Научная статья на тему 'Xorazm dostonchilik san’atining o‘ziga xos xususiyatlari'

Xorazm dostonchilik san’atining o‘ziga xos xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6143
421
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Doston / baxshi / ijrochilik / an’analar / ma’naviyat / musiqa / Dastan / bakhshi / performance / tradition / spirituality / music.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yusupboyev Mardon Shonazar O‘gli, Umida Kurbanova

Ushbu maqolada Xorazm dostonchilik an’analarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda dostonchilik san‘atining inson ma‘naviyatini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha tahlillar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF KHOREZM DASTAN ART

This article comprehensively analyzes revealed and tradition of folk art (epos) Khorezm and views of scientists and thinkers of Central Asia for the development of musical art

Текст научной работы на тему «Xorazm dostonchilik san’atining o‘ziga xos xususiyatlari»

XORAZM DOSTONCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Yusupboyev Mardon Shonazar o'gli Umida Kurbanova

Аннотация: Ushbu maqolada Xorazm dostonchilik an 'analarining o 'ziga xos xususiyatlari hamda dostonchilik san 'atining inson ma 'naviyatini shakllantirishdagi o 'rni va ahamiyati haqida atroflicha tahlillar berilgan.

Kalit so'zlari: Doston, baxshi, ijrochilik, an 'analar, ma 'naviyat, musiqa.

СВОЕОБРАЗИЕ ХОРЕЗМСКОГО ИСКУССТВА ДАСТАН

Юсупбоев Мардон Шоназар угли Умида Курбанова

Аннотация: В данной статье всесторонне раскрывается и анализируется традиции народного творчество (дастан) Хорезма и взгляды по развитию музыкального искусство.

Ключевые слова: Дастан, бахши, исполнительство, традиции, духовность, музыка.

CHARACTERISTICS OF KHOREZM DASTAN ART

Yusupboyev Mardon Shonazar o'gli Umida Kurbanova

Abstract: This article comprehensively analyzes revealed and tradition of folk art (epos) Khorezm and views of scientists and thinkers of Central Asia for the development of musical art

Key words: Dastan, bakhshi, performance, tradition, spirituality, music.

O'zbek dostonchiligi juda qadimiy va mo'tabar ma'naviy meros nishonasidir. Xalq ijodiyoti, san'at insonning ma'naviy kamolotida alohida o'rin tutadi. Barcha san'atlarning rivoji negizida xalq og'zaki ijodi turadi. Insoniyat paydo bo'lganidan to bugungi kunga qadar san'atning adabiyot, qo'shiqchilik kabi turlarida xalq og'zaki namunalardan foydalanib kelinmoqda. Ushbu namunalarning eng go'zal turi-bu baxshichilik san'atidir. San'at inson dunyoqarashini va tafakkurini boyitibgina qolmay, uni ezguliklar, yaxshiliklar, go'zalliklar olamiga boshlaydi. Inson umrini

hayotini kuy-qo'shiqsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Zero, san'at inson ma'naviy faoliyatining eng muhim qirralaridan biri, bunyodkorlikka undovchi buyuk va qudratli kuchdir. [1.B.3.]

Bugungi kunda baxshichilik va dostonchilik san'atini mamlakatimizda va xorijda keng targ'ib etish, ustoz baxshilar, dostonchilar, soha olimlari iqtidorli yosh baxshilarni, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 304-sonli qarori bilan, baxshichilik va dostonchilik san'atini yanada rivojlantirish, hamda takomillashtirish bo'yicha, 20182022- yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan. "'Yo'l xaritasi"da nazarda tutilgan chora tadbirlarning to'liq va sifatli bajarilishini nazorat qilish, mas'ul vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.

O'zbek baxshichilik va dostonchilik san'atining noyob na'munalarini asrab avaylash va rivojlantirish, uni keng targ'ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san'at turiga hurmat va e'tibor tuyg'ularini kuchaytirish, turli xalqlar o'rtasida do'stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma'naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kenggaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilning 1-noyabr kuni "Xalqaro baxshichilik san'ati" festivalini o'tkazish to'grisida qaror qabul qilinib, bunda festival tadbirlari orasida mazkur soha olim va amaliyotchilarining ijodiy uchrashuvlarini uyushtirish zarurligi belgilab berildi. Shu munosabat bilan "Jahon sivilizassiyasida baxshichilik san'atining o'rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi. Ushbu ilmiy konferensiyani o'tkazishdan asosiy maqsad, baxshichilik hamda dostonchilik san'atini yanada rivojlantirish, o'zbek va boshqa xalqlarning dostonlarni ilmiy o'rganish, bu borada ilmiy hamkorlik qilish, madaniyat va san'at sohasidagi qolaversa ma'rifat sohasidagi hamkorlikni xalqaro miqiyosda kenggaytirushdan iboratdir.

