Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH ORQALI BOLALARDA KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH ORQALI BOLALARDA KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy yondoshuv / markaz / rivojlanish / STEAMtanqidiy fikrlash / mustaqil fikrlash / faol muloqot / yakka tartib. / modern communication / center / development / STEAM / critical thinking / direct thinking / active meeting / single order.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — G’afforova X. Y.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida rivojlanish markazlarini zamonaviy yondoshuv asosida tashkil etish masalalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN CHILDREN THROUGH THE USE OF STEAM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

This article shall be development report on problems how to create modern communication centers in pre-school educations.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH ORQALI BOLALARDA KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

G'afforova X. Y.

Termiz Davlat Pedagogika instituti maktabgacha va boshlang'icha ta'lim fakulteti o'qituvchisi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASINI QO'LLASH ORQALI BOLALARDA KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta 'lim muassasalarida rivojlanish markazlarini zamonaviy yondoshuv asosida tashkil etish masalalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy yondoshuv, markaz, rivojlanish, STEAMtanqidiy fikrlash, mustaqil fikrlash, faol muloqot, yakka tartib.

Gafforova Kh. Y.

Termez State Pedagogical Institute

and the teacher of the Faculty of education at the beginning

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN CHILDREN THROUGH THE USE OF STEAM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Abstract: This article shall be development report on problems how to create modern communication centers in pre-school educations.

Key words: modern communication, center, development, STEAM, critical thinking, direct thinking, active meeting, single order.

Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo'lmaydi. Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo'lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta'lim va bilimlarga muhtoj bo'ladi. STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o'yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAMta'lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo'llashda beshta sohani yagona o'quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta'limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o'zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo'lib, bunda ular fikrlarni to'plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy ta'lim

dasturiga quyidagilar Lego- texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM (S-fan, T-texnologiya, E-muhandislik, A-can'at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.

STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko'nikmalarni rivojlantirishga quyidagicha yordam beradi:

- Muammolarni keng qamrovli tushunish;

- Ijodiy fikrlash;

- Muhandislik yondashuv;

- Tanqidiy fikrlash;

- Ilmiy metodlarni tushunish va qo'llash;

- Dizayn asoslarini tushunish.

Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko'pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSh, Yaponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta'lim muassalarida bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.

STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o'rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o'z-o'zini namoyon qilish asoslarini o'rganishadi, o'z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta'minlaydi. O'z-o'ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o'z qo'llari bilan yaratgan ko'prik va yo'llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o'tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija bermagan "mahsulot"ni qayta-qayta sinovdan o'tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o'zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g'alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g'alaba, o'zlarining qobiliyatlariga ko'proq ishonch uyg'otadi. Faol muloqot va jamoaviy ish.

STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo'rqmaslikka o'rganadilar. Ko'pincha, stol atrofida o'tirmaydi, o'zlarining dizaynlari asosidagi "mahsulot"larni sinovdan o'tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta'minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do'stlari bilan muloqot qilish bilan band bo'lishadi. Texnik fanlar bo'yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshidagi STEAM ta'limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo'yicha, qilgan ishni yaxshi ko'rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir.

STEAM - bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo'lib, bolalarning zerikishlariga to'sqinlik qiladi. Ular vaqt o'tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko'priklar, osmono'par binolarni qurish,

elektron o'yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar.

Maktabgacha ta'lim muassasalari pedagogik jamoasining o'rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo'yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo'llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishlari kerak.

Rivojlanish markazlaridagi ta'lim jarayonida bolalarning o'zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o'ylab topadiki, unda barchaga birdek ko'rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o'zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug'ilib qolsa topshiriq va materiallarni o'zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.

"Ilk qadam" o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim muassasalarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi: - Qurilish va konstruksiyalash markazi

- Syujet-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi

- Til va nutq

- Ilm-fan va tabiat markazi

- San'at markazi

- Musiqa va ritmika markazi.

Rivojlanish markazlari bolalarga o'zlarining shaxsiy ko'nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san'at markazida bir bola qog'oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog'ozdan qaychi bilan o'zi o'ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o'ynaladigan o'yinlar markazida bir bola to'rtta yog'och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo'lakli karton qog'ozli tasvirni tuzishni ma'qul ko'radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so'ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to'g'ridan to'g'ri yordam beradi. Bunday yo'l tutish tufayli bola yaxshi sur'atda o'sib-ulg'ayishi mumkin.

Adabiyotlar

l.Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Qayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

2.Sodiqova SH.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo'stoni. 2013 y. Darslik.

3.Kayumova.N.M. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU -2013y. O'quv qo'llanma.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.