MAKTABGACHA TA'LIM: 5 TA MARKAZ
Muslima Urazbayeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi E-mail: [email protected]
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tizimida bolalarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi 5 ta faoliyat markazining o'rni va ahamiyati yoritilgan. Mazkur markazlar bolalarning qiziqishlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, faoliyat markazlari, didaktik o'yinlar, rivojlanish, metodik yondashuv.
Annotation: This article discusses the role and importance of 5 activity centers in the preschool education system that serve the intellectual and social development of children. These centers play an important role in developing children's interests, forming independent thinking and creative abilities.
Keywords: preschool education, activity centers, didactic games, development, methodological approach.
KIRISH
Maktabgacha ta'lim bosqichi bolalarning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ushbu bosqichda bolaning bilish, muloqot qilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida faoliyat markazlaridan foydalaniladi. O'zbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun 5 ta asosiy faoliyat markazlari ajratilgan1: o'yin, qurish, tasviriy san'at, kitob va matematika markazlari. Ushbu markazlar bolalarning intellektual, ijtimoiy va badiiy rivojlanishini ta'minlaydi.
Adabiyotlar tahlili va muhokama: Maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat markazlarining o'rni ko'plab ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan. Qirg'izboyev M. (2013) o'zining "Tarbiyashunoslik" asarida ta'lim tizimidagi metodik yondashuvlarning jamiyat rivojlanishidagi o'rnini ko'rsatib o'tgan. Xususan, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning qiziqishlarini shakllantirish uchun markazlarning aniq belgilangan rejalarga asosan tashkil etilishi ta'kidlanadi.
Xasanov S. (2018) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda esa o'yin va qurish markazlarining bolalarda mantiqiy fikrlash va muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga ta'siri o'rganilgan. Bundan tashqari, tasviriy san'at
1 O'zbekiston Respublikasi "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. - T.: 2022.
2 Jalilov K. Pedagogik texnologiyalar asoslari. - T.: Universitet, 2019. - 412 b.
49-SAHIFA | 3-QISM 1-SON
ISSN: 2181-2489
markazi orqali bolalarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish muhim ekanligi
-y
ko'rsatilgan .
Muhokama jarayonida shuni ta'kidlash joizki, maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat markazlaridan samarali foydalanish bolalarning psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Qurish va matematika markazlari yordamida bolalar son va shakllar haqidagi bilimlarni egallaydi, kitob markazi esa muloqot va nutq ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Muhokama va natijalar Amaliy ishlar shuni ko'rsatadiki, faoliyat markazlari asosida tashkil etilgan mashg'ulotlarda ishtirok etgan bolalar mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv ko'nikmalariga ega bo'ladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida o'yin markazi orqali bolalar o'zaro muloqot qilish va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qurish markazi esa bolalarning muhandislik va konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Rivojlanish markazlari bolalarga ozlarining shaxsiy konikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, "San'at" markazida bir bola qog'oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog'ozdan qaychi bilan mustaqil ravishda oz xayolot dunyosidagi shaklchani kesib oladi. Stol ustida o'ynaladigan o'yinlar markazida bir bola to'rtta yog'och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo'lakli karton qog'ozli tasvirni tuzishni ma'qul ko'radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so'ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to'g'ridan to'g'ri yordam beradi. Bunday yol tutish tufayli bola qulay muhitda o'z-o'zini rivojlantirishi mumkin.
Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini bajaradilar, mashg'ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta'min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg'ulot turlarini ozida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg'ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o'rganadilar, oz qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar) Tarbiyachilar barcha yosh guruhlarida rivojlanish markazlariga rahbarlik qilar ekanlar, bolalarni maqsadli yo'naltirib, ularni kuzatish va nazorat qilish talab etiladi.
Shunday qilib, rivojlanish markazlarida to'g'ri tashkil etilgan ishlar har bir bolaga o'ziga yoqadigan narsani topishga, uning kuchi va qobiliyatiga ishonishga, kattalar va tengdoshlar bilan o'zaro munosabatlarni o"rganishga, tushunishga imkon beradi va ularning histuyg'ularini va xattiharakatlarini baholashga imkon beradi va aynan shu rivojlanish ta'lim asosida olib boriladi. Har qanday faoliyat turining
3 Xasanov S. Maktabgacha ta'lim tizimi va bolalar rivojlanishi. - T.: Fan, 2018. - 376 b.
50-SAHIFA | 3-QISM 1-SON ISSN: 2181-2489
rivojlanishi quyidagicha bo'ladi: avval kattalaг bilan hamkoriikdagi, so'ng tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat amalga oshiriladi va nihoyat bolaning mustaqil faoliyati amalga oshirilad. Demak bolaning maktabgacha ta'lim muassasasida erkin faoliyati tashkil etilsa, bolate tengdoshlari bilan eгkin faoliyati shakillana boshlaydi va o'z-o'zidan bolaning mustaqil faoliyati amalga oshiriladi. Buning uchun tebiyachi bolalaT bilan suhbat, eksprement, ko^gazmali metodlami ko'praq qo'llashi keгak bo'ladi. Ta'lim ma^azlari oгqali bolalaгda eгkin faoliyatni taminlashda tebiyachi bolalami ma^aztega to'g'гi yo'naltirishi muhumdiг. Agaг bolani o'zi xohlagan maгkazga yo'naltiгilmasa, bola bu ta'lim ma^azida eгkin faoliyat olib borishni i stamaydi, bolada noгozilik kayfiyati paydo bo'ladi. Tartiyachi taгbiyalanuvchi bolate bilan ishlash jarayonida har bir bola bilan ishlay olishi zarur
Xulosa Maktabgacha ta'lim tizimida 5 ta faoliyat markazining tashkil etilishi bolalarning intellektual, ijtimoiy va ijodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'yin, qurish, tasviriy san'at, kitob va matematika ma^azlari o^ali bolate mustaqil fikriash, muloqot qilish va ijodiy yondashuv ko'nikmalarini гivojlantiгadi. Ta'lim muassasalarida ushbu markazlarni tashkil etish va samarali faoliyat olib borish metodikasi ta'lim samaradoñigini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xasanov S. Maktabgacha ta'lim tizimi va bolalar rivojlanishi. - T.: Fan, 2018. -376 b.
2. Jalilov K. Pedagogik texnologiyalar asoslari. - T.: Universitet, 2019. - 412 b.
3. Rahimov U. Bolalar rivojlanishida o'yin texnologiyalarining o'rni. - T.: Yangi asr avlodi, 2020. - 348 b.
4. O'zbekiston Respublikasi "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. - T.: 2022.
51-SAHIFA I 3-QISM 1-SON
ISSN: 2181-2489