Dostonlarda xalqimiz badiiy tafakkurining juda boy va qadimiy an'analari mujassam. Baxshi - qo'shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi san'atkor, xalq dostonchisi. Baxshi xalq turmushi va madaniyatini, o'zi yashab turgan yurt tarixini va biror soz chalishni bilishi, hofizlik san'atini puxta egallagan bo'lishi kerak. U jonli xalq tilining turli shakllaridan, so'z o'yinlari va qochirimlaridan, xalq maqollari va iboralaridan unumli foydalana olishi lozim. Tinglovchilarni rom etuvchi ohang topa bilish, dostonni jozibali va qiziqarli qilib aytish doston aytishning asosiy talablaridan. Bu esa o'z navbatida tabiiy iste'dod, kuchli idrok, muntazam ravishda qunt va chidam bilan mashq qilishni talab etadi. Ona yurtga sadoqat, muhabbat, do'stlik, birodarlik, mard va jasur bo'lishlik, qahramonlikni tarannum etuvchi xilma-xil mazmundagi dostonlarni baxshilar sevib kuylaydilar.

Xorazm dostonchiligi repertuar tarkibi jihatidan o'ziga xos xususiyatga ega. Epik asarlarni elga yetkazishda O'zbekistonning deyarli barcha yerlarida yakka ijrochilik hukmron bo'lsa, Xorazmda, asosan, jamoaviy ijrochilik yetakchilik qiladi. Xorazm dostonchiligi o'zining qadimiy ildizlari, betakror uslub hamda shevasi, yorqin va jozibali kuy-qo'shiqlari bilan ajralib turadi. Doston aytuvchilarni qadim Xorazmda oshiq, baxshi, go'yanda, ayollarni xalfa deb yuritishgan. Baxshi so'zi fors tilidagi "baxshidan" so'ziga yaqin bo'lishi kerak. "Baxshidan" so'zini o'zbekchaga tarjima qilganda "bag'ishlamoq", "kechirmoq" ma'nolarini bildiradi. Haqiqatan ham, baxshilar bir voqeaga bag'ishlangan dostonlarni o'z boshidan kechirganday qilib, san'atkorlik bilan ijro qilib kelganlar.[2.B.296.]

Xorazm dostonchiligining boshqa uslublardan farqi uning musiqiyligi, qo'shiq matnlarining keng rivojlanganligi, ko'pchilik turkiy xalqlarda bo'lgani kabi Xorazm dostonlari ravon avjlari, serjilo cholg'u muqaddimalari, parda va tovushqator o'zgarishlari bilan ajralib turadi. Eng nodir jihatlaridan biri shundaki, betakror uslub hamda shevasi, boy murakkab va ayni chog'da mushtarak adabiy-musiqiy voqelikdir.

Xorazm yo'lidagi "Go'ro'g'li", "Avazxon", "Baziryon" dostonlari tarkibidagi kuy va qo'shiqlar o'z salohiyati jihatidan maqomlardan yoki qo'shiqlardan hech qolishmaydi.

Xorazm dostonchiligi 2 ta asosiy "Shirvoniy" va "Eroniy" maktablardan tarkib topgan. Ikkala uslubning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, baxshilarning aksariyati tom ma'noda savodxon bo'lib, ular hikoyani bir parchasini so'zlab bergandan so'ng qo'shiqqa navbat kelganda she'r to'qib badihago'ylik qilmaydilar, balki dostonni barqaror musiqiy matnini yodlagan bo'lib, o'rnida ishlatadilar. Ba'zida uning qo'lyozmasini yonida olib yuradilar va ijro davomida undan foydalanishlari ham mumkin.

Shirvoniy uslubdagi baxshilar doston nomalarini qanday atalishini yaxshi bilsalar ham ko'pincha birovga aytishga sir tutadilar. Eroniy uslubdagilari esa ba'zida hikoya davomida, she'r matni kelgan joyda, nomani nomini ham qo'shib aytib ketadilar. Shirvoniy uslubdagi baxshilar dutor, bulomon yoki g'ijjak, doira jo'rligida doston aytsalar, eroniy uslub baxshilari dostonni asosan, dutor bilan ijro etadilar. Shuningdek, dramatik mungli xususiyati, sodda musiqiy vazni, vazmin ijrosi va turli sakrama harakatlari bilan shirvoniydan farq qiladi. [3.B.12]

Eroniy uslub dostonchilik an'analarining bosh xususiyatlaridan biri baxshi asosan dutor bilan doston aytadi. Ko'pincha unga bulamonchi yoki g'ijjakchi jo'r bo'ladi. Ayrim hollarda baxshi yakka o'zi, yonida sozandalarsiz xaloyiq oldiga chiqib doston kuylayberadi.

