqchilik madaniyatining o'ziga xos an'analari mavjud. Ma'lumki, an'anaviy xalq ijrochiligi turlarga boy. Turli mavsumiy sayllarda yigit va qizlar guruh-guruh bo'lib, qo'shiq aytishgan.
Masalan, "Navro'z" bayramida "Lola", "Qizil gul" ("Guli surx") kabi qo'shiqlar jamoa bo'lib, deyarli jo'rsiz aytilgan.
To'y marosimlarida aytiladigan "Yor-yor" larning turli xillari mavjud. Ular ham yakkaxon va ayollar xori tomonidan jamoa bo'lib ijro etilgan. Aslida bular hammasi xalq xori turlaridir. Ularning ijro uslublari nihoyatda boy bo'lib, doira, qayroq, qarsak, zang, angishvona va likopchalarga urib kuylangan.
Hozirgi kasbiy dastalarning (xoh u "Shodlik", xoh u "Dutorchi qizlar" bo'lsin) qay birini olmang, ular ijrosida ikki ovozlilik unsurlari tabiiy eshitilmoqda. Agar sho'rolar davrida xorijiy davlatlarga chiqish, asosan ovrupocha san'at asosida tashkil etilgan bo'lsa, mamlakatimiz mustaqilligi sharoitida O'zbekiston san'atkorlari chet elga o'z milliy qo'shiqchiligi madaniyati asosida chiqa boshlashi uning ijtimoiy-madaniy nufuzini oshiradigan holdir.
San'at sohasi vakillari bugungi kunda asosiy e'tiborni Vatan, vatanparvarlik, burch, milliy g'oya, milliy mafkura, milliy g'urur masalalariga qaratishlari lozim. Bastakorlarimiz oldidagi vazifa - butun O'zbekiston xalqi jo'r bo'lib, birgalikda ayta oladigan va mazmuni Vatan tuyg'usi bilan yo'g'rilgan qo'shiqlardan yana ham ko'proq yaratishdir.
O'zbek musiqa folklori qadim ildizlarga ega bo'lib, xalqimiz madaniyatining bir qirrasi bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa, milliy bolalar musiqa folklorida aks ettirilgan asarlar o'z mazmuni bilan xalqimizning hayotini, bolalarning orzu-o'ylari, qiziqishlari, kelajakka ishonch bilan nigoh tashlashini aks ettiradi.
Qadimdan bolalar musiqa folklori milliy tarmush tarzimizni, bolalarning o'yin faoliyati bilan bog'liq madaniy dam olish vaqtini, shuningdek, ularning orzu va intilishlarini o'zida mujassamlantirib kelgan.
Bugungi kunda musiqa darslarida o'quvchilarga musiqa folklori borasida ma'lumotlar berganda, avvalo ularga milliy tariximiz, madaniyatimiz tarixi, o'tmish ajdodlarimizning madaniy va badiiy-estetik didi borasida bilim va tasavvurlarni singdirishimiz zarur.
REFERENCES
1. Umurova, M. Y., & Nurullaeva, N. K. (2020). ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ (ПО ОБЛАСТЯМ И УРОВНЯМ ОБРАЗОВАНИЯ). Проблемы педагогики, 40.
2. Yorievna, U. M. R., & Karimovna, N. N. (2020). Innovative approach to the development of musical abilities in children with disabilities health opportunities. Проблемы педагогики, (2 (47)).
3. Yoshiyevna, U. M. R., & O'G'Li, R. A. R. (2021). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI. Scientific progress, 1(3).
4. Алаева, З. М. (2020). Педагогика как наука и искусство воспитания. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
5. Rajabov, A. (2020). The development of music and instrumental performance in Central Asia. International Journal of Applied Research, 6(5).
6. Radjabov, A., & Kenjabonu, T. (2021). CONTENT OF PREPARATION OF STUDENTS FOR DEVELOPMENT IN ACCOUNT PROCESS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 54-61.
7. Ражабов, А. Ш. (2020). Дирижирование, хор и управление им. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
8. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
9. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.
10. Yarashev, J. (2019). Artistic and Aesthetic Features of" BuchofTune. Eastern European Scientific Journal, 118-122.
11. ОЛИМОВ, Ш. Ш., & ХОДЖИЕВА, М. Ш. (2020). Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе. In Молодежь и XXI век-2020 (pp. 228-231).
12. Ходжиева, М. Ш. (2020). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ АКСИОЛОГИЧЕСКОГО ПОДХОДА К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Научный журнал, (9 (54)).
13. Алаева, З. М. (2021). РОЛЬ НАЦИОНАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В МУЗЫКАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Проблемы науки, 66.
14. Suleymanovna, E. L., & Shukurovna, K. M. PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF DEFINING A CHILD'S READINESS FOR LEARNING.
15. Tosheva, D. (2016). National-cultural outlook onto the zoonym component aphorisms. Journal of Social Sciences and Humanities Research, 4(03), 22-25.
16. Toshova, D., Tosheva, D., Hamidova, D., & Toshova, S. (2019). IMPROVING EARLY LEARNING: DIVERSITY AND TRANSITIONS OF SCHOOLS, TEACHERS AND CLASSES. Theoretical & Applied Science, (7), 109-119.
17. Абдуллаев, К. Ф., & Жураев, Б. Т. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ ПРАВИЛЬНОЙ ОСАНКИ РЕБЕНКА В СЕМЬЕ. Вестник науки и образования, (21-3 (99)).
18. Нуриллаев, Ф. Г., & Нурилаева, Н. К. (2020). Роль Фольклорных песен в воспитании учащихся. Проблемы педагогики, (3 (48)).
19. Жураев, Б. Т. (2020). ПАМЯТНИКИ БУХАРЫ-ИСТОЧНИК ВОСПИТАНИЯ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. Проблемы современной науки и образования, (11 (156)).
20. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ. Наука, техника и образование, (3 (67)).
21. Gaibullaevich, N. F. (2021). METHODOLOGICAL REQUIREMENTS FOR THE SELECTION OF BUKHARA FOLK SONGS IN MUSIC EDUCATION. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, i(01), 83-88.
22. Р, А. (2019). Укувчиларда мусикий тассаввур шаклланишининг психологик асослари. Педагогик махорат, (6), 129-132.
23. Норова, Ш. У. (2020). Повышение профессиональной компетентности путем подготовки молодежи к хоровой деятельности. Наука, техника и образование, (10 (74)).
24. Norova, S. U. (2021). Imam Abu Hamid Al-Ghazali. Teacher-Student Coaching Relations. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 441-445.
25. Umirzakovna, N. S. (2021). WAYS TO IMPROVE LEARNING EFFICIENCY USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, i(01), 41-47.
26. Gaybullaevich, N. F. THE ROLE OF FOLKLORE IN THE RAISING OF CHILDREN.
27. Шамсиев, Ш. И. (2020). Формы организации музыкального общения. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).