Xorazm dostonchilik maktabi o'z an'analariga ega bo'lib, boshqa mahalliy dostonchilik maktablaridan farq qiladi. Xorazm dostonlari "ochiq ovoz" dagi ijrosi, serjilo cholg'u muqaddimasi, parda va tovushqator o'zgarishlari bilan ajralib turadi.

Xorazm dostonchiligi rivojiga Ahmad baxshi, Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi), Ro'zimbek Murodov, Qodir baxshi Jumaniyozov, Otaxon baxshi Matyoqubov, Jumaboy Xudayberganov, Qalandar baxshi Normetov, Norbek baxshi Abdullaev kabi ,baxshilarning hissasi kattadir.

Xorazmda o'ziga xos baxshichilik maktabini yaratgan insonlardan biri Qurbonnazar Abdullaevdir (Bola baxshi). Qurbonnazar Abdullaev "Avazxon", "Oshiq G'arib va Shohsanam", "Go'ro'g'li", "Bozirgon", "Xirmon dali", "Oshiq Mahmud", umuman 40 ga yaqin dostonlarni yoddan bilgan. Qurbonnazar Abdullayevga (Bola baxshi) 1938 yilda "O'zbekiston xalq dostonchisi" unvoni berilgan. Bunday unvonga u O'zbekistonda birinchi bo'lib sazovor bo'lgan edi.

Xulosa qilib aytganda, zamonlar o'tib texnika odamlar hayotiga chuqur kirib borsada, baribir inson milliy ma'naviyatga suyanadi. Folklor san'atimiz o'tmish, bugun va kelajak. Xalqimizning o'ziday donishmand, ulug' va boqiy bu meros o'zbek nomini har yerda va har doim ulug'laydi. Chunki asl folklor asarlari mag'zida inson kamoloti uchun xizmat qiladigan g'oya yotadi.U xalqning boqiy tarixini o'zida aks ettiradi.

Ushbu noyob san'atning noyob na'munalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ'ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san'at turiga hurmat va e'tibor tuyg'ularini kuchaytirish va dunyo xalqlari o'rtasida xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Baxshichilik va dostonchilik san'atininig tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini mukammal o'rganish, bu borada fundamental tadqiqotlar olib borish, unitilayotgan dostonlarni qayta tiklash, va kelajak avlodga yetkazish lozimdir.

Baxshilar ijrolarini audio, video tasmalariga yozib olish, ular ijodini kitob holiga keltirish, Xorazm dostonlarini notaga olish, shu dostonlardan imkon darajasida filmlar yaratishni yo'lga qo'yish, dostonchilik maktablarini rivojlantirishdagi asosiy vazifalardan biridir. Zero, adabiyot, she'riyat, musiqa va tomosha kabi birqancha san'at turlarini o'zida mujassam etgan dostonlar tarbiya vositasi bo'libgina qolmasdan, madaniy merosimizning noyob durdonasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Matyoqubov B. "Xorazm doston ijrochiliginig zarxat sahifalari" - Xorazm. Urganch nashriyoti. - 1999.

2. Jabborov I. "Yuksak madaniyat va noyob ma'naviyat maskani"- Toshkent. O'zbekiston nashriyoti.- 2012.

3. Matyoqubov B. "Doston navolari" - Toshkent. "BUILDING PRINT" nashriyoti. -2009.

4. Sarimsoqov B. "O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi" - Toshkent. O'qituvchi nashriyoti. - 1990.

References

1. Matyoqubov B. "Xorazm doston ijrochiliginig zarxat sahifalari". - Xorazm. Urganch nashriyoti. - 1999.

2. Jabborov I. "Yuksak madaniyat va noyob ma'naviyat maskani".- Toshkent. O'zbekiston nashriyoti.- 2012.

3. Matyoqubov B. "Doston navolari" - Toshkent. "BUILDING PRINT" nashriyoti. -2009.

4. Sarimsoqov B. "O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi". - Toshkent. O'qituvchi nashriyoti. - 1990.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.